O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti kurs ishi mavzu: tovar va pul munosabatlarining shakllanishi bajardi: Shadiyarova Sh. Tekshirdi: Iqtisodiyo nazariyasi kafedrasi mudiri V v


Download 342.33 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi342.33 Kb.
#145593
Bog'liq
kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

KURS ISHI

Mavzu: TOVAR VA PUL MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI

Bajardi: Shadiyarova Sh.

Tekshirdi: Iqtisodiyo nazariyasi

kafedrasi mudiri v.v.b.

Normurodov U.

Samarqand-2020

TOVAR VA PUL MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI

Reja:

  1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi.

  2. Tovar va uning xususiyatlari.

  3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keying qo’shilgan nafliligi nazariyalari.

  4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.


Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi.

Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Demak, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – natural xo’jalik deb ataladi. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo’jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlan chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yo’l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirilib qo’yiladi va ko’chib yurish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo’jalik jamoalarining ming yillar davomida barqaror saqlanib qolishining “siri”ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo’lida asta-sekinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.

Hozirda ijtimoiy xo’jalik yuritish shakli sifatda natural xo’jalik deyarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural xo’jalik ko’rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, Tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor mevalarning yetishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o’z o’rnini tovar ishlab chiqarishga bo’shatib beradi.

Mahsulot va xizmatlarni o’z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishab chiqarish – tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – tovar xo’jaligi deyiladi. Tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munsabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivoshlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-biridan farqini 1-jadval orqali ko’rish mumkin.



Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib ham boradi. Vaqtni va moddiy resusrlarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko’proq bog’lanib boradilar. Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feudal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan.

Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.

Tovar xo’jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:



  1. Ijtimoy mehant taqsimotining ro’y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;

  2. Shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy alohidalik xo’jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

TOVAR VA UNING XUSUSIYATLARI


Download 342.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling