O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm.  Uchta  embrion  varaqlaridan


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

14-rasm.  Uchta  embrion  varaqlaridan 
rivojlangan  a'zolar. 
1
-ekloderma;  11-endoderma,  III-mezo- 
derma;  a  -   ichaklar  va  bezlar;  b  -  
suyaklar  va  qon  tomirlar;  d -  nervlar 
va  teri  epiteliylari.
www.ziyouz.com kutubxonasi

tuklar,  teri  bezlari,  burun,  o g ‘iz  va  orqa  chiqiruv  teshigi  shilliq  qavatining 
epiteliy si,  nerv  sistemasi  va  sezgi  a’zolarining  epiteliy lari  paydo  bo'ladi.
2.  Embrionning  ichki  varag'i  —   endodermadan  ovqat  hazm  qilish  sis­
temasi  shilliq  qavatining  epiteliysi  va  ularning  bezlari,  nafas  a ’zolarining 
talay  qismi  va  qalqonsimon,  buqoq  bezlarining  epiteliylari  hosil  bo'ladi.
3.  Embrionning  o 'rta   varag'i  —   mezodermadan  skelet  muskullari, 
seroz  bo'shliqlarining  mezoteliysi,  jinsiy  bezlar  va  buyrak  kurtaklari 
rivojlanadi.  B ulardan  tashqari,  m ezoderm aning  orqa  segm entlaridan 
biriktiruvchi  to'qim a  —   mezenxima  paydo  bo'ladi.  M ezenximadan  esa 
hamma  biriktiruvchi  to'qim alar,  shu  jumladan  suyak  va  tog'ay  to'qim ala­
ri  ham  rivojlanadi.  Embrion  rivojlanishining  dastlabki  davrlarida  mezen­
xima  kerak  bo'lgan  ovqat  moddalarini  yetkazib  beradi,  ya’ni  trofik  vazi­
fani  bajaradi.  Keyinchalik  undan  qon,  limfa,  qon  tomirlar,  limfa  tugunlari 
va  taloq  vujudga  keladi.  Embrionning  rivojlanishi  haqida  fikr  yuritganda 
uning  o'sishi  uchun  kerak  bo'lgan  moddalami  yetkazib  beradigan  tashqi 
tuzilmalami  ham  nazarda  tutish  lozim.  Jumladan,  embrion  o'zining  ko'p 
hujayrali  shar  davrida  ichki  tuguncha  (embrioblast)  va  tashqi  hujayra 
qavati  trofoblastga  ajraladi,  trofoblast  embrion  yordamida  bachadonning 
shilliq  qavatiga  asta-sekin  o'tiradi,  bunga  payvandlanish  (implantatsiya) 
deb  ataladi.  Shu  davrda  embrion  bilan  ona  tanasini  bog‘lab  turadigan  va 
embrionning  normal  o'sishi  uchun  kerakli  moddalarni  yetkazib  berib  tu­
radigan  yangi  a’zo  paydo  b o 'la   boshlaydi.  Bunga  yo'ldosh  deyiladi. 
Yo'ldosh  rivojlanib  kelayotgan  bir  paytda  embrionning  tashqi  tomonida 
bitta  bo'rtm a  paydo  bo'ladi,  chambarak  singari  buralib,  asta-sekin  tizim- 
cha  shaklini  oladi.  Shunday  qilib,  embrionni  yo'ldosh  bilan  birlashtirib 
turadigan  kindik  tizimchasi  vujudga  keladi.
Embrion  taraqqiyotining  boshlang'ich  davrida  sariq  yo'l  yoki  sariq 
tizimcha  paydo  bo'lib,  u  ichakdan  embrionning  tashqarisiga  bo'rtib  chiq­
qan  qismi  (sariq  xaltasi)  bilan  ichakni  birlashtirib  turadi.  Mezoderma 
hujayralarining  moddasi  (qorin  poyasi)  yo'l  hosil  qiladi  va  ichak  mezo- 
dermasining  alohida o 'sig 'i  —  siydik  xaltachasidan  o'sib  chiqqan  allantois 
(kolbasasimon)  ana  shu  yo'ldan  o'tib,  bachadonning  shilliq  pardasiga 
boradi.  Allantois  bilan  birga  o 'sib  chiqqan  kindik  qon  tomirlari  ham 
bachadonning  shilliq  qavatiga  boradi.  Shunday  qilib,  yo'ldoshda  qon  ay- 
lanish  vujudga  keladi  va ona bilan  embrion  o'rtasida moddalar almashinuvi 
jarayoni  boshlanadi.
O'sayotgan  embrion  ikkita  parda  bilan  o'raladi.  Ichki  parda —   amnion 
pardaning  ichi  oqsil  suyuqligi  (qog'anoq  suvi)  bilan  to'lgan  bo'lib,  unda 
embrion  qimirlab  (suzib)  turadi.  Amnionni  ust  tomondan  xorion  (kiprik 
parda)  o'ragan  bo'lib,  uning  kipriklari  ko'pchilik  sathda  yo'qoladi.  Xori- 
onning  qolgan  kiprikli  qismiga  qon  tomirlar  qo'shiladi.  Ana  shu  qismi 
yo'ldosh  hosil  bo'lishida  qatnashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Shunday  qilib,  odam  embrionining  takomillashishi  40  hafta  (10  oy) 
davom  etadi.  Bundan  dastlabki  8  haftasi  embrion  (pusht)  davri  bo'lib, 
bunda  barcha  a’zolarning  kurtaklari  paydo  bo'ladi.  Keyingi  homiladorlik
32  hafta  davom  etadi.  Bu  vaqtda  hamma  a ’zolar  takomillashib  homila 
kattalashadi.
A’ZOLAR  VA  ULAR  SISTEMASI
A ’zolar  organizmning  ajralmas  bir  qismi  bo'lib,  m a’lum  shaklga  ega. 
Ular  tarkibida,  uni  tashkil  qilgan  asosiy  to'qim alardan  tashqari  nerv,  qon 
tomirlar  va  biriktiruvchi  to'qim alar  ham  bo'ladi.  Masalan,  muskullaming 
asosi  muskul  to'qim asi  hisoblanadi.  A’zolar  organizmda  m a’lum  vazifani 
bajaradi 
va  gavdani  tashqi  muhitga  moslashtiradi.  Ular  organizmning 
evolutsion  rivojlanish  jarayonida  mavjud  m uhitga  m oslashgan  holda 
saqlanishga,  ko'payishga  va  hayot  kechirishga  moslashib,  nasldan-naslga 
o'tib boradi.  A ’zolar organizmdan tashqari  sharoitda hayot kechira olmaydi.
A’zolarning  tuzilishi  bilan  funksiyalari  doimo  bir-biriga  chambarchas 
bog'liq.  Shuning  uchun  a’zolaming  tuzilishi,  shakl  o'zgarishi  ularning 
funksiyalari  va  aksincha,  funksiyalarning  o'zgarishi  a’zolaming  hajmi  va 
tuzilishiga  ta’sir  etadi.  Bundan  tashqari,  a’zolaming  tuzilishi,  shakli  va 
vazni  jinsga  hamda  yoshga  qarab  o'zgara  boradi.
Organizmda bir  xil  vazifani  bajaruvchi  a’zolar o'zaro  birlashib,  a’zolar 
sistemasini  vujudga  keltiradi.
A ’zolar  sistemasi  tuzilishi,  vazifasi  va  shakllanishi  bilan  bir-biriga 
o'xshash  bir  qancha  a’zolami  o 'z   ichiga  oladi.
Har xil  tuzilish  va  shakllanishdagi  turli a ’zolar yoki  sistemalar birgalikda 
bir  xil  vazifani  bajaradi  va  a ’zolar  apparatini  hosil  qiladi.  Jumladan, 
harakat  a’zolari  yoki  harakat  apparati  suyaklardan  (skelet),  ularni  birlash­
tiruvchi  boylamlar (bo 'g 'im   va boylamlar)  va skelet muskullaridan  tuzilgan. 
Bu  harakat  apparati  yordamida  organizm  harakat  va  ishlash  qobiliyatiga 
ega  bo'ladi.  Bulardan  tashqari,  tayanch  va  mudofaa  vazifalarini  bajaradi. 
Jumladan,  kalla  bo'shlig'i,  ko'krak  qafasi,  umurtqa  pog'onasining  kanali 
va  chanoq  bo'shlig'ida  joylashgan  a’zolar  o 'z   funksiyasini  tashqi  muhit 
ta’siridan  xoli  bo'lgan  holda  bajaradi.
Shunday  q ilib ,  organizm   —   a ’zo lar  sistem asid an ,  a ’zolar  esa 
to'qimalardan,  to'qim alar  esa  to'qim a  elementlaridan  iborat.  Biroq  butun 
organizm ni  bir  y o 'la   o 'rg a n ish   birm uncha  qiyinligi  sababli,  odam 
anatomiyasini  ham  alohida  bo'lim larga  ajratgan  holda  o'rganiladi.  Ular 
quyidagilardan  iborat:
1.  Suyaklar  haqidagi  ilm  (osteologiya)  odam  organizmi  suyaklari 
(skelet)ni  o'rganadi.
2.  B o'g'im lar  (boylamlar)  haqidagi  ilm  suyaklarning  o'zaro  birlashuvi
—   bo'g'im lam i  o'qitadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

3.  Muskullar haqidagi  ilm  (miologiya)da skelet muskullarining tuzilishi, 
ularning  shakli  va  organizmdagi  mohiyati  o'rganiladi.
4.  Ichki  a’zolar  haqidagi  ilm  —   ovqat  hazm  qilish  a’zolari,  nafas 
a’zolari  sistemasi  va  siydik  hamda  jinsiy  a’zolar  sistemasini  o'rganadi.
5.  Qon  tomirlar  sistemasi organizmda muhim  vazifani  bajaradi. Tomirlar 
ichidagi  suyuqlik  (qon  va  limfa)  to'qimalarning  hayoti  uchun  zarur bo'lgan 
barcha  m oddalarni  yetkazib  beradi,  chiqindi  (organizm ga  kerakmas) 
moddalarni  ma’lum  a ’zolarga  olib  boradi.  Qon  tomirlar  sistemasi  yurak, 
arteriyalar,  venalar,  lim fa  tom irlari  va  kapillarlar  singari  murakkab 
tuzilmalardan  iborat.
6.  Nerv  sistemasi  bosh  miya,  orqa  miya  va  ulardan  chiquvchi  nervlar- 
dan  tashkil  topgan.  Bosh  miya  bilan  orqa  miya  markaziy  nerv  sistemasini, 
ulardan  tarqaluvchi  nervlar  —   periferik  va  vegetativ  nerv  sistemasi  tashkil 
etadi.  Nerv  sistemasi  organizmdagi  turli  a’zolaming  funksiyalarini  idora 
qiladi,  organizmni  o'rab  turgan  tashqi  muhitdan  ta’sirotlami  qabul  qilib, 
ularga  munosib  javob  qaytarish  yo'li  bilan  organizmni  tashqi  muhit  bilan 
uzviy  bogiaydi.
7.  Sezgi  a’zolari  yoki  analizatorlar  eshitish  va  muvozanat  saqlash 
a’zosi,  ko'rish,  ichki  va  tashqi  muhitdan  keladigan  turli  ta’sir  (hidlar, 
maza  bilish,  harorat,  turli  og'riq  va  h.k.)  larni  qabul  qilishdan  iborat.
8.  Ichki  sekretsiya  bezlari  gormonlari  —  maxsus  kimyoviy  tuzilmalar­
dan  iborat  suyuqlik  ishlab  chiqaradi  va  qon  orqali  organizmga  tarqatib, 
uning  faoliyatini  tartibga  solib  turadi.
ODAM  GAVDASINING  QISMLARI,  O'LCHOVLARI, 
YOSHGA  VA  JINSGA  OID  MASALALAR
Odam  gavdasi  bir  qancha  bo'laklardan  iborat.  Odam  kallasi  bo'yin 
vositasida  tanaga  qo'shilib  turadi.  Odam  gavdasi  ko'krak  qafasi,  qorin  va 
chanoq  bo'shliqlaridan,  ikki  qo'l  va  ikki  oyoqdan  iborat.  Bulardan  qo'llar 
gavdaning  yuqorisida joylashgan  bo'lsa,  oyoqlar tanaga pastdan  birlashgan.
Ko'krak qafasi  ichidagi  a’zolarning  turgan joylarini  sirtdan turib aniqlash 
uchun  bir  qancha  bo'ylam a,  tikka  chiziqlardan  foydalaniladi:
1)  o 'rta  chiziq  —   gavdaning  qoq  o'rtasidan  o'tadi;
2)  to'sh  chizig'i  —   to'sh  suyagining  ikki  cheti  bo'ylab  o'tadi;
3)  to'shning  yonbosh  chizig'i  —   ko'krak  bezi  va  to'sh  chiziqlari 
o'rtasidan  o'tadi;
4)  sut  bezi  chizig'i  —   shu  bezning  so'rg'ichi  ustidan  o'tadi;
5)  oldingi  qo'ltiq  chizig'i  —  qo'ltiqning  oldingi  qirrasidan  boshlanadi;
6)  qo'ltiq  o'rta  chizig'i  —   qo'ltiqning  o'rta  qismidan  boshlanadi;
7)  qo'ltiq  orqa  chizig'i  —  qo'ltiqning  orqa  qirrasidan  o'tadi;
8)  kurak  chizig'i  —  kurakning  pastki  burchagidan  pastga  o'tadi;
9)  umurtqa  pog'onasi  chizig'i  —  umurtqa  pog'onasining  ikki  yonbo- 
shi  bo'ylab  o'tadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Odamning 
qorin 
sohasi 
ham  ikkita  gorizontal  chiziq  vositasida 
ustma-ust  joylashgan  uchta  bo'lakka  (qavatga)  ajraladi, 
chiziqlarning 
biri  ikkala  tomondagi  to'qqizinchi  qovurg'alarning  uchlarini  birlashtiradi, 
ikkinchisi  esa  yonbosh  suyaklarining  oldingi  tomondagi  ustki  qirra  o'siq- 
larini  b ir-birig a  q o 'sh a d i.  Bu  ch iziq lar  o ‘rtasidagi  b o ‘lak lar  (eng 
yuqorisidagi)  qorin  usti,  qorin  o'rta  va  qorin  pastki  bo'lagi  deb  ataladi. 
Qorinning  uchala  bo'lagi  o 'z   navbatida  ikkita  vertikal  chiziq  vositasida 
yana uchtadan  sohaga ajraladi.  Ustki  qavatning  o'rta (markaziy)  bo'lakchasi 
to'sh  osti  va  ikki  tomondagi  bo'laklari  esa  o'ng  va  chap  qovurg'a  osti 
sohalari  deb  ataladi.  O 'rta  qavatdagi  bo'laklar  kindik  sohasi,  chap  va 
o 'ng  qorin  (bel)  sohalari  deyiladi.  Nihoyat,  uchinchi  pastki  bo'Iak  o'rtada
—  qov  sohasi  va ikkita chov  (chap va o'ng)  sohalariga bo'linadi.  Odamning 
qo'li  yelka,  tirsak,  bilak  va  panjalarga  bo'linsa,  oyoq  son,  tizza,  boldir 
va  oyoq  panjasidan  tuzilgan.
Odam gavdasining  shakllari jinsga,  yoshga,  irqqa,  naslga,  tashqi  muhitga 
qarab  aniqlanadi  va  organizm  konstitutsiyasi  turlarini  bildiradi.  Lekin 
buning  uchun  organizm  morfologiyasi  hamda  fiziologiyasi  to'g'risidagi 
dalillardan  tashqari,  gavda  va  uning  alohida  bo'laklari  hajmlarini  ham 
e ’tiborga  olish  lozim.  Bunda  gavdaning  tikka  turgan  holatdagi  uzunligi 
(bo'yi)  asosiy  rol  o'ynaydi.
Deniker  ma’lumotlariga  qaraganda,  erkak  kishining  o'ziga  xos  normal 
bo'yi  135  sm  dan  190  sm  gacha;  ba’zan  bundan  ham  bo'ychan  odamlar 
uchraydi,  ularning  bo'yi,  hatto  2,7  m  gacha  yetadi.  Ammo  yer  sharining 
hamma  qit’alaridagi  o'rta  bo'yli  odamlarning  bo'yi  o'rta  hisobda  146—  
175  sm  bo'ladi.
Odam  gavdasidagi  alohida  bo'laklarning  uzunligi  haqida  to'xtalgan- 
da,  ularning  bir-biriga  munosabatini  e ’tiborga  olish  zarur.  Biroq  k o 'p  
vaqtlardan  buyon  rasso m lar,  a n tro p o lo g lar  odam   gavdasi  alohida 
bo'laklarining  o 'zaro   munosabatini  aniqlashda  maxsus  qoidalarga  amal 
qilib  keldilar.  Organizm   alohida  bo'laklarining  katta-kichikligi  odam 
gavdasining  umumiy  uzunligiga  nisbatan  protsent  hisobida  aniqlanadi. 
Gavda  qismlarining  ba’zi  muhim  o'lcham lari  29  yoshli,  bo 'y i  170  sm 
uzunlikdagi  so g 'lo m   erkakni  o 'lch ab ,  quyidagi  jadval  tuzilgan.  Bu 
jadvalda  keltirilgan  m a’lum otlar  faqat  bitta  odamga  taalluqli  b o'lsa  ham 
katta  odam  gavdasi  alohida  qism larining  bir-biriga  m unosabatlarini 
yetarlicha  ravshan  k o 'rsata  oladi.
Yuqorida  keltirilgan  odam  gavdasining  o'lcham lari  bilan  bir  qatorda 
uning  og'irligi  ham  katta  ahamiyatga  ega  bo'lib,  o 'rta  yoshdagi  erkaklar- 
da  u  65  kg  ga  teng.
J i n s i y   a l o m a t l a r .   Odamni  erkak  va  ayollarga  ajratib  turadigan 
belgilari  ikki  xil  bo'ladi,  birinchidan,  bu  vazifani,  asosan,  jinsiy  a’zolar, 
bezlar  o'tasa,  qolgan  alomatlar  ikkilamchi  jinsiy  belgilar  hisoblanadi. 
Jumladan,  ayollar  b o 'y i  erkaklar  bo'yidan  pastroq  (Deniker  m a’lumoti),
www.ziyouz.com kutubxonasi

29  yoshli erkak  gavdasining qismlari
O'lchamlar
sm
protsent
Bo'yi
170,5
100
Boshining uzunligi
23,2
13,45
Tanasining uzunligi
52,3
30,6
Gavdaning yuqori qismi uzunligi
85,3
50
Gavdaning pastki qismi uzunligi
85,2
50
Oyoq  uzunligi
88,3
51,75
Qo'l uzunligi
76,9
45,02
Yelkalar  o'rtasidagi  masofa
42,3
24,7
Yonbosh  suyaklar  qinalari o'rtasidagi  masofa
29
16,95
Son suyaklari  katta  ko'stlari o'rtasidagi  masofa
32,9
19,29
E s l a t m a :   jadval  N.  К.  Lisenkov,  V.  I.  Bushkevich,  M.  G.  Priveslaming  «Odam 
anatomiyasi»  darsligidan  olindi.
ular  og'irligi  o 'rtach a  55  kg.  Ayollar  tanasi  erkaklar  tanasiga  qaraganda 
uzunroq,  q o 'l  va  oyoqlari  esa  kaltaroq,  yelkalar  uzunligi  qisqaroq, 
gavdasining  pastki qismi  (chanoq bo'lagi)  kengroq,  ya’ni  kattaroq  bo'ladi. 
K o'krak  qafasi  erkaklarga  nisbatan  kalta  va  torroq,  qorinlari  kattaroq, 
erkak  m uskulining  jami  og'irligi  gavda  umumiy  og'irligining  40%  ini, 
ayollarda  32%  ini  tashkil  qiladi.  Shuning  uchun  ayollar  erkaklarga 
qaraganda  birm uncha  kuchsizroq  bo'ladi.  Bundan  tashqari,  ayollar  terisi 
kam  tukli  b o 'lib ,  to'qim alari  va  sut  bezlari  juda  yaxshi  rivojlangan. 
Erkaklar  terisi  esa  sertuk  (ayniqsa,  yuzda),  dag'alroq,  sut  bezlari  qoldiq 
sifatida  bo'ladi.
Y o s h   x u s u s i y a t l a r i .  
Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  gavdasining 
shakli  va  uning  hajmi  o'rta  yashar  odamning  gavdasidan  keskin  farq 
qiladi.  Chaqaloq  bo'yining  uzunligi  50  sm,  og'irligi  3250— 3500  g  bo'lib, 
kallasi  bo'yining  1/4  bo'lagiga  (kattalarda  esa  1/7— 1/8  bo'lagiga)  teng. 
Chaqaloqning  oyoqlari  juda  kalta,  uzunligi  deyarli  qo'llari  uzunligiga 
teng,  qomi  ko'kragiga  qaraganda  ko'tarilgan,  chanog'i  tor  bo'ladi.  Bola- 
ning  tug'ilgandan  keyingi  o'sishi  to 'rt  davrga  ajratib  o'rganiladi.
1.  Chaqaloqning  tishlari  chiqmagan,  emish  davri  —   1  yoshgacha.
2.  Sut  tishlarining  chiqqan  davri  (2— 7  yoshgacha),  betaraf  davri  — 
bu  vaqtda o 'g 'il  bolalar bilan qizlarning ikkilamchi  tashqi  belgilari  unchalik 
rivojlanmagan  bo'ladi.
3.  Biseksual  bolalik  davri  —   8— 15  yoshgacha  bo'lib,  o 'g 'il  bolalar 
bilan  qizlar  gavdasining  tashqi  ko'rinishida  ikkilamchi  belgilar  rivojlanib, 
bir-biridan  juda  yaxshi  farq  qiladi.
4.  Balog'atga  yetish  davri  —   (15— 20  yosh),  bu  davrda  o 'g 'il  bolalar 
o'spirin  bo'lib,  qizlar  balog'atga  yetadi.
Shunday  qilib,  yuqorida  ko'rsatilgandek,  bolalar  tug'ilgandan  keyin 
organizmdagi  o 'sish  jarayoni  faqat  embrion  rivojlanishi  davridagi  mavjud 
qism larning  kattalashuvi  hisobiga  b o 'lad i.  Umuman  o 's is h   jarayoni
www.ziyouz.com kutubxonasi

embrionda  va  tug'ilgan  bolalarda  bir  tekis  rivojlanmaydi.  Jumladan,  bo- 
laning  embrion  davrida  gavdasining  yuqori  qismi  va  kallasi  yaxshi 
takomillashgan  bo'ladi.  Chunki  gavdasining  bu  bo'laklari  yo'ldoshdan 
keladigan  toza  qon  bilan  ko'proq  ta’minlanadi  (embrionning  qon  aylanish 
sistemasiga  qarang).  Bola  tug'ilgandan  keyin  oyoqlari  tezroq  rivojlanadi. 
O 'g'il  bolalar  gavdasining  bo'yiga  qarab  o'sishi  5—7  va  13— 16  yoshga, 
qiz  bolalarda  11— 14  yoshga  to'g'ri  keladi,  organizmning  umumiy  o'sishi 
esa  23—25  yoshgacha  davom  etadi.  Odam  gavdasining  nisbati  ham  asta- 
sekin  o'zgara  boradi.  Yosh  bolalarda  gavdaning  tepa  hamda  pastki,  ya’ni 
ikkita  bo'lakka  ajratib  turadigan  chiziqlari  kindikdan  o'tadigan  bo'lsa, 
organizm o'sgan  sari  bu  chiziq pastki  tomonga siljib boradi, katta odamlarda 
qovuqning  ustki  qirrasiga  to'g'ri  keladi.
G A V D A   Q O M A T I  (K O N S T IT L T S IY A S I)
Agar  har  bir  shaxs  organizmining  tuzilishi  sinchiklab  o'rganilsa,  uning 
anatomiyasida  o'ziga  xos  alohida  xususiyatlar  borligini  ko'ramiz.  Bino­
barin,  har  bir  shaxsning  morfologiyasi  bilan  fiziologiyasida  ham  ozmi- 
ko'pmi  farq  borligi  aniqlanadi.  Ushbu  xususiyatlar  shifokorlarning  kun­
dalik  ishlarida,  turli  qomatga  ega  bo'lgan  odamlarning  kasalligini  aniq­
lash  jarayonida  muhim  rol  o'ynaydi.  Bu  esa  odam  qomatini  o'rganish 
zaruratini  tug'diradi.
Qomat  tabiat  va  ma’lum  bir  jamiyat  tuzumi  ta’sirida  odamga  o'ziga 
xos  morfologik  va  fiziologik  xususiyatlarga  ega  bo'lgan  individual  belgi­
lar  yig'indisidan  vujudga  keladi  va  organizmdagi  hamma  o'zgarishlarga 
(betoblikka  ham)  bog'liq.  Odam  qomati  o'z  avlodidan  (naslidan)  orttirgan 
asosiy  xususiyatlarining  yig'indisidan  paydo  bo'ladi.  Qomatning  rivojla- 
nishida  tashqi  muhitning  ta’siri  juda  muhim.
Odam  bo'yining  har  turli  bo'lishi 
nasliga,  ijtimoiy  sharoitga,  ishiga  va 
iqtisodiy  ahvoliga  bog'liq.  Odam  qoma­
tini  morfologik  tuzilishiga  qarab  М.  V.
Chernorutskiy  3  turga ajratgan  (15-rasm).
1.  Gipersteniklar  (keng  yelkali  past 
b o 'y lila r)  —  bunday  odam larning 
yelkalari  keng,  gavdalari  vazmin,  baquv- 
vat  va  tiqmachoq  semiz  bo'ladi.  Qo'l  va 
oyoqlari  tanasiga  nisbatan  kalta,  kalla, 
ko'krak  va  qorin  deyarli  keng  hajmda.
Ularning  qorni  ko'kragiga  nisbatan  kat­
ta, tananing  ko'ndalang  o'lchami  bo'yiga 
nisbatan  uzunroq  bo'ladi.
2.  A sten ik lar  (uzun  b o 'y li,  tor 
ko'kraklilar)  —  bo'ylari  uzun,  organiz­
mi  zaif  taraqqiy  etib,  vazni  yengil,  qo'l
А 
в  
D
15-rasm.  Gavda  qomati. 
A -asten ik ; 
В 
-   norm ostenik; 

-
 giperstenik.
www.ziyouz.com kutubxonasi

va  oyoqlari  tanalariga  qaraganda  uzunroq,  ko'kraklari  qorin  qismidan 
katta,  bo'yining  uzunligi  esa  ko'ndalang  uzunligidan  ziyod  bo'ladi.
3. 
Normosteniklar  (o'rta  bo'ylilar)  —  yuqorida  bayon  etilgan  giperste- 
nik  va  asteniklaming  oraliq  shaklidagi  odamlar  o'rta  bo'ylilar  hisoblanadi.
Odam gavdasining  tashqi  tuzilishi  ichki  a’zolariga,  qon  tomirlari  shakl- 
lariga,  tuzilishiga  ham  ta’sir  qiladi.  Jumladan,  giperstenik  odamning  diaf- 
ragmasi  yuqori  joylashgan  bo'lib,  yuragi,  me’dasining  hajmi  katta  va 
ko'ndalangiga joylashgan,  aortasi  keng,  o'pkasi  qisqa  va  ingichka,  ichagi 
ko'proq  gorizontal  yo'nalishda  taxlanib  yotadi.  Jigar,  me’da  osti  bezi, 
buyraklari  va  qora  jigari  (taloq)ning  hajmi  kattaroq.
Asteniklarda  esa  deyarli  hamma  a’zolari  kichik  bo'lib,  pastroq  joyla­
shadi.  Lekin  bu  turdagi  odamning  ko'kragiga  nisbatan  o'pkasining  uzun 
bo'lishi  uni  boshqa  hamma  a’zolardan  ajratib  turadi.
A n a to m iy a   te rm in la ri
Odam organizmining barcha qismlarini,  a’zolarining tuzilishini,  shaklini 
o'rganishda  lotincha  yoki  yunoncha  terminlar  keng  qo'llanadi.  A’zolar­
ning  organizmda joylashib  turgan  о 'mini  yoki  ularning  alohida  qismlarini 
a’zolarga  nisbatan  o'rganishdan  ko'pincha  anatomiyada  mavjud  bo'lgan
uchta:  sagittal,  frontal  va  gorizontal 
sathdan  (odam  tikka  turgan  holatida) 
foydalaniladi  (16-rasm).
1.  Sagittal  sath  odam  tanasini 
oldindan  orqa  tomonga  qaratib  boshi- 
dan oxirigacha vertikal  (tikka)  kesilishi 
natijasida  hosil  bo'ladi.  Agar  muz- 
latilgan  murdaning  sagittal  sathi  qoq 
o'rta  qismidan  teng  ikkita  —   o'ng  va 
chap  nimtalarga  ajratilsa,  o'rta  cath 
vujudga  keladi.
2.  Frontal  (peshona)  sath  sagittal 
sathga  nisbatan  to'g'ri  burchak  hosil 
qilib  yoki  aniqrog'i  odam  peshonasi- 
ga parallel  holatda  vertikal  kesilganda 
vujudga  keladi.
3.  Gorizontal  sath  fazoga  (gori- 
zontga)  parallel  yoki  sagittal  bilan 
frontal  sathlariga  to 'g 'r i  burchak 
hosil  qilib  kesilganda  hosil  bo'ladi. 
Odam  organizmini  o'rganishda  va 
uning  alohida  qismlarini,  a ’zolarni 
tekshirishda  yuqorida  ko'rsatilgan 
uchta  sathdan  keng  foydalaniladi.
/   -  tikka  (vertikal)  o'q;  2 -  k o ‘ndalang  o'q; 
3
 -  frontal  (peshona)  sath; 
4
 -  frontal,  gori­
zontal  va  sagittal  sathlar  bo'ylab  o'tkazilgan 
o'qlar; 5  -  frontal  sathdagi chiziq; 6  -  sagittal 
o'q  chiziq;  7 -  sagittal  sathdagi  chiziq.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Organizmning  tashqi  muhit  ta’siriga javob  berib  moslashishi  shu  orga­
nizmning reaktivligi  bo'lib,  moddalar almashinuvi  va ko‘payishlar hayotning 
asosiy  xususiyatidir.
Tirik  organizm  rivojlanib,  takomillasha  borgan  sari  o'zaro  bog'liq 
holda  reaktivligi  ham  murakkablashib  boradi.
Organizm  tuzilishining  yuqori  pog'onaga  ko'tarila  borishi  tashqi 
muhitning  har  xil  ta’sirlarga  javob  berish  qobiliyati  o'sib,  moslashib 
borishi  bilan  ifodalanadi.
Odamning  reaktivligi  uchun  ikkinchi  signal  sistemasi  va  oliy  nerv 
faoliyatining  mohiyati  nihoyatda  muhim.  Binobarin,  organizmning  reak­
tivligi,  uni  tashqi  muhitning  zararli  ta’sirlaridan  muhofaza qilish  xususiyati 
bo'lib,  ular  turlicha.
1.  Individual  reaktivlik  organizmning  harorat  va  kislorod  miqdorining 
ko'p-ozligi,  yashash  muhiti,  ovqatlanish  rejimi  hamda  yoshga,  irsiyatga 
bo'lgan  munosabati  bilan  aniqlanadi.
2.  Fiziologik reaktivlik — sog'lom organizm  reaksiyasi;  har xil odamda 
turlicha  bo'ladi, jumladan,  ba’zi  kasalliklar (gripp,  difteriya  va h.k.)  ayrim 
bolalarda  og'ir,  boshqalarida  esa  yengil  o'tadi.
Muhofaza  reaksiyalari  normal  fiziologik  funksiyalar  bilan  chambar- 
chas  bog'liq.  Masalan,  ishlash  davrida moddalar almashinuvi  oshib,  yurak 
urishi,  nafas  olish  tezlashadi.
3.  Patologik  reaktivlik  kasallik  davrida  (kasallikda  organizmning 
zaiflashishi)  yuzaga  keladi.  Jumladan,  kasallikda  harsillash,  terlash  va 
organizm  haroratining  ko'tarilishi  antitelolar  ishlab  chiqarishni  oshirib, 
organizmni  holsizlantiradi.
Regeneratsiyaning  —  jarohatlangan  yoki  o'lgan  to'qimalarning  qayta 
tiklanishi.
Regeneratsiyaning  ikki:  fiziologik  va  tiklanuvchi  turi  tafovut  qilinadi.
Fiziologik  regeneratsiya  kundalik  normal  hayotda  halok 
bo'lgan 
hujayralar o'rniga yangi hujayralar paydo  bo'lishidir.  Jumladan, epiteliyning 
chuqur  qavatida joylashgan  hujayralar  va  ko'mikdagi  o'lgan  qon  hujayra­
lari  o'mini  yangi  hujayralar  to'ldiradi.  Odamning  qon  hujayralari  o 'rta­
cha  bir  oy  davomida  yangilanadi.
Tiklanuvchi  regeneratsiya jarohatlangan  to'qimalarda,  sog'lom  qolgan 
hujayralaming  ko'payishi  hisobiga  yuz  beradi.  Bunda  nuqsonga  yaqin 
sog'lom  to'qimalarda  kompensator  gipertrofik  jarayon  (regeneratsion  gi- 
pertrofiya)  rivojlanadi.
Ko'pchilik  a’zolarda  regeneratsiya  markazi  bo'ladi.  Masalan,  suyak 
singanda suyak ust pardasi  regeneratsiya markazi  vazifasini o'taydi.  Bunday 
markaz  qon  uchun  ko'mik  hisoblanadi  va  h.k.  Odatda,  to'liq  va  chala
www.ziyouz.com kutubxonasi

regeneratsiya  tafovut  qilinadi.  To'liq  regeneratsiya  —  nuqson  o'midagi 
to'qima  ham,  tuzilishi  ham  funksiyasi  jihatidan  yo'qolgan  to'qimaga 
batamom  o'xshash  bo'ladi.  Chala  regeneratsiyada  esa  nuqson  o'm i  bi­
riktiruvchi  to'qimadan  rivojlangan  chandiq  bilan  qoplanadi.
Regeneratsiya  muddati  organizmning  umumiy  holatiga,  neyro-gumo- 
ral omilga,  tashqi va ichki  muhitga, yoshga va endokrin  bezlar funksiyasiga 
qarab  davom  etadi.  Regeneratsiya  yoshlarda  tezroq,  keksalarda,  aksincha, 
sekinroq  bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling