O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 320 Kb.
Sana09.12.2020
Hajmi320 Kb.
#162732
Bog'liq
Mashhura kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

O‘zbek adabiyoti tarixi” fanidan



KURS ISHI

MAVZU: “Devoni lug’otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari.
Bajardi: Polvonnazarova Mashhura
Qabul qildi: dots.Matkarimova Salomat

Kurs ishi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida himoya qilindi va ___ ball bilan baholandi(Bayonnoma № ____ )



Komissiya raisi dots. S.Matkarimova

Komissiya a’zolari: dots. D.G‘oyipov

dots. B.Rahimova



dots. S.Sariyev


Urganch -2020

REJA:

KIRISH

ASOSIY QISM:

a) Devoni lugotit turkasari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarining organilishi xususida

b) “Devoni lugotit turkasaridagi muhabbat mavzusidagi badiiyat namunalari.

d) "Devoni lug'otit turk"asarida tabiat mavzudagi badiiyat namunalari.
f)"Devoni lug'otit turk"asarida axloqiy-talimiy mavzudagi badiiyat namunalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Boshqa mamlakatlar qatori o’zbek xalqi ham o‘zining boy adabiy yodgorliklariga ega bo‘lib, “Devoni lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Avesto”, “O‘rxun-Enasoy yodgorliklari” singari muhim manbalarning mavjudligi O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida nasrning o‘ziga xos yo‘l bosib o‘tganligi va rang-barang boyliklarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Dunyoga siyosiy-iqtisodiy yutuqlari bilan tanilayotgan O‘zbekiston va o‘zbek xalqining shuhrati, albatta, bugun yoxud kuni kecha boshlangani yo‘q. Ushbu yutuqlar ajdodlardan meros mustahkam ma’naviy zaminga ega bo‘lsagina millat millat sifatida o‘zligini bor bo‘y-basti bilan namoyon qila oladi. «Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va, men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham, albatta, bo‘ladi”1. Shu davrga qadar “Devoni lug‘otit turk” asari ustida olimlar qator ishlar olib borganlar. Ammo bu asar orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari yetarlicha o‘rganilmagan.



Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. V. V. Bartold "Devoni lug‘otit turk."dan oʻz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin koʻrsatib oʻtgan. Tilshunos olim V. I. Belyayev "Devoni lug‘otit turk" haqida shunday yozadi: "Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan... Muallif bergan maʼlumotlar... arxeologik kashfiyotlar bu maʼlumotlarning aksariyatini isbot etmoqda". Nemis sharqshunosi K. Brokkelman "Devoni lug‘otit turk" asarini 1928 yil nemis tiliga tarjima qildi. "Devoni lug‘otit turk" qoʻlyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. "Devoni lug‘otit turk" ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 y. amalga oshirildi. "Devoni lug‘otit turk" ikkinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63 y.lari Toshkentda "Fan" nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima boʻlmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Oʻzbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, "Qutadgʻu bilig" asari, Maxmud Koshgʻariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urugʻ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. "Devoni lug‘otit turk" oʻzbekcha nashrining oxirida turkiy urugʻ, qabila, shaharlar va boshqalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soʻz va iboralar keng taʼriflanadi, izohlanadi. Oʻzbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan koʻrsat-kichdir. Unda "Devoni lug‘otit turk"da uchragan soʻzlar alifbo tarzida keltirilib, soʻzning oʻzbek va rus tilida tarjimasi beriladi.

Mazkur soʻzning "Devoni lug‘otit turk" ning qaysi betlarida uchrashi koʻrsatib oʻtiladi.



1 Мирзиёев Ш.М. Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдеворидир. Президент Ш.Мирзиёевнинг Ўзбекистон ижодкор зиёлилари вакиллари билан учрашувдаги маърузаси // Халқ сўзи. – 2017. – 4 август.
Kurs ishining maqsadi. “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini o‘rganish va ularning keyingi davr adabiyotiga ta’sirini o‘rganish hamda bularni fanga tatbiq etish.
Tadqiqotning vazifalari:

asosan, birlamchi manbalarga tayanilgan hamda chet el tadqiqotchilari asarlaridan foydalanilgan holda “Devoni lug‘otit turk” asarini tahlilga tortish hamda u orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini to‘liq va mufassal yotitish.

“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘llangan janrlar va ushbu janrlarning bugungi kundagi ahamiyatini yoritib berish.

Ushbu ma’lumotlarni yoritishda asosan “Devoni lug‘otit turk” asarining o‘zidan hamda qator o‘zbek va chet el olimlarining “Devoni lug‘otit turk” asari xususidagi asarlardan foydalanish.


Tadqiqotning obyektini M.Koshg`ariyning “Devoni lug`otit turk” asari (Toshkent.”Fan”.1967) tashkil qiladi.Shuningdek, Belyayev, Brokkelman kabi chet el olimlari hamda Solih Mutallibov kabi o‘zbek olimlaring “Devoni lug‘otit turk” asari ustida olib borgan tadqiqot ishlari va qo‘lyozmalari ham tadqiqotning obyekti hisoblanadi.

Kurs ishining predmetini “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini o‘rganish va ularning keyingi davr adabiyotiga ta’sirini o‘rganish hamda bularni fanga tatbiq etish tashkil qiladi.

Tadqiqot usullari. Kurs ishida ilmiy sharh, qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, sistemali yondashuv, nazariy va ma’rifiy tahlil usullaridan foydalanildi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“Devoni lug‘otit turk” asari orqali hali fanga ma’lum bo‘lmagan jihatlari yoritilgan.Olimlar tomonidan o‘rganilmagan ayrim badiiyat namunalari keng yoritilgan.



Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 4 faslni o’z ichiga olgan asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 25 sahifani tashkil etadi.

Devoni lugotit turkasari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarining organilishi xususida


Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk “ asari avlodlar uchu juda boy meros hisoblanadi. Sababi shuki, “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizga juda ko‘plab badiiyat namunalari yetib kelgan. Bu xususida ko‘plab Yevropa olimlari va turkologlar izlanish olib borganlar.

«Devon»dagi she’riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik yevropalik turkologlar «Devon»da keltirilgan to‘rtliklarni dastlab turkiy xalqlarning qadimgi folkloriga mansub deb qaragan edilar. Jumladan, K. Brokkelman shunday fikrni aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi ikkilik va to‘rtliklar unutilib ketgan ma’lum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, asardagi asar yozilgan davrdan ilgari mavjud bo‘lgan va islomga hech qanday aloqasi yo‘q. Brokkelman ham «Devon»dagi she’riy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (yetti bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir.1

V.V.Bartold esa «Devonu lug‘atit-»dagi she’riy parchalarga nisbatan tamomila boshqacha fikrda. Uningcha, «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’rlar orasida xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy adabiyotiga xos xususiyatlar bor. Buning isboti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:


Turkan qatun qutinga,

Tegur mendin qoshug‘,

Aygil sizing tabugchi

Otnur yangi tabug‘ (1, 357)
Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) etkazgin, xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.2
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.

Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»da shakl jihatidangina emas, balki mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik xarakterdagi parchalar ham borki, barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning aks sadosini ko‘rishimiz mumkin.


«Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan yevropalik olimlar olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi.3 «Qutadg‘u bilig»ning she’r tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar aytilgan. Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.
Tang tangri keldi,

Tang tangri o‘zi keldi,

Tang tangri keldi,

Tang tangri o‘zi keldi.


Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar,


Tang tangrig ogalim.


Korugma kun tangri,


Siz bizni kuzating,

Korunugma ay tangri,

Siz bizni qurtgaring.


Tang tangri,

Yidlig‘, yiparlig‘,

Yarug‘lug‘, yashuqlug‘

Tang tangri

Tang tangri.


Tang tangri,


Yidlig‘, yiparlig‘,

Yarug‘lug‘, yashuqlug‘

Tang tangri

Tang tangri.

Misralar boshidagi t, y, k, s undoshlarining takrori alliteratsiyali she’ri yuzaga chiqargan. Bu she’rda “Devonu lug‘atit-turk”dagi singari qofiya qo‘llanmagani uchun hijolar tengligi yo‘q. Alliteratsiyali she’rda hijolar tengligi bo‘lishi shart emas. Ritm va ohang alliteratsiya bilan birga takror orqali ham yuzaga kelaveradi.4

Moniylik she’rlarini kuzatsak, alliteratsiya usuli she’riyatning muhim xususiyati bo‘lganini ko‘ramiz. “Bizing Tangrimiz adgusi radni tiyur”, Aprinchur tiginning boshlanishi o‘chib ketgan she’ri, “O‘lim tasviri”, “Moniyga atalgan madhiya” alliteratsiyali she’r qadimgi turkiy she’riyatning tuzilishida asosiy omil ekanini ko‘rsatadi.

“Devon”dagi she’rlar haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub.

2. Matnlar islomdan oldingi davrga mansub, ammo musulmonlikning ta’siri ham seziladi.

Bunday talqindan so‘ng yana quyidagicha savol kelib chiqadi: agar “Devon”dagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub bo‘lsa, qaysi tamoyillarga ko‘ra ularni farqlash mumkin? “Devon”dagi hamma she’rlar sillabik she’r deb qabul qilingan, ya’ni folklor va adabiy parchalar metrikasi bir xil. Hamma she’rlar qofiyalangan. Demak, she’rning tovush tuzilishi folklor va individual she’riyatni farqlash uchun zaruriy edement bo‘lib xizmat qilmaydi. Nihoyat, matnlar mazmunida ham (Turkon malikaga bag‘ishlangan to‘rtlikdan tashqari) folklorga oid she’rlar bilan individual she’riyatni farqlashga yordam beradigan hech narsa yo‘q. Agar “Devon” dagi she’rlar islomgacha bo‘lgan davrga mansub bo‘lsa va bora-bora musulmonlik ta’sirida qolgan bo‘lsa, bu she’riy parchalarning tuzilishidagi qaysi elementlar islomgacha bo‘lgan davr elementlariyu qaysi elementlar islom ta’sirida deb qaraladi? Musulmonlik ta’siri nimada o‘z ifodasini topgan? Bombachining fikricha, islomgacha bo‘lgan she’r turi izosillabizm (teng hijolilik) tamoyili buzilgan o‘rinlardagi baytlarda o‘z aksini topgan. Bombachi, qadimgi turkiy she’riyat uchun misralardagi bo‘g‘inlar miqdori turlichaligi xarakterlidir, deb asoslashga harakat qiladi. Masnaviy shaklidagi qofiyalanishga ega bo‘lgan ikkiliklar arab-fors poetikasning ta’siri sinab ko‘rilgan usuldir deb qarash mumkin, deydi.5

Bombachining bu fikrini haqiqatdan uzoq deb bo‘lmaydi. Zotan, Koshg‘ariy o‘z asarida (1 jild, 151-betda Ash’a degan shoirning arabcha bir baytini keltiradi) arabcha baytlarni ham keltiradiki, bundan Mahmud Koshg‘ariy arab-fors she’riyati poetikasidan foydalangani haqiqatga yaqin, deb aytish mumkin.


Shuni ta’kidlash kerakki, Koshg‘ariy «shoir aytadi» iborasi ostida keltirgan to‘rtliklar shaklan xalq og‘zaki ijodiga tegishli. Ammo adabiy jarayonning qadimgi va ilk klassik davrdagi holati folklor va yozma adabiyot tamoyillarining bir-biriga uyg‘unligi bilan belgilanadi. Ayniqsa, urxun yodnomalari bilan «Devonu lug‘atit - turk» qiyoslanganda, badiiy fikrlashning eng umumiy tamoyillari urxun yodnomalarida ham, «Devon»da bir ekanligi ayonlashadi.

Bombachining bu fikri uchta manba – urxun- enisey yodnomalari, «Devonu lug‘atit-turk» va «Qutadg‘u bilig»ga tegishli. Rus va Evropa turkologiyasida «qadimgi turkiy adabiyot» va «qadimgi turkiy til» nomi ostida X11 asrgacha bo‘lgan turkiy tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu o‘zini oqlaydi.

Gap «Devonu lug‘atit-turk» va O‘rxun- Yenisey yodnomalarining tili umumiyligi va bu manbalardagi tasvirning uyg‘unligi haqida ketar ekan, yana Fitratga murojaat etamiz. U yuqoridagi asarida «Devon»dagi bir necha epik asarlarni tiklaydi, ular tasvir xarakteri, ruhi, poetik jihatlari, voqealar mazmuni jihatidan xalq eposlariga taalluqli ekanligi sezilib turadi. Fitrat «Devon»dagi to‘rtliklarni mazmuniga ko‘ra, o‘n besh bo‘limga guruhlaydi. Biz bu o‘rinda VII (Tangut begining urushi, 53-58- betlar), VIII (Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar), XII (Bir urush, 74-78-betlar), XIII (Uch urush, 72-74-betlar) bo‘limlaridagi to‘rtliklarning yodnomalardagi parchalarga nafaqat g‘oya va mazmun tomondan, balki tarixiylik nuqtai nazaridan ham ta’kidlamoqchimiz.

«Devon»dagi to‘rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‘lgan, ya’ni xalq qo‘shiqlaridir.

«Devon»dagi to‘rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ularga qadimgi turk davridagi tarixiy voqealar zamin bo‘lgan ekan, bizningcha, yuqoridagi parchalarni tarixiy qo‘shiq janriga mansub deb qarash kerak.

Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’rni yaxshi farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, qaysi o‘rinda she’r kelayotganini o‘quvchiga uqtirish uchun “maqolda shunday kelgan”, “she’rda shunday kelgan” iboralarini keltiradi (maqollardan sharhlash kerak).6

“Devon”da she’rlardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ikki afsonani ham keltirgan. SHu afsonalardan biri - “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi to‘g‘risidagi afsonadir. Afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish tarixiga oiddir (1, 331-332). Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili.

Bu afsonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy afsonalari tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan bog‘liq.

SHuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (Yoz va Qish munozarasi) janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham bor.

O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi. Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan.

Mutafakkir yubileyi esa uning ajoyib tarjimai holi hamda jahon madaniyati rivojidagi rolini qayta ko‘rib chiqishga da'vat qiladi.

"Devoni lug‘atit turk"dagi geografiyaga oid ma'lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta'rifini keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan.

Yanada muhimi shundaki, "Devoni lug‘atit turk" asarida o‘sha davrning ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy muammolar, binobarin, boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan.

Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi.

Bilim va boylik go‘yoki atirgul va nargis kabi

Gullamaydi gar tursalar yonma yon.

Kimdaki boylik bisyor, uning bilimi yo‘qdir,

Kimdaki bilim bo‘lsa - boyligi yo‘q hisobi.

Qadimiy turkiy she'riyatda tilga olingan ushbu muammo - bilim va boylikning bir-biriga zidligi to‘g‘risidagi tushuncha o‘sha davr uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu masala sharhi o‘rta asrlardagi ko‘plab shoirlar, olimlar, mutafakkirlar merosida uchraydi. Ayni paytda u turkiy til va adabiyotining asoschisi - Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida alohida o‘rin egallaydi.

Mahmud Qoshg‘ariy voqelikni jonli bo‘ yoqlarda aks ettiradi, unumli hayot kechirish, insofli bo‘lish, ilm egallash, barcha quvonchlardan bahramand bo‘lishga da'vat etadi.7
Devoni lugotit turkasaridagi muhabbat mavzusidagi badiiyat namunalari

«Devonu lug'otit turk» adabiy qimmati yuksak bo‘lgan manbalardan

biridir. Asarda uch yuzga yaqin she’riy parcha   mavjud  bo‘lib,  muallif  ulardan

turkiy  so'zlaming lug'aviy ma’nolarini arab tilida izohlash uchun foydalangan.

Mahmud Qoshg‘ariy «Devon»ning muqaddimasida bu kitobni maxsus alifbo  tartibi bilan

hikmatli  so‘zlar,  saj’lar,  maqollar,  qo'shiqlar,  rajaz  va  nasr deb atalgan

adabiy parchalar bilan bezaganini qayd etadi.

«Devon»dagi she’riy  parchalaming aksariyati  inson  hayotining  muayyan 

 lavhalari tasviriga bag‘ishlangan.  Ularda  mehnatsevarlik,  qahramonlik,  ezgulik

sevgi va sadoqat ulug'lanadi.  She’riy parchalar orasida badiiy jihatdan

yuksak qimmatga ega bo‘lganlari ham uchraydiki,  ular olim yashagan

davrga  qadar turkiy  nazm  ancha  ravnaq topganligidan  dalolat beradi.

Chunonchi:



Aqturar  kozum  yulaq,

Tush  qilur  ordak,  yugaq.

Mazmuni:


Ko'zimdan  oqqan  yosh suvlari  ko'llarga  aylanmoqda,

Unga o‘rdak va suv qushlari qo'nayotir.

Ko‘rinadiki, ushbu iqtibosda odamning, aniqrog‘i, oshiqning ruhiy

holati,  dil  iztiroblarining  mubolag'aviy  tasviri  yaratilgan.  «Devon»da

ко‘rib o'tilganidek, muhabbat mavzuiga bag'ishlangan she’riy parchalar

mavjuddir. Ularda ba’zan sevgilining vafosizligi badiiy ifoda etilgan bo'lsa,

ba’zan hajr iztiroblarini boshidan kechirayotgan oshiqning o'tli nidolari

tasvirlanadi:


Uzuk  mani  kuchayur, 
Tun-nun  turub  yig‘layu, 
Ko‘rdi  ko‘zum  tavraqin, 
Yurdi  qolib  ag‘Iayu. 

Mazmuni: 

Sevgim  mening kuchayur, 


Kecha-kunduz  yig'layman, 
Ko'rdi  ko‘zim  ketganin, 
Yurtda yolg‘iz qolmayman. 

(O‘sha kitob. 275-bet.) 

Yuqoridagi misralardan anglashimiz mumkinki, muhabbat, ishq mavzusi an’anaviy mavzulardan biri hisoblanadi. Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda yozilgan mazkur asarida ham, undan kryin yozilgan asarlarda ham va bugungi kunda ham muhabbat adobiyotning asosiy tasvirlovchi ifodalaridan biridir. Bu misralarda shoir sevgisi kundan-kun kuchayib, uni o‘rtayotgani va yori ketgani uchun oshiq bu yurtlarda ortiq tura olmasligi tasvirlangan.

Yalkin  bo‘lub  barduqu, 
Ko‘nglum  angar  bog‘layu. 
Qoldlm  orginj  qadg‘uqa, 
Ishim   uzu  yig‘layu. 

Mazmuni: 

Seviklim yetti uzoq, 
Ko‘nglim unga bog‘layman. 
Qoldim  chuqur  qayg'uda, 
Uzzu  kunlar  yig'layman. 

(O‘sha kitob. 324-bet.) 


Bu baytda ham shoir sevgilisidan yiroqda ekanligi va shu sabab chuqur qayg‘uga botgani hamda kun-u tun yig‘lab kun kechirayotganini juda ta’sirli ifodalangan.


Bulnar meni ulas ko`z,

Qara mengiz qizil juz.

Andin tamar tugal tuz,

Bulnap jana ul qachar

Ma’nosi: Bu mast ko`zli (seviklim) porloq yuzidagi yoqimli qora xoli bilan meni asir qiladi. Xuddi (go`zal) yonoqlaridan shirinlik tomayotganday meni asir qiladi-da, so`ng mendan qochadi.

Yor tasviri barcha ijodkorlar ijodida yetakchi o‘rinda turadi. Mazkur baytlarda ham Mahmud Koshg‘ariy yorining go‘zal ko‘zlari, yuzidagi dona holi juda go‘zal o‘xshatishlar bilan tasvirlaydi.
Yalvin aning ko`zi,

Yelkin aning o`zi,

Yo`lunayin yuzi

Yardi mening yurak.
Sevgilisini maqtab shunday yozadi: uning ko`zi kishi (ko`nglini) ovlaydigan sehrgardir. O`zi musofirdir, yuzi to`lin oydir.Qarashi bilan u meni otib, yuragimni yordi.

Bu kabi o‘xshatmalar asarning qimmatini oshiradi.Badiiyatini juda ham go‘zallashtiradi.



Bardi ko‘zum jaruq,

Aldi o‘zum qonuqi,

Qanda erinch qaniqi,

Emdi uzun uzg‘urur.
“Ko‘zimning nuri ketdi, mening ruhimni ham olib ketdi.U hozir qayerda ekan? Endi meni uyqudan uyg‘otadi.”

(Ko‘z qorachig‘im(seviklim) ketdi.U ketishi bilan mening ruhimni ham o‘zi bilan birga olib ketdi Endi u qayerda ekan?Uning yo‘qligi meni uyqudan uyg‘otadi,uyquga yo‘l bermaydi.)

“Devoni lug‘otit turk” asarinig 1-qismining 81-betida keltirilgan ushbu she’rda shoir muhabbat tasvirini chiroyli ifodalar, o‘xshatmalar bilan bayon qilgan. Asarda bu kabi muhabbat tasvirlarini ko‘plab uchratishimiz mumkin.
O‘zik meni qumitti

Saqinch mena jumitti

Ko‘nlum anar emitti,

Juzum menin sarg’arur.
Bu baytda shoir seviklimga bo‘lgan shavq va muhabbat meni hayajonga soldi. Qayg‘ular menga to‘plandi. Ko‘nglim unga moyil bo‘lgani uchun yuzim sarg‘aymoqda deya, o‘zining yor hajrida zabun bo‘lgan holatini she’riy misralar orqali tasvirlashga harakat qiladi.

Aydum anar sevuk,

Bizni taba ne eluk,

Kechtin yazi kerek

Qirlar eziz bezuk.
Bu baytda esa Mahmud Koshg‘ariy seviklisini ko‘rish haqida aytadi:ey,seviklim, bizning tomonga qanday o‘tding-u, uzun cho‘llar,buyuk qirlarni qanday kechding,dedim, deydi. Bu murojaat orqali, yoridan bu yerlarga qanday qilib kelib qolgani, mashaqqatlarni qanday yengib o‘tganini so‘raydi.
Igladi mening azaq,

Ko`rmazib o`g`ri tuzaq,

Ikladim andin uzaq,

Emlagil emdi tuzaq.
Yashirin tuzoqni ko`rmay, mening oyog`im ilindi, uzoq vaqt qiynaldim, ey seviklim, endi o`zing davola.

Yig‘lab uzu artadim,

Bag‘rim bashin qartadim,

Qachmish qutug‘ irtadim,

Yag‘mur ko‘ni qan sachar.
Shoir aytadiki:sevgilim orqasidan yig‘lab ishdan chiqa yozdim, bitib qolgan bag‘rim yarasini qaytadan tirnadim, ketgan baxtni qidirdim, ko‘zim yomg‘irday qon sochadi. Haqiqatdan hajr azobi oshiq uchun juda mashaqqatli bo‘lib, bu azobni yengish oshiqdan juda katta matonatni talab qiladi. Ishq yo‘li shunday uzoq va mashaqqatli yo‘lki, bu yo‘ldan faqat o‘ziga ishongan, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan insonlargina eson-omon chiqishi va yor vasliga musharraf bo‘lishi mumkin.
Biz “Devoni lug‘otit turk” asarida bu kabi ishq-muhabbat talqin qilingan she’rlarni juda ko‘plab uchratishimiz mumkin va ularning har biri katta e’tiborga molik she’rlardir , shu sabab bular Mahmud Koshg‘ariyning yetuk ijodkor ekanligidan dalolat beradi.

"Devoni lug'otit turk"asarida tabiat mavzudagi badiiyat namunalari.
Devoni lug‘otit turk” asari keng qamrovli, mavzu jihatdan g‘oyat keng bo‘lib, o‘z ichiga turli mavzularni qamrab oladi.

Jumladan, tabiat tasviri “Devoni lug‘otit turk” asaridagi yetakchi mavzular sirasiga kiradi. Shoir so‘zlar lug‘atlarini keltirar ekan, ularga misol tariqasida she’rlar, maqollar ham keltiradi. Ana shu she’rlarda tabiat tasviri, yil fasllar almashinuviga bag‘ishlangan ko‘pgina she’rlarni uchratishimiz mumkin.

Masalan,quyida tabiat tasviriga bag‘ishlangan ayrim baytlardan namunalar keltiramiz:
Turlug chechak yarildi,

Barchin yazim kerildi,

Uchmaq yeri ko`ruldi,

Tumlug` yana kelgusuz.
Ma’nosi, bahorni ta’riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi (sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko`rildi. Sovuq hech qaytib kelmas darajada havo isidi.

Yuqoridagi baytda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tasvirlangan bo‘lib, bahorda atrof-muhit xuddi jannat yeri kabi go‘zal bo‘lib ketishi, turli chechaklar ochilib, atrofga yanada oro berishi tasvirlangan.



Yigitlarig ishlatu,

Yag`ach yamish irg`tu,

Qulan keyik avlatu,

Bazram qilib avnalim.
Ma’nosi: O`yin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir necha kun bayram qilib yayraylik.

Bu baytda shoir, o‘yin-kulgi va tabiat ne’matlaridan zavq olib, yayrab yashash kerakligini tasvirlashga harakat qilgan.




Jaratti jashil jash,

Savurdi o`rung qash,

Tizildi qara qush,

Tun, kun uza yurkanur.
Osmonni ta’riflaydi: tangri osmonni feruza rangida ko`m-ko`k qilib yaratdi. Yulduzlar bilan bezadi. Uzukka ko`z qo`ygandek, qosh oq uzuk uchun ishlatiladigan tosh – mezon yulduzi (turkcha qora qush) unda tuzildi. Kecha bilan kunduz bir-birining ustiga qoplanadi.

Yuqoridagi baytda, tabiatning buyuk ne’mati bo‘lmish osmon va yulduzlar, osmonning sofligi, musaffoligini tasvirlaydi. Bunda tashbih, ya’ni o‘zshatish san’atidan keng foydalanadi.



Qizil, sariq arqashib,

Jerkin, yashil yuzkashib,

Bir-bir kero` yo`rkashib,

Yalinguq ani tanglashur.
Qizil, sariq gullar bir-biriga suyanishib, yashil rayhonlar bir-biri bilan o`ralishib korinadi. Ularni ko`rgan kishi tang qoladi, hayron qoladi.

Bu baytda tabiatdagi bir-biridan go‘zal, insonga zavq-shavq bag‘ishlovchi gullarning go‘zalligi. Ularni ko‘rgan kishining bahri-dili ochilishi tasvirlangan.



Yay ko`rkinga inanma,

Suvlar uza tayanma.

Esizligig anunma,

Tildan chiqar ezgu so`z.
Bahor korkiga, uning rang-barang gullariga, chiroyliligiga ishonma, undan yaxshilik umid qilma. Suvga tayanma, chunki dunyo ne’matlarining shirinligiga, bahor go`zalligiga suyangan kishi suvga suyanganlar kabidir. Yomonlikka otlanma, tilingdan doim xalq sendan minnatdor bo`ladigan yaxshi so`zlar chiqar
Yaruq yulduz tug`arda,

Uznu kelip baqarman,

Satula-yu sayraship

Tatlig` unun qush utar.
Yorug` yulduz tugar vaqtida uyqumdan uyg`onib, daraxtlarga qarayman, qushlarning shodlantiruvchi yoqimli sayrashlarini tinglayman.

Bu misralarda tabiat sofligi,musaffoligi inson ruhiyatiga ham ta’sir qilib, uni tinchlantirish xususiyatiga ega ekanligi tasvirlangan.


Etil suvi aqa turur,

Kaja tubi kaka turur,

Baliq tilim baqa turur,

Qo‘lun taqi qo‘sharur.
Edil suvi qattiq tog‘ etaklariga urilib oqmoqda.U suvlardan paydo bo‘lgan yasama kulchalarda baliqlar,baqalar ko‘paymoqda.

Qishqa etin kelsa qali qutlug‘ yay.

Tun,kun,kecha alqinur o‘zlak bila oy.
Barakali yoz kelsa, qishga tayyorlan,chunki kecha va kunduznig o‘tishi bilan oy va zamon kechadi(yoz o‘tib,qish keladi).
Yay baruban erko‘zi,

Aqti aqin munduzi,

Tug‘di yarug‘ yulduzi,

Tingla so‘zum ko‘lgo‘so‘z.
Bahor tonggi yoridi,muzlar erib,sel suvlari kabi qattiq oqa boshladi.Yorug‘ tong yulduzi ham nur sochib chiqdi. Ajoyib so‘zimni kulgisiz tingla.
Iqilachim erik bo‘ldi,

Erik bo‘lg‘u yeri ko‘rdi.

Bulut o‘rub ko‘k o‘rtildi.

Tuman to‘rub toil yag‘di.
Sho‘x, o‘ynoqi otim sur’at bilan chopdi, yugurishda o‘zdi.Bulut ko‘tarilib, tuman tushib, do‘l yoqqani u shunday sho‘xlanishni munosib topdi.
Uzu barib, o‘kush evdim,

Telim yurib, ko‘chi kevdim,

Atim birla tegu evdim

Meni ko‘rub, esi ag‘di.

Chiya bo‘ri haqida aytadi: uni qo‘lga olish uchun shoshildim,uning ketidan to‘xtovsiz quvlay berib, kuchdan toldirdim, otim bilan unga yetib oldim.Meni ko‘rib yunglari xurpayib ketdi.



Qish yay bilan to‘kushti,

Qinir ko‘zin baqishti,

Tutushqali yaqishti,

Utg‘alimat og‘rashur.
Qish yozga to‘qnashdi, bir-birlariga ular yomon ko‘z bilan qaradilar, bir-birlarini tutish uchun yaqinlashdilar.Ularning har biri g‘alaba qozonish va yengishni istar edilar.
Qaqlar qamug‘ ko‘lardi,

Tag‘lar bashi ilardi,

Ajun tani ilirdi,

To‘to‘, chechak yerkashur.
Suvlar ko‘payib, chuqurlar ko‘lga aylandi. Tog‘ boshlari xayoliy narsa kabi (arang ko‘zga) ilashdi. Dunyoning nafasi ilidi, daraxtlar gulladi, yilqilar uyur olishdi. Har xil gullar saf tortdi.

Qar, buz qamug‘ erishdi,

Tag‘lar suvi aqishdi,

Ko‘kshin bulut o‘rishdi,

Qayg‘uq bo‘lub egrishur.
Yozni ta’riflab yozadi: qor va muzlar hammasi eridi, toglarning suvi oqdi.Osmonda ko‘k bulutlar paydo bo‘ldi.Ular qayiqlar suvdan o‘ynaganiga o‘xshab suzishadi.

Qulon tugal qumutti,

arqar soqaq yumutti,

Yaylag‘ taba emitti,

Tizg‘ik torub sekrashur.

Bahorni ta’riflab yozadi:

Bahor qulon, kiyiklarni hayajonga soldi, tog‘ echki va kiyiklarni to‘pladi, ular yaylovlarga mayl qildilar.U yerlarda shodlikdan saf tortib, sakrashib o‘ynamoqdalar.
Shuni aytish lozimki, yuqoridagi kabi bahor,yoz ta’riflariga bag‘ishlangan, osmon va yulduzlar tasviriga qaratilgan, tabiat ne’matlarini ulug‘lovchi ko‘pgina she’rlarni biz “Devoni lug‘otit turk” asarida uchratishimiz mumkin. Bu Mahmud Koshg‘ariyning tabiatga alohida e’tibor qaratgani, tabiatdagi har qanday mayda detallardan ham olam-olam ma’no va mazmun yuzaga keltirganidan dalolat beradi.

Shunday ekan, Mahmud Koshg‘ariyning ijodkorlik salohiyatiga tahsin aytmay ilojimiz yo‘q.



"Devoni lug'otit turk"asarida axloqiy-talimiy mavzudagi badiiyat namunalari.
«Devonu  lug‘otit  turk»dagi  badiiyat  namunalarining  aksariyati axloqiy-

ma’naviy mohiyatga ega. Ularda yoshlarni

keksalaming o'gitiga  quloq tutishga chaqiriladi. Yuksak insoniy fazilatlar 

ulug‘lanadi.


Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p  yurtlarda bo‘lib,  ilm va ilmli kishini ulug‘lovchi 
she’riy parchalami ham to'plashga harakat qilgan. Asar matnida ularga 
keng  o‘rin  berilganligi  fikrimizni  quvvatlantiradi: 

Us  es  kо‘rub  yuksak  qaliq  qodi  chaqar, 
Bilga  kishi  o‘gut  berib  tavraq  uqar, 

Mazmuni: 


Karkas yirtqich hayvonlardan qolgan go‘shtni  (ovni)  ko‘rib,  o'zini osmondan   tashlaydi. 

Donishmand  kishilami  qiziqtiradigan  ov—o‘git-nasihatdir.  Ular  

o‘gitni eshitishlari bilanoq quloqqa oladilar. (0 ‘sha kitob. 53-bet.) 
Pand- nasihat, o‘gitlarni tinglash va ularga amal qilish donishmandlik

belgisi bo'lib, she’riy parchalarda katta hayotiy tajribaga ega kishilaming 

so'zlariga amal qilishga chaqiriladi:

O‘rgan  aning  biligin, 

Kunda  angar  baru. 

Qutquluqni  tapingin, 

Qo‘zg‘il qochar naru.


Mazmuni: 

O‘rgan  uning bilimin, 


Borgil  o‘shal sari. 

Qutlug‘  ishga bo'ysungin

Kibrni  quv  nari.

Biligni urdadim

Bo`guni uzurdum

O`zumni azirdim

Yalg`il atim yazlinur.
Ilmu donishni istadim. Ilmli donishmandlarni qidirdim. O`zimni odamlar orasidan ayirdim. Buning uchun oq yolli otim yechiladi.

Bu misralar orqali, ijodkor ilm-u hikmat izlashdan aslo to‘xtamagani, o‘zini odamlar orasidan olib qochib faqat ilm bilan mashg‘ul bo‘lganini aytadi va bu orqali kitobxonlarni ham ilmli, ma’rifatli bo‘lisga chorlaydi.




Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin,

Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan.
Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida yaxshilik yetkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l, deydi shoir. Haqiqatan, ilm-ma’rifatli bo‘lish bilan birga insonning xulqi ham go‘zal bo‘lmog‘I darkor. Sababi shuki, olim bo‘lish –oson, odam bo‘lish qiyin. Eng avvalo go‘zal xulqli inson bo‘lishimiz kerak,


Erdi uza eranlar,

Erdam begi bilig tag‘

Aydi o‘kush o‘gutlar,

Ko‘nlum bo‘lur anar sag‘

Ilgarilari ilmli, hikmatshunos, fazilatli kishilar bor edi.Ular ko‘p nasihatlar so‘zlar edilar.Ularni eslash bilan ko‘ngil safo topadi.

Shoir aytadiki, ilgarilari ilmli isnonlar ko‘p edi, ularning nasihatlari joningga ora kiradi, dega ma’noda yuqoridagi misralarni keltiradilar. Darhaqiqat, o‘tmishda shu kabi donishmand ajdodlarimiz juda ko‘p bo‘lgan.
Kelsa qali yarlig‘ bo‘lib yunchig‘ uma,

Keldur anuq bo‘lmish ashig‘ tutma uma.
Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham quyidagicha ma’no ifodalangan:

Bechora, ojiz,g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan(o‘zingda bo‘lgan ) narsani mehmonga tezlik bilan taqdim qil, kechiktirib, beparvolik qilib , mehmonga malol keltirma.



Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa,

Qilg‘il anar ag‘irliq.

Artut alib anung‘il

Ezgu tavar og‘urluq.
“Devoni lug‘otit turk” asarida qo‘ni-qo‘shnichilik, yaqinlarga mehr-muhabbatli bo‘lishga undovchi she’rlar ham uchraydi. Yuqoridagi baytda shunday ma’no ifodalangan:
Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla.


Erdam tila o‘granin bo‘lma ko‘vaz,

Erdamsizin o‘kunsa enmago‘za anar.
Ilmli-ma’rifatli bo‘lishga undash Mahmud Koshg‘ariy ijodida yetakchi mavzulardan biri sanaladi. U kishilarni bilimli bo‘lishga, ilm olishdan aslo to‘xtamaslikka undaydi.
Ilm, hikmat o‘rgan, o‘rganishda havoyilik qilma, hech narsa o‘rganmasdan o‘zini bilimdon ko‘rsatib maqtangan kishi, imtihon vaqtida uyaladi, achinadi.


Qolsa qali og‘rayin,

Bergil taqi azuqluq

Qarg‘ish qilur umalar

Yunchig‘ ko‘rub qonuqluq.
Qo‘noq senga so‘ranib kelsa, oziq-ovqat berib kut, agar mehmondo‘stlik yomon bo‘lsa, mehmon qarg‘aydi. Mahmud Koshg‘ariy, asarida ko‘pgina o‘rinlarda mehmonni ulug‘lash, uning hurmatini joyiga qo‘yishga chaqiradi. Haqiqatan ham, mehmon otangdek ulug‘, deydi donishmand xalqimiz. Yuqoridagi misrada ham shunday ma’no ifodalangan

Tavar kimin o‘kulsa,

Beglik anar kerkalur,

Tavarsizin qalib,

Beg eransizin emgayur.
Bu misralar orqali ijodkor hayot haqiqatlarini bayon qiladi. Hamma davrlarda ham mamlakat boshqaruvi, davlat boshqaruvi mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan insonlarga berilgan. Chunki, boshqa insonlar uning boyligi uchun unga bo‘ysunganlar. Yuqoridagi misralarda ham shu ma’no ifodalangan:

Kimning moli ko‘paysa, u boshqalardan ko‘ra davlatni idora qilishga loyiqroq bo‘ladi.Molsiz qolgan bek odamsiz qiynaladi, odamlarni qovushtira olmaydi.Chunki odamlar uning moli uchun xizmat qiladilar.



Bardi eran qo‘nuq,

Bo‘lub qutqa saqar.

Qaldi alig‘ uyuq,

Ko‘rub evni yiqar.
Mehmonni baxt deb hisoblovchi erlar o‘tib ketdi, sharpani sezsa, kirib qolmasin deb chodirni buzadiganlar qoldi.

Bu misralarda shoir biroz kesatib yozadi. Chunki, ijodkor yashagan davrda ham hozirda ham mehmonni xushlamaydigan insonlar uchrab turadi. Ammo mehmon kelsa eshikdan rizqi kelar teshikdan , deyilgan. Doimo qo‘li ochiq, bag‘rikeng bo‘lmog‘imiz lozim.




Emgaksizin turg‘u yo‘q munda tamu,

Ezgulugun ko‘rmazib ajun chiqar.
Bu dunyoda kishining mashaqqatsiz turishi hech mumkin emas.Biror yaxshilik ko‘rmay turib, inson dunyodan o‘tadi.

Yuqoridagi bayt orqali hayotda mashaqqatlarga inson ko‘p duch kelishi, mashaqqatsiz hayot yo‘qligi va umrning o‘tkinchiligiga ishora berilgan.


Kelsa kishi etma angar ortar kula,

Baqqil angar ezgulugung agsin qula (1, 149).

Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul sochma, yaxshilik qil, yoqimli qiliq bilan hurmatla.

Bu misralar orqali birov sendan yordam so‘rab kelsa, sen bunga xursand bo‘l, Tangring seni shunday birovlarga nafi tegadigan qilib yaratganiga shukr qil, degan ma’no ifodalandan. Haqiqatan, ham inson birovlarga nafi tegsagina haqiqiy inson sanaladi.


XULOSA

"Devoni lug‘atit turk" nihoyatda yuksak tarixiy va badiiy ahamiyatga ega, ayni paytda u turkiy xalqlar va umuman turkiy olamning ijtimoiy-ma'naviy hayotiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi.

Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud Qoshg‘ariy hayoti haqida nihoyatda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Ma'lumki, u 1008 yilning boshida Qoshg‘ar shahri yaqinidagi Opal qishlog‘ida tug‘ilgan. 1105 yilda 97 yoshida olamdan o‘tgach, Opalda dafn etilgan. Maqbarasi Muqaddas ustoz sag‘anasi, deya nom olgan bo‘lib, unga behisob ziyoratchilar tashrif buyurishadi va mutafakkir xoki oldida bosh egishadi.

Mahmud Qoshg‘ariy butun Sharqqa mashhur bo‘lgan Songra madrasasida tahsil olib uni taxminan 1055 yilda tamomladi. So‘nfao‘qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibiga aylandi.

"Devoni lug‘atit turk" asarini yaratish uchun Mahmud Qoshg‘ariy turkiy qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057 yildan 1071 yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi. Buyuk olim o‘z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she'r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo‘llagan 875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan.

Ushbu asar ilk filologik tadqiqot va turkiy so‘zlar etimologiyasi keltirilgan birinchi qiyosiy lug‘atdir. Ayni paytda bu asarni faqat lug‘at deb hisoblash noto‘g‘ri, unda Markaziy Osiyo xalqlarining xalq og‘zaki ijodi namunalariga xos ko‘plab noyob ma'lumotlarni kuzatamiz.

Kirish so‘zida Mahmud Qoshg‘ariy shunday yozadi: "Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni «turkiy» deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar edi va hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylardan saklanish uchun har bir oqil kishi ularga ergashmoqqa intilardi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak".
Ushbu fikrlar XI asrda tashkil topgan Qoraxoniylar davlati to‘g‘risida aytilgan edi.

Chindan ham "Devoni lug‘atit turk" qomusiy asardir. U turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak pog‘onaga ko‘tardi.

Mahmud Qoshg‘ariy qonun va tartibga rioya qilishga da'vat etish bilan birga hayotni bebaho ne'mat sifatida qadrlashni uqtirdi, qayta-qayta ilmni ulug‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda "Devoni lug‘atit turk" butun ma'naviy badiiy xususiyatlari bilan betakror obidaga, turkiy xalqlar tarixi to‘g‘risidagi dostonga aylandi.

Asar bosh g‘oyasi bitta falsafiy fikrga yo‘naltirilgan. Olim yurtni ulug‘lash, turkiy xalqlarni birlashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish muhimligini ta'kidlaydi.

700 sahifadan iborat "Devoni lug‘atit turk" asari jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa xisoblanadi. Qo‘lyozmaning yagona va eng qadimgi nusxasi 1226 yilga oid bo‘lib, Turkiya Milliy kutubxonasida saqlanadi.

Mahmud Qoshg‘ariy shuni isbotladiki, turkiy tilning ahamiyati arab tilinikidan kam emas. Til va adabiyotning qadimiy obidasi - "Devoni lug‘atit turk" yaratilganidan buyon o‘n asrdan oshiq vaqt o‘tdi. U hamon turkiy xalklar tarixini o‘rganishda betakror manba hisoblanadi. Buyuk olim, turkiy leksikograf, grammatist va dialektolog Mahmud Qoshg‘ariy nomi turkiy xalqlar tarixiga qiziquvchi barcha insonlar uchun qadrlidir.8

Ayni paytda asar ingliz, nemis, frantsuz, uyg‘ur, qozoq, ozarbayjon, turkman, o‘zbek va rus tillariga o‘girilgan. Materiallarining ko‘p qismi Germaniyada bosilgan qadimiy turk tillari lug‘atida foydalanilgan. O‘tgan asrda chop etilgan "Qadimiy turkiy lug‘at" asari katta shuhrat qozongan bo‘lib, unga "Devoni lug‘atit turk" asari asos bo‘lib xizmat qilgan.

O‘zbekistonda Mahmud Qoshg‘ariyning ijodiy merosi mufassal o‘rganib kelinmoqda. Xususan, Respublika Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari "Devoni lug‘atit turk" asariga tayangan holda quyidagi qimmatli ma'lumotlarni to‘plashdi:

lug‘at boyligi, ma'lum turdagi leksika;

turkiy xalqlar joylashgan yerlar haqida ma'lumotlar;

turkiy tillarning guruhlashtirilishi;

tarixiy fonetika va grammatika haqida ma'lumotlar;

turkiy she'riyat, folklor haqida ma'lumotlar;

qiyosiy tilshunoslik haqida ma'lumotlar;

turkiy ijtimoiy lingvistika asoslari to‘g‘risida ma'lumotlar va hokazo.

Shuni alohida qayd etish kerakki, institut olimlari professor S.Mutallibov rahbarligida bu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, to‘rt tomda nashr qildirishdi. (Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1967 yil). Ayni paytda ushbu mavzuda bir qator ilmiy maqolalar va risolalar chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida Mahmud Qoshg‘ariy ijodiga mansub qo‘lyozmalar saqlanmoqda.

Mahmud Koshg‘ariy buyuk ustoz, shoir, olim, mutafakkir sifatida ardoqlanadi. Yubileyi turkologik tadqiqotlar an'analari rivojlangan Germaniya va Frantsiyada, Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, XXRning Shinjon Uyg‘ur avtonom tumanida tantana qilinmoqda. U turkiy olamning buyuk allomasi bo‘lib, oradan ming yil o‘tsa-da, hamon biz bilan yonma-yon yashamoqda. YUNESKOning fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro tashkiloti Mahmud Qoshg‘ariyning 1000 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qilgani bejiz emas.

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:

1. Karimov.I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Тоshkent: Ма’naviyat, 2008. –200b.

2. Каrimov.I.A. Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga,kelajakka e’tibor .

–Toshkent:O‘zbekiston, 2009. – 98 b.

3.Mirziyoyev.Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Тоshkent: O‘zbekiston, 2017. – 456 b.

4.Mirziyoyev.Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.. – Тоshkent:O‘zbekiston, 2016. – 98 b.


II. Ilmiy adabiyotlar

5.  Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010-yil,1-son,342-b

6.“Maʼnaviyat yulduzlari” ,Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999-y,45-b

III. Badiiy adabiyotlar

7.Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. Uch tomlik. I tom. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.М. Мutallibov. – T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1960, 500 b.

8. Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. II tom. – T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1961, 428 b.

9. Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. III tom. T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1963, 463 b.



IY. Ensiklopediya va lug‘atlar

10.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Тoshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. – 678 b.

11. Quronov D., Mamajanov Z. va boshqalar. Аdabiyotshunoslik lug‘ati. – Тoshkent: Akademnashr, 2010. – 450 b.

VI. Internet saytlari

12. Uz.m.wikipediya.org

13. www.hozir.org

14.www.saviya.uz

15. www.Xurshid Davron.uz

16.www.Ziyonet.uz

17.www.ziyouz.com

18.www.azkurs.org.

19.https\\fayllar.org.

20.libriary.ziyonet.uz




1 Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010-yil,1-son,34-b

2 www.hozir.org sayti


3 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Тoshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. – 678 b

4 .“Maʼnaviyat yulduzlari” ,Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999-y,45-b


5www.Xurshid Davron.uz sayti



6 Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010-yil,1-son

7 .Maʼnaviyat yulduzlari ,Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999-y,50-b

8 Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010-yil,1-son


Download 320 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling