O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 183.21 Kb.
bet1/22
Sana02.01.2022
Hajmi183.21 Kb.
#195514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari va uni kamaytirish masalalari-converted

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI

NEMATOV BOBIR ABDUG‘ANI O‘G‘LI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ YUKI DARAJASINI BAHOLASH MEZONLARI VA UNI KAMAYTIRISH MASALALARI”



BITIRUV MALAKAVIY ISHI




HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”

“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri

i.f.d., professor Joraev A.C.

2015 y.




Bitiruvchi:

5230800 – “Soliqlar va soliqqa tortish” ta‘lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Nematov Bobir Abdug‘ani o‘g‘li




Ilmiy rahbar:

dots. Abduraxmonov X.



TOSHKENT - 2015


MUNDARIJA









Betlar




KIRISH..............................................................................................................

3

1-BOB.

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SOLIQ YUKINI ANIQLASHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI......................................................................................................







6

1.1.

Soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yuki borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar..........................................................................................







6

1.2.

Soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslari...............................................................................................







19

2-BOB.

XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING SOLIQ YUKINI ANIQLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI........................................................................................................







25

2.1.

Mamlakatimizda soliq yukini kamaytirib borish soliq siyosatining asosiy yo’nalishi sifatida................................................................







25

2.2.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq yukinining amaliy holati tahlili...............................................................................................







29

2.3.

Korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasini baholash mezonlaridan foydalanish tahlili (Kitob tumani DSI ma’lumotlari asosida).................................................................................................







33

3-BOB.

MAMLAKAT IQTISODIYOTINI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SOLIQ YUKINI KAMAYTIRISH MASALALARI................................................................................................







39

3.1.

Soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yukini mutanosib ravishda taqsimlashning asosiy yo’nalishlari...................................................







39

3.2.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish yo’nalishlari.............................................................







44




XULOSA.............................................................................................................

50




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..............................

55

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan bugungi kunda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirib borish muhim masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini tobora kamaytirib borish, buning natijasida soliq tizimini yanada samarali ishlashini ta’minlash alohida ahamiyatga ega.

Haqiqatdan ham, korxonalarning soliq yuki darajasini kamaytirib borish, ularga nisbatan optimal darajadagi soliq yukini belgilash va shu miqdorni davomiy saqlab turishdan davlat va soliq to’lovchilar bir xilda manfaatdordirlar. Soliq yuki darajasini optimal baholanishi bir tomondan korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan davlat byudjet daromadlarining barqaror sur’atlarda tushib turishini ta’minlaydi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.

O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, foyda solig’i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi1”.





1 O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. www.press-service.uz

Ko’rinib turibdiki, bu borada amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Natijada soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukining tobora pasayib borish tendentsiyasiga o’zining ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shunday bo’lsada, ushbu sohada ham o’z echimini kutayotgan muammolar ham mavjudki, ular bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Shuning uchun respublikamizda soliq yukining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy faoliyatiga va byudjet daromadlariga ta’sirini o’zaro bog’liqlikda ilmiy tadqiq qilish, mavjud muammolarni hal etish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi.

Bundan tashqari iqtisodiyot tarmoqlarida soliqlarning adolatlilik tamoyiliga asosan soliq yukini bir xillashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shakllaridan va xo’jalik yuritish usullaridan qat’iy nazar bozor munosabatlariga moslashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator dolzarb muammolar turibdi. Aynan shunday jihatlardan kelib chiqib, ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib mamlakatimizda soliq yuki va uni aniqlash mezonlari, iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha soliq yuki darajasi va uning taqsimlanish darajasi hisoblanadi.

Hozirgi sharoitda iqtisodiyot va ayrim xo’jalik sub’ektlari zimmmasidagi soliq yukini aniqlash jarayoniga doir moliyaviy munosabatlar bitiruv malakaviy ishining predmeti hisoblanadi.



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarida soliq yukining amaldagi holatini o’rganish va tarmoqlar bo’yicha soliq yukini bir xillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:



  • soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yukining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish;

  • soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslarini tadqiq etish;

  • mamlakatimizda soliq yuki darajasini baholashning amaldagi holatini o’rganib chiqish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha soliq yukini tahlil qilish;

  • soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yuki taqsimlanishidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rganish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalar hamda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha soliq yuki darajasini aniqlash va uning taqsimlanishini maqbullashtirishda, soliq siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqishda va ustuvor yo’nalishlarini belgilashda foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishi tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati kabi masalalar etarlicha bayon etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq yukini aniqlashning nazariy-uslubiy asoslari bayon etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini aniqlashning amaldagi holati Kitob tuman DSI ma’lumotlari asosida tahlil etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq yukini kamaytirish masalalari tadqiq etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida tadqiqot natijasida xulosalar keltirilgan va takomillashtirish yuzasidan taklif tizimi ishlab chiqilgan.



1-BOB.

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA

SOLIQ YUKINI ANIQLASHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI.

1.1

Soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yuki borasidagi ilmiy-

nazariy qarashlar.

Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi bo’lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi.

Soliqlar muammosi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng qiyin va murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bir tomondan soliqlar tizimi bugungi kunda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan soliqlar bevosita bozor munosabatlarining muhim dastaklaridan biri bo’lib, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasi ko’p jihatdan ularga bevosita bog’liq.

Prezidentimiz I.Karimov tomonidan “avvalo soliq tizimi o’ziga xos vazifani- fiskal, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifasini to’la darajada bajarishi kerak”2 bildirilgan fikrdan kelib chiqadigan bo’lsak, hozirgi kunda soliq tizimini bajara olishi lozim bo’lgan funktsiyalarni amaldagi ifodasi sanaladi.

Ma’lumki, soliqlar - qonun bilan belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlaridir3. Soliqlarning majburiylik xususiyatiga ega bo’lishi ularni undirishda huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Shu jihatdan, uni huquqiy tomondan ko’rib chiqadigan bo’lsak, soliq undirish soliq to’lovchining xususiy mulkining bir qismini davlat xazinasiga berishdir. Ya’ni, bu degan so’z, soliq faqat iqtisodiy tushuncha bo’libgina qolmay, shu bilan birga huquqiy kategoriyadir, shuning uchun, soliq tabiatini tushunishning




2 Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: O’zbekiston, 1998, 358-bet.

3 O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 12-modda.

qiyin tomoni ham, uni bir vaqtning o’zida borliqning haqiqatda iqtisodiy, xo’jalik va siyosiy tomonlarini o’z ichiga olganligidir.

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy- siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko’rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.

Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Davlat uchun byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning

mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar

davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.

Soliqni to’lash xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat o’rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo’libgina qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag’batlantirishda investitsiyalarni ko’paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko’paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bog’liq bo’lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.

Soliqlar boshqa iqtisodiy kategoriyalar kabi o’ziga xos belgilarga ega. Soliqlarning belgilari soliq to’lovchi va undiruvchi o’rtasidagi majburiy moliyaviy munosabatlardan kelib chiqib, ularni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajratib

turishga xizmat qiladi:



Soliqlarni ob’ektiga qarab guruhlanishi


Oborotdan olinadigan soliqlar

Daromaddan olinadigan soliqlar

Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar



  • qo’shilgan qiymat solig’i;

  • aktsiz solig’i;

  • bojxona to’lovlari;

  • transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

  • obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiish solig’i

    • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

    • jismoniy shaxslarning mol- mulkiga solinadigan soliq;

    • yuridik shaxslardan olinadigan yer

solig’i;

    • jismoniy shaxslardan olinadigan yer

solig’i



Download 183.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling