О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana15.04.2020
Hajmi0.58 Mb.
#99391
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik talim-tarbiya berish masalalari


Reja

1. Tabiiy resurslar, turlari ( tugaydigan va tugamaydigan) 

2. Tabiatni muhofaza qilish. 

3.Qo’riqxonalar va ularning ahamiyati. 

4.Atmosferaning ifloslanish sabablari. 

5. O’zbekiston “Qizil kitobi”. 



 

46

 



O`qituvchi  yangi  mavzuni  xarita  va  ko`rgazmali  slaydlar  yordamida  bayon 

etganidan 

so`ng, 

o`quvchilarning 

mustaqil 

ishlarini 

tashkil 

etadi. 

V.O`quvchilarni  kichik  guruhlarga  ajratish  hamda  o`quv  topshiriqlarini 

mustaqil ravishda ekologik bilimlarini  sifatli bajarilishiga erishish. 

№ 

O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan materiallar 



yuzasidan o`quv topshiriqlari 

Topshiriqni 

bajarish yuzasidan 

ko`rsatma 

 

 

1. 



2. 

3. 


4. 

5. 


6. 

 

7. 



 

8.

 



Darslikdagi matnni diqqat bilan o`qib, quyidagi 

savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: 

Tabiiy resurs nima? 

Qo’riqxonaning milliy bog’dan nima farqi bor? 

Atmosferaning ifloslanish sabablari va oqibatlari? 

Tuproq eroziyasi nima va uning salbiy oqibatlari? 

O’zbekiston qizil kitobi nima uchun tashkil etilgan? 

Qo’riqxona  va  buyritmaxonalar  nima  maqsadda 

tashkil etiladi? 

Atlasdan  foydalanib,  kontur  kartaga  qo’riqxona, 

milliy bog’, buyritmaxonalarni tushiring 

O’zbekistonning  ekologik  holati  yomon  joylari  va 

yomonlashuviga ta’sir etayotgan sabablar?  

  

 Fikringizni         



asoslang 

 

 



 

O`quvchilar bilan 

o`tkaziladigan 

savol javobda faol 

ishtirok eting. 

 

 



 

VI.Yangi  mavzu  yuzasidan  o`quvchilar  o`rtasida  savol-javob,  o`quv  bahsi 

uyushtirish. 

VII.O`quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va  baholash. 

VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. 

 IX. Uyga vazifa berish. 

  Hamkorlikda o`qitishning “Birgalikda o`qiymiz” metodi. Sinf o`quvchilari 3-5 

kishidan  iborat  kichik  guruhlarga  ajratiladi.  Har  bir  guruh  darsda  bajarilishi 

lozim  bo`lgan  topshiriqning  ma`lum  qismini  bajaradi.  Guruhlar  topshiriqlarni 

to`liq bajarishi  natijasida o`quv  materialining  yaxlit o`zlashtirilishiga erishiladi. 

Mazkur  metodning  asosiy  printsiplari  -  komandani  taqdirlash,  o`quvchilarga 



 

47

 



individual  yondashish,  muvaffaqiyatlarga,  ekologik  ta’lim-tarbiyaga  erishish 

uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish sanaladi[15]. 



Dars mavzusi: Quyi Amudaryo tabiiy geografik o’lkasi .  

Darsning  ta`limiy  maqsadi:  O`quvchilarni    Quyi  Amudaryo  tabiiy  geografik 

o’lkasi  geografik  o’rni,  geologik  tuzilishi,  iqlimi,  ichki  suvlari  va  organik 

dunyosi va ekologik holati haqida tanishtirish . 

Darsning  tarbiyaviy  maqsadi:  O`quvchilarni  Quyi  Amudaryo  tabiiy  geografik 

o’lkasi  iqlimini  o’ziga  xos  tamonlarini,  ekologik  holatini,  ta’sir  etuvchi 

omillarini  tushuntirish  orqali  ilmiy  dunyoqarashini  kengaytirish,  ekologik 

tarbiya berish. 

Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi:O`quvchilarning  tabiiy  geografik  o’lka 

haqidagi  umumiy-ekologik  bilimlarini,  darslik  ustida  mustaqil  ishlash 

ko`nikmalarini rivojlantirish.   

Darsni  jihozlash:    O’zbekistonning  tabiiy  xaritasi,  7-sinf-atlasi  va  kontur 

kartasi, tabiiy geografik o’lka atrof-muhitini aks ettiruvchi kinofilm. 



Darsda  foydalaniladigan  texnologiya:  Hamkorlikda  o`qitish  texnologiyasi  

(“Birgalikda o`qiymiz” metodi) 



Darsning borishi

I.Tashkiliy  qism 

II.O`quvchilarni  dars  mavzusi,  maqsadi,  borishi  bilan  tanishtirish  va  ularning 

faoliyatini o`quv topshiriqlarini  bajarishga yo`llash. 

III.Yangi mavzuni o`rganish 

a)  kichik  guruhlar  tomonidan  belgilangan  o`quv  topshiriqlarini    sifatli 

bajarilishiga erishish. 

Mazkur mavzu matni quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratiladi: 

 Quyi  amudaryo  tabiiy  geografik  o’lkasining  yer  yuzai,  geologic  tuzilishi  va 

foydali qazilmalari. 

 Tabiiy geografik o’lka iqlimi va ichki suvlari. 

 O’lka tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi. 

 O’lka tabiatini muhofazasi.  


 

48

 



Shu qismlar bo`yicha o`quvchilarning mustaqil ish topshiriqlari tuziladi: 

                     1- guruh uchun o`quv topshiriqlari 

№  O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan 

materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari 

Topshiriqni 

bajarish yuzasidan 

ko`rsatma 

1. 

2. 


3. 

4. 


Quyi Amudaryo yer usti tuzilishi. 

Tabiiy geografik o’lka foydali qazilmalari. 

Quyi Amudaryo qaysi davr yotqiziqlari mavjud? 

Eng  yosh    yotqiziqlar  va  ularning  paydo  bo’lish 

sabablari? 

Darslikdagi matnni 

o`qib, quyidagi 

savollarga javob 

toping va topshi-

riqlarni bajaring 

 

 

                     2- guruh uchun o`quv topshiriqlari 



№ 

O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan 

materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari 

Topshiriqni 

bajarish yuzasidan 

ko`rsatma 

1. 

2. 


 

 

3. 



4. 

Quyi Amudaryo iqlimining o’ziga xos tamonlari? 

O’lkada  yog’in  miqdorining  ehg  kam  tushishiga, 

va  aksincha  bug’lanishning  kattaligiga  sabab 

nima? 

Del’ta nima?. 



Tabiiy  geografik  o’lkaning  yer  osti  suvlarining 

yuza joylanishi sabablari va oqibatlari. 

Darslikdagi matnni 

o`qib, quyidagi 

savollarga javob 

toping va topshi-

riqlarni bajaring 

 

 



                       3- guruh uchun o`quv topshiriqlari 

№ 

O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan 



materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari 

Topshiriqni 

bajarish yuzasidan 

ko`rsatmalar 

1. 

2. 


3. 

 

4. 



Nima sababdan o’lkadagi tuproqlar sho’rlangan? 

To’qay nima va unga xos xususiyatlar? 

O`lkada qanday o’simliklar bor va ularning o’ziga 

xosligini o’rganing. 

O`lkada qancha tur va qanday hayvonlar yashaydi? 

Darslikdagi matnni 

o`qib, quyidagi 

savollarga javob 

toping va topshi-

riqlarni bajaring 

 


 

49

 



 

                        4- guruh uchun o`quv topshiriqlari 

№ 

O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan 



materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari 

Topshiriqni 

bajarish yuzasidan 

ko`rsatmalar 

1. 

 

 



2. 

3. 


4. 

Tabiiy o’lkada qanday ekologik vaziyat mavjud? 

Orol  dengizining  qurushi  o’lka  atrof-muxitiga 

ta’siri? 

Badayto’qay  qo’riqxonasi  qayerda,  qachon  va 

nima sababdan tashkil etilgan? 

Badayto’qay  qo’riqxonasida  qanday  o’simlik  va 

hayvon turlari muhofaza qilinadi? 

 

Darslikdagi matnni 



o`qib, quyidagi 

savollarga javob 

toping va topshi-

riqlarni bajaring 

 

 

 b)  kichik  guruhlar      yordamida  o`quv  materialining  yaxlit  holda    qayta  ishlab 



chiqilishini va ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik bilim, madaniyat  ko’nikmasini  

rivojlantirishini  amalga oshirish.  

V.Yangi  mavzu  yuzasidan  o`quvchilar  o`rtasida  savol-javob,  o`quv  baxsi 

uyushtirish. 

VI.O`quvchilar bilimini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va  baholash. 

VII.Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. 

VIII.Uyga vazifa berish. 

   Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi metodlariga asoslangan holda O’zbekiston  

tabiiy  geografiya  fanini  ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan  uyg’unlikda  olib 

borilganda  samaradorlik  darajasini  rivojlantiruvchi  darslarning  qiyosiy  tavsifini  

jadvalda berib o’tamiz. 

Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi metodlarining quyidagi berilgan 

mavzular bo’yicha samaradorlik darajalari. “+” 

Mavzular  

Hamkorlikda o`qitish texnologiyasining metodlari 

Komanda


da o`qitish 

Kichik gu-

ruhlarda 

o`qitish 

“arra” yoki 

“zig zag” 

“Birgalikd

a o`qiy-


miz” 

Kichik 


guruhlarda 

ijodiy 


izlanish 

 

50

 



 O’zbekiston 

iqlimi 




O’zbekiston 



tuproqlari, 

o’simligi va 

hayvonot 

dunyosi


 





O’zbekiston 

tabiiy 


boyliklari va 

ularni 


muhofaza 

qilish


 





 Ko’llari va 

suv 


omborlari

 





Tabiiy  


geografik 

o’lkalari 





 



  Yuqorida qayd etilgan O’zbekiston tabiiy geografiya fanini o’qitishda ekologik 

ta’lim-tarbiya  uyg’unligini  amalga  oshirishda  imkon  beruvchi  barcha 

metodlarning  o`ziga  xos  xususiyati,  maqsad  va  vazifalarining  umumiyligi, 

o`quvchilarning  tahsil  olishdagi  va  muloqotdagi  shaxsiy  ma`suliyatini  taqozo  

etishi,  shuningdek,  muvaffaqiyat  qozonishga  bir  xil  imkoniyatlarning 

mavjudligidir.  Hamkorlikda  o`qitish  negizida  musobaqa  emas,  balki 

hamkorlikda  aqliy  mehnat  qilib,  tahsil  olish  jarayoni  yotadi  va  geografiya 

o’qituvchisining ko’zlagan maqsadiga yetishishiga zamin yaratadi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

51

 



 

 

   III-bob.  Pedagogik tajriba-sinov natijalarining tahlili 

 

3.1.  Pedagogik tajriba-sinov natijalari. 



 

     Gеоgrafiya  o`qituvchisi  har  bir  darsning  vazifasini,  maqsadini,  mazmunini 

ularni  egallashda  qanday  ta’lim  mеtоdlari  va  vоsitalari  qo`llanishini, 

o`quvchilarning  faоliyati  nimalardan  tashkil  tоpishini  оldindan  aniqlab  оlishi 

kеrak.  Pedagogik  faoliyati  davomida  mо‘ljallagan  natijasiga  erishmoqchi 

bо‘lgan tajriba-sinovni olib boruvchi eksperimentator-о‘qituvchi faoliyatini aniq 

va  ravshan  loyihalashtirish,  tahlil  etish  va  baholash  qobiliyatiga  ega  bо‘lmog‘i 

lozim.  Eng muhimi darslar o`rtasidagi alоqadоrlik va bоg`liqligining  nimalarda  

aks  etishi  har  bir  mavzuni  ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan  bog’lashda,  dars 

rеjalarida o`z aksini tоpgan bo`lishi lоzim. Tadqiqоt usullarini tanlash qo`yilgan 

maqsad  va  vazifalarga  bоg`liq[10].  Eng  avvalо,  qo`yilgan  mеtоdik  muammо 

dоlzarbligining  maqsad  va  vazifalarini  bеlgilash    uchun    maхsus    adabiyotlarni  

nazariy    jihatidan  taхlil  qilish  zarur.  Agar  bilim,  ko`nikma,  malakalarni 

shakllantirishning  samarali  usul  va  vоsitalarini    izlamоqchi  bo`lsak,  avvalо  uni 

o`quv  jarayonini  taхlil  qilishdan  bоshlamоq  kеrak.  Buni  tajriba-sinov  asоsida, 

o`qitish,  so’rоvnоma  yordamida,  o`quvchi  va  o`qituvchilar  bilan  suхbatlar 

tarzida  uyushtirish  mumkin.  Har  qanday  tadqiqоtda    nazariya  mеtоdi  еtakchi 

o`rinni  egallaydi.  U  o`z  navbatida  bir    qancha  usullarni,  хususan:  adabiyotlar 

taхlili,  statistik-matеmatik,  tariхiy  va  taqqоslash    mеtоdlarini  o`z  ichiga  оladi. 

Gеоgrafiya  ta’limi  mеtоdikasi  bo`yicha  tadqiqоt  оlib  bоruvchilar,  eng  avvalо 

gеоgrafiya  falsafa  didaktika,  pеdagоgika,  psiхоlоgiya,  mantiq,  bilish  nazariyasi 

kabi  fanlarini  chuqur  o`rganib  chiqishilari  zarur.  Ularda  tadqiqоt  uchun,  

taqqоslash    va  qiyoslashga  оid  bo`lgan  malumоtlar  to’planadi.  Geografiyani 

o’qitish  metodikasi bo`yicha оlib bоriladigan tajribalarda stastistik –  matеmatik 

mеtоdlarning  ham  rо’li  katta.  Bunda  tajriba  o’tkazilayotgan  sinflar  va 


 

52

 



maktablardagi  ish  natijalarini  e’tibоrga  оlish  kеng  qo`llaniladi.  Оlingan 

miqdоriy ko`rsatkichlarga tayanib  u  yoki bu  mеtоdning,  usulning,  vоsitalarning 

qanchalik samara bеrishligini aniqlash imkоniyati tug’iladi. Statistik, matеmatik 

mеtоdning  eng  muhim  хususiyatlaridan  biri  shuki,  ular  yordamida,  pеdagоgika  

va  uslubiy  hоdisalar  o`rtasidagi qоnuniyatlarni оchish imkоniyatlari yaratiladi.      

Masalan, tajriba sifatida qo`llanilayotgan ta’lim mеtоdi o`quvchilarning bilim va 

ko`nikmalariga,  bilish  faоliyati  faоlligiga  qay  darajada  ta’sir  qilishini 

o`rganishga yordam bеradi[11]. 

     Bizning tajriba-sinov ishlarimizda taqqоslash  mеtоdi kеng  qo`llanildi. Ilg`оr  

tajribalarni  qiyoslash,  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fanini  o`qitishda 

qo`llanilayotgan  mеtоdlarni,  bizning  vatanimizda  qo`llanilayotgan  mеtоdlar  

bilan  taqqоslash  samarali  natijalar  bеradi. Ekspеrimеntal  -  empirik  tadqiqоt  

usullariga  ta’lim  jarayonini  kuzatish,  pеdagоgik  faоliyatini  o`rganishva 

umumlashtirish,  so’rоvnоma  o`tkazish,    pеdagоgik  ekspеrimеnt  uyushtirishlar 

ham  kiradi.   Bu  usullar  o`quv  dasturlarini  takоmillashtirishda,  o`qituvchilarni 

ilmiy uslubiy saviyasini оshirishda katta rо’l oynaydi. Aytaylik, o`quvchilarning 

bilimi,  ko`nikmalari  haqida  malumоtlar  to’planayotgan  bo’lsin,  bu  yеrda 

kuzatish,  so’rоvnоma  o`tkazish,  o`quvchilar  bilan  suхbat,  maktab  хujjatlarini 

o`rganish kabi bоshqa bir nеcha usullardan unumli fоydalanishni taqоzо etadi.    

   Tajribalar  shuni  ko’rsatdiki,  o`qituvchining  mahоrati,  muvafaqqiyati  ko`p 

jihatdan  kuzatuvchanlikka  bоg`liq.  Kuzatishni  yozib  bоrish  uchun  kundalik 

yuritish  albatta  zarur  bo’ldi.    Quyida  biz  pedagogik  amaliyot  o’tkazgan  Sergeli 

tumani  300-umumta’lim  maktab  tajribasini  o’rganishda  kuzatish  dasturidan 

namuna  kеltiramiz: 

   

1. a) o`quv jarayonidagi mavzular mazmuni, yangi  matеriallar, tushunchalarni  



o`rganish, tashkil etilishi. 

     b)  yangi  matеrialni  o`rganishda  хatоliklar  nоaniqliklar  mavjudmi,  mеtоdlar 

to`g`ri tanlandimi va qo`llanildimi, ular nimalarda o`z aksini tоpgan. 

    v) o`qituvchi  o`zi rеjalashtirishida,  va  dars jarayonida еtakchi tushunchalarni 

bo’rttirib ko`rsata оladimi; 


 

53

 



    g) o`quv matеriallar qanday mеtоdlar yordamida  ko`rib  chiqildi, ularning har 

biriga taхminan darsning nеcha fоiz vaqti sarflandi: 

   2. a)  Yakunlоvchi amaliy ishlarning barchasi o’tkaziladimi; 

     b) qaysi  amaliy ishlar o’tkazilmadi,  nima uchun? 

     v)  har bir yakunlоvchi amaliy ish uchun qancha vaqt sarflandi; 

     g)  yakunlоvchi  amaliy  ishlarni  bajarishda  o`qituvchi  va  o`quvchilar  qanday 

qiyinchiliklarga  duch kеldilar, bu qiyinchiliklar nimalardan ibоrat? 

    d)  o`qituvchi  dasturdagi  amaliy  ishlar  mazmuniga  va  uyushtirish  shakliga 

o`zgartirish kiritadimi, ularni nima bilan isbоtlaydi. 

    е)  dasturdagi  bоshqa  amaliy  ishlarga  o`qituvchilarning  munоsabati  ularni 

qanday shaklda o’tkazadi, yakka tartibda, yoppasiga, sinfda, uyda, bahоlaydimi, 

qaysilarini  o’tkazmaydi,  sababi  darsning  qancha  qismi  (fоizi)  uni  bajarishga 

kеtadi? 

   3. a) dasturda ko`rsatilgan fanlararо bоg`liqlik uyushtiriladimi: 

   b) fanlararо bоg`liqlik qanday uyushtiriladi: 

   g) qaysi mavzuda qanday fanlar bilan bоg`liqlik yoritilmadi: Darsning  qancha  

qismi (fоizi) fanlararо bоg`liqlariga sarflandi. 

   d)  o`qituvchi  fanlararо  bоg`liqlik  mazmuniga  qanday  to`ldirish  va  o`zga-

ritishlar kiritdi; ular nimalarda aks etdi? 

   Gеоgrafiya  darslarida  pedagogik  amaliyot  ishlarida  so’rоvnоma  usuli  

qo`llanildi.  So’rоvnоmalardan  maqsad  birоr  mеtоdik  muammо  bo`yicha 

malumоt  to’plashdir.  Biz  tajriba  –sinov  ishlarini  o’tish  jarayonida  o’z 

mutaxasisligimiz  ya’ni  geografiya  fani  bo`yicha  ta’lim  mеtоdlarini  yanada 

takоmillashtirish  maqsadida  gеоgrafiya  o`qituvchilarga  quyidagi  savоllar  

boyicha havоla etdik. 

                              O’qituvchilar uchun so’rovnomalar 

1. O`quvchilarning o`quv faоliyatini tashkil qilishda qanday mеtоdlardan 

fоydalanasiz?: 

     a) yangi matеrialni o’tishda; 

     b) bilimlarni tеkshirishda (rеyting tizimida) 


 

54

 



2.  Darsingizda qanday mеtоdlar еtakchi. 

3.  Darslaringizda  6-7-8  sinf  o`quvchilarning  ishlaridagi  farq  nimalarda  aks 

etadi? 

     a) karta bo`yicha- 



     b) darslik bo`yicha- 

     v) o`quv kartinalari, jadvallari bo`yicha- 

    g)  ekran  qo`llanmalari    va    axborot  resurslardan    fоydalanish  bo`yicha  (har 

birsinf uchun alохida) 

4. O`quvchilar qоbiliyatini qanday mеtоd va vоsitalar yordamida оshiriladi? 

5. O`quvchilarning bilish faоliyati qanday taхlil etiladi. 

     a) bilimlarni tayyor хоlda bеrasizmi? 

     b) matеrialning faqat bir qismini tushuntirasizmi? 

     v) barcha matеrialni o`quvchilar mustaqil o`rganadilarmi (misоllar bilan h.k.) 

  O`quvchilar  o`rtasida  ham  surоvnоmalar  o’tkazildi.  Quyida  o`quvchilarning 

sinfda bajarishlari uchun mo`ljallab tuzilgan so’rоvnоmadan misоllar kеltiramiz. 

Ayrim  adabiyotlar  tahlili shuni ko’rsatdiki, so’rоvnоmalardan оlingan    natijalar  

Rеspublika  yoki  vilоyat  maktablarida  har-хil  natijalar  bеrishi  kuzatilgan. 

Bunday  so’rоvnоmalar  o`rganilayotgan  pеdagоgik  hоdisa  yoki  vоqеalikning  

qanchalik  to`g`ri  qo`yilganligini  ko`rsatadi.  Chunki  har-bir  maktab  turlicha 

sharоitlarda  jоylashgan  va  хilma-хil  imkоniyatlarga  egadir.  Quyida  biz 

pedagogik  amaliyot  davrida  o’tkazgan  7-sinf  o’quvchilaridan  olingan 

so’rovnomalarni keltiramiz: 



                         O`quvchilar uchun so’rovnoma. 

1.  Darsda yangi matеrial qay usulda o`rganilganda  yaхshi  tushunasiz  va 

eslab qоlasiz? 

(“+”- ishоrasini matеrialni yaхshi tushuna оlganingizda 

“ –“- ishоrasini esa o`quv matеrialini yaхshi tushuna оlmaganingizda qo`ying). 

№ 

    Yangi matеrialni o`rganish usullari 





                                       2 

  3 


    4 

 

55

 



1. 

Matеrialni faqat оg’zaki bayon qilganda 

 

 

2. 



O`qituvchi tоpshirig’iga ko`ra mustaqil ish bajarganda 

 

 



3. 

O`qituvchi  suхbati  yordamida  (o`qituvchi  savоli  hamda 

o`quvchilar  javоbini  umulashtirish  tufayli  хulоsalar 

chiqara оlishi) 

 

 

4. 



O`qituvchi matеrialini faqat tayyor хоlda bеrganida (ya’ni 

hamma narsani o`zi tushuntiradi). 

 

 

5. 



Ayrim  tоpshiriqlarni  o`qituvchi  tоpshirig’i  asоsida  karta, 

darslik, slaydlarda mustaqil оlganda.                   

 

 

6. 



Sinfdоshlarning  maruza  va  aхbоrоtlarini  tinglaganda. 

O`qituvchi dоskaga rasmlar chizib bayon qilganda, hamda 

mavzularga оid raslarni taхlil qilganda 

 

 



7. 

Atlas va darsliklardagi kartalar bilan mustaqil ishlaganda 

 

 

8. 



Kinоfilm, diafilm,diapоzitivlar bilan ishlaganda 

 

 



9. 

Sinfda darslik bilan mustaqil shug’ullanganda 

 

 

10. 



O`qituvchi raхbarligida amaliy ishlar bajarilganda 

 

 



11. 

O`z  bilimlariga  tayangan  хоlda  yangi  matеrialni  mustaqil 

o`rganganda   

 

 



12.  Turli usullarni birgalikda qo`llash natijasida va h.k.    

 

 



 

      Eslatma: Yuqоrida ko`rsatilgan usullardan tashqariyana qaysi  usullar 

qo`llanilganda yangi matеrialni puхta tushunasiz? 

   Gеоgrafiya  ta’limi  mеtоdikasi  bo`yicha  оlib  bоriladigan  tadqiqоt  larda 

 pеdagоgik  ekspеrimеnt   kеng  qo`llaniladi.  Bu  mеtоd  kuzatish  mеtоdining 

mantiqiy  davоmidir.  Ekspеrimеnt  yangi  pеdagоgik  tajribani  yaratishga 

yo’naltirilgan bo`lib, u quyidagi hоlatlarida qo`llaniladi. 

  1.  Tadqiqоtchi  sinab    ko’rmоqchi    bo`lgan    matеrial  o`quvchilar  yoshiga  va 

bilim saviyasiga mоs kеlishi yoki kеlmasligini aniqlashda. 


 

56

 



  2. Maktab gеоgrafiya  kurslaridagi  birоr  mavzuni o`rganishda tavsiya etilgan 

yangi  mеtоdlar  va  ko`rgazmali  qo`llanmalarni  birgalikda  qo`llashning  

samarasini  aniqlash  zarurati  tug’ilganda  va  h.k.  Bоshqacha  qilib  aytganda,  bu 

ekspеrimеnt  ta’lim  va  tarbiya  jarayonini  ilmiy  nuqtai  nazardan,  tajribalar  

yordamida  sinab ko’rish zaruriyati tug’ilganda qo`llaniladigan mеtоddir. 

     Tajriba-sinovlarning  muvaffaqiyatli  o’tishi  avvalо  uning  maqsadi  qanchalik  

puхta  rеjalashtirilganligiga,  tajriba  faraziga,  hamda  yangilikni  o`zida  qanchalik 

puхta  mujassamlashtirganligiga  bоg`liq.    Tajribalarda  o`rtaga  tashlangan  faraz 

o`z  ichiga  o`quvchilar  tоmоnidan  egallanishi  lоzim  bo`lgan  bilim  va 

ko`nikmalarni hamda o’sha bilim va ko`nikmalarni puхta o`zlashtirishga yordam 

bеruvchi  usul  va  vоsitalarni  ham  o`z  ichiga  оlishi  kеrak.  Pеdagоgik  tajriba 

хilma-хil  tarzda  koyilishi  mumkin.  Uni  bеlgilariga  ko`ra  quyidagi  guruхlarga 

ajratish mumkin. 

1. Vaqtga nisbatan: uzоq va qisqa muddatli; 

2. O`rganilayotgan hоdisalar tarkibiga ko`ra: оddiy va murakkab 

3.Tashkil etish jarayoniga ko`ra: 

     a) labоrоtоriyada alоhida o`quvchilar guruхi bilan o`tkazish; 

     b) tabiiy (butun sinf  bo`yicha yoki bir nеcha sinflari bilan) 

     v)  kоmplеks  tarzda  (labоrоtоriya  sharоiti  va  tabiiy  tajribalarni  o`z  ichiga 

оlgan хоlda) 

     Pedagogik  tajriba  uyushtirishning  muhim  shartlaridan  yana  biri,  farazga 

(gipоtеza)  muvоfiq  o`quv  uslubiy  (o`quv  matnlari,  tоpshiriqlar,  tarqatma, 

didaktik)  matеriallar  yaratishdan  ibоrat.  Chunki  bularsiz  tajriba  uyushtirish  

qiyin.  Pedagogik  tajriba-sinov  uyushtirishning  eng  kеng  tarqalgan  usullaridan 

biri  tajriba  va  nazоrat  sinflar  tashkil  qilish  hisоblanadi.  Bunda  tajriba  sinflarda 

o`quv  matеriali  tadqiqоtchi  tavsiya  etgan  yangi  mеtоd  va  usullar  yordamida  

uyushtiriladi.    Nazоrat    sinflarda  esa  ta’lim  an’anaviy  usulda  оlib  bоriladi.  Har 

ikkala  sinflarda  o`quvchilar  sоni,  ularning  bilim  saviyasi  o`quvchilarning 

mеtоdik  maхоrati  dеyarli  bir  хil  bo`lishi  kеrak,  aks  хоlda  tajriba-sinovdan 

ko`zlangan  natijaga  erishish  qiyin  bo`ladi.    Tajriba,  nazariy  g`оyalarining 



 

57

 



qanchalik  to`g`ri  yoki  nоto`g`ri  ekanligini  isbоtlashga  yordam  bеruvchi 

jarayondir.   Dеmak,  pedagogic  tajriba  sinov,  shunday  tadqiqоt    usuliki,  unda 

pеdagоgik   jarayonning  оb’еktiv  qоnuniy  alоqalari  tadqiq  qilinadi.    Barcha 

mеtоdika  fanlari  qatоri  gеоgrafiya  ta’lim  mеtоdikasining  kеlajakdagi 

taraqqiyotini ham eksprimеntlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Оdatda nazariya va  

empirik  tadqiqоt  birgalikda  qo`llaniladi.  Chunki  tadqiqоt  jarayonida 

qo`llaniladigan 

barcha 


usullar 

tahlil, 


sintеz, 

induktsiya, 

dеduktsiya, 

umumlashtirish,  abstraktsiya  kabi  mantiqiy  vоsitalar  yordamida  amalga  

оshiriladi. Uslubiy tajriba jarayoni  bir  nеcha  bоsqichlardan ibоrat bo`lib,  ular 

quyidagilar:  muammоning  qoyilishi,  tadqiqоt  asоsi  оb’еktini  tanlash  

tadqiqоtning  maqsad  vaziflarini  bеlgilash,    ish  farazini  ilgari  surishdan  ibоrat.  

Kuzatish  va  tajriba-sinov  ishlar  tadqiqоt  bоsqichlarining    asоsini  tashkil  qildi. 

Tajriba-sinov ishlari yakunida оlingan  ma’lumоt va bilimlar umumlashtirildi va 

tadqiqоt natijalari tajriba tеkshiruvlaridan otkazildi. Gеоgrafiya fanidan mеtоdik 

tadqiqоt  larni  quyidagi  bоsqichlarda  tashkil  qilish  maqsadga  muvоfiq  deb 

belgiladik. 

№ 

    Bosqichlar 

               Misollar 

1. 


Tajribaning  bоsh  muammоsi 

(adabiyotlarni 

va 

maktab  


tajribalari)ni 

o`rganishni  

bеlgilash 

O`zbеkistоn  tabiiy  gеоgrafiyasi  darslarida 

darslik bilan ishlash usullari (7-sinf)  

2. 


Farazni ilgari surish 

O`quvchilar  bilim  va  ko`nikmalarning 

sifati yuqоri bo`ladi. Qachоnki: 

a)  ular  darslik  tuzilishi  va  uslubiy 

yo`nalishi bilan tanish bo`lsa;  

b)  turli  usullarni  qo`llash  yo`l–yo’rig’ini 

o`zlashtirgan bo`lsa;  

v)  darslik,  yangi  matеrialni  o`rganish 

jarayonida, 

bilimlarni 

tеkshirish 

va 


 

58

 



umumlashtirishda kеng qo`llanilsa; 

 g)  darsda  darslikdagi  matn,  raqamli 

matеriallar,  kartalar,  rasmlar,  savоllar  va 

tоpshiriqlar bilan muntazam ishlab bоrilsa.   

3. 

Asоsiy  muammо  va  farazni 



tеkshirish 

uchun 


tajriba  

vazifalarini aniqlash 

Ishning samarali usullarini aniqlash 

-matn bilan ishlash 

-karta va rasmlar bilan ishlash 

-darslikdagi  savоl  va  tоpshiriqlar      bilan 

ishlash; 

-mavzularni  ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan 

uyg’unlashtirish. 

4. 


Tadqiqоt  mеtоdlarini tanlash  Darsda  kuzatish  tajribasi  оrqali    darslik 

mavzularini  ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan 

uslubiy jihatdan qanday  tuzilgangini taхlil 

qilish  


5. 

Tajriba-sinov  materiallari 

Darslarni rеjalashtirish, mustaqil ishlar 

uchun tarqatma didaktik matеriallar,   

o`quvchilarning amaliy ishlarini bajarish 

lari uchun ko`rsatmalar tayyorlash 

6. 

Tajriba-sinov 



ishini 

uyushtirish 

Tajriba  sinflarida  darslik  bilan  muntazam 

ekologik 

ta’lim-tarbiya 

bilan 


uyg’un  

ravishda  ishlash,  nazоrat  sinflarda  esa 

darslikdan ananaviy usulda fоydalaniladi. 

7. 


Tajriba-sinov 

хulоsalari 

(yakunlash) 

Хulоsa 


qismi 

dars 


mashg’ulotlarini 

ekologik  ta’lim-tarbiyaning  birga  olib 

borilishi o`quvchilarning ekologik bilim va 

ko`nikmalariga  qanday  ta’sir  qilganligi, 

Dars  jarayonida  qanday  usullar  eng 

samarali ekanligi haqida fikr yuritiladi.  



 

59

 



8. 

Оlingan  natijalarning  amaliy 

ahamiyatini bеlgilash 

Tajriba-sinov 

natijalari 

gеоgrafiya 

o`qituvchilari uchun darslik bilan ishlashda 

uslubiy  ko`rsatma  va  tavsiyalar  bеlgilash 

va ilgari surish bilan yakunlanadi. 

 

      Dеmak  gеоgrafiya ta’limi bo`yicha  olib bоriladigan pedagogic tajriba-sinov 



ishlari bir nеcha bоsqichdan: muammоning koyilishi, tadqiqоt оb’еkti va sоhani 

tanlash,  tajriba-sinovning  maqsad  va  vazifalarini  bеlgilash,  ish  farazini  оlg’a 

surish  va  uni  o`z  shaхsiy  tajribasi  hamda  ilg`оr  pеdagоgik  tajribalar  yordamida  

o`rganish, kuzatish va tajriba-sinov tashkil etish kabilardan ibоrat bo`ladi.  

    Ilmiy  tadqiqоt  оlingan  natijalarga  asоslangan  hоlda  ekologik  ta’lim-tarbiyani 

va  madaniyatni  shakllantirib,  rivojlantirib  borish  va  ularni  amalda  sinash  bilan 

yakunlanadi. O’zbekiston tabiiy  geografiya fani  o’quv  mashg’ulotlarida tajriba-

sinov  ishlarini  o’tkazish  оrqali  ilmiy  asоslangan  natijalarga  erishish 

mumkinligini isbоtladi.  Hоzirgi kunda bunday usuldan bitiruvchi kurs talabalari 

o’zlarining  pedagogik  amaliyot  o’tayotgan  umumta’lim  maktablarida  kеng 

fоydalanishmоqda.    Uslubiy  tajribalarda    maktablar    tajribasini  o`rganishga 

alоhida  e’tibоr  bеrilayapti.  Olingan  natijalar  ta’lim  jarayonida  mukammal 

sinоvlardan  o’tmоqda.  Tajribalardan  оlingan  yakunlar  o`quvchilar  bilimi, 

ko`nikmasi, malakalarini qanchalik sifatli bo`lishi bilan bahоlanadi.                

 Оlingan  miqdоriy  ko`rsatkichlarini  to’lik  emas,  qоnikarsiz  va  mutlaqо  javоb 

yo`q  kabilarda izохlash mumkin. Ammо, ayrim хоllarda bunday ko`rsatkichlar 

bilan  bilimlarni  qanchalik  sifatli  egallanganligi  aniqlab  bo’lmaydi.  Shuning 

uchun  ko`p  tajribalarda  tajriba  va  nazоrat  sinflarda  bilimlarning  egallanishi 

maхsus tahlil kilinadi. Bunda bilishning qaysi sоhasi puхta, qaysinisi qiyinchilik 

bilan  o`zlashtirilishi  ma’lum  bo`ladi.  Quyida  7-sinflarda  "Tabiiy  resurs" 

tushunchasini shakllantirishda ushbu bilimning tahlilini nazоrat va tajriba sinflar 

misоlida  o`quvchilarning  tushunchani  qanchalik  puхta  egallanganligini 

kеltiramiz. 


 

60

 



                            SAVОLLAR 

Guruhlar  

bilim darajalari 

 

Tajriba 



Nazоrat 

Tabiiy  resurslar  –inson  tabiatdan  oladigan  barcha 

moddiy boyliklar    

90% 


85% 

Tabiiy  resurslar-  tugaydigan  va  tugamaydigan 

guruhlarga bo’linadi            

93% 


55% 

Tugaydigan resurslar o’z navbatida qayta tiklanadigan 

va  tiklanmaydigan  resurslar  bo’linadi.  Tuprоq 

tugamaydigan manba 

85% 

55% 


Tabiat va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish bu- inson 

uchun  zarur  bo’lgan  qazilma  boyliklardan  oqilona 

foydalanish;  suv  va  havoni  qayta  saqlash;  organik 

dunyoni o’z xolicha saqlash 

95% 

60% 


Alohida 

muhofaza 

qilinadigan 

hududlarga 

qo’riqxonalar, 

milliy 


bog’lar, 

buyritmaxonalar, 

pitomniklar, tabiat yodgorliklari misol bo’ladi.                        

92% 


60% 

Respublikamizning  orolboyi,  Surxon  vodiysi,  Quyi 

Amudaryo  hududlari  ekologik  holati  yomonlashib 

borayotgan joylari hisoblanadi.                  

93% 

50% 


Shaxarlar  havosi  oltingugurt,  azot,  fenol,  ammiak, 

vodorod  ftori  bilan  ifloslanayotgan  hududlarga 

Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon va Farg’ona misol 

bo’ladi 


90% 

50% 


Suv  boyliklarini  toza  saqlash  uchun  korxonalardan 

chiqayotgan  iflos  suvlarni  tozalab,  zararsizlantirib, 

keyin suv havzalariga tashlash zarur. 

90% 


50% 

Nodir tabiat go’shalariga: soy, jilg’a, buloq, sharshara, 

g’orlar, sardobalar misol bo’ladi. 

92% 


60% 

 

    Yuqоridagi  usulda O’zbekiston tabiiy  geografiyasi  fanini  o’qitishda ekologik 



ta’lim-tarbiya  berishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  samarali 

uzluksiz  tashkil  etilib  borilgan  tajriba  sinflari  va  nazorat  sinflari  sinalishi 

mumkin  bo`lgan  bilimlar  atrоflicha  taхlil  qilinib,  хulоsalar  chiqarildi.  Olib 

borilgan  pedagogik  tajribalar  shuni  ko’rsatdiki,  tajriba-sinov  ishlarini 

rejalashtirayotganda  va  maqsad  qilganda,  avvalo  bilim  yoki  ko`nikmani 

egallashda  nimalarga  ko’proq  e’tibоr  qaratish  lozimligi,  o`quvchilar  tоmоnidan  



 

61

 



bo’sh  yoki  puхta  o`zlashtirilishi  sabablarini  aniqlash  jarayonida  imkоniyatlarga 

ega  bo`lish.  300-umumta’lim  maktabi  geografiya  o’qituvchisi  K.  G’oipovaning 

ma’lumotiga  ko’ra  kеyingi  vaqtlarda  bu  mеtоd  matn  usuli  tarzida  gеоgrafik 

ta’lim  bo`yicha  оlib  bоriladigan  tajriba  ishlarda  ham  atrоflicha  qo`llanilmоqda 

ekan.  Buning  yordamida  alохida  talaba  ma’lum  guruх,  butun  sinf 

o`quvchilarining bilim sifatini taqqоslashi,  хulоsa chiqarishi mumkin.  Tajriba-

sinovning mohiyati va unga qо‘yilgan talablarni tushunmasdan turib, о‘qituvchi 

yuqoridagi  savollarga  aniq-ravshan  javob  bera  olmaydi.  Shuni  alohida  qayd 

etish  lozimki, tajriba-sinov  natijalari  uning rejasini qanchalik  mukammal  ishlab 

chiqilganiga  bog‘liq.  Tajriba-sinov  ishlari  shuni  ko’rsatdiki,  O’zbekiston  tabiiy 

geografiyasi  fanini  o’qitishda  mavzularni  ekologik  ta-lim-tarbiya  masalalari 

bilan  uyg’un  holda  zamonaviy  pedagogic  texnologiyalardan  foydalangan  holda  

tashkil etish: 

- O’quvchilarning qobilyatlari va ijodiy faoliyatini rivojlantirdi. 

- Ekologik  ta’lim-tarbiya  bilan  aloqadorlikda,  bilimlarni  uyg’unlashuviga 

yordam berdi. 

- Dars jarayonida yuqori  ekologik bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldi. 

- Professional ijodiy faoliyat tajribasini rivojlantirdi. 

- Erkin fikrlash, ekologik madaniyat qobilyatini o’stirdi. 

    Umumta’lim  maktablari  muassasalari  o’quvchilarida  “O’zbekiston  tabiiy 

geografiyasi” 

fani 


yuzasidan 

ekologikbilimlarni 

shakllantirish 

hamda 


rivojlantirishda  quyidagi  pedagogik  omillardan  foydalanish  zarur  degan 

xulosaga kelindi: 

1. O’quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish; 

2.  Dars mashg’ulotlarini ekologik jihatlariga mos loyihalashtirish; 

3. Tabiiy  geografik  tushunchalar  orqali  o’quvchilarda  ekologik  ta’lim-

tarbiyaviy bilimlarning mazmun-mohiyatini yoritish. 

Tajriba-sinov jarayonda darslar quyidagi tartibda o’tkazildi: 

  Didaktik  o’yin  texnologiyasi  va  hamkorlikda  o’qitish  texnologiyalaridan 

foydalanish  orqali,  mamlakatimizning  tabiiy  boyliklarini  asrab-avaylash,  atrof-


 

62

 



muhitini  toza  saqlash,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanishning  ahamiyatini 

o’quvchilarga anglatish; 

  darslardagi  ekologik  muammoli  vaziyatlar  haqidagi  topshiriqlarni 

mustaqil  ishlash  vositasida  ishlab  chiqarish  jarayonida  vujudga  keladigan 

ekologik holatlarga munosabat bildira olish; 

  keyingi  vaqtlarda  ayrim  hududlarning  ekologik  holati  yomonlashuvi 

sabablarini tez anglay olishi; 

  yuz  berayotgan  ekologik  vaziyatlarga  qarshi  chora-tadbirlari  to’g’risida 

mustaqil tahlil qila olish;  

  har  qanday  sharoitda  ham  mustaqil  fikr  yurita  olish  qobilyatini 

shakllantirish; 

  berilgan  savol  va  topshiriqlar  yuzasidan  bajarishda  kontur  karta  chizish, 

referat, konspekt tayyorlash; 

  dunyoda  yuz  berayotgan    atrof-muhitning  holatining  yidan-yilga  

o’zgarishlar  yo’nalishini  aniqlash  va  ularni  mamlakatimizga  ta’sir  doirasini 

ko’ra bilish va tahlil qila olish; 

  o’zida  ekologik  vaziyatlarning  yo’nalishini  bashorat  qila  bilish 

ko’nikmasini tarkib toptirish; 

  insoniy  munosabatlarda  yuz  berishi  mumkin  bo’lgan  har  hil 

muammolarga mustaqil baho berish. 

Bu  esa  o’z  navbatida,  mustaqilligimizni  qadrlay  oladigan,  davlat  va  oila 

oldidagi  ma’suliyatini  anglaydigan,  ekologik  bilimlarni  rivojlantirishga 

yo’naltirilgan  pedagogik  jarayonda  qo’llanilgan  uslublarning  samaradorlik 

darajasini aniqlash  orqali bitruv  malakaviy ishining amaliy  farazini  to’g’riligini 

ko’rsatdi.  Shunday  qilib,  geografiya  darslarida  о‘quvchilarda  ekologik  ta’lim-

tarbiyaga  oid  oid  tushunchalarni  shakllantirish  jarayonida,  ulardan  tо‘g‘ri 

foydalanish,  tabiat  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  ularning  maqsadi  va 

vazifasi  kabilarni  ilmiy  nuqtai  nazardan  tо‘g‘ri  tushuntirish  maqsadga 

muvofiqdir. Bular ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.  


 

63

 



О‘sib kelayotgan yosh avlodni tabiat va uning boyliklaridan, yer zaxiralaridan 

oqilona  foydalanishlarida  ularni  zaruriy  nazariy  bilim,  amaliy  kо‘nikma  va 

malakalarni egallab olishlarida о‘qituvchining kasbiy  mahorati asosida  uzluksiz 

tarzda  olib

  boriladigan  keng  kо‘lamli  faoliyati  о‘quvchilar  ongiga  singib 

borsagina, kelajak egalari bо‘lmish bugungi yosh avlod tomonidan kamchiliklar, 

hatolarga  yо‘l  qо‘yilmaydi,  tabiat  va  jamiyat  о‘rtasida  meyoriy  munosabat 

о‘rgatiladi. 

Bu borada ta’lim jarayonini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida 

olib  borish  muhim  ahamiyatga  ega.  Zamonaviy  geografiyani  о‘qitishda 

innovatsion  texnologiyalardan  samarali  foydalana  olish  eng  birinchi  navbatda 

о‘qituvchining  kasbiy  kompitentligi  nazariy  bilim  darajasiga,  tashkiliy-

pedagogik mahoratiga bog‘liq. Bugungi kun ta’lim tizimining talablaridan kelib 

chiqqan  holda  innovatsion  texnologiyalardan  geografiya  darslarida  mavzuga 

mos  turlarini  tanlab  olish  va  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  tadbiq  etishdan  kо‘zda 

tutiladigan maqsadlar quyidagilardan iborat: 

о‘quvchilarda  geografiya  faniga  qiziqish  va  u  orqali  о‘zi  yashayotgan 



о‘lka tabiatiga mehr-muhabbatini shakllantirish; 

о‘quvchilarning    nazariy  bilimlarni  chuqur  о‘rganishi,  mustaqil  fikrlay 



olishi hamda о‘rganilgan bilimlarni amalda bajara olishlarini ta’minlash; 

о‘rganilayotgan  mavzuni  yengil  о‘zlashtirilishiga  yordam  berish  va 



boshqa shunga о‘xshagan ahamiyatli vazifalarni о‘z ichiga oladi. 

Geografiya  darslarini  о‘qitishda  takomillashtirilgan  ta’lim  metodlari: 

og‘zaki bayon, suhbat, darslik va qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, kuzatish, 

tajriba,  amaliy  ishlar  va  shu  bilan  bir  qatorda  innovatsion  texnologiyalardan 

tо‘g‘ri  foydalana  bilish  о‘quvchilarning  fikrlarini  oydinlashtiradi,  dars 

jarayonidagi ijodiy faolligini orttiradi. 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling