O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 151-guruh tolibi Marimov Muzaffarning


Download 288.42 Kb.
bet1/3
Sana01.11.2020
Hajmi288.42 Kb.
#139935
  1   2   3
Bog'liq
TARIXSHUNOSLIK KURS ISHI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 151-guruh tolibi Marimov Muzaffarning
Tarixshunoslik

fanidan

KURS ISHI

Mavzu: O’zbekistonning milliy qahramoni Jaloladdin Manguberdi tarixiy adabiyotlarda.


Bajardi: Marimov Muzaffar

Qabul qildi: Qahramon Rajabov

Mavzu: O’zbekistonning milliy qahramoni Jaloladdin Manguberdi tarixiy adabiyotlarda.
I. Kirish.

II.Asosiy qism:

I.bob. Jaloladdin Manguberdi tarixining tadqiqi.

1.1 Jaloliddin Manguberdi vatanparvar siymo.

1.2Jaloladdin Manguberdining vatanimiz tarixida tutgan o’rni va ro’li.

II.bob.Jaloladdin Manguberdi siymosining tarixiy adabiyotlarda aks etishi.

1.1Yozma manbalarda Jaloliddin Manguberdi tavsifi.

1.2Tarixshunoslikda Jaloladdin Manguberdining axamiyati.

III.Xulosa

Kirish.

Mustaqillik yillarida O’zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko’rsatgan misilsiz jasorati, vatanga va o’z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi (1998 y.). Qarorga ko’ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o’rnatildi, yirik ko’cha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qo’yildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, dostonlar yaratildi.

Prezidentimiz Islom Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi munosabati bilan 1998 yili bu siymoning “o`lmas ibrati bugungi kunda ham yurtimizning tinchligi, xalqimizning omonligi, sarhadlarimizning dahlsizligini ko`z qorachig`day asrab kelayotgan dovyurak askarlarimiz el-yurt posbonlari, jasur o`g`lonrimiz shijoatida namoyon ” bo`layotganini katta fahr bilan qayd qilgandi.

Bugungi kunda tarixga moziyga nisbatan munosabat butunlay o’zgardi. Endilikda uni yaxshi yomonlarga ajratmay ,har xil sinflarga bo’lmay ,qanday mavjud bo’lsa,shunday yaxlit holda xolis haqqoniy aniq faqtlar asosida dunyo tarixi bilan birgalikda o’rganish talab qilib qo’yildi.Shu asnosda Jaloladdin Manguberdi siymosi vatanimiz tarixini yoritishda katta ahamiyatga ega. Bu buyuk siymo haqida bugungi kungacha juda ko’plagan tarixiy adabiyotlar yaratilgan bo’lib,bu adabiyotlarning barchasida bu vatanparvar siymoning vatan oldida qilgan ishlari va shaxsiy hislatlari to’g’ri va haqqoniy ravishda tasvirlab berilgan.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1999-yilda Jaloladdin Manguberdi tavalludining 800-yilligini nishonlash to’g’risida farmon chiqardi.Shu asosda Vazirlar Mahkamasining bu haqda qarori qabul qilindi. Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlati (1097-1231 yillar)ning ko’p yillik tarixi o’sha davr musulmon tarixchilari tomonidan yozilganqator asarlarda o’z aksini topgan. Ular asosida ushbu sulolaning so’nggi vakili, buyuk sarkarda Jaloladdin Manguberdi hukmronligi, uning mo’g’ul istilochilariga qarshi qahramonona kurashi hamda G’arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyatini kuzatish va tahlil elagidan o’tkazish mumkin. Ayrim manba va adabiyotlarda qahramonimizning ismi Mangburni shaklida ham keltiriladi.Bu manbalar orasida Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi (kotib al-insho)Shahobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub «Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni» («Sulton Jaloliddin Mangburnining tarjimayi holi») nomli asar alohida o’rin tutadi. Dunyo qadimshunosligiga nazar tashlaydigan bo’lsak bu mard,Vatan ozodligi yo’lida fidoyi inson hayoti ,faoliyati haqida juda ko’plagan asrlar borligini ko’ramiz.uhaqdagi XIII asrdan to hozirgacha yaratilgan asarlarni sanaydigan bo’lsak ,ular salkam 500 jildga yaqin kitobni tashkil qiladi.Bu asrlarni shartli ravishda ikki davrga :birinchi davri-XIII-XVIII asrlarda yozilgan bitiklarga;ikkinchi davri-XVIII-XX asrlarda yaratilgan asrlarga bo’lib o’rganish mumkin.



Mavzuning dolzarbligi.Mavzuning ahamiyati va dolzarbligi shundaki Jaloladdin Manguberdi siymosini vatanimiz tarixida tutgan o’rni va ahamoyatini yoritish,shuningdek yosh avlodda vatanparvarlik tuyg’usini uyg’otish.

Ishning maqsad va vazifalari.Kurs ishining maqsad va vazifasi bu buyuk siymo tarixi to’g’risida yozilgan tarixiy adabiyotlarni chuqur o’rganish va tahlil etish orqali vatanimiz tarixshunosligidagi ahamiyatini yoritib berish.

Mavzuning ilmiy yangiligi.Mavzuning ilmiy yangili Jaloladdin Manguberdining faoliyati tarixiy adabiyotlarda aks etishi atroflicha yoritib berildi.

Kurs ishining tuzulishi:Kurs ishi kirish,asosiy qism,ikki bob,xulosa adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.



I.bob. Jaloladdin Manguberdi tarixining tadqiqi.

1.1 Jaloliddin Manguberdi vatanparvar siymo.

Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlati (1097-1231yillar)ning ko’p yillik tarixi o’sha davr musulmon tarixchilari tomonidan yozilgan qator asarlarda o’z aksini topgan. Ular asosida ushbu sulolaning so’nggi vakili, buyuk sarkarda Jaloladdin Manguberdi hukmronligi, uning mo’g’ul istilochilariga qarshi qahramonona kurashi hamda G’arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyatini kuzatish va tahlil elagidan o’tkazish mumkin. Ayrim manba va adabiyotlarda qahramonimizning ismi Mangburni shaklida ham keltiriladi.Bu manbalar orasida Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi (kotib al-insho)Shahobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub «Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni» («Sulton Jaloliddin Mangburnining tarjimayi holi») nomli asar alohida o’rin tutadi.Nasso (Niso) viloyatidagi qal'alardan birining sohibi bo’lgan Nasaviy 1224-yilda xizmat yuzasidan Iroqqa borib qoladi va o’sha yerda Sulton Jaloliddinning xizmatiga kiradi. Shundan e'tiboran u Jaloliddinning ishonchli mulozimlaridan biriga aylanib, to 1231 yilgacha, ya'ni Jaloliddinning vafotiga qadar u bilan birga bo’ladi: uni jangu jadallarga kuzatib boradi, muhim nomalarini qo’ltiqlab, elchilik vazifasini ado etadi va hokazo. Sultonning fojiali halokatidan so’ng Nasaviy xizmatni boshqa hukmdorlar qo’l ostida davom ettirib, 1249 yilda Xalab shahrida dunyodan ko’z yumadi. Nasaviy o’z qahramonini yaqindan bilgan, asarida bayon topgan voqea hodisalarining aksariyatida bevosita ishtirok etgan kishilarning xabarlariga tayangan, eng muhimi, xolisona va haqqoniy so’z aytishga intilganki,bular asarning ilmiy qimmati hamda ishonchlilik darajasini oshiradi. Muallif o’z asarini bitishga Jaloliddin vafotidan qariyb 10 yil o’tgandan so’ng 1241- yilda kirishgan va, tabiiyki, erkin fikr bildirish imkoniga ham ega edi. «Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni»ning arabiy asl matni va turli tillarga qilingan tarjimalari bir necha bor dunyo yuzini ko’rdi. Xususan, u taniqli sharqshunos olim Z.M. Bunyodov tomonidan rus tiliga o’g’irilib, ikki marta (ikkinchisi arabcha matn bilan birga) chop etildi. Asar o’zbek tilida ham K. Matyoqubov tarjimasida «Sulton Jaloliddin Manguberdi» nomi bilan ikki marta nashr etilgan.Arab tilidagi muhim manbalardan yana biri Ibn al-Asir nomi bilan mashhur tarixnavis Izzaddin Abulhasan Ali ibn Muhammad al-Jaziriy raqam etgan «al-Komil fit-tarix» («Tarix haqida mukammal kitob)» solnomasidir.Ibn al-Asir 1160 yilda Mesopotamiya (Ikki daryo oralig’i) da yirik amaldor oilasida dunyoga keladi, umrining ko’p qismini Dajla (Tigr) daryosi bo’yidagi Mo’sul shahrida o’tkazib, 1233 yilda shu yerda olamdan o’tadi. U Arabiston, Suriya, Falastin mamlakatlari bo’ylab sayohatlarga chiqib, bo’lajak shoh asari uchun ma'lumotlar to’playdi. Ibn al-Asir bir muddat ayyubiylar sulolasining asoschisi Salohiddin Yusuf ibn Ayyub (1171-1193) xizmatida bo’lgan va 1188 yilda uning salibchilarga qarshijanglarida ham ishtirok etgan.«Al-Komil fit-tarix» Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231 yilgacha bo’lgan davridan bahs yurutuvchi eng qimmatli manbalardan biri sanaladi. O’n ikki jilddan iborat bu hajmdor asarning oxirgi jildidan mo’g’ullar bosqini bilan bog’liq voqealar bayoni ham joy olgan. Muallif Jaloliddinning faoliyatiga keng o’rin ajratadi va ko’pincha o’zining muhim va aniq ma'lumotlari bilan boshqa manbalarni sezilarli darajada to’ldiradi. Solnoma matni bir necha bor nashr etilgan. Ayrim tillarga qilingan parcha-tarjimalar ham mavjud. Asar O’rta Osiyo tarixiga oid qismining P. Bulgakov bajargan rus tiliga tarjimasi 2006 yili Toshkentda Sh. Kamoliddinov tomonidan nashr etildi. Asar XX asr boshlarida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruz (hukmronlik davri: 1865-1910) farmoyishi bilan to’laligicha o’zbek tiliga tarjima qilindi. Oxirgi jild tarjimoni Domullo Otajon xoja ibn Qalandar xoja oxund Xorazmiydir (O’zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instutini qo’lyozmasi, inv. № 6802). Biz so’z yuritayotgan davrga oid muhim hamda batafsil manbalarning uchinchisi - bu hassos muarrix va yirik davlat arbobi Alouddin Atomalik Juvayniyning «Tarixi jahongushoy» («Jahon fotihi tarixi») asaridir.Juvayniylar xonadonining bir necha vakillari Xorazmiylar davlatining arkonlaridan bo’lganlar. Jumladan, Bahouddin ibn Ali Juvayniy 1192 yilda Sulton Alouddin Takash (hukmronlik davri: 1172-1200) xizmatiga kiradi. Uning nabirasi, muallifimizning bobosi Shamsiddin Muhammad esa dastlab Alouddin Muhammad

(hukmronlik davri: 1200-1220), keyinchalik Jaloliddin Manguberdining bosh vaziri sifatida faoliyat ko’rsatgan. Ammo uning o’g’li Bahouddin taxminan 1232 yilda bir guruh aslzodalar bilan birga mo’g’ullar xizmatiga kirishga majbur bo’ladi va o’g’li Alouddinni ham xizmatga jalb etadi. Chingizxonning chevarasi Xulaguxon tomonidan Ismoiliylar davlati (1090- 1256) va Bag’dod xalifaligi (750-1258) tugatilib, Elxonlar saltanatiga (1256-XIV asr o’rtalari) asos solingach, Alouddin Juvayniy Bag’dod hokimi etib tayinlandi va umrining oxiriga qadar shu mansabda qoldi. U 1283 yilda 57 yoshida dunyodan o’tdi. «Tarixi jahongushoy» 1252-1260 yillar oraligida fors tilida ta'lif etilgan, uch jilddan iborat. Eronlik olim Mirzo Muhammad Qazviniy tomonidan asarning tanqidiy matni tuzilib, nashr etilgan. Yevropa tillariga to’la yoki qisman qilingan tarjimalari ham bor.

XIII asr boshlaridagi suronli voqealarning zamondoshi sifatida asar bitgan tarixchilardan yana biri Minhojiddin ibn Sirojiddin Muhammad Juzjoniy (1193-1265 yildan keyin)dir. U 1226 yilda Hindistonga borib, u yerda Shamsiddin Eltutmish (hukmronlik davri: 1211-1235) va uning o’g’li Mahmudshoh (hukmronlik davri: 1246-1265) saroyida turli lavozimlarda xizmatda bo’ladi va 1260 yilda Nosiriddin Mahmudshohga atab «Tabaqoti Nosiriy» («Nosirga atalgan tabaqalar») nomli asar yozadi. Asarning 16-bobi Xorazmshohlar tarixiga, so’nggi 23-bobi mo’g’ullar istilosiga bag’ishlangan. Afsuski, bu tarixchining Jaloliddin Manguberdi haqidagi ma'lumotlari juda qisqa.

Mashhur muarrix, elxonlar vaziri Rashididdin Fazlulloh (1247-1318)ning 1300- 1310 yillar orasida yaratilgan «Jome at-tavorix» («Tarixlar to’plami») solnomasimo’g’ullar tarixiga oid eng qimmatli manbalardan biri sifatida e'tirof etilgan. Ammo Rashididdin Xorazmshohlar tarixi, musulmon mamlakatlarining mo’g’illar tomonidan istilo etilishi hamda Jaloliddin Manguberdining hukmronlik davri voqealarini asosan Juvayniyning hamda qisman Ibn al-Asirning mazkur asarlari asosida bayon etadi va aytarli yangi ma'lumot bermaydi. Xuddi shu fikrni suriyalik tarixchi Abulfaraj Bar Ebrey (1226-1286)ning «Tarix muxtasar ad-duval» («Sulolalarning qisqacha tarixi») asariga nisbatan ham aytish mumkin.



Yozma manbalarning yana bir guruhi (Nuriddin Zaydariy, Muhammad Hamaviy, Ibn Bibiy, Sibt ibn al-Javziy asarlari) borki, ular Sulton Jaloliddinning Kavkazorti va Kichik Osiyodagi faoliyati, mahalliy sulolalar bilan munosabati kabi muhim masalalarda yuqorida sanab o’tilgan asarlarga qo’shimcha ravishda qimmatli ma'lumotlar beradi.Biz Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyatidan naql qiluvchi asosiy, eng mufassal asarlarni sanab chiqdik, xolos. U haqdagi ma'lumotlar boshqa musulmon tarixchilarining asarlarida, shuningdek, xitoy, mo’g’ul, arman va boshqa tillardagi manbalarda ham uchraydi.

1.2Jaloladdin Manguberdining vatanimiz tarixida tutgan o’rni va ro’li.

Xorazmshohlar davlati XI asrning oxirlarida Buyuk Saljuqiylarga tobe mulk sifatida tarix sahnasiga ko’tarila boshladi. U sulola asoschisi Anushtegin nomi bilan Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati deb ataladi. Ushbu sulolaning Alouddin Otasiz (hukmronlik davri: 1127-1156), Abulfath El-Arslon (hukmronlik davri: 1156-1172), Alouddin Takash (Tekish) singari iqtidorli va siyosatdon vakillari sa'yharakatlari tufayli Xorazmshohlar davlati mustaqillikni qo’lga kiritibgina qolmay, balki o’z davrining yirik ham qudratli saltanatlaridan biriga aylandi. Uning hududi ayniqsa Sulton Takashning o’g’li Alouddin Muhammad davrida yanada kengayib,g’arbda Bag’dod xalifaligi chegaralaridan tortib sharqda Hindistongacha va shimolda Orol dengizidan janubda to Fors ko’rfazigacha cho’zilgan yerlarni o’z ichiga olar edi. Xorazmshoh Alouddin Muhammad o’z saltanatini yanada kengaytirish, yangi-yangi yerlarni zabt etishga bel bog’ladi. Gurjiston (Gruziya), Suriya va Misrga yurish uchun qo’shin ajratilgan, Bag’dod xalifalaridan dunyoviy hokimiyatni tortib olish uchun harakatlar olib borilayotgan edi. Biroq Bag’dodga qarshi 1217 yildagi muvaffaqiyatsiz yurish natijasida bu rejalar amalga oshmay qoldi. O’shanda Xorazm lashkarlari Bag’dod shahri yaqinidagi Asadobod dovonida qor bo’roniga uchrab, kata talafot bilan orqaga qaytgan edi. Xorazmshohning jahongirlik borasidagi uzoqni ko’zlovchi maqsadlari Xitoyni fath etishni ham nazarda tutardi. Ammo Xitoy allaqachon Chingizxon tomonidan zabt etilganli haqida xabar yetgach, Sulton Alouddin Muhammad bu ma'lumotning to’g’ri-noto’g’iligini tekshirish niyatida Chingizxon huzuriga elchilar yubordi. Elchilar mish-mishlarning ayni haqiqat ekanini tasdiqlashdi. Chingizxon bu elchilikka javoban ketma-ket ikki marta elchilar jo’natdi. Ikkinchi gal elchilar katta savdo karvoni bilan birga yo’lga chiqqan edilar. Karvon chegara shahar O’trorga yetib kelganida shahar hokimi, Sulton Alouddin Muhammadning tog’avachchasi Inolchiq G’oyirxon elchilarni josuslik va aholio’rtasida vahimali gaplar tarqatishda ayblab, hibsga oladi va butun karvon ahlini qatl etadi. Qirg’indan omon qolgan yagona kishi tuyakashdan yuz bergan fojia xabarini eshitgach, Chingizxon Inolchiqni topshirishni talab qilib yana elchilar jo’natdi. O’z qarindoshi va katta amirlaridan birini dushmanga topshirish xorazmshohning sha'ni va nufuziga to’g’ri kelmas, qolaversa, bu ish oson ham emas edi. Sulton mo’g’ul elchisini qatl etish, ikkala hamrohining esa soqolini kesib tashlashni amr etadi.Chingizxon tezda g’arbga yurish hozirligini ko’ra boshladi. Mazkur elchilar almashish davrida xorazmshohning mo’g’ullar bilan birinchi, ma'lum ma'nodagi tasodifiy to’qnashuvi yuz berdi. Manbalardagi ma'lumotlarga ko’ra, Sulton Alouddin Muhammad mo’g’ul qo’shini ta'qibiga uchragan merkit qabilasining qochoqlar yurtiga qochib borganini eshitib, 60 ming kishilik qo’shin bilan Samarqanddan yo’lga otlanadi va Irgiz daryosidan kechib o’tib, To’rg’oy cho’lidagi (hozirgi Qozog’iston hududida) jang bo’lib o’tgan joyga yetib keladi.Merkitlar batamom qirib tashlangan edi. Bir yarador jangchi mo’g’ullar jang maydonini yaqinda tark etishganini ma'lum qiladi. Xorazmshoh keyingi kuni tongda ularga yetib oladi. Chingizxoining to’ngich o’g’li Jo’chi (Jo’ji) otasining xorazmliklar bilan jang qilishni taqiqlaganini aytib, jangdan bosh tortishga harakat qiladi, ammo xorazmshoh «Chingizxon senga men bilan olishishni buyurmagan bo’lsa ham, Alloh taolo menga sen bilan urushishni amr etadi», deya jang boshlaydi. Kunning oxiriga borib har ikkala qo’shinning o’ng qanoti dushmanning chap qanoti ustidan g’olib chiqadi. Xorazmshoh qo’shinining o’ng qanotiga esa ushbu jangda yosh Jaloliddin Manguberdi rahnamolik qilgan. U qurshovga olina boshlagan otasiga yordamga yetib kelishga ham ulgurib, dushman hamlasini daf qiladi. Tunda mo’g’ullar yoqilgan gulxanlarni qoldirib, o’zlari yashirincha janggohni tark etadilar.Asosiy urush harakatlari esa 1219 yilning erta kuzida boshlandi. Xorazmshohning bemulohaza qarori bilan qo’shin turli shaharlarga tarqatilib,shaharlar o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sha'roitda, garchi himoyachilar qattiq qarshilik ko’rsatgan bo’lsalarda, mo’r-malaxdek yopirilgan mo’g’ullar shahar va qishloqlarni birin-ketin ishg’ol eta boshladilar. 1220 yilning o’rtalariga kelib butun Movarounnahr, keyingi ikki yil mobaynida Xuroson, Eron va boshqa o’lkalar bosib olindi. Zabt etilgan shaharlar va ularning aholisini bir-biriga o’xshash achchiq qismat kutardi: mo’g’ullar aholini shahar chetidagi ochiq maydonga haydab chiqib, hunarmandlar, yosh xotin-qizlar va bir qism bolalarni qullikka yoki boshqa shaharlar qamalida tirik himoya devori sifatida ishlatish uchun haydab ketishar, qolganlarni esa yoppasiga qilichdan o’tkazardilar. Bo’sh qolgan shaharlar mo’g’ul askarlari tomonidan bir necha kun davomida talanib, so’ngra yer bilan yakson qilinardi.Qattiq qarshilik ko’rsatilgan hollarda mo’g’ullar shafqatsiz o’ch olardilar.Masalan, Buxoro shahri olinganidan so’ng mo’g’ullar aholini qirg’inbarot qilib, xalqko’z o’ngida ayollarning nomusiga tegib, so’ng shaharga o’t qo’ydilar. Pishiq g’ishtdan qurilgan bir necha binoni hisobga olmaganda, butun shahar yonib kulga aylandi. Xurosonga qochib borgan bir buxorolikdan bo’lgan voqealarni so’rab surishtirishganida u shunday javob beradi: «Keldilar, titdilar, yondirdilar, o’ldirdilar,haydadilar, ketdilar».Yoki Termizni olaylik. Mo’g’ullar bu yerda qatli om uyushtirib bo’lganlaridan so’ng bir ayolni uchratib qolishadi. U ayol omonlik so’rab yalinib-yolvoradi va buning evaziga marvarid va'da qiladi. Mo’g’ullar marvaridni talab qilganlarida ayol uni yutib yuborganini ma'lum qiladi. Mo’g’ullar uning qornini yorib, qimmatbaho toshni oladilar. Shunda Chingizxon barcha asirlarning qornini yorib ko’rishga farmon beradi.Gurganj (Ko’hna Urg’anch) himoyachilari istilochilarni be’ayov savalab,minglab qurbonlar berishga majbur etishgan edi, dushmanning o’chi ham dahshatli bo’ldi: mo’g’ullar Amudaryoga qurilgan to’g’onni buzib, shaharni suvga bostirdilar.Tarixi qadar qadim madaniyatga ega bir azim shahar batamom yer yuzidan supurib tashlandi. O’tror, Xo’jand, Marv, Naso (Niso), Toliqon va boshqa shaharlardagi xunrezlik va vayronagarchiliklar ham yuqoridagilarga o’xshash bo’lgan.Samarqand taslim bo’lganidan so’ng Chingizxon xorazmshoh Alouddin Muhammadning qo’shin to’plab, qarshilik ko’rsatishiga yo’l bermaslik va uni tiriklayin qo’lga tushirish maqsadida sarkardalari Jebe va Subutoyni 20 ming kishilik qo’shin bilan xorazmshohning ketidan yubordi. Ularning ta'qibiga uchragan Sulton Alouddin Muhammad Xuroson va Eron orqali o’tib, Kaspiy dengizidagi orollardan biriga kelib qoladi. Bor-budidan mosuvo bo’lib, g’am-alam ostida og’ir xastalikka chalingan Sulton Alouddin Muhammad shu yerda 1220 yil dekabrda olamdan o’tdi.Nihoyat, Jaloliddin Manguberdi uchun mustaqil ravishda harakat qilish imkoniyati paydo bo’lgan edi.

II.bob.Jaloladdin Manguberdi siymosining tarixiy adabiyotlarda aks etishi.

1.1Yozma manbalarda Jaloliddin Manguberdi tavsifi.

Tarixiy manbalarda Jaloliddin Mangubеrdi to’g’risida ham ijobiy, ham salbiy ma'lumot va xabarlarni uchratish mumkin. Ammo o’z davrining ulug’ davlat arbobi, buyuk lashkarboshisi haqida kim qanday va nima dеb yozishdan qat'i nazar, Jaloliddin Mangubеrdini hеch kim An-Nasaviychalik yaxshi bilmagan va uning haqida bundan ortiqroq narsa yoza olmas edi, yoza olgan ham emas. An-Nasaviyning o’zi kimq Nasaviy Muhammad Ibn Ahmad Ibn Ali (tug’ilgan yili noma'lum —1249 yilda vafot etgan) tarixchi olim, Xuroson qal'asi (Ashxobod yaqinida) hokimi (1219—1221) bo’lgan. U mo’g’ullarga qarshi faol kurash olib borgan. Nasaviy 1224 yildan boshlab Jaloliddinning shaxsiy kotibi bo’lgan, uning mo’g’ullarga qarshi va boshqa xarbiy yurishlarida bеvosita ishtirok etgan. Nasaviy 1241 yilda arab tilida «Siyrat Us-Sulton Jaloliddin Manqburni» («Sulton Jaloliddin Mangu­bеrdining xayot yo’li») asarini yozgan. Bu asar XIII asrda fors tiliga tarjima qilingan, uning arabcha nusxasi Parij, Qohirada va forscha nusxasi Tеxronda, ruscha tarjimasi Bokuda nashr etilgan. Ushbu asar asosida Z.M. «Anushtеgin — Xorazmshohlar davlati» (1097—1231) asari dunyoga kеlgan.

An-Nasaviy o’zining yuqorida nomi tilga olingan asarida Jaloliddin Mangubеrdining xaqqoniy qiyofasini, ichki kеchinmalarini atroflicha, to’laqonli tasvirlab bеradi: «...Yomg’ir maydalab urib yog’moqda. Sovuq yoqimsiz shamol esmoqda. Sulton o’z qo’shini bilan Hilot jangidan (1230) qaytmoqda. Oyning mo’ralashida ko’zim sultonga tushib qoldi. Sultonning ko’zlaridan tinmay yoshlar oqar, u bir nimalarni pichirlar edi. Diqqat bilan quloq soldim. Shunday so’zlarni eshitdim... «E, yaratgan Alloh! Nеga mеni oddiy cho’pon yoki dеhqon qilib yaratmasdan Sulton qilib yaratding. Nе gunoxim uchun mеnga tinchlik bеrmaysan. Nе qilmishlarim uchun mеni buncha quvg’inlikka duchor qilgansan. Na turmushimda, na yurishimda halo­vat bor».

Shahobiddin an-Nasaviy o’z asarida Jaloliddin Mangubеrdining shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oddiy va sodda ifodalay olgan: «U turk bo’lib, qora mag’iz yuzli, burni oldida qora xoli bor, o’rta bo’yli yigit edi. Fors tilida ham bеmalol so’zlasha olar edi. U dovyuraklikda tеngi yo’q, shеrlar ichida shеr edi. U kamtarin, jiddiy odam bo’lib, xеch qachon baqirmas, so’kinmas, o’z atrofidagilar oldida o’zini juda yaxshi, sipo tutar edi. U ko’p gapirmas, xoxolab kulmas, ahyon-ahyonda jilmayar edi. U adolatni xurmat qilar, o’z fuqarolariga nisbatan adolatli bo’lishga intilar edi. U o’z xalqining mushkul ahvolini yеngillashtirishni yaxshi ko’rar edi. Biroq u yashagan to’s-to’polon davr unga burhay xayrli savob ishni amalga oshirishga imkon bеrmadi. U hukmronlik qilgan davrdagi suronli voqеalar uni zo’ravonlik ishlatishga majbur etib, uning tabiatini ma'lum darajada o’zgar-tirdi. Sulton Jaloliddin eng og’ir, murakkab sharoitlarda ham qat'iy tura oluvchi, eng qiyin sinovlardan ham sira qo’rqmaydigan, ularga bеfarq qarovchi odam edi».

Albatta, Muhammad an-Nasaviydan o’tkazib, ortiqroq bir gap aytib Jaloliddin to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Biz shu narsani ayta olamizki, xalqimiz ona Vatanni Jaloliddindеk sеvuvchi farzandlari bo’lganligi bilan faxrlanadi. Ammo biz qizil saltanat davrida millatimizning gug’uri, erk, ozodlik va mustaqillik uchun kurashda jonini tikkan Jaloliddin Mangubеrdi singari o’g’lonlarining nomlarini tilga ololmas edik. Mashxur shoir va adib Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Mangubеrdi» pеsasini yozganligi uchun ta'qib ostiga olingan edi. Chunki zukko shoir Jaloliddin Mangubе'rdi tilidan o’z ona "xalqiga quyidagicha murojaat qilgan edi-da!

Ulug’ davlat tiz cho’kmas, botir yo’lbormas,

Chinor sinar, yegilmas, bеdov ot hormas.

Bu dunyoda onasiz tug’ilgan kim borq

Jon bеrganga jon bеrmoq, mardlarga darkor.

Onamizning onasi bo’lsa shu Vatan -

Ko’rlik afzal bu yurtli asir ko’rmoqdan.

Jaloliddin xorazmshoh Alouddin Muhammadning Oychechak ismli xotinidan tug’ilgan to’ng’ich o’g’li, binobarin, taxtning qonuniy vorisi edi. Biroq xorazmshoh Alouddin Muhammad qipchoq qavmidan bo’lgan onasi Turkon xotin (uning nomi asl turkiychada Terken; arabiy yozuvli manbalarda Turkon shaklida yoziladi)ning taziqi ostida katta o’g’illari Jaloliddin Manguberdi hamda Rukniddin G’ursanchtini chetlab o’tib, yosh O’zloqshohni valiahd etib tayinlagan edi. Turkon xotun Oychechak va uning farzandini g’oyat yomon ko’rgani holda, o’zining qabiladosh va urug’dosh kelinidan tug’ilgan nabirasi Qutbiddin O’zloqshohga har taraflama homiylik qilardi.Nasaviy naql etib o’tgan bir voqea Turkon xotunning shaxsi va uning o’z nabirasi Jaloliddinga munosabati haqida ravshan tasavvur beradi. Tarixchining yozishicha, mo’g’ullarning siquvidan og’ir ahvolda qolgan Turkon xotunga mulozimlardan biri Jaloliddinning kuch-qudrati haqida so’zlab, uning panohiga qochib borishni maslahat solganida, Turkon xotun shunday javob beradi: «Oychechakning o’g’lining marhamatiga qaram bo’lmog’im qoluvmidi? Bundan ko’ra Chingizxon qo’lida tutqun bo’lish va hozirgi xo’rliklarim afzalroh!» Manbalardan ma'lum bo’lishicha, qang’li (ayrim ma'lumotlarga ko’ra, boyavut) qabilasiga mansub bo’lgan bu malika Xorazmshohlar davlatida ikkinchi hukmdor darajasida ish ko’rar, saltanatning barcha ishlariga aralashardi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan o’zini o’nglolmay, dushman ta'qibi ostida Kaspiy dengizi bo’ylariga borib qolgan xorazmshoh Muhammad o’limi oldidan, onasi Turkon xotunning mo’g’ullarga asir tushganini eshitganidan so’ng o’z hukmini bekor qiladi va o’g’illari Jaloliddin, O’zloqshoh va Oqshohni huzuriga yig’ib, vasiyatini bayon qiladi: «Saltanat rishtalari uzilib, davlat asoslari bo’shashdi va qulab tushdi. G’animnish maqsadi endi ayon: u tirnoqlari va tishlari bilan mamlakatga chang solgan. Men uchun undan (ya'ni, g’animdan - N.T.) fatsat o’g’lim Manguberdining qasos olishga qodir. Shuning uchun uni taxt vorisi etib tayinlayman, sizlar esa unga itoat etmog’ingiz lozim».

Xorazmshoh vafot etganidan so’ng shahzodalar Urganchga qaytadilar. Ammo

poytaxtdagi Turkon xotun tarafdorlari Jaloliddinga qarshi suiqasd uyushtiradilar.Bundan o’z vaqtida ogohlantirilgan Jaloliddin 300 nafar suvoriy bilan Xo’jand hokimi Temur Malik hamrohligida shahardan chiqib ketadi. Shahzodalarning o’z nufuzi va mavqeidan yoxud mamlakat boshiga tushgan notinchliklardan foydalanib, taxtni egallash uchun otasiga yoki og’a-inilariga qarshi bosh ko’targanliklariga tarixda ko’plab misollar topiladi. Jaloliddin esa el-yurt ozodligi yo’lida o’zining qonuniy huquqidan ham voz kechib, umum manfaati uchun shaxsiy manfaatlarini qurbon qila oldi. Xorazmshohning hamma o’g’illarida ham shunday xislatlar yetarli bo’lmaganliga pirovard-natijada ularning va umuman Xorazmshohlar davlatining halokatiga sabab bo’ldi, deyish mumkin. Masalan, G’iyosiddin Pirshohni olaylik. Jaloliddin Sind daryosi bo’yidagi jangda butun lashkaridan judo bo’lib, kuch to’plash uchun Pirshoh tasarrufidagi yerlarga kelganida, u akasiga qarshi 30 ming kishilik qo’shin yuboradi. Pirshohning onasi Beklaroy hamda amirlarning sa'y-harakatlari bilangina birodarkushlik urushining oldi olinadi. Keyinroq, 1228 yilda Isfahon shahri yonida mo’g’ullar bilan bo’lajak muhim jang arafasida Pirshoh o’z qo’shinini olib, qochib ketadi. Ushbu jangda garchi Jaloliddin g’alabaga erishgan bo’lsa-da, bu g’alaba katta kalafot evaziga qo’lga kiritildi. Ayni chog’da adolat yuzasidan shuni ta'kidlash joizki, xorazmshohning barcha o’g’illari o’z xonadoni va oliy rutbalari sha'niga dog’ tushirmay, qo’llarida shamshir bilan halok bo’ldilar. O’zloqshoh bilai Oqshoh tengsiz jangda vahshiylarcha o’ldirildi. Rukniddin G’ursanchti esa Ustunovaid qal'asida (Ustunovand - hozirgi Eron hududidagi qadimiy shahar) 6 oy davomida dushman holini tang qilib, oxiri madad yetishmasliga oqibatida asir olindi. Mo’g’ul sarkardasi Toymas po’yon undan tiz cho’kib ta'zim etishni talab qilganida G’ursanchti qiynoq-azob va o’limni afzal ko’rdi. Jaloliddindan farqli o’laroq, bu shahzodalarga g’anim bilan munosib kurashish uchun faqat bir muhim narsa yuksak harbiy daho yetishmagan ko’rinadi. Jaloliddinga harbiy ishi uchun zarur narsalar ato etilgan ekan, u holda unga nima yetishmadi? Jaloliddin Manguberdining sarkarda sifatidagi mahoratiga munosib baho berish uchun u qarshi kurashgan asosiy dushman, ya'ni mo’g’ullarning harbiy qudratini

to’g’ri baholash zarur. Adolat yuzasidan shuni e'tirof etish joizki, Shimoli-sharqiy Osiyo ko’chmanchilarining asrlar davomida tengi bo’lmagan harbiy san'atini to’la o’zlashtirgan, favqulodda jangari turk-mo’g’ul-tungus qabilalaridan tashkil topgan Chingizxon qo’shini behad katta, bizning odatiy taxayyulotimiz doirasiga sig’mas darajada qudratli va dahshatli kuch edi. Mo’g’ullar jang kechayotgan joy, dushmanniig kam-ko’pligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda qay usul yoki hiylani qo’llashni yaxshi bilishar, Xitoydagi urush davomida shaharlarni qamal qilish usullarini ham yaxshi o’zlashtirgan hamda qamal qurollarini yasash va ishlatishni biladigan xitoylik ustalarni o’z xizmatlariga jalb etgan edilar. Ular jang paytlari g’oyat ajib bir jo’shqinlik, to’g’rirog’i, jazava bilan urushar, shiddatli harakatlari va turli hayqirig’u na'ralari bilan yog’iy ko’ngliga vahima solardilar. Tan olish kerak, dushman mard va qat'iyatli edi. Ibn al-Asirning hikoyasiga ko’ra, bir mo’g’ul askarini asir olib kelishayotganida u o’zini otdan tashlab, katta toshga boshini qattiq urib jon taslim qiladi. Ayni paytda Turon sarhadlarini vatan tutgan xalqlarning el-yurt himoyasi, erk va ozodlik masalasi hal bo’layotgan vaqtda azmu shijoati, harbiy mahorat bobidagi salohiyati ham tarixdan yaxshi ma'lum. Faqat odamlarni o’ziga ergashtira oladigan, harbiy ishining sir-sinoatlaridan boxabar, qudratli yo’lboshchi topilsa bas. Jaloliddin Manguberdi ana shunday yo’lboshchi edi. Tabiiy savol tug’iladi: nega unda Jaloliddin mo’g’ul bosqinini butkul daf etishga muvaffaq bo’la olmadi? Buning turli-tuman sabablari ko’p. Ammo, fikrimizcha, bunga asosiy sabab borki, unga to’xtalmay o’tishning iloji yo’q.Urush boshlanishi arafasida, uning muqarrarligi ayon bo’lgach, xorazmshoh Alouddin Muhammad mudofaa masalalarini muhokama qilish maqsadida harbiy kengash chaqiradi. Unda Jaloliddin Manguberdi, Shahobiddin Xivakiy va boshqa lashkarboshi hamda mulozimlar butun qo’shnini bir joyga to’plash, qulay payt va joy tanlab, dushman bilan ochiq maydonda jang qilishni taklif etadilar. Lekin, ming afsuski, xorazmshoh bildirilgan barcha takliflarni rad etib, o’zining son jihatdan mo’g’ullardan 2-3 barobar ortiq qo’shinini yigirmaga yaqin shaharlarga tarqatib yuborish, har bir shahar himoyasini uning o’ziga yuklashdan iborat mudhish xatoga

yo’l qo’yadi.Bu xatoning eng alamli va fojiali jihati avvalo shundaki, mo’g’ullarni ochiq maydonda, ehtimol, faqat ochiq maydondagina mag’lub etish mumkin edi. Ular G’arbga yurishlari davomida uch marta, ya'ni 1221 yilda Parvonda (hozirgi



Afg’oniston hududida) Jaloliddin bilan, Volga daryosi bo’yida Itil (Volga) bulg’orlari hamda 1260 yilda Falastinda Misr mamluklari bilan bo’lib o’tgan eng katta janglarda qaqshatqich mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar, bu janglarning barchasi ayni ochiq maydonda kechgan edi. Darvoqe, mamluklar qo’shini tarkibida Jaloliddinning vafotidan so’ng Misrga borib qolgan xorazmlik amir va askarlar ham bo’lgan.Shu o’rinda Mo’g’ulistonga sayohat qilib, mo’g’ullarning o’sha davrdagi hayot tarzi, urf-odatlari va harbiy san'ati bilan yaqindan tanishgan italiyalik sayyoh Plano Karpinining bir ma'lumoti etiborni tortadi. U shunday yozadi: «Tatarlar (ya'ni mo’g’ullar - N.T.) odamlarning ular bilan maydonda jang qilishlaridan ko’ra, shahar va qal'alarga berkinib olishlarini ko’proq xush ko’rishadi». Xorazmshoh o’zining bemulohaza qarori bilan beixtiyor mo’g’ullarni nihoyatda xushnud etgan, urush boshlanmasdan turiboq g’alabani boy bergan edi. Jaloliddin Parvon jangiga qadar ham mo’g’ullarni ochiq jangda uch marta - dastlab Naso yonida, sal o’tmay Qandahorda va Chorikor yaqinida (Qaidahor va Chorikor - hozirgi Afg’oniston hududidagi joy nomlari) mag’lubiyat alamini tatib ko’rishga majbur etdi. Alamzada Chingizxon Jaloliddinga qarshi o’zining tutingan o’g’li va nomdor sarkardalaridan biri Shiki Xutuxu boshchiligidagi 45 ming kishilik katta qo’shin yuboradi. Ma'lumki, g’azna shahri yaqinidagi Parvondaggida 1221 yilda bo’lib o’tgan ikki kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi qo’shini mo’g’ullarni tor-mor qildi. Tarixchi Juvayniy Parvon jangining qisqacha ta'rifini beradiki, undaga har ikkala tomon ishlatgan harbiy usullar haqidaga ma'lumotlar e'tiborga molikdir. Juvayniyning hikoyasiga binoan, jangning birinchi kuni nihoyasiga yetganidan so’ng tunda Shiki Xutuxu o’z askarlariga kigizdan odam haykalini yasashni buyuradi. Ertasi tongda jang boshlangan mahalda Jaloliddin jangchilari mo’g’ul qo’shinining saflari ortganini ko’rib, dushman madad olibdi, degan xayolga borishadi. Ammo Jaloliddin ularga dalda berib, jangovar kayfiyatni tiklashga erishadi. Sulton suvoriylari otlaridan tushib, kamondan o’qqa tuta boshlaydi, so’ngra birdaniga otlarga o’tirib, yalpi hujumga o’tadi. «Mo’gul qo’shni qochishga tushdi. Shu asnoda ular qo’qqisdan orqaga qaytib, sulton lashkarlariga tashlandilar va qarib 500 kishini yerga qulatdilar. Sulton yaylov she’rlari va quturgan dengizning nahanglari yanglig’ shu ondayoq yetib keldi; mo’g’ullar mag’lub bo’lishdi», - hikoya qiladi Juvayniy. Mo’g’ullarning birinchi hiylasi xususida mazkur Plano Karpini ham gapirib o’tadi: «Ba'zan ular odam ta’svirini yasab, otga o’rnatishadi. Buni ular urushayotganlarning sonini ko’paytirib ko’rsatish uchun qilishadi». Mo’g’ullar ushbu jangda qo’llagan ikkinchi hiyla - yolg’ondakamiga qochish va birdaniga orqaga qaytib dushman ustiga yopirilish usuli ko’chmanchilar orasida keng tarqalgan va ne-ne azim janglarning taqdirini hal etgan. Biroq bu jangda dushmanning hiylalari zoye ketdi. Jangning natijasi Jaloliddinning to’g’ri taktika qo’llaganligidan dalolat berib turibdi. E'tiborli jihati shundaki, Jaloliddinning bu g’alabasidan so’ng mo’g’ullar qo’liga o’tgan bir qancha shaharlar aholisi isyon ko’tarib, mo’g’ullar qo’ygan noiblarni o’ldirishadi. Nihoyat, Jaloliddinning nechog’lik jiddiy, xatarli kuch ekanligiga ko’zi yetgan Chingizxon butun qo’shinini to’plab G’azna tomon yo’l oldi. Biroq bu gal Jaloliddinga Chingizxon bilan teng olishuvda o’z baxtini sinab ko’rish nasib etmadi,otasining xatosini to’g’rilash uchun yagona imkoniyat boy berildi. Nainki Jaloliddinning, balki o’nlab xalqlarning taqdirini belgilab bergan bu yo’qotishning sababi esa bag’oyat ayanchli, ammo saboq bo’larli: kerak paytda turkiy xalqlarning bir tanbir jon bo’lib birlasha olmasligi, shaxsiy manfaatni umum manfaatidan ustun qo’yish, parokandalik. Uzoq va yaqin tariximizning asosiy, achchiq saboqlaridan biri bu. Xuddi shu narsa Jaloliddinni ham umrining oxiriga qadar ta'qib etdi. Xullas, gap shundaki, Parvon jangida qo’lga tushgan o’ljani bo’lib olish chog’ida Jaloliddinning lashkarboshilari o’rtasida bir zotdor ot sababli nizo chiqib, har biri qaryib 30 ming jangchiga ega bo’lgan Sayfiddin Ag’roq, A'zam Malik va Muzaffar Maliklar o’z qo’shinlari bilan Jaloliddinni tark etdilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo’lidagi urinishlari naf bermadi. Keyinchalik mo’g’ullar ularning barchasini alohida-alohida qirib tashladilar.

1.2Tarixshunoslikda Jaloladdin Manguberdining axamiyati.

Shahobiddin Nasaviy o’zining «Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni» nomli

asarida Jaloliddinni shunday ta'rif va tavsif qiladi: «U qorachadan kelgan, kalta bo’yli edi. Nutqu iborasi turkiy bo’lsa-da, forsiy tilda ham so’zlardi. Shijoatiga kelsak, bu haqda aytish uchun men bayon etgan janglari yetarlidir. U sherlar ichra sher, suvoriylar aro eng dovyurak (suvoriy) edi. Va yumshoq tabiat bo’lib, g’azablanmas va so’kinmasdi, jiddiy qiyofada yurar, kulmas, faqat tabassum qilar va ko’p gapirmas edi. U adolatni sevardi».

Bir qarashda Nasaviyning ta'rifi, ayniqsa, qahramonimizning yumshoq tabiatli ekanligi haqidagi so’zlar bizning tasavvurimizdaga Jaloliddinga nomvofiqdek tuyuladi. Ammo uning buyukligi ham, ehtimol, shundaki, u kamtarlik va mag’rurlik, vazminlik va jo’shqinlik, rahmdillik va beayovlikni o’zida birdek mujassam etgan shaxsdir. Jaloliddinning o’zi bitgan bir to’rtlik uning o’z-o’ziga bergan xolisona bahosi kabi jaranglaydi:

Dar razm chun ohanimu dar bazm chu mum,

Bar do’st muborakimu bar dushman shum.

Az hazrati mo barand shnsof ba Shom,

Va-z haybati mo barand zunnor ba Rum.

Mazmuni:

Jangda xuddi temirdek, bazmda misli mummiz,

Do’stga marhamatli, g’animga esa shummiz.

Ulug’vorligimizdan Shomga insof eltarlar.

Haybatimiz dastidan Rumga zunnor eltarlar,

Bu she'r eronlik olim va shoir Rizoqulixon Hidoyat (1800-1871)ning «Majma

al-fusaho» nomli tazkirasida Jaloliddin Manguberdi ijodidan namuna sifatida keltirilgan. Afsuski, Jaloliddin Manguberdining boshqa she'rlari saqlanib qolmagan. Jaloliddinning sarkarda va jangchi sifatidagi mahorati hamda jasoratidan guvohlik beruvchi, uning hukmdor va oddiy bir hamla bilan yov saflarini yorib, qurshovdan chiqib ketdi. Bularni kuzatib turgan mo’g’ul amiri Taynol no’yon qo’lidagi xos tayog’i bilan Jaloliddinning orqasidan ko’rsattancha xitob qilib qolgan edi: «Qayerda bo’lma, sen albatta najot topasan! Sen chindan ham zamonangning er yigiti va tengdoshlarining peshvosisan!» Nasaviyga buni keyinchalik Jaloliddin xizmatiga qochib borgan bir mo’g’ul amiri gapirib bergan ekan. Ibn al-Asirning so’zlariga qaraganda, Isfahon jangidan keyin mo’g’ullar oliy hukmdori Uktoy-qoon Jaloliddinga xat yozib, «Sulgon Jaloliddindan mag’lub bo’lgan askarlar bizniki emas, biz ularni o’zimizdan quvib yuborgan edik», deya o’zini oqlashga uringan edi. Jaloliddin uchinchi marta ayyubiylar tasarrufidagi Xilot shahrini qamal qilib turgan paytda (1229 yil) Misr va Suriya hukmdori al-Malik al-Odilning o’g’li, qamalda yotgan shahzoda Mujiriddin Yaqub qal'a devoridan turib, Jaloliddishsh yakkama-yakka olishuvga taklif qiladi. Jaloliddin rozi bo’lib, sovutini kiyayotgan chog’da vazir Sharafulmulk shahzoda Mujiriddinning unga teng emasligini vaj ko’rsatib, uni yo’lidan qaytarishga urinadi. Jaloliddin uning iltimosini rad etadi:

«Olishishni xohlayotgan odam bilan qanday qilib olishmaslik mumkin? Modomiki meni chorlayotgan ekanlar, bosh tortigaga qanday asosim bor?» Jadoliddin yakka o’zi otga o’tirib, kelishilgan vaqtda shahar darvozasi oldiga boradi. Ammo Mujiriddin qal'adan chiqmaydi va Jaloliddin orqasiga qaytib ketadi.



Ushbu qamal paytida Jaloliddin mo’g’ullar qo’lida bo’lmish opasi Xonsultondan maktub oladi. Xonsulton quyidagilarni bayon etgan edi: «Koonga (bu o’rinda Chingizxonning o’g’li va vorisi O’ktoy-Qoon [hukmronlik davri: 1229-1241] nazarda lu tilmoqda -N.T.) sening kuch-hudrating, hurol-aslahalaring va mulklaringning bepoyonligi hahida xabar yetdi. Shular bois u sen bilan yaqinlashish

hamda mulklaringizni Jayxun bilan chegaralashni iroda etdi: senga daryogacha bo’lgan yerlar, unga esa daryoning narigi tarafi. Xullas, agar ularga qarshi turmoqqa imkoning bo’lsa, ular bilan jang hil va qasos ol - bu sening ra'yu ixtiyoring. Buning iloji bo’lmasa, o’zlari shuni xohlab turganlarida fursatni boy bermay, ular bilan yarash». Jaloliddin o’zini bu xatga umuman e'tibor bermaganday ko’rsatadi va hech qanday javob yozmaydi. Sulton Alouddin Muhammad Kaspiy orollaridan birida o’lim bilan olishib yotgan paytda Mozandaron va yaqin atrofdagi boshqa viloyatlar aholisi va ayrim amaldorlar unga oziq-ovqat yoki turli kerakli narsalar keltirib turardilar. Sulton Alouddin minnatdorchilik yuzasidan bu odamlar nomiga yuqori mansab yoxud kata yerlarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjat bitardi. Keyinchalik ularni Jaloliddinga taqdim etishganida u mazkur yorliq va farmonlarning barchasini rasman tasdiqladi. Agar biron kimsada otasining pichog’i, sochig’i yoki boshqa nishoni bo’lsa, Jaloliddin o’sha narsani yuziga bosib o’par va uni olib kelgan kishiga mansab yoki yer-mulk hadya etish bo’yicha tegishli farmonlarni imzolardi. Jaloliddinning Isfahon, Marog’a va Xilot shaharlarida turli imoratlar barpo etganligi manbalardan yaxshi ma'lum. 1225 yilning yozida Tabrizni zabt etganidan so’ng Jaloliddin shahar aholisiga xabar beradi: «Vayronaga aylangan Marog’ada qanday xayr-saxovatlar qilganimni va qanday binolar bunyod etganimni ko’rdingiz. Endi adolatimga hamda shahringizni nechog’lik obod etishimga guvoh bo’lgaysiz». Shu narsa e'tiborliki, Jaloliddin Mangubsrdi mo’g’ullarning kuch-qudratini yaxshi anglagani hamda ko’pchilik askarlarning ulardan qo’rqishini bilgani holda, mo’g’ullarga faqat o’zi qarshi tura olishini ham yaxshi tushunardi. Bu narsa uning boshqa hukmdorlar bilan olib borgan yozishma va muzokaralarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bir misol: Jaloliddin madad izlab Bag’dod xalifaligi chegaralariga yaqinlashganida xalifa o’z amiri Qushtemurni katta qo’shin bilan birga unga qarshi yuboradi. Jaloliddin chopar orqali Qushtemurga shunday murojaat qiladi: «Bizning bu tarafga kelishimizdan maqsad amir al-mo’mininning oliy soyasidan panoh izlashdir. Zero, hudratli dushman g’olib kelib, mamlakatlar va Alloh bandalarini istilo etmishlar; hech bir lashkar ularga qarshi turishga dosh berolmayotir. Agar xalifadan madad topsam va uning rizosidan quvvat olsam, u qavmni (ya'ni, mo’g’ullarni N.T.) daf qilish mening ishimdir». Ammo Qushtemur o’zini qarlikka solgach, Jaloliddin jang boshlab, uning qo’shinini qirib tashladi. 1231 yili, Jaloliddinning vafotidan biroz ilgari mo’g’ullar Ozarboyjonga bostirib kirganlarida Jaloliddin qo’shni mamlakatlar hukmdorlariga chopar yuborib, shunday murojaat qiladi: «Mo’r-malaxdek beadad tatar (ya'ni, mo’g’ul - N.T.) lashkarlari yaqinlashmoqdaki, ulardan iya qal'a va na shaharlar omon qolajak. Bu taraflar jangchilarining dilida ulardan qo’rquv va hayiqish joy olmishdir. Basharti men oradan chiqsam, sizlarda ularga qarshi turishga imkon qolmagan. O’zlaringiz, farzandlaringiz va butun musulmonlarga rahm qilib, har biringiz menga bir bo’linmani bayroq bilan birga yuborib, madad beringiz, tokim bizning o’rtamizdagi ittifoq va hamjihatlik ovozasi yetsa, ular tushkunlikka tushib, bizning askarlarimizning esa ko’ngillari ko’tarilgay». Yuqorida aytib o’tilganidek, hech kim Jaloliddinga yordam qo’lini cho’zmadi. Buning natijasi esa yaxshi ma'lum. Xullas, Jaloliddin Manguberdining jo’shqin, mazmunli hayoti va faoliyatida intilishga loyiq namuna, ayni paytda hech qachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydigan ulkan saboq bor.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsamAnushtegin-Xorazmshohlar hukumronlik qilgan davrdan hozirgi kunga qadar juda ko’plagan tarixiy adbiyotlar yaratilgan.Bu adabiyotlarning ko’pchiligi oxirgi Xorazmshoh bo’lmish Jaloladdin Manguberdi siymosi haqidadir.Bu buyuk siymo mo’g’ul bosqinchilariga qarshi mardanovar kurashgan shaxs hisoblanadi.Jaloladdin Manguberdi haqida bugungi kunga qadar ko’plagan ilmiy tarixiy asarlar yaratilga bo’lib,bu asrlarning barchasi Xorazmshohlar davri tarixini yoritibgina qolmay balki shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlarni beradi.Jaloladdin Manguberdi siymosi haqida,uning harbiy faoliyati haqida,uning shaxsiy hislatlari haqida eng qimmatli ma’lumotlarni beruvchi asar bu Shahobiddin an-Nasaviy asaridir. Xullas, Jaloliddin Manguberdining jo’shqin, mazmunli hayoti va faoliyatida intilishga loyiq namuna, ayni paytda hech qachon o’z dolzarbligini yo’qotmaydigan ulkan saboq bor.



Download 288.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling