O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Download 365.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.04.2020
Hajmi365.85 Kb.
#99872
  1   2
Bog'liq
qadimgi xitoyda falsafiy fikrlarning shakllanishi va rivoji (1)


 

1

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O’RTA  MAXSUS  

TA’LIM  VAZIRLIGI 

 

 

TOSHKENT  DAVLAT  SHARQSHUNOSLIK  INSTITUTI 

 

“Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi 

 

 

 

Ergashev  Urolbek  Berkinovich 

 

 

 

QADIMGI XITOYDA FALSAFIY FIKRLARNING  

SHAKLLANISHI VA RIVOJI 

 

mavzusida 

 

 

K U R S   I S H I 

 

 

 

 

5A120501 – “Falsafa tarixi” (yo’nalishlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2015 

 

2

 



M U N D A R I J A: 

 

 

KIRISH……………………………………………………………………… 3 

 

 

I.BOB. Qadimgi Xitoyda borliq va inson haqidagi  

tushunchalarning shakllanishi………………………………………….  5-22 

 

1.01. Qadimgi Xitoy falsafasida dunyo va inson tushunchasi……………… 5 

1.02. Qadimgi Xitoyda falsafiy fikrlar rivoji (Lao Szi, Konfutsiy)………… 11 

1.03. Xitoy falsafasida naturfalsafiy g`oyalarning ahamiyati…..…………. 22 

 

 

II. BOB. Qadimgi Xitoy falsafasiy maktablari…………………………23-32 

 

2.01. Xitoyda fasafiy maktablarning yuzaga kelishi………………………  24 

2.02. Qadimgi Xitoy falsafiy maktablari ta`limotlarining  

hozirgi davrdagi ahamiyati………………………………………………… 29 

 

 

XULOSA…………………………………………………………………… 33 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………... 34 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3

KIRISH 



 

Mazkur  kurs  ishining  dolzarbligi,  mamlakatimizning  mustaqilikka 

erishishi  sharofati  bilan  uning  xalqaro  ilmiy-falsafiy  va  madaniy    aloqalarining 

jadallashuvi,  xususan,  xalqimiz  o’zligini  anglash,  dunyoni  tanish  jarayonining 

chuqurlashib borayotganligi va fanga bo’lgan munosabatda ob’yektivlikni saqlash 

respublikamizda falsafa fani oldiga yangi talablar va vazifalar qo’ymoqda. 

Shuningdek,  XX  asrning  oxirlariga  kelib,  butun  dunyoda  ma’naviy-

axloqiy,  ijtimoiy  muammolar  ham  global  tus  ola  boshladi.  Ushbu  muammolarni 

har tomonlama hal etishda Sharq mamlakatlarida mintaqaga xos bo’lgan g’oyalar, 

qarashlarga murojaat etish ahamiyatlidir.    

Prezidentimiz  Islom  Karimov,  “Asrlar  mobaynida  xalqimizning  yuksak 

ma’naviyat,  adolatparvarlik,  ma’rifatsevarlik  kabi  ezgu  fazilatlari  Sharq  falsafasi 

va  islom  dini  ta’limoti  bilan  uzviy  ravishda  rivojlandi.  Va  o’z  navbatida  bu 

falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi”

1

 deya 


ta’kidlagani Sharq falsafasiy tafakkurining ahamiyatini yana bir bor ifodalaydi. 

Undan  tashqari  davlatimiz  tomonidan  umumjahon  falsafiy  tafakkuri 

taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo’shgan  jahon  xalqlari    sivilizatsiyasining  boy  ilmiy-

falsafiy merosini o’rganish va shu asosda inson salohiyatini yuksaltirish, uni komil 

qilib  tarbiyalash  kabi  muammolarga  alohida  e'tibor  qaratilmoqda.  Qadimgi 

Xitoyning  ilg’or  falsafiy,  axloqiy,  ilmiy  va  ijtimoiy  g’oyalaridan  hozirgi  vaqtda 

ham bahramand bo’la olishimiz mavzuning dolzarbligiga asos bo’la oladi. 

Chunki biz Qadimgi Xitoy falsafasini chuqur o’rganish asnosida insoniyat 

kelajagi  va  taraqqiyoti  uchun  qonuniy  zarurat  sifatida  vujudga  kelgan  adolat, 

erkinlik,  yaxshilik,  insonparvarlik,  mehr-muruvvat,  saxovat  kabi  umuminsoniy 

ezgu tushuncha hamda amallarni o’zimizga singdirishimiz mumkin.    

Insoniyat  sivilizatsiyasining  beshiklaridan  sanalmish  qadimgi  Xitoy 

dastlabki  falsafiy  fikrlar  vujudga  kelgan  mamlakatlardan  biridir.  Qadimgi  Xitoy 

                                                             

1

 

Karimov.I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. Toshkent, “O’zbekiston”, 1995, 9-bet



 

 

4

falsafasi  turli  xil  yo’nalish  va  oqimlarga  boydir.  Ularda  falsafiy  tafakkur 



qadriyatlarini ishlab chiqishga jazm qilgan mashhur kishilar, o’z davrining ko’zga 

ko’ringan  donishmandlari  tabiat,  jamiyat  va  inson  hayotiga  taaluqli  ko’pgina 

muammolarning  yechimini  topish  yo’llarini  izladilar,  o’z  davri  shart-sharoitlari 

ideallaridan kelib chiqib ta`limotlar  yaratdilar. Qadimgi Xitoy  falsafiy  maktablari 

tomonidan  yaratilgan  ta`limotlar  hozirgi  zamonda  ham  faylasuflar  tomonidan 

qiziqib o’rganilmoqda. Ayniqsa, Konfutsiychilik ta`limotining Xitoy, Koreya kabi 

mamlakatlarda  e`tiqod  darajasiga  ko’tarilganligi  va  hatto  hozirgi  kunda  ham  o’z 

ta`sirini  saqlab  kelayotganligi  Qadimgi  Xitoy  falsafiy  maktablarining  falsafiy 

tafakkur  xazinasiga  qo’shgan  hissalari  katta  ekanligidan  dalolat  beradi.  Kurs 

ishida  Qadimgi  Xitoy  falsafasining  turli  yo’nalishlari,  ularning  o’ziga  xos 

xususiyatlari va hozirgi zamondagi ahamiyatlari to’g’risida fikr yuritiladi. Albatta 

Qadimgi Xitoy falsafasi keng qamrovli bolganligi sababli uning barcha jihatlarini 

bitta  ilmiy  ishda  yoritib  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  ham  mazkur  ishda  asosiy 

masalalar va biz uchun zarur ma’lumotlar bayon qilindi. 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

5

I.BOB. Qadimgi Xitoyda borliq va inson haqidagi tushunchalarning 



shakllanishi. 

1.01. Qadimgi Xitoy falsafasida dunyo va inson tushunchasi. 

Umuman  olganda  qadimgi  Sharq  xalqlarining  tarixi  va  madaniyati,  ilk 

siyosiy,  huquqiy,  diniy,  badiiy,  falsafiy  qarash  va  tasavvurlari,  ularning  mazmun 

va  mohiyati  haqida  antik  zamon  mualliflarining  asarlarida,  arxeologik 

manbalarda,  xalq  og’zaki  ijodiyoti,  afsona,  miflar,  dostonlar  va  rivoyatlarda  aks 

etgan


2

Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy 



etgan Sharq mamlakatlaridan biri bo’lgan. Eramizdan avvalgi II minginchi yilning 

o`rtalariga  kelib,  Yuan-in  davlatida  muayyan  xo`jalik  shakli  yuzaga  kelgan. 

Eramizdan  avvalgi  XII  asrda  esa  urushlar  natijasida  davlat  Chjou  qabilasining 

qo`liga  o`tgan.  Bu  hokimiyat  eramizdan  avvalgi  III  asrgacha  davom  etgan.  Bu 

vaqtda  diniy  mifologik  dunyoqarash  ya’ni  asotir  tafakkur  ustivorlik  qilgan.  U 

olam  va tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan    va  dunyoviy  

bilimlar  rivojiga  o`z  ta`sirini  o`tkazgan.  

Qadimgi  Xitoy  falsafasida  turli  xil  yo`nalish  va  oqimlar  mavjud.  Ularda 

falsafiy  tafakkur  qadriyatlarini  ishlab  chiqishga  uringan  mashhur  kishilar,  o`z 

davrining  ko`zga  ko`ringan  donishmandlari  tabiat,  jamiyat  va  inson  hayotiga 

taalluqli  bo`lgan  ko`pgina  muammolarning  real  yechimini  izlaganlar.  Bunday 

muammolarni o`z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. 

Tabiiyki  muammolarning  yechimi  bir  xil  emas,  chunki  olam  cheksiz  va 

benihoyadir.  

Qadimgi  Xitoy  asotirlari  (mifologiyalari)da  butun  koinot  -  osmon,  yer  va 

tabiat  hodisalari  ilohiylashtirilgan  bo`lib,  inson  hayot  kechirish  muhitini  tashkil 

qiladi.  Aynan  shu  afsonalashtirilgan  muhitdan  narsalar,  hodisalar  mavjudligini 

ta`minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu 

                                                             

2

 



Tulenov J., G’afurov Z. Falsafa: Oliy o’quv yurti talabalari uchun. Toshkent, O’qituvchi, 1997, 34-bet  

 

6

tamoyil  ko`pincha  oliy  hukmdor  (Shan-di),  ba`zan  esa  oddiy  osmon  (Tyan) 



sifatida ishlatib kelingan. 

Xitoy  faylasuflari  asosan  kambag`al  a`yonlarga  mansub  bo`lgan.  Ular 

ko`pincha g`oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma`muriy tizim 

sektorlarida  faoliyat  yuritishgan.  Ko`pgina  buyuk  xitoy  mutafakkirlari  ana  shu 

ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan. 

Xitoy  falsafasi  dunyo  va  inson  haqida  o‘ziga  xos  tushunchalar  yaratgan. 

Xitoy  falsafiy  tafakkurining  ibtidosi  ham,  xuddi  keyinchalik  Qadimgi  Misr, 

Hindiston,  Bobil  va  Yunonistonda  bo‘lgani  kabi  asotir  tafakkurga  borib  taqaladi. 

Xitoy  afsonaviy  fikrida  ham  osmon,  yer  va  tabiatdagi  barcha  narsalar 

ilohiylashtiriladi. Ilohiylashtirilgan muhitdan eng oliy qoida keltirib chiqariladiki, u 

dunyoni boshqarib, ashyolarga mavjudlik baxsh etadi. Butun tabiat jonlantirilgan – 

har  bir  narsa,  joy  va  hodisa  o‘z  devlariga  ega.  O‘lgan  ajdodlar  ruhini  hurmatlash 

keyinchalik 

ularga 


sig‘inishni 

keltirib 

chiqarib, 

Qadimgi 


Xitoyning 

muhofazakorona  tafakkur  yuritishiga  olib  kelgan.  Ruhlar  insonga  uning  kelajagini 

bashorat  qilishi,  uning  xulqi  va  faoliyatiga  ta’sir  qilishi  mumkin,  deb  tushunilgan. 

Qadimgi  afsonalarning  ildizlari  eramizdan  oldingi  2000-yillar  qa’riga  borib 

taqaladi.  O‘sha  vaqtda  Xitoyda  alqov  so‘zlar  va  ifodalardan  foydalanib,  fol 

amaliyoti  orqali  ruh  bilan  aloqaga  kirish  yoyilgan  edi.  Bunday  alqov  yozuvlarni 

bronza  idishlarga  yozilgan  ayrim  parchalar,  keyinchalik  esa,  “O‘zgarishlar 

kitobi”dan mushohada qilish mumkin. Qadimgi Xitoy afsonalar to‘plami eramizdan 

oldingi  VII-V  asrlarga  taalluqli  “Tog‘lar  va  dengizlar  kitobi”  (Shan  xay  szin)da 

bayon etilgan. 

Xitoy falsafiy fikri rivojining o‘ziga xos xususiyati ularga donishmand erlar, 

deb  atalmish  kishilarning  ko‘rsatgan  ta’siri  bilan  belgilanadi.  Ularning  ismlari 

ma’lum  bo‘lmasa  ham,  ammo  shu  narsa  seziladiki,  ular  dunyoni  afsonaviy 

tushunish  chegarasidan  chiqib,  uni  tushunchalar  orqali  idrok  qilishga  harakat 

qilganlar. Afsonalar bilan borliqni tushunchalar orqali idrok qilishga aloqa chizig‘i 

tortgan  bu  donishmandlar  ijodidan  keyingi  Xitoy  faylasuflari  naqlu  qavllar 

keltirganlar va ularning qarashlarini rivojlantirganlar. 


 

7

Xitoyda  falsafiy  qarashlar  erta  paydo  bo‘lgan  bo‘lib,  jamiyatda  qulchilik 



tizimining  shakllanishi  va  sodda  tabiiy  bilimlarning  rivojlanishi  bilan  o‘zaro 

bog‘liqdir.  Arxeologlar  suyaklarda  topgan  yozuvlari,  “Shu-jing”  deb  nomlangan 

qadimgi  kitob  Xitoy  munajjimlari  Shan-in  davridayoq  (er.av.  18-12asr)  yilni  366 

kundan iboratligini aniqlab, oy-quyosh taqvimini yaratganligidan guvohlik beradi. 

Oy  va  quyosh  yillari  o‘rtasidagi  farqni  bartaraf  etish  uchun  ular  har  3  yilda 

taqvimga  qo‘shimcha  oy  qo‘shdilar.  Eramizdan  avvalgi  VII  asrda  esa,  ular  oy-

quyosh  taqvimini  takomillashtirdilar.  Bunda  har  19  yilga  7  ta  qo‘shimcha  oy 

qo‘shildi.  Qadimgi  Xitoy  olimlari  tomonidan  oy-quyosh  taqvimining  yaratilishi 

yerga  nisbatan  yulduz,  quyosh  va  oyning  joyini  o‘zgarishini  va  harakatlarining 

ko‘p  asrlik  kuzatuvlari  natijasida  asoslangan  edi.  Eramizdan  avvalgi.  II  ming 

yillikning  oxiridan  boshlab  qadimgi  Xitoy  munajjimlari  quyosh  tutilishi  haqidagi 

yozuvlarni  olib  bordilar.  Ko‘p  o‘tmay  ularning  davriyligidan  xabardor  bo‘ldilar. 

Eramizdan  avvalgi  VII  asrdayoq  yilni  alohida  davrlarga  bo‘linishini  aniqlab 

beradigan  yozgi  va qishki  teng kunlikni aniqlash  uchun  quyosh soatlari qo‘llanar 

edi. Qadimgi manbalarda kameta va meteoridlar haqida ko‘plab yozuvlar mavjud. 

Masalan,  “Chun  syu”  yilnomalarida  kametani  eramizdan  avvalgi  611-yilda  qutb 

yulduzi  hududiga  kirganligi  haqida  yozilgan.  Ularda  meteorit  yomg‘irlari  haqida 

ham  ko‘p  sonli  yozuvlar  mavjud.  Xususan  eramizdan  avvalgi.  687-yilning  6 

martida  bo‘lib  o‘tgan  meteorit  yomg‘iri  haqida  yozilgan.  Er.avv.  4-asrda  Xitoy 

munajjimlari  Gan  De  va  Shi  Shen  yulduzlar  haqidagi  2  ta  kitobni  yozdilar, 

keyinchalik  u  “Gan  Shi  Sin-szin”  nomi  bilan  bitta  umumiy  yulduzlar  katalogini 

tuzdilar.  Bu  dunyo  bo‘yicha  tuzilgan  yulduzlar  haqidagi  dastlabki  katalog  edi. 

Qadimgi  Xitoyda  astronomiya  bilan  bog‘liq  materialistik  fanlar  yuqori  darajaga 

erishdi. 

Masalan,  Chjan  San  (er.avv.  II  asrning  birinchi  yarmi)  va  Szin  Chou-chan 

(eramizning  I  asri)  qadimgi  manbalarga  asoslanib  9  bobdan  tashkil  topgan 

arifmetikaga  oid  kitob  yaratdilar.  Unga  muvofiq  koeffisientlarni  tenglashtirish 

yordamida  noma’lumlarni  izchil  istisno  qilish  yo‘li  bilan  2  ta  va  3  ta  noma’lum 

soni  bo‘lgan  birinchi  darajadagi  tenglamalarni  yechishda  tizimli  uslub  bayon 


 

8

etiladi.  Bu  asarda  matematika  tarixida  ilk  bor  manfiy  sonlar  va  ular  bilan  hisob-



kitob  qilish  qoidalari  berilgan.  Kitobda  kvadrat  va  kubga  sonlarni  kiritish 

qoidalarida asoslangan kvadrat va kub ildizlarni topish uslubi tasvirlangan. 

Kitob  mualliflari  tengburchakli  uchburchakni  gipotenuzasi  kvadratini 

katetlar kvadrati yig‘indisiga tengligi haqida ham xabardor edilar. 

Qadmgi  Xitoy  xo‘jaligining  asosiy  sohasi  bo‘lgan  ziroatchilikning 

rivojlanishi  davrida  astronomik  va  biologik  bilimlar  to‘plandi.  Birgina  (Shi-jing) 

(“She’rlar  kitobi”)  kitobida  madaniy  va  yovvoyi  o‘simliklarning  200  dan  ziyod 

turlarining  tavsifi  beriladi.  Qadimgi  Xitoyning  hunarmandchiligi  ham 

takomillashgan  edi.  Shan  In  davridayoq,  ya’ni  eramizning  II  ming  yilligining 

ikkinchi  yarmida  sopol  buyumlar,  yog‘ochdan  turli  mahsulotlar,  asl  bronza 

qurollar,  shoyi  matolar  tayyorlanar  edi.  Eramizdan  avvalgi  VI  asrda  temirning 

tarqalishi  ishlab chiqarishning barcha sohalarida,  hattoki  ijtimoiy  munosabatlarda 

o‘zgarishlarga  va  ilmiy  bilimlarni  yuksalishlarga  olib  keldi.  Bu  davrda  katta 

qurilish  ishlarini  amalga  oshirish,  ko‘p  sonli  saroy  va  shahar  qal’alarini  qurish, 

quvur  va  suv  tizimlarini  barpo  etish  avj  oldi.  Mamlakat  harbiy  va  savdo  yo‘llari 

tarmog‘i  bilan  bog‘landi.  Ishlab  chiqarishning  barcha  sohalaridagi  ko‘p  asrlik 

ijodiy  mehnat keyinchalik kelib  fanning  ham rivojlanishiga turtki berdi. Ayniqsa, 

bu davrlarda tabiat sirlarini bilishga bo‘lgan intilish kuchaydi. Bu haqida, qadimgi 

“Go  yuy”  va  “Szyu  chjuan”  manbalarida  ko‘plab  ma’lumotlar  saqlanib  qolingan. 

O‘sha  qadim  zamonlardayoq  suv,  olov,  yog‘och,  oltin  va  yer  birlamchi  unsurlar 

ekanligi  haqidagi  sodda  falsafiy  qarashlar  yozib  qolingan.  Szyu  Chjuanda 

birlamchi  unsurlar  Si  (“havo”,  “efir”),  in  (“salbiy”,  “zulmat”)  va  yan  (“ijobiy”, 

“yorug‘lik”)  kabi  tushunchalarni  falsafiy  nuqtai  nazardan  bir-biriga  bog‘lab 

o’rganish chuqur mazmun kasb etadi. 

O‘zgarishlar  kitobida  5  ta  birlamchi  unsurlarning  umumiy  asosi  o‘z 

manbasi  “tay  szi”  “buyuk  ibtido”  bo‘lgan  si  material  substansiya  masalalari 

haqida fikrlar o‘z ifodasini topa boshladi.  

Xitoy falsafasida bir-biriga qarama-qarshi In va Yan kuchlarga ega bo‘lgan 

si  tumansimon  massasidan  barcha  narsalar  vujudga  keladi,  degan  nazariya  ham 


 

9

mavjud  edi.  Qadimgi  Xitoyda  elementar  ilmiy  bilimlar  asosida  paydo  bo‘lgan 



sodda materialistik g‘oyalar birinchi sinfiy jamiyat – qulchilik jamiyati shakllanish 

va  rivojlanish  sharoitida  qabila  jamoasi  a’zolarini  qabila  zodagonlarining  tobora 

o‘sib borayotgan ekspluatatsiya va zulmiga qarshi e’tirozini ifoda etar edi. 

Qadimgi  (“Shi  jing”)  “She’rlar  kitobi”da  shunday  yozilgan:  “Ayrimlar 

qashshoqlikda  va  qo‘rquvda  yashaydi,  boshqalar  esa,  sharob  va  musiqa  eshitib 

rohatlanadilar”,  “kimda  kim  ekmasa  va  mehnat  qilmasa,  mo‘l  hosil  yig‘maydi”. 

Bu  esa,  o‘z  davrining  ilg‘or  kishilarida  “samo”  va  ”ajdod”lar  ruhiga  ishonmay 

qo‘yishiga  olib  keldi.  Masalan,  qadimgi  she’rlarda  shunday  satrlarni  uchratamiz: 

“Samo  yovuz  va  adolatsiz,  u  insonlarga  faqat  ofat  yog‘diradi”.  Vafot  etgan 

ajdodlarni ular insonparvarlik va insonlarga muhabbat hissidan ajrab qolib, tashlab 

ketgan o‘g‘lon va nabira va avlodlari haqida qayg‘urmay qolganlikda ayblaydilar. 

Kishilarda  jamiyatni  bunday  firklashi  Qadimgi  Xitoyda  asta-sekin  ateizmning 

paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  U  konservativ

3

  qabila  zodagonlariga  qarshi  kurashda 



jamiyatning  ilg‘or  kuchlarining  jangovar  quroli  sifatida  xizmat  qildi.  O‘sha  davr 

g‘ayridinlar  orasida  yirik  siyosiy  arboblar  –  qonun  asosida  boshqarishning 

asoschilari  Guan  Chjun  (er.avv.  VII  asr),  Szi  Chan  (er.avv.  VI  asr)  va  boshqalar 

bo‘lgan.  Ularning  fikricha,  farovonlik  va  baxtsizlikni  insonlar  o‘zlari  barpo 

etadilar,  ularning  taqdiri  “samo  irodasi”ga  tobe  emas,  degan  qarashlar  amaliy 

mazmun  kasb  eta  boshladi.  “Qonunlar  davlatni  tarqqiyotga  va  jamiyatni 

farovonlikka  eltivuchi  yagona  yo‘l”  degan  mashhur  nazariya  Guan  Chjunga 

tegishlidir.  Uningcha,  Samo  osti  fuqarolarining  barchasi  qonun  olidida  tengdir. 

“Podsholar  esa,  qonunlarning  buloq  -  qaynar  ko‘zi”  ya’ni  (yaratuvchisi  bo‘lib), 

ularning o‘zi ham amalda qonunga bo‘ysinadilar, aksincha, jamiyat turg‘unlik sari 

yuz burib, (unday) davlat inqirozga yuz tutadi. 

Xitoy  falsafasiga  xos  bo‘lgan  yana  bir  jihati  bu  xitoy  faslafasida  tabiiy 

fanlarni  o‘rganishga  kam  ahamiyat  qaratilganligi  bilan  tasniflanadi.  Masalan, 

Xitoy  falsafasida  metodologik  jihatdan  tabiiy  fanlarga  xos  bo‘lgan  ilmiy 

                                                             

3

 



Китайско –русский словарь, 2004, 832-bet. 

 


 

10

tushunchalar  u  yoki  bu  darajada  o‘z  ifodasini  topmagan.  Faylasuflar  tomonidan 



tabiiy  fanlar  ma’lumotlariga  murojaat  etishni  lozim  topmaganligi  ham  bunga 

ma’lum qadar sabab bo‘lgan.  

Ammo,  ushbu  o‘rinda  ularning  Chjou  davridan  keyinoq  o‘z  faoliyatlarini 

to‘xtatganligini ko‘zdan qochirmaslik kerak. 

Ana  shu  ma’noda  ayrim  ma’lumotlarda  qadimgi  Xitoy  falsafasining  tabiiy 

fanlardan  ajratilganligi  va  mantiqqa  oid  masalalarning  ishlanmaganligi,  Xitoyda 

falsafiy  tushunchalar  shakllanishining  sekin  kechganligining  asosiy  sabablaridan 

biri  bo‘lgan  edi,  shuning  bois  ko‘pgina  Xitoy  maktablari  uchun  mantiqiy  tahlil 

usuli  noma’lumligicha qolib kelgan degan fikrlar ushbu o‘rinda  ma’lum  ma’noda 

o‘zini oqlaydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

11

1.02. Xitoyda falsafiy fikrlarning rivojlanishi (Lao Szi, Konfutsiy). 

Qadimgi  Xitoyda  ilk  falsafiy  maktabning  yuzaga  kelishi  Li  Er  –  Lao-szi 

yoki ustoz Lao (er. avv. 579-499 yy) nomi bilan bog‘liqdir. Rivoyat qilishlaricha, 

Lao-szi volidasining qornida 81 yil yashagan, shu bois u oq soqol bilan tug‘ilgan 

emish.  Olcha  daraxti  tagida  tug‘ilganidan  unga  Li,  qulog‘i  uzun  bo‘lganidan  Er 

deb  ism  qo‘yishgan  ekan.  Manbalarga  ko‘ra,  Lao-szi  arxivnarus  bo‘lib  ishlagan, 

ammo  mavjud  tartiblarni  qabul  qilolmay,  lavozimidan  voz  kechgan.  Lao-szi 

falsafiy mushohadalarni sevgan; tez orada u Osmon va Osmonosti sirlaridan voqif 

donishmand  sifatida  xalqqa  taniladi.  Yosh  Konfutsiy  saboq  olish  uchun  uning 

oldiga  borgan.  Quldorlik  tuzumi  ham,  uning  o‘rniga  shakllanayotgan  feodal 

munosabatlari ham mutafakkirga yoqmagan. U eski tuzumning axloqi va qoidalari 

“kishilarda  ishonchni,  sadoqatni  mahv  qiladi,  ularni  g‘alayonlarga  etaklaydi”, 

yangi  munosabatlar  tayanayotgan  “qonunlar  va  farmonlar  esa  o‘g‘rilarni  hamda 

talonchilarni ko‘paytiradi” deb bilgan. 

Lao-szining besh ming bitiklardan iborat “Daodeszin” (“Ezgu amallar yo‘li 

yoxud  kuch  va  xatti-harakatlar  haqida  kitob”)  deb  nomlangan  asari  saqlanib 

qolgan. Ushbu asardagi fikrlar, yondashishlar dao falsafasining asosidir. 

Donishmand  “dao”  tushunchasini  dunyoning  asosi,  olamning  yaratilish 

yo‘li,  qonuniyati  deb  ta’riflaydi.  Dao  –  Osmon  va  Yer  negizi,  barcha  narsalarni 

yaratuvchidir.  To‘g‘ri,  “dao”  tushunchasi  haqida  tavsiflar  ko‘p,  ba’zan  uni 

ta’limot,  nazariya,  hatto  din  deb  ham  atashadi.  Ammo  Lao-szi  uni  Butunga, 

Kamolga  yetish  yo‘li  deb  qaraydi.  “Dao,  –  deb  yozadi  donishmand,  –  birni  bir, 

ikkini  ikki,  uchni  uch,  boshqa  barcha  narsalarni  yaratadi”.  Bir  –  bo‘shliq,  ikki  – 

undan  yaralgan  yorug‘lik  va  qorong‘ulik,  uch  esa  barcha  narsalar  ifodasidir. 

Demak, dao birdan oldin bor edi. 

Dao,  Lao-szi  izoh  –  tavsifiga  ko‘ra,  eshitadigan,  ko‘radigan,  sezadigan 

narsa emas, u borliq yaratilgan noborliqdir. Sir shundaki, noborliq mutlaq yo‘qlik 

emas,  yo‘qlikdan  borliqning  paydo  bo‘lishi  g‘ayrihayotiydir.  Noborliq  biz 

ko‘rolmaydigan,  eshitolmaydigan,  tutolmaydigan,  ammo  borliq  yaratilgan  ilk 

substansiyadir. Mutafakkir uni “bo‘shliq” deb ham ataydi. Shu bo‘shliq bo‘lmasa, 


 

12

narsalarning  yaratilishi  ham,  harakatlar  ham  mumkin  emas.  Bo‘shliq  tufayli 



narsalar mavjuddir. 

“Buyuk  dao  hamma  joyda  mavjud:  o‘ngda  ham,  chapda  ham...  Uning 

marhamatidan  barcha  mavjudot  tug‘iladi  va  rivojlanadi...  Barcha  narsalar  daoga 

intiladi, ammo dao narsalar ustidan hukmronlik qilmaydi”. 

Dao  hech  nima  qilmaydi,  biroq  u  yaratmagan  narsa  yo‘q;  u  hech  kimga 

hukm  bermaydi,  lekin  o‘z  holatida  barqarordir.  U  boshqalarga  yordam  beradi, 

ammo hech kim bilan kurashmaydi. 

Daoning barcha narsalarga daxldorligi uni ushbu narsalarning yaratilishi va 

mavjudligini  ta’minlaydigan  qonunga  aylantiradi.  Agar  dao  barcha  narsalarga 

daxldor  ekan,  u  hamma  narsalarda  bordir;  hamma  narsalarda  bor  narsa  hamma 

narsalardan  ustundir.  Ustunlik  –  hokimlik  belgisi,  chunki  u  istasa  narsalarni 

yaratadi, istasa yaratmaydi, hatto yo‘q qiladi. Daoni bunday voqelikka aylantirish 

o‘ta sodda qarashdir. 

Dao falsafasida ilk substansiya bor, lekin xudo yo‘q; unda xudojo‘ylar bor, 

ammo  dogma  yo‘q.  Daodagi  xudojo‘ylik  hayotning,  borliqning  Butunligiga 

ishonishdadir. Olamni ham, odamni ham hech kim yaratmagan; agar ularni kimdir 

yaratgan  bo‘lsa,  yaratish  boisi  mavjud.  Boisi  bor  narsa  o‘tkinchidir,  u  yo‘q 

bo‘lishga  mahkum.  Faqat  Mavjudlik,  Butun  va  ularga  taallluqli  narsalargina 

barqarordir,  abadiydir.  “Agar  siz,  –  deb  yozadi  Lao-szi,  –  ishingizda  Butunni, 

muabbadni  tuygan  va  u  bilan  bevosita  aloqaga  kirishgan  bo‘lsangiz,  demak,  siz 

dao yo‘lidasiz”. 

Materializm hamma narsani o‘tkinchi deb biladi, u uchun abadiy narsa yo‘q 

–  hamma  narsa  tug‘iladi,  o‘sadi,  o‘ladi.  Shuning  uchun  u  jonning  lazzatlanib, 

huzur-halovatda  yashashining  tarafdoridir.  Idealizm  ruhni,  jannatni  sharaflaydi, 

mavjud  dunyoni  din,  g‘oya  uchun  fido  etishga  chaqiradi.  Ushbu  istaklarida 

materialistlar  idealist,  idealistlar  materialistdir.  Dunyoning  bunday  bo‘linishi 

aslida  ego  ta’siridandir.  Qandaydir  “izm”larga  bo‘lingan  dunyo  kishilarning 

qalbini  ham  ikkiga  bo‘ladi.  Qalbi  bo‘laklangan  kishilar  hatto  o‘zi  bilan  ham 

murosada  yasholmaydi.  Ular  ego  ta’sirida  o‘ziga  raqiblar  qidiradi,  birovlarni 


 

13

dinparastlarga,  birovlarni  dahriylarga,  birovlarni 



yaxshilarga,  birovlarni 

yomonlarga ajratib jamiyatning, insonning butunligiga rahna soladi. Jahonda sodir 

bo‘layotgan inqirozlar, nizolar ma’naviyatdagi bo‘shliq oqibatidandir. 

Olti  ming  yildan  beri  odam  “men  bilaman”  deb  keladi.  Vo  darig‘,  birorta 

ham  odam  bilim  yoki  bilish  nimaligini  isbotlay  olgan  emas.  Chunki  “inson 

bilimlarining  barchasi  ishonchsiz,  noaniq  va  cheklangandir”  (B.Rassel). 

Ishonchsiz,  cheklangan  “bildim”  deb  aytishga  haqli  emas.  Shuning  uchun  dao 

bilimni,  jumladan,  falsafani  ham,  inson  takabburligining  ko‘rinishidir  deb 

hisoblaydi.  Falsafa  haqu  haqiqatni,  borliq  va  yo‘qlikni  so‘zlar,  ta’riflar,  ramzlar 

orqali ifodalash usulidir. Ularni har kim har xil tushunadi, talqin qiladi, ular ichida 

uyg‘unlik, Butun yo‘q. Biroq dao borliqni bilish mumkinligini rad etmaydi; bilish 

shaxsiy  tajribadan  iborat.  Boshqalarning  tajribalari,  ular  asosida  bitilgan  kitoblar, 

to‘qilgan  o‘gitlar  emas,  balki  shaxsiy  hayotiy  tajriba,  kuzatuv  donishmand  qiladi 

kishini.  Boshqalar  tajribasiga  tayanishda  xavf  ko‘p,  chunki  ular  kishining  fikrini, 

maqsadini  oldindan  shakllantirib,  bir  qolipga  solib  qo‘yadi.  Bu  esa  rang-barang 

hayot, beadad Butun xususiyatiga ziddir. Shuning uchun ham dao shaxsiy tajriba, 

kuzatish  tarafdori.  Bilim  o‘zlashtiriladi,  shaxsiy  kuzatish  tajriba  mahsuli. 

O‘zlashtirilgan  bilim  boshqa  o‘zlashtirilgan  bilimlar  ta’sirida  o‘zgaradi,  shaxsiy 

tajribadan  olingan  bilim  umrboqiydir.  O‘zlashtirilgan  bilimlar  kishini  tayyor 

nazariyalarga,  g‘oyalarga  bog‘lab  qo‘yadi,  shaxsiy  tajriba  bevosita  kuzatish 

natijasidir.  O‘zlashtirilgan  bilimlarga  turg‘unlik,  shaxsiy  kuzatuvga  mudom 

izlanish  xos.  Bilim  kishilarni  biladigan  va  bilmaydiganlarga,  unvonli  va 

unvonsizlarga,  ma’lumotli  va  ma’lumotsizlarga  ajratadi,  shaxsiy  tajribada  faqat 

izlanuvchi mavjud. Shri Bxagavan Radjnish deydi: “Agar Lao-szi biror narsa desa 

men  unga  ishonaman,  ammo  Konfutsiy  desa  uning  so‘zlari  shubha  uyg‘otadi. 

Mabodo  Suqrot  biror  narsa  desa  men  unga  ishonaman,  lekin  Aristotel  desa  men 

uni  qoralayman.  Lao-szi  va Suqrot chin  yurakdan, ichdan, Konfutsiy  va  Aristotel 

esa  o‘zlashtirganlarini  deydi.  Lao-szi  va  Suqrot  uchun  shaxsiy  tajriba,  kuzatuv 

haqu  haqiqat,  Konfutsiy  va  Aristotel  uchun  o‘zlashtirilganlari  haqiqatdir”. 

Shuning  uchun  dao  aqlni,  ratsionalni  rad  etadi.  Aql  o‘ylab  topgan  ifodalar, 



 

14

prinsiplar,  normalar  sun’iydir.  Sun’iy  tushunchalarni  kishilar  istagancha,  son-



sanoqsiz  ixtiro  qilishlari  mumkin.  Hayot  mudom  tabiiy,  aql  esa  hamma  narsani 

o‘zi ixtiro qilgan sun’iy ta’riflar, tushunchalar bilan o‘lchaydi. Natijada, aql rang-

barang  hayotni  tayyor  ta’riflar  va  tushunchalar  qolipiga  solib,  tuyg‘ularni  ham 

siyqalashtiradi. 

Bundan  tashqari,  tayyor  narsalarni  idrok  etish,  o‘zlashtirish  mehnat  talab 

qilmaydi,  yangini  anglash  mudom  iztirob,  goho  adashishdir.  Tayyor  ta’riflarni 

yodlashda kishi o‘zini mutaxassis, hatto a’lam sezadi, yangi narsa oldida u ojizdir. 

Chunki,  yangi  yangicha  talqinni,  yangicha  idrokni,  oldingi  tasavvurlardan  tez-tez 

voz  kechishni  taqozo  etadi.  Eski  –  muqimlik,  turg‘unlik,  osoyishtalik,  yangi  – 

bezovtalik, iztirob, qo‘rquv.  Ammo  hayot  cheksiz, beto‘xtov  izlanishdir.  Shuning 

uchun  dao:  “Go‘dakdek  yangini  bilishga  intilib  yashang!”  deb  da’vat  etadi. 

Demak,  dao  bilimga,  falsafaga  emas,  balki  tayyor,  qotgan  ta’riflar  va 

tushunchalarga qarshi. 

Dao  sun’iy  qarama-qarshiliklarga  qarshi.  Aynan  ular  bois,  inson  hayoti 

murattabdan,  garmoniyadan  uzoq,  ziddiyat,  raqobat  izlash  uning  hayot  tarziga 

aylangan.  Ushbu  qarama-qarshiliklar  nizolarga,  urushlarga  qirg‘inbarotlarga  olib 

keladi.  Ijtimoiy-tarixiy  tajriba  ko‘rsatadiki,  deyarli  barcha  urushlar  sun’iy 

ziddiyatlar  sabablidir.  Tabiiy  qarama-qarshiliklarning  urush  keltirib  chiqarganini 

insoniyat bilmaydi. 

Inson  ongi,  hayot  tarzi  va  borlig‘iga  singib  ketgan  sun’iy  qarama-

qarshiliklarni  bartaraf  etish  mumkinmi?  Aynan  ushbu  qarama-qarshiliklar  bizni 

ongli  mavjudotga  aylantirgan  emasmi?  Ulardan  voz  kechish  tafakkurimizni 

g‘ariblashtirmaydimi?  Bu  savollarga  qoniqarli  javob  berish  mushkul;  har  qanday 

javob  o‘zini  o‘zi  rad  etuvchi  dalilga  ega.  Lekin  dao  falsafasi  sun’iy  qarama-

qarshiliklardan  Butunga  intilish,  Butunda  yashash  orqali  xalos  bo‘lish  mumkin 

deb  hisoblaydi.  Buning  uchun  esa  odam  ego  –  manmanlik,  takabburlikdan  xalos 

bo‘lishi vojibdir. 

Ijtimoiy borliqda dao  nofaollik tarafdoridir. Dao  nofaolligi  hayotga  mutlaq 

befarqlik,  zohidlik  emas,  u  ruhni,  qalbni  to’ldiruvchi  va  chalg‘ituvchi  yugur-


 

15

yugurlardan  xoli,  borliqni  osuda,  tinch,  diqqat  bilan  anglashdir.  “Nofaol, 



harakatsiz  aql  go‘zaldir,  chunki  u  shu  holatida  haqu  haqiqatni  topadi”.  Faollik  – 

illyuziya, u kishi atrofida Butunni anglashga xalaqit beradigan to‘lqinlar yaratadi. 

Yugur-yugurlar  bilan  Butunni  anglab  bo‘lmaydi,  chunki  ruh  boshqa  narsa 

g‘amidadir. 

Butunni,  Mavjudlikni  anglash  shu  onni  anglashdan  boshlanadi.  Shu  ondan 

zavq  ololmagan  Mavjudlikdan  zavq  ololmaydi;  shu  ondan  hikmat  topolmagan 

Butundan hikmat topolmaydi. O‘tmish ham, kelajak ham shu ondadir. Hayot bilan 

hamqadam  yashash  siri  ham  shu  ondan  zavqlanib  yashashdadir.  Har  kim  o‘ziga 

in’om  etilgan  umrni  yashaydi,  hech  kim  birov  hisobiga  umrini  uzaytirolmaydi. 

Demak, hech kim boshqa uchun yashash imkoniga emas, har kim o‘z umriga yoki 

shu  oniga  hukmdordir.  Shuning  uchun  kishining  umridan  yo  zavqlanib,  yoki 

qahrlanib  yashashi  o‘z  ixtiyoridadir.  Mavjud  har  bir  onni  odam  zavqqa  to‘ldirib 

yashay oladimi, mana bor sir nimada. 

Dao  mustaqil  fikrlash  falsafasidir.  Umr  hikmati  mudom  yangi  fikr  izlab 

yashashdadir.  Ana  shunda  inson  aqlu  zakovati  ilohiy  qudratini,  Butunga 

daxldorligini namoyon etadi. 

Dao falsafasi biror ta’limotni shakllantirishni va’da qilmaydi. Chunki, hayot 

ta’limotlardan  keng.  U  hayot  kabi  rang-barang,  hayot  kabi  mavjlanib,  to‘lib-

toshib,  har  bir  ondan  zavqlanib  yashash  tarafdoridir.  Yashashga  o‘rgatish  esa, 

ta’limot bo‘lmasa-da, falsafadir. 

Dao biror idealga etishni ham va’da qilmaydi. U hayot kabi tabiiy, ruh kabi 

ozod, qalb kabi sertuyg‘u, aql kabi chopqir yashash usulidir. 

Dao dialektik mushohadalar falsafasidir. U hayotni butun borlig‘icha tadqiq 

etadi  va  borliqdagi  qarama-qarshiliklardan  ma’no  izlaydi.  Hatto  ushbu  qarama-

qarshiliklarga tayanish dao falsafasidagi yagona bilish usulidir.  

Ha,  dao  falsafasicha  etuk,  ideal  bo‘lish  bir  yoqlamalik  bo‘lardi,  albatta. 

Dogmaga  aylanmaydigan  fikr,  qarash  yo‘q.  Ammo  daoda  dogma  yo‘q,  unda 

mudom  izlanish  bor.  Mustaqil  fikrlashga  o‘rganish  va  o‘rgatish  ham  ma’rifatga 

mushtoq qalb uchun saboqdir. 


 

16

Konfutsiy kambag’allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug’ilgan. 



Konfutsiy  (er.  avv.  551-479  yy.)ning  haqiqiy  ismi  Kun  Fu  szi  (muallim  Kun) 

bo‘lib,  lotincha  yozilishda  Konfutsiy  sifatida  qayd  etilgan.  Bu  mutafakkir 

Xitoyning  birinchi  faylasufi  hisoblangan.U  22  yoshida  ta’lim  berish  bilan 

shug’ullanib,  Xitoyning  eng  mashhur  o’qituvchisi  sifatida  shuhrat  qozongan. 

Konfutsiy  o’zi  ochgan  maktabida  4  ta  fan:  axloq,  til,  siyosat  va  adabiyot 

o’qitilgan.  50  yoshida  Konfutsiy  siyosiy  faoliyatini  boshlab,  Lu  davlatida  yuqori 

amaldor  bo’lib  xizmat  qiladi.  Fitnalar  natijasida  xizmatidan  ketadi,  13  yil 

mobaynida  Xitoyning  turli  o’lkalariga  boradi,  biroq  u  joylarda  o’z  g’oyalarini 

qo’llay  olmagach,  eramizdan  avvalgi  484-yilda  Luga  qaytib  keladi.  Ta’lim 

berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta mumtoz asari — “Shudzin”, “Shidzin”, 

“Idzin”,  “Yuedzin”  va  “Lidzi”ni  to’plash,  tahrir  qilish,  tarqatish  bilan 

shug’ullanadi. Konfutsiy ta’limoti uning “Lun yuy” (“Suhbatlar va mulohazalar”) 

kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida 

shogirdlari  va  izdoshlari  tomonidan  yaratilgan.  Konfutsiy  o’zi,  avlodlari,  yaqin 

shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn etilgan; uning uyi Konfutsiy 

ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh bo’lib qolgan. 

Xitoydagi  ilm-fan  taraqqiyotida  Konfutsiy  va  uning  maktabi  alohida 

ahamiyatga  ega.  Uning  butun  dunyoda  mashhur  bo’lgan  nomi  “kun”  va  “futszi” 

so’zlari asosida yasalgan “Kun” hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, 

“fu” faylasuf, “szi” o’qituvchi ma’nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya’ni Konfutsiy 

“falsafa  o’qituvchisi”  degan  so’zlarning  familiya  (taxallus)  maqomini  olgan 

shaklidir.  Konfutsiy  yashagan  davrdan  “To’rt  asos”  va  “Besh  asos”  degan  ulkan 

yozma  yodgorliklar  saqlanib  qolgan.  “Besh  asos”  Konfutsiyga  qadar  yaratilgan 

“Qo’shiqlar kitobi”, “Taomillar kitobi” (“Marosimlar kitobi”), “Rivoyatlar kitobi” 

va  “Folbinlik  kitobi”  (“O’zgarishlar  kitobi”)  singari  qismlardan  iborat  bo’lgan. 

Lekin  bu  kitoblarning  barchasi  konfutsiylik  ta’limoti  asosida  qayta  ishlangan  va 

Konfutsiy ta’limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. “To’rt asos” esa 

Konfutsiy  “Hikmatlar”idan  tashqari,  “Menszi”  (“Men  -  muallim”),  “Buyuk 

ta’limot” va “Oraliq haqidagi ta’limot” singari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli 


 

17

so’zlaridan tashkil topgan. Konfutsiy ta’limoti markazida “muruvvatli zot” turadi. 



U  hukmron  tabaqaning  ideal  vakili  bo’lib,  Konfutsiy  ta’limoti  yordamida  o’zida 

jamiyat farovonligini ta’minlay oladigan va ma’naviy asoslarini ifodalay oladigan 

olijanob  fazilatlarni  shakllantirgan.  Konfutsiy  “Hikmatlar”i  “muruvvatli  zot”ning 

shunday  yuksak  insoniy  fazilatlarini  aks  ettiradi.  Aniqroq  aytsak,  bu  zot  oliy 

hukmdorga  nisbatan  chuqur  ehtiromli,  xalqqa  esa  muruvvatli  bo’luvchi,  butun 

kuch  va  qobiliyatini  jamiyat  oldidagi  burchini  oqlashga,  milliy  urf-odat  va 

an’analarning to’la-to’kis bajarilishini ta’minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning 

uchun  ham  uning  o’gitlari,  pand-u  nasihatlari  Xitoyda  hanuzga  qadar  e’zozlanib 

va qadrlanib keladi. 

Uning  ta’limoti  Sin  sulolasi  hukmronligi  davrida  ta’qiqlangan  ko‘pgina 

faylasuflardan  biri  edi.  Xan  sulolasi.davrida  Konfutsiy  katta  e’tibor  qozonib, 

ilohiylashtirish  darajasiga  borib  yetgan  va  yangi  davrgacha  hurmatli  donishmand 

sifatida taqdirlangan. 

Ijtimoiy  burchga  sodiqlik  va  xolislik  bilan  nom  chiqargan  hukmdor  Yao 

xalqni  ma’rifatli  qilgan,  barchaga  mehr  bilan  qarab,  fuqarolik  va  qonunchilikni 

joriy  etgan.  Uning  hukmronligi  davrida  uylarning  eshigi  qulflanmagan,  yuqolgan 

narsalar esa, egalariga qaytarilgan. 

Yao  tomi  qamish  bilan  yopilgan  kulbada  yashagan.  Uning  taomi  yovvoyi 

o‘tlar  va  guruch  bo’tqasi  bo’lgan.  Kiyimi  nihoyatda  oddiy  bo‘lgan.  Kulolchilik 

idishlaridan ovqat yegan. Agar mamlakatda kimdir och qolgan bo‘lsa, Yao albatta 

shunday  degan:  “Uning  och  bo‘lishiga  men  aybdorman”.  Agar  mamlakatda 

kimningdir  kiyimi  bo‘lmasa,  Yao  albatta  yana  shunday  degan:  “Uning  kiyimi 

yo‘qligiga  men aybdorman!” Agar mamlakatda kimdir jinoyat qilgan bo‘lsa, Yao 

albatta  shunday  degan:  “Men  uni  jinoyat  qilishgacha  olib  bordim”.  U  barcha 

uchun  ma’suliyatni  o‘z  bo‘yniga  olgan.  Mamlakatni  ko‘p  yil  boshqargan  Yao, 

qarib  qolganda  hokimiyatni  o‘g‘liga  qoldirishni  istamagan.  Chunki,  uning 

o‘g‘lining davlatni boshqarishga iste’dodi yo‘q bo‘lganligidan, Yao o‘zidan keyin 

xalqni  qiynalishini  istamagan.  Shuning  uchun  salohiyatli  kishilarni  atrofiga 

to‘plab,  ulardan  eng  aqllisiga  taxtni  topshirmoqchi  bo‘lgan.  Shunday  odam  Shun 


 

18

bo‘lib  chiqqan.  U  yoshligidayoq  ota-onasiga  chuqur  hurmati  bilan  mashhur 



bo‘lgan, dehqonchilik, baliqchilik va kulolchilikni o‘rgangan. 

Shun  Yaoga  o‘xshab  bir  necha  o‘n  yillar  podsholik  qilgan  va  juda  ko‘p 

xayrli  ishlari  bilan  dong  chiqargan.  Keyin  u  ham,  Yaoga  o‘xshab,  ashula  va 

raqslar bilangina ovora bo‘lgan o‘z o‘g‘liga taxtni qoldirmagan, balki iste’dodli va 

adolatli Yuyga hokimiyatni topshirgan. 

Yuy  o‘z  hukmronligi  davrida  misli  ko‘rilmagan  suv  toshqinini  bartaraf 

etgan.  Toshqinga  qarshi  kurashda  u  o‘z  qo‘liga  savat  va  belkurak  olib  ishtirok 

etgan. Shamol va yomg‘irga qaramasdan toshkinga karshi uzi oldinda borib, butun 

xalqni  o’z  ketidan  safarbar  etgan.  U  daryolar  o’zanini  tozalagan,  yangi  oquv 

yo’llarini ochgan. 

Konfutsiy o‘z tashviqotlarida yuqoridagi afsonaviy hukmdorlar faoliyatidan 

o‘rnak  olishga  chaqirgan.  O‘zi  to‘g‘risida  u  shunday  degan:  “Men  sharhlayman, 

ammo  yaratmayman”.  Men  qadimgi  davrlarga  ishonaman  va  uni  sevaman”.  Va 

yana  boshqa  joyda:  “Mening  ta’limotim,  qadimgilarning  bizga  qoldirgan  va  dars 

bergan  ta’limotlaridan  o‘zga  narsa  emas.  Bu  ta’limotga  men  hech  narsa 

qo‘shmasdan  va  hech  narsani  olib  qolmasdan,  avvalgidek,  sof  holicha 

yetkazayapman. Bu ta’limot o‘zgarmasdir, osmonning o‘zi uning ijodkoridir. Men 

o‘zim yerga urug‘ sepadigan va sug‘oradigan dehqonga o‘xshayman, ammo u o‘z-

o‘zicha  sepilgan  urug‘ni  ko‘kartirib  chiqaradigan  va  o‘simlikning  boshqa  turi 

shakliga aylantira oladigan kuchga ega emas”. 

“Yer  yuzidagi  adolatsizlikni  tugatish  uchun  nima  qilmoq  kerak?”,  degan 

savolga Konfutsiy kishilarni axloqiy tarbiyalash yo’li bilan deb javob bergan. 

Konfutsiyning  ta’kidlashicha,  “shaxs  faqat  o’zi  uchun  emas,  balki  jamiyat 

uchun ham yashashi kerak.”

4

 

Osmonga sig‘inish konfutsiychilikda muhim o‘rin tutgan. Osmon  muayyan 



maqsadga  yo’naltirilgan  oliy  kuch  sifatida  talqin  etilgan.  U  barcha  aholining 

taqdirini belgilaydi. Osmon ulug‘vor qudratga ega bo‘lgan kuch bo‘lib, aql va oliy 

                                                             

4

 



Nazarov Q. Falsafa ma’ruzalar matni. Toshkent, Ditaf, 2000, 33-bet

 


 

19

adolat ramzidir. Ammo osmon hukmini yerda ijro qilishga kim loyiq? Osmonning 



yerdagi shunday “vakili” hukmdor shaxsidir. Bu haqida konfutsiychilikning “Shu-

szin”  kitobida  shunday  deyiladi:  “Osmon,  odamlarga  hayot  bag‘ishlash  bilan 

birga, ularga ehtiroslar ham beradi. Agar odamlar boshqaruvchisiz qolishsa, unda 

bosh-boshdoqliklar  kelib  chiqishi  mumkin,  shuning  uchun  osmon  oliy  aql  egasi 

bo‘lgan  insonni  yaratdiki,  lozim  bo‘lgan  vaqtda  hukmron  bo‘lishga  qodir”. 

Shunday  qilib,  Konfutsiy  va  uning  izdoshlari  hukmdorning  hokimiyatini 

ilohiylashtirdilar.  U  nafaqat  osmonning  yerdagi  “vakil”i,  balki  insonlar  dunyosi 

bilan ruhlar va ilohiy kuchlar o‘rtasidagi vositachi hamdir. 

Konfutsiy “ismlarni tuzatish” (chjen min) g‘oyasini ham oldinga surgan edi. 

Tuzatish yoki to‘g‘irlash tushunchasining mohiyati quyidagilardan iborat edi: Har 

bir  kishi  jamiyatda  o‘ziga  ajratilgan  muayyan  joyni  egallashi  va  shunga  muvofiq 

o‘z xatti-harakatini o‘lchashi lozim, ya’ni jamiyatda o‘z “maqom”i ga ega bo‘lishi 

yo  hukmdor  yoki  shoh,  katta  lavozimdagi  mansabdor  yoki  o‘rtacha  lavozimdagi 

xodim, yoki oddiy fuqaro bo‘lishi zarur. Konfutsiy shunday yozgan edi: “Olijanob 

er”  –  o‘zi  bilmagan  narsaga  ehtiyotkorlik  bilan  munosabatda  bo‘lmog‘i  lozim. 

Agar  ismlar  noto‘g‘ri  bo‘lsa,  aytilgan  so‘zlar  asosli  bo‘lmaydi.  Agar  aytilgan 

so‘zlar asosli bo‘lmasa, u vaqtda ishlar bajarilmaydi. Agar ishlar amalga oshmasa, 

rasm-rusumlar va musiqa ravnaq topmaydi. Agar rasm-rusumlar va musiqa ravnaq 

topmasa,  jazolash  yetarli  darajada  qo‘llanilmaydi.  Agar  jazolash  yetarli  darajada 

qo‘llanilmasa, xalq nima qilishini bilmay qoladi”. 

G‘arbiy  Chjou  sulolasi  davridagi  muayyan  me’yorlar,  munosabatlar, 

harakatlar,  huquq  va  burchlarni  ifodalovchi  tartib  tushunchasining  (li)  ilk 

ma’nosini Konfutsiy namunaviy g‘oya sifatida tavsiya etadi. Uning fikricha, tartib 

insonning  tabiatga,  jumladan,  kishilar  o‘rtasidagi  munosabatlarida  namoyon 

bo‘ladigan  umumiy  orzudagi  istak  tufayli  o‘rnatiladi.  Tartib  (li)  tashqi  xatti-

harakatni,  ya’ni  etiketni  ham  o‘z  ichiga  oluvchi  axloqiy  tushuncha  sifatida 

namoyon  bo‘ladi.  Tartibga  asliy  kelib  chiqish  jihatdan  rioya  etish  burch 

majburiyatlarini  maqsadga  muvofiq  ravishda  bajarishga  olib  keladi.  “Agar 

olijanob er (szyun szi) aniq ish tutuvchi va vaqtni bekorga sarflamaydigan bo‘lsa, 


 

20

basharti u boshqalarga nisbatan hurmat bilan muomala qiladigan va tartibga rioya 



etuvchi  bo‘lsa,  unda  to‘rt  dengiz  orasida  yashovchi  kishilar  unga  birodar 

bo‘ladilar”.  Tartib  (li)  xayrli  ish  (de)  bilan  to‘ldiriladi:  “Szichan  haqida  gapirgan 

muallim,  uning  olijanob  er  kishiga  taalluqli  to‘rt  xayrli  ishini  ta’kidlab  o‘tgan. 

Xususiy  xatti-harakatida  u  muloyim,  xizmatda  aniq  ish  tutuvchi,  insonparvar  va 

odamlarga  nisbatan  adolatli”.  Konfutsiy  fikricha,  o‘z  vazifalarini  ana  shunday 

tartibga  binoan  bajarish  zaruriy  ravishda  odamgarchilikning  (jen)  namoyon 

bo‘lishiga  olib  keladi.  Odamgarchilik  –  insonga  nisbatan  qo‘yiladigan  barcha 

talablarning  asosidir.  Insonning  yashash  tarzi  shunchalik  ijtimoiydirki,  u  uni 

boshqarib turuvchi quyidagilarsiz yashay olmaydi:  

a) o‘zing nimaga erishmoqchi bo‘lsang, boshqalarga ham shunga erishishga 

yordam ber;  

b) o‘zing xohlamagan narsani, boshqalarga ham ravo ko‘rma. 

Odamlar  oilaviy  sharoitga  bog‘lik  ravishda,  keyin  esa,  ijtimoiy  holatlarga 

nisbatan 

bir-birlaridan 

farqlanadilar. 

Oilaviy 

otasolorlik 

(patriarxal) 

munosabatlaridan  Konfutsiy  o‘g‘illik  va  birodarlik  olijanobligi  (syao  ti)  asosiy 

qoidasini  keltirib  chiqaradi.  Ijtimoiy  munosabatlarga  oilaviy  munosabatlar 

tengdirlar.  Fuqaroning  hokimga,  boshliqning  o‘z  qo‘l  ostidagi  xizmatchiga 

bo‘lgan  munosabati  o‘g‘ilning  otaga  va  ukaning  akaga  bo‘lgan  munosabati 

kabidir.  Xizmat  yuzasidan  boshliqqa  nisbatan  bo‘lgan  muomala  tartibiga  rioya 

etish uchun Konfutsiy adolatlilik va ijrochilikning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. 

Adolatlilik  va  ijrochilik  haqiqatni  borliq  sifatida  tushunishga  bog‘liq 

bo‘lmaganligi  tufayli,  Konfutsiy  bu  masala  bilan  maxsus  shug‘ullanmaydi.  Inson 

tartib  va  uning  holati  taqozo  etgandek,  xatti-harakat  etmog‘i  lozim.  To‘g‘ri 

ijrochilik  xatti-harakati  –  bu  shunday  odobki,  unda  tartib  va  odamgarchilikka 

qat’iy ravishda rioya qilinadi, negaki, “olijanob er qaysi  narsa  yaxshi  ijrochilikka 

kirishini,  xuddi  kichik  lavozimdagi  odamlar  nima  foydaligini  bilganidek,  uning 

farqiga boradilar”. 



 

21

Konfutsiy  aqidasicha,  ma’lumotli  kishilarning  yo‘li  shunday  bo‘lib,  ular 



axloqiy kuchga (de) egadirlar va shuning  uchun  ham  jamiyatni boshqarish  ularga 

ishonib topshirilishi kerak. 

Konfutsiyning  axloqiy-siyosiy  ta’limoti  qandaydir  nazariy  bilish  asosiga 

tayanmaydi.  Bilim  (chji)  va  uning  kelib  chiqish  masalasini  Konfutsiy  qadimgi 

kitoblarni  o‘rganish  va  qadimgi  ajdodlar  tajribasidan  iqtibos  qilishganda,  deb 

bildi.  Uning  fikricha,  bilimning  asosiy  manbasi  o‘qishdir  va  uning  manbasi  esa, 

qadimgi  rivoyatlar  va  solnomalardir.  Shuning  uchun  Konfutsiychilikka  jamiyat 

taraqqiyotidagi  ilgarigi  va  yangi  tajribaga  tanqidiy  munosabatda  bo‘lib,  ulardan 

xulosalar chiqarish yot edi. Tabiatshunoslik fanlariga umuman e’tibor berilmagan 

edi.  Har  qanday  yangi  hodisa  eskiga  tajriba  nuqtai  nazaridan  baholanar  va 

o‘tmishga  borib  taqalar  edi.  Masalaning  bunday  qo‘yilishi  Xitoy  o‘tmishini 

ideallashtirishga  olib  keldi.  Konfutsiychilik  ta’limoti  muhofazakorona  fikrlar 

tayanchiga aylandi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

22

1.03. Xitoy falsafasida naturfalsafiy g`oyalarning ahamiyati. 

Qadimgi  Xitoy  falsafasining  muhim  jihatlaridan  biri  qarama-qarshi 

kuchlar mavjud ekanligining e`tirof etilishidir. Qadimgi Xitoy ta`limotlariga ko’ra 

Dao  koinotdagi  bo’shliq  (noborliq)da  tug’iladi.  In  va  Yan  qarama-qarshi 

kuchlarining  o’zaro  ta`siri  natijasida  koinotdagi  bo’shliq  -  vakuum  girdobga 

aylanadi  va  unda  kuchli  portlash  sodir  bo’ladi.  Ushbu  spiralsimon  olov  girdobi 

ichida  Dao  embrioni  tug’iladi.  U  o’zida  jismiy,  ruhiy  va  ma`naviy  mohiyatlarni 

mujassamlashtiradi.  Dao  kengayib  differensiallashishi  natijasida  besh  element 

vujudga  keladi,  bir  element  o’rtada  qoladi  boshqalari  uning  qutblarida  gorizontal 

holatda joylashadi. Shunga monand ravishda besh ruhiy element ham joylashadi.  


Download 365.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling