O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 94.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.01.2018
Hajmi94.61 Kb.
#25114

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS  

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

 

 

 

Ro’yxatga olindi   

 

 

 



 

O’zbekiston Respublikasi 

№ _________________   

 

 



 

Oliy va O’rta maxsus ta’lim 

2014_ yil «____» ________   

 

 



vazirligining 2014_ yil 

«____» ___________ dagi  

«____» - sonli buyrug’i  

bilan tasdiqlangan  



 

 

 



 

Til nazariyasi

 

fanining 

 

O’QUV DASTURI 

 

 



 

 

 



                     

Bilim sohasi: 

 

100000   -  Gumanitar soha, 



 

Ta’lim sohasi:  

 

110000   -  Pedagogika. 



                                                             120000 -   Gumanitar fanlar.  

                        Ta’lim yo’nalishi:           5111400  - Xorijiy til va adabiyoti          (roman-german filologiyasi). 

                                                                5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (roman-german tillari). 

                                                                 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyot (roman-german tillari). 

 

 

 



 

 

Toshkent – 2015

 

Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari 

bo’yicha  o’quv-uslubiy  birlashmalar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Kengashning 

2014_ yil “____”__________-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. 

 

 

Fanning  o’quv  dasturi  O’zbekiston  davlat  jahon  tillari  universitetida  ishlab 



chiqildi. 

 

 

Tuzuvchilar:                                                                                              

Madjidova R.U.      – Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, 

                                     filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

 

Sultonova Sh.M       – Umumiy tilshunoslik kafedrasi  o’qituvchisi. 



 

 

Taqrizchilar: 

Muhammedova S.X.     –  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 

                                        universiteti professori, filologiya fanlari      doktori. 

 

Mu                                                              



 

 

 



 

 

Fanning  o’quv  dasturi  O’zbekiston  davlat  jahon  tillari  universiteti  Ilmiy-



uslubiy    Kengashida  ko’rib  chiqilgan  va  tavsiya  qilingan  (2014_  yil  “____” 

______dagi  “______”-sonli bayonnomasi). 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kirish 

 

Etuk  mutaxassislarni,  ayniqsa,  yosh  avlod  tarbiyachilarini  tayyorlashda 



til  ilmi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  zero  til  o’qituvchining  eng  asosiy 

quroli  sanaladi.  Ushbu  dastur  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  va  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  dekabrdagi  “CHet  tillarni  o’rganish 

tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-1875-sonli 

qarorida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda tuzilgan bo’lib, o’quv rejada 

mavjud  “Tilshunoslikka  kirish”  va  “Umumiy  tilshunoslik”  kurslarini  o’z  ichiga 

oladi.  

 

O’quv fanining maqsadi va vazifalari 



Til  nazariyasi  fanining  asosiy  maqsadi  tilshunoslik  fani,  uning  bo’limlari, 

o’rganish  ob’ekti,  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi  haqida  ma’lumot  berish,  talabalarni 

tilshunoslik  fanining  asosiy  tushunchalari,  kategoriyalari  haqidagi  bilimlar  bilan 

qurollantirish,  talabalarda  olingan  bilimlarni  amalda  qo’llay  olish  malakasini 

shakllantirish kabi vazifalarni hal etishni taqozo qiladi. 

Ushbu  fanning  vazifalari  til  va  jamiyat,  til  tizimi  va  tuzilishi,  uning  sathlari, 

birliklari  va  ularning  namoyon  bo’lish  qonuniyatlari,  tilshunoslik  fanining  boshqa 

fanlar  bilan  aloqasi,  dunyo  tillarining  klassifikatsiyasi    haqida  nazariy  bilimlar 

berishdan iboratdir. 

 

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan 

talablar 

Til  nazariyasi  o’quv  fanini  o’zlashtirish  jarayonida  amalga  oshiriladigan 

masalalar doirasida bakalavr: 

-

 



tilning paydo bo’lishi haqidagi farazlar; 

-

 



  til sathlari va tilshunoslik bo’limlari; 

-

 



  dunyo tillari va ularning tasnifi

-

 



  tilshunoslik tarixi va tilshunos olimlar;

;

 



-

 

til nazariyasi va tilshunoslik tarixi to’g’risida keng bilimni egallay olish; 



-

 

 



O’zbekiston va xorijiy davlatlarda nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bilan 

ishlash; 

-

 

o’rganilayotgan chet tilidan ona tilisi xususiyatlarini ajrata olish; 



-

 

tilshunos olimlar ta’limotlarini tahlil qila olish; 



-

 

turli tillarni oila va guruhlarga tasniflay olish



-

 

zamonaviy  tilshunoslik  masalalarini  tushuna  olish  malakasiga  ega 



bo’lishi

-

 



chet tili o’rganish amaliyotida nazariy bilimlarni qo’llash; 

-

 



tilshunoslik bo’yicha ilmiy izlanishlarga kasbiy nuqtai nazardan qarash; 

-

 



dunyo  tilshunosligida  ro’y  berayotgan  jarayonlarni  o’zaro  bog’liqlik 

nuqtai-nazaridan tahlil qilish; 

-

 

tillardagi umumiy va xususiy belgilar haqidagi tushunchalarni amaliyotda 



qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. 

 


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy 

jihatdan uzviyligi 

Til nazariyasi fani ikki qismdan iborat bo’lib, “Tilshunoslikka kirish” kursi quyi 

bosqichlarda, “Umumiy tilshunoslik” kursi esa barcha filologik fanlarning 

yakunlovchi qismi sifatida bitiruvchi bosqich talabalariga o’tiladi. Dastur bo’yicha 

o’tiladigan “Tilshunoslikka kirish” kursida talabalar o’z mutaxassisligi bo’yicha 

boshlang’ich bilim olish bilan birga kelgusida o’tiladigan nazariy va amaliy fanlar 

bilan bog’liq tushuncha va terminlar bilan tanishadilar. Ushbu fanni o’zlashtirish 

o’quv rejasidagi fonetika, grammatika, leksikologiya, stilistika va tipologiya 

fanlarini o’rganishga talabani bevosita tayyorlaydi. 

“Umumiy tilshunoslik” kursi esa bitiruvchi talabalarning nazariy bilimlarini 

mustahkamlash barobarida bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlovchi 

maktab vazifasini o’taydi. 

  

Fanni o’qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 

Umumiy 


tilshunoslik 

fanini 


o’qitishda 

quyidagi 

pedagogik 

texnologiyalardan foydalaniladi:  

-

 

fan  bo’yicha  (namunaviy)  mavzular  yechimi  o’quv  dasturidagi  reja 



asosida Power Point programmasiga o’tkaziladi; 

-

 



har bir talaba mavzuning elektron HTML variantini qo’llash imkoniyatiga 

ega bo’ladi; 

-

 

ma’ruza  matnlari,  asosiy  va  qo’shimcha  adabiyotlarning  elektron 



variantlaridan mustaqil foydalanish imkoniyati yaratiladi; 

-

 



dasturdagi  mavzular  zamonaviy  texnologiya  asosida  “SLIDE” 

ko’rinishida jihozlanadi; 

-

 

informatsiyani  avtomatik  tarzda  tahlil  qilish,  o’zgartirish  va  to’ldirish 



metodi joriy qilinadi;       

-

 



ta’lim jarayoni oldindan loyihalanadi va auditoriyada talabalar bilan qayta 

ishlab chiqiladi; 

-

 

tizimli  yondashuv  asosida  talabalarning  o’qish-bilish  faoliyatini 



tasvirlaydigan ta’lim jarayonining loyihasi tuzib chiqiladi; 

-

 



ta’lim  maqsadi  real,  aniq  diagnostik  bo’lishiga  erishiladi  va  talabaning 

bilim, o’zlashtirish sifati ob’ektiv baholanadi; 

-

 

ta’lim  jarayonining  tuzilishi  va  mazmuni  yaxlitligi,  o’zaro  bog’liq  va 



o’zaro munosabatda bo’lishiga erishiladi; 

-

 



til  nazariyasi  fanining  barcha  qismlari,  tushunchalar  apparati  bazaviy 

tamoyillarini o’qitishda ta’lim shakllarini optimallashtirishga erishiladi; 

-

 

ta’lim  jarayonida  texnik  vositalar  (kompьyuter,  internet)  va  inson 



salohiyatining o’zaro ta’siri hisobga olinadi. 

 

 



 

 

 

 

Asosiy qism 

            Tilshunoslikning fan sistemasida tutgan o’rni. 

Tilshunoslik  fan  sifatida.  Nazariy  tilshunoslik.  Amaliy  tilshunoslik. 

Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.  

 

Tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari. 

Generativ 

tilshunoslik. 

Kognitiv 

tilshunoslik. 

Lingvistik 

falsafa. 

Pragmalingvistika. Matn lingvistikasi. Psixolingvistika. Etnolingvistika. Tipologik 

lingvistika.  Lingvomadaniyatshunoslik.  Kompyuter  lingvistikasi.  Ontolingvistika. 

Zoolingvistika.  Biolingvistika.  Mentalingvistika.  Lingvopoetika.  Matematik 

lingvistika. Kommunikativ tilshunoslik. Neyrolingvistika. Paralingvistika.  

 

Til – asosiy aloqa vositasi. 

Verbal  va  noverbal  muloqot.  Til  tabiati.  Til  mohiyati.  Til  vazifasi.  Til  va 

nutq. 

 

Til va tafakkur. 



Til va tafakkur munosabati. Til va tafakkur lingvistik muammo sifatida. Til 

tafakkur quroli va vositasi. Psixolingvistika.  

 

Til va jamiyat. 

Til  va  ijtimoiy  tafakkur.  Til  va  madaniyat.  V.  fon  Gumbolьdt  va 

lingvomadaniyatshunoslik.  Sepir-Uorfning  lingvistik  nisbiylik  nazariyasi.  Tilning 

ijtimoiy tabaqalanishi. Sotsiolingvistika. Bilingvizm va diglossiya.  

 

Tilning kelib chiqishi. 

Tilning  kelib  chiqishi  haqidagi  farazlar.  Kishilik  jamiyati  va  til  haqidagi 

nazariyalar.  

Fonetika 

Nutq  tovushlari  tilning  tabiiy  materiali  sifatida.  Nutq  tovushlarining akustikasi 

va  artikulyatsiyasi.  Nutq  tovushlarining  tasnifi.  Vokalizm  va  konsonantizm.Unli 

tovushlarning tasnifi. Nutqning fonetik bo’linishi: jumla (fraza), takt, bug’in, tovush. 

Enklitika va enkliza hodisasi. Proklitika va prokliza hodisasi. Bo’g’in va uning turlari. 

Intonatsiyaning  vazifasi.  Urg’u  va  uning  turlari.  Nutq  tovushlarining  o’zgarishi. 

Reduktsiya.  Nutq  tovushlarining  pozitsion  va  kombinator  o’zgarishlari.  Fonema 

tushunchasi va uning tovushdan farqi. 

 

Leksikologiya 

 

So’z  leksikologiyaning  o’rganish  ob’ekti  sifatida.  So’z  va  leksema.  Leksik 

ma’no  va  uning  turlari.  Leksik  ma’noning  kengayishi  va  torayishi.  So’zlarning 

ma’no  munosabatiga  ko’ra  turlari.  Ko’p  ma’nolilik.  Metafora.  Metonimiya. 

Sinekdoxa.  Omonimiya.  Sinonimlar.  Antonimlar.  Tabu  va  evfemizmlar. 

Etimologiya  va  “xalq”  etimologiyasi.  So’z  yasash.  Terminologiya.  Idiomalar. 

Frazeologiya. Tilning lug’at tarkibi. Leksikografiya.  

 


Grammatika 

 

Grammatika.  Morfologiya.  Morfema  va  uning  turlari.  Tilning  grammatik 

usullari.  Affiksatsiya.  Agglyutinatsiya  va  fuziya.  So’zning  morfologik  va 

etimologik tarkibi. Tovush almashishlari va ichki fleksiya. Takror (reduplikatsiya). 

So’z qo’shilishi. Gapda so’z tartibi. Urg’u ko’chirish. Yordamchi so’zlar. Ohang. 

Suppletivizm.  Tillarning  sintetik  va  analitik  qurilishi.  Grammatik  kategoriyalar. 

So’z  turkumlari.  Sintaksis.  Tilning  sintaktik  birliklari.  Sodda  gap  tarkibida 

sintagmalar.  Gap.  Gap  turlari.  Gap  bo’laklari.  So’z  birikmalari  va  ularning 

bog’lanish usullari. Gapning aktual bo’linishi.  

 

 

 

Yozuv. 

Yozuv  haqida  umumiy  tushuncha.  Yozuvning  rivojlanish  bosqichlari. 

Alfavit. Grafika. Orfografiya. Yozuvning maxsus turlari.  

 

Tillarning o’zaro hamkorligi va rivojlanish qonuniyatlari. 

Lisoniy  tabaqalanish  va  qarindosh  tillarning  tashkil  topishi.  Elatlar  tili. 

Milliy tillarning rivojlanishi. Tilning ichki va tashqi qonuniyatlari.  

 

Adabiy tillar. 

Adabiy  til  -  til  mavjudligining  oliy  ko’rinishi.  Adabiy  tillarning  tipologik 

farqlanishi. Adabiy tilning milliy-tarixiy omillari.  

  

Tillar tasnifi. 

Tillarning  genealogik  tasnifi.  Tillarning  tipologik  (morfologik)  tasnifi. 

Lingvistik tipologiya. 



Til – belgilar sistemasi. 

Belgi  va  belgilar  sistemasi  tushunchasi.  Semiotika.  Tilda  “sistema”  va 

“struktura” tushunchalari. Belgilar sistemasining turlari.  

 

Til sathlari va uning birliklari. 

Til  sathlari.  Fonologik  sath.  Morfemik  sath.  So’z  yasalishi.  Leksik  sath. 

Morfologik sath. Sintaktik sath. Gap. 

 

Lingvistik tadqiqot metodlari. 

Tasviriy  metod.  Qiyosiy-tarixiy  metod.  CHog’ishtirish  metodi.  Distributiv 

tahlil  metodi.  Bevosita  ishtirokchilarga  ajratish  metodi.  Transformatsion  tahlil 

metodi.  Oppozitsiya  metodi.  Komponent  tahlil  metodi.  Stilistik  tahlil  metodi. 

Statistik metod. Avtomatik tahlil metodi. Tipologik tahlil metodi.  

 

 

 

 

 


Tilshunoslik tarixi. 

Qadimgi Hind tilshunosligi. Qadimgi Gretsiya va Rim tilshunosligi. Platon. 

Arastu grammatikasi. Stoiklar ta’limoti (eramizdan oldingi III-I asrlar). Falsafiy va 

grammatik  davrlar.  Qadimgi  Rim  tilshunosligi.  O’rta  asrlarda  Yevropa 

tilshunosligi  (476-1492).  Arab  tilshunosligi.  Yevropada  uyg’onish  davri 

tilshunosligi  (XV-XVIII  asrlar).  Umumiy  ratsional  grammatika  (Por-Royalь). 

Slavyan  mamlakatlarida  tilshunoslik.  XIX  asr  rus  tilshunosligi  F.I.  Buslaev,  A.A. 

Potebnya.  Qiyosiy-tarixiy  tilshunoslik.  Komparativistika  davrlari.  V.  fon 

Gumbolьdtning  tarixiy-falsafiy  kontseptsiyasi.  Til  antinomiyalari.  Til  faoliyat 

sifatida.  Til  –  xalq  ruhi.  Tillarning  rivojlanish  bosqichlari.    “Yosh 

grammatikachilar” maktabi. Leyptsig to’garagi. Moskva maktabi. Qozon maktabi. 

F.  de  Sossyur  lingvistik  nazariyasi.  Strukturalizm.  Praga  lingvistik  maktabi. 

Daniya  strukturalizmi  (glossematika).  Amerika  struktaralizmi  (deskriptiv 

lingvistika).  SHo’ro  davri  tilshunosligi.  Hozirgi  zamon  tilshunosligi.  XX  asr 

tilshunosligining  yetakchi  yo’nalishlari.  Generativ  tilshunoslik.  Kognitiv 

tilshunoslik. 

Lingvistik 

falsafa. 

Pragmalingvistika. 

Matn 


lingvistikasi. 

Psixolingvistika. 

Etnolingvistika. 

Tipologik 

lingvistika. 

Lingvomadaniyatshunoslik. 

Kompyuter 

lingvistikasi. 

Ontolingvistika. 

Zoolingvistika.  Biolingvistika.  Mentalingvistika.  Lingvopoetika.  Matematik 

lingvistika. Kommunikativ tilshunoslik. Neyrolingvistika. Paralingvistika. 

 

Tillar tasnifi 

 

Dunyo  tillari.  Tillar  tasnifi.  Tillarning  genealogik  tasnifi.  Tilshunoslikda 



qiyosiy-tarixiy  metod.  Tillarning  tipologik  (morfologik)  tasnifi.  Areal  tasnif. 

Tillarning  hududiy  bo’linishi.  Bilingvizm.  Interferentsiya  hodisasi.  Funktsional 

tasnif. Xalqaro tillar. 

 

Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar 

1.

 

Tilshunoslik  fani  haqida  muloqot  yuritish.  Nazariy  va  amaliy 



tilshunoslik muammolarini o’rganish. 

2.

 



Tilshunoslikni zamonaviy yo’nalishlari  bilan birgalikda lingvistika va 

boshqa fanlar sintezida dunyoga kelgan fanlarning vazifasini o’rganish. 

3.

 

Verbal  va  noverbal  muloqot  vositalarini    farqlash.  Til  mohiyati  va 



vazifasini o’rganish. Til va nutq munosabatini izohlash. 

4.

 



Til 

va 


tafakkur 

munosabatini 

tavsiflash. 

Psixolingvistika 

muammolarini yechimini topish. 

5.

 



Tilning kelib chiqishi tarixi va gipotezalari haqida ma’lumot to’plash. 

6.

 



Yozuv  tarixi  shajarasini  tuzish.  Yozuvning  rivojlanish  bosqichlarini 

jadval  asosida  o’rganish.  Dunyo  tillari  alfavitining  sistemasini  tuzish.  Grafik  va 

orfografik  qonun-qoidalar  bilan  tanishish.  Yozuvning  maxsus  turlariga  misollar 

keltirish. 

7.

 

Lisoniy  tabaqalanish  muammolarining  yechimini  topish.  Qarindosh 



tillarning  tashkil  topishini  aniqlash  metodlari  bilan  tanishish.  Elat  va  millat  tillari 

shajarasini yaratish. Tilning ichki va tashqi qonunlarini ajratib  o’rganish. 



8.

 

Adabiy  til  me’yorlari  tartibini  o’rganish.  Adabiy  tillarni  tipologik 



farqlash xaritasini tuzish.  

9.

 



Tillarning genealogik tasnifining ilk g’oyalari bilan tanishish. Dunyo 

tillarning  genealogik  shajarasini  tahlil  qilish.  Morfologik  tasnif  asosida  mashqlar 

bajarish. Tillarni hududiy va funktsional tipologiya asosida jadvalga joylashtirish. 

10.


 

Tildagi  belgilarini  bir  biriga  qiyoslash.  Semiotika  fani  vazifasini 

o’rganish. Belgilar sistemasi turlarini misollar orqali izohlash. 

11.


 

Til  sathlari  o’rtasidagi  munosabatni  tahlil  qilish.  Bir  sathga  va  turli 

sathga mansub bo’lgan birliklarga misollar keltirish. Til sathlaridagi “zidlanish” va 

“izomorfizmlar”ga  oid  mashqlar  bajarish.  Fonologik,  morfemik,  leksik, 

morfologik,  sintaktik  sath  va  birliklarni  tahlil  qilish.  So’z  yasalishi  bo’yicha 

matndan misollar topish. Gap turlarini tahlil qilib, mashqlar bajarish. 

12.

 

Tilshunoslik  tarixi  bosqichlari  jadvalini  yaratish.  Tilshunoslik  tarixi 



namoyandalari va ta’limotlari bilan tanishish. Tilshunoslik tarixidagi yo’nalish va 

maktablar  faoliyatini  tahlil  qilish.  Tilshunos  olimlar  lingvistik  ta’limotlariga  izoh 

bera olish.  

 

Mustaqil ishlarni tashkil etishning 



shakli va mazmuni 

Talabaga  mustaqil  ishni  tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlarini  hisobga 

olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

- darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularini o’rganish. Bunday ish 

natijalari  seminar,  kollokviumlarda  hamda  referatlar  va  individual  berilgan 

topshiriqlar orqali tekshiriladi

- tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. Bunda o’qituvchi 

asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Bunday 

ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi; 

-  o’qitish  va  nazorat  qilishning  avtomatlashtirilgan  tizimlari  bilan  ishlash.  Bu 

usul  ma’ruza  mashg’ulotlari  hamda  seminar  mashg’ulotlarga  tayyorgarlik  ko’rish 

jarayonida qo’llanishi mumkin; 

-  fanning  boblari  va  mavzulari  ustida  ishlash.  Bu  maxsus  va  ilmiy  adabiyot 

(monografiya,  maqolalar),  referatlar,  kurs  ishlari,  bitiruv  malakaviy  ishlarini bajarish 

chog’ida amalga oshiriladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi; 

-  til  nazariyasi  fanining  qoidalarini  mustahkamlash  bo’yicha  manbalarni 

o’rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish barcha semestr davomida bajariladi va reyting 

tizimida baholanadi; 

- fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar 

ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha semestr davomida amalga 

oshiriladi va reyting tizimida baholanadi; 

-  talabalarning  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog’lik  holda  fanning 

muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish; 

-  avtomatlashtirilgan  o’rgatuvchi,  nazorat  qiluvchi  tizimlar  bilan  ishlash.  Bu 

ma’ruza  mashg’ulotlari  doirasida  ham,  seminar  mashg’ulotlariga  tayyorgarlik 

doirasida ham olib boriladi; 



- masofaviy ta’lim yordamida talaba ma’ruza va seminar mashg’ulotlari uchun 

qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, shuningdek, talaba tomonidan bajarilgan 

individual topshiriqlarni baholash amalga oshirilishi mumkin. 

 

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari. 

1.  Til aloqalari: bilingvizm va diglossiya. 

2.

 

Til aloqalari: interferentsiya. 



3.

 

Ingliz tili va Hind-Evropa oilasi. 



4.

 

Lingvistik tadqiqot metodlari. 



5.

 

Tilshunoslikda zamonaviy yo’nalishlar. 



6.

 

Grammatikadagi tarixiy o’zgarishlar (ingliz, nemis, ispan, frantsuz, rus 



tillari). 

7.

 



Fikr ifodalashning verbal va noverbal vositalari. 

8.

 



Kommunikativ tilshunoslik. Matn va uning turlari. 

9.

 



Yozuv taraqqiyoti bosqichlari. 

10.


 

Dunyodagi alfavit turlari. 

11.

 

Lingvistik tipologiya bo’yicha nazariyalar. 



12.

 

So’z – lingvistik belgi sifatida. 



13.

 

Til kontseptosferasini o’rganish.  



14. Dunyo tillarida sintaksisning o’ziga xos xususiyatlari. 

15. Aralash tillar: pijin va kreol tillar. 

16. Til - eng muhim aloqa vositasi. 

17. Sotsiolingvistika masalalari. 

18. Tillarning hududiy bo’linishi. Areal tasnif. 

19. Qiyosiy-tarixiy metod va tillarning genealogik tasnifi. 

20. Turli tizimli tillarda so’z yasalishi. 

 

 



 

Dasturning informatsion-metodik ta’minoti    quyidagilardan 

iborat: 

 

              Elektron ta’lim resurslari 



1.

 

 www. tdpii. uz 

2.

 

 www. pedagog. uz 

3.

 

 www. Ziyonet. uz 

4.

 

 www. edu. uz 

5.

 

 tdpu-INTRANET. Ped 

6.

 

 www. nutq. intal. ur 

7.

 

 

www.susov.ru

  

8.

 

 

www.google.uz

 

                       



 

 

 

 

    Didaktik vositalar            

            Didaktik vositalar ro’yxati beriladi. 

jihozlar  va uskunalar, moslamalar:  elektron doska-Hitachi,  

LSD-monitor, elektron ko’rsatgich (ukazka). 



        video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.     

kompьyuter   va   mulьtimediali   vositalar:   kompьyuter;   Dell tipidagi 

proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok). 



 

 

Foydalaniladigan darslik va o’quv qo’llanmalar  ro’yxati: 

Asosiy adabiyotlar: 

1.

 



Irisqulov  M.T. Tilshunoslikka kirish. T., 2009. 

2.

 



Reformatskiy. A.A. Vvedenie v yazыkoznanie. M., 2006 

3.

 



Nurmonov  A., Iskandarova SH. Umumiy tilshunoslik. T., 2007. 

4.

 



Rasulov  R. Umumiy tilshunoslik. T., 2010. 

5.

 



SHarafutdinova  N.S. Teoriya i istoriya lingvisticheskoy nauki. M., 2007. 

                     Qo’shimcha adabiyotlar: 

1.  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas  kuch. T.: Ma’naviyat, 2008. 

2.  Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. - T., 2001. 

3.  Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. - T., 2002. 

4.

 

 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. -Toshkent: Universitet, 2006. 



5.

 

  Susov I.P. Vvedenie v teoreticheskoe yazыkoznanie. Tverь, 1999. 



6.

 

Yazыkoznanie. «Bolьshoy entsiklopedicheskiy slovarь» . M., 1998. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Download 94.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling