O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti


Download 460.8 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2020
Hajmi460.8 Kb.
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FIZKA MATEMATIKA FAKULTETI

AMALYIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” KAFEDRASI INFORMATIKA YO’NALISHI 17.06-GURUH TALABASI

BOBOYEVA MA’MURANING

INFORMATIKA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASH”

FANIDAN

INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA GURUHLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI” MAVZUSIDA

TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI
Bajardi: ` M.Boboyeva

Qabul qildi: V.Jo’rayev
Farg’ona -2019

Mavzu: Informatika fanini o’qitishda guruhlar bilan ishlash texnologiyalari
Reja:

  1. Informatika fanini o’qitishda guruhlar bilan ishlash texnologiyalari.

  2. Informatikani o'qitishda didaktik tamoyillar.

  3. O’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.



Informatika fanini o’qitishda guruhlar bilan ishlash texnologiyalari

O‘quvchi faoliyati — ta’lim jarayoni qatnashchilari orasidagi o‘zaro munosabatlarning bir bo'lagidir. Shu sababli u o‘qitishning tashkiliy shakllari tavsifi tarkibiga kiradi. o’quvchilarni individual faoliyatini nazarda tutuvchi shakllar ham mavjuddir (masalan, informatikadan mustaqil ishlar bajarish). Boshqa shakllar esa, masalan EHMda amaliy mashg‘ulot, guruh bo‘lib ishlashni talab etadi. O‘qitishning tashkiliy shakllarining ko‘pchiligi frontaldir (masalan, ma’ruza shaklida). O‘qish joyiga qarab o‘qitishning maktabda-ustaxonada, laboratoriyada ishlash va maktabdan tashqari-uy vazifalarini bajarish, ekskursiyalar va b. shakllari mavjud.

O‘qitishning guruhli shakli. AQSHda ta’lim bo‘yicha instruktorlar asosan guruh bilan ish olib borishni tavsiya etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar o‘qitishning ushbu shakli o‘quvchilar orasidagi salbiy munosabatlarning oldini olishning samarali vositasi ekanligini ko‘rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini “biz va ular”dan “biz” ko‘rinishiga o‘zgartiradi.

Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. Shu sababli o‘tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o'quvchilar o'zidan oldingi o‘quvchi boshining orqa tomonini va o'qituvchining yuzini ko‘ra oladigan holatda joylashtirish maqsadga muvofiq emas. O'quvchilarning o‘rnini o'zgartirish — guruhda muomala qilish imkonini beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo‘ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir guruhdagi o'quvchilar sonini hisobga olish lozim (uch, to‘rt, yetti va h.k. o‘quvchi).

Guruh bilan ishlashda o'quvchilar o‘rinlarini joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud. E’tibor berilishi lozim bo‘lgan navbatdagi masala, kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o‘rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o'quv masalasini yecha olishlari, balki kommunikativ ko‘nikmalarni ham egallashlari va mustahkamlashlari zarur.
Kichik guruhlarni tashkil etishda o‘quvchilarning o‘z istaklariga ham qarash mumkin. Bunday yondashishning ijobiy tomoni o‘quvchilarning o‘zaro shaxsiy xayrxohliklarini hisobga olinishidir. Ba’zi salbiy jihatlari ham bor. Bunda kuch bo‘yicha bir-biriga teng bo‘lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin. Bu esa hamkorlikda olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishiga olib keladi.
Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning maz¬munini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o‘qituvchi har bir guruhga yechilayotgan masalaga nisbatan nuqtai nazari qarama-qarshi bo‘lgan o‘quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada masalani yechish jarayonidagi muhokama jonli va qiziqarli chiqadi. Yoki, aksincha, a’zolari bir sohaga qiziqishlari bilan tavsiflanuvchi gomogen guruhlarni tuzish ham mumkin. Quyida sinf o'quvchilarini tez va qiziqarli tarzda kichik guruhlarga bo‘lish yo‘llaridan bir nechtasini keltirib o‘tamiz. Ushbu usullar sinfni har birida 6 tadan o‘quvchi bo‘lgan 6 ta kichik guruhlarga bo‘lishga imkon beradi. Guruhdagi o‘quvchilar sonini 5, 7 yoki 8 taga o‘zgartirib, sinfni 5, 7 yoki 8 ta guruhga ajratish ham mumkin.

• Qog‘ozning kichik bo‘laklariga Al, A2, A3, A4, A5, A6, Bl, B2, B3, ... va hokazo belgilarni yozing. Stollarni A, B, D, E, F, G deb belgilang. Shundan so‘ng qog‘ozlarni ishtirokchilarga (o‘quvchilarga) tarqating va unda yozilgan harfli stol atrofiga o‘tirishni tavsiya eting.

• 6 ta rasm tayyorlang va har birini 6 ta bo‘lakka boiling. Bo'lakchalarni aralashtirib stol ustiga qo‘ying va ishtirokchidan (o'quvchidan) bittadan bo‘lakchani tanlab olishni iltimos qiling. Shundan so‘ng o‘quvchilar bo‘lakchaiarni birlashtirib, yaxlit rasmni hosil qilishlari va bitta stol atrofiga o'tirishlari kerak bo‘ladi.
• Olti xil rangdan oltitadan (qizil, oq, qora, sariq, ko‘k, yashil), jami 36 ta kartochka tayyorlang. Sinfdagi o‘quvchining har biri o‘ziga yoqqan rangli kartochkani tanlab oladi va bir xil rangli kartochkani olgan o‘quvchilar bitta stol atrofiga o‘tirishadi.
• Barcha o‘quvchilar 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlar bo‘yicha tartib bilan sanaladi. Shundan so‘ng 1 raqamlilar bitta guruhga, 2 raqamlilar ikkinchi guruhga va h.k. birlashishadi.
`O‘qituvchi biror bir belgi bo‘yicha jamlangan predmedlar nomi yozilgan yoki rasmlari tushirilgan kartochkalarni oldindan tayyorlaydi. Masalan:

  • daraxtlar — olma, olcha, o'rik, nok, xurmo, shaftoli;

  • gullar — lola, atirgul, gladiolus, chinnigul, boychechak;

  • dish-tovoqlar — qozon, choynak, piyola, likopcha, qoshiq, cho‘mich va h.k.

O‘quvchilar kartochkalarni tanlaydilar va belgilar bo‘yicha (daraxtlar, gullar, idish-tovoqlar va h.k.) guruhlarga birlashadilar.

Navbatdagi masala har bir kichik guruhning fikrini tinglashdir. Xo‘sh, ularning

fikrini tinglashning qanday shakllari mavjud?

O’quv masalasi yechimining guruh a’zolari tomonidan taqdimoti (prezentatsiyasi) turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
— birgalikda — individual: har bir guruh o‘z faoliyati natijasini taqdim etadi, yechimlar muhokama etiladi va ulardan eng yaxshisi tanlanadi;
— birgalikda — ketma-ket: har bir guruh faoliyatining natijasi, mozaikadagi kabi, muammoning umumiy yechimi uchun zarur bo'lgan mustaqil bo‘lak bo‘lib hisoblanadi;
— birgalikda — o‘zaro aloqadorlikda: tavsiya etilganlardan guruhli yechimlarning ma’lum jihatlari tanlab olinadi va ular asosida butun jamoa uchun umumiy bo‘lgan yakun ishlab chiqiladi.

Klasterlarga bo’lish. Bu pedagogik srategiya bo’lib, talabalarning u yoki bu mavzu bo’yicha erkin va bemalol o’ylashga yordam beradi. U faqat g’oyalar orasidagi bog’lanishlarni fikrlashlarni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlarning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan bog’lanadi. Klasterlarga bo’lishdan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzuni sinchiklab o’rganilguncha fikrlash faoliyatini ta’minlashda foydalanish mumkin. Klasterlarga bo’lish talabalarning tasavvurlarini yangi bosqichlari yoki ularning grafikifodalari ko’rinishlarini ta’minlovchi sifatida ham o’tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin. Bu o’z bilimlarga, muayyan mavzu to’g’risiga va uni tushunishga yo’l ochadigan nazardagi strategiyadir.
Informatikani o'qitishda didaktik tamoyillar.

Informatika kursining mazmuni va tuzilishini aniqlashda, shuningdek, uni o'qitish jarayonida umumiy didaktika (o'qitish nazariyasi) tomonidan ko'rsatilgan asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur. Ana shu tamoyillardan biri ilmiylik tamoyilidir.
Ilmiylik, o'rganilayotgan masalalarga yuzaki qarash yoki unga oid ma'lumotlar soni bilan emas, balki masalaning tub mohiyatiga chuqur kirib borish bilan belgilanadi. O'quvchilarga yetkazilayotgan barcha bilimlar, ma'lumotlar to'g'ri bo'lib, zamonaviy fan nazariyasiga muvofiq kelishi lozim. Informatika — tez rivojlanib borayotgan fan. Keyingi o'n yil ichida informatikaga juda ko'p yangi tushunchalar kiritildi, yangi nazariyalar paydo bo'ldi, yangi EHM lar va ularning qurilmalari yaratildi. Shuning uchun o'quv kursining mazmuni va tuzilishi doimo yangilab turilishi lozim. Informatika kursi qanchalik elementar bo'lmasin, u doimo ilmiy bo'lishi shart.

Progressiv didaktik sistemalar amaliyoti ilmiylik tamoyilini amalga oshirishning bir qator qoidalarini ishlab chiqishga imkon yaratadi. Bular quyidagilar:
- o'quvchilarni informatikadagi yangiliklar bilan sistemali ravishda xabardor qilib borish;

- zamonaviy ilmiy atamalarni qo'llash,

- o'quvchilarni kibernetika va informatika sohasidagi olimlarning tarjimai holi, ularning fan rivojiga qo'shgan hissalari bilan tanishtirish imkoniyatlaridan keng foydalanish. Informatikaning rivojlanish tarixi, uning asosiy g'oya va usullarini shakllantirish jarayonlarini o'rganish uchun tarixiy materiallardan foydalanish lozim. Shundagina informatika fani o'quvchilar ko'z o'ngida qotib qolgan va shakllanib bo'lgan fan sifatida emas, balki rivojlanishda, ijodiy yaratuvchanlik jarayonida namoyon bo'ladi. Fan tarixi uning harakatlantiruvchi kuchini ko'rish, ilmiy bilish va inson amaliy faoliyatining bir-biriga bog'liqligini harakatda kuzatish imkonini beradi. Bu esa o'quvchilarda didaktik-materialistik dunyoqarashni va ilmiy tafakkurni shakllantirishga yordam beradi. Informatika mashg'ulotlarida tarixiy materiallardan foydalanishning bir necha turlarini keltirib o'tamiz.

1. Informatika tarixiga epizodik ekskurs.

Masalan, «EHM avlodlari» mavzusini o'tganda o'qituvchi O'zbekistondagi «Algoritm» zavodida EHM ning 4- avlodini yig'ish tarixi haqida o'quvchilarga gapirib berishi foydadan holi bo'lmaydi.

2. Akademiklar V.SQobulov, F.B.Abutaliyev, M.M.Komilov, professor M.Z.Ziyoxo'jayevlar misolida vatanimizdagi kibernetika va informatika sohasiga katta xizmat qilgan olimlarning hayoti hamda ijodi haqida ma'lumotlar berib borish.

3. Ma'lum davrlarda olingan, kashf qilingan tarixiy natijalar sharhi (kompyuterlar yangi turlarining paydo bo’lishi, biror dasturlash atamasining paydo bo'lishi va boshqalar). Masalan, dasturlash tilini o'rganishda Ada Lavleys xonim haqida so'zlab berish mumkin.

4. Ma'lum bir tarixiy mavzuni o'rganish. Masalan, sanoq sistemalari tarixini o'rganish (qadimiy bobilliklardan EHM largacha).

5. Buyuk olimlar va allomalarning (mutafakkirlarning) kibernetika, informatika va dasturlash haqidagi so'zlari. O'quvchilarda vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish maqsadida ularni Qadimiy Sharqning al-Xorazmiy, al-Beruniy kabi buyuk olimlarining ilmiy natijalari haqidagi materiallar bilan tanishtirib borish nihoyatda foydalidir.
Mavzuni ilmiy bayon qilish masalasi bilan uzviy bog’liqlikda turgan masala mavzuni sistemali va izchil bayon qilishdir. Informatika o'quv predmeti bir-biriga bog'liq bo'lmagan faktlar va ta'riflar yig'indisidan emas, balki o'quvchilar oldida aniq ketma-ketlikda ochib beriladigan bilimlar sistemasidan iborat bo'lishi lozim. Ushbu tamoyil amaliyotda quyidagi asosiy qoidalar yordamida amalga oshiriladi:

1. Informatika kursidagi turli mavzularining o'zaro aloqalarni ko'rsatuvchi sxemalar, plakatlar, klasterlardan foyda¬lanish.

2. O'zlashtirilgan mavzularni takrorlash va takomillashtirish.

3. Oldingi o'tilgan materialni batafsil takrorlash.

4. Yangi materialni tushuntirishda u bilan oddiy, sodda va tabiiy aloqada bo'ladigan ma'lumotlardan boshqa ma'lumotlarni qo'shmaslik.

5. O'quvchilarning o'z fikrini bayon qilish usul va shakllarini doimo kuzatib borish.

6. Har bir bo'lim so'ngida umumlashtiruvchi va sistemalashtiruvchi darslarni o'tkazish.

Tushunarlilik tamoyili ko'p asrlik o'qitish amaliyoti davomida ishlab chiqilgan talablardan kelib chiqadi. Turli ilmiy materialni bayon qilishda o'quvchining yoshi, rivojlanishi va mavjud vaqt budjeti qat'iy hisobga olinishi lozim. O'quvchiga ta'limning har bir bosqichida shunday va shuncha material berilishi kerakki, u o'zining rivojlanishi darajasiga ko'ra ushbu materialni qamrab olishi va o'zlashtirishi uchun imkon yarata oladigan bo'lsin. Har bir bosqichdagi savollar doirasi qat'iy chegaralangan bo'lishi shart.

Ko'rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni o'qitishdagi kabi, informatikani o'qitish jarayonida ham asosiy va muhim hisoblanadi: ushbu tamoyil qadim zamonlardan beri qo'llanib kelinayotgan mashhur o'qitish tamoyillaridan biridir.
Mavzuning bayoni doskadagi va o'quvchilar daftaridagi yozuvlar bilan birgalikda olib boriladi. Doskada yozuv va rasmlar o'qituvchi tushintirayotgan paytda, o'quvchilar esa doska oldida javob berayotganda bajariladi. Doskadan foydalanish o'qitishdagi muhim bo'g'indir. Masala yechishda, takrorlashda, o'quvchilardan so'rashda, xullas, barcha hollarda to'la ko'rgazmalilik bo'lishi lozim. Doskadagi rasmlar bilan bir qatorda jadvallar, diapozitivlar, kinofilmlar, kodoskoplar, proyeksion apparatlar va boshqalar bilan namoyish etish ko'rgazmalilikni ta'minlaydi. Jadvalning roli ikki xil bo'lishi mumkin. Birinchidan, jadvaldan o'qituvchi dars jarayonida, sinf oldida mavzuni tushuntirish paytida foydalanishi mumkin. Bunda jadvallar o'qituvchining bayonini va yozuvlarni to'ldirib boradi. Ikkinchidan, jadvallarni ko'rinadigan joyga uzoq muddat ilib qo'yish mumkin. O'qituvchilarga diapozitivlar va proyeksion apparatlar uchun plyonkalardan foydalanish katta yordam beradi. Diapozitivlarni o'qituchining o'zi kompyuterdan yoki printer uchun maxsus varaqlardan foydalanib tez va oson tayyorlashi mumkin. Diapozitivlar katta o'lchamdagi tasvirlarni hosil qilish imkonini beradi. Lekin, foydalanganda sinf xonalarini qorong'ilatish kerak. Bu esa ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Agar epidiaskop bo'lsa, ekranga shaffof bo'lmagan tavsiflarni ham proyek-siyalash mumkin. Bunda kitob va jurnallardagi rasmlardan ham foydalansa bo'ladi. Hozirgi kunda zamonaviy multimediaviy video proyektorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular tasvirni bevosita kompyuterdan katta ekranga proyeksiyalash imkonini beradi.

Bilimlarni mustahkam o 'zlashtirish jarayoni juda murakkabdir. Shu sababli o'qituvchilarga qisqa, lezis shaklidagi tavsiyalar bilan cheklanamiz:
1. Zamonaviy o'qitishda tafakkur xotiraga nisbatan yuqoridir.
2. O'quvchilar ongli ravishda o'zlashtirgan bilimlarinigina eslab qolishlari kerak.
3. Eslab qolinishi kerak bo’lgan ma’lumotlar qatoridan o'quvchining o'zi keltirib chiqaradiganlarni chiqarib tashlash lozim.
4. Yangi bilimlarni o'rganishga kirishishdan oldin, ijobiy motivlar va stimullar bilan ta'minlash lozim.

5. O'rganilganlarni takrorlash va mustahkamlashni shunday o'tkazish kerakki, bunda o'quvchilarning faqatgina xotirasini faollashtiribgina qolmasdan, balki ularning tafakkurini va his tuyg'ularini ham faollashtirish lozim.
O'quvchilarning informatikani egallashlarida asosiy bilish manbayi bu amaliyotdir. Ushbu holat hozirgi jamiyatda har bir kishining hayotida EHM ni amaliyotda qo'llashlari zaruratidan kelib chiqadi. O'quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, tafakkurini shakllantirish informatika o'qitishda amaliyot va nazariyani to'g'ri uyg'unlashtirish, informatika tarixi bo'yicha ma'lumotlarni, qiziqarlilikni kiritish, nazariya hamda amaliyotning birligini ta'minlash orqaligina amalga oshirilishi mumkin.

Agar o'quvchilarning o'zlari faol ishtirok etsalar, informa¬tika bo'yicha katta hajmli, murakkab va har xil material o'quvchilar tomonidan ongli ravishda o'zlashtirilishi mumkin. Bunga erishish uchun o'qituvchi o'quvchilar bilan ishlashnmg faol (interaktiv, progressiv) shakl va usullaridan foydalanishi lozim.

O’qitishda interfaol metodlardan foydalanish

Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li - bu mashg’ulotning interfaol metodlar yordamida tashki etish deb hisoblanmoqda.Xo’sh, interfaol metodlarning o’zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o’rinli, maqsadga muvofiq q’llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyidagi ana shu kabi savollarga qisqacha javob topiladi. Yuqoridagi savollarga javob topishda eng to’g’ri qadam tayanch tushuncha- “interfaol ” atamasining lug’aviy ma’nosi bilan tanishishdir.“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) ifodalanib, lug’aviy nuqtai nazardan “inter” –o’zaro, ikki taraflama, “act” –harakat qilmoq, ish ko’rmoq kabi ma’nolarni anglatadi.

Interfaol ta’lim –ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko’nikma, malaka hamda muayyan ahloqiy sifarlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim. Interfaollik ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko’nikma, malaka hamda muayyan ahloqiy sifarlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklaridir.

Mantiqiy nuqtai nazardan intarfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o’zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borilishlarini ifodalaydi.

Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o’zaro munosabat shakllarida tashkil etiladi:

An’anaviy ta’limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o’qituvchining tajribasi bo’lib, bu jarayonda u yetakchilik, dominantlik qiladi, ya’ni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og’zaki tarzida o’quvchi (talaba)larga yetkazib berishga intiladi. Faollik ko’rsatish o’qituvchigagina xos bo’lib, o’quvchi (talaba)lar bu vaziyatda sust tinglovchi bo’lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o’qituvchini tinglash, zarur o’rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarsh, kam holatlarda ruxsat etilganidagina so’zlashdan iboratdir.

An’anaviy ta’limdagi bir tomonlamalik oily ta’lim tizimidagi faqat ma’ruza mashg’ulotlarida emas, seminar darslarda ham ustuvorlik qiladi. Unga ko’ra, “yetkazib beruvchi” rolida endi o’qituvchi emas, balki o’quvchi namoyon (talaba) namoyon bo’ladi. O’quvchi (talaba), asosan, o’zi o’zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o’qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o’rinlarda savollar bilan murojaat qiladi. O’quvchi (talaba)lar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi bo’lib qoladi. Bir qarashda o’quvchi (talaba) yoki o’qituvchi tomonidn uzatilayotgan axborotlarning qabul qilinishi talabalar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni o’zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg’otadi. Biroq, psixologik tadqiqot natijaalarning ko’rsatishicha, shu tarzda qabul qiingan bilim (ma’lumotlar)juda tez unutiladi. Xususan, amerikalik psixolog R.Karnikau va F.Makelrouning o’rganishlariga ko’ra shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o’zlashtirilgan bilmlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Ya’ni shaxs:manbani o’zi o’qiganida 10%; ma’lumotlarni eshitganida 20%; sodir bo’lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko’rganida 30%; sodir voqea, hodisa yoki jarayonni ko’rib, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni eshitganida 50%; ma;lumot (axborot)larni o’zi uzatganida (so’zlaganida, bilimlarni namoyish etganida) 80%; o’zlashtirgan bilim (ma’lumot, axborot)larni o’z faoliyatida tatbiq etganida 90% hajmdagi ma;lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega.

Shunga ko’ra interfaol o’qitish “ta’lm jarayonining asosiy shtirokchilari – o’qituvchi, o’quvchi va o’quvchilar guruhi o’rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg’in bahs-munozaralar, o’zaro fikr almashish ikoiyatga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli.

Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiya­larini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.

Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masala­ning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasi­ga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.

Hozirgi kunda barcha sohalarga jadal joriy etilib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan «Informatika» fani samarali o‘qitilyaptimi? O‘quvchilar kasbiy faoliyati sohalari uchun zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lib borayaptilarmi? Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini to‘g‘ri loyihalay oladimi? Dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omil­larga bog‘liq? Bu kabi savollarga hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli holdir. O‘tkazilgan anketa tekshiruvlariga ko‘ra Namangan shahridagi ayrim ta’lim muassasalarining aniq bir guruhlari­da informatika fanidan olingan nazorat ishida o‘quvchilar nisbatan past baholanganlar. Bu past sifat ko‘rsatkichidir. O‘quvchi bugungi kunda ta’lim sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini davom ettirishi uchun zamonaviy dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan samarali foydalana olish salohiyatiga ega bo‘lishi, xususan: zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda axborot va axborot texnolo­giyalarining o‘rnini bilishi; axborotni boshqarish vositasi sifatida axborotlarni olish, yig‘ish, qayta ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; global kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular orqali foydali axborotlar olish va ulardan ijodiy fikrlashni o‘stirishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.



Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiya­larni talab etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq? Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassa­salarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari bo‘yicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:

  • o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;

  • fanning hajmi va mazmunini aniqlash;

  • zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;

  • fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;

  • ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;

  • o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.

Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u yoki bu aniq bir usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim usullarinigina qo‘llashni maqsad qilgan bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. Maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li, bu dars mashg‘ulotini loyihalashda integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning qu­yidagi metodlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir:

  • o‘yinli texnologiyalar;

  • muammoli o‘qitish;

  • dasturlashtirilgan o‘qitish;

  • kompyu­terlashtirilgan o‘qitish;

  • modulli o‘qitish.

Bu texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib chiqib, darsning turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni o‘qitishda g‘oyat samarali bo‘lgan qator o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: mehnat faoliyati, o‘yin fao­liyati, o‘quv faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi o‘quv materiallari asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish to‘g‘ri emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish faolligini oshiradi, xolos. O‘quvchini aqliy rivojlantirishga yordam beruvchi quyidagi guruhdagi o‘yinlarni ajratish mumkin.

1-guruh. Buyumlar va predmetlarga bog‘liq bo‘lgan predmetli o‘yinlar. Bunda o‘quvchi o‘yinchoq-predmet orqali moddiy olamni, ularning xususiyatini anglashi mumkin.

2-guruh. Intellektual faoliyatni shakllantiruvchi sujetli — rolli ijodiy o‘yinlar. Masalan, «Baxtli tasodif», «Nima? Qayerda? Qachon?» va boshqalar. Bunday o‘yinlar nafaqat ko‘ngil ochuvchi vosita, balki ulkan evristik va ishontiruvchi energiya manbaidir.

3-guruh. O‘quvchining aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi tay­yor qoidalarga asoslangan didaktik o‘yinlar. Qoidalarga ko‘ra, u o‘quvchidan anglashni, taqqoslashni, qismlarga ajratishni, umumlashtirishni, muhimi bilishni talab etadi.

4-guruh. Kattalarning kasbiy faoliyatlarini ifodalovchi texnik-konstruktorlik o‘yinlari. Ular o‘quvchida o‘z ishini rivojlantirish, zaruriy materialni yig‘ish, o‘zini va o‘zgalar faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlarini hosil qiladi. Mehnat faolligi bilish faolligiga undaydi.

5-guruh. Psixik muhitda sodir bo‘luvchi intellektual o‘yinlar. O‘quvchilarning tayyorgarlik darajalarini ko‘rsatuvchi taqqoslash imkonini beruvchi, musobaqa asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar. Ular o‘zini shakl­lantirishga va demak, aqliy faollikka undaydi. Yuqorida tavsiflangan o‘yinlarni o‘quv jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchilarni o‘quv bilim faoliyatlarini keng boshqarish imkoniyatlari hosil bo‘ladi.

Tajribalardan kelib chiqib, quyida Informatika fanini o‘qitishda samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan quyidagi o‘yinli texnologiyalardan namunalar keltirib o‘tamiz:



Breyn-ring. Bu o‘yin 2-guruhga kirib, unda har birida 5–6 nafardan o‘quvchi qatnashgan jamoalar soni 2 tadan 5 tagacha bo‘lishi mumkin. Boshlovchi har bir guruhga qisqa javobli savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bersa, qolgan barcha savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to‘g‘ri javob uchun olingan ball to‘planib boradi. Agar to‘plangan balni vaqtida o‘z jamoasi hisobiga tushirib turmasa va o‘yinni to‘xtatmay, o‘yin davomida noto‘g‘ri javob berib qo‘ysa, o‘sha ishtirokchi to‘playotgan barcha ballar kuyib ketadi. Demak, qatnashuvchi o‘zi istagan paytda o‘yinni to‘xtatishi va to‘plagan balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi boshqa ishtirokchilar javob berishi lozim va ular ham o‘z jamoalari hisobiga ball to‘plash imkoniga ega bo‘ladilar. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball.

Anagramma. O‘yin 3-guruhga mansub bo‘lib, unda jamoalar Informatikaga oid so‘zlarni hosil qilishlari lozim bo‘ladi. Masalan: informatizatsiyalashtirish davri so‘zidan 5 daqiqa ichida AKT sohasiga oid so‘zlarni hosil qilish kerak. Bir marta olingan harf boshqa ishlatilmaydi, Mumkin bo‘lgan imkoniyatlar:



Download 460.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling