O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 138.63 Kb.
Sana12.06.2020
Hajmi138.63 Kb.
#117819
Bog'liq
Mustaqil ish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OR`TA TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

Korporativ boshqaruv” fakulteti

Fuqarolik jamiyati fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: “Ta’lim sohasini boshqarishda fuqarolik



jamiyati institutlarining roli

 Bajardi: Mansurov A .

Guruhi: MO-61

Tekshirdi: Karimova G.



TOSHKENT – 2020

Reja:


Mundarije:

KIRISH


1. Fuqarolik jamiyati institutlari haqida tushuncha;

2. Ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki;

3. Fuqrolik jamiyatin institutlarining ta’`lim sohasini boshqarishda tutgan o`rni;

Xulosa;



KIRISH

Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar.

Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.

Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning "Siyosat" asarida bayon etilgan. Unga koʻra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali taʼminlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning toʻgʻri va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi.



Bu gʻoyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk fransuz inqilobi davrida Inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi eʼlon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huqukli aʼzolari — "fuqarolar" tushunchasi paydo boʻldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bogʻlangan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyati ning yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi.

1. Fuqarolik jamiyati institutlari haqida tushuncha;

Shu yil 4 mayda davlatimiz rahbarining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. Maslahat kengashi rahbari Akmal SAIDOV bilan mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida suhbatlashdik.

Istiqlol yillarida yurtimizda fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy muhiti yuksalmoqda, – dediA.Saidov. – Bu ijobiy jarayonlar kishiga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Nega deganda, har birimiz demokratiya ne’matlari iste’molchisi bo‘lish bilan cheklanib qolmasdan, balki shu ne’matlarni yaratuvchi faol shaxslar sifatida o‘zligimizni namoyon etishimizbugungi davr talabidir.

Hamyurtlarimizning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, o‘z navbatida, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, erkinlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda izchil rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda, keyingi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT) roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligi, umuman, ular faoliyatining samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar ko‘rildi.

Prezident farmonida qayd etilganidek, o‘tgan davrda ushbu sohaga doir 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bu haqda so‘z borganda, avvalo, milliy qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yetakchi o‘rin tutishini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Asosiy qonunimizning 34-moddasida fuqarolarning jamoat birlashmalariga uyushish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Ya’ni: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”.

Konstitutsiyamizning uchinchi bo‘limidagi XIII bob “Jamoat birlashmalari” deb nomlanadi. Mazkur bobdagi moddalar fuqarolik jamiyatining an’analarini tiklash, jamoat birlashmalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish, ularning real va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidalardan tashkil topgan. Eng muhimi, Konstitutsiyamizda fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e’tirof etilgan, ularning davlat bilan o‘zaro hamkorligi tamoyillari belgilangan.

Ana shu konstitutsiyaviy normalarni amalda qo‘llash maqsadida “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”, yangi tahrirda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”, shuningdek, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

– Ushbu sohada keyingi davrda, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan muhim vazifalar ijrosi doirasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?

– Albatta, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadigan huquqiy makonni yanada kengaytirish maqsadida Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mohiyatidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda va bugungi davr talablari asosida yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu haqda so‘z borganda, avvalambor, 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni tilga olishni istardim.

Ushbu qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan NNT, ommaviy axborot vositalari (OAV) jamoatchilik nazorati subyektlari etib belgilangan.

Joriy yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarga davr talablaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Misol uchun, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonun “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili” nomli 142-modda bilan to‘ldirildi. Yangi modda normalariga ko‘ra, siyosiy partiya tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkin. Qonunchilik palatasi deputatining vakili deputatning saylov okrugidagi o‘z saylovchilari bilan doimiy aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashadi.

Prezidentimiz tomonidan, shuningdek, shu yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, joriy yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”, 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2018 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”, 2017 yil 19 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlandi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar tegishli tizimlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan izchil va shiddatli yangilanishlar uchun huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.

2. Ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki;

Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash hamda tegishli hududiy va tarmoq muammolarini hal qilishda ularning faol ishtirokini ta’minlash ishlari ham mamlakatimiz rahbarining doimiy e’tiborida turibdi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish borasida ulkan natijalarga erishilmoqda.

Xususan, 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “2017-2021 yillarda respublikada ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini mustahkam­lash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” amalga oshirilmoqda.


Birgina madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida to‘xtalganda, o‘tgan yilning o‘zida madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilinganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir


– Prezidentimizning yangi Farmonida fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati bilan bog‘liq ahvol jiddiy tanqid qilindi. Mazkur hujjatda, xususan: “amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud”, deb qayd etilgan. Bunga nima deysiz


– Albatta, davlatimiz rahbarining ushbu Farmonida, birinchidan, mazkur sohaning hozirgi holatiga muxtasar va xolis baho berilgan; ikkinchidan, mavjud kamchiliklar ochiq-oshkora ko‘rsatib o‘tilgan; uchinchidan, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan; to‘rtinchidan, shu ta’sirchan choralarni amalda tatbiq etish va kutilgan samaradorlikka erishishning aniq mexanizmlari ko‘zda tutilgan.

Eng muhimi, Farmondan Prezidentimizning bugungi kun va yaqin istiqbolda O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslari o‘rin olgan. Shu ma’noda ushbu Farmon tom ma’noda tarixiy hujjatdir.

Farmonning tanqidiy-tahliliy ruhiga kelsak, sohada ayni paytda mavjud voqelik aslida ham shunday. Birgina misol: aytib o‘tilganidek, bu sohada qancha qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilingan, ya’ni yetarli qonunchilik bazasi yaratilgan.

Shunga qaramay, ijtimoiy sheriklik – davlat organlari va NNT o‘rtasida fuqarolarning keng ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali mexanizmiga aylana olgani yo‘q.

– Farmonda qayd etilgan tanqidiy holatlarni hayotimizda mavjud misollar bilan qiyosiy tahlil qilib, tegishli muammolarga aynan qanday amaliy yechimlar ko‘zda tutilgani haqida so‘zlab bersangiz.

– Farmonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga NNTni jalb qilish darajasi pastligi haqida so‘z borgan. Bu, o‘z navbatida, barcha ijtimoiy guruhlarning turli NNT tomonidan ifodalanadigan manfaatlarini chuqur o‘rganish hamda inobatga olishga imkon bermayapti.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi loyihasi, shuningdek, ushbu dasturiy hujjat doirasida 2017 va 2018 yillarda qabul qilingan Davlat dasturlari ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, so‘ngra qabul qilingan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalalarni kompleks ravishda tahlil qilish, keng jamoatchilik qatlamlari, ekspertlar sharhi, fikr-mulohaza va takliflarini o‘rganishdan iborat ekanini ta’kidlash lozim.

Binobarin, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bunday hujjatlarni tayyorlashda butun O‘zbekiston xalqining qiziqishlari to‘la inobatga olinishini ta’minlash uchun aholi o‘rtasida keng muhokamalar tashkil etish, doimiy ravishda xalq bilan muloqot qilish taqozo etiladi. Bunda, shubhasiz, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT faol bo‘lishi darkor.

Buning uchun esa, afsuski, davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida amaliy va samarali muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmagan. Tegishli davlat organlari tomonidan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol, o‘zining tashabbuslariga tayanib faoliyat ko‘rsatadigan NNTni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti.

Bularning barchasi, o‘z navbatida, ushbu ijtimoiy tuzilmalar bilan amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Prezidentimiz Farmoni bilan tashkil etilgan mazkur Maslahat kengashini tuzish g‘oyasi Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ilgari surilgandi.

Farmonda Maslahat kengashining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, Maslahat kengashi fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni izchil asosda muhokama qilib, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilib boradi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishda va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida joriy etishda ko‘maklashish ham mazkur Maslahat kengashining vazifasiga kiradi.

Maslahat kengashi faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash esa Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar haqida atroflicha to‘xtalsangiz.

– Ma’lumki, hozirgi vaqtda yurtimizda 9 ming 200 dan ziyod NNT faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolik jamiyatining ushbu tayanch institutlari yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.

Bu ko‘p sonli NNTning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tuzilgan. Ularni moliyaviy rag‘batlantirish bilan shug‘ullanayotgan yagona Fond, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi esa poytaxtimizda faoliyat yuritadi.

Ta’sis etilganidan buyon o‘tgan davr mobaynida mazkur Jamoat fondi tomonidan davlat byudjetidan ajratilgan 60 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ 1,5 mingga yaqin NNT va OAVga subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtma shaklida berildi. Shu maqsadda 2017 yilda davlat byudjetidan 12 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2018 yil 15 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu joriy yilga nisbatan 25 foiz ko‘p demakdir.


Ayni chog‘da O‘zbekistonda 9 ming 200 dan ziyod NNT, 1 ming 400 dan ortiq OAV va 10 mingga yaqin mahalla fuqarolar yig‘ini mavjudligini hisobga olsak, Jamoat fondining yurtimizdagi mavjud fuqarolik jamiyati institutlarini keng qamrovda rag‘batlantirish borasidagi faoliyati yetarli emasligi o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi.

Shuning uchun Farmonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarini tashkil qilish vazifasi yuklangani juda muhimdir.


Mazkur fondlar o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettirishi uchun 2019 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, mahalliy byudjetlardan zarur mablag‘lar ajratilishi nazarda tutilmoqda. Bu fondlar, shubhasiz, “uchinchi sektor”ni qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy davlat byudjetidan yo‘naltiriladigan mablag‘larni adolat tamoyillari asosida ochiq-oshkora taqsimlashga xizmat qiladi.
Joylarda tuzilajak ushbu fondlarning mohiyati va ahamiyati, bir tomondan, yurtimizdagi fuqarolik jamiyati institutlarini yanada keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, “notijorat” asosda ishlaydigan, ya’ni daromadga tayanmaydigan bu ijtimoiy tashkilotlar vakillarining moddiy rag‘bat istagida poytaxtga qatnab, ortiqcha mablag‘ va vaqt sarflashining oldini oladi.

Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslardan yana biri shuki, 2018 yil 1 iyundan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan NNTning tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtiriladi. Bu nima degani?

Gap shundaki, Farmonda NNTni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar va g‘ovlar nazarda tutilgani, bu normalar eskirganligi va zamon talablariga javob bermasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ochig‘ini aytganda, muayyan NNT o‘zi o‘tkazadigan tadbirnitegishli davlat organi bilan “kelishishi”ning o‘ziyoq ko‘pincha turli to‘rachilik va sansolarlik holatlarini keltirib chiqarayotgani sir emas. Bundan buyon sa o‘sha NNT o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat organini qanday tadbir uyushtirayotgani haqida xabardor qilishi kifoyadir.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Farmonida NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi ko‘plab yangicha yondashuvlar ko‘zda tutilgan. Bularning barchasi mamlakatimizni har tomonlama va jadal rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan yuksaltirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga xizmat qiladi.

Adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan izchil islohotlarimizning qat’iy talabi ham aslida shu.

3. Fuqrolik jamiyatin institutlarining ta’`lim sohasini boshqarishda tutgan o`rni;

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasidagi islohotlar, davlat rahbariyatining bu masalaga alohida e’tibori, yaratilayotgan tashkiliy-huquqiy asoslar, ularning amaliy ijrosi natijasida hududlarda erishilayotgan natijalar, nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi va tashabbuskorligini yuksaltirish sohasida faolligi kuchayib borayotganligi e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 12 iyuldagi «Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (FJShMQMI) Markaziy Kengashining bir qator qaror va topshiriqlariga asosan Institutning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy bo‘linmasi tomonidan keng ko‘lamli monitoring va tahliliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, jamoatlik-siyosiy jarayonlarni monitoring qilish ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari tegishli loyihalar bo‘yicha mavjud muammolarni, faydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun taklif va tafsiyalar ishlab chiqish vazifasi ham bo‘linma zimmasiga yulatilgan.

Fuqarolarning huquq — erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda demokratik qadriyatlarni rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli alohida. Bu loyihaning monitoring ishlari natiyjasiga binoan 2015 yil aprel oyi holatiga ko‘ra Qorakalpog‘iston Respublikasida jami 525 ta nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlandi. Shundan, 222 tasi hisob ro‘yxatidan, 303 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida «Tadbirkor ayol», «Orol oltin merosi», «Nogironlar jamiyati» Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limlari, «Qoraqalpog‘iston lider ayollar assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar faol ishtirok etib kelmoqda. Ular ushbu faolliklari bilan aholining turli qatlamlarini ishbilarmonlikka tortishda va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali oilalar iqtisodiy bazasini mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga yaqindan yordam ko‘rsatmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirishda ular tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar samarali amalga oshirilmoqda. Ya’ni, aholining ish bilan ta’minlanishida, yoshlarni kasbga yo‘naltirishda, uy bekalarining faolligini oshirishda NNT o‘z hissalarini qo‘shmokda. Ularning davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borishi katta samara berayotir.
Bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatning turli sohalaridagi yangilanishlarga, ularning rivojiga o‘zining samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda».

Fuqarolik jamiyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Institutning Hududiy bo‘linmasi «Ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va demokratiyalashtirishni monitoring qilish» guruhi tomonidan 2014 yilda tahliliy monitoring ishlari olib borildi. Jumladan, Institut tomonidan respublikadagi bosma nashrlarni o‘rganish mobaynida «Hududiy gazetalar monitoringi yakunlari» choraklik to‘plamlarini tayyorlash amaliyoti davom etmoqda. Ulardan ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi hududiy nashrlarda chop etilgan tanqidiy va tahliliy ruhdagi eng muhim materiallar joy oldi. Shular bilan bir qatorda tanqidiy materiallar chop etilishi va ularda ko‘tarilgan muammolar yechimiga tegishli davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining munosabati tizimli ravishda monitoring qilinib kelinmoqda.
«Ommaviy axbarot vositalari liberallashtirish va demokratiyalashtirishni monitoring qilish» guruhi tomonidan har bir OAV va tajribali jurnalistlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 54 ta ommaviy axborot vositasi ruyxatdan o‘tib, faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning 37 tasi gazeta, 9 tasi jurnal, 4 tasi televideniye, ikkitasi radio, 1 axborot-byulleten va Qoraqalpog‘iston axborot agentligidir. Respublikadagi gazetalar asosan 3 ta tilda – qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. «Qaraqalpaq Adebiyati» gazetasida ingliz tilida ham materiallar chop etilib boriladi.
Prezidentimizning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z yerkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana bir muhim davrni boshlab berdi.

Respublikada chiqadigan «Taraqqiyot ko‘zgusi», www.amunews.uz Internet veb sayti, Elliqqal’a-TV, «Aqmang‘it tan’I’», «Qaraqalpaq A’debiyati’», «Mening oilam» gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 2014 yil tashkil etilgan grant tanlovida jami 70500,0 mln. so‘mlik loyihalarni yutib oldilar.

Lekin shu bilan birga ushbu sohada ham mavjud muammolar ko‘zga tashlanadi. Hududdagi ommaviy axborot vositalari son ko‘rsatkichlari yetarlidir, ammo sifat to‘g‘risida bunaqa deb bo‘lmaydi. Sababi gazetalar sahifalarida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi muammolar tahliliga bag‘ishlangan tanqidiy materiallar kam berilmoqda.

Respublikadagi 54 ta ommaviy axborot vositalaridan faqat to‘rttasi o‘z binosiga, beshtasi o‘z transportiga ega. Qolgan aksariyat ommaviy axborot vositalari zarur sharoitlarga ega bo‘lmagan ijaradagi binolarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavjud muammolarni hal qilish uchun OAV xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yaxshi shart-sharoitida mehnat qilish uchun imorat, bino masalasini hal qilish zarur. Shuningdek, gazetalarning barchasiga internetga ulanish va o‘z veb-saytini ochishga amaliy yordam ko‘rsatish zarur deb hisoblaymiz.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga oid islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining roli alohida ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda 401 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, shundan 141 tasi ovul, 15 tasi shaharcha va 245 tasi mahalla fuqarolar yig‘ini hisoblanadi. 2013 yil noyabr-dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishchi guruhlar tomonidan 1 ming 208 nafar nomzod tavsiya etilib, muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 401 ta fuqarolar yig‘inlari raisi va ularning 3600 dan ortiq maslahatchilari saylandi. Saylangan raislarning 324 nafari oliy ma’lumotli, 73 nafari o‘rta maxsus va 4 nafari o‘rta ma’lumotlidir.

Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi rolini kuchaytirish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan yoshlar, ayollar, tadbirkorlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar, fuqarolarning huquqiy savodxonligini o‘rganish borasida sotsiologik tadqiqotlar, monitoring ishlari olib borilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy soni 1763200 nafarni, shundan 30 yoshgachalari soni 1075500 ta umumiy aholining 61 foizini tashkil qiladi. Aholi, jumladan yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi tadbirlarimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Kamolot» YoIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Siyosiy partiyalar va ularning «Yoshlar qanoti», O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilinishi o‘zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda.

Hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ijobiy natijalar berayotgani yoshlarimizning tanlovlarda erishayotgan yutuqlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchi yoshlari orasida har yili o‘tkazilib kelinayotgan «Siz qonunni bilasizmi?» tanlovining yakuniy O‘zbekiston Respublikasi bosqichida 2012 yil Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyning o‘quvchi yoshlari, 2013 yil Nukus ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji o‘quvchi yoshlari va 2014 yilda QDU qoshidagi 3-sonli akademik litsey o‘quvchi yoshlari I o‘rinni egalladi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» YoIH Markaziy Kengashi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, IIV, Bosh prokuratura, siyosiy partiyalarning Markaziy Kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan tuzilgan Memorandumlar albatta o‘z samarasini berib kelmoqda.

Hududiy bo‘linmamiz yoshlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida ham samarali faoliyat olib bormoqda. Bu boradagi ishlarimiz tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirda ta’lim muassassalarida tahsil olayotgan yoshlarning huquqiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasi, dunyoqarashi kengayib, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati, uning rivojlanish istiqbollari, bu boradagi oldimizda turgan strategik vazifalarga oid masalalarni tobora chuqurroq tushinib bormoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda joylarda fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji, jamiyat hayotidagi muhim masalalarni hal etishda nodavlat tashkilotlarining faolligi ortib bormoqda. Bu boradi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi alohida faollik ko‘rsatmoqda. Joriy 2015 yilda ham hamkor tashkilotlar va faol ekspertlar ishtirokida bu yo‘nalishdagi amaliy ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.
Download 138.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling