O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Nafas olish harakatlarining boshqarilishi


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26

 
3. Nafas olish harakatlarining boshqarilishi. 
Nafasning bosh miya po‘stlog‘i orqali boshqarilishi. Sog‘lom organizmda nafas 

55 
 
olish oraliq miya va bosh miya po‘stlog‘i ishtirokida boshqarilib boradi. Chunonchi, 
katta Yoshli odam va katta Yoshli bolalar o‘z ixtiyori bilan nafasining tezligini va 
chuqurligini o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, odamning nafas olishi emotsional 
holatiga bog‘liq bo‘ladi. Bosh miya katta yarim sharlarining peshona bo‘laklarini 
taʻsirlash nafas harakatlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Sportchiga sport oldidan 
yoki ishchida mehnat jarayoni boshlash oldidan nafasning tezlanishi ham shartli 
refleksdir. 
 Nafasning gumoral yo‘l bilan boshqarilishi. Karbonat angidrid gazi qon 
gemoglobini bilan birikib, nafas olish markaziga va hujayralariga taʻsir qiladi. Qon 
aylanishi chatishtiriladigan tajribada buni isbot qilib bersa bo‘ladi. Qonda kislorod 
etishmay qolganda nafasning o‘zgarishi reflektor prinsipiga muvofiq boradi. Nafas olish 
markazidagi neyronlarning kislorod bilan etarlicha taʻminlanmasligi o‘z holicha nafas 
olish markazini yo‘qotmaydi. Qondagi karbonat angidrid konsentratsiyasining kamayishi 
nafas markazi ko‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi va qonda nafas markazi yana 
qo‘zg‘alishi uchun kifoya qiladigan miqdorda karbonat angidrid to‘planmaguncha 
nafasni to‘xtatib turadi.6
5
 
 
4.  Nafas  olish  organlari  kasalliklari.  Nafas  olish  organlarining  kasalliklari  2 
turga boʻlinadi. 
1. Nafas olish organlarining yalligʻlanish kasalliklari. 
2. Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklari. 
1. Burun ichki shilliq pardasining yalligʻlanishi rinit odatda aksa urish, burundan 
suv oqish, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan kechadi. 
                                                            
6
 
Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  -  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings-  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 

56 
 
2. Tomoq shilliq pardasi yalligʻlanganda faringit, tomoqda ogʻriq seziladi, ovqat 
yutishi qiyinlashadi. Tomoqlarning bodomcha bezlari yalligʻlanib angina kasalligi kelib 
chiqadi. Oʻz vaqtida davolanmasa tomoq bezlaridagi mikroblar limfa va qon orqali yurak, 
buyrak va boshqa organlarni zararlashi mumkin. 
3.  Hiqildoq  shilliq  pardasining  yalligʻlanishi  laringit  bunda  quruq  va  qoʻpol, 
ogʻriqli yoʻtal, tovushning boʻgʻilishi bilan kechadi. 
4. Traxeya va bronx shilliq pardasining yalligʻlanishi traxeit va bronxit kasalligi 
yuzaga  kelib  koʻpincha  birga  sodir  boʻladi.  Bunda  yoʻtalish,  yoʻtalgan  vaqtda  toʻsh 
suyagining orqa qismida ogʻriq seziladi va shilimshiq balgʻam ajraladi. 
5. Oʻpka toʻqimasining yalligʻlanishi zotiljam kasalligi deb ataladi. Bunda bemor 
yoʻtaladi,  nafas  olishi  tezlashadi,  koʻkrak  qafasida  ogʻriq,  darmonsizlik,  tana  harorati 
koʻtariladi. 
6. Plevra pardasining yalligʻlanishi plevrit deb ataladi.  
Nafas  olish  organlarining  yuqumli  kasalliklariga  gripp,  oʻpka  sili  (tuberkulyoz) 
kabi kasalliklar kiradi.      
Pulmonologiya-bu nafas organlari kasalliklari toʻgʻrisidagi fan boʻlib, hozirgi kunda 
400  dan  ortiq  nafas  organlari  kasalliklari  aniqlangan.  Hozirgi  kunda  butun  dunyoda 
oʻpkaning  surunkali  nospsifik  kasalliklari  tez  koʻpayib  bormoqda,  bularga  surunkali 
bronxit, surunkali zotiljam, oʻpka emfezimasi, bronxoektaz kasalligi, oʻpkaning surunkali 
absessi, bronxial astma kasalligi, oʻpkaning surunkali yalligʻlanishi, oʻpkaning nasliy va 
rivojlanish  nuqsonlari  kiradi.  Sogʻliqni  saqlash  vazirligining  bargan  maʻlumotlariga 
koʻra-bugungi  kunga  kelib  oʻpkaning  surunkali  nospesefik  kasalliklari,  nafas  organlari 
sili va oʻsmalaridan bir necha bor koʻpayib ketgan. 
Oʻpkaning  surunkali  nospesefik  kasalliklari-vaqtinchalik  ishga  yaroqsizlik, 
nogironlik  boʻyicha  va  oʻlik  koʻrsatkichi  boʻyicha  ham  ortib  bormoqda.  Angliyada, 
Germaniyada,  Fransiyada,  Gollandiyada  oʻlimning  10-11  ni  oʻpkaning  surunkali 
nospesefik kasalliklariga toʻgʻri keladi. 
Pulmonologiya sohasiga katta hissa qoʻshganlardan B.E.Votchaya, N.S.Molchanov, 
E.M.  Mariyev,  A.P.Dembo,  A.I.  Strukov.  Yoʻtal,  nafas  qisishi,  balgʻam  tashlash,  qon 
tuflash,  koʻkrakdagi  baʻzi  ogʻriqlar  nafas  olish  aʻzolari  kasalliklarining  asosiy  belgilari 
hisoblanadi. 
Nafas olish aʻzolarining kasalliklari ikki turga boʻlinadi:  
1. Nafas olish aʻzolarining yalligʻlanish kasalliklari.  
2. Nafas olish aʻzolarining yuqumli kasalliklari.  
Nafas  olish  aʻzolaring  yalligʻlanish  kasalliklari.  Nafas  olish  aʻzolarining  har  bir 
qismi ichki yuzasini qoplab turuvchi shilliq parda tashqi ob-havo haroratining oʻzgarishi, 
havo tarkibidagi chang zarrachalar, kimyoviy moddalar taʻsirida yalligʻlanishi mumkin. 
Nafas  olish  aʻzolarining  ayrim  qismlari,  yaʻni  burun,  tomoq,  hiqildoq,  traheyalar, 
bronhlar va oʻpkalarning har biri alohida yalligʻlanishi yoki ularning hammasi bir vaqtda 
yalligʻlanishi  mumkin.  Shuning  uchun  yuzaga  keladigan  kasallik  belgilari  turlicha 
boʻladi. 
Burun  ichki  shilliq  pardasining  yalligʻlanishi  odamda  aksa  urish,  burundan  suv 
oqishi, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan nomoyon boʻladi.  
Nafas  olish  aʻzolarining  yuqumli  kasalliklari.  Nafas  olish  azolarining  yuqumli 
kasalliklaridan aholi oʻrtasida koʻp uchraydigani gripp va oʻpka silidir.  
Gripp.  Bu  kasallikni  maxsus  gripp  viruslari  qoʻzgʻatadi.  Ular  uch  xil:  (a1  B1  S 
)boʻladi.  Bulardan  tashqari,  adenovirus  deb  ataluvchi  viruslar  ham  grippga  oʻxshash 
kasallikni keltirib chiqaradi.  

57 
 
Gripp  kasalligi  koʻpincha  kuz  va  qish  fasllarida  tarqaladi.  Ob-havoning  sovishi 
odamning  nafas  aʻzolari  yalligʻlanishiga  sabab  boʻladi.  Yalligʻlangan  shilliq  pardalarda 
esa virusning yashashi va koʻpayishi uchun qulay sharoit tugʻiladi.  
Gripp kasalligi yoʻtalish, aksa urish, burundan suv oqishi, holsizlik, bosh ogʻrigʻi, 
tana haroratining koʻtarilishi, qoʻl oyoqning qaqshab ogʻrishi, ishtaha pasayishi, baʻzida 
koʻngil aynishi va qusish kabi belgilari bilan xarakterlanadi.  
Gripp  kasalligi  bilan  ogʻrigan  bemor,  kasallik  belgilari  yuzaga  kelishi  bilanoq 
alohida  xonaga  yotqizilishi  kerak.  U  koʻchaga  chiqmasligi,  hatto  shifoxonaga  ham 
bormasligi  shart.  Chunki  bitta  bemor  oʻnlab  va  yuzlab  sogʻlom  odamlarga  kasallik 
yuqtirishi  mumkin.  Shuning  uchun  shifokor  uyiga  chaqiriladi.  Bemorni  parvarish 
qiluvchilar  ogʻiz  –burunlariga  toʻrt  qavati  doka  niqob  tutishlari  zarur.  Uning  idish 
tovoqlari,  sochiq  va  boshqa  buyumlari  alohida  boʻlishi  shart.  Xonaning  eshik  dastasiga 
xloramin yoki xlorli oxakning 0,5 % li eritmasiga namlangan doka bogʻlab qoʻlidi. Uning 
havosini tez-tez yangilab turish lozim.  
Oʻpka sili. Sil ( tuberkulyoz ) yuqumli kasallik hisoblanadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi 
mikrobni 1882 yilda nemis olimi Robert Kox aniqlagan, shuning uchun uning nmi bilan 
Kox  batsillasi  deb  ataladi.  Kasallikni  qoʻzgʻatuvchi  mikrob  havo,  idish  –  tovoqlar, 
qaynatilmagan suv orqali yuqadi. Chunki sil kasali bilan ogʻrigan bemorning balgʻami va 
tupuk  tomchilaridagi  mikroblar  havoga  tarqlib,  idish  –  tovoqlarni,  sochiq  va  boshqa 
buyumlarni  zaharlashi  shu  orqali  sogʻlom  odamlarga  yuqishi  mumkin.  Mikroblar 
kasallangan sigirning ham qaynatilmagan suti orqali ham yuqishi mumkin. 
Sil  kasalining  belgilari  quyidagilar:  darmonsizlik,  ishtaha  yoʻqotishi,  uxlagan 
vaqtda terlash borgan sari oza borishi, rangning oqarib –sargʻayishi, boʻyin , qoʻltiq osti 
limfa bezlarining mosh, noʻxat hujmida kattalshib, barmoq bilan paypaslaganda sezilishi. 
Bu  belgilar  paydo  boʻlishi  bilanoq  kasallik  aniqlanib,  ung  davo  qilinmas,  asta  –  sekin 
bemor yoʻtalib balgʻam ajrata boshlaydi. 
 
5. Nafas olishni o’rgatish jismoniy mashqlar. 
Nafas olish gigienasi deganda, to‘g‘ri nafas olishni taʻminlash tushuniladi. Nafas 
jarayonida  atmosfera  havosi  burun  bo‘shlig‘iga  kirib  isiydi,  namlanadi,  ancha 
changdan  tozalanadi.  Burun  bo‘shlig‘ida  tukchalarning  bo‘lishi  bunga  yordam 
beradi.  Demak,  burun  bilan  nafas  olish  gigienik  jihatdan  maqsadga  muvofiq 
hisoblanadi.  
Og‘iz  bilan  nafas  olganda,  kalla  suyagining  yuz  qismi  va  ko‘krak  qafasi 
rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash halqum va traxeyaning 
shilliq  qavatining  yallig‘lanishiga  olib  keladi.  Ammo  gapirganda,  ashula  aytilganda 
og‘iz  bilan  nafas  olishga  majbur  bo‘linadi.  SHuning  uchun  ashula  darslari 
o‘tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo‘lishi kerak. 
O‘quvchi-talabalarga  to‘g‘ri  nafas  olishni  o‘rgatish  jismoniy  mashqlar 
o‘tkazish vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va 
boshqa  turdagi  faoliyat  vaqtida,  shuningdek,  o‘tirganda  to‘g‘ri  nafas  olishni 
o‘quvchi-talabalarga o‘rgatish kerak. 
Bizni qurshab turgan havoning tarkibi normal sharoitda ancha doimiy bo‘ladi. 
Kislorod 20,94%, karbonat angidrid gazi 0,03% va azot 79,03% bo‘ladi. 
O‘quvchi-talabalarni  toza  havo  bilan  taʻminlash  uchun  sinflarda  har  bir 
o‘quvchiga yoki talabaga 16 m
3
 dan to 20 m

gacha, sanitariya normalariga muvofiq 
esa 4,5 m
3
 dan 5 m
3
 gacha ega bo‘lishi kerak. 
 

58 
 
Хulоsа 
Tirik оrgаnizm nаfаs оlish jаrаyoni tufаyli, аtrоf muhitdаn kislоrоdni оlib, kоrbаnаt 
аngidrid  gаz  vа  suv  pаrlаrini  tаshqаrigа  chiqаrib  turаdi.  Оdаm  оrgаnizmidа  sоdir 
bo’lаdigаn  оqsidlаnish  jаrаyonlаrinig  аsоsiy  qismi  kislоrоd  ishtirоkidа  yuzаgа  kеlаdi. 
Shuning  uchun  hаyotning  dаvоmiyligi,  оrgаnizmgа  dоimо  kislоrоd  kirib  turishi  bilаn 
bоg’liqdir. Pаrchаlаnish jаrаyonlаrining mахsulоti kаrbоnаt аngidriddir, u jаrаyonlаrning 
dаvоm etishi uchun tаshqаrigа chiqib turishi shаrt.  
(3-ilova) 
BBB jadvali 
Bilaman 
Bilishni xohlayman 
Bilib oldim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
(4-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar. 
Gazlar almashinuvi, tashqi va ichki nafas, burun bo‘shlig‘i, burun-halqum, xiqildoq, 
traxeya, bronxlar, o‘pka, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, nafas akti, Nafas chuqurligi, Minutlik 
hajm,  O‘pkaning  hayotiy  sig‘imi,  Nafas  markazi,  rinit,  faringit,  laringit,  traxeit  va 
bronxit, zotiljam kasalligi,  plevrit, Gripp, Oʻpka sili. 
 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Nafas olishining ahamiyati. 
2.  Organizmda kechadigan gazlar almashinuvi jarayoni. 
3.  Nafas olish organlarining tuzilishi: Burun bo‘shlig‘i va uning funksiyasi. 
4.  Burun-halqum va hiqildoqning tuzilishi. 
5.  Traxeya va bronxlar, ularning tuzilishi va funksiyasi. 
6.  O‘pka va uning inson organizmida tutgan o‘rni. 
7.  Nafas akti deganda nimani tushunasiz? 
8.  Ayollar va erkaklardagi nafas olish tezligining tafovuti qanday? 
9.  Nafas chuqurligi va minutlik hajm qanday aniqlanadi? 
10.  O‘pkaning hayotiy sig‘imi va nafas markazi haqida tushuncha bering. 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
2.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent, “YAngi asr avlodi”, 2009 y. 
3.  Sodiqov K.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
4.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie. 1990 g. 
5.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995 y. 
6.  Antropova M.V.  “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”.  M. Meditsina, 2002 g. 
7.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
8.  Internet sayti: www. anatomus.ru  
 

59 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Ovqatlanish  va  uning  inson  hayotidagi 
muhim o‘rni. 
2.  Oshqozon-ichak  sistemasi  va  ularning 
vazifalari. 
3. Oshqozon osti bezi 
4.  Ovqat  qabul  qilish  to’g’risidagi  gigienik 
mulohazalar. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Ovqatlanish  va  uning  inson  hayotidagi  muhim  o‘rnini  tushuntirish. 
Oshqozon-ichak  sistemasi  bilan  tanishtirish.  Ovqat  qabul  qilish 
to’g’risidagi gigienik mulohazalar haqida ma’lumot berish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol  metodlarni  qo‘llagan  holda 
o‘quv jarayonini tashkil etish

  Ovqatlanish  va  uning  inson 
hayotidagi muhim o‘rnini tushuntirish; 

  Oshqozon-ichak 
sistemasi 
mohiyatini ochib berish; 

  Ovqat  qabul  qilish  to’g’risidagi 
gigienik  mulohazalar  haqida  ma’lumot 
berish. 

  Ovqatlanish  va  uning  inson 
hayotidagi 
muhim 
o‘rnini 
tushunadi; 

  Oshqozon-ichak  sistemasi 
mohiyatini anglaydi; 

  Ovqat 
qabul 
qilish 
to’g’risidagi 
gigienik 
mulohazalar haqida bilib oladi; 

   
O‘qitish 
usullari 
Axborotli,  vizual 
ma’ruza, 
Tushuntirish, Namoyish qilish, “Blis-
savol” va “Sinkveyn” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik,  ma’ruza matni, kompyuter 
slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan 
o‘quv xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
1.2. Ovqat hazm qilish sistemasi mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
II-bosqich. 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
Tinglaydilar va rejani 
 
6 – MAVZU: 
 
 
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI 

60 
 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
(1-ilova) 
2.2.  Talabalarni  faollashtirish  maqsadida 
“Blis-savol” 
metodidan 
foydalanadi. 
so’ngra,  mavzuning  1-rejasini  bayon  qiladi 
(2-ilova) 
2.3.  2-reja  bo’yicha  Oshqozon-ichak 
sistemasining  mazmun-mohiyatini  tegishli 
rasm asosida tushuntirib beradi (3-ilova)   
2.4.  3-rejada  I.P.  Pavlovning  ovqat  hazm 
qilish  a’zolari  fiziologiyasini  o’rganishdagi 
ilmiy  ishlarilari  asosida  batavsil  ochib 
beradi (4-ilova) 
2.5.  So’ngi  rejada  Ovqat  qabul  qilish 
to’g’risidagi  gigienik  mulohazalarni 
bayon etadi (5-ilova) 
yozib oladilar 
 
Savolga javob beradilar
 
 
Tinglaydilar va 
tushunib oladilar 
 
 
Tinglaydilar va asosiy 
ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.    O’tilgan  mavzu  bo’yicha  guruhdagi 
talabalar  bilimini  sinash  va  mustahkamlash  
maqsadida  nazorat  savollarini  beradi  (6-
ilova) 
3.2.  Mustaqil  tayyorlanish  hamda,  uy 
vazifasi sifatida amaliy mashg’ulot mavzusi 
va topshiriqlarini beradi. 
3.3 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (7-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni va 
adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
(1-ilova) 
 
REJA: 
1. Ovqatlanish va uning inson hayotidagi muhim o‘rni. 
2. Oshqozon-ichak sistemasi va ularning vazifalari. 
3. Oshqozon osti bezi 
4. Ovqat qabul qilish to’g’risidagi gigienik mulohazalar. 
 
(2-ilova) 
1. Ovqatlanish va uning inson hayotidagi muhim o‘rni. 
Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi 
muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik 
maydalanadi, ximik parchalanadi, suriladi. 
Ovqatlanish – energiya sarfini qoplash, hujayralar va to‘qimalarni tuzish va 
yangilash, organizm funksiyalarini idora qilish  uchun organizmga  zarur  oziq-ovqat 
moddalarining kirishi, hazm bo‘lishi, so‘rilishi va singishi jarayonlarining yig‘indisidir. 
Almashinuv jarayonlariga hazm yo‘llarida singigandan keyin so‘rilgan ovqatning 
tarkibiy qismlarigina qo‘shilishi mumkin. Zarur miqdordagi oqsillar, yog‘lar, 
uglevodlar, vitamnnlar, biogen moddalar va suv kerakli nisbatda organizmga kiritilgan 
taqdirdagina ovqatlanish organizmning normal hayot faoliyatini taʻminlaydi. 
Organizm uchun kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganets, kobalt, mis, rux, brom, yod, 
oltingugurt, temir va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror 
mineral moddalar etishmasa, turli xil kasalliklar yuzaga chiqadi. Masalan, organizmda 

61 
 
kalsiy etishmasa, nerv va muskul qo‘zg‘luvchanligi kuchayadi, bu spazmofil kasalligiga 
olib keladi, yod etishmasa, qalqonsimon bezning faoliyati buzilib, bo‘qoq kasalligi paydo 
bo‘ladi, natriy xlorid ko‘payib ketsa, harorat  ko‘tariladi.  
 
Ovqat hazm qilish sistemasining umumiy ko`rinishi 
 
Ovqat hazm qilish sistemasida kеchadigan jarayonlar: 
Mеxanik jarayonlar. 
Kimyoviy jarayonlar. 
   Fizik jarayonlar
 
Suv odam organizmi barcha hujayra va to‘qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. 
Jumladan, qonning 92% i, miya to‘qimasining 84% i, tana muskullarining 70% i, 
suyaklarning 22% i suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlarning tanasini 50-60%  ini suv 
tashkil qiladi, yoshlarda suv miqdori bundan ko‘proq bo‘ladi. Masalan, chaqaloq tana 
massasining 80% ini suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy jarayonlar suv 
ishtirokida bo‘ladi. Agar odam ovqat isteʻmol qilmay, faqat meʻyorida suv isteʻmol qilsa, 
u 40-45 kungacha uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin. Aksincha, 
ovqat meʻyorida bo‘lib, suv isteʻmol qilinmasa, tana massasi 20-22% kamaysa, bir 
haftaga etar-etmay odam halok bo‘lishi mumkin. Odamning sutkalik suv balansi 2,2-2,8 
l.7 
6
 
(3-ilova) 
2. Oshqozon-ichak sistemasi va ularning vazifalari. 
Ovqat  hazm  qilish  organlari  –  bu  murakkab  jarayon  bo‘lib,  fizik  va  kimyoviy 
o‘zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib oshqozon va ichak bo‘shlig‘idan 
qonga va limfaga so‘riladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch gruppaga bo‘linadi. 
a.  proteazalar – oqsillarni parchalovchi fermentlar
b.  lipaza – yog‘larni parchalovchi fermentlar; 
                                                            
7
 
Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  -  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings-  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 
Ichki organlar: 
1-qalqonsimon  toqay;  2-qalqonsimon 
bеz;  3-kеkirdak  9  traxеya);  4-aorta 
ravog`i; 5-o`pka artеriyasi; 6-ustki kovak 
vеna;7-o`ng  va  chap  o`pka  (o`ngi  3 
bo`lakdan,chapi 
esa 

bo`lakdan 
tuzilgan);  8-chap  o`pka  uchi;  9-o`ng 
plеvra  sinusi;  10-pariеtal  plеvra;  11-
yurak;  12-diafragma;13-taloq;  14-mada; 
15-o`n ikki barmoqli ichak; 16-mеda osti 
bеzi; 
17-jigar; 
18-ingichka 
ichak 
bo`limlari;  19-yo`g`on  ichak  bo`limlari; 
20-appеndiks; 21-qovuq. 

62 
 
c.  karbogidrazalar – uglevodlarni parchalovchi fermentlar. 
 
 
Bu fermentlar til osti, jag‘ osti, quloq oldi, oshqozon va ichaklarning shilliq qavati 
ostida joylashgan bezlardan hamda oshqozon osti bezidan ishlab chiqariladi. I.P.Pavlov 
va  uning  shogirdlari  ovqat  hazm  qilish  organlarining  funksiyalarini  o‘rganganlar.  1842 
yilda  Moskvalik  xirurg  V.A.Basov  birinchi  bo‘lib,  oshqozonning  shira  ajratishini 
o‘rganish  uchun  itlarda  operatsiya  yo‘li  bilan  oshqozonga  fistula  o‘rnatish  usulini 
yaratgan. 
Ovqat hazm qilish sistemasiga og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, o‘n 
ikki  barmoqli  ichak,  ingichka  va  yo‘g‘on  ichaklar  hamda  oshqozon  osti  bezi  va  jigar 
kiradi. 
 
 
Ovqat hazm qilish organlarining organizmdagi joylashuvi 

63 
 
 
Og‘iz  bo‘shlig‘i  –  tishlar,  til  va  so‘lak  bezi  kanalchalari  bo‘ladi.  Tishlar  2  xil 
bo‘ladi:  sut  tishlari  20  ta,  doimiy  tishlar  32  ta.  Ustki  jag‘da  16  ta,  pastki  jag‘da  16  ta 
tishlar bo‘lib, shundan: 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qozik, 2 tasi kichik oziq tishi va 3 
tasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 Yoshgacha chiqadi, 4 tasi yaʻni 
yuqori  va  pastki  jag‘lardagi  oxirgi  katta  oziq  tishlar  (aql  tishlari)  18  Yoshdan  keyin 
chiqadi. Til og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan, muskuldan tashkil topgan, ovqatni qorishtirish, 
tomoqqa o‘tkazish, so‘zlarni talaffuz qilishni taʻminlaydi. Til 3 qismdan: til uchi, tanasi, 
ildizdan  iborat.  Til  usti  shilliq  qavatdan  sezuvchi  nervlarning  uchi  shirin,  ildiz  qismida 
achchiq, yon tomonidan sho‘r, nordon taʻmni sezuvchi retseptorlar bo‘ladi.  
Ogʻiz boʻshligʻi: 
yuqorigʻi jagʻ tishlar; 
pastki jagʻ tishlar; 
tomoqdagi bodomsimon bez; 
til;  
yumshoq tanglayning tilchasi; 
umshoq tanglay; 
qattiq tanglay. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling