O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti sirtqi maktabgacha ta’lim yo’nalishi


Download 131.73 Kb.
bet3/4
Sana23.06.2022
Hajmi131.73 Kb.
#773065
1   2   3   4
Bog'liq
Berdiyeva Sevinchoy
Какие заболевания не предшествуют развитию острого гломерулонефрита, 8-klass Meyrambek ashiq sabaq, 1-мавзу, 11, 4 sinf o‘quvchilari uchun “Ortiqcha so‘zni toping” testi (1), 2-lab, Axborot xavfsizligi, 2 5247184656742219807, O, 2- tema Bolmis filosofiyasi (Ontologiya), 2 5215657904572470997, Amaliy mashg’ulot №1 mavzu Texnologik konstruksion xaritani ish, akademik yozuvvv, INTERNET SH, OILA IQTISODIYOTI mek-84 Hamidov Anvar
Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:

U bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

U aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-xil usullarini rivojlantirish.

U mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnatmadaniyatini rivojlantirish.

U aqliy bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.

Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va xodisalarni to’la aks ettiradigan yuksak darajadagi umumlashtirilgan bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bilim dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak atrofdagi narsalar, ularning vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq bo’ladi, yirtiladi, to’qiladi) haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’ladi. U tabiat xodisalari, ularning o’zaro bog’liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining o’ziga xos belgilari, ular o’rtasidagi bog’lanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va yashash tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va xk.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, o’simliklar, xasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida tarbiyachi bolalarda borlik to’g’risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi hamshakllanib boradi. Bola san’atning har xil turlari to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi. Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog’lik. Aqliy faoliyatni rivojlantirish esa psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni shakllantirish ni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning g’oyat samaradorligini ta’minlaydigan xis-tuyg’ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va to’laqonli, esda qolishning mustax- kamligi hamda ongligi, tafakkur mantiqiy va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka xos bo’lishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’zlariga tushunarli bo’lgan ijtimoiy voqea va xodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda yashaydigan ba’zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg’otish, Vatanga muxabbat tuyg’usi va baynalmilalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi. Aqliy ta’lim- maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog’chasi dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o’ynaydi. Chunki ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki xil yo’l bilan amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Birinchi yo’l bolalarning bilim, malaka ko’nikmalarini kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo’l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi. Ta’limning ikkinchi yo’li maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o’quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va ko’nikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yo’l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilar o’z davrining nufuzli ta’lim maskanlarida o’qish bilan xurmat- e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Maxmud Koshg’ariy, Abu Rayxon Beruniy, Abduraxmon Jomiy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Saidrasul Aziziy, Muxammad Sharif Sufizoda, Abdulqodir SHokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalarmukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan. Y.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish mumkinligini ko’rsatib berdi. Y.A. Komenskiy 19 bo’limdan iborat maktabgacha ta’lim dasto’rini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, havo, olov, yomg’ir, qor, muz, tosh, o’t, qum va boshqalarhaqida bilim berish lozimligini, astrnomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Bolalar bog’chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan o’zviy bog’lik bo’lishi kerakligini ta’kidladi. U o’zining “Onalar maktabi” kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan. Shu bilan Y.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soldi. Shvetsar pedagogi I.G.Pestalotssi (1746-1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlantirish masalasiga katta e’tibor beradi. G. Pestalotssi tomonidan ishlab chiqilgan ta’limning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishda va bolalarga keyinchalik maktabda sistemali ta’lim berishda asosiy dastur bo’lib xizmat qildi. Xozirgi zamon maktabgacha ta’lim nazariyasini yaratishda A.P.Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. Olima raxbarligida 1950- yillarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, bolalar bog’chasi har bir yosh guruhining ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni, metod va usullari ishlab chiqildi. Bu o’tkazilgan ishlar ta’limning tarbiyaviy ishdan farqini aniq belgilab berdi. Ta’limning nazariy jihatlari ishlanishi “Bolalar bog’chasi tarbiya dasturi”da “Mashg’ulot” bo’limini ajratish imkonini berdi va dasturning keyingi nashrlarida bu bo’lim takomillashtirilib borildi.

Aqliy tarbiya va ta’limning mohiyati. Bolalar bog’chalariga oid tajribalar va o’tkazilgan pedagogik va psixologik ilmiy tadqiqod ishlari turli yoshdagi bolalarga tevarak-atrof to’g’risida beriladigan bilimlarning taxminiy hajmini belgilash, ularni murakkablashtirib borish imkonini beradi. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturida bolalarning “jismoniy rivojlanganlik darajalari”, “Nutq va tafakkurning rivojlanganlik darajasi”, “Bolalarning ma’naviy kamolotini ta’minlash”ga doir asosiy bo’limlar ko’rsatib berilgan. Bu bo’limlarda bolalarni jismoniy jihatdan yetuk, sog’lom va baquvvat qilib tarbiyalash, ularning nutqiy tafakko’rini rivojlantirish, so’z boyligini oshirish ularning mantiqiy tafakko’rini va hisoblash malakasini o’stirish hamda bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish kabi jihatlariga keng e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tabiat bilan har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan, ba’zi bir ijtimoiy voqealar, narsalar, ularning sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

3 yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak-atrofdagi narsalar, ularning sifati har xil narsalarning nomi hamda ularni ishlatish to’g’risida to’g’ri tushuncha bo’lishi kerak. Bolalarni uy jihozlari va buyumlari (mebel, idish- tovoq, kiyim, o’yinchoq mashg’ulotlar uchun material) bilan tanishtirish, ularning rivojlanishda katta ahamiyatga egadir. Bu narsa ularning nutqini boyitadi, mustaqillik, go’zallik haqidagi tasavvurlarni tarbiyalashga yordam beradi (chiroyli kiyim, har xil buyumlarning shakllari). Tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturi har bir yosh guruhi uchun muayyan bilimlarni egallab olishni nazarga tugadi. Masalan, birinchi guruh tarbiyachisi bolalarni buyumlarning joylashishini bilib olishga o’rgatadi. Keyinchalik bolalar boshqa xonalarda nimalar borligini, u yerda bolalar va kattalar nima ish bilan shug’ullanishni bilib boradilar. Masalan, musiqa xonasida musiqa mashg’ulotlari, bayramlar o’tkaziladi, oshxonada ovqat pishiriladi va x.k.

Shuningdek, tarbiyachi, bolalarni yaqin atrof, ko’chalarni, o’z o’yin maydonchasini bilib olishga o’rgatadi. Ayniqsa, katta guruh bolalari o’z uylari manzilini, bog’chadan uyga ketadigan yo’lni yaqin oradagi maydon yoki xiyobonlarga borish yo’lini bilishlari kerak. Bolalarni tabiat bilan bevosita aloqada bo’lishlari ularning har tomonlama rivojlanishlarida muhim ahamiyatga egadir. Bu xol ularning aqliy qobiliyatlarini tarbiyalashda axloqiy hamda estetik xislarini rivojlantirishda quvnoqlik, tetiklik, jismoniy hamda ruxiy tomondan bardoshli bo’lishlarida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bolalarning tabiat bilan bevosita aloqada bo’lishi ularning sensor tarbiyasiga katta xissa qo’shadi. Tabiat o’zining mo’l-ko’l bo’yoqlari, shakllari, tovushlari bilan analizatorlarini kuzatadi. Tabiat bilan aloqada bo’lish estetik tarbiya vazifalarini xal etishga katta yordam beradi. Chiroyli manzaralar, har xil kapalaklar bolalarda quvonch xissini uyg’otadi. Tarbiyachining vazifasi bolalarda tabiat go’zalligiga, uning rang- barangligiga qiziqish uyg’otishdir. Tabiat o’z go’zalligi hamda rang-barangligi bilan bolalarning xissiga va hayoliga ta’sir etib, ijodiy faoliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Tabiat bolalarda vatanparvarlik xissini uyg’otishda harakatga ta’sir ko’rsatadi. Bolalarning yoshligida tabiat boyligidan olgan taassurotlari Vatan to’g’risidagi tushunchalarni aniq mazmun bilan boyitadi.

Bolalarning katta yoshdagilar bilan o’zaro muloqoti ularni har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarda kattalar mehnatiga xurmatni tarbiyalash, ularning mehnat faoliyatini bolalarga tushuntirish va mehnat qilish extiyojini uyg’otishdir. Bolalarning mehnat to’g’risidagi tushunchalari qanday qilib kengayib va chuqurlashib borishi bolalar bog’chasi dasturda ko’rsatib berilgan. Kichik guruhdagi bolalar bog’chada ishlaydigan kishilarning mehnati, onaning uydagi yumushlari ko’chadagi transport vositalari bilan tanishtiriladi. O’rta guruh bolalarning mehnat turlari va mehnat jarayonidagi izchillik, mehnatda kerak bo’ladigan buyumlarning nomlari bilan tanishtiriladi. Katta yoshdagi bolalar mehnatining ahamiyati, ya’ni hamma kishilar jamiyat uchun mehnat qiladilar, degan xulosa chiqarishga o’rgatiladi. Bolalarning o’yinlari, rasmlari ham ularda texnika va mehnatga qiziqish uyg’otadi. Kattalarning mehnati bolalar o’yinining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bolalar o’z o’yinlarida onalari va tarbiyachilari mehnatidan boshlab to yangi shaharlar hamda kosmik kemalar ko’rilishigacha aks ettiradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardagi axloqiy sifatlarni: kishilarga, jamoaga munosabatni tarbiyalashda kattalar mehnati bilan tanishtirish muhim kasb etadi. Ayniqsa, mehnatkashlar va ularning mehnatlari bilan tanishish bolalarda o’z yurtiga, xalqiga va boshqa xalqlarga nisbatan xurmat va mexr uyg’otadi.

Demak, kattalar mehnati va tabiatni kuzatish bolalarda estetik xislarni, shakllantirishga yordamlashadi, ijodiy faoliyat uchun material beradi. Ammo oilalarda umumxalq bayramlari -“Navro’z”, “Xayit”, “Yangi yil”, “Mustatsillik” kuni va boshqalar keng nishonlanadi. Bolalar bu bayramlarda qatnashadilar. Katta yoshdagi bog’cha bolalariga har bir bayram va tantananing ahamiyatini ularning yoshlariga mos holda tushuntirishadi. Bu o’rinda tarbiyachining vazifasi-bolalarning xissiyotlarga ta’sir etib, ularda o’z xalqidan hamda uning qadriyatlaridan g’ururlanish xissini shakllantirishdan iboratdir.

Shunday qilib, bog’cha bolalarini tabiat, xozirgi davr voqealari bilan tanishtirish orqali ularning aqliy qobiliyati, axloqiy va estetik xislari shakllanib boradi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida axloqiy tarbiya vositalari.

“Axloq” ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, uning mohiyati shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun ham axloqijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy - ruxiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. “Axloq” tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Demak, “axloq” tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyat- shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko’lamlarda ishlatib kelingan. Axloq(xulq-atvor demakdir)-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy tartib qoida bo’lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti- harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi. Axloq kishilarning xulq-atvor me’yorlari va qoidalariga, ularning o’z-o’ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o’z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatda avlodlar tomonidan to’plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi.

Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g’oyalarsiz shaxsning ruxan va jismonan yetukligining asosi bo’lgan ma’naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma’naviy jihatdan yetukligi bilan belgilanadi. Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega o’y-fikrlari, niyatlar, g’oyalar, nazariya va ta’limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tatbiqida namoyon bo’luvchi ruxiy jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, shaxs ma’naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bo’lgan, uy fikrlar, niyatlar, g’oyalar, nazariyaning va ta’limotlar mazmunini tushunib yetishishini e’tiborga olish lozim. Demak, o’zbek xalqining ma’naviyati haqiqatgo’y va adolatli bo’lish, jaxolat va kabixlik yo’lini to’sish, insoniylik, mexr-shafqat, ma’rifat, do’stlik, mardlik, birodarlik, mehmondo’stlik, poklik, xush xulqlilik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.

Qadim-qadimdan o’zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy o’rin egallab kelgan. Kaykovusning “Qobusnomasi”dan tortib, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul xaqoyiq” (Haqiqat sovg’alari), Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al adab Al-Mufrat kabi” jahonga mashxur asarlarida Alisher Navoiying o’lmas she’riyatida, Munis, Xorazmiy kabi shoirlar asarlarida axloq-odob masalalari yoritilgan. Koshifiyning asarlaridagi ta’lim-tarbiya, axloq masalalari ko’pchilik uchun andoza, na’muna, odob me’yori sifatida qisqa asosli, lo’nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim-tarbiyasiga bog’liq. Shundagina u odobli hisoblanishi mumkin. “Odob -bu qalbni yomon so’zlardan va nojo’ya xulqdan saqlay olish, o’zini va o’zgalarni xurmat qila bilishdir”,- deydi olim. Navoiy esa “Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar ichida yoqimlirog’idir” - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan o’lchanadi, deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bo’lishga chaqiradi. Shuningdek, Navoiyning “Maxbub ul -qulub” asarida odob, axloqqa oid g’oyalar ilgari surilgan. Uning birdan-bir orzu-umidi, ideal insonga bo’lgan mexr- muhabbat, samimiylik edi: “Donishmandlar aytibdurlarkim, odobli inson barcha odamlarning yaxshiligi va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go’zalroq va badavlat odamlardan xurmatliroqdir. Yoshlarni ko’zga ulug’ qilib ko’rsatadigan narsa odobdir”. Koshg’ariy: “Insonlarda oqko’ngillilik, bag’rikenglik, mehnatsevarlik, sofdillik, rostgo’ylik, saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, qat’iyatlilik kabi fazilatlar, bo’lishi shart va bular insonning barkamolligidan dalolat beradi, - deydi, ammo xasislik, olg’irlik, ochko’zlik, g’irromlik, pastkashlik, tuxmatchilik, xoinlik, yolg’onchilik kishilarni beburd, axloqsiz qilib qo’yadi. Bunday salbiy xislatlar ularni obro’sizlantiradi, hayotini izdan chiqaradi, noto’g’ri yo’lga boshlaydi. Pastkash, baxil odamdan yaxshilik kutish mevasiz daraxtdan meva kutishga o’xshaydi” Odobli bo’lishning fazilati to’g’risida she’r va dostonlardan, adabiy manbalardan juda ko’plab parchalar, she’riy misralar keltirish mumkin. Odobli, yaxshi xulqli bo’lish to’g’risida dono xalqimiz to’qigan ko’plab maqol-matallar asrlar osha og’izdan-og’izga o’tib kelmoqda: Odobing-obro’ying. Odob-kishining zeb-u ziynati. Oltin olma-odob ol.

Bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya vositalari. Maktabgacha tarbiya yoshining o’ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar axloqiy tushuncha yoki xulqni so’z bilan aniq ta’riflab berolmaydilar. Lekin bolalar bog’chasidagi to’g’ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq na’munalarini ko’rsalar o’zlari ham ularga o’xshashga harakat qiladilar. Axloqiy tarbiyaning g’oyaviy asosi uning maqsadi vazifasi va tamoyillarini belgilaydi, ruxiy pedagogik asosi esa bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya berishning vazifasi va mazmuni vositalari va metodini hamda pedagogik shart-sharoitini belgilab beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy xislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.


Xulq madaniyati va ijobiy sifatlarni tarbiyalash

Bolalarda ahloqiy his tuyg’ular, tasavvurlar va xatti harakatlarni tarbiyalash

Shaxsda ahloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash

Xulqdagi salbiy tomonlarni barham toptirish



Ahloqiy tarbiya vazifalari



Bu tarzdagi umumiy vazifalar yosh guruhlari bo’yicha aniqlashtiriladi va o’quv-tarbiya jarayonining mazmunida o’z aksini topadi. Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilar:

- g’oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi;

- ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini xurmat qilgan holda yondashish;

- axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan xamnafaslikda olib borish;

- bolalarning faolligi;

- jamoada tarbiyalash;

- tarbiyaviy ishning tizimlari va izchilligi;

- ta’sirchanligi;

- oila, bogcha hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi;

- boladagi ijobiy sharoitlarga suyanish;
II bob
Tarbiya mazmuni. Aqliy tarbiya – ta'lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirish;
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- aqliy kuch, qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish;
- o‘z bilimlarni muntazam ravishda to‘ldirib borish, umumiy o‘rta ta'lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish.
Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar. ... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi.
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» deydilar.
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e'tiqodli bo‘lganligini tasvirlaydi.
Jismoniy tarbiya - deyarli butun tarbiya tizimining ajralmas tarkibiy qismi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, korxonalarda yuqori unum bilan ishlashga qodir, har qanday qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni to‘g‘ri jismoniy rivojlantirish;
- o‘quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish;
- ularning tabiiy harakatchanligini rivojlantirish va mukammalashtirish;
- o‘quvchilarni harakatning yangi turlariga o‘rgatish;
- ularning irodaviy sifatlari (kuch, chaqqonlik, uquvlilik va boshqalar)ni rivojlantirish;
- o‘quvchilarning gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- ularda ma'naviy-axlohiy sifatlar (dadillik, qat'iyatlik, intizomlilik, mas'uliyatlik, jamoa bilan bo‘lish)ni tarbiyalash;
- o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy va muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish;

  • o‘quvchilarning sog‘lom va baquvvat bo‘lishlariga erishish.

Jismoniy tarbiyani bolalarning maktabgacha yoshidan boshlab muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya ta'lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan fanlardan biri sanaladi. Sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiluvchi jismoniy mashg‘ulotlar jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini ta'minlovchi qo‘shimcha tadbir hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tarbiyaning boshqa tarkibiy qismlari bilan mustahkam bog‘langan hamda ular bilan birgalikda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish vazifalarini hal etadi.
Demak, yuqorida ta'kidlaganidek, yoshlarni aqliy jihatdan kamol toptirishning birinchi sharti ularni ilm olishga da'vat etishdir.
Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtimoiy ong shakllarida bo‘lib, insonlarning o‘zi, do‘st-birodarlari, jamoa a'zolari va tabiatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odob qonun-qoidalarining majmuidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta'sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi.
Qur'oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar mazmunida o‘z ifodasiga ega bo‘lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Sa'diy Sheroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan qat'iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi – kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me'yori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma'rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir».
Amir Temur axloqi xusniya – yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida kishilarni turli lavozimlarga tayinlash va vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab, bir kesgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik – mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir», degan edi.
Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bo‘g‘in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg‘on kitobdir.
Xuddi shu ma'noda axloh kishining xulq-atvori, e'tiqod-iymoni, yurish-turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo‘ladi. Axloqli inson o‘zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo‘ladi. Suhbatdoshning ko‘ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og‘ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi.
Mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. halol mehnat – kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi.
Xalqimizning «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qoldirma», «Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi», «Mehnatdan qo‘rqma, minnatdan qo‘rq», «Odamning husni mehnat» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Buyuk alloma Bahouddin Nahshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor» degan hikmati bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Allomaning fikricha, «Agar kishi hunarli bo‘lsa, u bilimini haqiqatga bag‘ishlaydi, o‘z mehnati bilan kun kechiradi, bordi-yu kasbi bo‘lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halollikni unutadi».
Ta'kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik inson ruhiyatini buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash kabi barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlik, bekorchilik, axloqiy jihatdan buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zining va o‘zgalarning qadrini biladi.
Ota-bobolarimiz bola tarbiyasida, eng avvalo, uni mehnatga o‘rgatish, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e'tibor berishgan. O‘zlari farzandlariga mehnatsevarliklari bilan namuna bo‘lganlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Krimov ta'kidalaganidek: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘lik ekanligini, ya'ni, bu narsa ularning sobitqadam, g‘ayrat-shijoatiga, to‘la-to‘kis fidokorliliga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘lik ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimizning ravnaq topishining asosiy shartidir».
Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o‘z mehnatini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishdagi mas'uliyatni chuqur his qilishlir kerak.
Estetik tarbiya. Estetika lotincha «estezio – go‘zallikni his etaman» ma'nosini bildiradi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifasi quyidagilardan iborat: o‘quvchilarni tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash, qadriga yetish, shu asnoda o‘z shaxsiy hayotining go‘zal tomonini ko‘ra bilishga, go‘zal bo‘lish uchun kurashishga o‘rgatishdan iborat. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me'yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ta'lim muassasalarida musiqa, rasm, ashula darslari, adabiyot va boshqa fanlarning o‘qitilishi estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumalarda yosh avlodni go‘zallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir.
Xalqimizda, «Oq bo‘lmasin, pok bo‘lsin», «Pokliging – sog‘lig‘ing», «Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l», «Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqollari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyatdagi go‘zalliklarini ko‘ra bilishga, ularni qadrlashga o‘rgatib kelishgan.
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go‘zal jihatlarini ko‘ra bilishnigina emas, balki ichki go‘zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go‘zallikni qadriga yetishga undaydi.
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonida Shirinni zohiriy va botiniy go‘zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi. Bilamizki, uning bu darajaga yetishishda xolasi Mehribonuning tarbiyaviy ta'siri katta bo‘lgan. Shirin mamlakat obodonchiligi, kanal qizish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va usha xayrli ishlarga rahbarlik qiladi.
Shirin eng og‘ir damlarda ham Farhodga vafodor, sadoqatli, irodali yor bo‘lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi. Shirinning bu fazilatlari minglab qizlarga o‘rnak bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Estetik tarbiya tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. o‘quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish;

  1. ularda amaliy estetik ko‘nikmalarni shakllantirish.

Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o‘quvchilarda quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi:
- estetik bilimlarning tarkib topganligi;
- estetik madaniyatning tarbiyalanganligi;
- estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo‘lish;
- estetik tuyg‘uning rivojlanganligi;
- ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklarini his etishi;
- go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi;
- estetik idealning shakllanganligi;
- fikrlash, faoliyat, xatti-harakat hamda tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishga intilish.
Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san'at, musiqa, xoreografiya to‘garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi.
Biroq, hozirgi zamon maktablarida tashkil etilayotgan estetik tarbiya shaxsni estetik jihatdan shakllanishini ta'minlash borasidagi mavjud talablarga javob bermayapti.
Ijtimiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonining mohiyati. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub'ektiv va ob'ektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Sub'ektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, ob'ektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda ob'ektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur'atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta'sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta'lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta'sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma'lum muddatgina maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta'siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy hismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta'til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta'siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta'siri va nazoratidan uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta'lim muassasasi)ning ta'sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta'til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida e'tibor beriladi.
Ayni vaqtda, respublikada o‘quvchilarning ta'lim-tarbiya muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta'lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. qo‘shimcha ta'lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar va xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari, texnika va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. qo‘shimcha ta'lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuv, ko‘rgazma, ko‘rik va suhbatlar o‘quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma'lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta'sir ham yaxlitdir, tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya'ni, o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan ko‘rsatadigan ta'siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining ob'ektigina bo‘lib qolmasdan, sub'ektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta'sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.
Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning g‘oyat ko‘pligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe'l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:

  1. aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;

  1. ko‘p qirrali jarayon;

  1. uzoq muddatli jarayon;

  1. yaxlit tizimlilik jarayon;

  1. ikki tomonlama aloqa jarayoni;

  1. qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.

Tayanch tushunchalar lug‘ati:
Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Tarbiya–aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Aqliy tarbiya - barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Jismoniy tarbiya - ijtimoiy tarbiya tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Axloh - ijtimoiy ong shakllarida bo‘lib, insonlarning o‘zi, do‘st-birodarlari, jamoa a'zolari va tabiatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odob qonun-qoidalarining majmuidir.
Axloqiy tarbiya – jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me'yorlar va xulq-odob qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat jarayoni, ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Mehnat tarbiyasi - o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni, ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Estetik tarbiya - o‘quvchilarni tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash, qadriga yetish, shu asnoda o‘z shaxsiy hayotining go‘zal jihatini ko‘ra bilishga, go‘zal bo‘lish uchun kurashishga o‘rgatuvchi pedagogik faoliyat jarayoni, ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Tarbiya jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik.

  1. Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.




Xulosa

Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtimoiy ong shakllarida bo‘lib, insonlarning o‘zi, do‘st-birodarlari, jamoa a'zolari va tabiatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq-odob qonun-qoidalarining majmuidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta'sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi.


Qur'oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar mazmunida o‘z ifodasiga ega bo‘lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Sa'diy Sheroziy Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ifodasini topgan.
Nutq o’stirishning asosiy vazifalarini aniqlash, uning mazmunini to'liq belgilash, nutq o’stirish ishlarini tashkil etishni yengillashtiradi, bolalar nutqini o’stirishning samarali bo’lishini ta'minlaydi, chunki cginakam oqilona ta'lim bola ongini ham, xulqini ham o’zgartiradi. Bola hayotining birinchi yilida uning nutqiy rivojida ulkan siljishlar ro’y bеradi. Bu jadal borayotgan umumiy rivojlanish va ona tilining turli qirralarini o’zlashtirib olish bilan bеlgilanadi. Mashg’ulotlarda bolalar nutqida grammatik xatoliklarni tuzatish, grammatik shakllarga maxsus o’rgatish :Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o’zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga o’tirish va hokazolarni o’rganadi).Muloqot jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita muloqotsiz premetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog’liq muloqot faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o’zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo’ladi.Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig’ishni (piramida, matreshka kabi o’yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig’adi) o’zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko’p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo’llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo’tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo’llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo’llash usullarini bolaga kattalar o’rgatadilar.Muloqotga bo’lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o’zlashtirish bolaning o’z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy vazifasi, ya'ni real narsalarning o’rnini almashtira olish hamda o’rin bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o’yinlarni («ku-ku», «shar yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo’lni bosib o’tishga to’g’ri keladi.Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so’z muhim ahamiyatga ega bo’lib boradigan o’yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o’yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so’zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba'zida o’zi tashabbus ko’rsatib, fikr bildiradi. Tilga o‘rgatish, nuqtni rivojlantirish nafaqat lingvistik sohada (bolaning til ko‘nikmalarini – fonetika, leksika, grammatikani egallab olishi), balki bolalarning o‘zaro hamda kattalar bilan muloqotini shakllantirish sohalarida ham ko‘rib chiqilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, e’tiborga molik vazifa nafaqat nutq madaniyatini, balki muloqot madaniyatini ham shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Fanning turli yo‘nalishlari vakillarining asarlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiyaning nutqni rivojlantirishda qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab bermoqda. Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini o‘zlashtirilishi hamda uning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Qayd etish lozimki, bir xil yoshdagi bolalarning nutqiy darajasi bir-biridan mutlaqo farq qilishi mumkin. Maktabgacha yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish (ona tilini egallash) o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p qirrali jarayon hisoblanadi. U aqliy rivojlanish bilan uzviy bog‘langan, chunki insonning rivojlangan tafakkuri – bu nutqiy, til, so‘z-mantiqiy tafakkurdir. Nutqiy rivojlanish, tilni egallash va aqlni, bilishni rivojlantirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tafakkurni rivojlantirish uchun tilning qanchalik muhim ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. Shu bilan birga nutqiy (til) va intellektual rivojlanishdagi o‘zaro bog‘liqlikni teskari yo‘nalishda – intellektdan tilga qarab ham ko‘rib chiqish zarur. Bunday yondashuvni shartli ravishda intellektning til (lingvistik) funksiyasini tahlil qilish, ya’ni intellekt, fikrlash faoliyatining tilni egallashdagi ahamiyatini aniqlash sifatida ham belgilash mumkin (F.A.Soxin).Ayniqsa, ravon nutqni, ya’ni mazmunli, mantiqiy, izchil nutqni shakllantirishda nutqiy va intellektual rivojlanish o‘rtasidagi uzviy aloqa yanada aniqroq ko‘rinadi. Biron-bir narsa haqida tushunarli qilib so‘zlab berish uchun hikoya ob’ektini (predmet, voqeani) aniq tasavvur qilish, tahlil qila olish, asosiy xususiyat va sifatlarni tanlab olish.

Download 131.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling