O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 286.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.02.2017
Hajmi286.42 Kb.
#612
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

 

 

 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

 

 

 

«UMUMIQTISODIY NAZARIYA VA IQTISODIY PEDAGOGIKA» 

KAFEDRASI 

 

 

 

 

Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura 

mutaxassisliklarida o’qitiladigan fanlardan ishchi o’quv 

dasturlari to’plami

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2005

 

«Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika» kafedrasida bakalavriat 

yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o’qitiladigan fanlardan ishchi o’quv 

dasturlari to’plami, T.: Moliya nashiriyoti, 2005, -56 b. 

Ushbu dasturlar to’plamiga institutda tayyorlanadigan bakalavriat yo’nalishlari va 

magistratura mutaxassisliklarida «Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika» 

kafedrasi tomonidan o’qiladigan fanlarning ishchi o’quv dasturlari kiritilgan. 

To’plamga kiritilgan ishchi quv dasturlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Maxkamasining 2001 yil 343-sonli «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarining 

tasdiqlash to’g’risida» gi qarori, xamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-

maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan 2002 yil 28 fevral tasdiqlangan «Bakalavriat 

yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari» talablari 

xamda Vazirlikning 2004 yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning bakalavriat bosqichini 

yangi taxrirdagi namunaviy o’quv rejasi bilan ta’minlash tug’risida» gi 199-sonli 

buyrug’i asosida tuzilgan. 

Mazkur dasturlar to’plami «Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika» 

kafedrasida professor o’qituvchilarning yig’ilishida muxokama qilingan va nashchrga 

tavsiya etilgan. (2005 yil 7 iyun, 5-sonli bayonnoma)  

 

 

Kengash raisi A.Voxobov 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

2



 

 

 

 

 

«IQTISODIYOT NAZARIYASI» 

FANIDAN ISHCHI O’QUV 

DASTURI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

3



«Iqtisodiyot nazariyasi fanidan» Ishchi 

o’q


uv dasturi 

 

 Tuzuvchilar: 



prof. Jumakulov T.T. 

  

 



  

dots. Juraev T.T. 

  

prof. Rustamov B. 



 

 Taqrizchilar:  

prof. Tojibaeva D. 

dots. Abdullaev S. 

 

Mazkur dastur 



O’

zbekiston Respublikasi Oliy 

o’

rta maxsus ta’lim Vazirligi 



tomonidan 2002 yil 28-fevralda tasdiqlangan «Biznes va boshqaruv» ta’lim 

soxasidagi barcha bakalariat y

o’

nalishlari Davlat ta’lim standartlari talablariga mos 



ravishda ishlab chiqilgan.  

Dasturda: 

•  Iqtisodiyot taraqqiyotining umumiy asoslari; 

•  Bozor iqtisodiyoti

•  Milliy iqtisodiyotning amal qilishi va uning qonuniyatlari; 

•  Jaxon x

o’

jaligi kabi «Iqtisodiyot nazariyasi» faning fundamintal b



o’

limlaridan 

iqtisodchi kadrlar uchun etarli tizimlashtirilgan iqtisodiy bilimlarni berish 

nazarda tutilgan. 

Dastur «Umumiqtisodiy nazariya va iqtisod pedagogika» kafedrasining 2005 yil 

23 maydagi yig’ilishida muxokama qilinib, foydalanishga tavsiya etilgan. 

 

 

Kafedra mudiri dots.Juraev T.T.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



4

1. “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN MA’RUZA VA SEMINAR 

MAShG’ULOTLARIGA AJRATILGAN  

S O A T L A R

 

 

 



№ 

 

MAVZULAR NOMI 

Jami 

Ma’ruza 

Seminar 

Mustaqil ish 

I-Bo’lim. Iqtisodiyotni taraqiyotining umumiy asoslari. 

1  Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va uslubi. 

10 





Sotsial-iqtisodiy 



extiyojlar. 

6  2 2 2 

3  Iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish. 





Tovar-pul munosabatlari, bozor iqtisodiyoti 

shakllanishi va amal qilishining asosidir. 

6  2 2 2 

5  Mulkchilik 

munosabatlari. 

6  2 2 2 

6  Sotsial-iqtisodiy tizimlar va ularning o’zgarishi. 





II-Bo’lim. Bozor iqtisodiyoti. 

7  Bozor iqtisodiyotining mohiyati va belgilari. 



8  Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning 



O’zbekistondagi xususiyatlari. 

6  2 2 2 

9  Bozor va uning tuzilishi. 



10  Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati. 





11  Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik kapitali va uning 

xarakati. 

12 4 2 6 

12  Sarf xarajatlar va foyda nazariyalari.  



13  Ish xaqi va mehnat nazariyalari. 





14  Raqobat 

nazariyasi. 

6  2 2 2 

15  Narx 

nazariyasi. 

6  2 2 2 

16  Agrar munosabatlar va agrobiznes. 







III-Bo’lim. Milliy iqtisodiyot (makroiqtisod)ning amal qilishi va uning 

qonuniyatlari. 

17  Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy 

o’lchamlari. Yalpi milliy maxsulot va uning xarakat 

shakllari. 

12 4 4 4 

18  Yalpi talab va yalpi taklif. 





19  Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar. 





20 Iqtisodiy o’sish va milliy boylikning ko’payishi, 

milliy iqtisodiyotga amal qilish va rivojining 

natijalaridir. 

6  2 2 2 

21  Makroiqtisodiy nisbatlar va muvozanatlik. 





22 Iqtisodiyotning tsiklligi va makroiqtisodiy 

6  2 2 2 

 

5



beqarorlik. 

23  Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik. 





24  Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. 

12 





25  Pul 


muomalasi. 

6  2 2 2 

26  Kredit va bank tizimi. 

12 




27  Bozor iqtisodiyotini tartibga solish. Davlatning 

iqtisodiy roli. 

11 2 2 7 

28  Axoli daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. 







IV-Bo’lim. Jahon ho’jaligi.

 

29  Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi. 





30 


Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit 

munosabatlari.  

6  2 2 2 

J a m i: 

213  64 

62 

87 

 

 

 

6



2. MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAVZULARI 

 

IQTISODIY TARAQO’IYoTNING UMUMIY ASOSLARI 

 

1 – MAVZU. IQTISODIYoT NAZARIYaSI FANINING PREDMETI VA 

USLUBI  

(2 soat)

 

 

Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi. Iqtisodiyotning doimiy 

muammolari. Qadimgi Sharq va G’arb xalqlarida iqtisodiy g’oyalarning vujudga 

kelishi.  

Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Merkantilizm, fizokratlar, 



Angliya klassik iqtisodiy maktabi. Marjinalizm. Hozirgi zamon iqtisodiyot 

nazariyasidagi asosiy oqimlar. 

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar. 



Moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va 

iste’mol qilish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar.  

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlar tizimi. 

Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullari: Ilmiy abstraktsiya, induktsiya va 

deduktsiya, empirik usul va farazlardan foydalanish. Mikro va makroiqtisodiy tahlil. 



Iqtisodiy tahlilda matematik, statistik va grafik usullardan foydalanish. Pozitiv va 

normativ usullar. 

Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatidagi vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasi - 



barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatning ilmiy 

asosi ekanligi.  

Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurning shakllanishida, O’zbekistonning 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanining 

ahamiyati.  

 

Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 12, 13, 16, 21, 23, 24. 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

6, 8, 9, 14, 28, 30, 31, 33, 36, 37. 

 

  

 

 

7



2 – MAVZU. SOTsIAL – IQTISODIY EHTIYoJLAR 

(2 soat) 

 

Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni. Individual, guruhiy va 



umumjamiyat ehtiyojlari. Ehtiyojlarni iqtisodiy taraqqiyot darajasiga va jamiyatning 

ichki tuzilishiga bog’liq bo’lishi.  

O’zbekistonda ehtiyojlarning xususiyatlari. Ehtiyojlarning tarkibi. Moddiy, 



sotsial – ma’naviy ehtiyojlar va mehnat ehtiyoji. Ehtiyojlarning tabaqalanishi. 

Ehtiyojlarning cheksizligi. 

Ehtiyojlarning yuksalish qonuni.  Ehtiyojlar transformatsiyasi, tarkibni 



yangilanishi, miqdoran o’sib borishi, ehtiyojlarni qondirish vositalari.  

Cheklangan resurslar sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi. 



Ehtiyojlarning qondirilishining optimal darajasining tanlanishi, muqobil 

mahsulotlarni yaratilishi. Ehtiyojlarning qondirilish usullarining o’zgarishi. 

Ehtiyojlarni individual tarzda va birgalikda qondirilishi, ehtiyojlarni qondirilishi 

darajasi. 

 

Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 16, 21, 24. 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 5, 7, 8, 9. 

 

3 – MAVZU. IQTISODIY FAOLIYaT VA IShLAB ChIO’ARISh 

(2 soat) 

 

Iqtisodiy faoliyat mazmuni va uning turlari. Iqtisodiy faoliyatning 



differentsiatsiyasi va integratsiyasi. 

Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy mazmuni va ijtimoiy shakllari.  

Ishlab chiqarish omillari, ularning birikish usullari va o’zaro ta’siri. Moddiy va 

nomoddiy ishlab chiqarishning o’zaro bog’liqligi.  

Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Yalpi milliy maxsulot. Sof 

maxsulot. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar.  

Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi. Vaqtni tejash qonuni. Mehnat 



taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. Mehnat kooperatsiyasi, uning turlari 

va chuqurlashib borishi. Iqtisodning integratsiya ko’lami, yagona iqtisodliy makon. 

Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy makonni yuzaga keltirish. 

 

8



Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 16, 21, 23, 24. 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 7, 8, 9, 17, 19, 29, 31. 

 

4 – MAVZU. TOVAR - PUL MUNOSABATLARI BOZOR IQTISODIYoTI 

ShAKLLANIShI VA AMAL O’ILIShNING ASOSIDIR 

(2 soat)

 

 

Natural va tovar ishlab chiqarish ijtimoiy xo’jalikning shakllari ekanligi hamda 

ularning farqlari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelish va rivojlanish sabablari. 

"Ne’mat", "tovar", "xizmat" tushunchalari.  

Tovar va uning xususiyatlari. Tovar nafliligi nazariyasi, marjinalizm. 



Tovarning nafliligi va ayirboshlanish qobiliyati (qiymati). Tovar ishlab chiqarishga 

sarflangan mehnat xarajatlari. Tovar nafliligini narxga ta’siri. Mehnat unumdorligi 

va intensivligining tovar ishlab chiqarish bahosiga ta’siri. Ishlab chiqarish narxi va 

bozor narxi. Tovar va xizmatlar qiymatini tushunishnig muqobilligi.  

Pul tovar ayirboshlash va o’iymat rivojilanishining mahsuli ekanligi.  

Pulning o’ziga xos xususiyatlari va asosiy vazifalari. Pulning metalistik, 

nometalistik va miqdoriy nazariyalari. Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. 

O’zbekistonda milliy pul – so’mning muomalaga kiritilishi va uning ahamiyati. 



Asosiy adabiyotlar: 

 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 16, 23, 24. 



 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 5, 6, 7, 8, 9, 29, 31. 

 

5 – MAVZU. MULKChILIK MUNOSABATLARI  

(5 soat)

 

 

Mulkchilik munosabatlarining mazmuni, tarkibiy tuzilishi. Mulk sub’ektlari va 

ob’ektlari. Mulkdorning manfaati va ma’suliyati.  

Mulkni iqtisodiy realizatsiyasi jarayoni, uning usullari va muqobil yo’llari. 



Nominal va xaqiqiy (real) mulkdorlik.  

Mulk turlari(tiplari). Mulk shakllarini 

xilma-xilligi. Xususiy mulk, jamoa mulki va davlat mulkining har – xil ko’rinishlari.  

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, asosiy 

shakllari va usullari. O’zbekistonda bu jarayonning o’ziga xosligi.  

Xo’jalik yuritish shakllari: Individual xo’jalik yuritish, sherikchilik xo’jaligi, 

ijara xo’jaligi, davlat xo’jaligi. Samarali xo’jalik yutirishning mulk realizatsiyasi 

uchun ahamiyati. 

 

9



 

 

 

 

Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 15, 16, 17, 18, 21, 23, 24. 

 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 6, 7, 8, 9, 19, 29, 30, 31. 

 

6 – MAVZU. SOTsIAL IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING 

O’ZGARIShI  

(2 soat)

 

 

Sotsial iqtisodiy tizimlar tushunchasi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va sotsial-



iqtisodiy munosabatlar. Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishda texnologik va 

sotsial jihatdan yondashuv. Turli formatsiyalar.  

Taraqqiyot bosqichlari va ularning o’rin almashuvlari. Monostruktura va 



polistrukturali tizimning mazmuni. Monoiqtisodiy tizimning har xil ko’rinishlari.  

Aralash iqtisodiyot-poliqtisodiy tizim ekanligi. Aralash iqtisodiyotning tub 



belgilari: mukammal texnika va yuksak texnologiya, bozor va nobozor 

munosabatlarining yaxlitligi, malakali mehnatning cheklangan resursiga aylanishi, 

tadbirkorlik imkoniyatining kengayishi, mulk bilan mehnatning birikishi, 

manfaatlarning uyg’unlashuvi.  

Aralash iqtisodiyot doirasining kengayib borishi. Aralash iqtisodiyotni 



shakllantirish O’zbekistonning kelajakdagi vazifasi ekanligi. 

Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 16, 17, 21, 23, 24. 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 6, 7, 8, 9, 29, 31. 



BOZOR IQTISODIYoTI. 

 

7 – MAVZU. BOZOR IQTISODIYoTINING MOHIYaTI VA BELGILARI 

(2 soat)

 

 

Bozor iqtisodiyoti tushunchasi. Bozor iqtisodiyoti umuminsoniydir.  

Bozor iqtisodiyotining tub belgilari. Iqtisodiy erkinlik shart-sharoiti. Iqtisodiy 

plyuralizm. Iqtisodiyotning antimonopol yo’nalishida bo’lishi. Tovar va xizmatlar 

to’kinligi, to’yingan bozor. Xaridor (iste’molchi) izmining ustunligi. Narxlarning 

erkinligi. Manfaatlar uyg’unligi. Iqtisodiy regulyatorlarning mavjudligi. 

Iqtisodiyotning sharoitga moslashuvchanligi. 

Bozor iqtisodiyotining sotsial adolat qoidalari. Daromadlarning yuqori 



chegarasining bo’lmasligi. 

 

10



Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy noaniqlik va iqtisodiy risk (tahlika) 

muammolari. 

Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti, ularning xususiyatlari va tartibga solish 

mexanizmi.  

 

Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 16, 17, 18, 20, 21, 23, 24,32 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 5, 6, 7, 8, 9, 17, 19, 24, 31. 

 

8 – MAVZU. BOZOR IQTISODIYoTIGA O’TISh DAVRI VA UNING 

O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYaTLARI 

(2 soat) 

 

Bozor iqtisodiyotiga o’tish umuminsoniy jarayon ekanligi va uning asosiy 

yo’llari.  Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning xususiyatlari. Ko’p 

ukladli iqtisodning paydo bo’lishi, iqtisodiyotni erkinlashtirish. Iqtisodiyotning turli 

sektorlari o’rtasidagi bozor aloqalari. Iqtisodiyot sub’ektlarining tabaqalashuvi. 

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi va islohotlar 

strategiyasi. Milliy mustaqillikni ta’minlash va bozor munosabatiga o’tish vazifasini 

birgalikda echilishi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyili. Islohotlarning 

ko’p bosqichli bo’lishi. Yangi mulkchilik va xo’jalik usullari.  

Iqtisoidyotda davlat va nodavlat sektorlari tizimi. Davlat buyurtmalari va erkin 



bozor uchun ishlab chiqarish. Davlat narxlari va erkin narxlar. Iqtisodiyotni 

tartiblashning yangi usullari. Raqobatchilik vaziyatning yaratilishi. Tadbirkorlikni 

qo’llab - quvvatlash. Iqtisodiyotdagi barqarorlik va tarkibiy o’zgarishlarni 

ta’minlash. Investitsiya muammolari.  

Aholining tabaqalanishi. Sotsial siyosatning asosiy yo’nalishlari.  



Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 16, 17, 18, 20, 21, 23, 24. 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 5, 6, 7, 8, 9, 29, 31. 

 

 

11



9 – MAVZU. BOZOR VA UNING TUZILIShI 

(2 soat) 

 

 

Bozor tushunchasi. Bozorning iqtisodiyot uchun ahamiyati. Bevosita va 



bilvosita bozor aloqalari. Bozorning ob’ektlari va sub’ektlari. Tartibsiz va 

tartiblanadigan bozor belgilari. Taqchil bozor va to’yingan bozor. Bozor orqali ishlab 

chiqarish va iste’molning bog’lanishi. Qiymatning tovar shaklidan pul shakliga 

aylanishi. Resurslarning erkin xarakatining ta’minlanishi. Iqtisodiyotni 

tartiblashtirishda ishtirok etish. Erkin, monopol raqobatli, oligopolistik va sof 

monopoliya bozorlari. Bozor segmenti va uning mezonlari. Bozorni o’z ob’ekti 



jihatidan turlanishi: iste’mol tovarlari, xizmatlar bozori va uning ishtirokchilari, 

ishlab chiqarish resurslari, bozori, ko’chmas mol – mulk bozori, birjalar savdosi, 

chakana savdo va uning ko’rinishlari, ishchi kuchi, moliya, intellektual tovarlar 

bozori, ularning farqi. Bozor infrastrukturasi va uning unsurlari. O’zbekiston milliy 

bozorni shakllantirish yo’llari.  



 

Asosiy adabiyotlar: 

1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 16, 17, 18, 20, 21, 23, 24. 

 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

4, 5, 6, 7, 8, 9, 17, 19, 24, 31. 

 

10 – MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYaLARI.  

BOZOR MUVOZANATI 

(2 soat)

 

 

Talab tushunchasi. Talab qonuni. Talab egri chizig’i. Talabning egiluvchanligi.  

Talab miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Bozor baholari, iste’molchi didi, 

iste’molchi pul daromadi, baholar va iste’molchi pul daromadlari o’zgarishining 

qutilishi, o’rnini bosuvchi tovarlar bahosi. Xaridorlar sonining talab hajmiga ta’siri. 

Individual va bozor talabi.  

Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. 



Taklif egri chizig’i. Taklif va ishlab chiqarish hajmining o’zaro bog’liqligi. 

Taklifning egiluvchanligi. Bozor baholari, ishlab chiqarish hajmi, resurslar bahosi, 

soliqlar darajasi, ishlab chiqaruvchilar soni, resurslar unumdorligi, boshqa tovarlar 

bahosi, inflyatsiyaning kutilishi. Talab va taklifning baho, daromad hamda omillar 

bo’yicha o’zgaruvchanligi. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. 

Talab va taklifning mos kelishi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy 



muvozanatlik. Bozor muvozanatining iqtisodiyotga ta’siri. O’zbekistonda bozor 

muvozanatining ta’minlanishi.  

Iste’molchi xulqi nazariyasi. Naflilikni oshirish qoidasi. Baho va daromadlar 



o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri.  

  


Download 286.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling