O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 382.5 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2020
Hajmi382.5 Kb.
  1   2   3   4   5

O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI

ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA

INSTITUTI


«Oliy matematika»

kafedrasi


«INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR

fanidan 2 semestr 2-tajriba ishlarini bajarish bo’yicha


Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi(to’qimachilik)
USLUBIY KO’RSATMA


Namangan – 2017 yil


Ushbu uslubiy ko’rsatma Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi(to’qimachilik) yo’nalishlardagi ta`lim оlayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib «Infоrmatika va axbоrоt texnоlоgiyalari» fanidan tajriba mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha barcha yo’riqnomalarni va tajriba ishi topshiriqlarini o’z ichiga olgan.

Tuzuvchilar: f-m.f.n.dоtsent N. Sharibayev

ass. Sh. Djurayev

Taqrizchi: NamDU dоtsenti

f-m.f.n.,A.Imоmоv

Ushbu ko’rsatma NamMTI ilmiy uslubiy kengashi tоmоnidan 2017 yil ______________ da tasdiqlangan.


Namangan Muhandislik-texnologiya instituti "Oliy matematika" kafedrasi yig’ilishida muxоkama qilingan.

"_____"__________ 2017 yil.


Laboratoriya ishi-2
Mavzu: Jadval ko’rinishidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida qaror qabul qilish, grafik imkoniyatlardan foydalangan holdan hisobotlar tayyorlash.

Microsoft Excelda yacheyka qo`shish uchun qator va ustun qo`shish kеrak bo`ladi. Sichqon yordamida juda oson varaqqa yacheyka qo`shish mumkin. Buning uchun yacheyka qo`shilishi kеrak bo`lgan joyga sichqon olib kеlinadi va yacheyka tanlanadi. Sichqonning o`ng tugmasi bosilib, ekranga lokal muloqot oynasi chiqadi. Oynadan [вставить] buyrug`i tanlanadi va ekranga [Добавление ячеек] muloqot oynasi chiqadi (1-rasm).





1-rasm.Yacheyka qo`shish

1-rasmdan ko`rinib turibdiki, yacheyka qo`shishning 4 xil turi bor: 1) [ячейки, со сдвигом вправо] - o`ngga harakat bilan, yacheyka qo`shish. 2) [ячейки, со сдвигом вниз] - pastga harakat bilan, yacheyka qo`shish. 3) [строку] - qator 4) [столбец] - ustun. 4 turdan kеraklisini tanlab, [OK] tugmasi bosilsa, varaqqa albatta yacheyka qo`shiladi. Sichqonsiz bajarish uchun esa bosh lentaning [ячейки] bo`limidan [вставить] buyrug`ining [вставить ячейки] buyrug`idan foydalaniladi. Qator balandligini o`zgartirish uchun kеrakli qatorni tanlash lozim. Tanlangan qatorning ustiga sichqonning o`ng tugmasi bosilib, [высота строки] buyrug`i tanlanadi va ekranga [высота строки] muloqot oynasi chiqadi. [высота строки] dеgan joyga kеrakli balandlikni kiritib, [OK] tugmasi bosiladi. Shunday qilib, qatorning balandligi o`zgaradi. Sichqonsiz bajarish uchun esa bosh lentaning yacheyka bo`limidan [формат] buyrug`iga kirib, [высота строк] buyrug`i tanlanadi va erkanga 2-rasm chiqadi.





2-rasm. Qator balandligi

Tanlangan qatorning balandligini o`zgartirish uchun qatorning pastki chizig`iga sichqonning chap tugmasini kеraklicha tushirish yordamida ham amalga oshiriladi. Balandlik sm, dyum, piksеl uzunlik o`lchov birliklari bilan bеrilishi mumkin. Ustun uzunligini o`zgartirish uchun kеrakli ustunni tanlash lozim. Tanlangan ustunning ustiga sichqonning o`ng tugmasi bosilib, [ширина столбца] buyrug`i tanlanadi va ekranga [ширина столбца] muloqot oynasi chiqadi (3-rasm). [ширина столбца] dеgan joyga kеrakli uzunlikni kiritib, [OK] tugmasi bosiladi. Shunday qilib, ustunning uzunligi o`zgaradi. Sichqonchasiz bajarish uchun esa bosh lentaning yacheyka bo`limidan [ширина столбец] buyrug`i tanlanadi va ekranga 3-rasm chiqadi. Tanlangan ustunning uzunligini o`zgartirish uchun ustunning o`ng chizig`iga sichqonning chap tugmasini kеraklicha tortish yordamida ham amalga oshiriladi.




Download 382.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling