О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tabiatni  muxofaza qilish


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.04.2020
Hajmi0.58 Mb.
#99391
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik talim-tarbiya berish masalalari


Tabiatni 

muxofaza qilish 

Tabiatni 

muxofaza 

qilish davlat

 

qo’mitasi 



Keng 

jamoatchilik 



 

12

 



barcha  davlatlarning  o’zaro  va  xalqaro  hamkorlikda  bo’lishini  talab  etadi. 

Shundagina  tabiatni  bmuhofaza  qilish  ishini  dunyo  manfaatlariga  qaratilgan 

bo’ladi.  Demak,  tabiatni    muhofaza    qilishda  mamlakatlar    birgalikda  quyidagi  

muammolarga e’tiborberishlari talab etiladi: 

  Atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy va 

pedagogik tomoni. 

  Tabiatni muhofaza qilishning gigienik tomoni.  

  Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash. 

  Suvni ifloslanishdan saqlash. 

  Manaviy-kommunal,  transport,  qishloq  xo’jaligi  chiqindilarini  va 

boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi. 

  Yer  osti  boyliklaridan  oqilona  foydalangan  holda  atrof-muhining 

musaffoligini buzmaslik.  

  Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.  

  Shaxar  va  shaxar  atrofi  zonasini  rejalashtirish  va  axolini  joylashtirishda 

tabiat muhofazasi hamda tevarak-atrof-muhitini sog’lomlashtirish masalasi. 

  Shovqin va turli tebranishlarning oldini olish masalasi[15].  

Atrof-muhit  holatini  tо‘g‘ri  baholash,  zarur  tadbirlarning  о‘z  vaqtida 

о‘tkazilishini  ta’minlash  ekologik  bilimlarning  rivojlanganlik  darajasi  bilan 

bevosita  bog‘liqdir.  Har  bir  kishida  “tabiat  –bu  men  va  sen,  biz  yashaydigan 

makon,  tabiat  butun  Yer  kurrasi  aholisi  yashaydigan  yagona  makon”  degan 

tushunchalar shakillanishi darkor. Biz aholi ekologik ongining qanchalik yuqori 

darajada  bo’lishligiga  erisha  olsak  ona-tabiat–biosferamiz  shunchalik  omon  va 

sermahsul,  latofatli  va  maftunkor  bo’lib  qoladi.    Ekologik  tarbiyaning  maktab 

bosqichi  o’ta  muhim  davr  hisoblanadi.  Prof.  E.  Turdiqulov  o’rta  maktabda 

ekologik ta’lim –tarbiyani  sinflarga qarab quyidagich taqsimlashni taklif qiladi: 

I –III, IV  –V, VI, VII –IX, X  –XII sinflar, 1-3-sinflarda o’quvchilar  bog’chada 

boshlagan  ekologik  tarbiya  bilimlari  rivojlantiriladi.  IV  –V  sinflarda  tabiiyat 

darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim bilimlari beriladi. V sinfda o’quvchilar  

“Tabiyat”  darslaridan  saboq  oladilar.  Bu  borada  biologiya,  geografiya,  fizika, 



 

13

 



kimyo  fanlarining  keng  elementlar  bilimlari  o’quvchilarga  yetkaziladi.  Shuni 

hisobga  olib,  tabiat  bilan  inson  o’rtasidagi  munosabat  qanday  bo’lishi,  tabiiy 

boyliklardan  foydalanish  qoidalari  haqida  eng  oddiy  bilimlar  va  tarbiya  tizimi 

ularga  yetkazilishi  lozim[6].  VI  sinf  o’quvchisi  insonning  tabiatga 

yetkazilayotgan  ijobiy  va  salbiy  ta’sirlarini  o’zicha  mulohaza  qila  oladigan,  

ko’z  oldiga  keltira  oladigan,  atrof-muhitda  inson  ta’sirida  bo’layotgan  turli 

o’zgarishlarni  idrok  qila  oladigan  darajaga  yetadi.“  Tabiiy  geografiya  va 

materiklar  geografiyasi”  kursi  o’qitilishi  o’quvchini  dunyo  miqiyosida  fikr 

yuritishiga 

undaydi. 

VII–IX 

sinflarda 



o’quvchilar 

“Turkiston 

tabiiy 

geografiyasi”,  “O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi”,  “Jahon  iqtisodiy  va  ijtimoiy 



geografiyasi” kabi kurslarni o’qiydilar. Binobarin, o’quvchilarga ekologik ta’lim 

birish fanlararo bog’lanish asosida rivojlantiriladi. Asosiy  maqsad o’quvchilarni 

tabiiy  boyliklardan  foydalanganda  atrof-muhitga  chiqib  kelayotgan  turli 

chiqindilarning  tarkibi,  ularning  yig’ilish  makonlari,  keltirib  chiqaradigan  

zararli  oqibatlari,  chiqindilarning  kamroq  ajralib  chiqishini  ta’minlash 

to’g’risida  mulohaza  yurita  olidigan  qilib  tarbiyalashdir.  Insonni  ekologik 

jihatdan  tarbiyalash  umumiy  ta’lim-tarbiyaning  tarkibiy  qismi.  Aholining 

ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo’lish zarurligi to’g’risidagi 

fikr  ilgaridan  ma’lum[14].  Bola  tug’ilganidan  tortib  to  umrining  so’ngi 

kunigacha ta’lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayan qismini 

tabiatga  nisbatan  g’amxor,  fidoyi,  mehr-muhabbatli  bo’lishi  haqidagi  tarbiya 

tashkil etadi. Xo’sh, mazkur tarbiya bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan 

holda  qanday  mazmunda  amalga  oshirishi  lozim?  Ta’lim-tarbiyaning  barcha 

bosqichlarida  ekologik  ma’naviyatni  uzluksiz  ravishda  shakllantirish  hozirgi 

davrdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Kelajakdagi ziyolilar umumiy va 

kasbiy madaniyat darajasiga ega bo’lishlari milly va umuminsoniy qadriyatlarni 

tarqatuvchisi  sifatida  o’z  xalqining  ahloq  va  tabiat  muhofazasi  an’analariga 

suyanishlari  lozim.  Maktab  geografiya  fani  tabiiy  va  iqtisodiy-ijtimoiy 

qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha ekologik 

muammolar  mujassamlashgan.  Mazkur  muammolar  tabiiy  iqtisodiy-ijtimoiy 



 

14

 



jarayonlar  hamda  ularni  o’zaro  ta’siri  natijasida  shaklllanadi  va  rivojlanadi. 

Ekologik muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning muhim shartlaridan 

biri  bo’lib  ularni  kelib  chiqishlariga  ko’ra  guruhlarga  bo’lish  mumkin.tabiiy 

geografik  muammolar;  iqtisodiy-ijtimoiy  geografik  muammolar  hamda 

geoekologik  muammolardir.  Tabiat  boyliklardan  oqilona  foydalanish  va  atrof-

muhitni  muhofaza  qilishda  umumta’lim  maktablarining  muhandis  pedagog  

jamoasi  muhim  ro’l  o’ynaydi.  Uzluksiz  ekologik  tarbiyani  bеrish  quyidagi 

bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq[15]. 

1-bosqich. Mahallalarda ekologik ta‘lim: 

2-bosqich. Oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta‘lim; 

3-bosqich. Maktab, akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlarida ekologik ta’lim; 

4-bosqich. Oliy o‘quv yurtlaridagi ekologik ta’lim; 

5-bosqich.  Oliy  ta’limdan  kеyingi  bosqichi  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va 

muntazam ravishda malakasini oshirib borishda ekologik ta’lim. 

Ekologiya  kishilar  hayotini  mushohada  qiluvchi  yangi  fandir.  Har  bir  kishi 

biror  yеrga  axlat  yoki  chiqindilarni  tashlashdan  oldin  o‘z  xatti-harakati 

oqibatlarini  o‘ylashi,  tashqi  muhitning  toza  saqlanishiga  javobgar  ekanligini 

unutmasligi  kеrak.  Qisqasi,  har  bir  o‘quvchi-talabani  kеlajakka  umid  bilan 

qarashga  bo‘lgan  dunyo-qarashini  shakllantirib  borish  har  bir  o‘qituvchi-

murabbiylarning  vazifasidir.  Ekologik  ta’limni  kеng  qo‘llashda  mahallalarda, 

bog‘cha,  maktab  muassasasi,  ko‘cha  -  ko‘y,  jamoat  tashkilotlari,  oliy  va  o‘rta 

maxsus  o‘quv  yurtlarida  amalga  oshirilib,  o‘quvchi-talabalar  ongiga  singdirib 

borish  maqsadga  muvofiqdir.  Shu  bilan  bir  qatorda  o‘quvchilarga  o‘z  qo‘llari 

bilan  bog‘lar  yaratib  ularni  parvarish  qilishni  yoshligidan  o‘rgatib  borilsa  va 

atrof-muhitni tozaligiga hissalarini qo‘shib o‘z qo‘llari bilan ekkan ko‘chatlarini 

parvarish  qilib  borsa  o‘quvchilarda  vatanga  nisbatan  mеhr  uyg‘onadi,  atrof-

muhitga  har  xil  chiqindilarni  tashlamaslik  to‘grisida  tushunchalar  shakllanadi. 

Bu  masala  hozirgi  kunning  muhim  muammolaridan  biri  bo‘lib,  kеlajakdagi 

avlod  sog‘lom  bo‘lishi  uchun  kafolat  bеradi.  Ekologik  bilimlarni  tashviqot 

qilish,  о‘quvchilarni  ekologik  tarbiyalash,  ularning  ekologik  ongini    va 



 

15

 



dunyoqarashini  rivojlantirish  sinf  va  maktabdan  tashqari  ishlarning  mazmunini 

tashkil etadi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini 

о‘tkazuvchi  jarayondir.  Ekologik  ta’lim-tarbiya  jarayoni  uzluksiz  va  uzviy 

aloqadorlikda  bо‘lib,  uzoq  davom  etuvchi  ijtimoiy  jarayondir.  Uning 

uzluksizligi  oila,  maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  umumiy  о‘rta  ta’lim 

maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 

oliy  о‘quv  yurtlari,  kadrlar  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  institutlari,  keng 

jamoatchilik  tashkilotlari  ishtirokida  amalga  oshirilsa,  samarali  natijaga 

erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi tо‘liq amalga oshirilmasa, 

yoshlarni ekologiya  va tabiatni  muhofaza  qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, 

bilimi  sayoz  bо‘lishiga  olib  keladi  hamda  beriladigan  asosiy  ta’lim  sifatiga 

salbiy ta’sir kо‘rsatadi[9]. О‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish 

uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: 

-  dars  jarayonida  о‘quvchilarda  ekologik  bilim  berish  usuli  va  kо‘nikmalarini 

shakllantirish yо‘llarini belgilab olish; 

- dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayonini xususiyatlariga 

kо‘ra bosqichlarga bо‘lib tashkil etish; 

-  dars  jarayonida  о‘quvchilarda  ekologik  bilim  berish  jarayoni  bosqichlariga 

mos keladigan usullarni tanlash; 

-  ekologik  maqsad  asosida  ta’lim  yо‘nalishining  fanlararo  uyg’unlashgan 

ekotizimni ta’minlash; 

- ekologik talablar asosida ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish. 

Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yо‘nalishlari quyidagi natijalarni beradi: 

- о‘quvchilarda zamonaviy ekologik tafakkurni shakllantiradi; 

-о‘quvchilarning  axloqiy  sifatlarini  о‘stiradi  va  ularni  komil  inson  qilib 

tarbiyalaydi[14]. 

 Hozirgi  kunda  ekologik  madaniyatni,  о‘z  burchini  tо‘liq  tushunishga  qodir, 

ishning  kо‘zini  biladigan,  tabiatga,  atrof-olamga  g‘amxо‘rlik  qiladigan,  unga 

zarar  yetkazmaydigan,  tabiat  boyliklarini  avaylab  asraydigan  va  boyitadigan 

barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bо‘lib turibdi.  



 

16

 



Ekologik ta’lim:  

-  o‘quvchilarning  tabiat  gо‘zalliklarini  sevishi,  estetik  zavq  olish  ruhida 

tarbiyalash; 

-  jonli  va  jonsiz  tabiatning  rivojlanish  qonuniyatlari,  tabiat  bilan  jamiyat 

о‘rtasidagi  murakkab  о‘zaro  munosabatlar  va  inson  xо‘jalik  faoliyatining 

tabiatga ta’siri oqibatlari  haqida bilim berish; 

-  o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish. 

Ekologik tarbiya esa: 

-  о‘quvchilarga  maxsus  ekologik  bilim  va  tarbiya  berib,  ularda  muayyan 

kо‘nikma va malakalarni hosil etish;  

Ekologik ta’lim mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: 

-tabiat haqidagi bilimlarni egallash; 

-tabiatning jamiyat va inson uchun har tomonlama qadriyat sifatida tushunish; 

-tabiiy muhitga doir axloqiy meyorlarni bilish; 

-tabiat bilan muloqotda bо‘lish ehtiyojlarini rivojlantirish; 

-ekologik muhitni yaxshilashga doir faoliyatni takomillashtirish; 

-tabiatga  yangicha  madaniy  munosabatni  shakllantirish  hamda  yoshlarning 

ekologik savodliligini amalga oshirish[15]. 

Tabiat bilan jamiyatning о‘zaro aloqasini  izchil  tadqiq etish о‘quvchilarning 

atrof-olamning  yaxlitligi,  harakat-dinamikasi  bо‘yicha  dunyo  qarashi  va 

ishonchini  boyitadi  hamda  mustahkamlaydi.  О‘quvchilarning  fuqarolik  hamda 

vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning 

hissasi  о‘ta  muhim  ahamiyatni  kasb  etadi.    O’quvchilarda  ekologik  bilimlarni 

egallashga  zarur  asosni  yaratish  uchun  maktab  geografiya  kurslarida  ekologik 

bilimlarni  yetarlicha  berilishini  tashkil  qilish  muhim  ahamiyatga  egadir. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ekologik  tabiatdan 

foydalanish  va  ekologik  xavfsizlik  masalalari  Respublikamizdagi  eng 

dolzarb  muammolardan  biri  ekanligi,  uni  hal  qilishning  samarali  yo’llarini, 

jumladan,  ekologik  ta’lim  va  tarbiyaning  ustuvorligini  alohida  ko’rsatib 

o’tganlar[13].  Hozirgi  kunda  insoniyatni  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida 


 

17

 



birlashtiruvchi  yangi  mafkura-ekologik  mafkura  shakllanmoqda.  Ekologik 

mafkura  nafaqat  umuminsoniy,  balki  tabiat  va  inson  xayoti  uchun  yagona 

bo’lgan  umumxayotiy  qadriyatlarga  tayanadi.  Buning  uchun  o’quvchilarda 

ekologik  ta’lim-tarbiya,  ekologik  ong  va  dunyoqarash  hamda  ekologik 

tafakkur  va  madaniyatni  shakllantirish  lozim.  Ekologik  madaniyat  tabiatni 

muhofaza  qilish  madaniyati  bo’lib,  tabiiy  boyliklardan  oqilona  foydalanish 

va  ekologik  tizimni  ongli  o’zgartirish  madaniyatidir.

  Umumta’lim 

maktablari 

o’quvchilarining 

ekologik 

madaniyatini 

shakllantirish 

quyidagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: 

1.  O’quvchining hissiyotiga ta’sir etish;  

2.  O’quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’otish;  

3.  O’quvchilar  ongida  tabiatni  muhofaza  etish  va  u  bilan  oqilona 

munosabatni shakllantirish;  

4.  Ekologik ta’lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;  

5.  Olingan  nazariy  bilimlarni  amalda  qo’llash.  malaka  va  ko’nikmalarni 

shakllantirish  zarur  va  x.k.  Bunday  sifatlarni  o’quvchi  yoshlarda 

shakllantirish  uchun  zamonaviy  bilimlar  sari  keng  yo’l  ochish,  ta’limni 

takomillashtirish,  pedagogik  texnologiyalardan  unumli  foydalanish  bugungi 

kunning eng asosiy talablaridan biridir. Bu jarayonning asosiy tashkilotchisi 

va  boshqaruvchisi  oqkituvchidir,  mustaqil  O’zbekistonda  uzluksiz  ta’lim 

tizimining  isloh  qilishni  yangi  Davlat  ta’lim  standartlari  asosida  ekologik 

ta’lim  va  tarbiya  jarayonini  tashkil  etishga  qaratilgani  muximdir.  Tabiatni 

muhofaza  qilish,  tabiatdan  oqilona  foydalanish  va  ekologik  sharoitlarni 

yaxshilashda  ekologik  ta’lim  va  tarbiya  muhim  rol  о‘ynaydi.  Turli 

mamlakatlardagi  ekologik  vaziyat,  tabiatdan  foydalanish  xususiyatlari  kо‘p 

jihatdan  aholining  ekologik  savodxonlik  darajasi,  ekologik  madaniyatiga  ham 

bog‘liqdir[2].  Ekologik  tarbiya  oiladan  boshlanadi.  Ekologik  ta’lim  va  tarbiya 

bog‘chadan  oliy  о‘quv  yurtigacha  uzluksiz  davom  etishi  lozim.  Tabiatga  mehr 

insonlarga oqibat demakdir. 



 

 

18

 



 

1.2.  Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari. 

 

Ekologik  ta’lim-tarbiya  jarayonida  interfaol  usullarni  qo’llash-ekologik 

bilimlarni  o’zlashtirish  masalalarini  kuchaytiradi  hamda  faollashtiradi. 

Mazkur  metodlar  hamkorlikda  ishlash  vositasida  dars  samaradorligini 

oshirishda  yordam  beradi  va  talabalarni  mustaqil  fikrlashga  undaydi. 

Umumiy  о‘rta  ta’lim  maktabi  о‘quvchilariga  ekologik  ta’lim-tarbiya  berish, 

ularda  barqaror  ekologik  madaniyatni  shakllantirishda  geografiya  fani  hamda 

ushbu  fan  о‘qituvchisining  kasbiy  mahorati  muhim  ahamiyatga  ega.  Ekologik 

ta’lim-tarbiya  berish  jarayoni  geografiya  о‘qituvchisidan  о‘z  fanini  chuqur 

egallagan  bо‘lish,  uni  о‘qitishning  mohir  ustasi,  zamonaviy  innovatsion 

texnologiyalarni  mukammal  egallagan  bо‘lishni  talab  etadi.  О‘qituvchi 

о‘quvchilarga 

beriladigan 

ekologik 

ta’lim 

mazmuni 


va 

hajmini 


aniqlayotganda ma’lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim. 

     O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  kursini  o’qitishda  o’quvchilarga  ekologik 

ta’lim-tarbiya  berishda  milliy  va  umuminsoniy  qadiriyatlardan  foydalanish 

imkoniyati katta. Chunki  bu kurs davomida  mamlakatimizning tabiiy  geografik 

joylanishi,  tuproq,  o’simlik  va  hayvonot  dunyosi,  iqlimi  ichki  suvlari,  tabiatini 

muhofaza  qilish  hamda,  tabiiy  geografik  rayonlarining  alohida  o’rganilishi 

jarayonida  deyarli  barcha  mavzularni  o’qitilishi  jarayonida  ekologik  ta’lim-

tarbiya  uzviyligini  ta’minlash  mumkin  va  maqsadga  muvofiqdir.  O’qitish 

jarayoniga  bunday  yondashish  o’quvchilarga  bilim  berishning  tayanch 

qonuniyatlarini  anglab  yetishni  yordam  beradi.  Bu  sinfda  o’tiladigan 

geografiyaning  ya’ni  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  predmetining  yana  o’ziga 

xos  tamoni,  faqat  darslik  kitoblarigina  emas,  balki  darslikdan  tashqari  nashr 

etilgan  metodik  qo’llanmalar  asosida  olib  boorish  dars  samaradorligini 

oshirishda  asosiy  o’rinlardan  hisoblanadi.  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fani 

o’rganuvchi  ob’ektlar  haqida  bunday  aniq,  keng  fikr  yuritilishi,  ushbu  kursdan 


 

19

 



boshlab,  har  bir  dars  mavzusida  yana  bir  muhim  masala  –  o’quvchilarda 

ekologik  bilimlarni  shakllantirish  masalasiga  yaqindan  yondashish  imkonini 

yaratadi.  Bu  o’rinda  har  bir  yangi  tushunchalarni  mahalliy  tabiat  bilan  bog’lab, 

mustahkamlab  borish  hozirgi  kunning  ehg  muhim  vazifa  va    har  bir 

o’qituvchining  muqaddas  burchlaridan  hisoblanadi.  Ya’ni  har  bir  dars 

mavzusida quyidagi uchta narsaga alohida e’tibor qaratilishi lozim: 

geografik ob’ekt, tabiiy hodisa va tabiiy jarayonlarga ilmiiy ta’rif  berish;



 

shakllantirilgan tushunchalarni ekologik nuqtai-nazaridan talqin etish;



 

 har  bir  yangi  geografik  tushunchani  mahalliy  sharoit,  o’z  o’lkasining 



geografik  xususiyatlari bilan bog’liq  holda  misollar  yordamida  mustahkamlash. 

Shuning  uchun  har  bir  geografiya  o’qituvchisi  o’zining  ish  rejasi    va  dasturi 

yordamida  o’tiladigan  mavzularni  kengaytirilgan  rejasini  tuzib  olib,  qaysi 

mavzuni  o’tganda  qanday  muammolarga  ko’proq  e’tibor  qaratish  kerakligini 

oldindan  aniqlab  olsalar  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Chunonchi,  hadislardan 

na’munalar,  afsonalar,  rivoyatlar,  ertaklar,  xalq  udumlari,  topishmoq,  maqol, 

metal,  tabiat  bayramlaridan  misollar  keltirib,  ekologik  tarbiyani  mavzu 

mazmuniga singdirib bo-rilsa o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi[12].



 

   Yurtboshimiz 

Islom 

Karimovning 



“Ona 

zaminimiz–boyligimizning 

mustaqilligimizningva  go’zal  kelajakka  ishonchimizning  asosiy  manbaidir” 

degan  so’zlariga  asoslanib,  inson  tabiat  bilan  tirik  deyish  mumkin.  Tabiatni 

e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga 

surtish  zarur  va  muhimligi  haqida  sharqona,  o’zbekona  ta’lim-tarbiya  hozirgi 

davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik 

madaniyat,  tabiatga  muhabbatni  uyg’otishda,  avvalo  tarbiyachilarning  o’zi 

shunday  bilimga  ega  bo’lishi  kerak,  shu  nuqtai  hazardan  bo’lajak  pedagoglar 

ongiga  tabiatni  muhofaza  qilishning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy  axloqiy 

asoslarini  singdirish  maqsadga  muofiq.  Tabiatni  muhofaza  qilishda  ishtirok 

etishni  quyidagicha  ifodalash  mumkin.  Biz  pedagoglar  tabiatga  bo’lgan 

munosabatni  o’zgartirmasdan  boshqalardan  buni  talab  qila  olmaymiz,  tabiat 

bizdan  faqat  yordam  kutadi  va  biz  buni  bajarishga  majburmiz.  Chunki  tabiat 



 

20

 



insonsiz  yashashi  mumkin,  ammo  inson  tabiatsiz  yashay  olmaydi.  Agar  inson 

tabiatni  halok  qilsa,  o’zi  ham  halok  bo’ladi.  Bu  asar  davomida  sinalgan  va 

tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni 

ham,  shavqatsizlikni  ham  unutmaydi.  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fanini 

o’qitishda  o’quvchilarda  ekologik  ta’lim-tarbiya,  ekologik  ong  va 

dunyoqarash  hamda  ekologik  tafakkur  va  madaniyatni  shakllantirish  lozim. 

Ekologik  madaniyat  tabiatni  muhofaza  qilish  madaniyati  bo’lib,  tabiiy 

boyliklardan  oqilona  foydalanish  va  ekologik  tizimni  ongli  o’zgartirish 

madaniyatidir.

 

Umumta’lim 



maktablari 

o’quvchilarining 

ekologik 

madaniyatini  shakllantirish  quyidagicha  amalga  oshirilishi  maqsadga 

muvofiq:

 

- o’quvchining hissiyotiga ta’sir etish;  

- o’quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’otish;  

-o’quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni 

shakllantirish;  

- ekologik ta’lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;  

-olingan  nazariy  bilimlarni  amalda  qo’llash.  malaka  va  ko’nikmalarni 

shakllantirish  zarur  va  x.k.  Bunday  sifatlarni  o’quvchilarda  shakllantirish 

uchun  zamonaviy  bilimlar  sari  keng  yo’l  ochish,  ta’limni  takomillashtirish, 

pedagogik  texnologiyalardan  unumli  foydalanish  bugungi  kunning  eng 

asosiy  talablaridan  biridir.  Bu  jarayonning  asosiy  tashkilotchisi  va 

boshqaruvchisi  oqkituvchidir,  mustakil  O’zbekistonda  uzluksiz  ta’lim 

tizimining  isloh  qilishni  yangi  Davlat  ta’lim  standartlari  asosida  ekologik 

ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgani muximdir[1].

 

  Umumiy  о‘rta  ta’lim  maktabi  VII-sinf  о‘quvchilariga  O’zbekiston  tabiiy 



geografiyasi  fanini  o’qitishda  ekologik  ta’lim-tarbiya  berish,  ularda  barqaror 

ekologik  madaniyatni  shakllantirishda  geografiya  fani  hamda  ushbu  fan 

о‘qituvchisining  kasbiy  mahorati  muhim  ahamiyatga  ega.  Ekologik  ta’lim-

tarbiya  berish  jarayoni  geografiya  о‘qituvchisidan  о‘z  fanini  chuqur  egallagan 

bо‘lish,  uni  о‘qitishning  mohir  ustasi,  zamonaviy  innovatsion  texnologiyalarni 


 

21

 



mukammal  egallagan  bо‘lishni  talab  etadi.  О‘qituvchi  о‘quvchilarga 

beriladigan  ekologik  ta’lim  mazmuni  va  hajmini  aniqlayotganda  ma’lum 

didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi  lozim. Masalan, shu  yо‘nalishdagi 

har  bir  dars  mavzusi  va  uning  mazmuni  tanlanayotganda  quyidagi  didaktik 

tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:

 

- dars  jarayonida  ekologik  ta’lim-tarbiyaning  mazmuni  Davlat  Ta’lim 



Standarti talablariga muvofiq va asosan о‘quv dasturi doirasida bо‘lishi; 

- darsda  foydalaniladigan  usullarning  о‘quvchilar  uchun  qiziqarli 

bо‘lishi.  Dars  mavzusini  ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan  uyg’un  holda  olib 

borish  ixtiyoriy  bо‘lganligi  bois  qiziqarli  bо‘lmagan  ishlarga  о‘quvchilarni 

jalb qilish ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi; 

- ekologik  mazmundagi  dars  mavzusi  geografiya  ta’limi  mazmuni  hamda 

о‘quvchilarning  boshqa  fanlardan  olgan  bilim  darajasi  bilan  hamohang 

bо‘lishi, uni rivojlantirishi lozim; 

-  о‘quvchilar vaqtini haddan ortiq band qilib qо‘ymasligi, ularning boshqa 

о‘quv fanlarini о‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir etmasligi zarur; 

-  bevosita  mahalliy  о‘lkashunoslik  materiallari  bilan  bog‘liq  bо‘lishi 

zarur; 


-  dars  shakllari  amaliy  xarakterda  bо‘lishi.  О‘quvchilar  dars  jarayonida 

olgan  nazariy  ekologik  bilimlarini  amalda  sinab  kо‘rishlari,  bajarish 

kо‘nikma  va  malakalarini  egallashi,  kо‘rilayotgan  muammo  bо‘yicha  о‘z 

xulosalarini  chiqarishlari  lozim.  Jamiyat  va  axborotlar  oqimining  jadal 

sur’atlarda rivojlanib borishi о‘qituvchidan о‘z ustida muntazam izlanishni talab 

etadi.  О‘qituvchi  har  bir  dars  mavzusiga  tayyorgarlik  kо‘rayotganida  о‘z 

pedagogik  mahoratini  uzluksiz  oshirib  borishi  zarur.  Ayniqsa,  dars  jarayonida 

zamonaviy  innovatsion  texnologiyalarni  qо‘llash  va  о‘qitishning  interfaol 

usullaridan  foydalanish,  о‘z  ustida  muntazam  izlanish  hamda  ilg‘or  tajribalarni 

ijodiy  yondashgan  holda  о‘zlashtirishni  talab  etadi.  Geografiya  о‘qituvchisi 

ekologik  muvozanat  buzilgan  hududlar,  ifloslantiruvchi  manbalarning  Yer 

yuzasida 

tarqalish 

xususiyatlarini 

о‘quvchilarga 

tushuntirish, 

ularda 


 

22

 



tasavvurlarni  hosil  qilish  jarayonida  geografik  xarita,  atlas,  globuslardan 

samarali  foydalanishni  bilishi,  shartli  belgilarni  о‘qiy  va  izohlay  olishi  shart. 

Zero,  geografik  xarita  о‘quvchilarda  umumiy  dunyoqarashni  shakllantiradi. 

Geografiya  о‘qituvchisi  ekologik  muammolarning  yuz  berishi  va  о‘zgarishini 

iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qila olish qobiliyatiga ham ega bо‘lishi 

zarur. Ushbu jarayonlarning jahon hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri, 

uning  har  bir  о‘quvchi  oilasigacha  bо‘lgan  aks  ta’sirini  mayda  tafsilotlar  bilan 

bо‘lsada,  tushuntirib  berish  о‘quvchida  ekologik  xulq-atvor  qoidalari  va 

madaniyatni  tarkib  topishida  yaxshi  samara  beradi.  Har  tomonlama  ekologik 

madaniyatli  o’quvchilarni  tarbiyalashsa  tabiat  va  jamiyat  o’zaro  aloqadorligi 

haqidagi  bilimlarni  berishning  o’zigina  kifoya  qilmaydi.  Eng  muhimi  tabiatni  

muhofaza  qilish,  uning  boyliklarini  oqilona  foydalanish  boyicha  o’quvchilarda 

eng  zarur  ko’nikma  va  malakalrni  shakillantirish  lozim.  Shundagina 

o’quvchilarning  tabiiy  faoliyatini  tartibga  solib  turadigan  ekologik  ong 

shakillanadi. Tabiat va jamiyatningo’zaro aloqadorligi haqida darsda egallangan 

nazariy  bilimlar  o’lka  materiallari  negizidagi  sinfdan  tashqari  amaliy  ishlarda 

o’z aksini  topsa, ekologik tarbiyaviy  ishlarining samaradorligini  yanada oshadi. 

Darslarda mahalliy, respublika va umumjahon ekologiya muammolari ko’pincha 

ancha  zaif  o’rganiladi.  Sinfdan  tashqari  ishlar  jarayonida  esa  har  bir  o’quvchi 

o’z o’lkasidagi murakkab ekologik vaziyatni maqsadga muofiq tarzda muntazam 

o’rganishi,  uni  bartaraf  qilish  yo’llari  ustida  bosh  qotirishi  va  davlat 

ahamiyatidagi bu muhim ishda faol qatnashishi mumkin. O’quvchilarning tabiiy 

muhitni  o’rganish,  uni  muhofaza  qilish  va  boyliklaridan  oqilona  foydalanish 

boyicha  dars  jarayonida  har  hil  interfaol  metodlardan  foydalanib  tashkil  qilish  

ijtimoiy  foydali  faoliyat  bo’lib,  jamiyat  uchun  nihoyatda  zarurdir.  Tabiatni 

muhofaza  qilish  va  uni  o’rganish  borasida  o’quvchilarning  ijtimoiy  foydali 

faoliyatini  3  bosqichga  ajratish  mumkin.  Birinchi  bosqichida  tabiiy  muhitda 

o’zini tutish, ekologik bilim va ko’nikmalarni egallash, mahalliy ekosistemalarni 

baholash  va  unga  doir  ma’lumotlarini  yig’ish  vazifasi  bajariladi.  Ikkinchi 

bosqichda  ilgari  egallangan  bilimlar  asosida  muayyan  ekosistemani  yaxshilash, 



 

23

 



tabiatni  o’rganish  va  muhofaza  qilish  boyicha  amaliy  faoliyat  tashkil  qilinadi, 

yani  antropogen  omillarning  atrof-muhitga  ta’siri  hamda  tabiat  va  jamiyatning 

o’zaro  qaloqadorligi  haqida  darsda  olingan  nazariy  bilimlarni  chuqurlashtirish 

va mustahkamlashga yordam beradigan mehnat ko’nikmalari shakillantiriladi.  



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling