O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti sirtqi maktabgacha ta’lim yo’nalishi


Download 131.73 Kb.
bet2/4
Sana23.06.2022
Hajmi131.73 Kb.
#773065
1   2   3   4
Bog'liq
Berdiyeva Sevinchoy
Какие заболевания не предшествуют развитию острого гломерулонефрита, 8-klass Meyrambek ashiq sabaq, 1-мавзу, 11, 4 sinf o‘quvchilari uchun “Ortiqcha so‘zni toping” testi (1), 2-lab, Axborot xavfsizligi, 2 5247184656742219807, O, 2- tema Bolmis filosofiyasi (Ontologiya), 2 5215657904572470997, Amaliy mashg’ulot №1 mavzu Texnologik konstruksion xaritani ish, akademik yozuvvv, INTERNET SH, OILA IQTISODIYOTI mek-84 Hamidov Anvar
Kurs ishining maqsadi.

Maktabgacha ta‘lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarni bog’chada va oilada nutqini to’g’ri shakillanishida zarur bo‘lgan muhitda tarbiyalash yani har bir tarbiyalanuvchi o‘z yoshiga mos bo‘lgan barcha harakatlarni bajara olishi va davlat standartida belgilab qo‘yilgan barcha normalarga mos ravshda ulg‘ayishiga etibor berishdan iborat.




Kurs ishining ob’ekti.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalar.


Kurs ishi predmeti.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarni to‘g‘ri va sog‘lom, yoshiga mos ravshda ulg‘aytirish.


Kurs ishi vazifasi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida O`zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tashkiloti davlat talablati va davlat standartiga mos xolda ish yuritishni o‘rganish.


Kurs ishining tuzilishi.

Kirish , asosiy qism ,xulosa va foydalanilagn adabiyotlar ro’yhatidan iborat.




I bob
Maktabgacha tarbiya sohasida yangi tashkil etilgan bolalar bog’chalari hamda «Bolalar bog’chasi - maktab majmui», «Xususiy bog’chalar», «Internat bog’chalar» tarmog’i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tilini, xoreografiya, tasviriy va musiqa sanati, komp’yuter savodxonligi asoslarini va turli sport turlarini o’rgatuvchi 1000 dan ortiq guruhlar ochilgan. Maktabgacha ta’lim bola 6 - 7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha bolalar ta’lim - tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyor tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini shakllantirish aniq maqsad hamda ijtimoiytarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Bolalarga tarbiya berishning maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko’lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Maqsadsiz, ma’lum g’oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo’lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo’lishi mumkin. Ilg’or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg’unligini namoyon etadi. Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo’naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko’lamiga ko’ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. Bolalarga dastlab asosan tarbiya berilishi juda muhim . Shu jihatdan tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko’plab ob’ektiv sabablar etakchi rol o’ynaydi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug’i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo’nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati bo’lib qolaveradi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o’zlashtirib olishlari uchun g’amxo’rlik qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko’pgina yoshlarning Turkiya, Xitoy, Yaponiya, AqSh, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir. Jamiyat ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o’z-o’zidan shakllanmaydi. Barchasining asosida yosh avlodga oila, maktabgacha ta’lim muassasasalari, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasbhunar hamda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g’oyaviy yo’nalishi va samarasi yotadi. O’sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo’lib shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali yo’llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiyani berish – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda etakchi o’rin tutadi. Bilimlar tizimini ongli ravishda o’zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko’maklashadi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo’lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur.
Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo’lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga egadir:
vazifasi -individuallararo - kishilar o’rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og’zaki nutq - monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
vazifa - ichkiindividual - bu yerda nutq ko’plab psixologik jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga ko’targani hamda shaxsga psixologik jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
vazifasi - umuminsoniy - bu o’rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy- tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda - bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
Nutqning shakllanishida va bolaning undan foydalanishida maktabgacha bosqichdagi turli davrlarda bolalarda o’zgarib turadigan kommunikativ tusdagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Kommunikativ tusdagi omillar deganda muloqotni yo’lga qo’yishga, muloqotga extiyoj tug’ilishiga ta’sir qiladigan omillar tushuniladi.
Dastlabki yetti yilda bolada kattalar bilan muloqotga ehtiyoj rivojlanishining 4 ta bosqichi ro’y beradi.
bosqich - vaziyatli-shaxsli muloqot (bola hayotining birinchi yarim yilida) - kattalarning diqqat-e’tiboriga va yaxshi muomalasiga bo’lgan ehtiyoj;
bosqich - vaziyatli-amaliy muloqot (6 oydan boshlab 2 yilu 6 oygacha) - kattalar bilan hamkorlikka va ularning ishtirokiga muhtojlik;
bosqich - vaziyatsiz-bilish muloqoti (2 yilu 6 oydan boshlab 4 yoshgacha) - kattalarning hurmat bilan munosabatda bo’lishlariga muhtojlik. U bolaning jismoniy olamdagi his qilinmaydigan o’zaro bog’liqliklarini aniqlashga yo’naltirilgan bilish faoliyati doirasida vujudga keladi. Ushbu davrda bola kattalar bilan o’ziga xos “nazariy” hamkorlikka intiladi, u predmetli olamning hodisa va voqealarini birgalikda muhokama qilishda ifodalanadi.
bosqich - vaziyatsiz-shaxs muloqoti (4 yoshdan 7 yoshgacha) - kattalar bilan o’zaro bir-birini tushunishga va kattalarning g’amxo’rlik ko’rsatishiga ehtiyojmandlik. Bu ehtiyoj bolaning insoniy munosabatlar olamiga qiziqishi tufayli vujudga kelib, u bolaning munosabatlar qoidalari va me’yorlarini o’zlashtirish bilan bog’liqdir. Bola kattalar bilan qarashlar umumiyligiga erishishga intiladi va bu unga ulardan o’z xatti-harakatlarida qo’llanma sifatida foydalanish imkonini beradi.
Shunday qilib, nutqni rivojlantirish jarayoniga muloqot vositasi, ya’ni kommunikativ faoliyat sifatida qarash kerak. Uning vujudga kelishi va rivojlanishi bolaning muloqot va umumiy hayot faoliyati ehtiyojlariga bog’liqdir.
Nutqqa u bajaradigan tahlil vazifasidan kelib chiqib yondashish, nutqning eng avvalo bolaning atrofdagi odamlar bilan muloqot vositasi sifatida paydo bo’lishini tushunib yetishga olib keladi. O’z-o’zidan, agarda bolaning muloqoti nutqqa jon bag’ishlasa, uning rivojlanish sur’ati va muddati bolalarda muloqot faoliyati turli yosh bosqichlarida qanday yo’lga qo’yilganligi bilan bog’liqdir, ushbu vazifalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi bolaning ong va erkinlikning yuqori darajasiga qanchalik tez erishishi, bolaning unga turli sohalardagi bilimlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradigan yozma nutqni qancha muddatda o’zlashtira olishiga bog’liqdir.
Matndan kelib chiqadigan ravon nutqni shakllantirish, uning vazifalarini o’zgartirish bola faoliyatining murakkablashayotgani oqibati bo’lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqoti mazmuni, sharti va shakllariga bog’liqdir. Nutq vazifasi fikrlashning rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanadi, ular bola til vositasida ifodalaydigan mazmun bilan uzluksiz ravishda bog’liq bo’ladi.
Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish - maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshining nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo’lgan og’zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli - dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
.Yosh avlodni tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, keraqli shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql xis-tuyg’ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo’lgan jarayonlar yig’indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog’lanishlarda, munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo’lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o’quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, ko’rish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to’g’ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ortiqcha toliqtirish bo’lmasligi yo’llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to’g’risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish ro’y beradi, shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir.

Aqliy tarbiya va ta’limning nazariy asoslari. Bola har doim buyumlar hamda xodisalar orasida bo’ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko’radi, hidlaydi, tortib ko’radi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak- atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari-analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi.

Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, g’adir- budur, silliq-yaltiroq, xushbo’y va xk. ni bilim olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to’g’risida bilim, tajriba to’plab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bo’lib, sezgilar asosida hosilbo’ladi. Bola olmani qo’lida ushlab ko’rib, qarab chiqib va yeb ko’rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbo’y, mazali va xk. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator: ko’rish, sezish va xid bilish analizatorlaridan foydalanadi. Analizatorlar bir vaqtning o’zida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va belgilarini anikroq hamda to’laroq bilish imkonini beradi. Shuning uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog’idan boshlaboq aqliy jihatdan to’g’ri tarbiyalash maqsadida buyumlarni ko’prok analizatorlar yordamida idrok qilishga imkon tug’dirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, ya’ni bolaning sensor madaniyatiga alohida e’tibor berishlari kerak.

Bolada nutq paydo bo’lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to’la boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga to’lganda uning so’z zaxirasi 1200-1500 taga yetadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katta yoshdagi kishilar nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. Bolalarning aqliy jihatdan o’sishida katta axamiyatga ega. Bola tug’ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga ko’tarilib biror bir foydali ish uchun ko’pgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi ko’pincha beixtiyor tarzda bo’ladi. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida xayol muhim rol o’ynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli o’yinlar o’ynay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o’sha ertaklarga qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo bo’ladi. Ammo boladagi xayol ko’prok aniq vaziyatga bog’liq bo’ladi (masalan, qo’g’irchoq ko’rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina bo’lsa, biror narsani tashiydi va xk.). Katta bog’cha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli o’zgarish yuz beradi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi yosh avlodni aqliy tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish moxiyati va tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi.


Download 131.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling