О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.04.2020
Hajmi0.58 Mb.
#99391
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik talim-tarbiya berish masalalari


   Uchinchi  bosqichda  tabiatdagi  ilmiy-nazariy  ishlarning  natijalarini  mustaqil 

umumlashtirish  va  o’quvchilarni  ekologik  bilimlarni  targ’ibot  qilish  ishga  jalb 

etish  amalga  oshiriladi.  Nazariy  bilimlar  bilan  birga  o’quvchilarga  kundalik 

turmushda sodir bo’lib turgan ekologik  muammolar  va tabiat  muhofazasiga oid 

hodisalar  bilan  tanishtirish,  o’quvchilarda  tabiatga  nisbatan  mehr–muhabbat 

hislarini  uyg’otish  ularni  atrof-muhitga  zarar  keltirmayotganlarga  nisbatan 

murosasiz  bo’lishi  ruhida  tarbiyalash  kerak.  Ekologik  tarbiya–axloqiy 

tarbiyaning  ajralmas  qismidir.  Kishilarda  ekologik  ong  va  tafakkurni,  ekologik 

dunyoqarashni  hosil  qilishga,  tabiatni  dialеktik  tushunishga  yordam  bеradi. 

O’zbekiston  tabiy  geografiyasi  fanini  o’qitish  jarayonida  barcha  dars 

mashg’ulotlarida  ekologik  ta’lim  va  tarbiyani  talab  etilgan  darajada  amalga 

oshirish  uchun  bu  vazifaning  muhimligini  va  mas’uliyatini  his  qilishga 

undaydigan  usul  va  shakllardan  foydalanish  zarur.  Yuqoridagi  ma’lumotlardan 

ko’rinib turibdiki, ekologik tarbiya oiladan boshlanishi lozim. Bunda ota-onalar 

ekologik savodxon bo‘lishlari kerak. Bog‘cha,  maktab, oliy  ta’lim  muassasalari 

va  malaka  oshirish  tizimida  uzluksiz  ekologik  ta’limni  chuqur  yo‘lga  qo‘yish 

maqsadga  muvofiqdir.  Geografiya  fani  о‘qituvchisi  ekologik  ta’lim-tarbiya 

berish jarayonida tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, ularning о‘zaro 

aloqadorligi  asosida  yuz  beradigan  hodisa  va  voqealarni,  ekologik 

muammolarning  kelib  chiqish  sabablarini  о‘quvchilarga  izohlab  berar  ekan,  bu 

holat  undan  о‘z  fanidan  tashqari  boshqa  fanlardan  ham  xabardor  bо‘lishlikni 

talab etadi. Shu o’rinda olim N.Q. Nazarovning “Geografiya  hududlar-falsafasi, 

geograf-hududlar  ekologi”  degan  hikmatli  so’zlarini  keltirib  o’tish  lozim. 

Hududdagi  ekologik  muammolar  asosan  o’sha  joydagi  tabiiy  geografik 

qonuniyatlarning  buzilishi  negizida  ro’y  beradi.  Tabiiy  georafiya  bo’yicha 

ekologik ta’lim-tarbiyani  uyg’un  holda olib boruvchi  geografia o’qituvchisi o’z 



 

24

 



mutahasisligidan tashqari biologiya, kimyo, fizika,  matematika  fanlarini chuqur 

bilish  ekologik  jarayonlarning  kechishini  izohlash,  sabab  va  oqibatlarini 

tushuntirish,  uni  raqamlarda  taqqoslash  imkonini  beradi.  O’zining  tug’ilib 

o’sgan  maskani,  ona  vatanining  geografiyasi  haqida  bilim  olayotgan  o’quvchi 

ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan  birgalikda  ekologik  tafakkurini  o’stirish,  vatanni 

ardoqlash,  milliy  iftixor  g’ururi  tuyg’usini  shakllantirish  orqali  amalga 

oshirilganda о‘z  hatti-harakatiga  ishonch tug‘diradi. Mazkur  ishonchni egallash 

oila-bog’cha-maktab  ta’limi  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Bunda  о‘quvchining 

bilish  faoliyatini  rivojlantirish  orqali  erishiladi.  Bugungi  kunga  kelib  aksariyat 

о‘quvchilar  о‘z  bilim  zahiralarini  kengaytirishga  intilmayotganliklarining 

guvohi  bо‘lamiz.  Ular  darslarda  faol  ishtirok  etmaydilar,  о‘quv  jarayonidan 

tashqaridagi  erkin  faoliyatga  kо‘proq  qiziqadilar.  Buning  sabablarini  izlash  va 

bartaraf  etish  pedagogikaning  ustivor  masalalaridandir.  О‘quvchilar  maktabga 

borar  ekanlar,  о‘qituvchilar  va  sinfdoshlarining  mehr-muhabbati,  e’tiborini 

qozonishga  harakat  qiladilar.  О‘qituvchi  о‘quv  faoliyati  jarayonida  qо‘llagan 

metodlar  va  hosil  qilgan  vaziyatlar,  о‘quvchilarning  atrof-olamni  bilishlariga 

kо‘maklashishi  muhim  ahamiyatga  ega.  О‘quvchida  hosil  bо‘lgan  bilish,  ijod 

qilish, muloqotga kirishish quvonchi uning о‘quv jarayoniga bо‘lgan qiziqishini 

oshiruvchi  asosiy  omildir.  Bu  esa,  о‘qituvchi  faoliyatining  mazmun-mohiyatini 

kengaytirish  imkonini  beradi.  О‘qituvchi  har  bir  о‘quvchi  uchun  muvaffaqiyat 

qozonishga yо‘naltirilgan о‘quv  vaziyatini  hosil qila olishi kerak. Muvaffaqiyat 

har  bir  о‘quvchi  erisha  olishi  uchun  qulay  bо‘lgan  о‘quv  vaziyatini  vujudga 

keltirish orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar о‘quv vaziyatida о‘quvchining bilish 

ehtiyojlarini  qondirish  uning  rivojlanishida  muhim  о‘rin  egallashini  ta’kidlab 

kelmoqdalar[4].  Agar  о‘quvchiga  о‘quv  vaziyatida  muvaffaqiyat  qozanish 

imkoniyati  berilsa  u  hayotda  ham  о‘ziga  tо‘g‘ri  yо‘l  tanlay  oladi.  Shuningdek, 

geografiya  о‘qituvchisining  pedagogik  mahorati  asoslarini  uning  nazariy  bilimi 

va  malakasi  tashkil  qiladi.  Mavjud  nazariy  bilim  va  turli  xil  innovatsion 

usullardan  foydalana  bilish  darajasi  о‘qituvchining  ilmiy-pedagogik  mahoratini 

belgilab  beruvchi  muhim  kо‘rsatkichdir.  Shunday  ekan,  geografiya  fani 



 

25

 



о‘qituvchisi  ekologiyadan  chuqur  nazariy  bilimga  ega  bо‘lishi,  tarbiyaning 

samarador  usullaridan  habardor  bо‘lishi,  bu  borada  xalq  pedagogikasining 

sinalgan usullaridan maqsadga muvofiq foydalana olishi lozim. 

Quyidagi  jadvalda  7-sinf  O’zbekiston  tabiiy  geografiya  darsligida  o’rin  olgan 

ekologik  mazmundagi  mavzularni  yoriyishda  foydalaniladigan  materiallar  va 

ularning mazmuni haqidagi fikrlarni aks ettiramiz: 



VII –sinf  o’quvchilarida barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishga 

xizmat qiluvchi geografik-ekologik bilimlar tizimi va ularning qisqacha 

mazmuni. 

№  O’quv dasturidagi mavzular  O’quv 

dasturida 

mavjud 


bo’lgan 

ekologik bilimlar 

Tavsiya 

etiladigan 

ekologik bilimlar 

Yer 



yuzasi, 

geologik 

tuzilishi 

va 


foydali 

qazilmalari 

Asosiy 

foydali 


qazilma  boyliklari 

va 


ularning 

konlari,  yer  osti 

suvlaridan 

xalq 


xo’jaligida 

foydalanish 

Yer  yuzasi  holatiga 

antropogen  ta’sir,  yer 

osti 

boyliklarini 



muhofaza 

qilish, 


rekul’tivatsiya  

O’zbekiston 



suv 

boyliklaridan 

foydalanish 

va ularni muhofaza qilish 

O’zbekistonda 

suvdan 


foydalanishning 

xalq 


xo’jaligi 

tarmoqlari 

bo’yicha 

taqsimlanishi, 

suvlarning 

ifloslanishi,  oldini 

olish 

chora-


tadbirlari 

Respublika  hududida  

shakllanadigan  hamda 

unga 


tashqaridan 

keladigan 

suvlar 

miqdori  va  ularning 



nisbati, 

transchegaraviy  suvlar 

muammosi, 

ichki 


suvlarni 

tejash 


va 

muhofaza  qilish  chora 

tadbirlari 


 

26

 



O’zbekistonning 

tabiiy 

boyliklari 



va 

ularni 


muhofaza qilish 

Tabiiy 


boylik 

tushunchasi,  tabiiy 

resurslarning 

turlari, 

O’zbekistonda 

atmosferaga 

chiqariladigan 

zararli 


brikmalar 

tarkibi, 

katta 

shaxarlar 



havosining 

ifloslanishi, 

Surxondaryo,  Orol 

dengizi, 

ichimlik 

suvi, 


tuproq 

ekologik 

muammolari, 

“Qizil kitob” 

Resurslardan  samarali 

foydalanish  bo’yicha 

amaliy 

tavsiyalar, 



atrof-muxit 

xolatini 

geografik  baholash  va 

bashoratlash  bo’yicha 

ilk  soda  tushunchalar 

va  ko’nikmalar,  Orol 

dengizi 

muammosining 

zamonaviy  yechimlari, 

Tursunzoda  alyuminiy 

zavodi,  Respublikada 

atrof-muxitni 

muhofaza 

qilish 


bo’yicha 

 

qabul 



qilingan  ma’lumotlar 

va ularning mohiyati 

O’zbekistonning 



tabiiy 

geografik o’lkalari 

Foydali 

qazilma 


boyliklari, 

“Qizil 


kitobga 

kiritilgan 

o’simlik 

va 


hayvonlar” 

Tabiiy 


geografik 

o’lkalardagi  mahalliy 

va 

mintaqaviy 



muammolar,  ularning 

zamonaviy  yechimlari, 

mavjud  qo’riqxonalar  

va 


ularning 

asosiy 


vazifalari 

 

    Mazkur  materiallar  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fanini  o’qitishda  turli  xil 



o’qitish  usullari  va  vositalari  yordamida  singdiriladi.  Ulardan    qanday  ta’lim 

 

27

 



texnologiyalardan  foydalanish  bo’yicha  ayrim  amaliy  tavsiyalar  keyingi  bobda 

batafsil to’xtalamiz[15].  



II bob. O’zbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik ta’lim-

tarbiya berish texnologiyalari. 

 

   2.1  Didaktik  o’yinli  darslarda  o’quvchilarga  ekologik  ta’lim  tarbiya 

berish.  

 

O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fanini  o’qitish  jarayonida  ekologik  ta`lim  – 

tarbiya  darsda  o`rganiladigan  mavzuning  mazmuni  e`tiborga  olingan  holda 

darsda  o`quvchilarning  kichik  guruhlarda  mustaqil  ishlashi,  debatlar  tashkil 

etish,  aqliy  hujum,  didaktik  o`yinlar,  taqdimot,  o`z-o`zini  baholash,  tashrif 

kabilardan  foydalanish,  masala  va  mashqlar  echishni  yo`lga  qo`yish 

o`qituvchining diqqat markazida bo`lmog’i lozim. 

    Dars  jarayonida  o`quvchilarning  bilish  faoliyati  kichik  guruhlarda  tashkil 

etish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 

-  darsda  vujudga  keltirilgan  ekologik  muammoli  vaziyatlarni  hal  etish 

yo`llarini belgilash; 

-  o`quv  topshiriqlarining  didaktik  maqsadi,  bajariladigan  topshiriqlar  bilan 

tanishish; 

-  kichik guruh a`zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo`llarini 

loyihalash, mustaqil ishlarni tashkil etish; 

-  o`rganilayotgan ob`ektni avval o`rganilgan ob`ektlar bilan taqqoslash; 

-  natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish; 

-  natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o`zgartirishlar kiritish.  

-  o`quvchilarning  bilish  faoliyati  kichik  guruhlarda  tashkil  etilganda 

guruhdagi  har  bir  o`quvchi  iqtidori,  qiziqishi,  bilim  saviyasi,  bilimlarni 

o`zlashtirish  darajasini  aniqlash,  o`quvchilar  o`rtasida  hamkorlik,  o`quv 

muloqoti, bahsi, munozara, o`zaro yordamni amalga oshirish ko`zda tutiladi. 



 

28

 



    Dars  jarayonida  ekologik  ta’lim-tarbiya  uyg’unligini  ta’minlashda  didaktik 

o`yinli  texnologiyasidan  foydalanishda  etakchi  o`rinlarni  ta`lim  beruvchi, 

rivojlantiruvchi,  tarbiyalovchi,  kommunikativ  funktsiyalar  egallab,  qolgan 

funktsiyalar ularga ilova bo`ladi.  

 Geografiya  o`qituvchisi  darsda  o`rganiladigan  mavzuning  ta`limiy,  tarbiyaviy 

va  riovjlantiruvchi  maqsadlari  va  pedagogik  texnologiyalarning  didaktik 

funktsiyalarini  hisobga  olgan  holda  qaysi  texnologiyadan  foydalanishini  ilmiy-

metodik  asosda  tanlagandagina  ko`zlangan  maqsadga  va  samaradorlikka 

erishadi. 

    O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fanini  ekologik  ta`lim-tarbiya  bilan 

uyg’unlikda  tashkil  etish  jarayonida  didaktik  o`yinli  texnologiyalar  didaktik 

o`yinli 


dars 

shaklida 

qo`llanilganda 

o’quvchilarning 

faolliklarini 

jadallashtirishga  imkon  yaratadi.  Ushbu  darslarda  o`quvchilarning  bilim  olish 

jarayonini  o`yin  faoliyati  bilan  uyg’unlashtiriladi.  Shu  sababli,  o`quvchilarning 

geografik-ekologik  bilim  olish  faoliyati,  o`yin  faoliyati  bilan  uyg’unlashgan 

darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda o`yin faoliyati 

o`zining  quyidagi  xususiyatlari  bilan  tavsiflanadi:  o`yin  ishtirokchilari  rollarni, 

vazifalarni 

tanlashi 

natijasida 

erkin 


rivojlantiruvchi 

faoliyat, 

ya`ni 

o`quvchilarning  o`z  faoliyatini  tahlil  va  nazorat  qilishi,  maqsadga  muvofiq 



natijaga erishgan hollarda o`z faoliyatidan  ko`ngli to`lishi, o`z bilimi va kuchiga 

ishonch  vujudga  keladi.  Ijodiy  muhit  tarkib  topadi.  O`yin  ishtirokchilari 

muammolarni  hal  etishda  tegishli  ijodiy  va  mustaqil  faoliyatga  ega  bo`ladilar. 

O`yin  davomida  musobaqa,  raqobat,  hamkorlik,  o`zaro  yordam  vujudga  keladi. 

Shu  asnoda  his-hayajonli    vaziyat    paydo  bo`ladi.  His-hayajonga  yo`g’rilgan 

bilim, ko`nikmalar  inson  xotirasida bir  umr   muhrlanib qoladi.

 

O`yin  mazmuni, 



borishi,  mantiqiy  ketma-ketligi,  vaqt    balansi  va  o`quvchilarning  muammoli 

vaziyatlarni  zudlik  bilan  hal  etishi,  mo`ljalni  to`g’ri  olishga  o`rgatadi.  Dars 

jarayonini  didaktik  o`yinli  darslar  orqali  tashkil  qilinganida  quyidagi 

funktsiyalar amalga oshiriladi: 

barcha mavzularda ekologik ta`lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash; 



 

29

 



dars jarayonida o’quvchi faoliyatini  rivojlantirish; 

o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish; 



bilimlarni nazorat va tahlil qilish; 

o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish; 



Ekologik  ta`lim-tarbiya  jarayonida  bu  funktsiyalar  majmua  holda  amalga 

oshiriladi, lekin quyida o`rganiladigan didaktik o`yin turlarida qaysidir funktsiya 

ustunlik qiladi. Masalan, konferentsiya darslarida shaxsni rivojlantirish  ustunlik 

qiladi,  qolgan  funktsiyalar  unga  ilova  bo`ladi,  o`yin  mashqlarda  bilimlarni 

nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar uni to`ldiradi va h.k.  

O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fanidan  o`quvchilar  bilan  ommaviy  ravishda 

olib  boriladigan  mashg’ulotlarga  turli  mavzulardagi  kechalar,  bayramlar, 

ma`ruzalar,  “O`tkir  zehnlilar  mushoirasi”,    viktorina  va  mushoiralar  o`tkazish, 

O`zbekiston  Qahramonlari  va  olimlari  bilan  uchrashuvlar  tashkil  etish  misol 

bo`ladi.  Snuningdek,  “O`zbekiston  ekolog  olimlarining    fan  taraqqiyotiga 

qo`shgan  hissalari”,  “O`zbekistonda  qo’riqxonalar  va  ularni  tabiatni  muhofaza 

qilishdagi  ahamiyati”,  “Allomalar  nazmida  ekologiya”,  “Orol  dardi  -  olam 

dardi”  mavzulari  bo`yicha  ommaviy  kechalar  o`tkazish    o’quvchilar  faolligini 

oshiradi[11]. 

Jumladan, “Allomalar nazmida ekologiya” mavzuidagi ommaviy kecha quyidagi 

reja asosida olib borilishi mumkin: 

   O`qituvchining  kirish  so`zi.  U  o`z  so`zida  ulug’  allomalar  Abu  Rayhon 

Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Alisher  Navoiy,  Sohib-qiron  Amir  Temur,  Mirzo 

Ulug’bek,  Zahiriddin  Muxammad  Boburlarning  boy  ma`naviy  meroslari, 

ularning geografiya faniga qo`shgan hissalarini qayd etib, o`quvchilarni ularning 

munosib  vorislari  bo`lishga  undaydi  va  ularning  asarlarida  ekologik 

muammolarga  katta  e`tibor  berilganligi,  bugungi  kecha  ulug’  allomalarning 

ekologik qarashlarini o`rganishga bag’ishlanishini ma`lum qiladi. 

 Shundan  so`ng,  quyidagi  mavzularda  o`quvchilar  tomonidan  tayyorlangan 

ma`ruzalar tinglanadi: 

1. Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologiya. 



 

30

 



2. Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari. 

3. Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari. 

4. Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi. 

5. Mirzo Ulug’bekning dunyo tsivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi. 

6. Zahiriddin Muxammad Boburning geografiya fani rivojiga qo`shgan hissasi 

va ekologik qarashi[6]. 

Geografiya  o`qituvchisi  maktab  pedagogik  jamoasi  bilan  mazkur  mavzuli 

kechani  mazmunli  o`tkazishi  borasida,  hamkorlikda  ish  olib  borishi,  mavzuga 

tegishli  sahna  ko`rinishlari,  adabiy-badiiy  chiqishlarni  tayyorlashi,  ekologiyaga 

oid  hikmatli  hikoyalar,  rivoyatlar,  hadislar  va  maqollar  to`plashi,  ular  asosida 

kecha senariysini tayyorlashi lozim. 

    “O`zbekiston  ekolog  olimlarining  fan  taraqqiyotiga  qo`shgan  hissalari”, 

“O`zbekiston  eng  muhim  tabiat  go’shalari”  mavzulardagi  mazmunli  kechalarga 

ilmiy-tadqiqot  institutlari,  ularning  filiallari  bilan  hamkorlikda  ish  olib  borishi, 

fan rivojiga hissa qo`shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi, kechani 

o`tkazish  rejasini  tuzishi  va  ma`ruzalar  mavzusini  tanlashi  lozim.  Shu  bilan 

birga,  kecha  mavzusiga  bog’liq  holda  olimlarning  chop  etgan  ilmiy  ishlari, 

o`quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ko`rgazmasi, mustaqillik davrida qo`lga 

kiritilgan  yutuqlar  va  istiqboldagi  rejalar  aks  ettirilgan  devoriy  gazetalar, 

kechada  ishtirok  etadigan  olimlarning  hayot  faoliyati  va  fan  rivojiga  qo`shgan 

hissalari  haqida  ma`ruzalar  tayyorlanishiga  e`tiborni  qaratishi  zarur.  Ommaviy 

ravishda  olib  boriladigan  mashg’ulotlar  geografiyani  o`qitish  samaradorligini 

oshirish,  o`quvchilarning 

ilmiy  dunyoqarashi, 

fikr 

yuritish  doirasini 



kengaytirish,  qiziqishlari,  mustaqilligi,  nutq  va  muloqot  madaniyati,  o`quv  va 

amaliy  mehnat  ko`nimalarini  rivojlantirish,  o`quvchi  yoshlar  ongi  va  qalbiga 

milliy  istiqlol  g’oyalarini  singdirish,  ularni  Vatan  va  mustaqillik  printsiplariga 

sadoqat,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat  ruhida  tarbiyalashga 

zamin  yaratadi.    O`qituvchi  avval  o`quvchilarni  individual,  so`ngra  guruhli 

o`yinlarga  tayyorlashi  va  o`tkazishi  ular  muvaffaqiyatli  chiqqandan  so`ng, 

ommaviy  o`yinlarga  tayyorgarlik  ko`rilishi  lozim.  Chunki  o`quvchilar  didaktik 


 

31

 



o`yinli  darslarda  faol  ishtirok  etishlari  uchun  kerakli  bilim,  ko`nikma  va 

malakalarga  ega  bo`lishi,  bundan  tashqari  sinf  jamoasi  o`rtasida  o`zaro 

hamkorlik,  o`zaro  yordam  vujudga  kelishi  lozim.  Quyida  O’zbekiston  tabiiy 

geografiyasi  fani  bo’yicha  ekologik  ta’lim-tarbiya  uyg’unligini  ta’minlashda  

mavzular  bo’yicha  foydalaniladigan  didaktik  texnologiyalarning  taxminiy 

ishlanmalarini ko’rib chiqamiz: 

-suyujetli-ro’lli  o’yinlar:  o`quvchilarning  ijodiy  fikrlashi,  mustaqil  bilim 

egallash  ko`nikmalarini  rivojlantirish  va  o`zlarida  mujassamlashgan  bilim, 

ko`nikma  va  malakalarini  yangi  vaziyatlarda  qo`llash  orqali  yangi  bilimlarni 

o`zlashtirishda  syujetli-rolli  o`yinlar  muhim  rol  o`ynaydi.  Bunda  o`yin  syujeti 

jamiyatdan  yoki  tabiatdan  olinadi.  Ba`zan  jamiyat  va  tabiatdagi  muammolar 

uyg’unlashtiriladi. 

O’zbekiston 

tabiiy 


geografiya 

kursini 


o`qitishda 

“O’zbekiston  tuprog’i,  o’simligi  va  hayvonot  dunyosi”,  “O’zbekiston  ichki 

suvlari”,  “Orol  dardi-olam  dardi”,  “  O’zbekiston  tabiatini  muhofaza  qilish” 

mavzularni syujetli-rolli o`yinlar tarzida o`tkazish maqsadga muvofiq. Jumladan 

“Orol  dardi-olam  dardi”  mavzusidagi  syujetli-rolli  o`yinda  syujet  tabiatdan 

olinadi  va  jamiyatdagi  munosabatlar  bilan  uyg’unlashtiriladi.  Mazkur  didaktik 

o`yinda  Orol  –  “ona”,  Amudaryo  va  Sirdaryo  onaning  zanjirband  “o`g’illari”, 

yomg’ir, qor, shudring  onaning “qizlari” siymosini  gavdalantiradi. Orol -  ya`ni, 

“ona”  o`zining  o`g’illari  bo`lgan  Amudaryo  va  Sirdaryoning  diydoriga  mujtoq, 

o`z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she`riy dard bilan ifoda etadi. Izmi 

o`zida  bo`lmagan  zanjirband  o`g’illar  ham  ona  mehriga  zor,  lekin  har  qancha 

harakat  qilishmasin  onaning  huzuriga  etaolmaydi.  Tabiat  in`om  etgan  yomg’ir, 

qor  va shudring ona  huzurida bo`lsalar  ham  uning dardini engillata olmaydilar. 

Ona  va  farzand  o`rtasidagi  mehr-muhabbat,  muruvvat  shu  tariqa  ifoda  etiladi. 

O`qituvchi  bu  didaktik  o`yinni  o`tkazish  uchun  quyidagilarni  amalga  oshirishi 

zarur:  Orol  muammolariga  oid  ma`lumotlarni  to`plashi;  dars  stsenariysini 

o`quvchilar  va  adabiyot  o`qituvchilari  bilan  hamkorlikda  tuzishi;  rollar  va 

vazifalarni  o`quvchilar  o`rtasida  taqsimlashi;  muammoni  hal  etish  yo`llarini 

belgilashi lozim. 


 

32

 



   Ijodiy o`yinlar:-bunda  o`quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy 

fikrlashini  rivojlantirishda,  qo`shimcha  bilim  olishga  bo`lgan  ehtiyojlarini 

qondirishda  ijodiy  o`yinlar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ijodiy  o`yinlardan 

“O’zbekiston iqlimi”, “O’zbekiston ichki suvlari va suv boyliklari” mavzularini 

o`rganishda  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Bunda  o`quvchilar  teng  sonli 

guruhlarga  ajratilib,  ularni  shartli  ravishda  “Gidrologlar”,  “Iqlimshunoslar”, 

“Ekologlar”  va  h.k  belgilanadi.  Har  bir  “mutaxassislar”  ijodiy  izlanib,  go`yoki 

fanda  yangiliklar  kashf  etadilar.  O`qituvchi  tomonidan  tavsiya  etilgan 

topshiriqlarni  bajarib,  O’zbekiston  tabiiy  kartasi,  7-sinf  atlasi  hamda 

ko`rgazmali qurollarga tayangan holda, o`z javoblarini asoslaydilar.   Mazkur 

didaktik  o`yinli  darslarda  hamma  o`quvchilar  hamkorlikda  ishlaydilar,  avval 

o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab yangi bilimlarni egallaydilar. 

Bu esa o`quvchilarning o`z bilimlariga, iqtidoriga  ishonch  uyg’otadi va  har bir 

o`quvchi sidqidildan  hamda jiddiy tayyorgarlik   muvaffaqiyat  garovi ekanligini 

anglagan holda bilim olishga kirishadi[16]. 

Dars  mavzusi:  O’zbekiston  suv  boyliklaridan  foydalanish  va  ularni  muhofaza 

qilish.. 

Darsning  ta`limiy  maqsadi:  O`quvchilarga  inson  hayotida  suv  boyliklari 

qanday ahamiyatga ekanligi va ularning ekologik holati bilan tanishtirish. 

Darsning  tarbiyaviy  maqsadi:  suv  boyliklari  qishloq  xo’jaligi,  aholi,  sanoatni  

suv 

bilan 

ta’minlashini 

tushuntirish 

orqali 

o`quvchilarning 

ilmiy 

dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiyalash;  

Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi:o`quvchilarning  suv  boyliklarining  hozirgi 

kundagi  holati  haqidagi  bilimlari,  darslik  ustida  mustaqil  ishlash  va  ijodiy  fikr 

yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish. 

Darsni  jihozlash:  O’zbekiston  tabiiy    va  tabiatni  muhofaza  qilish  kartalari,  7-

sinf atlasi.  

Darsda  foydalaniladigan    texnologiya:  Didaktik  o`yin  texnologiyasi  (ijodiy  

o`yin). 


 

33

 



Asosiy  tushunchalar  va  tayanch  bilimlar:  Suv  boyliklari,  potentsial  energiya 

resurslari. 

-  Darsning borishi:  

-  Tashkiliy qism. 

-  O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. 

-  Yangi mavzuni o`rganish: 

O`qituvchi  yangi  mavzuni  o`rganishdan  oldin  o`quvchilarni  teng  sonli  4  ta 

guruhga  ajratadi  va  ularga  muayyan  sohada  faoliyat  ko`rsatadigan  “olimlar” 

maqomini  beradi.  Jumladan,  I  guruh  olimlari  “Gidrologlar”  maqomini  olib, 

mavzudagi  ma’lumotlardan  ma’ruza  tayyorlaydilar  va  quyidagi  jadvalni 

to`ldiradilar: 

O’zbekiston daryolari 

Hududiy joylashuvi va 

vazifasi  

Daryo suvlarini toza saqlash 

tadbirlari 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

II-guruh  olimlari  “Iqlimshunoslar”  maqomiga  ega  bo`lib,  mavzudagi 

O’zbekiston  ko’llari,  paydo  bo’lishiga  ko’ra  turlari,  vazifasi,  hozirgi  kundagi 

ekologik holati bo`yicha materiallarni o`rganib chiqib ma`ruza tayyorlaydilar va 

quyidagi jadvalni to`ldiradilar: 

Ko’llar 


Hududiy 

joylashuvi 

va 

ahamiyati 



Ekologik 

axvoli, 


toza 

saqlash  chora-tadbirlari 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

III-guruh olimlari “geograflar” maqomini olib, yer osti suvlari, turlari, to’yinish 

manbalari  to’g’risida ma`ruza tayyorlaydilar va quyidagi javalni to`ldiradilar: 

Yer  osti  suvlari 

turi 

Paydo bo’lishi va 



tarqalishi 

Hozirgi kundagi ekologik holati va 

amalga oshirilayotgan ishlar 


 

34

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

IV-guruh  olimlari  “Ekologlar”  maqomini  olib  mavzudagi  suv  boyliklari  va 

ularni muhofaza qilish bo’yicha ma`lumotlar tayyorlaydilar. 

“Olimlar”  o`zlariga  belgilangan  mavzuning  tegishli  qismini  o`rganib 

bo`lganlaridan  so`ng,  ko`rgazmali  qurollar  asosida  ma`ruzalarini  bayon 

qiladilar. Guruhlar o`rtasida savol-javob, o`quv bahsi o`tkaziladi. 

O`quvchilarning  yangi  mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini  nazorat qilish 

va baholash darslikda berilgan topshiriqlar asosida o`tkaziladi.   

-Darsni yakunlash. 

-Uyga vazifa berish. 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling