Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi


Mavzu: YAlpi talab-yalpi taklif modeli


Download 122.32 Kb.
bet9/29
Sana04.10.2022
Hajmi122.32 Kb.
#831071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
MASALALAR
dvztu FAYZULLAYEV XIKMATJON M.ISH, Ibo (4), bellashuv uz- - 11-sinf-rus-tili, bellashuv uz- - 11-sinf-rus-tili, Dalvarzintepa, Dalvarzintepa, Dalvarzintepa, BUYRUQ, Ikkilik sanoq sistemasi, Обективка, уууууууууууууууу, BUYRUQ, BUYRUQ, Men Xojamshukurova Matluba Pazazdachilik togaragini 2019, BUYRUQ
Mavzu: YAlpi talab-yalpi taklif modeli

Masalalarni echilishi bo‘yicha namunalar

1-masala
O‘tgan yili AD egri chizig‘i tenglamasi: Y = 3300 – 3P ko‘rinishiga ega edi. Joriy yilda bu tenglama: Y = 3270 – 3P ko‘rinishiga ega. Potensial YAIM avvalgi darajasi 3000 da qolgan. Inflyasiya darajasini va qisqa muddatdagi muvozanatli YAIM hajmini aniqlang.
Echish:
Birinchi yilda: 3000 =3300 – 3P P = 100,
Ikkinchi yilda: 3000 = 3270 – 3P P = 90,
ya’ni bu davrda narxlar darajasi 10%ga pasaygan.
Ikki yildagi AD egri chiziq tenglamalariga ko‘ra, qisqa muddatda egri chiziq chapga siljigan, shuning uchun:
Y = 3270 – 300 = 2970, ya’ni yalpi talabning qisqarishi ikkinchi -yilda ishlab chiqarish hajmi kamayishiga olib kelgan.

2-masala
Uzoq muddatli AS egri chizig‘i Y = 3000 tengligi, qisqa muddatli AS egri chizig‘i
R = 1,0 darajasida berilgan. AD egri chizig‘i tenglamasi: Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig‘i P = 1,5 darajasiga siljgan, uzoq muddatli AS egri chizig‘i - Y = 2500. AD egri chizig‘i esa o‘zgarmagan. Qisqa va uzoq muddatdagi yangi Y va P ni aniqlang.

Echish:
Qisqa muddatda:
AD = 3 M/P, M = 1000
Y = 3 x 1000:1,5 =2000, ya’ni qisqa muddatda Y va P muvofiq tarzda quyidagilarga teng:
Y = 2000, P = 1,5.
Uzoq muddatda:
AD: 2500 = 3 x 1000/P, R = 1,2, ya’ni uzoq muddatda Y va P mos ravishda quyidagilarga teng:
Y = 2500, P = 1,2 (chizma).

P LRAS

SRAS


AD


Y


Mustaqil ishlash uchun masalalar
1. YAlpi talab egri chizig‘i tenglamasi (AD): Y=4 (M/R). Dastlabki holatda pul massasi (M) 1200 mlrd. dollarga teng. Pul massasi 5 %ga o‘sganidan so‘ng qisqa muddatli muvozanatli narxlar darajasini va daromadlar darajasini aniqlang.

2. Uzoq muddatli AS egri chizig‘i Y=2000, qisqa muddatli AS- egri chizig‘i P=1,0 darajasida gorizontal. AD egri chizig‘i tenglamasi Y=2.0 *M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Baho shoki natijasida yalpi taklif egri chizig‘i P=1.25 darajasigacha ko‘tarildi.
a) shokdan so‘ng iqtisodiyotda o‘rnatilgan qisqa muddatli muvozanat nuqtasining koordinatlari qanday?
b) iqtisodiyotda ishlab chiqarishning dastlabki darajasini tiklash uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi kerak?

3.Iqtisodiyot dastlab to‘liq bandlilik sharoitida turgan edi. YAlpi talabning uzoq muddatli tenglamasi (LRAS): Y=4000 mlrd.doll. YAlpi talabning qisqa muddatli tenglamasi (SRAS): P= 1,2, YAlpi talab egri chizig‘i (AD) tenglamasi: Y=4 (M/R). Dastlabki holatda pul massasi (M) 1200 mlrd. dollarga teng. Pul massasi 5 %ga o‘sganidan so‘ng uzoq muddatli va qisqa muddatli muvozanat nuqtalari koordinatlarini aniqlang.



Download 122.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling