Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi


Download 122.32 Kb.
bet1/29
Sana04.10.2022
Hajmi122.32 Kb.
#831071
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
MASALALAR
dvztu FAYZULLAYEV XIKMATJON M.ISH, Ibo (4), bellashuv uz- - 11-sinf-rus-tili, bellashuv uz- - 11-sinf-rus-tili, Dalvarzintepa, Dalvarzintepa, Dalvarzintepa, BUYRUQ, Ikkilik sanoq sistemasi, Обективка, уууууууууууууууу, BUYRUQ, BUYRUQ, Men Xojamshukurova Matluba Pazazdachilik togaragini 2019, BUYRUQ

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʼzbekiston Respublikasi transport vazirligi
Toshkent davlat transport universiteti


Iqtisodiyot fakulteti

Iqtisodiyot kafedrasi
Makroiqtisodiyot

fanidan
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN
MASALALAR TO‘PLAMI




Mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash

Masalalarni echilishi bo‘yicha namunalar
1-masala
Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
a) xarajat oqimlari bo‘yicha YAIM hajmi;
b) daromad oqimi bo‘yicha YAIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra);
v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.

Hisob

Mlrd.
pul birl.

Korporasiyalarning taqsimlanmagan foydasi

10

Sof eksport

20

Dividendlar

105

Korporatsiyalar foydasiga soliq

10

Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib olinishi

1000



Alohida qo‘yilmalardan daromad

340

Foiz

400

Ijara to‘lovi

25

YAlpi xususiy ichki investitsiyalar

610

YOllanma ishchilarning ish haqi

3140

Biznesga bilvosita soliqlar

400

Iste’mol qilingan kapital hajmi

500

SHaxsiy iste’mol xarajatlari

3300


Echish:
a) YAIM = S + G + I + Xn=3300+610+1000+20=4930
bu erda:
S – iste’mol xarajatlari,
G – tovar va xizmatlarning davlat tomonidan sotib olinishi,
T – yalpi investitsiyalar,
Xn – sof eksport.
b) Daromadlar bo‘yicha YAIMni Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi (10), dividendlar (105), Korporatsiyalarning foyda soliqlari (10), alohida qo‘yilmalardan daromadlar (340), foizlar (400), ijara to‘lovi (25), yollanma ishchilarning ish haqi (3 140) biznesga bilvosita soliqlar (400), iste’mol qilingan kapital hajmi (500)ni qo‘shgan holda aniqlaymiz. Daromad bo‘yicha YAIM = 4 930 mlrd. pul birligi. Xarajat bo‘yicha YAIM daromad bo‘yicha YAIM ga teng.
v) SIM = YAIM – amortizatsiya;
SIM = 4 930 – 500 = 4 430 mlrd. pul birligi;
g) MD = SIM – biznesga bilvosita soliqlar;
MD = 4 430 – 400 = 4 030 mlrd. pul birligi.


2-masala


YAIM 6000 pul birligiga, iste’mol xarajatlari 4200 pul birligiga, davlat xarajatlari 900 pul birligiga, sof eksport esa 120 pul birligiga teng.
Quyidagilarni hisoblang:
a) yalpi va sof investitsiyalar hajmi;
b) eksport 450 pul birligiga tengbo‘lsa import hajmini;
v) amortizatsiya 200 pul birligiga teng bo‘lsa SIMni.
Echish:
a) Xarajatlarga ko‘ra YAIMni hisoblash formulasidan foydalanib yalpi investitsiyalarni topamiz:
I = YAIM - S - G - Xn = 6000 - 4200 - 900 - 120 = 780 pul birligi.
Sof investitsiyalar = YAlpi investitsiyalar – amortizatsiya = 780 pul birl. – 200 pul birl. = 580 pul birligi.
b) Xn =X(eksport) –M (import) . Bundan: Import-= eksport – sof eksport = 450 – 120 = 330 pul birligi.
v) SIM = YAIM – amortizatsiya = 6000 – 200 = 5800 pul birligi.

3-masala
Quyidagi ma’lumotlarga asosan yalpi ichki mahsulot va takroriy hisob qiymatini aniqlang:


Download 122.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling