O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.04 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26

 
 
Yod moddasining ahamiyati haqida ma’lumotlar  
Yod, qalqonsimon bezning  bir me’yorda gormonlari sintezlanashiga
barcha organlar sistemasi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
mikroelementdir
Yod etishmovchiligi miyaning me’yorida rivojlanishini buzilishiga olib 
keladi, minglab odamlar aqliy zaiflikning eng og‘ir darajasi– kretinizm 
bilan og‘rigan
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yod tanqisligi tufayli 800 million 
aholi qalqonsimon bez (endemik bo‘qoq)ning kattalashishidan, 45 
millioni esa – aql zaifligidan aziyat chekmoqda
Yod tanqisligining holatini nazorat qilish bo‘yicha Halqaro 
kengash (ICCIDD) tuzilgan bo‘lib, barcha tuzlarning yodlashtirilishini 
amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi
Sotuvda  sifatli yodlangan osh tuzining mavjud emasligi, aholi o‘rtasida 
bo‘qoqni ommaviy profilaktika qilishida uzilishlar bo‘lmoqda
Yod tanqisligining oqibatlari 
Bo‘qoq xastaligiga duchor bo‘lgan ayollarda 
hayz sikli buziladi, bepushtlik va boshqa 
anomal holatlar kuzatiladi, bolalar aqli zaif 
bo‘lib dunyoga keladi
Bolalar o‘limining ortib 
ketishiga, o‘lik bola 
tug‘ilishi va odamning ruhiy 
– ijtimoiy rivojlanishining 
tutilib qolishiga olib keladi
O‘zbekistonda 25 mln., 
axoliga 1,29 mln. endokrin 
tizimi bilan kasallangan 
odam to‘g‘ri keladi, 
shulardan 60 foizini bolalar 
va o‘smirlar tashkil etadi

75 
 
 
 
 
Anemiya 
haqida 
ma’lu-
motlar
• Anemiya (kamqonlik) deganda qonda gemoglobinning
umumiy miqdori pasayishi, ko‘pincha qon hajmi birligida
konsentratsiyasining kamayishi tushuniladi
• Qondagi umumiy gemoglobin darajasining norma 119-
130 g/l bo‘lgani holda anemiyada 111,0 g/l va undan
pastroq pasayib ketishi kuzatiladi
• O‘zbekistonda temir tanqisligi anemiyasini (oxirgi 10-15 
yil), bolalar va o‘smirlar orasida 25-88 foizgacha anemiya 
xavfi ko‘proq 1-2 yoshgacha bolalarda, o‘smirlarda va 
homiladorlarda kuzatiladi
Anemiya
ning 
oqibat-
lari:
• Gemoglobin etishmovchiligi va gipoksiyaga (hujayralarga
kislorodning kerakli miqdorda etib bormasligi) olib keladi
• Bolalar odatda jismoniy va aqliy rivojlanish borasida o‘z 
tengqurlaridan orqada qoladilar, ular tez-tez xastalanib 
turishlari mumkin
• Homilador ayollar vazni etarli bo‘lmagan zaif bola 
tug‘adi, ayrim hollarda anemiya onalar o‘limiga olib 
kelishi ham mumkin
• O‘zbekistonda homilador ayollarning 80%, tug‘ish 
yoshdagi ayollarning 60% va 57% bolalar anemiyadan 
aziyat chekishmoqda

76 
 
 
 
3. Ovqatdan zaharlanish va uning belgilari. 
Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlariga boʻlinadi. 
 Bakterial zaharlanish turiga salmonellyoz kiradi. Bu salmonellalar tushgan ovqatni 
eganda  rivojlanadi.  Bu  ovqat  turlariga  goʻsht,  tuxum,  sut  mahsulotlari  kiradi.  Bundan 
tashqari  pichoq  taxtalar,  stollarda,  qoʻlda  bu  mikroblar  boʻlishi  mumkin.  Ular  pashsha, 
sichqon, kalamush, it, mushuk orqali ham yuqadi. Zaharlanish belgilari: bir kun oʻtkach 
oʻt  rufagi  atrofida  ogʻriq  paydo  boʻladi,  qusadi,  ich  ketadi,  bosh  ogʻriydi,  tirishishadi, 
sovuq ter bosadi. 
Botulizm. Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayoqchasi bilan zararlangan ovqatni 
iste'mol  qilish  orqali  odam  oʻtkir  zaharlanadi.  Odam  zaharli  qonservalar,  qoʻziqorin, 
tuzlangan  baliq,  dudlangan  mahsulotlar,  goʻsht  orqali  yuqadi.  Bir  necha  soat  oʻtgach 
zaharlanish  belgilari  paydo  boʻladi:  muskullari  boʻshashadi,  koʻzi  yaxshi  koʻrmaydi, 
ogʻzi quriydi, nutqi buziladi,  yutishi qiyinlashadi, nafas olishi qiyinlashib, bemor halok 
boʻlishi mumkin.  
Stafilokokklardan  zaharlanish.  Terisiga  yara  chiqqan,  angina,  qonvyuktivit  bilan 
ogʻrigan  kishilar  infektsiya  tashuvchi  boʻladilar.  Odamning  tomogʻida,  burun  shilliq 
qavatida,  terida,  ichagida  kasallik  mikroblari  boʻladi.  Bu  mikroblar  sut,  baliq, 
mahsulotlarida, sabzavotlarda boʻladi. Bunda odam qusadi, qorinda ogʻriq paydo boʻladi, 
harorat koʻtariladi. 
Dizentiriya. Dizentiriya tayoqchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qoʻl orqali oʻtadi 
va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yoʻqotadi, harorat koʻtariladi, ich ketadi 
va ba'zida qon aralash boʻladi.  
• Go‘sht, jigar, tuxum sarig‘i, suli, grechixa,
jo‘xori, dukkakli o‘simliklar yormalarida,
qora nonda va boshqa boshoqli mahsulotlar
olma, shaftoli, anor va boshqa mevalar
Temir miqdori 
ko‘p ovqat 
mahsulotlari
• Go‘sht, baliq va oqsilga boy mahsulotlar, 
sabzavotlar, mevalar, ko‘katlar, A, C va 
boshqa vitaminlar (so‘rilishni kuchaytiradi)
Kunlik 
ovqatlanish 
tartibiga…
• Choy tarkibidagin tanin moddasi, bug‘doy 
unining kepagi, jigar rang guruch tarkibida 
uchraydigan oliy kislotasi
Temir so‘rilishiga 
tusqinlik 
qiladigan 
moddalar

77 
 
Bakteriyasiz  zaharlanishga  qoʻziqorindan,  qoʻrgʻoshindan,  bodom,  oʻrik,  olxoʻri, 
shaftoli  danagidan  zaharlanish  kiradi.  Ovqatdan  zaharlanishning  oldini  olish  uchun 
maxsulotlarni  toʻgʻri  saqlash,  sanitariya-gigiyena,  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  rioya 
qilish kerak. 
 Spirtli  ichimlik  ichish  va  chekishning  ovqat  hazm  qilish  a'zolariga  ta'siri. 
Spirtli ichimliklar odam organizmining hamma hujayra, to'qima va a'zolariga zaharli ta' 
sir  ko'rsatib,  turli  kasalliklarga  sabab  bo'ladi.  Iste'mol  qilingan  spirtli  ichimlik  avvalo, 
me'daning  ichki  shilliq  pardasini  yallig'lantirib,  surunkali  gastrit  va  me'daning  yara 
kasalligini  yuzaga  keltiradi.  Bu  kasallikka  uchragan  odam  qornining  yuqori  qismida 
achishish,  ba'zan  og'riq  sezadi,  zarda  bo'ladi,  kekiradi.  Qovurilgan  taomlar,  sho'r  yoki 
nordon ichimlik va taom iste'mol qilinganda bu belgilar ayniqsa kuchayadi. 
Spirtli  ichimlik  me'dadan  qon  tomirlariga  so'riladi  va  jigarga  boradi.  Jigarda 
spirtning  parchalanishidan  sirka  kislota  va  boshqa  zaharli  moddalar  hosil  bo'ladi.  Ular 
jigar  hujayralarini  yallig'lantirib,  surunkali  gepatit  kasalligiga  sabab  bo'ladi.  Bunday 
kasallikka  uchragan  odamning  o'ng  qovurg'asi  ostida  jigar  joylashgan  joyda  vaqti-vaqti 
bilan  og'riq  seziladi,  yog'li  taomlar  iste'mol  qilganda,  tez  yurganda,  chopganda  og'riq 
zo'rayadi, ko'ngli ayniydi, ba'zan qusadi. 
Agar  surunkali  gepatit  kasalligiga  uchragan  odam  spirtli  ichimlik  iste'mol  qilishni 
davom ettiraversa, jigar hujayralarining ma'lum qismi zahar ta'sirida yemiriladi va ular-
ning o'rniga biriktiruvchi to'qima hosil bo'ladi. Bu kasallik jigar serrozi deb ataladi. 
Jigarning  hajmi  kattalashib  ketadi,  uning  ish  faoliyati  esa  mutlaqo  buziladi.  O'ng 
qovurg'a  ostida  qattiqlashgan  va  kattalashgan  jigar  osilib  turadi  va  u  og'riydi.  Bunday 
bemorning umumiy ahvoli og'irlashadi, ish qobiliyati pasayadi. 
Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Tamaki tutuni tarkibidagi nikotin, 
ammiak, karbonat angidrid, benzol kabizaharli moddalar og'iz bo'shlig'idan boshlab odam 
organizmining  barcha  to'qima  va  organlariga  zararli  ta'sir  ko'rsatadi.  Chekish  ko'pincha 
og'iz  bo'shlig'i,  tomoqda  har  xil  o'smalar  paydo  bo'lishiga  olib  keladi.  Tamaki  tutuni 
tarkibidagi kimyoviy moddalar me'daning shilliq qavatini yallig'lantirib, surunkali gastrit 
kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Tamaki  tutuni  ta'sirida  og'iz  bo'shlig'idagi  sezuvchi  nerv 
tolalari,  ya'ni  retseptorlaming  sezuvchanlik  xususiyati  pasayadi.  Shu  tufayli 
chekuvchilarning ta'm bilish qobiliyati, ishtahasi pasayadi. 
Respublikamizda  keyingi  yillarda  yoshlar  o'rtasida  nos  chekish  kabi  zararli  odat 
keng tarqalmoqda. Bu odatning tarafdorlari tushuntirishicha, go'yo nosdan atrof-muhitga 
zararli  tutun  ajralmaydi  va  chekuvchi  o'pkasiga  tutun  kirmaydi.  Shuning  uchun  nos 
chekishning atrofdagilar uchun ham, chekuvchilar uchun ham zarari yo'q emish. Nosdan 
atrof-muhitga  tutun  tarqalmasa  ham,  nos  chekuvchi  uni  tuflab  ifloslantiradi.  Nosning 
tutuni  bo'lmaganligi  uchun  u  chekuvchi  o'pkasiga  kirmagani  bilan,  uning  zaharli 
moddalari til ostidagi qon tomirlariga so'rilib, qon orqali miya, yurak, jigar kabi hayotiy 
muhim organlarni zaharlaydi. 
Nosning  erigan  qismi  og'iz  bo'shlig'idan  so'lak  bilan  yutib  yuboriladi  va  u  me'da-
ichakka tushib, ularni zaharlaydi. 
Nos  tamakining  eng  kuchli  (zaharli)  turlaridan  tayyorlanadi.  Tamaki  tutuni 
tarkibidagi  3  mingdan  ortiq  zaharli  moddalardan  tashqari,  nosga  yana  ohak,  kul  kabi 
zaharli  moddalar  ham  qo'shiJadi.  Bu  moddalar  og'iz  bo'shlig'ida  erib,  so'lak  bilan 
qo'shilib,  qizilo'ngach  orqali  oshqozonga  tushadi.  Shuning  uchun  nos  chekuvchilarda 
og'iz bo'shlig'i, qizilo'ngach va me'da raki ko'p uchraydi.  
 
 

78 
 
4. Ovqatlanish tartibi va gigiyenasi 
Bolaning  bir  kunda  eydigan  ovqati  shu  vaqt  ichida  sarf  etilgan  energiya  oʻrnini 
qoplashi  va  oʻsishni  ta'minlashi  kerak.  Bolalarni  ovqatlantirishda  ovqat  tarkibidagi 
mahsulotlar  nisbatini  olish  kerak.  Umumiy  oʻrta  ta’lim  maktablarida  va  maktab 
internatlarida  birinchi  smenadagi  oʻquvchilarga  ertalabki  nonushta  7.30dan  8gacha  bir 
kunlik ovqat normasining 25%, ikkinchi nonushta 11-12 da ovqat normasining 15-20% 
ni, maktabdan qaytgandan soʻng tushlik eyishi kerak, bu ovqat normasining 35% tashkil 
etadi, kechki ovqat 19-20 da ovqat normasining 20-25% tashkil etishi kerak. 
Oziq moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi. Shuning uchun 
ular  toʻla  qimmatli  ovqat  eyishlari  kerak.  Shundagina  ular  yaxshi  oʻsadi,  turli 
kasalliklarga  chidamli  boʻladi.  Bolalar  ovqati  barcha  zaruriy  moddalardan,  oʻsimlik  va 
hayvon  mahsulotlaridan,  sifatli  mahsulotlardan  va  etarli  darajada  boʻlishi,  toʻq  tutishi 
kerak. Ovqatlanish tugʻri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. oʻrta maktab oʻquvchilari 4 
marta ovqatlanishlari, nimjon bolalar tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy 
gigiyenaga,  stol  atrofida  oʻzini  tutishga,  dasturxon  goʻzalligiga  rioya  qilish  kerak. 
Xayotda ovqatdan zaharlanish koʻp uchrab turadi.  
Katta yoshli odam uchun 1 kecha-kunduzda o'rta hisobda 100g yog' kerak. Iste'mol 
qilingan yog'ning 70-75% hayvon, 25-30% o'simlik o'silik yog'idan iborat bo'lishi shart. 6 
oylikdan 4 Yoshgacha bo'lgan bolalarning har kg vazniga 3,5-4 g, maktabgacha yoshda 
2-2,5g yog' zarur. Yogʻlarni yetishmaganda bola ozib ketadi, organizmning  chidamliligi 
pasayadi.  Yogʻ'larni  ortiqcha  qabul  qilganda  oziq  moddalar  va    oqsillarni    o'zlashtirish 
buziladi. 
 
Ovqatlanish  gigienasi,  sog‘lom  odamning  to‘laqonli  va  ratsional  ovqatlanishning 
muammolarini  o‘rganadigan  gigienaning  bir  bo‘limidir.  Bemorlarni  ovqatlanish  va 
davolovchi ovqatlanish taomlari bilan dietologiya shug‘ullanadi. 
Aholini ovqatlanish xarakteri va  optimal rejimni asoslab berish uchun ovqatlanish 
gigienasiga  oid  maxsus  tadqiqotlar  olib  boriladi.  SHu  bilan  birga  alohida  diqqat  ovqat 
maxsulotlarida ayrim ovqat moddalarning etishmasligi yoki organizmga ovqat moddalari 
bilan kasallanishiga olib keladigan holatlarni ham o‘rganadi. 
Sog‘lom odamni ovqatlanishi ularning yoshi, kasbi akliy va jismoniy yuklama, o‘y 
sharoitlari hamda milliy va iqlim xususiyatlari inobatga olinadi. 
Ovqatlanish 
gigienasi 
Qo‘lni va 
idishlarni toza 
tutish
Ovqatni 
me’yorida 
pishirish
Yangi 
maxsulotlarni 
ishlatish
Maxsulotlarni 
to‘g‘ri saqlash
Stol atrofida 
o‘zini tutish
Dasturxon  
go‘zalligiga 
rioya qilish
Kun tartibiga 
rioya qilish

79 
 
Ovqatlanish  gigienasi,  ovqatlanish  normalari,  avitaminoz  va  gipovitaminoz  oldini 
olish  choralarini  ishlab  chiqarishadi.  Aholining  turli  kasb  guruhlarida  ovqatlanish 
gigienasini  muhim    muammolaridan  biri  organizmni  energiya  sarflash  hamda  oqsil, 
yog‘lar, mineral tuzlar, vitaminlarga talablarini o‘rganadi. 
Turli  yoshdagi  odamlarning  ist’emol  qiladigan  ovqatlarini  kasal  keltiruvchi  yoki 
zaxarli  moddalardan  nazorat  qilishni  va  oshqozon  ichak  kasalliklarni  oldini  olish 
tadbirlarni amalga oshiradi. 
Ovqatlanish  gigienasi  ovqat  moddalarning  biologik  qiymati,  kimyoviy  tarkibi  va 
kaloriyasini o‘rganib rasmiy  jadvallarni nashr etadi. 
Shuni  aytish  kerakki  xar  bir  ota-ona  oilada  bolalarni  ovqatlanishini  gigienik 
asoslarini  bilishi  va  bajarishi  ham  qarz  ham    farzdir,  chunki  bolaning  salomatlik 
poydevori  ilk  yoshdan  boshlab    asoslanadi,  ovqatlanish  esa  salomatlikni  asosiy 
manbaidir. 
Sutkalik ovqatlanish ratsionini gigienik baholash tamoyillari 
Hamma 
moddalarga 
to‘la to‘kislik 
To‘g‘ri 
ovqatlanish 
Kaloriyali 
Vitaminlarga 
boy 
Sifatli, o‘z 
vaqtida 
Ovqatlanishi normalariga ko‘ra 
 
 
Me’yordan past 
Me’yorda 
Me’yordan yuqori 
Bolalarning umumiy energiya, oziq moddalari va mineral moddalarga nisbatan 
fiziologik talablari 
Yosh 
Jins 
 
Oziq 
Minerl 
Energiya
Oqsil  Yog‘ Ugle
-vod
Sa 

Mg  Fe  Zn 

1-3 

53 
53 
212  800  800  150
10 

0,06
1540 
4-6 

68 
68 
272  900  1350 200
10 

0,06
1540 
7-10 

77 
79 
335  1100 1650 250
12 
10  0,10
2350 
 
Xulosa 
Hazm  qilish  sistemasining  yoshga  bog’liq  xususiyatlarini  inobatga  olib,  sutkalik 
ovqatlanish  ratsioni  bo’yicha  ovqat  tayyorlashni  yo’lga  qo’yish  muhim  sanaladi. 
Ayniqsa,  ovqatning  tarkibida  etarli  darajada  oqsillar,  yog’lar,  uglevodlar,  vitaminlar, 
mineral tuzlar bo’lishini ta’minlash lozim.  
Organizmga  mikro-elementlarning  zaruriyati,  yod  va  temir  tanqisligi  va  uning 
oqibatlari,  mikroelementlar  tanqisligi  kasalliklarining  oldini  olish  to‘g‘risida  to‘liq 
tasavvurni  shakllantirish,  hamda,  to’g’ri  ovqatlanish  gigienasiga  amal  qilish  lozim.  Shu 
bilan  birga  ovqatni  yangiligida  iste’mol  qilish,  turli  bakterial  zaharlanishdan  saqlanish 
lozim. 
(3-ilova) 
FSMU metodini amalga te[nologiyasi 

Inson organizmida ozuqa moddalari  muhim rol o’ynaydi 
 

 
 

 
 

 
 

80 
 
(4-ilova) 
 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
Moddalar almashinuvi, oqsil, yog‘lar, uglevodlar, Glyukoza, vitamin, B1, B2, 
PP,  B12,  C,  A,  D,  PP,  B12,    mineral  moddalar,  yod,  fermentlar,  anemiya,  shaxsiy 
gigiena, salmonellyoz, botulizm, stafilokokk, dizentiriya, mikrob. 
 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Hazm qilish sistemasining yoshga bog’liq xususiyatlari. 
2.  Ovqat xazm qilish jarayoni qanday kechadi? 
3.  Ovqat qanday oziq moddalardan iborat?  
4.  Ovqatlanishda vitaminlarning roli qanday? 
5. 
Oqsillar qaysi oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi? 
6. 
Yod tanqisligi qanday oqibatlarga olib keladi? 
7. 
Animiya nima? 
8. 
Ovqatlanish tartibini izohlang. 
9.  Ovqatlanish gigienasi deganda siz nimani tushunasiz? 
10.  Ovqatdan zaharlangan organizmda kechadigan belgilar. 
11.   Batulizm kasalligi haqida maʻlumot bering. 
12.   Spirtli ichimlik ichish va chekishning ovqat hazm qilish a'zolariga ta'siri. 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  -  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings-  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 
2.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
3.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2009 y. 
4.  Sodiqov K.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
5.  Xripkova  A.G.,  Antropova  M.V.,  Farber  D.A.  “Yosh  fiziologiyasi  va 
gigienasi”.  M. Prosveshenie. 1990 g. 
6.  Xripkova A.G. “Vozrastnaya fiziologiya”. M. Prosveщenie. 2001 g. 
7.  Djalalova S.M. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. Ma’ruzalar matni. TDIU. 2007 
8.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995 y. 
9.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
10. Internet sayti: www. anatomus.ru 
 
 
 

81 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Ovqatlanish  va  ovqat  mahsulotlari 
tarkibi. Ularning energenik bahosi. 
2.  Energiyaning  o’zgarishi  va  uning 
sarfi. Tana harorati. 
3.  Modda va energiya almashinuvining 
yoshga bog’liq xususiyatlari. 
4.  Organizmning  energiyaga  bo’lgan 
sutkalik ehtiyoji. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Ovqatlanish  va  ovqat  mahsulotlari  tarkibini  yoritib  berish. 
Energiyaning  o’zgarishi  va  uning  sarfi.  Tana  harorati  haqida  to’liq 
tasavvur  hosil  qilish.  Modda  va  energiya  almashinuvining  yoshga  bog’liq 
xususiyatlariga oid ma’lumot berish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol  metodlarni  qo‘llagan 
holda o‘quv jarayonini tashkil etish; 

  Ovqatlanish 
va 
ovqat 
mahsulotlari 
tarkibi 
haqida 
ma’lumot beradi; 

  Energiyaning 
o’zgarishi 
va uning sarfini tushuntirish; 

  Modda 
va 
energiya 
almashinuvining  yoshga  bog’liq 
xususiyatlarini o‘rgatish; 

  Organizmning  energiyaga 
bo’lgan 
sutkalik 
ehtiyojini 
bayon etish. 

  Ovqatlanish  va  ovqat  mahsulotlari 
tarkibi 
haqida 
ma’lumotga 
ega 
bo’ladilar; 

  Energiyaning  o’zgarishi  va  uning 
sarfi haqida tushuncaga ega bo’ladi; 

  Modda 
va 
energiya 
almashinuvining 
yoshga 
bog’liq 
xususiyatlarini o’rganadi; 

  Organizmning  energiyaga  bo’lgan 
sutkalik ehtiyojini bilib oladi. 

   
O‘qitish usullari 
Axborotli  ma’ruza, “Aqliy hujum” va 
“Sinkveyn” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik,  ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, 
doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan o‘quv 
xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
1.2. Moddalar va energiya almashinuvi mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
 
8– MAVZU: 
 
 
MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI 

82 
 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(4-ilova) 
2.2.  Talabalarni  faollashtirish  maqsadida 
“Aqliy  hujum”  metodidan  foydalanadi. 
so’ngra, mavzu rejalari  mazmun-mohiyatini 
rasm  va  jadvallar  asosida  tartib  bilan 
batavsil ochib beradi (2-ilova) 
2.6. Guruhdagi talabalar bilimini sinash va 
mustahkamlash  maqsadida oqsillar, 
yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv va 
vitaminlar tushunchalariga “Sinkveyn” 
tuzish vazifasini topshiradi. (3-ilova) 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
 
Tayanch 
tushunchalarni yozib 
oladilar 
 
Savolga javob beradilar
Tinglaydilar va 
tushunib oladilar 
Asosiy ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
Topshiriqni bajaradilar 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.    O’tilgan  mavzu  bo’yicha  guruhdagi 
talabalar  bilimini  sinash  va  mustahkamlash  
maqsadida  nazorat  savollarini  beradi  (5-
ilova) 
3.2.  Uy  vazifasi  sifatida  amaliy  mashg’ulot 
mavzusi va Moddalar almashinuvi, energiya 
almashinuvi, 
assimilyasiya 
va 
dissimilyasiya  jarayoni,  energiya  sarfi, 
oksidlanish,  nafas  koeffitsiyenti,  kimyoviy 
va  fizik  termoregulatsiya  tushunchalarini 
izohini yozib kelish topshiradi. 
3.3 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (6-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni va 
adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling