O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti


Download 23.29 Kb.
Sana04.11.2021
Hajmi23.29 Kb.
#170839
Bog'liq
Ahmadaliyev Mamirjon vokal va zamonaviy musiqa. mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

San’atshunoslik fakulteti

Musiqa ta’limi” yo’nalishi



Sirtqi bo’lim 19-13 guruh talabasi

Ahmadaliyev Mamirjonning

Vokal va zamonaviy musiqa”



fanidan

mustaqil ishi.

O’zbek xalq qo’shiqlari”



Reja:

  1. Qo’shiq janri tushunchasi

  2. Qo’shiq janrining musiqadagi ahamiyati.

  3. O’zbek xalq qo’shiqlari.


Qo’shiq – keng ma’noda she’riy-musiqiy janr; vokal musikaning eng ommalashgan, ko’proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo’ljallab to’qilgan she’riy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan, ommabop musiqa yo’nalishidagi qo’shiqlar farqdanadi. Kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qo’shiqlari, ommaviy qo’shiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raks va boshqa qo’shiqlar ajratiladi. Qo’shiq quyi diapazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslantanligi, ohanglar tizimida so’z va kuy intonatsiyalari mushtarakligi, she’riy matndagi g’oyaviy-hissiy mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifodalanishi bilan ajralib turadi. Qo’shiqning yana o’ziga xos tomoni — she’riy matn va kuy shakllarining o’zaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzilmalar (she’rda–band, kuyda–davr)ga asoslanganligidan iborat. Qo’shiqning she’riy matnlari aniq, kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. SHarqda xalq qo’shiqlari o’ziga xos milliy xususiyatlarga ega bo’lib, O’rta Osiyoda ir (jir), terma, o’lan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, XX-asrda zamonaviy qo’shiq shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa san’atida O’rta asrdagi shoirxonandalar (Frantsiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar)ning asarlari, meysterzingerlar sanati namunalari, Uyg’onish davrida yaratilgan ko’p ovozli italyan canzonetta, nemischa Lied, franiuzcha chanson, XVII –XVIII – aclardan ommaviy tuc olgan gomofoniya uslubidagi qo’shiqlar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi qo’shiq, XX-asra keng rivoj topgan ommaviy qo’shiq, estrada qo’shiqlari va boshqa professional qo’shiqlarning rivojlanish bosqichlaridir. SHoirlardan P..Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqalar, O’zbekistonda – Hamza, Habibiy, Sobir Abdulla, Mirtemir, CHustiy, T.To’la, P.Mo’min, N.Narzullaev, Muhammad Yusuf, E.Voxidov, J.Jabborov va boshqalarning qo’shiq she’riyati rivojidagi xizmatlari katta. Tor ma’noda qo’shiq – o’zbek xalq ijodidagi janr; ko’sh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7—8 xijoli barmoq vaznidagi to’rtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. Birinchi she’r to’rtligi kofiyalari aaaa. aava, aavv yoki aavs nisbatida bo’lishi mumkin. O’zbek qo’shiqrida birinchi bandi odatda to’rt she’riy misra va ularni kuylashga asos bo’lgan nisbiy tugal oxang tuzilmalari uygunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2—4 bo’lib, ularning o’zaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, o’zgartirish yoki ma’lum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. O’zbek qo’shiqlari, ashuladan farqli o’laroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta — seksta diapazonida) bo’lib, ba’zan doyra jo’rligida ijro etiladi. Kuychan oxangli qo’shiqlar, asosan lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa qo’shiqlarda kuychanlik xususiyatiga ega cho’zimli oxanglar uchrasada, ular ko’proq qo’shiqning yakunlanishi arafasida namoyon bo’ladi. Qo’shiqlarda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qo’llanmasada, ba’zan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror so’zlar kelishi, shuningdek, «jon», «yor», «dod-ey» kabi undov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi. XX-asr o’zbek bastakorlari va ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub qo’shiqlar janr nuqtai nazaridan o’zida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarinn mujassam qilib, ma’lum o’zgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, jurnavoz cholg’ular, raqs unsurlarini ham ko’rish mumkin. O’zbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabborov, Faxriddin Sodiqov, T.Jalilov, G’.Toshmatov, N.Xasanov, M.Mirzaev, B.Aliev, R.Tursunov va boshqalar; kompozitorlardan T.Sodiqov, M.Burxonov, M.Leviev, S.Yudakov, A.Otajonov, F.Nazarov, A.Nazarov, F.Alimov, K.Komilov, bolalar uchun A. Muxdmedov, Ye.SHvarts, Il.Akbarov, N.Norxujaev, Anvar Ergashev, A.Mansurov, estrada yo’nalishida SH.Ramazonov, Ik.Akbarov, E.Solixov, D.Omonullaeva, A.Rasulov va boshkalar qo’shiq janrida salmoqli ijod qilgan. Lirika (lira) — badiiy adabiyotning qadimgi turidan biri; voqelikning qiyofali aksi, borliqni aniq hissiy shakldagi ifodasi. Butun olam, xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladigan hayotiy hodisalar, rang-barang voqelik lirikaning tasvir ob’ektidir. Lirika shu murakkab voqelik haqida, uning taraqqiyot bosqichlari va rivojlanish qonuniyatlari, inson hayoti va uning ruxiy olami to’g’risida tugal va yaxlit tasavvur beradi. Lirika uchun eig muximi — ob’ektiv voqelikdagi muayyan hodisalar inson qalbida tug’dirgan tuyg’u va hislardir. Lirikaning bu xususiyati hozirgi davr shoirlari ijodi uchun ham mazmunli. Masalan: F.G’ulomning «Sen yetnm emassan» she’ri aniq hayotiy voqealar zaminida paydo bo’lgan. SHe’rda IIjahon urushi tufayli ota-onalaridan ajralib, boshpanasiz qolgan bolalarning mamlakat ichkarisiga ko’chiriltani, bu yerda ularning iliq, kutib olingani tasvirlanadi. Lirikada qiyofalilik o’ziga xos xususiyatlarga ega. SHarq mumtoz she’riyatida ham lirika turli formalarga ega bo’lgan: g’azal, tuyuq, qit’a, murabba’, muxammas, musamman, mustadzod, masnaviy, ta’rix, muvashshax va h.k. Lirikada janrlarning vujudga kelishi, rivoji yoxud yo’qolishi konkret tarixiy ijtimoiy sabablar bilan bog’lik. SHo’rolar davri sharoitida lirika o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tarildi. SHo’rolar davri lirikasi ongi, hayotga munosabati, dunyoqarashi, yashash tamoillari va psixologiyasi yangicha bo’lgan inson — sho’ro davri kishisining histuyg’ularini, intilishlarini ifodalaydi. SHoir shaxsi bilan muhit, inson bilan jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshilik sho’rolar lirikasida yo’qoldi va uning o’rnini shaxs bilan muhit, jamiyat o’rtasidagi uyg’unlik, xamohanglik egalladi. Natijada shoirning eng intim, shaxsiy tuyg’ulari ham chuqur ijtimoiy tabiat kasb etdi. Masalan: Rasul Gamzatov, Qaysin Quliev singari shoirlar muhabbat mavzuidagi she’rlari muhim ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. O’zbek sho’rolar davri lirikasi ham mazmun jihatidaya rang-barang, yuksak estetik qimmatga ega. Xamza, Hamid Olimjon, G’ofur G’ulom, Uyg’un, SHayxzoda, Mirtemir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqlarning she’rlarida siyosiy-falsafiy, ijtimoiy motivlar o’z takomiliga yetgan. Lirika musiqada ham kishi ichki kechinmalarini ifodalaydi. Lirik musiqa dilkash, mayindir. Bu jihati bilan epik, dramatik xarakterdagi musiqadan ajralib turadi. Xalq musikasining ko’p janrlari lirikaga boy. Jumladan, o’zbek xalq kuy, qo’shiq, ashulalari va maqomlarning asosiy mazmunini lirika tashkil qiladi. Bir ovozli musiqadagi cholg’u kuylarda lirik his-tuyg’ular, asosan, kuy vositasida ifodalanadi, xalq ashulalari va maqom yo’llariga ega she’r teksti kuy asosidagi lirik kayfiyatni mazmunan chuqurlashtiradi. Ko’p ovozli musiqada lirik qiyofalar asosiy kuyga jo’rovoz ohanglar yordamida konkretlashadi. Lirik opera, simfoniya, klassik va zamonaviy romanslar, cholg’u pesalar lirikaning yorqin misollaridir. O’zbek kompozitorlari ham turli janrlarda lirik asarlar yaratishgan: M.Burhonovning «Ishqida» va boshqa romanslari, «Alisher Navoiyga qasida»si, D.Zokirovning «Ko’rmadim» romansi va «Lirik poemasi», Ikrom Akbarovning qo’shiqlari, S.Jalilning «Majnun monologi» va h.k. Muhabbat, sevgi — 1) biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, g’oyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuyg’u. Nafratning aksi. SHaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuyg’usining ulug’vorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va ma’navii, shaxsiy va ijtimoiy, intim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga to’planadi. Ijtimoiy fikrlar tarixida muhabbatga turlicha ma’no berilgan. Yunonistonda muhabbatni kishilar va tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsonaviy kuch deb tushunganlar, natijada muhabbat xudosi — Erot (Eros) haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Empedokl muhabbat olamni — insonlar va tabiat hodisadarini uyushtirib, birlashtirib turuvchi omil deb qaragan, Platon muhabbatni 2 turga — xissiy muhabbat va akdiy muhabbatga ajratadi. Uning fikricha, hissiy muhabbat tashqi go’zallikni his qilishdan hosil bo’ladi va muhabbatning quyi bosqichini tashkil etadi. Akliy muhabbat esa go’zallikni keng ma’noda — axlokiy-estetik, ilmiy tushunishdan paydo bo’ladi. U aqliy (ma’naviy) muhabbat ni ustun qo’yadi. O’rta Osiyo mutafakkirlari ham muhabbat masalasiga katta e’tibor berganlar. Ular insonlar orasidagi, jumladan, erkak va ayol orasidagi muhabbatni yuksak munosabat deb tushunishgan. Ibn Sino muhabbat haqida maxsus ilmiy asar yozgani ma’lum. Yusuf Xos X.ojib nazarida, muhabbat mustahkam oilaviy turmush, ijtimoiy takomilning zaminidir. Lutfiy fikricha, muhabbat insonni qadrlash, sadoqat va vafodorlik bilan chambarchas bog’liq. Alisher Navoiy muhabbatni 3 turga: erkak bilan ayol nikohida amalga oshadigan jinsiy muhabbatga, umuman insonlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladigan muhabbatga, Allohga bo’lgan muhabbatga ajratadi. Yevropada muhabbat muhim ijtimoiy hissiyot sifatida tabiatni o’rganishga, shaxsning garmonik takomiliga xizmat qiluvchi kuch sifatida talqin qilindi. 3.Freyd muhabbatni fiziologik instinkt deb bildi va ota-onalik, farzandlik mehri ham shu instinktning ayrim ko’rinishi deb hisobladi. Sevgi, mehr, sadoqat darajasidagi muhabbat odamlar va xayvonlarning genetik dasturida mavjud bo’lgan biologik hodisa sifatida o’zidan avlod qoldirish. uni hayotga tayyorlashga qaratilgan kuchli xis-tuyg’uning namoyon bo’lishidir. Bu, hayvonda ham, odamda ham o’z zurriyotini saqlab qolishga qaratilgan ehtirosli ehtiyojlarni jinsiy munosabatlar shaklida yuzaga chiqaradi. Muhabbat faqat 2 jinsning birlashishiga bo’lgan kuchli ehtirosdan iborat bo’libgina qolmay, ayni chohda u odamning ota-onasi, qarindosh-urug’lari, yaqin kishilari, do’stlari. qo’niqo’shnilari, o’quv va mehnat jamoalari, o’z xalqi va Vatani hamda umuman bashariyat bilan ruxan yaqinlashishning kuchli vositasi hamdir. Muhabbat tufayli individ go’zal fe’l-avtorni, xulqni o’zida gavdalantirib, muayyan jamoa va jamiyat oldida yuksak qadr topadi, boshqalarda o’ziga nisbatan samimiy mehr-oqibatni uyg’ota oladi. SHuning uchun ham bilish nazariyasida muhabbat olam va odam munosabatlarini anglash jarayonining boshlanishi va shart -sharoiti ham hisoblanadi. Odam olamni, o’zini qurshagan tabiiy va ijtimoiy muhitni ularga bo’lgan muhabbati darajasida anglaydi. Muhabbat odamlar va narsalar mohiyatini bilib olish uchun aqlga yo’l ochadi, qorongu dunyoni yorug’ etadi, ezgulikni yovuzlikdan, rostni yolg’ondan farqlash mezoni sifatida ham namoyon bo’ladi. Muhabbat odamlarni, turli jamoalarni, xalqlarni, millatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Muhabbat bor joyda murakkab muammolar ham osonlikcha hal bo’ladi, xatto urushlarga, janjatlarga o’rin qolmaydi. SHuning uchun ham bir guruh faylasuflar insoniyat tarixida muhabbat dinini yaratish orqali xammani, odamlarni birlashtirish, hamkor-hamnafas qilish mumkin, degan g’oyani ham ishlab chiqqanlar. Fan-texnika inqilobi shitob bilan davom etayotgan, insonga iroda va individuat erk berish orqali ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirish va binobarin, eng qulay turmush sharoitini vujudga keltirish mumkinligi ayon bo’lgan hozirgi davrda an’anaviy turmush tarzi izdan chiqib, yangi zamonga monand keladigan hayot tarzi hali shakllanib ulgurganicha yo’q. Bunday sharoitda odamlardagi muhabbat histuyg’ulari siyqalashib, dag’allashib borayotgani, yakka nikohikka asoslangan oilalarning qadrsizlanishi (ayniksa, G’arbda) natijasida chinakam muhabbatga putur yetayotgani ham kuzatilmokda. 2) Tasavvufda Allohga yetishish («haqiqatga erishish»)ning asosiy vositasi. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgoniy, So’fi Olloyor va shu kabi shoirlar she’rlarida insonni bu dunyoga emas, Allohga muhabbat qo’yishga chaqiradi. Yassaviy fikricha, kishi butun hayotini Alloha, ilohiy muhabbatga bag’ishlashi kerak, hayotning mohiyati Alloh — «haqiqat»ga erishishdir. Allohan o’zgaga bo’lgan muhabbat soliqlar nazarida majoziy muhabbat sanalgan. Tasavvufona bitilgan g’azal va she’rlarda majoziy muhabbat orqali haqiqiy muhabbat tarannum etiladi. Ashula – yakka xonanda yoki xonandalar guruhiga mo’ljallangan, mumtoz o’zbek musiqa merosida markaziy o’rin egallagan ashula yo’li. Asosan lirik ruxdagi g’azal va she’rlar zaminida yuzaga keladi. Ashulalar soz (doira, dutor, tanbur), ansambl jo’rligida yoki jo’rsiz ijro etiladi. Ashula o’zbek musiqa folklorida katta o’rin egallagan qo’shiq janridan kuy diapazonining kengligi, shaklan rivojlanganligi, mavzu va mazmuni teranligi bidan farqlanadi. Ashulaning badiiy mazmunida barmoq vaznidagi she’rlardan foydalanilsada, aruz vaznidagi g’azal va she’riy shakllar asosiy o’rin tutadi. Binobarin, ashulaning ichki tuzilishi ham turlichadir. Barmoq vazniga asoslangan ashulalar ko’prok «band-naqarot» shakli ko’rinishida bo’lsa, g’azallarga bitilgan ashulalar tuzilishi nisbatan murakkab va rivojlangandir. Odatda, bunday ashulalarning kuylari quyi pardalardan boshlanib o’rta va yuqori pardalarida rivojlanadi, so’ngra dastlabki turg’un tovushda nihoyasiga yetadi. Aksariyat ashulalar o’ziga xos avjlariga ega. Ashula janri tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi: ko’pincha mukammal musiqachi (bastakor-hofiz)lar ijodiyotining mahsuli bo’lib, bizgacha og’zaki ravishda yetib kelganligi tufayli qator Ashulalar ko’plab ko’rinishlarga ega. Ashulaning eng rivojlangan mukammal ko’rinishlari Buxoro va Xorazm maqomlarining nasr (ashula) yo’llari, Toshkent va Farg’ona vodiysida keng tarqalgan maqom yo’llari, katta ashula janrida namoyon bo’lgan. Ashulalarda o’zbek xalqining ruhi, tabiati, ma’naviy dunyosi o’zining badiiy yetuk va to’laqonli ifodasini toptan. Yalla – o’zbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qo’shiq turi. Xalq so’zi, mumtoz va zamonaviy shoirlar she’rlariga aytiladi. Yalla yakka, ko’pincha ikki va undan ortiq ijrochi tomonidan (doira va cholg’u ansambli jo’rligida) ijro etiladi. Aksariyat yallalar ishk, muhabbat mavzuida bo’lib, jozibali, o’ynoqi mazmunga ega. Yalla ikki turga bo’linadi: 1) qo’shiq janriga yaqin, kuyi nisbatan tor diapazonli, asosiy misralar yakkaxon yallachi, naqarot esa guruh tomonidan doira jo’rlig’ida aytiladi (masalan, «Olmacha anor», «Yallama yorim», «Ho-ho, yalla», «Qizgina»); 2) kuy diapazonining kenglngi va tuzilishi (ayrimlarida baland pardali avj mavjudligi) jihatidan ashula janriga yaqin. Xalq orasida «Yali-yali», «Qalam qoshligim», «Jonon bo’laman deb», «Ayrilmasun», «Fig’onki» kabi mumtoz yallalar keng tarqalgan. Namanganda yalla turkumlari mavjud: yallachi-ayollar tomonidan doira jo’rligida «Katta yalla» va «Kichik yalla» (kuyi va usuli murakkab, ijrosi mukammal) namunalari to’y marosimlari va bazmlarda ijro etiladi. Ashula va yalla namunalaridan («Yor istab», «Mustaxzod») yoki katta ashula va yalladan iborat («Topmadim», «So’rmaysan») turkumlar ham mavjud. Xozirgi kunda yallalar estrada yo’nalishida ham ijro etiladi. Lapar – musiqiy folklor janri; vokeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab bo’lmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholg’u jo’rligisiz aytiladigan qo’shiqlarga yaqin. Ikki turi mavjud: 1) to’y marosimi, xalq sayili, hashar kabi yig’inlarda yigit va qizlar tomonidan tarafma-taraf bo’lib dialog shaklida ijro etiladigan lapar. Bunda davradagi qizlar navbatma-navbat xohlaganiga «lapar soladi», bunga yigit javob qaytarishi kerak. Mos javob qaytarilsa, dastrumol. belbog’ kabi sovg’alar beriladi. Laparni maxsus laparchi ayollar boshqarib boradi. Marosim laparlarning kuylari, ko’pincha, epik tusda, nutqdosh yoki kuychan ohanglarda bo’ladi. Bularda, asosan, yigit va qizning muhabbat kechinmalari, orzuumidlari aks etadi, shuningdek, yengil hajv va yumor ham qo’shilib ketadi. To’rtlik shaklidagi termalardan iborat bo’lgan laparning bu turi, asosan, Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston o’zbeklari orasida keng tarqalgan; 2) o’yin lapari. Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari orasida «labidan», «labi uchidan» aytiladigan, yengil xarakterdagi qo’shiqlarga nisbat berilgan. Odatda, ikki kishi galma-galdan raqs tushib ijro etadi. Kuylari yengil, o’ynoqi, jozibali bo’ladi. Yakka qo’shiqchi tomonidan cholg’u jo’rligida ham raqs bilan aytiladi. Xalq orasida «Qora soch», «Oyijon», «Qilpillama», «Bilak uzuk», «Nahoru nashta» kabi laparlar ommalashib ketgan. Lapar ijrochilaridan Tamaraxonim, G.Otaboeva va boshqalar mashhur. Xalq laparlari o’zbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlanib, xor, vokalsimfonik, estrada musiqa asarlaridan keng o’rin olgan. Lapar ba’zan, keng ma’noda, umuman qo’shiq, tushunchasini ham ifodalaydi. Qarsak o’yin – o’zbek xalq raqslari turkumi. «Besh qarsak» va «Mayda qarsak» bo’limlaridan iborat. «Mayda qarsak» o’z navbatida, «Yakka qarsak», «Qo’sh qarsak» va «Tez» (yoki «Uzma») nomli o’yinlarni o’z ichiga oladi. Unda qarsaklar bilan hosil qilinadigai usul, bayt, bir ovozda aytiladigan yallalar va raqs harakatlari birlashadi. Ko’p joylarda ijrochilar yonma-yon turgan yoki o’tirgan holla davra yoki yarim davra hosil qilib, o’rtadagi o’yinchiga hamohang bo’lib, usulga mos chayqalib turadilar. «Mayda qarsak» bo’limlari bir-biridan ajratilmasdan yaxlit ijro etiladi. Har bo’limda o’nlab xalq kuylari bo’ladi, biroq bir xil qarsak usuli bilan olib boriladi. 2-bo’limga o’tgach, qarsak ritmi o’zgarib, raqs harakatlarini yangilaydi. «Besh qarsak» yonma-yon turib davra hosil qilgan holda ma’lum sur’at va usulda uriladigan besh qarsak (3-1-1) va ayrim xitoblar vositasi bilan o’ynaladigan ommaviy raqsdir. Uning katta davralarida 20 va undan ziyod kishi ishtirok etadi. Ular bir tempda qarsak urib turish bilan birga u yon-bu yonga chayqalib, o’tirib-turib, bukilib va ayni vaqtda yon bilan o’ng tomonga harakatlanib o’ynaydilar. O’yinda rechitativsimon baytlar bo’lib turadi. Davradagi o’yinchining harakatlari shiddatli va jangovar bo’ladi. U ko’prok qo’l, bel, yelka, ko’krak harakatlarini ishlatadi, yuzida son-sanoqsiz ifodalar hosil qiladi, goh bukilib, goh g’oz turib, goh cho’kkalab o’ynaydi. Ba’zan «Besh qarsak»da ichma-ich ikki xalqa-davra hosil qilingan, ikki o’yinchi kuch sinashgan. Davradagi qarsakchilar ham, o’yinchilar ham badixago’y - improvizator bo’lishgan. Qarsak o’yinning ko’rinishlari ovchilik va zar-dushtiylik bilan bog’liq holla paydo bo’lib, bora-bora madaniylashgan va bazmlarda ko’rsatiladigan tomoshaga aylangan. XIV– XVI–asrlarda u saroy bazmlarini ham bezagan. Qarsak o’yin taxminan XVII –asr oxiri –XIX–asr boshida 2 ga bo’linib ketgan: «Mayda qarsak» tobora kengroq hududni egallab, vodiy madaniyatining bir qismiga aylanib boradi. «Besh qarsak», asosan, tog’li tumanlarda saqlangan. Qarsak o’yin Jizzah, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida saqlanib kelmoqda. Ko’p joylarda (masalan, Urgutda) «Mayda qarsak»ning o’yin va ashulalari badiiy havaskorlik uchun ijod va dastur manbaidir. «Bahor» va «SHodlik» ansambllarining ba’zi raqslarida Qarsak o’yin an’analarini ko’ramiz. Harbiy musiqa – qo’shinlarning harbiy mashq va tarbiya jarayonlari, tantanali (parad, ko’rik) va boshqa tadbirlarda qo’llanadigan musiqa asarlari. Harbiy orkestr hamda ayrim harbiy sozanda (asosan, fanfara, truba, baraban ijrochi)lar tomonidan chalinadi. O’tmiщda jangovar harakatlarda, qo’shinlarni boshqarish, signal berish maqsadida ham qo’llangan. O’rta Osiyoda karnay, surnay- nog’oralarda zarbulfatx (g’alaba usuli)da kuylar, «Sarbozcha», «Usmoniya», «Askariy» kabi cholg’u kuylar chalingan. Asosiy janrlar tarkibi – qo’mondonlarni qarshi olish, saf tortish, yurish va motam marshlari, soqchilarni ko’rikdan o’tkazish uchun cholgu kuylar, shuningdek, xarbiy (safda aytiladigan) qo’shiqlardan iborat. Harbiy musiqa – musiqaning qadimiy turi bo’lib, qadimiy Misr, Ossuriya, Bobil, Xitoy, Yunonistontonda keng rivoj toptan. Harbiy musiqaning zamonaviy turlari Yevropada XVI-XVII –asrlarla muntazam (yollanma askarlardan iborat) qo’shinlar keng rivoj topishn munosabati bilan qaror toptan: O’zbekistonda harbiy musiqa namunalaridan P.Makarovning «Saf marshi», «Yosh musiqachilar marshi», «Vatan marshi», «Soqchilarni ko’rikdan o’tkazish uchun mussiqa»si (S.Yudakovning «Jon O’zbekiston» qo’shig’i asosida), R.Abdullaevnpng «SHodlik» marshi, shuningdek, «Tankchilar marshi» (S.CHernetskiy), «Falaba» marshi (N.Ivanov-Radkevich), «Yulduz marshi» (J.F.Suza), «Tantanali marsh» P.CHaykovskiy), «SHaxrizodaning marshi» (V.Runov) kabi asarlar mashhur. Saf qo’shiqlaridan SH.Dadajonovnint «Qasamyod», «O’zbekiston posbonlari», «O’zbekiston qurolli kuchlar qo’shig’i», A.Nazarovning «Serjant», P.Makarovning «Askarlar qo’shig’i», harbiy-vatanparvarlik ruhidaga asarlardan «Xalqim», «Yurtim» (SH.Dadajanov), «Turkiston farzandimiz»K.Raxmatov, «Yititlar» (D.Qarshiev kabi qo’shiq ommalashgan. Badiiy so’z ustasi - adabiy asar (she’r, nasr, shuningdek publitsistika) yoki dramatik parchani teleko’rsatuv va radio orqali, estrada, tsirk va filarmoniya sahnasida ifodali o’qib, ular mazmunini tinglovchilarga badiiy ta’sirli qilib yetkazuvchi ijrochi, estrada va filarmoniya artisti. Ommaviy-badiiy tadbirlar ham ular boshchiligida yoki ishtirokida o’tadi. Badiiy so’z ustasi o’zining ifoda uslubi, talaffuzining yorqinligi, ijrochilik mahorati, asosiy fikrni anglatuvchi so’zlarni ypg’y bilan talaffuz etishi jihatidan tinglovchi yoki ommani o’ziga jalb etadi. O’zbek san’atida badiiy so’z ustasi (dostonchi, ertakchi, qissaxon va boshqalar) qadimdan ma’lum. Barcha ommaviy-badiiy tadbirlar, sayillar, tomoshalar,to’yhashamlar ular ishtirokida o’tgan. O’zbekistonda badiiy so’z ustasilari ichida M.Xamidov, N.Raximov, X.Umarov, U.Burxonov, T.Tojiev, Q.Mahsumov, T.Yunusho’jaeva, L.Ho’jaeva, M.Xolmetov, O.Asomov, B.Muxammadxo’jaev, H.Sa’diev kabi san’atkorlarning ijodi e’tiborga molikdir. Badiiy o’qish – estrada san’atining bir turi: adabiy asar (she’riy nasr, shuningdek publitsistika) yoki dramatik parchani omma oldida ijro etib, tinglovchilarga asar mohiyatini badiiy-ta’sirchan qilib yetkazish. O’tmishda badiiy o’qish xalq baxshilari, ertakchilari, qiziqchilari ijodining asosi hisoblangan. Yunoniston, Rim va Frantsiyada badihago’ylik, deklamatsiya, ifodali o’qish san’ati keng rivojlangan. Rossiyada badiiy o’qishning ikki turi – o’z asarlarini mohirlik bilan ijro etish va professional turlari bo’lgan. Og’zaki ifodali nutq qadimdan o’zbek baxshi, ertakchi va dostonchilari, qissaxonlari san’atining asosini tashkil qilgan. O’zbek badiiy o’qish san’ati tarixida Qosimqul Do’stmurod, Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o’g’li, Husanboy Rasul o’g’li kabi o’zbek ertakchilari va Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Pulkan shoir, Islom shoir kabi xalq shoirlarining xizmatlari katta. O’zbek ertakchi va dostonchilari, baxshilari asarning tiliga, ifodalarining ihcham, sodda, tushunarli va qiyofali bo’lishiga e’tibor berish bilan birga ijro vaqtida ovozning bir tondan ikkinchi tonga o’tishi (modulyatsiya)dan, nutqiy tasnifdan, taqlid uslubidan, mimika va qo’l harakatlaridan hozirjavoblik, musiqa va xonandalik san’atidan ustalik bilan foydalanadilar. SHuningdek, Alisher Navoiy, Muqimiy, Furqat, Hamza, F.G’ulom kabi o’zbek adiblari ham o’z asarlarini mohirlik bilan ijro etishgan. O’zbek badiiy o’qish san’atini rivojlantirishda A.Xidoyatov, SH.Burhonov, O.Xo’jaev, N.Raximov, E.Komilov, M.Abdukunduzov kabi o’zbek aktyorlarining ham xizmatlari bor. Badiiy so’z ustasi, respublikada xizmat ko’rsatgan artist Muxsin Xamidov badiiy o’qish san’ati sohasida tanilgan professional ijrochidir. Badiiy o’qishning bir aktyor teatri, melodeklamatsiya, ifodali o’kish kabi turlari mavjud.
Download 23.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling