O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana06.03.2020
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6

Qurilishda 

Biz qishlog'imizdagi qurilishga ekskursiyaga chiqdik. U yerda binokor ustalar maktab binosini 

qurib bitkizishyapti. 

Suvoqchilar  devorlarni  chiroyli  qilib  suvashyapti.  D u r a d g o r l a r   e s a   p o l l a r n i  

q o q i b

s

  d e r a z a ,   e s h i k l a r n i   o ` rnatmoqdalar. Ular tesha, arra, andavalarni ildam ishga solib, 



mehnat qilmoqdalar. 

Men ham ulg`aysam, albatta, usta binokor bo' laman. 

Sayohat asosidagi inshoda o'quvchilar ta'til davomida turli joylarga: qishloqdan shaharga

shahardan qishloqqa, istirohat bog'lariga, to'gli joylarga, daryo yoki ko'llarga qilingan 

sayohatdan   olgan   taassurotlarini   bayon   qiladilar. Odatda  

sayohat ko'pincha oilaviy ravishda bo'lgani uchun insho individual shaklda bo`ladi va uyda 

yoziladi. Shunga qaramasdan, o'qituvchi sayohat haqida sinfda suhbat o'tkazishi, sayohatda qayerga 


 

- 46 - 


borilgani, kimlar bilan uchrashgani, nimalarni ko'rgani

qanday taassurotlar olgani haqida savollar 



berish, javoblarni yakunlab, muayyan xulosa chiqarib berish maqsadga muvofiqdir.  

Kundalik turmush asosidagi inshoda o'quvchilar maktabdagi turli voqealar, bayramlar, oiladagi 

hodisalar haqida yozadilar. Sunday insholar odatda sinfda va uyda mustaqil yozdirilishi rnumkin. 

Ayniqsa, bunday insholar avval sinfda umumiy tarzda yozdirilsa, keyin uyda mustaqil yozish oson 

kechadi. 

3-sinfda   «Sifat»   mavzusini   mustahkamlovchi   analitik mashqlardan so'ng sintetik 

mashqlar -chiziqlar o'rniga mos sifatlarni qo'yib matnni ko`chirish, aralash berilgan so'zlardan gap 

tuzish, mavzu va rasm asosida gap tuzish vazifalari bajarilgach, «Navro'z bayrami» mavzusida 

insho o'tkazilishi mumkin. Insho arafasida quyidagicha suhbat tashkil etiladi: 

-Bolalar, biz kecha qanday bayramni o'tkazdik? 

-Navro'z bayramini. 

-Bayramda qanday tomoshalar ko'rdik? 

-Bayramda qo'shiqlar tinglab, raqslar tomosha qildik. Xalq o'yinlari-tortishmachoq, kurash, 

dorbozliklarni tomosha qildik.  

-Uyingizdagi dasturxonga nimalar tortildi? -Dasturxonlarga   ko'k   chuchvara,   ko'k   

somsa,   shirin sumalaklar tortildi. 

- «Navro'z bayrami» qanday bayram ekan?  

-«Navro'z» - xalq bayrami. U bahorning eng go'zal bayrami. Shundan so'ng xattaxtaga 

o'quvchilar bilan birga quyidagi reja tuzib, yozib quyiladi: 

Navro'z bayrami 

Reja 

1.  OIkamizga Navro'z kelmoqda. 

2.  Navro'z – xalq bayrami. 

3.  Nav'roz dasturxoni. 

Reja asosida 3 – 4 o`quvchi hikoya qiladi va uyga shu mavzu asosida insho yozib kelish 

topshiriladi. 

Xattaxtaga inshoda ishlatilishi mumkin bo'lgan quyidagi so'zlar yozib qo'yiladi: 

 

Navro'z bayrami 



keksa-qari 

ko'kchuchvara 

yosh-yalang 

ko'ksomsa 

chiroyli kiyimlar 

sumalak 


turli buyumlar 

go'zal bayram 

chiroyli raqslar 

O'quvchilar yozgan insho tahminan quyidagi matnga yaqin bo'lishi mumkin. 



Navro'z bayrami 

 

- 47 - 


O'lkamizga go'zal bahor fasli kezmoqda. Kecha 21-mart kuni shahrimizda Navro'z bayrami 

o'tkazildi.  Men,  dadam  va  ukam  bilan  bayramga  chiqdik.  Hamma  shodu  hurram,  katta 

hiyobonda  keksayu  yosh,  yigit  va  qizlar,  bolalar  chiroyli  kiyimlarda  yig'ilishgan.  U  yerda, 

turli o'yinlar, ajoyib qoshiqlar,  chiroyli raqslar ijro etildi. Uyga qaytganimizda oyim dasturxonga 

ko`k  chuchvara,  ko`k  somsa,  shirin  sumalak,  patir  va  qatlamalar  tortildi.  Mazza  qilib  ovqatlandik. 

Navro'z naqadar go'zal bayram-a! 



Badiiy manba asosidagi insholar. 

O'quvchilar  muntazam  ravishda  sinfdan  tashqari  badiiy  asarlar-hikoya,  rivoyat,  ertak, 

masal,  she'rlarni  o'qib  borishadi.  Shuningdek,  turli  spektakllar,  qo'g'irchoq  teatri  tomoshalari, 

multfilmlarni ko'rib boradilar. 

O'quvchilar o'qigan badiiy asarlari va tomosha qilgan film, yektakllari mazmuni haqida 

ularda ishtirok etgan personajlar asar qahramonlarining xatti-harakati, hulqi, so'zlari xususida 

muayyan darajada mushohada qiladilar, yaxshi-yomonning farqiga yetadilar, mantiqiy xulosa 

chiqaradilar. Ana shu mushohada,   xulosaning  muayyan darajada   yozma  nutqda ifodalanishi  

uchun   albatta   insho  yozdirilishi  shart.   Bunday insholar quyidagi turlarga ajratiladi: 

 

 



 

 

Kitoblar mazmuni haqida insho. 

Bunday   insholar  asosan,   3-4-sinflarda   o'tkazilib,   ular muhokama tarzida yoziladi. 

O'quvchilar sinfdan tashqari, shuningdek, sinfda «O'qish kitobi»dagi turli ertak, hikoya, masal, 

rivoyat, hatto epik she'rlar mazmuni bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildiradi, mushohada 

qiladi va mantiqiy xulosaga keladilar. Bunday muhokama yurgizish natijasida o'quvchining, bir 

tomondan bog'lanishli nutqi o'sib borsa, ikkinchi tomondan, ma' naviy tarbiyasi shakllanib boradi. 

4-sinf  «O'qish kitobi»dagi ko'pgina ertak, hikoya va she'rlar  mazmuni  bo'yicha  muhokama 

tarzidagi  insholar  o'tkazish  mumkin.  Masalan,  Miraziz  A'zamning  «Nurxon  bilan  Burxon» 

she'ri asosida «Kekkayma, g'oz...» mavzusida insho o'tkazish tartibini misol qilib keltiramiz. 

She'r  ifodali   o'qilib,  uning   mazmuni   bo'yicha   suhbat o'tkazilgach, o'quvchilar bilan 

reja tuziladi: 



Kekkayma, g'oz... 

1.  Burxon xoxolab kuldi. 

2.  Nurxon kulmadi. 

3.  Burxon qizardi. 



B

adiiy manba asosida insho turlari 



Kitoblar 

mazmuni 

haqida insho 

Spek

t

akl 



mazmuni 

haqida insho 

Mul

tf

ilm 

mazmuni 

haqida insho 

Rasm

l

ar 



mazmuni 

haqida insho 

 

- 48 - 


O`quvchilar yozgan insholardan namunalar: 

Dilnoza 

Kekkayma, g'oz... 

Nurxon munkib ketib, qo`lidagi savat uchdi. Buni Burxon degan bola ko`rib xoxolab kuldi. 

Biroq Burxonning o'zi ham toshga qoqilib, kesilgan daraxt kabi gursillab yiqildi. Nurxon esa unga 

kulmay, do'ppisini qoqib qo' liga berdi. 

Burxon qattiq uyaldi va Nurxonning qulupnayini terib berdi.  Lekin qizarib ketdi. Birovning 

ustidan  kulgan  odam  shunday  ahvolga  tushishi  mumkin.  Shuning  uchun  «Kekkayma,  g'oz, 

hunaring oz» deydi dono xalqimiz. 

Iroda: 

Kekkayma g'oz... 

Bir Nurxon degan qiz munkib ketib yiqiladi. Unga Burxon  degan bola kuladi. O`zi ham bir 

toshga qoqilib, gursillab tushadi. 

Nurxon unga kulmay, do`ppisini olib, changini qoqib beradi. Burxon uyalib, uning qulupnayini 

savatga solib beradi.  Ammo o'zi  qulupnayga  o`xshab  qizaradi.  Ha,  birovning  ustidan  kulishning 

oqibati yomon bo'ladi. Shunga o'xshaganlarga «Kekkayma, g'oz, hunaring oz» degimiz keladi. 

Spektakl mazmuni haqida insho: 

Spektakl  mazmuni  bo'yicha  ham  3-4-sinflarda  insho  o'tkazilishi  mumkin.  Bunda 

quyidagi tartibda ish olib boriladi: 

1. Spektaklni tomosha qilish. 

2. Ona tili darsida spektakl  mazmuni bo`yicha suhbat o 'tkazish. 

3. Spektakl g'oyasini belgilash. 

4. O'quvchilarning mulohazasini eshitish. 

5. Nima haqida yozish kerakligini muhokama qilish. 

Qo'g'irchoq teatrida «Zumrad va Qimmat» nomli spektaklni jamoa bo`lib tomosha qilingach, 

yuqoridagi  tartibda  ish  olib  boriladi  va  o'quvchilar  bilan  birgalikda  reja  tuzilib,  insho  mavzusi 

belgilanadi: 

Zumradga rahmat! 

1. Zumrat – dono, mehnatkash qiz. 

2.  Qimmat-dangasa, yalqov qiz. 

3. Zumratga o'xshagan qizlarga rahmat. 

O'quvchilar inshosini tahlil qilganimizda shu narsa ayon bo`ldiki, bolalar mavzuni 

yoritish bilan birgalikda o`zlarining Zumradga bo`lgan hurmat-ehtiromi orqali yaxshilikni ko`zlashlari, 

mehnatkash va samimiy inson bo'lishlarini orzu qilishgan. Yana bir jihatga e'tibor berdikki, ular 

jarangli undoshlar, yonma-yon kelgan bir xil undoshlar, imlosi qiyin  so`zlarni yozishda xato 

qilmaganlar. 


 

- 49 - 


O'qituvchi   ona   tili   mashg`ulotlarida   DVD va  DSD   lar vositasida o'zbek tilidagi multfilmlarni 

ko'rsatib, ular haqida ham muayyan muhokama tarzidagi insholarni o`tkazish mumkin. Shuningdek, 

turli rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar bo'yicha tasvir tarzidagi insholar yozilishi 

o'quvchilarning ona vatan tabiatiga, amaliy san`atga bo`lgan qiziqishlarini o`stirib boradi. 



Erkin ijodiy insholar 

 

Erkin (ijodiy) insholar mavzu jihatdan hikoya, tasvir tarzidagi inshodan farq qiladi. Biroq 



bunday insholar mavzusini o`qituvchi belgilab beradi. Insho materiali ona tili va o`qish 

darslarida turli masalalarda olib borilgan suhbat chog`ida berib boriladi. Erkin insholarda 

o`quvchi deyarli o`zi mushohada qilgan,  

o`z munosabatini bildirgan masalani muhokama qilib, tushunchalarini erkin holda ifodalaydi. 

Ifodalash yo`lini o`qituvchi ko`rsatib borib, muntazam ravishda namuna va misollarni keltirib 

boradi. Erkin inshoda o`qituvchining mustaqil fikrlashini, gaplar mustaqil ravishda tuzilishini 

ta`minlab berishi lozim. Masalan, “Mening orzuim” mavzusidagi insho yozish davomida har bir 

o`quvchi o`z orzu-niyatlarini yoritishi mumkin. Shuning uchun ham bunday insholar 3-sinfning 

ikkinchi yarmidan boshlab yozdirib borilsa, o'quvchilar qiynalmaydilar. Quyida 4 -sinf 

o`quvchisi Nilufarning yozgan inshosini misol qilib keltiramiz: 



Mening orzuim 

REJA 

1.  Kishi orzu bilan yashaydi. 

2.  Orzular olami. 

3.  Orzu – hayol emas. 

4.  Mening tuganmas orzularim.  

Hayotda har bir kishi orzu-niyat bilan yashaydi. Har bir inson orzu bilan hayot kechiradi. U 

orzu bilan o`qiydi va ishlaydi.  

Orzular olami keng. Birov o`qib olim bo'lishni istasa, boshqalar o'qituvchi, shifokor bo'lishni 

istaydi. 

Orzu, albatta xom xayol emas. Orzuni amalga oshirish uchun kishi o`qib, mehnat qilib, 

kurashib borishi zarur. 

Mening orzuim-shifokor bolish. Kishilar sog'lig'i uchun qayg`urish - qanday baxt! Men, 

albatta, o`qib, tinmay kurashib bolalarni davolaydigan doktor bo`laman!  

Erkin (ijodiy) inshoni yozishda o`quvchilar nimalarga rioya qilishni ta'kidlab borish zarur. 

Jumladan, quyidagi talablarga rioya qilib borish uqtirib boriladi: 

1. Mavzuni yoddan chiqarmaslik. 

2. Rejaning mavzuga mos kelishi. 

3. Rejadan chiqmaslik. 

4. Fikrlarning erkin ifodalanishi. 

5. Gaplarning to`g`ri tuzish. 



 

- 50 - 


6. Imlo xatolarga yo`l qoymaslik. 

Erkin inshoda o`quvchi erkin fikr yuritish, insho matnida gaplarni turlicha tuzishi, 

shaxsiy hissiyotlarni ifodalashi, fikrlarini ifodalashda mantiqiy izchillikka rioya qilishi va 

muayyan xulosani chiqara olishi xarakterlidir. 

Erkin insho mavzusini belgilashda o'qituvchi qat`iy bir izchillikka e`tibor berishi lozirn. 

Jumladan, tanlangan kasb haqidagi insholar mavzulari  quyidagi izchillikka ega bo'lishi 

zarur: 

1. «Men sevgan kasb» (3-sinf) 



2 «Dehqonchilik – sevgan kasbim» (3-sinf) 

3. 


«Dehqon – rizq – ro'z   yaratuvchi» (4-sinf) 

4. 


«Bobodehqon» (4-sinfning oxiri) 

Birinchi   mavzuda   dehqonchilik   kasbining   asosiy xususiyatlari bayo'n qilinsa, 

ikkinchi mavzuda dehqonchilik kasbiga bo'lgan qiziqish sabablari ifodalanadi. Uchinchi 

mavzuda dehqon rizq-ro'z yaratuvchi, olijanob kasb ekanligi kengroq ochib berilsa, to'rtinchi 

mavzuda bobodehqonning ijtimoiy  hayotdagi  o'rni,   asosiy jihatlari,   misollar atroflicha 

izohlanadi, xulosa ham ancha keng beriladi. 

«Ona» haqidagi insholar mavzularidagi izchillik quyidagicha bo'lishi mumkin: 

1. 


«Mening onajonim» (3-sinf) 

2. 


«Mening onam eng yaxshi inson» (3-sinf) 

3. 


«Onajonim-suyanchig'im» (4-sinf) 

4. 


«Onajon, sizga ta`zim» (4-sinf) 

Erkin mavzudagi insholar material manbaiga ko'ra adabiy asar qahramonlari, 

o'quvchining shaxsiy kechinmalari, his tuyg'ulari haqida. Shuningdek, mustaqil ravishda yozgan 

she`r, hikoya, ertak va kundaliklari bo` lishi mumkin. Shunga qarab, erkin mavzudagi insholarni 

quyidagicha tasnifladik: 

 

 



 

 

 



 

Sevgan qahromonlari haqida har bir o`quvchi muayyan fikrga ega. Jumladan, bir o`quvchi 

sport sohasidagi chempionni, boshqa o'quvchi adabiy asar qahramonini, yana bir o'quvchi o`zi bilan 

yashayotgan hamshahar yoki hamqishlog`i - mehnat qahramonini sevadi, ulardan o'rnak oladi, 

ularga o`xshagisi keladi. 

4-sinfda  Hamdam  Sodiqovning  «To'maris»  nomli  4  qismli  hikoyasi  o'qilgandan  so`ng 

«To'maris-men sevgan qahramon» mavzusida quyidagicha reja asosida insho olish mumkin: 

 

 

 

 

 

Erkin (ijodiy) insho turlari 

Sevgan 

qahramonlar 

haqida insho 

Shahsiy 

kechinmalar 

haqida insho 

Mustaqil hikoya, 

she`r, ertak 

kundalik 


 

- 51 - 


1.  Eron shohi Kir - bosqinchi, qonxo`r kimsa 

2. To` maris - massagetlarning asl yo'I boshchisi. 

3.To`maris - men sevgan qahramon. 

Shaxsiy  kechinmalar  har  bir  insonda,  jumladan  boshlangich  sinf  o'quvchisida  ham  bo'ladi. 

Yaxshilik bilan yomonlik, sahiylik bilan hasislik, xudbinlik bilan samimiylik, mehr bilan yovuzlik 

va  shunga  o'xshagan  qarama-qarshi  tushunchalarga  o ' z   munosabatini  bildirish  shaxsiy 

kechinma  hisoblanadi.  Shuningdek,  biror  voqeadan,  tabiat  yoki  badiiy  asardan,  qo'shiq  yoki 

raqsdan,  o'yin  yoki  bayramdan  ta'sirlanish  natijasida  o'quvchi  o'zinig  shaxsiy  kechinma,  his-

tuyg'ularini og'zaki yoki yozma ravishda ifodalaydi. 

4-sinf  o'quvchilari  maktab  sahnasida  o'tkazilgan  badiiy  havaskorlik  to'garagi 

a'zolarining  konsertini  tomosha  qilishgandan  so'ng  «Shirin  navolar»  mavzusida  quvidagi 

reja asosida insho olinadi: 

1.  Maktabimiz sahnasi. 

2.  Rubob taronalari. 

3.  Kuy sehri. 

Nozima ismli qiz inshosi 

Maktabimizda  katta  zal  bor.  Uning  sahnasi  chiroyli  qilib  bezatilgan.  Sahnada 

o'quvchilarning  qo'shiq  va  raqslari,  xor  jamoasining  konserti,  qo'g'irchoq  teatrining 

spektakllari o'tkazib turiladi. 

Kecha  «Sayra,  rnening  rubobim»  deb  nomlangan  konsert  o'tkazildi.  Unda  sinfdoshim 

Dilfuzaning akasi Dilshod rubobda chiroyli kuylar ijro etdiKuylardan hamma  zavqlanib, rosa qarsak 

chaldi. 

Kuy ... Rubobdan chiqayotgan shirin ohanglar kishini xayolga ko'madi. Shirin orzular, baxtli 

bolalik... Kuy naqadar yaxshi! 

Ona till va o'qish darslarida o'qituvchining san'ati, ta'siri, ijodiy faollikka chorlash, muntazam 

ravishda  she'r  va  boshqa  badiiy  asarlarni  tahlil  qilib  borishi  natijasida  o`quvchilarda  muayyan 

darajada ilhom shakllanib ularda ijodiy faoliyatning kurtaklari asta-asta nish urib borishi tabiiy. 

O'qituvchi  she'r  va  hikoya  yozuvchi  o'quvchilar  bilan  individual  ishlari,  ular  yozgan 

narsalarni muayyan darajada tahlil qilib, ularni yanada ijodiy faollikka undab borishi lozim. 



Mustaqillik darajasiga ko`ra insho turlari 

Insho  yozish  o'ta  murakkab  jarayon.  O'quvchi  lug'at  boyligi  yetarli  bo`Igani  bilan  fikrni, 

tushunchani kerakli so'z bilan ifodalay olmasligi, gaplarni esa bir-biriga mantiqan to'g'ri bog'lay 

olmasligi  natijasida  insholar  sifati  ko'pincha  talabga  javob  bermayapti.  Insho  ustida  ishlashda 

ko'proq o'quvchini mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlab borishi zarur. Mustaqillik darajasiga ko'ra 

insholar ikki turga ajratiladi: 



 

- 52 - 


1.  Sinf inshosi. 

2.  Uy inshosi. 

Shuningdek, o'quvchilar 2-3 tadan bo'lib guruh bo'lib insho yozishlari ham mumkin. 

Sinf   inshosini   o'tkazishda   quyidagi   bosqichlarga   amal  qilinadi: 

1.  Insho materiali uchun dalil yigish. 

2.  Dalillarni muhokama qilib, tartibga solish. 

3.  Reja tuzish 

4.  Inshoni nutqiy shakllantirish (badiy til vositalari ustida ishlash) 

5.  Insho matnini yozish. 

6. Xatolarni to'grilash, matnni qayta tekshirish. 



 

 

 

Bunda bir qancha ijodiy ishlar na’munalari nerildi. Jumladan, bog’lanishli matn tuzishga 

o’rgatishda inshoning belgilangan barcha turlaridan foydalanib o’tkazilgan tajriba natijalari 

tahlili quyidagicha: 

Sinflar 

O’

quvc



hi

 soni


 

Ballar 


“5” 

“4” 


“3” 

“2” 


“1” 

Nazorat sinfi  

29 



6% 



27% 


13 

44% 


12% 


 6% 


 

Bir yil davomida sinflarida nutq o’stirishda ijodiy ishlar mashqlar o’tkazib bordik. 

Nazorat sinfi o’qituvchisi o’zining rejasi asosida ish olib bordi. 

O’quv yili oxirida (2009-2010) ikkala sinfda ham bir hil mavzuda “Navruz bayrami” 

mavzusida insho oldik. Natija quyidagicha bo’ldi: 

Sinflar 


O’

quvc


hi son

Ballar 



“5” 

“4” 


“3” 

“2” 


“1” 

Nazorat sinfi (3 A) 

28 



14% 



7  

25% 


12 

43% 


7% 


10% 


Tajriba sinfi (3 V) 

28 


25% 


14 

50% 


25% 




 

- 53 - 


 

Jadvaldan ko’rinib turubdiki, tajriba sinflarda o’tkazilgan ijodiy mashqlar o’z samarasini 

bergan

 

III – bob bo`yicha xulosa 

1.  Gap ustida ishlashda ijodiy mashqlarning turli hillari mavjud. Biz ana shu mashq turlarini 

rivojlantirib muayyan tizimga soldik va ularni amaliyotda qo`lladik. Tekshirilgan 

sinflarda o`quvchilarning gap haqidagi bilim va ko`nikmalarini tekshirganimizda nazorat 

sinflarga qaraganda o`zlashtirish darajasi 47 foizga ortdi. 

2.  Bog`lanishli nutqni shakllantirishda o`quvchilar asosan bayon va inshodan 

foydalanilyapti. Biz rasmlar, multfilmlarning va turli mavzularda suhbat o`tkazish, ularni 

yozuvda ifodalash mashqlarni qo`llaganimizda o`quvchilar insholarni erkin yoza oldilar.    

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

- 54 - 


Umumiy xulosa 

1. Boshlang`ich sinflarda ona tilini o`qitishdan asosiy maqsad. O`quvchilarda o`z ona 

tilida fikrni to`liq, aniq, ravshan va go`zal ifodalay olish ko`nikmalarini shakllantirish va 

rivojlantirishdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirishda nuqtni o`stirish metodikasini barcha 

talablariga rioya qilish zarur. 

 

2. So`zlarni to`g`ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda yetkaza olishni, insoniy 



madaniyatning eng oson tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Shuning uchun har bir so`z, birikma 

va gapni barcha qirralari bilan to`g`ri, o`rinli ishlata olishni o`rgatish, o`z nutqiga nisbatan 

ehtiyotkorlik tuyg`usini shakllantirish ona tili mashg`ulotlarini asosiy vazifasi hisoblanadi. 

 

3. Nutq o`stirish metodikasining nazariy asoslari bo`lib ularga jiddiy e`tibor berish talab 



etiladi.      

 

1. Boshlang`ich sinflarda bir qator boshlang`ich sinf o`qituvchilari bolalar nutqini 



o`stirishda muayyan darajada ish olib boryaptilar. Biroq boshlangan ijodiy mashqlarga jiddiy 

e`tibor bermasligi, turli ta`limiy vositalardan unumli foydalanmasligi natijasida o`quvchilarning 

nutqida jiddiy nuqsonlar yuz beryapti. 

 

2. O`quvchilarni lug`at boyligini o`stirishda, ishlashda turli usullar, mashqlar 



qo`llanilyapti. Biroq biz tekshirgan sinflarning qariyib 32 foizda o`quvchilar tushunchani so`zga 

aylantirisha olmayapti.     

 

3. Bog`lanishli nutq ustida ishlashda o`qituvchilar MSNI to`plamida berilgan 



bayonlardan foydalanishyapti. Lekin o`quvchilarning bayonlari tahlil qilinganda jiddiy nuqsonlar 

ko`zga tashlanyapti. Chunki bayongacha bo`lgan ijodiy mashqlar tuzilishiga e`tabor 

berilmayapti.  

 

4. Bog`lanishli nutqni shakllantirishda inshoning ahamiyati beqiyos, biroq insho 



metodikasiga rioya qilinmayotgani uchun ham o`quvchilarning qariyib     43 foizi mustaqil 

ravishda o`z fikrlarni yozma bayon qilolmayapti.  

 

1. 


Gap ustida ishlashda ijodiy mashqlarning turli hillari mavjud. Biz ana shu mashq turlarini 

rivojlantirib muayyan tizimga soldik va ularni amaliyotda qo`lladik. Tekshirilgan sinflarda 

o`quvchilarning gap haqidagi bilim va ko`nikmalarini tekshirganimizda nazorat sinflarga 

qaraganda o`zlashtirish darajasi 47 foizga ortdi. 

 

2. Bog`lanishli nutqni shakllantirishda o`quvchilar asosan bayon va inshodan 



foydalanilyapti. Biz rasmlar, multfilmlarning va turli mavzularda suhbat o`tkazish, ularni 

yozuvda ifodalash mashqlarni qo`llaganimizda o`quvchilar insholarni erkin yoza oldilar.    

 

 

 

 

Nutqni grammatik jixatdan shakllantishning uslubiyati. 

Nutqni grammtik jixatdan shakllantirishning vazifalari va mazmuni. 

Bolalar nutqida uchraydigan   mafologik va sintektik xatolar va  ularning 

sabablari. 

 

Bolalar nutqidagi Grammatik xatolarni    tuzatish yo'llari    va kundalik  



nutqidagi xatolarni tuzatish usullari. 

Grammatik   jixatdan   to'g'ri nutqni    shakllantirish   bo'yiga mashg'ulot 

ishlanmasi tuzish va o'tkazish. 

 

 



 Bolalar nutqining tovush madaniyatini tarbiyalash  uslubiyati. 

 

- 55 - 


Nutqning tovush madaniyati to'g'risida tushuncha berish. 

Nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning vazifalari. 

Nutqning tovush madaniyati bo'yicha ishlarni tashkil etish. 

 

Bir  yarim   yoshdan     uch  yoshdacha     bo'lgan     bolalarda     nutqning 



tovushmadaniyatini   tarbiyalash,   mashg'ulotlarni      tashkil   etish   va   o'tkazish 

uslubiyati. 

Bog'cha yoshdagi  bolalarda nutqning tovush    madaniyatini    tarbiyalash  

mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazish uslubiyati. 

Nutqning tovush madaniyati bo'yicha ishlarni rejalashtirish. 

 

   



Bolalarni bog'lanishli nutqqa o'rgatish uslubiyati. 

 Bog'lanishli nutq  va uni  maktabgacha     tarbiya yoshidagi     bolalarda  

rivojlantirish xususiyatlari. 

Maxsus mashg'ulotlarda diologik nutqqa uslubiyatlari va usullari. 

Maxsus mashg'ulotlarda diologik nutqqa uslubiyatlari va usullari. 

Suxbatga o'rgatish va tarbiyalash usullari. 

 

 

 Bolalarni hikoya qilishga (monolog nutqga) o'rgatish. 



Bolalarni monolog nutqga o'rgatish bo'yicha ish mazmuni va vazifalari. 

Hikoya qilib berish turlari va bolalarni hikoya qilib   berishga o'rgatishda  

foydalaniladigan usullar. 

Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish va   qayta hikoya qilishga o'rgatish  

usullari. 

 

Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish mashg'ulot    ishlanmasi    tuzish va 



o'tkazish. 

Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatish. 

 

Rasmga qarab hikoya qilish mashg'ulot ishlanmasini tuzish va o'tkazish.  



O'yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish. 

O'yinchoq va predmetlarni   tasvirlash bo'yicha   mashg'ulot ishlanmasini 

tuzish va o'tkazish. 

Bolalarni o'z tajribalaridan (xotiradan) hikoya qilib berishga o'rgatish.  

O'z tajribalaridan (xotiradan) hikoya   qilib berishga o'rgatish, mashg'ulot  

ishlanmasini tuzish va o'tkazish. 

Ijodiy hikoya qilish. 

Ijodiy hikoya qilish mashg'ulot ishlanmasi tuzish va o'tkazish.

1

 

http://www.multimedia.uz/uzb/info/usl/techno 



Logopediyaning nazariy va metodologik asoslari 

 

 



 

Logopediya    fani predmeti, maqsad va    vazifalari. Nutqning  buzilish 

sabablari. 

 

Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari. Nutq apparatining tuzilishi.. 



 Nutq kamchiliklarining turlari va ularni bartaraf etish. 

 

 



 

 

 



 

 


 

- 56 - 


 

O'zbek tili tovushlari tasnifi. 

 

Sigmatizmlar (s, z, ts, sh, j, g tovushlari). 



 

Rotatsizm va lombdatsizm (p va 1 tovushida). 

 

Til orqa va chuqur t i l  orqa tovushlari. 



 

Bolaiarda tovushlar talaffuzini tekshirish. 

 

Bolalarda tovushlar talaffu/ini tekshirish. 



 

Dislologiya. Dizartriya. 

 

So'z va jumlalar tuzishdagi kamchiliklar. Alaliya. 



 

Nutq tempidagi kamchiliklar.Duduqlanish. 

 

Eshitishdagi va ovozdagi kamchiliklar. 



 

Logopedik yordamni tashkil etish. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar  

 

uchun maxsus muassasalar tizimi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 http://www.multimedia.nz/uzb/info/usl/techno 

 

 



 

- 57 - 


Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 



1.  I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”   

Toshkent “Ma`naviyat” 2008 yil 

2.  I.A.Karimov “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e`tiqodi va buyuk kelajak ishonchidir” 

Toshkent “O`zbekiston” 2000 yil 

3.  Q.Abdullayev  “Nutq o`stirish”  Toshkent “O`qituvchi”  1980 yil 120 b 

4.  Sh.A.Amonashvili va b.  “Pedagogik izlanish” Toshkent “O`qituvchi” 1990 yil. 608 b 

5.  T.Ashrapova,  M.Odilova  “Ona tili metodikasi” Toshkent “O`qituvchi” 1984 yil. 184 b 

6.  M.G.Davletshin  “Ta`limning psixologik asoslari” Toshkent “O`qituvchi” 1978 yil. 20 b 

7.  S.Jo`rayev,  X. Qodirov “Kichkintoylar nutqini o`stirish” Toshkent “O`qituvchi” 1995 

yil. 136 b 

8.  S.Inomxo`jayev,  A.Zunnunov “Ifodali o`qish asoslari” Toshkent “O`qituvchi” 1978 yil. 

194 b 


9.  B.Madaliyev  “Ona tili darslarining samaraligini oshirish” Toshkent “O`qituvchi” 1969 

yil. 84 b 

10.  Sh.Yusupova “Noan`anaviy dars talabi” Andijon – 2002. 54 b 

11.  K.Qosimova  “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” Toshkent 

“O`qituvchi” 1985 yil. 216 b 

12.  R.Qo`ng`urov, E.Begmatov. Yo.Tojiyev  “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” 

Toshkent “O`qituvchi” 1992 yil. 

13.  “Imlo va tanaffuz lug`ati” Toshkent “O`qituvchi” 1998 yil. 80 b 

14.  “Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushunch va tamoillar” Toshkent “O`zbekiston” 2000 yil. 

80 b 


15.   O`zbekiston Respublikasi Davlat Ta`lim Standarti “Boshlang`ich ta`lim jurnali” 1998 

yil. 32 b   



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling