O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.97 Mb.
bet1/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’LIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA VA JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

PEDAGOGIKA KAFEDRASI


METODIK QO’LLANMA

BUXORO-2007

D.S.Davronova

Pedagogik psixologiya

(metodik qo’llanma).

Buxoro 2007.

O’quv metodik qo’llanma B 4151600-Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish ihtisosligining 3-kurs talabalariga mo’ljallangan.


Buxoro davlat universiteti

Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti ilmiy

kengashining 2007 yil aprel 7-sonli qarori

bilan nashrga tavsiya etilgan.

Mas’ul muharrir: pedagogika fanlari doktori,

professor: M.H.Maxmudov

Taqrizchilar: psixologiya fanlari nomzodi:

U.S.Jumayev

O’qituvchilar malakasini oshirish instituti katta o’qituvchisi: K.J.Xamroyev



Muqaddima
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning, bilimdon, ma`naviy jihatdan barkamol insonlar bo’lib yetishishiga bog’liqdir. Bu o’rinda inson ruhiyati qonunlarini o’rganuvchi psixologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi. Insonni jamiyatimiz uchun to’laqonli, faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish, samaradorligini yanada oshirishda psixologiya ilmi va uning amaliyotda to’g’ri yonalishga ega bo’lishi juda muhimdir.

Ma`lumki, pedagogik psixologiya kursi psixologiya ilmining muhim tarmog’i sifatida, inson psixik jarayonlarining ontogenezdagi psixologik xususiyatlarini va odam shaxsining ta`lim-tarbiya sharoitida psixik taraqqiyotining har bir davriga xos xususiyatlarini o’rganuvchi sohadir.



Pedagogik-psixologiya — ta`lim va taraqqiyotning o’zaro bog’liqligi, ta`limning tuzilishi, o’quvchilarning o’qish va bilish faoliyatini shakllantirish hamda tarbiya psixologiyasining ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchi shaxsini barkamol inson sifatida shakllantirish kabi muhim muammolarni tadqiq etadi. Bunda, o’quv tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta`lim-tarbiya nazariyasining vazifalari, uning etnopsixologik xususiyatlari hamda ular tomonidan yoritilgan shaxs taraqqiyotini boshqarish imkoniyatlari o’rganiladi.

Uning muhim vazifalari-talabalarda psixologik-pedagogik vaziyatlarni samarali rejalashtira olishga, aqliy va shaxsiy taraqqiyot bilimlarini unumli egallashga, turli yosh davrlarida psixik taraqqiyot qonunlarini to’g’ri anglab, psixotashxis tadqiqotlar olib borishga, o’quvchilarga individual yondasha bilishga, bola psixikasi taraqqiyotida turli noxush holatlarning oldini ola bilishga, ota-onalar, o’z hamkasblari va bolalar bilan madaniyatli muomalada bo’lishga, psixologik nazokatni to’g’ri shakllantirish kabi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan.

Pedagogik psixologiya umumiy psixologiya, falsafa, pedagogika, yosh fiziologiyasi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Uni o’rganish jarayonida komp’yuter texnikasi, aqliy taraqqiyot testlari va boshqa usullardan keng foydalaniladi.

Mazkur metodik qo’llanma Boshlang’ich ta`lim va sport, tarbiyaviy ish ixtisosligi 3 kurs talabalariga mo’ljallangan.




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling