O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 291 Kb.
bet1/10
Sana10.11.2021
Hajmi291 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH

INSTITUTI



Ro’yxatga olindi:

№ ________________


“___” _________2021 yil




TASDIQLAYMAN”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor _______ M.Dadamirzayev

“___” _________2021 yil


METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SIFATNI BOSHQARISH
fanining
ISHCHI FAN DASTURI

Bilim sohasi:

300 000

-

Ishlab chiqarish texnik soha

Ta’lim sohasi:

320 000

-

Ishlab chiqarish texnologiyalari

Ta’lim yo’nalishi:

5320400

-

Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)



Semestr


Fan tarkibi

Nazorat turi

Ja’mi o’quv soati

Ma’ruza


Amaliy mashg’ulot


Laboratoriya ishlari


Seminar mashg’uloti

Mustaqil ta’lim

Kurs ishi (loyihasi)

Kunduzgi bo’lim

V

36

36







58




+

130


Namangan – 2021
Fanning ishchi o’quv fan dasturi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2020 yil 7.12. da tasdiqlangan №BD-5320300-2.17 raqam bilan ro’yxatga olingan «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fanidan tayyorlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:

Pulatov A.S.


- NamMQI Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari

kafedrasi dosenti



Dadamirzayev M.H

- NamMQI Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari

Kafedrasi katta o’qituvchisi









Atamirzayeva S

NamMQI Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari

kafedrasi o’qituvchisi




Taqrizchilar:
Qanoatov H.M. – NamMTI «Oziq-ovqat tehnologiyasi» kafedrasi mudiri, t.f.n.
Fanning ishchi o’quv dasturi Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasining 2021 yil «___» ________________dagi «_____» -son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: _________________________ phD. Z.Mamadjanov
Fanning ishchi o’quv dasturi Qurilish texnologiya fakultetining kengashida muhokamadan o’tgan va foydalanishga tavsiya etilgan.

(2021 yil «___» _______________dagi «_____» -sonli bayonnoma).


Fakultet kengashi raisi: ________________ prof. S.J.Razzaqov
K E L I SH I L D I:
Kimyoviy texnologiya kafedrasining Mutaxassislik kafedralari bilan kelishildi

2021 yil “___” ______ dagi “___” - son Kafedra mudiri

yig’ilishida ma’qullandi. ___________________________

___________________________


O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i: _________ dots. T.Jo’rayev
Namangan muhandislik–qurilish instituti o’quv-uslubiy kengashida ko'rib chiqilgan va tavsiya qilingan. «__»_____2021 y.dagi ___ sonli majlis bayoni. (__ - son bilan ro'yhatga olingan).

Kirish

“Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” fani xalq ho’jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing soxasidagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan bo’lgan turli sohalarda metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarishga doir ishlarni tashkil etish, amalga oshirish, me’yoriy hujjat bilan ishlash borasidagi bir qancha masalalarni qamrab olgan.

Ushbu dastur standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarishning ilm i, meyoriy-qonuniy, tashkiliy-uslubiy va texnikaviy asoslarini shuningdek sohaga oid ishlarni tashkillashtirish, olib boris h va nazorat qilish bo·Iimlaridan tashkil topga n. "l\letrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" fani umumkasbiy

fanlar blokiga kiritilgan kurs xisoblanib, 3-Kursda o'qitilishi maqsadga muvofiq. "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" fani ishlab chiqarish va texnik soha fanlar turkumiga kiradi va barcha noiqtisodiy bakalavriat ta'lim yo'nalishida o'qitiladi.



Fanning maqsad va vazifalari
"Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" fanini o'rganishdan maqsad: talabalarda iqtisodiyotning texn ika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo-nazorat va istemo_l bilan bog'liq bo'lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo'yicha masalalar bilan shug'ullanish, hamda meyoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish.

Fanning vazifasi - talabalarga standartlashtirish, metrologiya,

sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish asoslarini, standartlar va meyoriy xujjatlar bilan ishlashni, iqtisodiyotning turli sohalarida va ishlab chiqarish korxonalarida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish masalalari bo'yicha ishlarni tashkil qila olishni o'rgatishdan iborat.

"Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr:

Metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlari;

-O'lchashlar va o'lchash vositalarini tuzilishi haqida tasavvurga ega



bo'lishi;

- mahsulot sifatining ko'rsatkichlarini;

- standartlarning kategoriyalari va turlarini;

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiyaning qonuniy asoslarini; o'lchash tamoyillari va usullarini bilishi va ulardanfoydalana olishi; texnik o'lchov vositalarini tekshirish va sinashni;

mahsulo tlam111g tarkibi va tuzilishini tekshirish ko'nikmulariga ega

bo'lishi kerak.
" Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish " fanini o’qitishdan maqsad talabalarga kimyo va boshqa barcha turdosh sanoatlardagi Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish tizimi asoslarini va ularning jaxon standartlariga muoffiqligini tekshirish va sifanini nazorat qilishni o’rgatishdir. " Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish " fanini o’rganishning nazariy asoslarini chuqurlashtirib, jarayon va qurilmalarni o’rganishga ijodiy yondoshish imkoniyatini beradi.

Xalq xo’jaligining texnika, menejment va marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish.


Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish

bo’yicha tavsiyalar

« Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish » fanini o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi tavsiya etiladi;

« Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish » nazariya asoslari bo’limiga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanish;

« Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish » fani mavzularida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda aqliy xujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalardan foydalanish;

« Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish » fani tuzilishini o’rganish va ularning asosiy parametrlarini va ularning elementlarini aniqlash mavzularida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarida kichik guruxlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma

va malakasiga qo‘yiladigan talablar

« Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish » fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • . Metrologiya va ilmiy-texnik taraqqiyot. O’zdavstandart faoliyati yo’nalishlari.

  • Kattaliklar. Kattaliklarning o’lchamligi va birliklari. O’lchash usullari va vositalari.

  • O’lchash vositalari va ularning turlari.

  • Etalonlar, ularning tabaqalanishi va turlari. Etalonlarning yaratilish tarixi.

  • O’lchash xatoliklari. Umumiy ma’lumot. O’lchash xatoliklarining tabaqalanishi. O’lchash aniqligini ehtimoliy baholanishi

  • O’lchash texnikasi. O’lchash asboblarining aniqlik asoslari. O’lchash asboblarining klassifikatsiyasi. O’lchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar.

  • Standartlashtirish. Standartlashtirish haqida, standartlashtirishning maqsadi va vazifalari. Standartlashtirish sohasidagi asosiy atamalar va tushunchalar

  • Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) doirasidagi standartlashtirish

  • Standartlashtirish usullari. Birxillashtirish, turlash va agregatlashtirish usullari. O’zaroalmashuvchanlik asoslari.

  • Mahsulot haqidagi ma’lumotlarni standartlashtirish va kodlash.

  • Kvalimertiya, uning nazariy asoslari. Kvalimetriya haqida asosiy tushunchalar. Mahsulotning sifatini baholashda ishlatiladigan terminlar.

  • Sertifikatlashtirish. Sertifikatlashtirish haqida umumiy ma’lumot. Sertifikatlashtirish omillari. Sertifikatlashtiriluvchi mahsulot.

  • Sertifikatlashtirishni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi. Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish. Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish

  • Chet eldagi sertifikatlashtirish amaliyoti.

  • Rivojlangan davlatlardagi sertifikatlashtirish amaliyoti.

  • Sifatni baholash

  • Sifat tizimi bo’yicha mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar. Mahsulot sifatini boshqarish va sertifikatlashtirish.

  • Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini baholash. Mahsulot sifatini boshqarish.

  • Rossiya Federatsiyasi va O’zRda sertifikatlashtirish milliy tizimining yaratilishi. Sifatni ta’minlash tizimlarini sertifikatlashtirish.

  • O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish milliy tizimining yaratilishi

  • standartlarning kategoriyalari va turlarini;

  • texnikjihatdan tartibga solish va metrologiyaning qonuniy asoslarini;

  • o'lchash tamoyillari va usullarini;

  • texnik o'lchov vositalarini tekshirish va sinashni


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro

bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
5320400 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokidagi Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish fani 4-5 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokidagi oliy matematika, fizika, umumiy va noorganik kimyo, suv kimyosi fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Kimyo sanoatida ishlatiladigan xom ashyolar, ishlab chiqariladigan sanoat va istehmol mahsulotlari, hozirgi fan-texnika va sanoatning boshqa tarmoqlarini rivojlanishi hamda taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda fan hozirgi kunda xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan bo‘lgan kimyo va oziq-ovqat sanoati, jumladan kimyo va oziq-ovqat ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishida asosiy o‘rin egallaydi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va

pedagogik texnologiyalar
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish fani ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar tarzida o’rganiladi. Darsni tashkil etishda semestr boshlanishida har bir talabaga mavzular, o’quv moduli birliklari, aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari, tayanch so’z va iboralar, testlar, muammoli (situatsion) masalalar hamda baholash mezonlari oldindan berilib, yangi pedagogik texnologiyalar (o’qitishning interaktiv metodlari) va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishiga asoslangan mashg’ulotlar o’tkazishga alohida e`tibor berish lozim. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, elektron o’quv-uslubiy majmua va animatsiyalardan foydalaniladi.

Talabalar bilimi 2,3,4,5 baholar bilan baholash asosida olib boriladi va yakuniy nazorat fanning mavzularini to’liq qamrab olgan testlarni ishlash bilan yakunlanadi.



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari to’la qonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni rivojlantirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsi emas avvalo, kelgsidagi mutahassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondashuv. Ta’lim texnalogiyasi tizimining barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonni mantiqiy ekanligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yahlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakilantirishga ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobilyati va imkoniyatlari, tashabuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va ko’rasata olish kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakillantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muommoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muommoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’yektiv qarama – qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakillantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati taminlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi komp’yuter va axborot texnalogiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza, videoma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muommoli ta’lim, loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakillari: masofaviy muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frantal, kolektiv va guruh shaklida.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakillari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – komp’yuter va axborot texnalogiyalari (videomaruza, videotajriba).

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ aloqaga asoslangan o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: testlar, bilits – so’rov, oraliq va joriy , yakinlovchi na’zorat natijalarini taxlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs ohirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnalogiyasidan foydalaniladi. Fan bo’yicha video materiallar tayorlanib, ma’ruza, tajriba va amaliy mashg’ulotlar kompyutr yordamida olib boriladi. Fanga oid tst topshiriqlari asosida oraliq va yakuniy nazoratlar kompyuter orqali o’tkaziladi.


Asosiy nazariy kism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

1-Modul. Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish fanining umumiy asoslari.

    1. Download 291 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling