O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi Urganch Davlat Universiteti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1200796
Bog'liq
Taqdimot (15)



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
ta’lim vazirligi Urganch Davlat Universiteti 
Iqtisodiyot fakulteti Turizm yo’nalishi 213-
guruh talabasi Rajabboyeva Soporgulning
Servis faoliyati asoslari (amaliy) fanidan 
Mustaqil ishi


RESTORANLARDA MEHMONLAR ISHONCHI.
BARLARDAGI SERVIS 
Reja:
1.Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish. 
2.E’tirozlar va hayajonlarni yengish. Ish kunini yakunlanishi.
3.Bar ko‘rinishlari. Barlarni xizmat ko‘rsatuvchi personali. 
4.Barlarni jihozlanishi. Barda ishlash. Barlardagi servis.



Mehmonlarni kutib olish: 
- xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish va 
tezlik bilan til topishish
- doimiy mijozlarga alohida e’tibor berish;
- mijozlarga e’tibor va yon berish;
- xizmat qiluvchilarda dimog‘dorlik bo‘lmasligi
kerak



Har bir mijozga nisbatan ofitsiant mehmondo‘stlik, ziyraklik, 
bosiq, odoblilikni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi shart. Agar 
mijozlar biror masala bo‘yicha narigi stoldagi ofitsiantga 
murojaat qilib qolsalar, ofitsiant so‘zsiz quloq solishi, 
imkoniyati bo‘lsa bajarishi, agar imkoniyati bo‘lmasa, o‘sha 
mijozga xizmat qilayotgan ofitsiantni chaqirib masalani hal 
qilishi zarur. Bordiyu, mijoz biron-bir narsadan norozi bo‘lib, 
shovqin-suron ko‘tarsa, ofitsiant muloyimlik bilan, gunohkor 
bo‘lmasa ham, kechirim so‘rab tinchitishi kerak.



Turistlarni taklif qilishganda restoran tashqarasida va ichida 
qulayliklar bo‘lishi shart. Joylar toza va qulay ravishda asfalt 
qilingan bo‘lishi kerak, hamda axdat tashlaydigan idishlar 
bo‘lishi shart. Kiraverish joylarida telefon aparati va har-xil 
reklama qilingan rasmlar ham bo‘lishi mumkin. Restoran zaliga 
kirishda keluvchilar kutib olinadi, stollarga kuzatib qo‘yiladi, 
o‘tqaziladi va taomnoma bi-lan tanishtiriladi. Taom va 
ichimliklar tanlashda yordam beriladi. Buyurtma qabul qilinadi.



Har kuni bo‘ladigan «besh daqiqa» lik yig‘ilishda bosh 
ofitsiant ofitsiantlar brigadirlarining axbarotini eshitadi, 
ular zalda brigadaning necha a’zosi bor, qaysi stollar qaysi 
ofitsiantga tayinlanganligi haqida aytadi. Bosh ofitsiant 
xodimlarning tashqi qiyofasini ham tekshiradi, ular 
xizmatga tayyor ekanligiga ishonch hosil qiladi. So‘ngra 
bosh ofitsiant kechagi kun ofitsiantlar tomonidan yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni muhokama qiladi, olingan tanbeh va 
rahmatnomalar haqida gapiradi.



Butun ish kuni davomida bosh ofitsiant ovqatlar qoidaga binoan 
berilayaptimi, idishlardan to‘g‘ri foydalanilayaptimi, hisob-kitob 
to‘g‘ri amalga oshirilayaptimi — bularni nazorat qiladi. Bundan 
tashqari bosh ofitsiant mijozlarning taklif va e’tirozlariga quloq 
soladi, birinchi talabdayoq, «mulohaza va takliflar daftari»ni
iste’molchilarga olib chiqib beradi. Daftarga yozilgan mulohaza, 
taklif bo‘yicha shu zahotiyoq chora ko‘radi va restoran 
direktorini bu haqsa xabardor qiladi. Restoran yopilgach, bosh 
ofitsiant kun bo‘yi tushgan pulni ofitsiantlar kassaga 
topshirdimi-yo‘qmi, idish-anjomlarning topshirilganini 
tekshiradi. Xizmat qilgan xodimlar o‘z vaqtida uylariga 
ketishlarini ta’minlaydi.



Bar – kichkina restoran, ilgari mayxona nomi bilan atalgan. 
Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shuning bilan 
birga barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham 
bo‘lishi mumkin. Barlarning vazifasi – bu yerga keluvchilarga 
yaxshi xizmat ko‘rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda 
ko‘ngildagidek dam olish sharoitini yaratish, musiqa, 
sanoatkorlar chiqishi, videoeshittirishlar tashkil qilish. 
Assortimentga qarab barlar quyidagi turlarga bo‘linadi: pivo 
barlari, vino, sut-qatiq, kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-
xoll kokteyl-bardan zalining kattaligi, jihozlanishining turli-
tumanligi bilan farqlanadi.



Barlar odatda ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida, 
mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida 
ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha 
joylashadi:- vestibyullarda – bu yerda kishilar 
uchrashadilar, suhbat qiladilar;- restoran barlari – bino 
ichida, zalda joylashadi;- yordamchi barlar–mehmonxona 
qavatlarida joylashadi;- banket barlari – banket zallarida 
joylashadi;- mini - barlar – mehmonxonaning mehmonlar 
uchun mo‘ljallangan xonalarida joylashadi.



E’tiboringiz uchun raxmat!

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling