Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi


Download 122.32 Kb.
bet15/29
Sana04.10.2022
Hajmi122.32 Kb.
#831071
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
MASALALAR
dvztu FAYZULLAYEV XIKMATJON M.ISH, Ibo (4), bellashuv uz- - 11-sinf-rus-tili, bellashuv uz- - 11-sinf-rus-tili, Dalvarzintepa, Dalvarzintepa, Dalvarzintepa, BUYRUQ, Ikkilik sanoq sistemasi, Обективка, уууууууууууууууу, BUYRUQ, BUYRUQ, Men Xojamshukurova Matluba Pazazdachilik togaragini 2019, BUYRUQ
1-masala
Tijorat bankining pul zahiralari 250 mln. pul birligini tashkil etadi. Depozitlar 980 mln. pul birligiga teng. Majburiy zahiralar me’yori 20 %ni tashkil etadi. Agar bank ssuda berish uchun ortiqcha zahiralardan foydalanishga qaror qilsa, pul taklifi qanday o‘zgarishi mumkin?
Echish:
Majburiy zahiralar me’yori – 20 % da majburiy zahiralar summasi quyidagini tashkil etadi: 980 x 0,2 = 196 (mln. pul birligi).
Ortiqcha zahiralar: 250 – 196 = 54 (mln. pul birligi).
Agar ulardan ssuda berish uchun foydalanilsa, u holda, qo‘shimcha pul taklifi quyidagini tashkil etadi:
,
bu erda, – qo‘shimcha pul taklifi;
– tijorat bankining ortiqcha zahiralari;
bank multiplikatori, u quyidagi formula bo‘yicha topiladi: ,
bu erda, – majburiy zahiralar me’yori. Bundan:
= 270 (mln. pul birligi).
2-masala
Majburiy zahiralar me’yori 20 %ga teng. Tijorat banki ortiqcha zahira sifatida depozitlar summasidan yana 5 %ga ega. Depozitlar miqdori 20 000 ni tashkil etadi. Bank ssuda berish uchun qanday maksimal summadan foydalanishi mumkin?
Echish:
Majburiy zahiralar miqdori: 20 000 x 0,2 = 4 000 ni tashkil etadi.
Ortiqcha zahiralar: 20 000 x 0,05 = 1 000 ga teng.
Pul zahiralari: 4 000 + 1 000 = 5 000 ga teng.
Agar zahiralar 5 000 ni tashkil etsa, u holda bank qolgan mablag‘lardan ssuda berish uchun foydalanishi mumkin: 20 000 – 5 000 = 15 000.


3-masala
Iqtisodiyotdagi pul bazasi 300, majburiy zahiralar 130, pul massasi 960, depozitlar 790 ni tashkil etadi. Bu ma’lumotlar asosida pul multiplikatorini toping.
Echish:
Pul multiplikatori quyidagicha aniqlanadi:
mm = :
bu erda, cr (deponentlash koeffitsienti) va rr (zahiralash me’yori) noma’lum.
rr = cr =
Masala shartiga ko‘ra, R = 130, D = 790, MB = 300, M = 960.
Bunda:
rr = 130 : 790 = 0,16
Ms = C + D  C = 960 – 790 = 170
Cr = C : D= 170 : 790 = 0,215
mm = (0,215 + 1) : (0,215 + 0,16) = 3,2.
4-masala
Iqtisodiyotda pul bazasi 200 mln. so‘mga teng. Deponentlash koeffitsienti 0,8. Majburiy zahira me’yori 20%. Real pul qoldig‘iga talab quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: Md=0,4Y – 50r, daromad hajmi Y = 800. narxlar darajasi P = 4. Muvozanatli foiz stavkasini toping.
Echish:
Masala shartiga ko‘ra:
MB = 200, cr = 0,8, rr = 0,2, P = 4, Y = 800.
mm = :  (0,8 + 1):(0,8 + 0,2) = 1,8
Ms = MB x mm = 200 x 1,8 = 360.
Narx darajasini hisobga olgan holda, real pul taklifi
Ms = 360 : 4 = 90.
Muvozanat nuqtasida Ms = Md, ya’ni:
90 = 0,4 x 800 – 50 r  r = 4,6%.


5-masala
Bank multiplikatori 2,5 ga teng. Pul taklifining oshishi 60 mln. so‘mni tashkil etdi. Zahiralash me’yorini va pul taklifi oshishiga sabab bo‘lgan ortiqcha zahiralar hajmini aniqlang.
Echish:
Bank multiplikatori formulasi:
mm = 1 / rr = 2,5  rr = 0,4, ya’ni zahiralash me’yori 40%ni tashkil etadi.
Masala shartiga ko‘ra: Ms = 60, demak, ortiqcha zahiralar hajmi quyidagiga teng:
R= Ms: mm = 60 : 2,5 = 24.

6-masala
Markaziy bank, «arzon pullar» siyosatini amalga oshirish orqali 10 mlrd. so‘m miqdoridagi qimmatli qog‘ozlar, jumladan, tijorat banklaridan 5 mlrd. so‘m va aholidan 5 mlrd. so‘m sotib oldi. Aholi olingan pullarning bir qismini bank tizimidan tashqarida naqd pulda saqlaydi. Majburiy zahiralar me’yori 20%ni tashkil etadi. Agar bank tizimi o‘z «arzon pullar» imkoniyatlaridan to‘liq foydalansa, pul taklifi qanday o‘zgaradi?

Download 122.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling