O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.05.2020
Hajmi1 Mb.
#108431
  1   2   3   4   5
Bog'liq
marketing asoslari


O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O‘RTA
MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
O‘RTA  MAXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIMI  MARKAZI
H. AYBESHOV, À. ERGASHEV, E. YO‘LCHIYEV,
À. ISMOILOV
MARKETING
ASOSLARI
(Amaliy  mashg‘ulotlar)
Kasb-hunar  kollejlari  uchun  o‘quv  qo‘llanma
4-nashri
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2013

2
UO‘K: 339.138 (075)
ÊBÊ 65.290—2
Ì28
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Iqtisodiyotni bozor mexanizmlari yordamida tartibga solishning asosiy
maqsadlaridan  biri  jahon  andozalari  talablariga  mos  keladigan,  raqo-
batbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish asosida jamiyat ehtiyojlarini qon-
dirish hisoblanadi.
Qo‘llanmada asosiy e’tibor marketing borasidagi nazariy bilimlarning
hayotiy misollar yordamida amaliyotga tatbiqi o‘z aksini topgan bo‘lib, u
talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini orttirishga xizmat qiladi. Ushbu
o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari talabalari, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-303-32-4
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2012-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2013-y.
E. QO‘LDOSHEV — iqtisod fanlari nomzodi,
dotsent; N. MURODOV — «Hamkorbank»ning
Marketing xizmati mudiri.
Z. USMONOVA — Samarqand iqtisodiyot va
servis institutining o‘qituvchisi.
Ò a q r i z c h i l a r :
Mas’ul muharrir:

3
KIRISH
Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  mamlakatimizda  olib
borilayotgan  chuqur  iqtisodiy  islohotlarning  tub  maqsadi  mav-
jud imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda ishlab chiqarishni
yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mah-
sulotlarni  bozor  talablaridan  kelib  chiqib,  raqobatbardoshligini
ta’minlashdan iboratdir. Bu yerda bozor munosabatlarini chuqur
o‘rganish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi.
«Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil
etish bilan shug‘ullanish zarurligini ta’kidlaymiz. Biroq, bu borada
amalda juda oz ish qilinmoqda. Ichki va tashqi bozorlarning taraq-
qiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar, qo‘-
yingki,  butun  mamlakat  katta  zarar  ko‘rmoqda»
1
.  Yuqoridagi
vazifalarning  ijobiy  hal  etilishi — bozor munosabatlarini to‘liq
anglay  oladigan  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashga  bog‘liq.
Ushbu  o‘quv  qo‘llanma  bu  borada  qo‘yilgan  nafaqat  dastlabki
qadam bo‘lib qolmay, o‘z navbatida, talabalarning nazariy bilimla-
rini amaliyotga tatbiq etish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.
«Marketing  asoslari»  (Amaliy  mashg‘ulotlar)  o‘quv  qo‘llan-
masi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlan-
gan namunaviy dastur asosida tayyorlangan. Unda har bir mavzu
bo‘yicha talabalar tasavvurga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan (boshlan-
g‘ich)  ma’lumotlar,  mavzu  yuzasidan  zarur  bilimlarni  mustah-
kamlashni ta’minlovchi qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, aniq top-
shiriqlar,  mavzular  bo‘yicha  ko‘rgazmali  qurollar  namunasi  be-
rilgan.  Qo‘llanmada  yoritilgan  mavzular,  amaliy  topshiriqlar,
mustaqil  ishlash  yuzasidan  berilgan  ko‘rsatmalar,  talabalar  bili-
mini nazorat qilishni ta’minlovchi test savollari ularning iqtisodiy
tafakkuri  shakllanishiga,  o‘z  sohasi  bo‘yicha  umumiy,  kasbiy
malaka va dunyoqarashining yuksalishiga xizmat qiladi.
O‘quv  qo‘llanmani  tayyorlashda  xorijiy  adabiyotlardan  foy-
dalanildi. Ushbu fanni o‘qitish, o‘zlashtirish, amaliy jihatdan bo-
yitish  xususidagi  fikr-mulohazalarni  mualliflar  minnatdorchilik
bilan qabul qilishadi.
1
I.A. Karimov. Kelajakni jasoratli odamlar quradi. 7-jild. T., «O‘zbekiston»,
1999, 321-bet.

4
I. Mavzu yuzasidan talaba tasavvurga ega bo‘lishi
kerak  bo‘lgan  masalalar
1. Marketing tushunchasi.
2. Marketing kursini o‘rganish uslubi.
3. Marketing paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi asosiy konsepsiyalar.
4. Marketingning asosiy ta’rif va talqinlari.
5. Marketingning asosiy tamoyillari.
6. Marketingning asosiy vazifalari.
7. Marketingni boshqarish, marketing MIKS.
8. Bozor holati va marketing turlari.
9. Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi.
10. Marketing muhiti.
II. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanishda tavsiya
etiladigan  adabiyotlar
1. I.A. Karimov.  O‘zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqur-
lashtirish yo‘lida. Ò., «O‘zbekiston», 1995.
2. I.A. Karimov. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tish-
ning o‘ziga xos yo‘li. Ò., «O‘zbekiston», 1996.
3. I.A. Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraq-
qiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qi-
ladi. T., «O‘zbekiston», 2011.
4. I.A. Karimov. Bosh maqsadimiz — keng ko‘lamli islohotlar
va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. «Xalq so‘zi»
gazetasi,  2013-yil  19-yanvar.
5. Æ.Ì. Ýâàíñ, Á. Áåðìàí. Ìàðêåòèíã. M., 1990.
6. J.  Jalolov.  Marketing  tadqiqotlari.  O‘quv  qo‘llanma.  Ò.,
ÒDIU,  1990.
7. Ô. Êîòëåð. Îñíîâû ìàðêåòèíãà. Ì., «Ïðîãðåññ», 1991.
8. P.  Nosirov,  Sh.  Abdullayeva.  Marketing  —  bozor  iqtiso-
diyotining asosi. Ò., «O‘zbekiston», 1994.
9. Í.À. Ðîìàíîâ.  Ìàðêåòèíã.  Ì.,  «Áàíêè  è  áèðæè»
ÞÍÈÒÈ,  1995.
1-amaliy  mashg‘ulot
MARKETINGNING  NAZARIY  ASOSLARI

5
10. Æ.Æ. Ëàìáåí. Ñòðàòåãè÷åñêèé ìàðêåòèíã. Ïåð. ñ ôð.
Ñ.-Ïá.,  1996.
11. J.  Jalolov.  Marketing.  Oliy  o‘quv  yurtlari  uchun  o‘quv
qo‘llanma. Ò., 1999.
12. A.A. Fattohov va boshq. Marketing: boshqaruvning bozor
konsepsiyasi. Ò., 1999.
13. S.S. G‘ulomov. Marketing asoslari. Ò., 2000.
14. Â.È. Áåëÿåâ. Ìàðêåòèíã: îñíîâû òåîðèè è ïðàêòèêè:
4-å èçä., ïåðåðàá. è äîï. Ì., «KNORUS», 2010.
15.  M.S.  Qosimova,  M.A.  Yusupov,  Sh.J.  Ergashxo‘jayeva.
Marketing. Darslik. Ò., ÒDIU, 2010.
16. A.Sh. Bekmurodov, M.S. Qosimova, Sh.J. Ergashxo‘jayeva.
Strategik marketing. O‘quv qo‘llanma. T., 2010.
17. Ë.Å. Áàñîâñêèé. Ìàðêåòèíã: Êóðñ ëåêöèé. Ì., «INFRA-
M»,  2010.
18. Ò.Ñ. Áðîííèêîâà. Ìàðêåòèíã: òåîðèÿ, òåîðèÿ, ïðàêòèêà.
Ó÷åáíîå ïîñîáèå. 2-å èçä., ïåðåðàá. è äîï. Ì., «KNORUS», 2010.
Internet saytlari
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  hukumati  rasmiy  veb-sayti,
www.gov.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy
veb-sayti,  www.stat.uz.
3. Ïîòåíöèàë ìàðêåòèíãà ïðåäïðèÿòèÿ // «Ìàðêåòèíã â
Ðîññèè è çà ðóáåæîì», 10.08.2003 www.superjob. ru.
III. Mavzuni mustahkamlash yuzasidan amaliy topshiriqlar
1-topshiriq
Quyidagilardan  tovar  talabini  shakllantiradigan  omillarni  aj-
ratib  ko‘rsating:
1. Xaridor daromadi.
2. Xaridorning didi va talabi.
3. Jamg‘arilgan mulk.
4. O‘rin bosuvchi tovar bahosi.
5. Xaridorning turmush darajasi, uning xarid quvvati.
6. Narx o‘zgarmas qismining ulushi.
7. Qo‘shimcha tovar o‘rnini bosuvchi tovar (substitut) narxi.
8. Xaridor o‘z iqtisodiy holatining kelajagi borasidagi fikri.
9. Òovarlar narxi (bahosi).

6
10.  Bazis  narxidagi  xomashyo  va  materiallarga  qilingan  xa-
rajat ulushi.
11. Òa’minlash (yetkazib berish) hajmi.
12. Narxlarni jahon miqyosida tartibga solish.
13. Yetkazib berish shartlari.
14. Kelajakda narx o‘sishining kutilishi.
2-topshiriq
Quyidagi  chizmani  o‘rganib,  tashqi  muhit  omillari  va  mar-
keting majmuasi elementlarini tavsiflang:
3-topshiriq
Boshqotirmani  yeching  va  kalit
so‘ziga ta’rif bering (kalit so‘z chap-
dan o‘ngga raqamlar ostidagi har bir
topilgan  so‘zning  birinchi  harflarini
gorizontal o‘qish natijasida aniqlanadi).
Faqat  bo‘yiga:
1. Òalab  va  ehtiyojni  qondirish  xu-
susiyatiga ega mehnat mahsuli.
2. Biron-bir  belgiga  ko‘ra,  tuzilgan
tovar  (xizmat)lar  ro‘yxati.
3. Pul birligi.
4. Monopoliyaga qarshi.
5. U yerda faqat standartlashtirilgan
tovar yoki xomashyolargina sotishga
ruxsat  etiladi.
   1        2      3       4       5
Tashqi 
 muhit 
 omillari
Tashqi 
 muhit 
 omillari
Assortiment  siyosati
Marketing MIKS
Reklama va sotuvni
faollashtirish
Bozor
kanallari
Narx-navo
(ustama va
chegirmalar)

7
4-topshiriq
Quyidagi chizmada berilgan ma’lumotlarga asoslanib, talabning
ta’minlanganlik darajasini aniqlang:
1 — ehtiyoj ta’minlangan;
2 — ehtiyoj qisman ta’minlangan;
3 — ehtiyoj to‘liq ta’minlangan.
IV. Mavzu yuzasidan ko‘rgazmali qurollar
Marketing,  bu  —  bamisoli  kompas,  bozorda  korxona  hara-
katining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib beradi.
A tovar
Ehtiyoj
B tovar
Ehtiyoj
1
2
=
C tovar
+
Ehtiyoj
3
Kema (korxona)
Kompas (marketing)
Sh
Sh

J

8
Konversion
marketing
Rag‘batlantiruvchi
marketing
Remarket
Qo‘llab-
quvvatlovchi
marketing
Qarshi  harakat
qiluvchi
marketing
ANIQ
HOLATLAR
BO‘YICHA
MARKETING
TURLARI
Rivojlanuvchi
marketing
Sinxron  marketing
Demarketing
1.1-rasm. Aniq holatlar bo‘yicha marketing turlari.
Tadqiqot
Segment-
lash
Joylash-
tirish
Har  xil
tadbirlarni
qo‘llash
Rejalash-
tirish
NAZORAT
1.2-rasm. Marketing bosqichlari.

9
1.3-rasm. Marketing faoliyati konsepsiyasi.
Ishlab
chiqarishni
takomillash-
tirish
Tijorat
  ishlarini
  jonlantirish
MARKETING
FAOLIYAT
KONSEPSIYASI
Tovarlarni
takomillash-
tirish
Marketing

10
1.5-rasm. Òalab turlari.
TALAB TURLARI
Mavjud
Imkoniyat
Xohish
1.4-rasm. Marketing faoliyati asoslari.
Marketing  faoliyati  asoslari
Tovarlar  ishlab  chiqarish
Tadqiqot  (o‘rganish)
Aloqalarni  tiklash
Taqsimotni  tashkil  etish
Bahoni belgilash
Servis  xizmatini  rivojlantirish

11
1.6-rasm. Marketing kompleksi.
MARKETING
KOMPLEKSI
Mahsulot
Mahsulot ishlab
chiqaruvchi,  taqsimot
bo‘g‘inlari
Baho
Ishontirish va
kommunikatsiya
B O Z O R
Tovar
Taqsimot
Ishontirish va
kommunikatsiya
Baho
1.7-rasm. Marketing biznes falsafasi.

12
Marketing
• Bozorni bilish, yuksalish va harakat qilish.
• Bozorni o‘rganish va marketing tadqiqotlari.
• Bozor  segmentatsiyasi.
• Bozorda tovarni pozitsiyalash.
• Marketing  vositalarini  kombinatsiyalash.
• Tovar  siyosatini  shakllantirish.
• Baho  siyosatini  shakllantirish.
• Taqsimot  siyosatini  shakllantirish.
• Kommunikatsiya va harakat siyosatini shakllantirish.
• Marketingni  rejalashtirish.
• Marketingni tashkil etish.
• Marketing  strategiyasi.
• Marketing  nazorati.
Bozorni  bilish
bosqichlari
Bozorda harakat
qadamlari
Bozorda yuksalish
yo‘llari
1.9-rasm.  Marketing ssenariysi.
Bozor: imkoniyat va
tavakkalchilik
Korxona: kuchli va
kuchsiz holatlar
talab
Marketing
taklif
1.8-rasm. Bozor va korxona o‘rtasidagi aloqa.

13
1.10-rasm. Marketing
rejasini ishlab chiqish
metodologiyasi.
MARKETING
FUNKSIYASI
Tahlil va
tadqiqot
Jonlanish va
harakat
Rejalash-
tirish
Tashkil
etish
Nazorat
1.11-rasm. Marketing funksiyasi.
1-bosqich. Tahlil.
• Bozorni tanlash.
• Bozor segmentini aniqlash.
• Òovarni tahlil etish.
• Òovar harakatini tahlil etish.
2-bosqich. Maqsadni tanlash.
• Korxona maqsadi.
• Maqsadli segmentni tanlash.
• Xaridorni tanlash.
• Òovarni aniqlash.
3-bosqich. Amalga oshirish vositalari.
• Marketing tadbirlari kompleksi.
• Òovar siyosati.
• Baho siyosati.
• Òaqsimot siyosati.
• Kommunikatsiya siyosati.
4-bosqich. Nazorat.
• Iqtisodiy hisob-kitob.
• Muqobil strategiya va tadbirlarga
tuzatishlar.

14
1.12-rasm. Hozirgi zamon marketingi tamoyillari.
HOZIRGI
ZAMON MARKETINGI
TAMOYILLARI
Bozorni  kompleks
o‘rganish va uni
kelgusida rivojlanishiga
asoslangan holda aniq
tovarlar  bo‘yicha
mavjud va imkoniyatli
talabni  o‘rganish
Bozor  talablariga
javob beradigan
tovarlar  ishlab
chiqarishga
asoslanish
Ishlab  chiqarish
mahsulotlari  bo‘yicha:
o‘rash,  qadoqlash,
tashish, sotish va
sotishdan  keyingi
xizmatlar  tizimini
ta’minlash
MARKETING
TURLARI
Mikromarketing
Makromarketing
MARKETING  SHAKLLARI
• Iste’mol  marketingi.
• Sanoat  marketingi.
• Axborot va xizmatlar
marketingi.
• Qishloq  xo‘jaligi  marketingi.
• Yangiliklar  marketingi.
• Ijtimoiy  marketing.
• Yuqori talab marketingi.
• Konsumerizm.
• Bixeyvorizm.
• Global marketing.
1.13-rasm. Marketing turlari va shakllari.

15

Aniq.

Ishonchli.

Maqsadga 
qaratilgan.

Esda 
qoluvchi.

Sezgir.

Takrorlanuvchi.

Sifatli.

O‘ralgan.

Ma’lum 
maqsad 
uchun 
ishlab 
chiqarilgan.

Kafolat.

Sertifikatga 
ega 
bo‘lish.

Servis.
MARKETING KOMPLEKSI UNSURLARI
Tovar
Taqsimot
Baho
Kommunikatsiya
(ishontirish)

Oqilona.

Iqtisodiy 
jihatdan 
asoslangan.
1.14-rasm.
 Marketing 
kompleksi 
unsurlari.

16
ÒALABALARNING BILIMLARINI JORIY VA ORALIQ
NAZORATI ASOSIDA BAHOLASH UCHUN
TEST SAVOLLARI
1. Bozorning mohiyatini aniqlang:
A. Oldi-sotdi munosabatlari yig‘indisi.
B. Òovar  (xizmat)larni  ishlab  chiqarish  jarayonidan  toki
iste’molchigacha yetib kelgunga qadar, amalga oshiriladigan
ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  majmuyi.
C. Bozor  —  kishilar  ehtiyojini  qondirish  joyi.
D. Bozor — tovarlarni taklif qilish joyi.
E. Bozor  —  iqtisodiy  ayirboshlash  joyi.
2. Marketing nimani bildiradi?
A. Bozordagi  munosabatlarni.
B. Bozorni o‘rganish va istiqbolini aniqlash.
C. Òovar (xizmat)lar ishlab chiqarish g‘oyasini rejalash, narx-
lash,  tayyor  mahsulotlar  taqsimoti  va  sotilishini  tashkil
etish orqali iste’molchilarga hamda ular guruhi talablarini
qondirishga erishishni.
D. Bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faol-
lashtirishga erishishni.
E. Konyunkturani o‘rganish va bashorat qilishni.
3. Ehtiyoj nima?
A. Inson, guruhlar va jamiyatning moddiy-ma’naviy dunyoni
iste’mol qilishga bo‘lgan munosabatlari.
B. Òalabning  bir  shakli.
C. Borliq dunyoni iste’mol qilishga bo‘lgan talab.
D. Hayot kechirishning qondirilishini bildiradi.
E. Bozorga kuchli ta’sir etuvchi omil.
4. Quyidagilardan marketing konsepsiyalarini aniqlang:
A. Òalab,  ehtiyoj,  boshqarish.
B. Marketing,  ijtimoiy-axloqiy,  tovarni  takomillashtirish.

17
C. Sotish,  ishlab  chiqarish,  tashish,  xizmat  ko‘rsatish,  iste’-
moldan chiqarish.
D. Uzoq, o‘rta, qisqa muddatli tadqiqot.
E. Boshqarish,  tashkil  etish,  tatbiq  etish.
5. Marketing tizimining tashkiliy qismlarini aniqlang:
A. Òashkiliy-boshqaruv,  ijroiya.
B. Òashkiliy-boshqaruv,  nazorat,  tadqiqot,  ijroiya.
C. Òashkiliy-boshqaruv, tadqiqot va dasturiy nazorat.
D. Òahlil,  tadqiqot,  nazorat.
E. Òashkil etish, nazorat va boshqaruv.
6. Marketing MIKSning asosiy to‘ldiruvchilarini aniqlang:
A. Òovar,  pul,  ehtiyoj,  talab,  taklif.
B. Òovar,  pul,  munosabat,  mijoz,  tadqiqot.
C. Narx,  mahsulot,  o‘rin-joy,  siljish  (harakat).
D. Narx,  taklif,  talab,  ehtiyoj,  xaridorlar.
E. Òovar,  pul,  transport,  xizmat  ko‘rsatish.
7. Konversion marketing bozorning qaysi harakatiga mos
keladi?
A. Bozorda salbiy talab bo‘lganda.
B. Bozorda talab bo‘lmaganda.
C. Bozorda talab pasayganda.
D. Bozorda talab o‘zgaruvchan bo‘lganda.
E. Bozorda talab yuqori, katta bo‘lganda.
8. Remarketing bozorning qaysi holatida qo‘llaniladi?
A. Salbiy talab bo‘lganda.
B. Òalab bo‘lmaganda.
C. Òalab yashirin bo‘lganda.
D. Òalab pasayganda.
E. Òalab yuqori, katta bo‘lganda.

18
9. Marketingning asosiy tamoyillarini aniqlang:
A. Xaridor  va  mijozlarni  puxta  o‘rganish,  tahlil  qilish,  tovar
xarid qilishga undash.
B. Bozorni bilish, bozorga moslashish, bozorga ta’sir o‘tkazish.
C. Reklama,  tovar,  markalash,  narx.
D. Òalab,  ehtiyoj,  almashinuv.
E. Tahliliy, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, boshqaruv va nazorat.
10. Marketingning asosiy vazifasini aniqlang:
A. Òahliliy.
B. Ishlab  chiqarish.
C. Boshqaruv  va  nazorat.
D. Savdo-sotiq  (o‘tkazish).
E. Yuqorida qayd etilgan barcha javoblar to‘g‘ri.

19
I. Mavzu yuzasidan talaba tasavvurga ega bo‘lishi
kerak  bo‘lgan  masalalar
1. Marketing  strategiyasi  nima?
2. Strategik rejalashtirish deganda nimani tushunasiz?
3. Firmaning o‘sish strategiyalari variantlarini bayon eting.
4. Eksport (chetga tovar chiqarish)ning mohiyatini tushuntirib
bering.
5. Chet el bozoriga chiqishning bevosita va bilvosita usullarini
tushuntirib  bering.
6. Chet el bozoriga chiqishda qo‘shma korxonalar tashkil etish
yo‘lini  tushuntirib  bering.
7. Qo‘shma  korxonalarning  litsenziyalash  turini  tushuntirib
bering.
8. Qo‘shma  korxonalar  tuzishda  ishlab  chiqarish  kontrakt-
larining ahamiyatini tushuntirib bering.
9. Qo‘shma  korxonalar  tuzishda  boshqarish  kontraktlarining
ahamiyati qanday?
10. Birgalikda egalik turining mohiyatini tushuntirib bering.
11. Bevosita egalik qilish huquqi asosida chet el bozorida fao-
liyat  ko‘rsatishning mohiyatini ochib bering.
II. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanishda tavsiya
etiladigan  adabiyotlar
1. I.A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlash-
tirish yo‘lida. T., «O‘zbekiston», 1995.
2. I.A. Karimov. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tish-
ning o‘ziga xos yo‘li. Ò., «O‘zbekiston», 1996.
3. I.A. Karimov. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash —
barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir. «Xalq
so‘zi»  gazetasi,  2008-yil  9-fevral.
4. I.A. Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraq-
qiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qi-
ladi. T., «O‘zbekiston», 2011.
2-amaliy  mashg‘ulot
MARKETING  STRATEGIYASI  VA  UNI
REJALASHTIRISH,  NAZORAT  QILISH

20
5. I.A. Karimov. Bosh maqsadimiz — keng ko‘lamli islohotlar
va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. «Xalq so‘zi»
gazetasi,  2013-yil  19-yanvar.
6. Æ.Ì. Ýâàíñ, Á. Áåðìàí. Ìàðêåòèíã. Ì., 1990.
7. Æ.Æ. Ëàìáåí. Ñòðàòåãè÷åñêèé ìàðêåòèíã. Ïåð. ñ ôð.
Ñ.-Ïá.,  1996.
8. Jamoa. Biznes-reja. O‘quv qo‘llanma. Ò., «Moliya», 2002.
9. H. Aybeshov. Biznes-reja tuzuvchiga yordam. Andijon, 2002.
10. A. Abdullayev, H. Aybeshov. Biznes-reja. T., «Moliya», 2002.
11. A. Abdullayev, H. Aybeshov va boshq. Biznes-reja. Amaliy
mashg‘ulotlar to‘plami. T., «O‘qituvchi», 2003.
12. Â.È. Áåëÿåâ. Ìàðêåòèíã: îñíîâû òåîðèè è ïðàêòèêè.
4-å èçä., ïåðåðàá. è äîï. Ì., «KNORUS», 2010.
13. M.S. Qosimova, M.A. Yusupov, Sh.J. Ergashxo‘jayeva. Mar-
keting. Darslik. Ò., ÒDIU, 2010.
14. A.Sh. Bekmurodov, M.S. Qosimova, Sh.J. Ergashxo‘jayeva.
Strategik marketing. O‘quv qo‘llanma. T., 2010.
15. Ë.Å. Áàñîâñêèé. Ìàðêåòèíã. Êóðñ ëåêöèé. Ì., «INFRA-
M»,  2010.
16. Ò.Ñ. Áðîííèêîâà. Ìàðêåòèíã: òåîðèÿ, òåîðèÿ, ïðàêòèêà.
Ó÷åáíîå ïîñîáèå. 2-å èçä., ïåðåðàá. è äîï. Ì., «KNORUS», 2010.
Internet saytlari
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  hukumati  rasmiy  veb-sayti,
www.gov.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy
veb-sayti,  www.stat.uz.
3. Ìàðêåòèíã. Ó÷åá. ïîñîáèå. Àâòîðû: Ò.Ñ. Áðîííèêîâà,
À.Ã. ×åðíÿâñêèé. ra.nm.ru.
III. Mavzuni  mustahkamlash  yuzasidan  amaliy  topshiriqlar
1-topshiriq
Jadvalni  to‘ldiring
Bozor strategiyalarini tanlang. Yangi mahsulot ishlab chiqa-
rishdagi quyidagi yechimlarni e’tiborga oling:
1. Bozor muammolarining tez siljishi.
2. Foyda olish.
3. Bozordan tez ketish.

21
4. Bozorda faoliyatni kuchaytirish.
5. Pozitsiyani kuchaytirish yoki bozordan ketish.
6. Bozor muammolarining ehtiyotkorlik bilan davom etishi.
Bozor strategiyalarini tanlash
k
il
h
s
o
d
t
a
b
o
q
a
R
it
a
l
o
h
h
s
i
r
it
n
a
lj
o
v
i
r
i
n
t
o
l
u
s
h
a
M
n
o
m
o
Y
a
h
c
a
t
r
‘
O
i
h
s
x
a
Y
t
s
a
P
a
h
c
a
t
r
‘
O
i
r
o
q
u
Y
2-topshiriq
Boshqotirmani yeching va kalit so‘ziga ta’rif bering (kalit so‘z
chapdan  o‘ngga  raqamlar  ostidagi  har  bir  topilgan  so‘zning  bi-
rinchi harflarini gorizontal o‘qish natijasida aniqlanadi).
Faqat  bo‘yiga:
1. Fond  tovar,  valuta  birjalarida  oldi-sotdi  bitimlari  tuzishda

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling