O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.06.2020
Hajmi0.69 Mb.
#118756
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hermann hesse asarlarida gumanizm chol borisi va nyurenbergga sayohat asarlari misolida


 

 



 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA  

MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 

 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

 

ROMAN -GERMAN FILOLOGIYASI FAKULTETI  

 

NEMIS TILI VA ADABIYOTI   KAFEDRASI 

                                                                                      Qo’lyozma huquqida 

5120110  - Filologiya va tillarni  o’qitish ( nemis tili)   

yo’nalishi bakalavr  akademik darajasini olish uchun  

Bozorova Umida Tilovberdiyevna 

HERMANN HESSE ASARLARIDA GUMANIZM

 

(„Cho’l bo’risi „ va „Nyurenbergga sayohat “asarlari misolida) 

 

mavzusidagi 

 

 

 

Ilmiy rahbar: 

Roman–german 

tillari 

kafedrasi              

katta o’qituvchisi     G.Sodiqova   

Taqrizchi:                           

QarMII  tillarni  o’qitish  kafedrasi    katta 

o’qituvchisi              Suyarov A.B              

              

 

 

 

QARSHI – 2014 

 

 



M U N D A R I J A 

 

Kirish………………………………………………………………………………3 

 I .Bob. Tarjima –ikki xalq o’rtasidagi oltin  ko’prikdir 

1.1. Hermann Hesse ijodi jahon adabiyotida…….………………………………6 

1.2. Hermann Hesse –noyob iste’dod sohibi. ……………………………………10 

1.3. „Cho’l bo’risi’’„Nyurenbergga sayohat “ “ asarlarining yaratilish tarixi…….14 



II. bob. Hermann  Hesse  ijodida  gumanizm 

2.1. Gumanizmga doir…………………………-………………………………...18 

2.2.Cho’l bo’risi asarida gumanizmning  ifodalanishi…………………………...28 

2.3Nyurenbergga sayohat  “asarida  gumanizm…..…………………….............32 



III.Bob.Gumanizmni ifodalashda badiiy tasvir vosialarini tarjimada berilishi 

3.1.Obraz va obrazlilikning tarjimada aks etishi…………………………………36 

3.2.”Cho’l bo’risi”  asarida  xarakterning  berilishi………………………………47 

Xulosa…………………..………………………………………………………...59 

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...63 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



KIRISH 

Vatanimizda  yoshlarning  o’z    iste’dodlarini  ro’yobga  chiqarish  uchun 

yaratilga  imkoniyatlar,  g’amho’rliklar, ayniqsa, Yurtboshimiz  Islom  Karimovning 

har  bir  ma’ruzasida  yoshlarga  bildirilayotgan  ishonchli,  porloq  kelajak  sari 

ruhlantiruvchi da’vatlari yoshlarni yangi yuksak marralarni eagllashga undamoqda 

2014. yilning ”Sog’lom bola  yili” 

1

deb nomlanishining  o’ziyoq  fikrimizni yanada 



teranlashtiradi.  S

og’lom  bolani  shakllantirishda  ta’lim-tarbiya  tizimi  va  sportning 

rolini  kuchaytirish,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog’ini  kengaytirish, 

ularni  yuqori  malakali  va  tajribali  pedagoglar  bilan  ta’minlash,  boshlang’ich 

ta’limning  yuqori  sifatini  ta’minlagan  holda  bolalarni  maktabga  tayyorlash 

darajasini  tubdan  oshirish,  ilg’or  pedagogik  va  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib 

etish,  bolalar,  ayniqsa  qiz  bolalar  o’rtasida  jismoniy  tarbiya  va  sportga  mehr 

uyg’otish  bo’yicha  aniq  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  kabi  qarorda  belgilab 

qo’yilgan rejalar joylarda allaqachon o’z aksini topmoqda.

Mamlakatimizda ta’lim 

tizimining  barcha  bosqichlarida  chet  tillarni  uzluksiz  o’rganishni  talab  qilish 

borasida  keng  qamrovli  islohotlar  amalga  oshirilayotganligi  quvonarli  hol. 

Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2012  yil  10  dekabrda  qabul  qilingan  “Chet 

tillarni o’rgatish tizimini  yanada takomillashtirish chora  – tadbirlari  to’g’risida”gi 

PQ-  1875  sonli  qarori    bu  borada  muhim  omil  bo’lmoqda.  Ushbu  qarorda  chet 

tillarni  o’qitishda  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  –  kommunikasiya 

texnologiyalaridan  foydalangan  holda  ilg’or  uslublarni  joriy  etish,  chet  tillarda 

erkin  so’zlasha  oladigan 

mutaxassislarni  tayyorlash  tizimini 

tubdan 

takomillashtirish  hamda  dunyo  axborot  resurslaridan  foydalanishlari,eng  ko’lamli 



vazifalar belgilangan. 

                              

                                                

И.А.Кримов.Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX 

sessiyasida so’zlagan nutqi. Toshkent, 1997-yil 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qarori.”Xalq so’zi” 

gazetasi.11.12.2012y,240(5660)-son 

 


 

Mavzuning dolzarbligi: 

 “Cho’l  bo’risi” asaridagi  muallifning o’ziga  xos  uslub  va  milliylikni o’zbek 

kitobxoniga yetkazish bilan bog’liq muammoni tadqiq etish va yangi ilmiy nazariy 

xulosaga  kelish  ishning  muvaffaqiyatini  ta‘minlaydi.  Bitiruv  malakaviy  ishida   

badiiy  tarjima  asoslariga,  H.Hesse  ijodi  qirralariga,  va  tarjimada  gumanizmning 

qayta  yaratilishini  ochib  berishda  foydalanilgan  badiiy  tasvir  vosita  tadqiqiga 

alohida  e‘tibor  qaratildi.  Bitiruv  malakaviy  ishida  gumanizm  masalasi  ilk  bora 

tahlil qilinyapti. Bu esa o’z navbatida ishning  dolzarbligini belgilaydi. 

Mavzuning o’rganilish darajasi: 

O’zbek – nemis adabiy aloqalari va tarjimashunosligi bo’yicha O’zbekistonda 

F.Fayzullaeva,  Y.Egamova,  S.Ochil,  Sh.Ro’ziev,  Sh.Karimov,  R.Abdullaev, 

G’.Xo’jaev,  U.Sotimov,  M.Javbo’riev,  G’.Mahmudov,  Z.Sodiqov,  S.Jabborov, 

Z.Jumaniyozov  ilmiy  ishlari  mavjud.  Yuqorida  tilga  olingan  tadqiqotlarda 

ko’tarilgan masalalar tarjima qilingan asarlar tahlilida farqlanadi. 



Ishning aprobatsiyasi :  

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusi  Qarshi  Davlat    Universiteti    roman  –german 

tillari  kafedrasi qoshidagi “Yosh tarjimonlar ” to’garagida ma’ruza qilingan. 

Tadqiqotning    maqsadi:  Mazkur  ishning    maqsadi  yozuvchi  Hermann 

Hessening    “Cho’l    bo’risi”  va  „Nyurenbergga  sayohat“  asarlarida  gumanizm 

qiyosiy  planda  o’rganilib,  yozuvchining  ijod  yo’lini,  tarjimon  mahorati  darajasini 

aniqlashdan iborat. 



 Tadqiqotning vazifalari: 

Badiiy tarjima haqida fikr yuritish; 



Hermann Hessening ijod yo’li haqida umumiy ma’lumot berish;  

“Cho’l bo’risi “ romanining yaratilishi haqida ma’lumot berish; 



Tarjimada badiiy tasvir vositalarini qayta yaratilishini tahlil etish; 

Asardagi iboralarni qiyosiy tahlil etish; 



Tarjimoning  psixologik tahlil mahoratini aniqlash; 

Obrazlar silsilasida yozuvchi g’oyasini aniqlash; 



Gumanizm  tahlili orqali yozuvchi uslubini ko’rsatib berish; 



 



Har bir bobga umumiy xulosalar berish;  

Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti va predmeti 

Bitiruv    malakaviy  ishi    ob’yekti  –Hermann  Hesssening  “Cho’l  bo’risi  ” 

„Nyurenbergga  sayohat“asarlaridir,  predmeti  esa  –  Tarjimon      mahoratini  

aniqlashdir. 



Bitiruv malakaviy ishining metodi:  

Tadqiqotda qiyosiy tipologik tahlil metodiga tayanildi. 



Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi: 

Mazkur  ish  o’zbek  tarjimashunosligida    olmon  yozuvchisi  Hermann 

Hessening  “Cho’l  bo’risi”  va  “Nyurenbergga  sayohat“asarlarini  o’zbekcha 

tarjimasiga bag’ishlangan dastlabki  yaxlit plandagi tadqiqotdir. Bitiruv  malakaviy 

ishida tadqiq etilgan masalalar uning ilmiy yangiligini belgilaydi.  

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: 

Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  asosiy  uch    bob,  xulosa  va  foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 65  sahifani tashkil etadi. 

 

 



 

 

                

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                            


 

                                                          I Bob 



Tarjima –ikki xalq o’rtasidagi oltin ko’prikdir. 

1.1Hermann Hesse ijodi jahon adabiyotida 

          O`tayotgan yilning har bir kuni qutlug’ tarix. XX asrning so`nggi yigirma bir  

yilligidagi  o`z  istiqloliga,  xurriyatiga,  istiqboliga  erishgan  ona  O`zbekiston  bu 

tarixning bir lahzasini bobolardan meros  sha`ni va shavkatiga loyiq biron voqealar 

ila  bezayotir.  Shu  jumladan  tarjima  sohasida  ham  munosib  ishlar  qilinmoqda. 

Xo`sh  badiiy  tarjima  o`zi nima ?   

        Badiiy ijod xillaridan biri bo’lib, bu  ijod  jarayonida  bir tildagi  asar  boshqa  

tilda beriladi , go’yo  qayta  ijod  qilinadi. 

2

 

Tarjima bir tilda mavjud kitobni  boshqa  tildan ko`chirish undan  nusxa  ko`chirish 



emas  balki  muayyan    tildan  yaratilgan    san`at    asarini    bo`lak  tilda  shu  ikkinchi 

tilning  leksik  grammatik  va  badiiy  ifodalash  vositalari  asosida    qayta    yaratish  va 

tiklash demakdir.  

      Tarjima  adabiy  estetik  hodisa  so`z  san`ati, tarjimon esa  ijodkordir.  Shuning 

uchun ham badiiy tarjima yuksak estetik did, badiiy mahorat talab qiluvchi ijodkor 

qo`li  bilan  yaratiladigan  san`at  asaridir.  Har  bir  yangi  tarjima  yangi  san`at  asari 

degan so`z. Milliy tillarning boyishi mushtarak so`z  termin iboralarning tug‘ilishi, 

asta  -  sekin  umuminsoniy  lug’atning  tarkib  topishida  ham  milliy  madaniyatlar  va 

milliy  adabiyotlarning  bir-biriga  o`zaro  ta`sir  qilish  jarayonida  ularda  mushtarak  

ijtimoiy,  siyosiy  adabiy  estetik  qonuniyatlaring    paydo    bo`lishida  ham  tarjima 

katta    rol    o`ynaydi.  Tarjima  badiiy  asar  muallifi  yaratgan  xarakterning    barcha  

belgilanishi    yoxud  tuban   maqsadlarni   aks  ettiradimi,  muqaddas  yoki jirkanch 

niyatlardan  darak    beradimi  baribir  obrazga  xos  bo`lgan  mayda-  chuyda 

detallargacha  hammasini  to`g’ri  va    to`la    to`kis    tiklash  lozim.  Tarjima- 

sermuammo  san`at  deyilishi  bejiz  emas  albatta.  Chunki  badiiy  obrazning    xatto 

biron  zig’irday  xususiyatlarini tashlab ketish yoki yo`qotish uning noto`g’ri talqin 

                                                

2

 H.Xotamov,B.Sarimsoqov.”Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha –o’zbekcha izohli 



lug’ati.Toshkent”O’qituvchi”-1983.353 bet 

 

 



 

qilinishi    yo    bo`lmasa    soxta    tasvirlanishiga  sabab  bo`lishi  mumkin. 



Mamlakatimizda  adabiyot  va  san`atning    tez    suratlar    bilan    ravnaq    topishi  

jumladan    tarjimon  va  tarjimonshunoslar      oldiga    yangidan-yangi  vazifalarni  

ko`ndalang    qilib  qo`yadi.  Qardosh    xalqlar  adabiyotining    gullab-yashnashi 

munosabati  bilan  badiiy  so`z    ustalarining  eng  yaxshi  asarlaridan  kitobxonni 

bahramand  qilish ehtiyoji  oshib  bormoqda. Katta tarjimachilik dargohida  yuksak 

tarjima mahorati  namunalari yaratildi. Vilyam Shekspir , Jyul Vern, Jorj Sminson 

Agata  Kristi,  Onore  de  Balzak,  Mark  Tven,  Ernst    Hemminguey,  Platon,  Gomer, 

Aristotel,  Sofokl  kabi  adib  va  olimlarning  asarlari  juda  ko`plab    tarjima 

qilingan.Shu      jumladан    bu  qalam    sohiblarining  asarlari  madaniy  dunyoning  

qariyb      barcha    taraqqiy    etgan  adabiy  tillariga    tarjima  qilingan.  Xilma-xil 

uslublari ko`p  janrlari  va turlicha adabiy  an`analar asosida jahon tarjima  maktabi  

barpo  etilmoqda.  Tarjima    ishining    nechog’lik    keng    ko`lamda    qo`yilganligini  

o`zbek  tilidan chet tiliga, chet  tilidan  o`zbek tiliga  o`girilgan kitoblar soni yildan  

yilga  ortib borayotganidan ham bilib olish mumkin. O`zbek tilidan nemis tiliga bir 

qancha asarlar tarjima qilingan. 

 Masalan:  Alisher  Navoiyning  "  Farhod  va  Shirin  "  dostonidan    parcha,    "  O`n 

sakkiz ming olam oshubi.....", " Ko`rgali xusningni zor-u ....", " Sinchalak" povesti 

"  Shoxi  so`zana"  dramalari  A.Qodiriyning  "  O`tgan  kunlar"  romani  nemis  tiliga 

nashr  qilingan.  Nemis  adabiyoti  namunalarini  o`zbek  tiliga  tarjima  qilishda  katta 

muvaffaqiyatlarga ershildi. 1936- yili Komil Yashin va Ma`ruf  Hakim nemis  

xalqining  buyuk  shoiri  va  dramaturgi    F.Shillerning  "  Makr  va  Muhabbat" 

tragediyasini tarjima qildilar.  

Tarjima  iborasini  uni  o`rab  turgan  muhit    ichida  olib  qaralishi  zarur.  Obrazning 

xarakteri uning induviduallashtirishga xizmat qiluvchi bir qancha xususiyatlar  

majmuidan  iborat.  Asarni  tarjima  qilishga  kirishishdan  oldin  obrazlarnining 

xarakterini  aniqlab  olish,  hamda  obrazni  tipiklashtirishga  xizmat  qilgan  bosh 

xususiyatlarni faxmlab olish va nihoyat xarakterning mohiyati uning asosini tashkil 

qiluvchi  bosh  omillarni  belgilash  shundan  keyin  obrazga  xos  ikkinchi  darajali 

xususiyatlarni  aniqlash  ma`qul.  Masalan,  G’.Gulom    o`z    tarjimasida    Shekspir 


 

qahramonlarining  realistik  barkamolligi  va  badiiy  mukammalligini  ustalik  bilan 



tiklay  olgan.  Natijada  o`zbekcha  tarjimada  ham  obrazlar    jonli    chiqqan.  Hayot  

qarama-qarishiliklariga muvofiq tarzda kishilarning ichki dunyosida ham o`zgarish 

sezila  boradi,  so`ngra  bu  ularning  tashqi  qiyofasi  hatti-  harakatlari  va  nutqida  o’z 

aksini topadi. 



        Tarjima  -  murakkab  san`atdir.  Uning  xususiyati  to`g’risida  ko`pgina 

ziddiyatli  fikrlar  tug’ilib  keldi.  Mutlaqo  amaliy  yondashilganda    ham  ishning 

murakkabligi  ko`rinib  turardi.  Teatr  ham  kino  ham  tarjimasiz  rivojlana  olmaydi. 

Tarjimaning  har  bir  janri,  turi  o`z    tarjima  muammolariga  ega.  Bularning 

barchasini      asta-sekin  yechib  murakkab  universal  sohani  baholi  qudrat  olg’a 

siljitayotgan zahmatkash tarjimonlarimiz katta  g’oyaviy vazifani ado etishmoqda. 

Tarjimonlarning    hozirgi    avlodi    respublikada    professional    badiiy    tarjima 

san`atiga asos soldi.  Bizda jahon  adabiyotining    va chet el   klassikasining ajoyib 

namunalari  tarjima  qilingan.  U  xalqning  ma`naviy  madaniyatiga  badiiy  rivojiga 

rivoj   qo`shadi. Poeziyamizda  falsafiy  kategoriyalar,  mangulik,  vijdon  va  insoniy 

burch  singari  adabiy  motivlar  kechar  ekan  bunda  "  Faust"  va  "  Ilohiy  komediya" 

singari  yuksak  poetik  asarlarning  yaxshi  tarjimalariga  erishildi.  Tarjima  jahonda 

tinchlikni  barqaror    etish  uchun  kurash  g’oyalarini  tashviqot  qiluvchi  ta`sirchan 

omil  bo`lib  qolmoqda.  Badiiy  tarjima  san`ati,    ahamiyati    va  uning  yutuqlarini  

keng  targ’ib  qilishda  K.Yashin, V.Zohidov, I.Sultonov, A.Muxtor , L.Qayumov, 

J.Sharipov,  A.Qayumovlarning    xizmatlari  katta.  O`zbek  tilidan  nemis  tiliga 

A.Qodiriyning " O`tgan kunlar" romani tarjima qilindi. Bu roman realiyalarga boy 

va  ularning  ko`pi  nemis  tilida  birinchi  bor  berilgan.  Tarjimada  bu  realiyalarni 

berish tarjimondan katta mahorat talab qiladi. Tarjimaning maqsadi: asl nusxa tilini 

bilmagan  kitobxon  yoki    tinglovchini  o`sha  asar  matni    bilan  iloji  boricha  to`la 

mukammal  tanishtirish.  Tarjimachilik  ishining    bu    qadar    keng    ko`lamda 

qo`yilganiga sabab shuki: 

Tarjima - do`stlik ilmidir. 

 

Tarjima uzoqni yaqin qiladi. 



Tarjima o`zgani birodar, tanishni qadrdon, do`stni qarindosh qiladi.  

 

Tarjima –ikki xalq o’rtasidagi oltin ko’prikdir. 

Dunyoning  har  bir  burchagida  yaralgan  va  yaratilayotgan  o’lmas,buyuk 

asarlar  bilan  jahon  adabiyotini  sahifalarni  boyitish    bugungi  davr  adabiyotchilari 

oldida  turgan  dolzarb  masalalaridan  biridir.  Fikrimizning    dalili  sifatida    bugungi 

kundagi    tarjimalar,    xususan    nemis    tilidan    o’zbek    tiliga  o’zbek  tilidan  nemis 

tiliga  qilinayotgan  tarjimalar    talaygina  ekanligini  aytib  o’tmoqchimiz.  Bu  borada  

Ozod    Sharafiddinov,Ya.Egamova,  M.Akbarov,  Oybek    Ostonov  kabi  yozuvchi-

shoirlarning  tarjimalar  tahsinga  loyiqdir.  O’zbek    kitobxonlari  nemis 

yozuvchilaridan    bo’lgan  Nobel    mukofoti    sohibi  Hermann    Hessening  “Jahon 

adabiyoti  kutubxonasi”  asarini    O.Sharafiddinov  tarjimasida 

3

,”Cho’l  bo’risi” 



asari,“  Nyurenbergga  sayohat  ”  asarlarini    hamda    tanlangan    hikoyalarini    M. 

Akbarov    tarjimasida 

4

,  Fris  Yuertlening    “  Andijon  shahzodasi  ”    asarini    Ya 



.Egamova    tarjimasida 

5

  o’qishga  muyassar    bo’lgan    bo’lsalar,  o’z    navbatida  



nemis kitobxonlari   buyuk  o’zbek   yozuvchisi  Abdulla  Qahhorning  tanlangan   

hikoyalari  to’plami“Der  Granatapfel”

6

,  (2013)Sharq  donishmandligiga  oid,  buyuk  



ipak    yo’li    haqidagi  “Geschichten  entlang  der  Seidenstrasse”(Weisheiten  des 

Orients) 

7

(2013)  hikoyalar    to’plami  bilan  ,shuningdek  sevimli  yozuvchimiz 



G’.Gulomning  yoshu-qariga    ma’lum  va  mashhur  “Shum  bola”

8

(2014)romanini  



o’zbek    erkin  yozuvchisi    Oybek    Ostonov  tarjimasida  o’qishga    muyassar  

bo’ldilar.Dunyodagi  turli  xil  tillarda  yozilgan  adabiy  meros  durdonalari  tarjima 

otliq oltin ko’prik orqali  bir birlarining uylariga  mehmon bo’lishligi har bir millat 

adabiyotining    gullab  yashnashida  chuqur  xalqaro  moxiyat  kasb  etadi.Zabardast 

tarjimonlar  izidan  borayotgan  Oybek  Ostonov  kabi  yosh  tarjimonlar  bor  ekan 

albatta  xalqlar o’rtasidagi ko’prik yanada mustahkamlanadi ,degan umiddamiz. 

                                                

3

  Hermann Hesse”Jahon adiblari adabiyot haqida”. O.Sharafiddinov.Jahon adbiyoti kutubxonasi 



Toshkent”Ma’naviyat” 2010 yil,3.bet 

4

 Hermann Hessse.”Cho’l bo’risi” romani. M.Akbarov Jahon adabiyoti  jurnali.Noyabr-2002,3 bet 



5

 Fris Vyurtle.”Andijon shahzodasi”sarguzasht-qissa. Ya.Egamova”O’qituvchi”Nashriyot-matbaa ijodiy 

uyi.Toschkent-2012 

6

 Abdulla Kahhor.”Der Granatapfel” Oybek Ostonov,“Akademnashr“Verlag.Taschkent-2013 



7

 ” Geschichten entlang der Seidenstrasse”(Weisheiten des Orients)  ” Oybek 

Ostonov,“Akademnashr“Verlag.Taschkent-2013 

8

 Gafur Gulom.Der Schelm. ” Oybek Ostonov,“Akademnashr“Verlag.Taschkent-2014 



 

10 

 

 



1. 2.  Hermann Hesse –noyob iste’dod sohibi.   

                                                El 

g‘ussasini  singurmaging  maqsud  et,  

                                                       Bu 

sheva 

bilan 


oqibating 

mahmud 


et. 

                                                                                               A.NAVOIY

 

Biografik metodning ko’zga ko’ringan namoyondalaridan biri Sent-Byovo o’zining 



“Adabiy  portretlar”(I-III  tomlar,),  ”Dushanba  kunlaridagi  suhbatlar”,(I-XV 

tomlar), ”Por-Royal”  nomli asarlarida  (I-V tomlar)  nomli asarlarida  yozuvchining 

faqat  ichki  dunyosigagina  emas,balki  uning  uy  joy  sharoitiga  ham  chuqurroq 

kirishga  intiladi.

9

  Uning  fikricha,  yozuvchining  kundalik  hayoti  va  odatlariga  



birinchi darajali ahamiyat  berish  lozim. Chunki  har qanday  yozuvchi  ham boshqa 

oddiy  insonlar  kabi  real  mavjudot  bo’lib,  ijodida  uni  o’rab    turgan  odamlar, 

ularning  hayoti  muhim  rol    o’ynaydi.  Sent  Byovoning  psixologik-biografik 

portretlarida  u  yoki  bu  yozuvchi  ijodidagi  adabiy-  badiiy  asarlarni    g’oyaviy  va 

badiiy  o’ziga  xosliklarni  tashkil  etuvchi  omillar  sifatida  tahlil  etiladi.  Hozirgi 

paytda chet el adabiyotshunosligidagi ko’pgina  monografik tadqiqotlar  shu  metod 

asosida  yaratilmoqda.  Biroq  biror  yozuvchi  ijodi  o’rganilganda,  ijodkor  yashagan  

davr,  o’sha  davr  bilan  bog’liq  bo’lgan  ijtimoiy-siyosiy  ziddiyatlar,  ijodkor 

yashagan  muhit  va  shart-sharoitlardan  kelib  chiqish  zarur.  Ana  shundagina 

yozuvchi  ijodi  to’g’ri  baholanishi  mumkin.  Biz  tadqiq  etayotgan  “Cho’l  bo’risi” 

asari  ham  biografik-psixologik  asarligi  hamda  asar  muallifi  ijodi  ilk  bora 

o’rganilayotgani  tufayli  Hermann  Hesse  hayoti  va  ijodi    haqida  bir  oz  fikr 

yuritmoqchimiz.  

Hermann   Hesse XX asrning eng  yirik  namoyondalaridan   biridir. Yozuvchi 

shoir,  rassom,  prozanavis,  publitsist,  tanqidchi,  faylasuf,  jamoat  arbobi.  Hermann 

Hesse  Gyote,  Geyne,  Shiller,  Lessing,  Tomas  Mannlar  singari    jahon  adabiyoti     

badiiy    tafakkur  taraqqiyotining  buyuk  siymolari  qatorida    turadi.  U  jahon 

                                                

9

 H.Xotamov,B.Sarimsoqov.”Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha –o’zbekcha izohli 



lug’ati.Toshkent”O’qituvchi”-1983.50 bet 

 

 



11 

 

adabiyotida  ijtimoiy, falsafiy hamda  badiiy-estetik tafakkur  kamolotiga barkamol 



hissa  qo’shgan  sanatkorlardan  biri  sifatida  katta  etibor  qozondi.  Hermann  Hesse 

butun  umri  davomida  izlanishda  bo’ldi.  U  1946-yilda  ulkan  ijodiy  merosi,  

adabiyot soxasidagi  xizmatlari uchun   sharafli  Nobel  mukofotiga sazovor bо‘ldi. 

Shu yilning о‘zida unga  Gyote mukofoti, 1955 yilda  esa nemis kitob sotuvchilar 

tomonidan ta’sis etilgan  ,,Tinchlik’’ mukofoti berildi, bir yildan keyin  ,,Hermann 

Hesse’’ nomli mukofot ta’sis etildi. Milliy adabiyotlarning taraqqiyoti ularning bir-

biri  va  jahon  adabiyoti  bilan  aloqalari    mustaqillik  davriga  kelib  chuqur  xalqaro 

moxiyat  kasb  etdi.  Bu  borada  jahon  adabiyoti  katta  tajribaga  egaligi  isbot  talab 

qilmaydigan  haqiqatdir.  Buyuk  olmon  adibi  I.V.Gyote  o’z  kotibi  Ekkermanga 

yozgan  maktubida  o’rinli  qayd  etganidek  "Biz  fransuzlarning,  inglizlarning  va 

boshqa  xalqlar  adabiyotlarini  bilishimiz  yaxshi,  bundan  faqatgina  jahon  adabiyoti 

foyda  ko’radi,  chunki  adabiyotlarning  o’zaro  bog’liqligi  zanjir  yanglig’dir,  zotan 

zanjirning bir bo’lagi bo’lmasa, orada uzilish paydo bo’ladi". Adabiy aloqalarning 

muxim  komponenti  xisoblanmish  badiiy  tarjima  adabiy  ta’sir  va  adabiyotlar 

mundarijasini  boyitish  hamda  kengaytirishda  muxim  omil  hisoblanadi.  Tarjima 

tufayli  buyuk  so’z    ustalari    o’zlari  yaratgan  san’at  asarlari  bilan  faqat  o’z 

xalqlarigina  hushnud  etib  qolmasdan,  balki  boshqa  millatlarning  huzuriga  ham 

tashrif  buyuradilar.  Ana  shunday  so’z    ustalaridan  biri,  Germaniyaning  sevimli 

farzandi      Hermann  Hessening  ”Peter  Kaminsend",  "Demian",  "Siddxartxa", 

«Cho’l  bo’risi»  "Marjonlar  o’yini"  kabi  asarlari  jahon  adabiyotining  boyligiga 

aylandi.  Uning  hayotligidayoq  asarlari  jahonning  ko’plab  tillariga  tarjima  qilindi. 

O’zining  40-50  yoshlarida  Hermann  Hessechalik    ijodi  gullab  yashnagan,  san’at 

cho’qqisiga  erishgan  ijodkorni  nemis  adabiyoti  tarixida  topish  mushkul.  Amerika 

va  Osiyoda  millionlab  kitobxonlarga  ega.  Germaniyada    Hermann  Hessening 

asarlari nashri 1979 yilga kelib, 5 Million nusxaga yetdi. "Zurkamp" nashriyoti har 

oy  Hermann  Hesse    asarlarining    30 000  nusxada  nashrdan  chiqaradi.

10

  Hermann 



Hesse  о‘sib  kelayotgan  avlod  uchun  ulkan  ta’sir    kuchiga  ega,  uning  kitoblari 

                                                

10

 Folker Michaels.Hermann Hesse .Sein Leben in Bildern und Texten.Suhrkamp.Verlag am Main 1979.345.бет 



 

12 

 

yoshlarni  juda  qiziqtiradi.  Birinchi  navbatda  о‘smirlar  uning  asarlarini  о‘zlari 



uchun  hayot  mazmuni  tо‘g‘risidagi  doimiy  dolzarb  masalalarini  yechish 

maxoratini  talab  qiluvchi  da’vat  sifatida  qabul  qiladilar.  Rivojlanish    kuchayib 

borayotgan  asrda  etika  va  estetika,  an’analar  va  novatorlik,  kelajak    istiqboliga 

ishonch  Hermann Hesse asarlarida  o’z aksini topgan. Hermann Hessening asarlari 

nafaqat nemiszabon mintaqada balki yetti iqlimda o’z  o’quvchilarini topgan  baxtli 

adibdir. Asarlari yer yuzining 60 tilida 100 million nusxada (shundan chorak qismi 

Germaniyada) chop etilishi, asarlari tarjimasi uchun Hermann Hesse  stependiyasi 

ta’sis  etilganligi 

11

,  2002  yil  2  iyulda  Germaniyaning  Kalv  shaxrida  Hermann 



Hesse  tavalludining  125  yilligiga  bagishlanib  9  xafta  davomida  "Hermann  Hesse 

2002"  festivalining  o’tkazilishi  uning  ijodi  umumbashariy,  mashhur  va 

manzurligidan dalolatdir.

12

 



Kalv  shaxri  о‘zining  buyuk  о‘g‘li    Hermann  Hessega  1990  yilda  Folker 

Mixels  konsepsiyasiga  binoan  va  Xayko  Rogge  tomondan  bezalgan  boy  muzeyni 

tashkil  etdi.

13

  Kalv  shahrida    Hermann  Hesse  hayoti  va  ijodiga    bag‘ishlangan 



Yevropada  eng  katta  ekspozitsiya  doimo  tashrif  buyuruvchilar  bilan  gavjum. 

Hermann  Hessening    Kalvdagi  10  xonali  muzeyida  XX  asrning  eng  kо‘p 

о‘qiladigan  nemis    yozuvchisi-Hermann  Hessening  hayoti  va  ijodi,  jamiyatdagi 

о‘rni xaqidagi boy material to’plangan. Taqdir taqozosi bilan Hermann Hessening  

kasalligi tufayli  unga rasm chizishni tavsiya etishadi. Hermann Hesse rasm chizish 

texnikasining  xar  xil  turlarini  sinab  ko’rdi  va  akvarel  ranglarda  chizishni    maqul 

topdi.  Umrining  oxirigacha  u  3000  ga  yaqin  akvarellarni  yaratdi. 

14

Ularning 



kо‘pchiligi    butun  dunyo  bо‘ylab  tashkil  etilgan    kо‘rgazmalarda  keng  ommaga 

namoyish  qilingan.    Hermann  Hesse  vafotidan  sо‘ng  uning  akvarellari  

kо‘rgazmalari hamma yerda: Tokioda (1976 va 1996), Parijda(1977), Nyu-Yorkda 

va  Monrealda  (1980),  San-Fransiskoda  va  Chikagoda  (1981),  Madridda(1985), 

                                                

11

 www.Hermannhesse.de 



12

 www.Hermannhesse.de 

13

 www/Hermann-hesse-museum.de 



14

 www/Hermann-hesse suhrkamp.de 

 

 


13 

 

Lyuksemburgda(1987),  Hamburgda  (1992)    bо‘lib  о‘tdi.  Hermann  Hesse  adabiy 



merosidan bugungi kunda o’zbek kitobxonlari ham baxramand bo’lmoqdalar. 2013 

yilda    asarlari  dunyoning    har    burchagida  sevib  o’qiladigan,  chizgan    rasmlari 

zavqlanib  tomosha  qilinayotgan  Hermann  Hesse  tavalludining  136  yil  to’lishi 

hamda  vafotining  51  yillik  yubileyiga  bag’ishlangan  Hermann  Hesse-kunlari, 

kongreslar,  tadbirlar,  konferensiyalar  allaqachon  keng  ommaga  havola  etilmoqda. 

Joriy  yilda    Hermann  Hesse  musobaqasining    5  turda    o’tkazilishi    ham 

yozuvchining jahon adabiyotida tutgan o’rnini belgilaydi. 

Hermann  Hesse  o’zini  butun  ijodini  “Ma’naviyatimning  tarjimai  holi”  deb 

ta’riflaydi.  


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling