O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


IR S IY A T   H A Q ID A   T U S H U N C H A


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

IR S IY A T   H A Q ID A   T U S H U N C H A
Tirik  m avjudotlarning  o 'z la rig a   o'x sh ash   nasllarni  bunyod  etish 
xususiyati  irsiyat  deyiladi.  Avlodlardagi  organizmning  asosiy  xossalari 
va  xususiyatlari  (tashqi  belgilar,  xarakterlar,  ya’ni  oliy  nerv  faoliyatlari) 
nasldan  naslga  o'tadi.  Ammo  tashqi  muhit  o'zgarishi  bilan  bu  ko'rsat­
kichlar  ham  o'zgarib,  nasi  o'zining  qator  xususiyatlarini  o'zgartirishi 
mumkin.
Irsiyat  organizmning 
filogenezi 
(tarixiy  rivojlanishi)da  tashqi  va 
ichki  muhit  ta’siriga  qarab  shakllanadi  va  belgi,  xususiyatlarni  nasllarga 
o'tkazadi.
Irsiy  belgilaming  nasldan  naslga  o'tish  qonun-qoidalarini  xromosoma 
nazariyasi orqali  tushuntirish mumkin. Jumladan,  hujayralaming  bo'linishida 
yadrosining  bo'linishi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Yadro  parda,  bo'yal- 
maydigan  (axromatik)  ip  va  bo'lakchalar  ko'rinishida  to 'r  orasida  jo y ­
lashgan  bo'yaluvchi  qism  (xromatin),  yadro  shirasi  (asosiy  massa)  va 
yadrochalardan  iborat.  Hujayralar  mitotik  bo'linganda  yadro  xromatini 
mitoz  to'riga  to'planadi.  Xromatinli  to 'r   asta-sekin  qalinlashib  ayrim 
bo'lakchalar (xromosomalar)ga bo'linadi.  Yadrocha yo'qolib,  o'rnida ikkita 
tuzilma  (sentriol)  paydo  bo'ladi.  Bular  yadroning  ikki  tomoniga  (qutbga)
www.ziyouz.com kutubxonasi

ajraladi.  Bu  vaqtda  yadro  pardasi  erib,  axromatik  modda hujayra protoplaz- 
masi  bilan  qo'shilib,  qattiqlashadi-da,  iplar ko'rinishidagi  sentriollar  o'rtasida 
joylashadi.  Ayni  vaqtda  har  bir  xromosoma  ikkiga  bo'linib,  juft-juft  bo'lib 
joylashadi.  Keyinchalik  xromosomalarga  birikkan  axromatinli  iplar  qisqarib, 
bir-biridan  ajralgan  xromosomalaming  yarim  bo'lakchalarini  qutblar  tomon 
tortadi.  Q utblarda  xrom osom alar  qisqarib,  ip  koptogini  hosil  qilib, 
shakllanayotgan  yangi  yadro  xromatiniga  aylanadi.
Ota-onalardan  birida nasldan  naslga o'tadigan  patologik alomatlar (qo'l 
yoki  oyoq  barm oqlarining  bir-biriga  yopishishi,  barm oqlarning  kalta 
bo'lishi, eshituv  nervining  tug'm a atrofiyasi  va b.q.)  bo'lsa,  unga dominant 
tip  deyiladi.  Ana  shunday  genni  tashuvchi  ota  yoki  ona  nikohlanganda 
avlodda  yuqorida  keltirilgan  nuqsonlar  paydo  bo'lishi  mumkin.  Shuning 
uchun  yaqin  qarindoshlardan  qiz  olib,  qiz  bermagan  m a’qul.
Nasldan  naslga  o'tadigan  retsessiv  kasallikka  sababchi  gen  yashirin 
bo'lishi  ham  mumkin.  Bunday  hollarda  yuqori  labi  va  tanglayi  tirtiq  bola 
tug ‘ilishi  ehtimoli  bor.  B a’zan  (faqat  erkaklarda)  qonning  yetarlicha 
ivimasligi  (gemofiliya)  kuzatiladi.  Bunday  kasallikka  x-xromosoma  geni 
sabab  bo'ladi.  U  nasldan-naslga  faqat  ayollar  orqali  o'tadi.  Gemofiliya 
geni  bo'lgan  x-xromosomani  tashuvchi  ayoldan  tug'ilgan  o 'g 'il  bolalar- 
ning  qariyb  50%  ida  qon  ivimaslik  kasalligi  kuzatiladi.  Bunday  kasallik 
qizlarda  uchramaydi.  Gemofiliyali  erkak  bilan  gemofiliya  geni  bo'lgan 
ayol  (qarindoshlar)  o'rtasidagi  nikohdan  tug'iladigan  bolalar  yashashga 
layoqatsiz  bo'ladi.
B a’zan  qizil  va  yashil  ranglami  farq  qila  olmaydigan  (daltonizm)  bola 
tug'iladi.  Bu  nuqson  nasldan-naslga  o'tishi  mumkin.  Bulardan  tashqari, 
tug'm a  kar-soqov  va  ruhiy  kasal  bolalar  ham  tug'iladi.
Xromosoma  kasalliklari  xromosomalar  sonining  o'zgarishi  natijasida 
paydo bo'ladi.  Gametalar yetilayotganda xromosomalardan  bir jufti  ajralib, 
urug'  hujayrasiga  qo'shilishi  yoki  aksincha,  xromosomalar  yetishmasligi 
natijasida  rivojlanuvchi  organizmning  barcha  hujayralari  buzilgan  xro­
mosomalar 
to'plam ini  tutadi.  X-xromosomaning  zigotada  bo'lm asligi 
(O)  homilani  halokatga  uchratadi.  XXU,  XO  va  XXX  hollarda  organizm 
rivojlanishida  turlicha  o'zgarishlar  bo'ladi.  Xromosomalar  kompleksining 
buzilishi  jinsiy  xromosomalargagina  emas,  balki  ularning  har  bir  juftiga 
ham  bog'liq.
Ba’zida,  bemorlar  organizmining  hujayralarida 46  o'rniga 47  xromosoma 
bo'lganda 
21-juft  xromosomalar  ajralmay  qoladi.  Bunday  paytda  Daun 
kasalligi avj olib, bolaning kallasi kichik bo'lib qolishi va aqliy zaiflik kuzatiladi. 
Xromosoma  kasalliklarining  kelib  chiqish  sabablarini  o'rganish  bilan  ular 
rivojlanishining  oldi  olinadi.  Homila  ona  qomida  surunkali  ravishda  alkogol 
va  narkotik  moddalardan  zaharlansa  yoki  ona  zaxm  bilan  og'rigan  bo'lsa,  u 
tug'm a  kasallik  (mayib-majruh,  kar-soqov,  yurak  porogi  va  b.q.)  bilan 
tug'ilishi  mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Odam  gavdasi  (organizm)  hujayralar,  to'qim alar,  a’zolar  va  suyuq 
tarkibiy  qismlardan  tuzilgan  bir  butun  murakkab  sistema  bo'lib,  tashqi 
muhit  bilan  chambarchas  bog'langan.  Ana  shunday  organizmdagi  nerv 
sistemasi  a’zolarning  funksiyalarini,  hatto suyuq  sistema  (gumoral  sistema) 
ishini  ham  boshqarib  boradi.  Binobarin,  nerv  sistemasi  organizmning 
hamma  qismlariga,  to'qim alarga  tarqalgan  tolalari  bilan  ularni  o 'zaro 
bog'lab,  bir  butunligini  va  organizmning  tashqi  muhit  bilan  aloqasini 
ta’minlaydi.  Demak,  organizm  hamma  vaqt  o'sib,  o'zgarib,  ko'payib  tu­
radigan,  o'zini  o 'rab   olgan  muhitga  moslashgan  va  shu  muhitsiz  yashay 
olmaydigan  oliy  tabaqadagi  oqsil  moddalarning  murakkab  birikmasidan 
iborat.  Organizm  tashqi  muhitsiz  o'zicha  mustaqil  holda  yashay  olmaydi. 
Organizm  hayotida  bosh  miya  va  uning  tarmoqlari  muhim  rol  o'ynab, 
mavjud  sharoitga  moslashish  va  fikr  qilish  qobiliyatiga  ega  bo'lgan 
sistemadir.
HUJAYRANING  TUZILISH I
Hujayra  (1-rasm)  odam,  hayvon  va  o'sim liklar  organizmining  tuzili­
shi  negizi bo'lib,  hujayra qobig'i,  sitoplazma  va yadrodan  iborat.  Hujayralar 
tuzilishi  va  bajaradigan  funksiyasi  xilma-xil  bo'lib,  ulardan  eng  muhimi
—   moddalar  almashinuvi  vazifasini  bajarishidir.  Hujayra  bo'linish  yo'li 
bilan  k o 'p a y a d i.  O dam  
o r g a n i z m i d a   s h a k l  
j i h a t i d a n   k u b s i m o n ,  
silin d rsim o n ,  d u m alo q  
(sharsimon),  uzunchoq  va 
boshqa  turdagi  hujayralar 
b o 'lad i.  H ujayralam ing 14~ 
hujayra  qobig'i  (pardasi) 
unga  shakl  berib,  boshqa 
hujayralardan  ajratib  tu-
1-rasm.  Hujayraning  tuzilishi 
sxemasi.
I  -   h u jayra  q o b ig ' i;  
2 -  
g ia lo p la z m a ;  3  -   h u ja y ra  
ichidagi  iplar;  4  -   y o g ‘simon 
tanachalar;  5,  6 -  ergastoplaz- 
ma  va  uning  q o b ig 'i;  7 -  
ribosomalar;  8 -  yadro;  9 -  
yadro qobig'idagi  teshikchalar;
10
- yad ro  q o b ig ' i;  
I I -  
yadrochalar;  12  -  to'r  parda;
13 -  mitoxondriy;  14 -  hujayra 
markazi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

radi.  Hujayra  qobig'i  uch  qavat  (tashqi  va  ichki  oqsil  qavat  hamda  o'rta 
qavat  -   lipid)  dan  tashkil  topgan.  Yadro  sitoplazmadan  yadro  pardasi 
bilan  ajralib  turadi.  Sitoplazma  yarim  tiniq  kolloid  suyuqlikdan  iborat.
Sitoplazmadagi  organoidlar  (hujayra  qismlari)  ga  mitoxondriylar  yoki 
xondrisomalar,  hujayra 
ichidagi  endoplazmatik  (donador  va  donasiz) 
to 'r  parda,  hujayra  markazi,  ergastoplazma,  ribosoma,  lizosoma,  Golji 
to 'r apparati  va vakuolalar kiradi.  Bulardan  tashqari,  hujayrada turli  hujayra 
ichki  kiritmalari  (yog',  pigment,  glikogen)  ham  bo'lishi  mumkin.
Donali  endoplazmatik  to 'r  devorida  ribosoma  (polisoma)lar  joylash­
gan  bo'lib,  oqsil  biosintezi  amalga  oshsa,  donasiz  to'rda  uglevod  va 
yog'lar  harakat  qiladi.
Hujayra  yadrosi  —   hujayra  markazida  shar  yoki  ellips  shaklida  joyla- 
shib,  sitoplazmadan  yadro  pardasi  bilan  ajralib  turadi.
Yadro  tarkibida  yadro  pardasining  ichki  yuzasiga  yopishib joylashgan 
yadro  to'ri  bo'lib,  bo'yoqlar  bilan  yomon  bo'yaladi.  Shuning  uchun  ular 
axromatin  moddalar  deb  ataladi.  Yadro  to'rining  oraliqlarida  turli  hajm­
dagi  zarrachalar  bo'lib,  yadro  bo'yalganda  tiniq  ko'ringani  uchun  xroma- 
tin  donalari  deyiladi.  Yadro  ichida  bir-ikkita  yadrochalar  ham  bo'ladi.
Hujayra  sitoplazmasida  uning  doimiy  qismlari  —   organoidlar  bo'lib, 
shular  orqali  hujayra  o 'z   vazifasini  bajaradi.  Bulardan  tashqari,  hujayra 
sitoplazmasida  maxsus  va  umumiy  organoidlar  ham  bo'ladi.
Umumiy  organoidlarga  mitoxondriylar,  hujayra  ichi  Golji  apparati, 
hujayra  markazi  kiradi.
Mitoxondriylar  ko'pincha  qo'shaloq,  zich  joylashgan,  pardali  tayoq- 
chasimon  shaklda,  ba’zan  alohida  zarrachalar  yoki  zanjir  shaklida  b o 'la­
di.  Mitoxondriy  pardasining  ichki  yuzasidagi  to'siqlar  (krista)  mitoxond- 
riylarni  bo'shliq  (matriks)  larga  ajratadi.  Mitoxondriylarda,  asosan,  uch 
xil  jarayon  bajariladi:  elektronlar  hosil  bo'ladi,  ATF  sinlezlanadi  va 
oqsillarning  qaytarilish  reaksiyasi  ro 'y   beradi.
Hujayra  ichi  to 'r  apparati,  y a’ni  G o l j i   a p p a r a t i   maxsus  bo'yoq 
bilan  bo'yalgan  preparatlarda  nozik  iplardan  to'qilgan  xaltachalarga yoki 
to'rg a  o'xshab  ko'rinadi,  xaltachadan  naychalar  boshlanib,  pufakchalar 
holida tugaydi.  Golji  apparatining  turli  shakldagi  ko'rinishi  organizmning 
barcha  hujayralarida  uchraydi  va  u  m oddalar  almashinuvida,  ayniqsa 
hujayraning  ajratish  funksiyasida  muhim  rol  o'ynaydi.
Hujayra  markazi  yoki  s e n t r o s o m a   ancha  yirik  sharsimon  tanadan 
iborat bo'lib,  ko'pincha yadro yaqinida joylashadi.  Hujayralaming  bo'linib 
ko'payishida  asosiy  rol  o'ynaydi.
Maxsus  o r g a n o i d l a r   —  hujayralaming  o'ziga  xos  maxsus  vazifa­
lariga  tegishli  organoidlar.  Ular  nerv  hujayrasida  impulslami  o'tkazish 
uchun  xizmat  qiladigan  neyrofibrillar  bo'lsa,  silliq  muskul  hujayralaridan 
miofibrillar  tayanch  vazifasini  bajaradi,  epiteliy  hujayrasidagi  tonofibril-
www.ziyouz.com kutubxonasi

lar  va  ko‘ndalang-targ‘il  muskul  hujayradagi  qisqaruvchanlik  vazifasini 
bajaradigan  tolalar  ham  hujayralaming  maxsus  organoididir.
Hujayra  ichida  ikki  xil  kiritmalar  bo‘ladi:
1) 
trofik  kiritmalar oqsil  moddalar,  yog‘,  glikogen,  vitaminlardan  iborat 
bo'lib,  hujayralaming  sitoplazma  qismida  to'planadi  va  ularni  oziqlanti- 
rish  uchun  xizmat  qiladi;  2)  ekskretor  va  pigment  kiritmalar  yoki  tanadan 
chiqib  ketadigan  kiritmalar.
H ujayralam ing  m itoz 
usulida  bo'linishidan  hosil  bo'ladigan  qiz 
hujayralarda xromosomalar soni doimo bir xil turadi.  Mitoz usulida bo'linish 
qonuniyatlari  barcha  hujayralar  uchun  umumiydir.  Jumladan,  odamning 
somatik  hujayralarida  xromosomalar  46  ta  bo'lsa, jinsiy  hujayralarda  ular 
soni  ikki  baravar kam.  Ammo  ikki jinsiy  hujayra bir-biri  bilan  qo'shilganda 
odamning  umumiy  xromosom alar  soni  46  ta  bo'ladi.  Shunday  qilib, 
urug'langan  jinsiy  hujayraning  organizmning  shakllanishi  bilan  tugaydi- 
gan  to'xtovsiz  ko'payishi  boshlanadi.  Xromosomalar  DNK  (dezoksiribo- 
nuklein  kislota)  va  giston  oqsilidan  tuzilgan.  Irsiy  xususiyatlar  DNK  dan 
hosil  bo'lgan  xromosoma  bo'lakchalari  (genlar)  orqali  o'tadi.  Genlarda 
qoliplardagi  kabi  informatsion  RNK  (ribonuklein  kislota)  sintez  qilinadi. 
RNK  yadrodan  hujayra  sitoplazmasiga  o'tib,  oqsil  sintezi  uchun  kerak 
bo'lgan genlar strukturasining  xususiyatlarini yetkazadi.  Hujayralarda oqsilli 
strukturaga  ega  bo'lgan  fermentlar  bo'ladi.  Har  bir  gen  informatsion 
RNK  orqali  bitta  ferment  sintezini  boshqaradi  va  shu  ferment  orqali 
hujayra  funksiyasiga  ta’sir  ko'rsatadi.  Shunday  qilib,  hujayra  funksiyasi, 
oqsil  sintezi  va  irsiy  belgilarni  o'tkazish  DNK  —  RNK  ferment  sistemasi 
ishtirokida  bo'ladi.  Hozircha  qaysi  gen  qanday  belgilarni  o'tkazishi  aniq 
emas.
T o ' q i m a l a r   —   tarixan  shakllangan  hujayra  va  hujayrasiz  modda­
lar  b o 'lib,  tuzilishi,  shakli,  vazifasi  va  rivojlanishi  jihatidan  bir  xil 
sistemalardan  iborat.  To'qim alar  nerv  sistemasi  vositasida  tashqi  va  ichki 
muhit bilan  bog'langan  holda faoliyat ko'rsatadi.  Shunday  qilib,  evolutsion 
taraqqiyot  davomida  organizm da  tashqi  va  ichki  muhitga  moslangan 
to'qim alar  paydo  bo'ladi.  Bu  xildagi  to'qim alar  organizmda  moddalar 
almashinuvi  va  uni  muhofaza  qilish  vazifalarini  bajarishga  moslashadi. 
Maxsus  to'qim alar  (muskul  va  nerv  to'qim alari)  ham  mavjud.  Muskul 
to'qimalari  organizmni  harakatga  keltirishga xizmat qilsa,  nerv  to'qim alari 
ularni  o 'z a ro   funksional  birlashtiradi,  tashqi  m uhit  bilan  aloqasini 
ta’minlaydi.
Shunday  qilib,  odam  organizmi  to 'rt  xil  to'qim adan  tashkil  topgan:  1) 
sirtqi  (qoplovchi)  yoki epiteliy to'qimasi;  2)  ichki yoki biriktiruvchi to 'q im a ^ -
3)  muskul  to'qim asi;  4)  nerv  to'qim asi. 
;
TO 'Q IM A LAR
www.ziyouz.com kutubxonasi

1. 
E p  i t e l  i у  t o ' q i m a s i ,   asosan,  hujayralardan  tuzilgan  bo'lib, 
teri  ustida  va  ovqat  hazm  qilish  a’zolari  shilliq  qavatining  ustki  qismida 
joylash g an,  em brionning  tashqi  (teri  usti)  qavati  (ektoderm a)  dan 
rivojlangan.  Ovqat  hazm  qilish,  nafas  va  siydik-tanosil  a’zolaridagi  shilliq 
qavatlar ustini  qoplagan  epiteliy esa embrionning  ichki  qavati  (endoderma) 
dan  taraqqiy  etadi.  Embrionning  o 'rta   qavati  (mezoderma)  dan  seroz 
pardalar  epiteliysi  (mezoteliy)  rivojlanadi,  mezoteliy  epiteliysidan  plevra, 
yurak  xaltasi,  qorin  parda  vujudga  keladi.  Mezenximadan  esa  qon  va 
limfa tomirlarining  ichini  qoplab  turuvchi  qavat,  miya pardalari  va sinovial 
bo'shliq  devorini  ichidan  qoplovchi  qavat  (endoteliy)  taraqqiy  etadi.
Epiteliy  yassi,  silindrik  hamda  kubik  shaklli  bo'lib,  bir  va  bir  necha 
qavat  bo'lib joylashadi  (2-rasm).  Nafas  va tanosil  a ’zolaridagi  epiteliyning 
vorsinka  (kiprik)lari  bo'ladi  va  ular  tebranuvchi  epiteliy  deb  ataladi.
Epiteliylar sharoitga 
m oslashib  o 'z g a ra d i. 
Masalan,  epidermisdan 
soch,  tirnoq  vujudga 
keladi,  ohak  moddasi 
to'planib,  tishning emal 
qismiga,  yog'  moddasi 
t o ' p l a n i b  
y o g '  
b e z la rig a   a y l a ni s h i  
mu mk i n .  
B e z la r  
turlicha  tuzilishga  ega 
bo'lishiga qaramasdan, 
organizm da  sek reto r 
v a z ifa s in i  b a ja r a d i. 
Ular  sekret  ishlab  chi­
qaradigan  h u jay ra la r 
y ig 'in d isid a n   tashkil 
topgan.  Bezlar  ishlab 
chiqaradigan  gorm on 
(shira)lar  organizmning  hayotiy  jarayonida  muhim  rol  o'ynaydi.  Shuning 
uchun  bezlar  bajaradigan  vazifalariga  qarab  joylashgan.  C hunonchi, 
bezlarning bir qismi  (quloq oldi, jag '  osti  va til  osti  bezlari)  og'iz bo 'sh lig 'i 
atrofida  mustaqil  joylashgan  bo'lsa,  boshqalari  (hazm  a ’zolari  devoridagi 
bezlar)  a ’zolar  tarkibida  joylashgan.  Bezlarning  asosiy  qismi  epiteliydan 
rivojlangan  bo'lsa,  qolgan  qismi  (epifiz  hamda  gipofizning  orqa  bo'lagi 
va  buyrak  usti  m ag'iz  qismi)  esa  nerv  to'qim asidan  vujudga  keladi.
Organizmdagi  barcha  bezlar  shira  ishlab  chiqarishiga  qarab  uch  guruh 
(ekzokrin, endokrin  va aralash bezlar)  ga bo'linadi.  Ekzokrin  bezlar (tashqi 
sekretsiya  bezlari)  ishlab  chiqargan  shira  (sekret)  larini  chiqarish  yo'llari 
orqali  turli  bo'shliqlarga  yoki  tashqariga  chiqaradi.  Jum ladan,  o g 'iz
-  
и г ~   '  
H1
2-rasm.  Epiteliylarning  tuzilish  sxemasi.
A  -  bir qavatli  silindrsimon  epiteliy:  В -  bir qavatli  kubsimon 
epiteliy;    -   bir  qavatli  yassi  epiteliy;  E  -   ko'p  qatorli 
epiteliy;  F-   ko'p  qavatli  epiteliy;  G  -   ko'p  qavatli  yassi 
epiteliy;  H  -   a'zolar  hajmi  kengaygan  vaqtdagi  epiteliy;
W,  -  a'zolar  hajmi  toraygan  vaqtdagi  epiteliy.
www.ziyouz.com kutubxonasi

b o 'sh lig 'i  atrofida  joylashgan  so'lak  bezlari  o 'z  sekretini  maxsus  yo'llar 
orqali  og'iz  bo'shlig'iga  quyadi.  Ter  ishlab  chiqaruvchi  bezlar  esa  teri 
yuzasiga  chiqaradi.  Hazm  a ’zolari  sistemasi  devorida joylashgan  bez  sek- 
retlari  ana  shu  a ’zolar  bo'shlig'iga  quyiladi.  Ekzokrin  bezlar  qaysi  a ’zo 
tarkibida  joylashganiga  qarab  turlicha 
funksiyani  bajaradi.  Jumladan, 
ovqat hazm qilish a’zolari tarkibidagi bezlar ovqat mahsulotlarini parchalash 
va  ularning  shimilib,  hazm  bo'lish  jarayonini  ta’minlash  uchun  kerak 
bo'lgan  sekret  ishlab  chiqaradi.  Aksariyat  ekzokrin  bezlar  k o 'p   hujayrali 
bo'lsa-da,  ular  joylashgan  o'rni,  tuzilishi  va  sekret  ajratish  usuli  hamda 
uning  kimyoviy  tarkibi  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Bezlar  ishlab  chiqa­
radigan  sekretining  tarkibiga  qarab  shilimshiq  (nafas  yo'llarida  joylash­
gan  bezlar)  ishlab  chiqaradigan  bezlar,  seroz  (tiniq)  suyuqlik  (quloq  oldi 
bezi)  ishlab  chiqaradigan  bezlar,  oqsil  -   shilimshiq  ishlab  chiqaradigan 
bezlar  (til  va ja g '  osti  bezlari),  aralash  bezlar  va  yog'  bezlariga  ajratiladi. 
Nafas  yo'llari  va  ichak  epiteliysida joylashgan  bezlar  qadahsimon  hujay- 
ralardan  tuzilgan  bo'lib,  shilimshiq  ishlab  chiqaradi.  K o'p  hujayrali  bez­
larning  sekret  ishlab  chiqaradigan  qismi  va  chiqarish  yo'li  bo'ladi.  Bez- 
ning  sekret  ishlab  chiqaradigan  qismi  sekret  ishlaydigan  hujayralardan 
tuzilgan.
Endokrin  bez  shiralari  (gormonlar)  chiqarish  yo'llari  bo'lm aganligi- 
dan  to 'g 'rid a n -to 'g 'ri  qon  va  limfaga  shimiladi,  bunday  bezlar  ichki 
sekretsiya  bezlari  deb  ataladi.  Ular  gipofiz,  epifiz,  qalqonsimon  bez, 
qalqonsimon  bez  oldi  bezlari,  ayrisimon  bez,  buyrak  usti  bezlari,  m e’da 
osti  bezining  Langergans  orolchalari,  jinsiy  bezlar  bo'lib,  ular  ajratgan 
gormonlar  qonga  shimilib  butun  organizmga  tarqalib,  barcha  a’zo  hamda 
to'qimalardagi  moddalar  almashinuvi  jarayonlarini  tartibga  solishda  faol 
ishtirok  etadi,  organizmning  o'sish  va jinsiy  takomillashuvini  boshqaradi.
Aralash bezga m e’da osti  bezi  misol  bo'la oladi.  Bu  bez ishlab chiqargan 
asosiy  shira  maxsus  yo 'l  orqali  o 'n   ikki  barmoq  ichakka  quyilsa  (bezning 
ekzogen  qismi),  Langergans  orolchalaridan  ajralgan  gormon  (bezning 
endokrin  qismi)  qonga  shimiladi.
Bezlar  bir  va  k o'p   hujayrali  bo'ladi.  Bir  hujayrali  bezlar  naysimon 
shaklda  tuzilgan;  sekret  yig'ilganda  kolba  (qadah)  shakliga  o'xshab,  tubi 
kengayadi.  Sekret tashqariga chiqarilgandan  so'ng yana o'z  shakliga qaytadi. 
K o'p  hujayrali  bezlar  chiqarish  naylarining  oxirgi  qismi  odatda  shoxlangan 
bo'lib,  uning  atrofida  bez  hujayralari  joylashgan.  Hujayralaming  sekretlari 
chiqarish nayining shoxchalariga ochilib, oxiri  umumiy chiqarish yo'li orqali 
bo'shliqqa  quyiladi.
Bezlar  sekret  ishlab  chiqarish  xususiyatiga  qarab  merokrin,  apokrin 
va  golokrin  turlarga  bo'linadi.  Organizmda  merokrin  bezlar  birmuncha 
ko'proq  bo'lib,  ular  o 'z   sekretlarini  hujayra  sitoplazmasini  yemirmasdan 
ajratadi.  A pokrin  bezlar  (sut  va  ter  bezlari)  esa,  aksincha,  hujayra 
sitoplazmasining  qisman  yemirilishi  hisobiga  sekret  ajratadi.  Yemirilish
www.ziyouz.com kutubxonasi

k o 'p in c h a   sek ret  h u jay rasin in g   u chid a  sod ir  b o 'lib ,  yangi  sekret 
to'plaguncha  yana  tiklanadi.  G olokrin  bezlar  (y og '  bezlari)  sekreti 
hujayralaming  yemirilishi  hisobiga  ajraladi.
2. 
B i r i k t i r u v c h i   t o ' q i m a l a r   —   organizmning  ichki  qismida 
joylashgan  bo'lib,  tashqi  muhit  bilan  bevosita  aloqada  bo'lm aydi.  Bu 
xildagi  to'qim alarga mezenxima kurtagidan  rivoj  topgan  uch  xil  to'qim ani 
kiritish  mumkin:
1)  qon  va  limfa  to'qim alari  organizmni  himoya  qilish  va  oziqlantirish 
(trofik)  vazifasini  bajaradi.  Qonning  suyuq  qismi  —   qon  plazmasi  va 
shaklli  elementlardan iborat.  Qon  plazmasidagi  yog',  uglevod,  oqsil,  mineral 
tuzlar  rangsiz  va  yopishqoq  bo'ladi.  Qonda,  asosan,  uch  xil  shaklli 
elementlar  bor:
a)  eritrositlar  —   qizil  qon  tanachalari  1  mm1  qonda  o'rtacha  45000—  
5  000000  dona  bo'ladi;
b)  leykositlar  —   oq  qon  tanachalari  1  mm3  qonda  o'rtacha  4000 — 
10  000  dona  bo'ladi;
d)  trombositlar —  qon  plastinkalari,  bir-biriga tez yopishadigan,  rangsiz 
va  eritrositlarga  nisbatan  uch-to'rt  marta  kichik  tuzilmalar.
2)  limfa  suyuqligi  —  qon  singari  plazma  va  shaklli  elementlardan 
iborat  bo'lib,  tarkibida  eritrositlar  bo'lmaganligidan  rangsiz.  Qon  va  limfa 
holatidagi  oraliq  modda  bilan  birga  organizmda  moddalar  almashinuvi 
jarayonini  ta’minlaydi.
3)  retikula  to'qim alari  o'zaro  birlashib,  chalkashib  tuzilgan  to'rsim on 
hujayralardan  iborat  bo'lib,  ularning  turlari  orasida  limfositlar joylashgan 
va  limfoid  to'qim alarni  hosil  qiladi.
4)  biriktiruvchi  to'qimalar  hujayralararo  oraliq  moddalari  ko'proq  bo'lishi 
bilan  farqlanadi.  Bu  xildagi  to'qimalar  tarkibida  amorf  (ma’lum  tuzilishga 
ega  bo'lmagan)  moddalar,  kollagen  hamda  elastik  tolalar  bo'ladi  (3-rasm).
Biriktiruvchi  to'qim a  quyidagi  turlarga  bo'linadi.
Yumshoq  (shakllanmagan)  biriktiruvchi 
to'qim a  —  fibroblastlar  (yapaloq,  sershox 
hujayralar) dan  tashkil topgan bo'lib,  boshqa 
turdagi  to'qim alarni  bir-biriga  bog'laydi, 
a’zolar  tarkibidagi  bo'shliqlam i  to'ldiradi.
Y o g '  
t o ' q i m a s i   (4-rasm)  proto- 
plazmasida  yog'  tomchilari  bo'lgan  shar 
shaklidagi hujayralardan  iborat bo'lib,  orga­
nizmda  charvi  sifatida  (qorin  bo'shlig'ida) 
teri  ostida,  buyrak  atrofida,  ko'z  kosasi  va 
boshqa joylarda  uchraydi.  Ular  o'zaro  bir­
lashib,  yog'  parchasini  hosil  qiladi.  Yog'
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling