O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 382.5 Kb.
bet2/5
Sana09.03.2020
Hajmi382.5 Kb.
1   2   3   4   5

3-rasm. Ustun uzunligi

Ishchi kitobga varaq qo`shish uchun kеrakli joyga kursorni kеltirib, sichqonning o`ng tugmasi bosiladi va [добавить…] buyrug`i tanlanadi. Ekranga [Вставка] nomli muloqot oynasi chiqadi (4-rasm).





4- rasm. Varaq qoshish

Bu oynadan [Лист]ni tanlab, [OK] tugmasi bosiladi. Sichqonchasiz quyidagi buyruqlar kеtma-kеtligidan foydalaniladi: "главная → ячейки → вставить → вставить Лист". Ishchi kitobdagi varaqni o`chirish uchun kеrakli joyga kursorni kеltirib, sichqonning o`ng tugmasi bosiladi va [удалить…] buyrug`i tanlanadi. Sichqonsiz quyidagi buyruqlar kеtmakеtligidan foydalanadi: [главная → ячейки → удалить → удалить лист]. Ishchi kitobga varaq yorlig`ini ranglash uchun kеrakli joyga kursorni kеltirib, sichqonning o`ng tugmasi bosiladi va [Цвет ярлычка] buyrug`i tanlanadi. Ekranga ranglar to`plami hosil bo`ladi va kеrakli rangni tanlab, [OK] tugmasi bosiladi. Sichqonsiz quyidagi buyruqlar kеtma-kеtligidan foydalaniladi: [главная → ячейки → формат → Цвет ярлычка]. Natijada tanlangan varaqning yorliq rang o`zgaradi. Ishchi kitobda varaqni qayta nomlash uchun qayta nomlanishi kеrak bo`lgan varaq tanlanadi. Sichqonning o`ng tugmasi bosilib, [переименовать] buyrug`i tanlanadi. Varaqning nomini yozish uchun kursor varaq nomiga paydo bo`ladi. Kеrakli nomni kiritib, sichqon boshqa bir joyga bosiladi va varaqning nomi o`zgaradi. Sichqonsiz bu ishni amalga oshirish uchun: [главная → ячейки → формат → переименовать лист] buyruqlar kеtma - kеtligidan foydalanadi. Varaqni ko`chirish yoki nusxalash uchun, ko`chirilishi kеrak bo`lgan varaq tanlanadi. Sichqonning o`ng tugmasi bosilib, [ переместить / скопировать ] buyrug`i tanlanadi va ekranga [переместить или скопировать] muloqot oynasi chiqadi (5-rasm).





5-rasm.Varaqni nusxalash


Muloqot oynasidan kеrakli manzilni tanlab, [OK] tugmasi bosiladi. Muloqot oynadan [в книгу] joyiga qaysi ishchi kitobga ko`chirish kеrakligi ko`rsatiladi. [перед Листом] joyga varaqni qaysi varaqdan oldinga ko`chirish yoki [переместить в конец]ni tanlasak oxiriga joylashtirishni bajaradi. [Создавать копию]ni tanlab, [ОК] tugmasi bosilsa, varaqning nusxasini kеrakli joyga nusxalaydi. Sichqonsiz bu ishni amalga oshirish uchun: [главная → ячейки → формат →переместить/скопировать Лист…] buyruqlar kеtma-kеtligidan foydalanadi. Excelda boshqa dasturlar kabi o`z ishchi kitob varaqlarini himoyalash imkoniyati mavjud. Ishchi kitobda faqat varaqni himoyalash emas balki yacheyka (yacheykalar majmuasi)ni ham himoyalash imkoniyati mavjud. Yacheykani yoki yacheykalar majmuasini himoyalash uchun taqrizlash lentasining [изменения] bo`limidan [Разрешить изменение диапозонов…] tanlanadi. Ekranga "Разрешить изменение диапозонов" muloqot oynasi chiqadi. Muloqot oynasidan [Создать] tugmasi yordamida yacheyka (yacheykachalar majmuasi)ni tanlash mumkin. [Изменить] tugmasi yordamida yacheyka (yacheykachalar majmuasi) o`zgartiriladi. [Удалить] tugmasi yordamida yacheyka (yacheykachalar majmuasi) o`chiriladi. [Создать] tugmasini bosilsa, ekranga [Новый диапозон] nomli muloqot oynasi chiqadi (6-rasm).


Download 382.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling