O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi


Download 487.84 Kb.
bet1/14
Sana27.06.2022
Hajmi487.84 Kb.
#778252
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Web sahifani yaratishni loyihalashtirish
1Kompyuterning ekranida hosil bo`ladigan tasvirlarni qanday quri, 3.7.1. Вазифа жавоби, ba73aa11-7643-4c79-a134-71e922f76445, ELS reading1, ELS reading2, Speaking, 4-tema, Yupqa qatlamning Tuzilishi va xossalari. Nanotexnologiya, Ekologoiyaliq topraqti rawajlandiriw, Windows XP ОТ нинг ишлаш унумдорлигини ошириш, Doc1




O`zbekiston Respublikasi
Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi
Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi
hududiy boshqarmasi
Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ta`mirlash va sozlash bo`yicha texnik”


Mavzu; Web sahifani yaratishni loyihalashtirish.


.






Mundarija
1. Kirish
2. Asosiy qism
2.1. Web brauzerlardan fоydalanish va web saxifa tushunchasi

2.2. MS Word va Flash MX dastur vоsitalari bilan tanishish. Ularni web saxifa yaratishdagi imkоniyatlari.

2.3. Xujjat tashkil qilish. Matn kiritish, fоrmatlash va xujjatni fоrmatlash.


2.4. Web-sahifalarni yaratish bo'yicha tavsiyalar
3.Iqtisodiy qism
4.Ekologiya
5. Texnika havfsizligi qism
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar




1.Kirish




Kirish
Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning tub zamirida yosh avlodni tarbiyalash, ayniqsa ularni eng zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalana olishlarini ta'minlash eng dolzarb muoammolardan biri bo'lib turibdi. Bu sohaga esa shaxsan Prezidentimizning o'zlari alohida diqqat e'tibor qaratmoqdalar. Bunga yaqqol misol qilib "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash millliy dasturi"ni keltirish mumkin. Zero Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek kelajak biz yoshlar qo'lida.
Zamonaviy Axborot texnologiyalari kundan - kunga rivojlanib borayotgan hozirgi kunda bizning Respublikamizda ham bu sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil fevral oyidagi «Milliy tarmog'ni yaratish va dunyo axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartiblash to'g'risida»gi, keyinroq «O'zbekiston Respublikasida 1999-2003 yillar ichida ma'lumotlarni uzatish milliy tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi», 2002 yil iyunidagi «Kompbyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari qabul qilinishi fikrlarimizga yaqqol dalil bo'la oladi.
SHu munosabat bilan respublikamizning qator ta'lim muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompbyuter texnikasining yangi avlodi bilan jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmog'lariga ulanishi, elektron aloqalar bilan ta'minlanishiga e'tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta'lim mazmunini samarali qilish maqsadida respublika ta'lim muassasalariga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o'quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalangan, jumladan, masofadan turib o'qitish, kompbyuterlashtirilgan anjumanlar o'tkazish, elektron darsliklar yaratish va ularni o'quv - tarbiya jarayonida qo'llashga qaratilgan tadbirlardir.
O'zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgan, shuningdek, davlat ta'lim standartlari tasdiqlanib hayotga qo'llanilayotgan bir paytda ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish hozirgi kunning talabidir. Bu borada esa hozirgi kunda Respublikamizda, jumladan bizning ilm dargohimizda ham olib borilayotgan tadbirlar tahsinga loyiqdir. Ya'ni biz talabalar tomonidan tayyorlanib hayotga tadbiq etilayotgan elektron darsliklar, virtual laboratoriya stentlari va Web sahifalar bir qator o'quv yurtlarida o'quv qo'llanma va mustaqil o'rganuvchilar uchun dastur sifatida qo'l kelmoqda.
Hozirgi Internet texnologiyalari rivojlangan bir kunda Web sahifalar yaratish, ularni ta'lim tizimiga tadbiq etish, ulardan ijobiy ma'noda to'la foydalanish muhim ahamiyat kasb etadigan masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada, ya'ni Web sahifalar tayyorlashda amaliyotda bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan bo'lib bu dasturlarning barchasi o'z o'rnida muhim o'rinni egallaydi. Bunga mi sol sifatida Web sahfalar uchun dizaynlar tayyorash uchun Adobe Photoshop dasturining o'z o'rni bo'lsa ya'ni rasmlarni fotomontaj qilishda, Web sahifamizni tashqi ko'rinishini o'ziga hos qilib tayyorlashda, foydalanuvchilarni o'ziga jalb qila oladigan Web sahifa yaratishda ushbu dasturning oldiga tushadigani yo'q deb aytish mumkin.
Ikki o'lchovli grafikada esa Web sahifalar uchun turli hildagi animatsion harakatlar (effektlar) tayyorlashda foydalanuvchi diqqatini o'ziga jalb qila olishda, ayniqsa reklama roliklar yaratishda fikrni tezkor uqtirish vositasi sifatida Macromedia Flash dasturining o'z o'rni bor. Endi esa bevosita Web sahifalarni ya'ni HTML yaratishga kelsak bu borada ham bir qancha dasturiy vositalar yaratilgan bo'lib bulardan hozirgi kunda WEB sahifa yaratuvchilari to'la to'kis foydalanishmoqda. Bunday dasturlar majmuasiga Microsoft Office dasturlar paketi tarkibiga kiruvchi Front Page dasturi, Macromedia oilasiga mansub Macromedia Dreamweaver va RNR dasturlarini oldiga tushadigani topilmaydi. Bulardan tashqari ham bir qancha WEB sahifalar yarata oladigan dasturlarni sanab o'tish mumkin, lekin bularning bari ishlatilishi va foydalanuvchi uchun ayniqsa yangi o'rganuvchilar soddaligi bilan ajralib tursada lekin professonal Web sahifalar yaratish borasida yuqori ta'kidlab o'tganimizdek baribir Front Page, RNR va Macromedia Dreamweaver dasturlarining oldiga tushadigani yo'q.

Download 487.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling