O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Download 444.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.03.2020
Hajmi444.9 Kb.
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

Toshkent  Moliya  instituti 

 

 

 

 

Tuzuvchilar: 

U.Burxanov,      i.f.n., dots.          

O.Komolov,       i.f.n., dots.          

A.Shernayev,     i.f.n., dots.          

Sh.Sultonov,      k.o‘q.                  

 

Taqrizchilar: 

N.Haydarov, Toshkent Moliya instituti 

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, 

 i.f.d., professor  

 

N.Husanov, O’zbekiston  Respublikasi  



Moliya vazirligi  

boshqarma boshlig‘i, i.f.n.  



 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

  

Uslubiy  qo‘llanma 



 

 

Oliy ta’limning 340000 – «Biznes va boshqaruv» ta’lim sohasidagi   



bakalavriat talabalari uchun bitiruv malakaviy ishini yozish  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



TOSHKENT-2011 

Bitiruv malakaviy ishi (mavzu tanlash, yozish, rasmiylashtirish va 

himoya qilish) Uslubiy qo‘llanma. –T.: 2011. – 52 b. 

 

 

Mazkur uslubiy qo‘llanma oliy ta’limning 34000 – “Biznes va 



boshqaruv”  ta’lim sohasidagi bakalavriat talabalari tomonidan bitiruv 

malakaviy ishlarini tayyorlash va himoya qilish jarayoniga uslubiy 

jihatdan yordam beradi. Uslubiy qo‘llanmada bitiruv malakaviy ishlari 

mavzularini tanlash, talabalarga ilmiy rahbarlarni tayinlash, bitiruv 

malakaviy ishlarini tayyorlash, ularni rasmiylashtirish, Yakuniy Dav-

lat attestatsiyasi komissiyasi huzurida himoyaga tayyorlash jarayonlari 

batafsil bayon etilgan. 

Toshkent Moliya instituti Ilmiy-uslubiy kengashi yig‘ilishida mu-

hokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2010 yil “20” noyabr 1-sonli 

bayonnoma).   

 

 

Kengash raisi                                          prof. A.Karimov  

 

 

 

2



KIRISH 

 

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O’z-

bekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy Dasturiga asosan, 

kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, xalqaro 

ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyor-

lashni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta 

maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 9 iyundagi 255-sonli buyrug‘i 

bilan yangi tahrirdagi “Institutda bakalavrlarning bitiruv malakaviy 

ishi (BMI) ni bajarishga qo‘yiladigan talablar” qabul qilindi.  

Davlat ta’lim standartlarida bakalavriat bosqichi talabalari barcha 

fanlar bloki bo‘yicha qo‘llanilishi talab etilgan bilimlarni, tugallangan 

kasbiy vazifasini o‘zining bitiruv malakaviy ishida amalga oshirishi 

belgilangan. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishning yakuniy 

bosqichida bitiruv malakaviy ishini tayyorlashlari va himoya etishlari 

ko‘zda tutilgan. 

Bitiruv malakaviy ishini yozishdan maqsad – talabalar  tomonidan 

ixtisoslik fanlari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyot ma’lu-

motlari bilan bog‘lagan holda, tahlil ishlarini amalga oshirib, tegishli 

xulosalarni shakllantirish, fanning muayyan mavzusi bo‘yicha ilmiy – 

tadqiqotlarni amalga oshirib, bilim darajasini yuksaltirishdir. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3



I.  BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSINI TANLASH 

 

Bitiruv malakaviy ishi mavzulari buyurtmachilarning xodimlarga  

bo‘lgan talabini, hozirgi zamon fan-texnika va texnologiya taraqqiyo-

tini e’tiborga olgan holda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis 

tayyorlovchi kafedralar tomonidan aniqlanadi. 

Bitiruv malakaviy ishi mavzulari nazariy-tahliliy, tahliliy-amaliy, 

ilmiy-izlanish kabi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. 

Bitiruv malakaviy ishlari mavzusi muammoning zamonaviy ho-

latini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’-

lim va madaniyatning istiqboldagi rivojlanishini o‘zida  aks ettirishi 

kerak. 

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi kadrlar tayyorlovchi kafedra 



tomonidan belgilanadi va institut yoki fakultetning Ilmiy kengashi 

tomonidan tasdiqlanadi hamda har o‘quv yili boshida qayta ko‘rib 

chiqiladi. 

Bitiruv malakaviy ishlari mavzusining ro‘yxati bitiruv amaliyoti 

boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursi boshida e’lon qilinadi. 

Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) bitiruv 

malakaviy ishlarining mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba 

yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘layotgan 

buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi 

bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishi mumkin. 

Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi va rahbarini talabaga biriktirish 

kafedraning taqdimnomasiga ko‘ra rektorning buyrug‘i bi-

lan rasmiylashtiriladi. 

Bitiruv malakaviy ishlariga tayinlangan ilmiy rahbar BMI mav-

zusiga muvofiq talabaga BMIga tegishli materiallarni to‘plash bo‘-

yicha (jumladanmalakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq 

beradi. Topshiriqning shakli institut Uslubiy boshqarmasi tomonidan 

belgilanadi. Topshiriq BMI bilan birgalikda Davlat attestatsiya ko-

missiyasiga taqdim etiladi. 

Masalan, ushbu uslubiy qo‘llanmaning 1-ilovasida bakalavriat-

ning “Moliya” yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan bitiruv mala-

kaviy ishi mavzulari namuna tariqasida keltirilgan. Tavsiya etiluvchi 

mavzular ro‘yxati kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomo-

nidan tuziladi, bunda bitiruvchilar faoliyat boshlaydigan soha muta-

xassislari, Moliya vazirligining hududiy boshqarma va bo‘limlari 

hamda boshqa moliya tashkilotlarining talablari, ularning taklif-

 

4


mulohazalari inobatga olinadi. Mavzular ro‘yxati har o‘quv yilida 

kamida 40-50 foizga yangilanishi va amaliyot muassasalari bilan 

muvofiqlashtirilishi ta’minlanadi. O’quv yili boshlanishida kafedra 

professor-o‘qituvchilari bitiruvchi kurs talabalarini mazkur mavzular 

bilan tanishtiradilar. Talabalar o‘z qiziqishlaridan, avvalgi bosqichlar-

da yozilgan kurs ishlari, ilmiy maqolalari va boshqa shu kabi ilmiy 

izlanishlari mavzularidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan 

taqdim etilgan ro‘yxatdagi mavzulardan birini tanlaydilar.  

Bir akademguruhda ikki va undan ortiq talabaning bir mavzu 

bo‘yicha bitiruv malakaviy ishi yozishlariga ruxsat berilmaydi. Ixti-

soslik fanlari bo‘yicha dars o‘tuvchi kafedra professor-o‘qituvchilari 

talabalar bilan suhbatlashib, mavzu tanlash bo‘yicha maslahatlar 

beradilar va har bir talabaga biriktirilgan mavzular bo‘yicha ma’lumot 

yig‘ib, buyruq loyihasini tayyorlash uchun kafedraga taqdim etadilar. 

Buyruq loyihasi kafedra yig‘ilishida muhokama etiladi.  

Talabalar tanlagan mavzular bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bo-

rayotgan kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari bitiruv malaka-

viy ishlariga ilmiy rahbar sifatida biriktiriladi. Bunda ommaviy axbo-

rot vositalarida o‘z ilmiy maqolalarini chop etgan, talabalar ilmiy to‘-

garaklarida qatnashgan yoki boshqa shu kabi ilmiy izlanishlarni olib 

borgan iqtidorli talabalar o‘z izlanishlari mavzusi doirasida o‘z ilmiy 

rahbarlari boshchiligida bitiruv malakaviy ishlari yozishlari ta’min-

lanadi. Har bir professor-o‘qituvchining ilmiy salohiyati, pedagogik 

tajribasi, o‘quv yuklamasi, intizomi, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yon-

dashishi darajasi kabi shaxsiy fazilatlari ham hisobga olinadi.  

 

II.  MALAKAVIY ISHNI BAJARISHGA RAHBARLIK QILISH 

 

Bitiruv malakaviy ishi rahbari, malakaviy ishning mavzusiga 



muvofiq talabaga malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘-

yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq 

beradi. Topshiriqning shakli kafedra tomonidan belgilanadi.  

Malakaviy ishlarga rahbarlar mazkur oliy o‘quv yurtining shu so-

haga tegishli bo‘lgan professor-o‘qituvchilari safidan tayinlanadi.  

Malakaviy ish rahbari: 

¾ malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi; 

¾ topshiriq beradi; 

¾ asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda 

mavzu bo‘yicha manbalarni tavsiya etadi; 

¾ talabalar bilan muntazam ravishda maslahatlar o‘tkazadi; 

 

5



¾ malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi; 

¾ talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob be-

radi, mavzularning qaytarilishiga yoki ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy 

ishga rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt byudjeti hisobidan ishning ay-

rim bo‘limlari bo‘yicha ilmiy maslahatchilarni taklif etishi mumkin. 

Malakaviy ishning bo‘limlari bo‘yicha ilmiy maslahatchilar etib, 

turdosh oliy o‘quv yurtlarining professorlari va dotsentlari, ilmiy xo-

dimlari hamda boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali 

mutaxassislari tayinlanishi mumkin. Ilmiy maslahatchilar talaba bajar-

gan ishning sifatini oshirish yuzasidan amaliy maslahatlar beradi. 

 

III.  BITIRUV MALAKAVIY ISHINING BAJARILISHI 

 

Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga qo‘yiladigan maj-



buriy talablar hajmini belgilagan holda malakaviy ishni bajarish bo‘-

yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta’minlaydi. 

Talaba bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda quyidagi yo‘nalish-

larga e’tibor qaratishi lozim: 

¾ bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy jihatlarini yoritishi; 

¾ o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha qo‘yilgan savol holatiga tu-

shuncha berishi; 

¾ bitiruv malakaviy ishi maqsad va vazifalarini shakllantirish va 

muammo holatini amaliy materiallar asosida tahlil etishi; 

¾ bajarilgan ishlar natijasi bo‘yicha xulosalar qilish hamda tegishli 

faoliyat sohalarida ularni amalda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashi. 

Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida, shaxsan talaba tomoni-

dan bajariladi. 

Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet (ingliz, nemis 

yoki frantsuz) tilida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga 

davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima ta’-

minlanadi.  

Malakaviy ishni bajargan talaba tanlangan mavzuning to‘g‘rili-

giga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‘chirma-

chilik holatining yo‘qligiga javob beradi. 

Malakaviy ish kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar 

ro‘yxati qismlaridan iborat bo‘ladi. Ishning hajmi 80-120 bet, qo‘lyoz-

ma shaklida bo‘lishi tavsiya etiladi. 

Ishning  kirish qismida malakaviy ish mavzusining dolzarbligi 

asoslanadi, mavzu bo‘yicha ilmiy ishlarini chop etgan iqtisodchi olim-

 

6



lar haqida ma’lumot keltiriladi, izlanishning maqsadi va vazifalari, 

izlanish ob’ekti, predmeti va ma’lumot bazasi aks ettiriladi. Mavzu-

ning dolzarbligini asoslashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 

I.Karimov asarlari va ma’ruza-laridan iqtibos keltirish mumkin. Kirish 

qismini ko‘pi bilan 5-6 bet hajmda yozish tavsiya etiladi. 

Ishning  1-bobida mavzuning nazariy jihatlari yoritiladi. 1-bobni  

2-3 paragrafdan iborat holda yozish, 1-paragrafda mavzuning nazariy 

asoslari, mohiyati, ahamiyatini yoritish, 2-paragrafida mavzuning 

tashkiliy-huquqiy asoslarini aks ettirish va 3-paragrafda tadqiqotning 

xorijiy tajribalarini bayon etish tavsiya etiladi. Bunda turli iqtisodiy 

maktablar vakillari bo‘lgan iqtisodchi olimlar asarlarining qiyosiy tah-

lili amalga oshirilishi, davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar-

dan foydalanilishi, mavzuga oid asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llan-

malarida keltirilgan nazariy fikrlarning qiyosiy tahlili amalga oshiri-

lishi mumkin. 1-bobning har bir paragrafini 10-12 bet hajmida yozish 

tavsiya etiladi. 

Malakaviy ishning 2-bobida mavzuga oid amaliyot holati tahlilini 

amalga oshirish va tahlil natijalariga asoslangan holda tegishli xulosa-

lar shakllantirish, 2-bobni 2-3 paragrafdan iborat holda yozish tavsiya 

etiladi. 2-bobda jadvallar, diagrammalar, rasmlar shaklida amaliyot 

ma’lumotlaridan keng foydalanish, ularni batafsil tahlil etish talab 

etiladi. Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqola-

larga, hukumat idoralarining rasmiy internet saytlarida keltirilgan 

ma’lumotlarga, talaba tomonidan bitiruvoldi va malakaviy amaliyot 

davomida to‘plangan amaliyot ma’lumotlariga asoslanish tavsiya eti-

ladi. Bunda har bir jadval, diagramma va rasmlarning manbalari aniq 

ko‘rsatilishi zarur. 2-bobning har bir paragrafini 12-15 bet hajmida 

yozish tavsiya etiladi. 

Ishning  3-bobida mavjud holatni takomillashtirish  yuzasidan iqti-

sodchi olimlarning fikrlarini umumlashtirgan holda bayon etish  tavsiya 

qilinadi. 3-bobni 2 paragrafdan iborat holda yozish, 1-paragrafda mavzu 

bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni mamlakatimizda qo‘llash mumkin 

bo‘lgan jihatlari haqida fikr-mulohazalar berib, ularni asoslash, 2-

paragrafda mavzuga oid zamonaviy asarlarda tadqiq etilayotgan mavzuni 

takomillashtirish yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda, 

ularga nisbatan talabaning mustaqil munosabatini bildirishi talab etiladi 

(mavzudan kelib chiqib, ayrim hollarda 3-bobni paragraflarga ajratmasligi 

ham mumkin). 3-bobning har bir paragrafini 10-12 bet (agar 3-bobni 

paragraflarga ajratmasa 20-22 bet) hajmida yozish tavsiya etiladi. 

 

7



Malakaviy ishining xulosa qismida mavzuni o‘rganish davomida 

talaba tomonidan shakllantirilgan xulosalar bayon qilinadi. Amalga 

oshirilgan tahlil jarayonida chiqarilgan xulosalar aks ettiriladi. 

Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon etilgan tadqiq etilayotgan 

mavzuni takomillashtirish yuzasidan xulosalar keltiriladi. O’zgarishlar 

dinamikasini hisobga olgan holda, kuzatilgan asosiy an’analar to‘g‘-

risida talabaning shaxsiy munosabati bildiriladi. 

Bitiruv malakaviy ishi qo‘l yozma tarzida rasmiylashtirilgan 

bo‘lishi shart. Malakaviy ish A4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda, ko‘k rangli 

ruchkada yozilishi talab qilinadi, boshqa rangdagi ruchkalarni ish-

latishga yo‘l qo‘yilmaydi.  Bo‘limlar, jadvallar, rasmlar raqamini va 

nomlarini ham boshqa rangli ruchkada (qora, qizil, yashil) yozishga 

yo‘l qo‘yilmaydi.  

Varaqning chap tarafida 3 sm, pastda 2,5 sm, tepada 2 sm, o‘ngda 

1 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi, bunda bir varaqda 28-30 qator 

bo‘lishi zarur (3-ilovada keltirilgan). Varaq tagiga yo‘l-yo‘l qog‘oz 

(“zebra”) qo‘yib yoziladi, varaqning o‘ziga matn yozish uchun to‘g‘ri 

chiziqlar chizish yoki printerda chiziqlar chop etilgan varaqlarga 

yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Varaq raqami varaqning pastki qismiga, 

o‘rtasiga qo‘yiladi, bunda raqamlardan foydalanilishi shart. Raqam-

ning ikki tarafiga chiziqcha qo‘yish mumkin. Masalan, - 5 - shaklida. 

Malakaviy ishning har bir bobiga muvofiq asoslar, qarorlar va 

xulosalar bilan yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil 

ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va 

maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalaridan foy-

dalanish bilan bunda foydalangan har bir manba havola (snoska) shak-

lida ko‘rsatilishi shart) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish 

mumkin.  

Davlat arboblari, xorijiy olimlar va umuman, barcha iqtisodchi 

olimlar fikrlaridan iqtibos (tsitata) keltirilganda, manba aniq ko‘rsati-

lishi talab qilinadi. Bunda, avval muallifning familiyasi, ismi, keyin 

asar nomi, asar turi (darslik, o‘quv qo‘llanma, to‘plam yoki boshqa 

shu kabilar), chop etilgan joyi, nashriyot nomi, chop etilgan yili, asar 

jami necha varaqdan iborat ekanligi va keltirilgan fikr bu asarning 

nechanchi varag‘ida berilganligi aniq ko‘rsatiladi. Iqtibos matni qo‘sh-

tirnoq ichida beriladi, yakunida “havola” (snoska) belgisi qo‘yiladi va 

varaq pastida manba ko‘rsatiladi.  

Masalan, quyidagi shaklda «soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘-

g‘ini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadi-

 

8



gan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat byudjeti 

o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi»

1

.  


Davriy nashrlarda (jurnal, gazeta kabi) chop etilgan maqolalardan 

iqtibos keltirish ham yuqoridagiga o‘xshash bo‘lib, unda asar turi o‘r-

niga, nashr turi bayon etiladi (... jurnali yoki ... gazetasi kabi), chop 

etilish joyi, sanasi va raqami ko‘rsatiladi. 

Masalan, quyidagi shaklda “Shuni bugun katta mamnuniyat bilan 

ta’kidlashimiz kerakki, hukumatimiz tomonidan 2009–2012 yillarga 

mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi dasturning inqiroz ta’sirini 

yumshatish va bartaraf etishda roli va ahamiyati katta bo‘ldi. Dastur 

o‘ziga qamrab olgan, o‘z vaqtida qabul qilingan hujjatlarda avvalo 

mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimining 

barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning real 

sektori tarmoqlari va korxonalarga yordam ko‘rsatish, aholini ijtimoiy 

qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning puxta ishlab chi-

qilgani o‘zining amaliy samarasini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan 

bo‘lamiz”

2

Ishda keltiriluvchi jadvallar, diagrammalar, rasmlar kompyuterda 



tayyorlanib, printerda chop etilgan holda kiritilishi mumkin. Jadval 

tuzilganda avvalo, yuqorida, o‘ng tarafda, chetda jadvalning raqami 

keltiriladi. Jadvallar malakaviy ish boshidan oxirigacha, birdan bosh-

lab tartib bilan, arab raqam-larida (1-jadval, 2-jadval ... shaklida) ra-

qamlanadi. Jadval raqamidan bir qator pastda, matn o‘rtasida jadval-

ning nomi keltiriladi. Jadvallar, albatta, nomlanishi shart, nomsiz 

jadvallarni ishga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jadval nomi yakunida 

“havola” (snoska) beriladi (jadval kompyuterda, WORD dasturida tay-

yorlansa, dastur menyusining “Vstavka/ssilka/snoska” bo‘limida qo‘-

yish mumkin). Bunda jadval ma’lumotlari manbasi aniq ko‘rsatiladi. 

Manba ko‘rsatilganda, avval muallifning familiyasi, ismi, keyin asar 

nomi, asar turi (darslik, o‘quv qo‘llanma, to‘plam yoki boshqa shu 

kabilar), chop etilgan joyi, nashriyot nomi, chop etilgan yili, asar jami 

necha varaqdan iborat ekanligi va mazkur jadval bu asarning ne-

chanchi varag‘ida berilganligi aniq ko‘rsatiladi. Masalan, quyidagi 

shaklda:  



 

                  

 

1 Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. – T.: Sharq. 2009. - 448 b. 23-bet. 



2  Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yana-

da yuksaltirishdir. // – T.: O’zbekiston. 2010. – 80 b. 35 - bet.

.

 

9



1-jadval 

O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlari 

tarkibida egri soliqlarning o‘rni

3

(foizda) 



Yillar 

№ Ko‘rsatkichlar 

2002 2003 2004 2005 2006

2008 

prog 


2006-yil-

da 2002 


yilga 

nisbatan 

o‘zgarishi, 

punktda 


Davlat byudjeti 

daromadlari 

–jami 


100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 



Shu jumladan: 

– egri soliqlar 

46,1 45,6 51,9 54,6 57,8 50,2  +4,1 

 

Jadval muayyan manbadan olinmay, balki bir qancha ma’lumotlar 



tahlili natijasida shakllantirilsa, bunda manba sifa-tida “muallifning 

tadqiqotlari natijasida “......” tahlili asosida shakllantirildi” deb yoziladi 

va qaysi ma’lumotlar tahlil qilinganligi ko‘rsatiladi. Jadval internet 

saytlari ma’lumot-laridan olingan bo‘lsa, sayt sahifasiga havola aniq 

ko‘rsatiladi. Masalan, quyidagi shaklda: http://mf.uz/index.php?go= 

Announcements&in= cat&id=2. Malakaviy ish matnida rasmlar yoki 

diagrammalar keltirilganda ham yuqoridagi kabi rasmiylashtiriladi, faqat 

bunda rasm raqami rasmning yuqorisida, nomi esa pastida keltiriladi. 

Rasm nomi yakunida “havola” keltiriladi va manbasi ko‘rsatiladi. 

Jadval (diagramma, rasm) keltirishdan maqsad, matnda bayon qi-

lingan fikrlarni asoslash bo‘lishi kerak. Har bir jadval (diagramma, 

rasm) ma’lumotlari, albatta, tahlil qilinishi talab etiladi. Tahlil natija-

lariga asoslangan holda tegishli xulosalar shakllantiriladi. Malakaviy 

ish matnida bir nechta jadval (diagramma, rasm)larni ketma-ket beri-

lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, har bir jadval (diagramma, rasm)dan keyin 

matn shaklida uning tahlili keltirilishi shart.  

Jadvallar va rasmlar manbalari havola shaklida berilganda, varaq-

ning quyi qismida, malakaviy ish matnining pastida beriladi. Matndan 

keyin varaqning o‘rtasigacha chiziq chizish va chiziq pastiga manbani 

yozish tavsiya etiladi. Bunda manba malakaviy ish matniga nisbatan 

kichikroq yozuv bilan yoziladi. Varaq pastida 2 sm joy qoldirish tav-

                  

 

 

10



3

 Vahobov A., Jo’rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. – T.: Sharq. 2009. - 448 b. 60-

bet



siya etilgan. Manba yozilganda ham mana shu joyni bo‘sh qoldirish, 

manbani uning tepasiga yozish talab qilinadi, ya’ni manba ko‘rsatil-

ganda varaqning eng pastki qismigacha yozish taqiqlanadi. 

Bitiruv malakaviy ishi yakunida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxa-

ti keltiriladi. Bunda talaba malakaviy ishni yozish mobaynida haqiqat-

da foydalanilgan adabiyotlarni ko‘rsatishi talab etiladi. Ish matnida 

iqtibos (tsitata)lar keltirilgan yoki havola (snoska)lar berilgan ada-

biyotlarning barchasi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilishiga 

alohida e’tibor qaratish zarur. Malakaviy ishni bajarish jarayonida 

foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishning metodologik asosi 

bo‘lib quyidagi manbalarni keltirish mumkin. Jumladan: 

−  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 

−  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari; 

−  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va 

boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar; 

−  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari 

(yuqoridagilarning barchasini ro‘yxat boshida ketma-ket keltirish 

tavsiya etiladi); 

−  Kitob va turkum nashrlari (Adabiyotlar ro‘yxatida mualliflarni 

familiyasi ketma-ket berish tavsiya etiladi); 

−  Jurnal va gazetalardagi maqolalarga havolalari; 

−  Statistika va hisobot materiallarini keltirish mumkin. 

−  Xorijiy ilmiy nashrlar va internet saytlari; 

−   (ilova shaklida ham kelitirsh mumkin) 

O’zbekiston iqtisodchi olimlarining asarlari, xorijiy olimlar asar-

lari, davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar ham ro‘yxatga kiriti-

ladi. Bunda avvalo muallif nasl-nomasi, keyin asar nomi, asar turi 

(darslik, o‘quv qo‘llanmasi yoki boshqa turdagi asar) chop etilgan joyi 

va sanasi, asar jami necha varaqdan iborat ekanligi bayon etiladi.  

Masalan: 

1. Polyak G.B. Finansi i kredit. Uchebnik.– M.: Vloters Kluver, 

2010 g. –  800 str. 

Mazkur qo‘llanmani 8 – ilovasida adabiyotlar ro‘yxatining namu-

naviy shakli berilgan. 

  


Download 444.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling