O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana03.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
VAZIRLIGI
VAZIRLIGI
VAZIRLIGI
VAZIRLIGI
VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI
RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
M.
M.
M.
M.
M. A. Azizov, S.
A. Azizov, S.
A. Azizov, S.
A. Azizov, S.
A. Azizov, S. S. Solixo‘jayev,
S. Solixo‘jayev,
S. Solixo‘jayev,
S. Solixo‘jayev,
S. Solixo‘jayev,
Sh.
Sh.
Sh.
Sh.
Sh. Q. Qambarova
Q. Qambarova
Q. Qambarova
Q. Qambarova
Q. Qambarova
GIGIYENA
Òibbiyot kasb-hunar kollejlari
uchun darslik
ÒOSHKENT „O‘QITUVCHI“ 2003
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ò a q r i z c h i l a r :
A. Mamatoxunova
A. Mamatoxunova
A. Mamatoxunova
A. Mamatoxunova
A. Mamatoxunova — Andijon davlat tibbiyot institutining
Umumiy va ijtimoiy gigiyena kafedrasi mudiri, dotsent;
B.
B.
B.
B.
B. X. Ulug‘boyev
X. Ulug‘boyev
X. Ulug‘boyev
X. Ulug‘boyev
X. Ulug‘boyev — Chust tibbiyot kollejining oliy
toifali gigiyena fani o‘qituvchisi;
Ò.
Ò.
Ò.
Ò.
Ò. O. Odilov
O. Odilov
O. Odilov
O. Odilov
O. Odilov — Kosonsoy tuman davlat Sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazi bosh  shifokori;
Q.
Q.
Q.
Q.
Q. A. Bahromov
A. Bahromov
A. Bahromov
A. Bahromov
A. Bahromov — Kosonsoy tibbiyot kolleji bo‘lim
boshlig‘i, oliy toifali o‘qituvchi;
Q.
Q.
Q.
Q.
Q. S. Inomov
S. Inomov
S. Inomov
S. Inomov
S. Inomov — Kosonsoy tibbiyot kolleji oliy toifali
o‘qituvchisi;
M.R.Raxmatullayeva 
M.R.Raxmatullayeva 
M.R.Raxmatullayeva 
M.R.Raxmatullayeva 
M.R.Raxmatullayeva — Toshkent sh. Shayxontoxur
tuman S.S.B ga qarashli o‘quv davolash kompleksi
tibbiyot kolleji oliy toifali o‘qituvchisi.
Mazkur darslik o‘n ikki bobdan iborat bo‘lib, unda gigiyena fani va
uning rivojlanish tarixidan tortib o‘rta ma‘lumotli tibbiyot hamshirasi
bilishi zarur bo‘lgan sanitariya va gigiyena qoidalarigacha bo‘lgan ma’lumotlar
to‘liq keltirilgan. Bundan tashqari havo, tuproq, suv, turar joy, ovqatlanish,
bolalar va o‘smirlar davolash muassasalari gigiyenasining asosiy masalalari
bayon etilgan.
Darslik tibbiyot kollejlari o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lsada,
undan oliy o‘quv yurtlari toliblari va shu soha mutaxassislari ham
foydalanishlari mumkin.
A
A
A
A
A
4102020000–118
4102020000–118
4102020000–118
4102020000–118
4102020000–118
353(04)—2003
353(04)—2003
353(04)—2003
353(04)—2003
353(04)—2003
Qat’iy buyur.
Qat’iy buyur.
Qat’iy buyur.
Qat’iy buyur.
Qat’iy buyur. —



— 2003
2003
2003
2003
2003
ISBN 5—645—04040—6
© „O‘qituvchi“ nashriyoti, 2003
www.ziyouz.com kutubxonasi

SO‘ZBOSHI
SO‘ZBOSHI
SO‘ZBOSHI
SO‘ZBOSHI
SO‘ZBOSHI
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng aholining
sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko‘tarish bo-
rasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumati-
ning qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu farmon va
qarorlarda ko‘rsatib berilgan vazifalarni to‘la-to‘kis bajarish-
da, jumladan, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush
tarzini yaratishda tibbiyot xodimlarining roli kattadir.
Òibbiyot xodimlarining asosiy vazifasi odamlarni davolash
ekanligi hammaga ma’lum. Ammo tibbiyot xodimlari odam-
larni davolash bilan birga kasallikning kelib chiqish sabab-
larini,  ana shu sabablarni bartaraf etish chora-tadbirlarini
ham bilishlari kerak. Bunday bilimni ular gigiyena fani orqali
egallaydilar. Gigiyena yunoncha so‘z bo‘lib, 
hygicinos —
sog‘lom     degan ma’noni anglatadi. Gigiyena inson vujudi va
faoliyatini tashqi muhit bilan uzviylikda o‘rganadi va tashqi
muhit sog‘lom bo‘lmay turib, inson sog‘lig‘ini ta’minlab
bo‘lmaydi, deb o‘rgatadi. Òashqi muhit deganda tabiiy va ijti-
moiy sharoitlar belgilaydigan omillar majmuyi — yer, suv,
havo, oziq-ovqat va shu kabilar tushuniladi. Inson organizmiga
tabiatda beto‘xtov sodir bo‘lib turadigan kimyoviy, biologik,
radioaktiv omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ammo insonga
tabiatning o‘zi ato etgan tabiiy moslanuvchanlik xususiyati
bunday ta’sirlarga qarshi turib, kasallik paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Gigiyena fani tashqi muhit omillarining inson organizmiga
ta’sirini tadqiq qilib, olingan ma’lumotlar asosida tashqi muhit-
ni, inson yashaydigan va mehnat qiladigan shart-sharoitlarni
yaxshilash, inson sog‘lig‘ini mustahkamlashning me’yor va
qoidalarini, yuqumli kasalliklarning oldini olish chora-tadbir-
larini ishlab chiqadi.
Qo‘lingizdagi mazkur darslikning asosiy vazifasi ham gigi-
yena fanining eng asosiy bo‘limlarini tibbiyot, hamshira (xo-
dim)lariga o‘rgatish, sanitariya-gigiyena tartib-qoidalarini tu-
shuntirishdan iborat. O‘ylaymizki, shu soxaning yetuk muta-
xassisi bo‘lishingizda darslik hamisha Sizga amaliy yordam beradi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi

4
ivojlangan jamiyatda inson sog‘lig‘ini muhofaza
qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu
vazifani hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom
turmush tarzini yaratishda tibbiyot xodimlari katta kuchdir.
Òibbiyot  xodimlari  profilaktik tadbirlarni amalga oshirish-
lari uchun egallagan nazariy va amaliy bilimlarining o‘zi kifoya
qilmaydi, buning uchun kasalliklarning oldini olish tadbirlarini
o‘zida mujassam etgan hamda profilaktik tibbiyotga nazariy asos
bo‘la oladigan bilimlarni ham egallashlari kerak. Bunday bilim-
larni 
gigiyena, ya’ni kasalliklarning oldini olish tadbirlarini
ko‘rish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘-
risidagi fan beradi. Gigiyena inson vujudi hamda faoliyati bilan
atrof-muhitning uzviyligini ta’kidlaydi. Muhit  sog‘lom bo‘lmay
turib, tananing sog‘lig‘ini ta’minlab bo‘lmaydi. Shu ma’noda
gigiyena tabiiy, ijtimoiy muhit — borliqning odam organizmiga
ijobiy, salbiy ta’sirini ham o‘rganadi va bu borada tavsiyalar
beradi. Òashqi muhit deganda tabiiy va ijtimoiy shart-sharoit-
lar tomonidan belgilangan maishiy va ishlab chiqarish omil-
larining majmuyi tushuniladi. Òashqi muhit omillariga yer, suv,
havo, oziq-ovqat va boshqalar kiradi. Odam organizmi tashqi
muhitning beto‘xtov harakatda bo‘lgan omillari (kimyoviy,
fizikaviy, biologik, radioaktiv) ta’siriga duch keladi, biroq
odamdagi tabiiy moslanuvchanlik xususiyati kasallik kelib chi-
qishiga yo‘l qo‘ymaydi. Organizm bilan muhit o‘rtasidagi tabiiy
muvozanatning buzilishi esa xastalikka zamin yaratadi. Chunki
moslashuvchanlik (adaptatsiya) ning chegarasi bor. Demak gigi-
yena fani inson sog‘lig‘i bilan tashqi muhit o‘rtasidagi muta-
nosiblikni saqlashning muhimligini (mehnat va ovqatlanish
shart-sharoitlarini yaxshilash, turar joylarni obodonlashtirish
va b.) izohlaydi.
Gigiyena tashqi muhit omillarining inson salomatligiga
ta’sirini o‘rganadigan va olingan ma’lumotlarga tayangan holda
tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, aholi sog‘lig‘ini mus-
GIGIYENA FANI, UNING RIVOJLANISH
GIGIYENA FANI, UNING RIVOJLANISH
GIGIYENA FANI, UNING RIVOJLANISH
GIGIYENA FANI, UNING RIVOJLANISH
GIGIYENA FANI, UNING RIVOJLANISH
ÒARIXI VA ASOSIY QONUNIYAÒLARI
ÒARIXI VA ASOSIY QONUNIYAÒLARI
ÒARIXI VA ASOSIY QONUNIYAÒLARI
ÒARIXI VA ASOSIY QONUNIYAÒLARI
ÒARIXI VA ASOSIY QONUNIYAÒLARI
R
I BOB
www.ziyouz.com kutubxonasi

5
tahkamlashning me’yor va tartib-qoidalarini, ayniqsa, yuqumli
kasalliklarning oldini olish, mehnat qobiliyatini oshirish, umr-
ni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir.
Gigiyena fani tavsiyalarini amaliyotga sanitariya (lotincha
sanitas  so‘zidan olingan bo‘lib, sog‘liqni anglatadi) muassa-
salari joriy qiladi.
Sanitariya faoliyati orqali gigiyena fani rivojlanadi. Demak,
gigiyena sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘risidagi fan
bo‘lsa, sanitariya-gigiyena qonun-qoidalari asosida amaliy faoli-
yat ko‘rsatadigan sohadir.
Òibbiyot xodimlari ishlab chiqarish va turmush shart-sha-
roitlarining odamga ta’sirini chuqur o‘rganib, kasalliklar sa-
bablarini tahlil qilganlaridan keyingina kasallikni davolash, ke-
yinchalik esa uning oldini olishning samarali chora-tadbirlarini
ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. I. P. Pavlov „Zamonaviy tibbiyot
kasalliklarning hamma sabablarini bilib olgandagina kelajak tib-
biyotiga, ya’ni keng ma’nodagi gigiyenaga aylanadi“,— deb bejiz
aytmagan.
Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining
umumiyligi bilan shuningdek, ular o‘rtasida moddalar va ener-
giya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi orqali
isbotlanadi. Òashqi muhitning organizmga ta’siri organizmning
o‘sish jarayonlari deb ataladigan jarayonlari: nafas olish, ovqat-
lanish, termoregulatsiya va boshqalarni o‘zgartirishida namo-
yon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tash-
qi muhitning ana shu ta’siriga, uning sifati va miqdoriga bog‘liq
bo‘ladi. Òashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta’siri
ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
I. P. Pavlov organizm noodatiy tashqi muhit omillari ta’siriga
duch kelganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda muhit bi-
lan organizm o‘rtasidagi muvozanat buziladi, deb ko‘rsatib
o‘tgan edi.
Odam organizmiga ta’sir  ko‘rsatadigan tashqi muhit omil-
larini, ularning tabiatiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘lish mumkin:
— fizik omillar jumlasiga atrofimizdagi havoning tempe-
raturasi, namligi va  harakati, atmosfera bosimi, quyosh radi-
yatsiyasi, radioaktiv nurlar, shovqin va boshqalar  kiradi;
— kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv yoki oziq-ovqat
tarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga
ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi;
www.ziyouz.com kutubxonasi

6
— patogen mikroblar, zamburug‘larning ba’zi turlari va
boshqalar (gelmintlar) biologik omillardir. Bular organizmga
ta’sir qilar ekan, infeksion yoki parazitar kasalliklarni kel-
tirib chiqaradi.
Aytib o‘tilgan omillarning odamga ta’sir qilish-qilmasligi
mehnat faoliyati, turar joy shart-sharoitlariga, ovqatining ta-
biatiga va jamiyatning ijtimoiy tuzumiga aloqador boshqa bir qan-
cha turmush sharoitlariga bog‘liqdir.
EKOLOGIYA 
EKOLOGIYA 
EKOLOGIYA 
EKOLOGIYA 
EKOLOGIYA  HAQIDA 
HAQIDA 
HAQIDA 
HAQIDA 
HAQIDA  TUSHUNCHA
TUSHUNCHA
TUSHUNCHA
TUSHUNCHA
TUSHUNCHA
Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiatning o‘zaro muno-
sabatida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bos-
qich tabiiy boyliklarni g‘oyatda ko‘p o‘zlashtirish, sayyo-
ramizdagi mavjud resurslardan misli ko‘rilmagan darajada foy-
dalanish bilan tavsiflanadi. Fan-texnika taraqqiyoti ilgari ma’lum
bo‘lmagan texnik  va texnologik vositalarni yuzaga keltirdi. In-
son fan-texnika taraqqiyoti natijasida tabiatga munosabat bo-
rasida yangi bosqichga ko‘tarildi, natijada u o‘ziga ilgari
bo‘ysunmagan ko‘pgina kuchlarni jilovlab oldi.
Fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, insonning tabia-
tiga ta’sir ko‘rsatish doirasi va miqyosining kengayganligi nati-
jasida tabiiy muhitda qator salbiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bun-
day o‘zgarishlar oqibatida hayotning moddiy asoslariga putur
yetmoqda, atrof-muhit jamiyat hayot faoliyati uchun yaroq-
siz holatga kelib, sayyoramizning tanazzulga uchrash xavfi
tug‘ilmoqda.
Ekologiya muammosi hozirgi kunda „Asr mavzusi“ ga ay-
lanib, jahon jamoatchiligining diqqat markazida turibdi. Ishlab
chiqarish jarayonlari oqibatida atrof-mihitning ifloslanishi faqat
kelgusi avlodlar uchun emas, balki hozirgi avlod uchun ham
ijtimoiy halokat ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Inson-
ning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib,
sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanib borishi bilan bir-
ga, uning tabiatga va atrof-muhitga zararli  ta’siri ham ortib
bormoqda.
Keyingi 100 yil ichida insoniyat energetika boyliklarini 1000
barobar ko‘paytiradi, buning oqibatida esa tabiatga jiddiy va
uzoqqa cho‘ziladigan salbiy ta’sir o‘tkazadi. Fan-texnika taraq-
qiyoti davomida  bu ko‘rsatkichlar yana ham o‘sadi. Rivojlan-
gan mamlakatlarda tovar va xizmatlarning   umumiy hajmi har
www.ziyouz.com kutubxonasi

7
15 yilda 2 baravarga ortishi bilan birga, atmosferani, suv hav-
zalarini, tuproqni bulg‘ovchi xo‘jalik faoliyati  miqdori ham 2
baravar ko‘payib bordi.
„Ekologiya“ atamasi yunoncha „oykos“ (uy, yashash joyi)
va „logos“ (ta’limot, fan) so‘zlaridan olingan. Ekologiya mus-
taqil fan sifatida XIX asrda yuzaga keldi. Ammo uning ekologiya
deb atalib, umumiy lug‘atga kirishi faqat oxirgi 10 yillikka to‘g‘ri
keladi.
Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash
mumkin:
— hayotning tashkil topish qonuniyatlarini, shu jumla-
dan, tabiat tizmalari va umuman biosferaga antropogen ta’sir
munosabati bilan shu qonuniyatlarni tadqiq etish;
— tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishning ilmiy asos-
larini yaratish, xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiatda ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni oldindan bilish, biosferada ke-
chadigan jarayonlarni boshqarish va inson yashaydigan muhitni
saqlab qolish;
— populatsiyalar miqdorini tartibga solish;
— agrosanoat kompleksida kimyoviy vositalarni mumkin
qadar kamroq qo‘llashni ta’minlaydigan chora-tadbirlar ti-
zimini ishlab chiqish;
— buzilgan tabiiy tizimlarni qayta tiklash, shu jumladan,
foydalanilmay tashlab  qo‘yilgan qishloq xo‘jalik ekin maydon-
lari, yaylovlar hosildorligini tiklash, suv havzalarini tozalash
va boshqa ekotizimlarni talab darajasiga keltirish;
— biosferaning etalon standartini saqlash;
— muhit sifatini saqlash va yaxshilashga oid texnikaviy,
huquqiy, tashkiliy boshqaruvning istiqbolga mo‘ljallangan, piro-
vard maqsadi aholi salomatligi darajasi va turmushi sifatini
ko‘tarish bo‘lgan tadbirlar majmuyini takomillashtirish;
— yakka tartibda tanlash tizimini tashkil etish, odatiy
bo‘lmagan sharoitlarda yangi o‘zlashtirilgan, sanoat va aholi zich
yashaydigan joylarda mehnat qiluvchilarning moslashuvini tez-
lashtiruvchi vositalarini iqlim-geografik xususiyatlarini hisobga
olgan holda ishlab chiqish;
— xavfli tibbiy voqea-hodisalar va texnikaviy majmualar
buzilishi natijasida odamlarning nobud bo‘lishiga va ularning
salomatligiga zarar yetkazmaslik yo‘llarini qidirib topish;
www.ziyouz.com kutubxonasi

8
— ekologik ongni, ekologik madaniyatni tarbiyalash antro-
poekologiya ta’limi tizimini shakllantirish va ommaviy axborot
vositalarining bu boradagi ishini faollashtirish.
GIGIYENA 
GIGIYENA 
GIGIYENA 
GIGIYENA 
GIGIYENA  ÒARAQQIYOÒI
ÒARAQQIYOÒI
ÒARAQQIYOÒI
ÒARAQQIYOÒI
ÒARAQQIYOÒI  ÒARIXI
 ÒARIXI
 ÒARIXI
 ÒARIXI
 ÒARIXI
Har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy formatsiyalar evo-
lutsiyasi bilan, texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan uzviy
bog‘langan. Shu nuqtayi nazardan gigiyena  tarixi turli davr-
lardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirini aks etti-
radigan bir necha bosqichga bo‘linadi.
Gigiyena rivojlanish tarixi nisbatan uzoq emas. Gigiyenaga
oid bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib,
mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq odamlar gigiyena va
sanitariyaning ma’lum qonun-qoidalariga qadim zamonlarda ham
rioya qilishgan. Òarixiy hujjatlar, san’at asarlari va arxeologik
qazilmalar ma’lumotlari eramizdan  ancha ilgariyoq sanitariya
qonunlarining ba’zi elementlari mavjud bo‘lganligidan hamda
ma’lum sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirib kelinganligi-
dan dalolat beradi.
Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi 3000—
4000-yillar) ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish va
dam olish tartibi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bor. Ularda badanni
toza tutish zarurligi gapirib o‘tiladi, murdalarni ko‘mish qoi-
dalari ma’lum qilinadi va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari
Misrda axlatlarni yo‘qotish va botqoqliklarni quritish ishlari
uyushgan holda o‘tkazilgan, sug‘orish sistemalari va vodo-
provodlar barpo etilgan.
Qadimgi Yunoniston va Spartada yoshlarni jismoniy jihat-
dan rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan, olimpiya sport
musobaqalari o‘tkazib turilgan. Afinada oqova suvlarini yo‘qotish
uchun kanalizatsiya qurilgan. Bu joyda uylar qurish va ovqat
masalliqlarini sotish ustidan sanitariya nazorati ham tashkil
etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun Qadim-
gi Yunonistonda binolar oltingugurt va xushbo‘y moddalar
tutatib dudlangan.
Qadimgi Yunonistonning buyuk shifokori Gippokrat (mi-
loddan avvalgi 460—477-yillar) gigiyena masalalariga ba-
g‘ishlangan: „Sog‘lom turmush ma’romi to‘g‘risida“, „Havo,
suv va joylar to‘g‘risida“ deb nomlangan asarlarida tashqi
muhitning odam salomatligiga ta’sir qilish omillari hamda shu
www.ziyouz.com kutubxonasi

9
omillarning kasalliklarga nechog‘li aloqadorligi to‘g‘risidagi o‘z
kuzatuvlari va nazariy mulohazalarini bayon qilgan.  Gip-
pokratning „ muhit nazariyasi“ ni keyinchalik Platon, Aristo-
tel va boshqa olim hamda faylasuflar rivojlantirganlar.
Yunonlar madaniy boyliklarining vorislari bo‘lmish rim-
liklar yunonlardan gigiyenaga oid bilimlarni meros qilib oldilar
va sanitariya obodonchiligi sohasida o‘z ustozlaridan o‘zib ket-
dilar. Qadimgi Rimni suv bilan ta’minlaydigan va kanalizatsiya
inshootlari o‘sha zamon uchun muhandislik mo‘jizasi bo‘lgan.
Qadimgi Rimda tog‘ buloqlaridan har bir kishiga bir kecha-
kunduzda 0,5—1 m

 suv yetkazib beradigan 14 ta yirik va 20 ta
mayda vodoprovod bo‘lganligini aytib o‘tish kifoya. Rimda ax-
latlarni zararsizlantirish zamonaviy usullarining ibtidosi mavjud
bo‘lgan. Narsa qo‘shib, masalliqni qalbakilashtirish va buzilgan
oziq-ovqatlarni sotish man qilingan, binokorlik ishlari ustidan
sanitariya nazorati olib borilgan.
Asriy axlatlarni tozalash ishi dastlab 1609-yilda Parijda
o‘tkazilgan va 1780- yilga kelib axlatni ko‘chaga tashlash oda-
tiga qarshi kurashishga kirishilgan. Ichki kiyim va choyshab,
ko‘rpa jildlari XVIII asrgacha noyob ashyo bo‘lib, bitliqilik juda
keng tarqalgan, hatto qirol xonadoni ham bundan mustasno
bo‘lmagan. Ovqat uchun  tutiladigan alohida idish Yevropada
taxminan XVI asrda paydo bo‘lgan.
O‘rta asrlar tarixi haddan tashqari katta epidemiyalar va
Yevropa aholisining qirilishini bir qadar aks ettiradigan tarixdir.
O‘rta  asrlarda  Yevropada  chechak, tif, gripp epidemiyalari
bir-biriga ulanib turgan. Òanosil kasalliklari, teri va ko‘z kasal-
liklari keng tarqalgan. XVI asrda toun epidemiyasi Yevropa aho-
lisini to‘rtdan bir qismining yostig‘ini quritgan. Yangi paydo
bo‘lgan burjuaziya sinfi sanoatni rivojlantirish, mehnat unum-
dorligini oshirish va foydani ko‘paytirishdan manfaatdor edi.
Bunday maqsadga erishishida unga sog‘lom ishchilar kerak
bo‘lganligi uchun ham u ma’lum  sanitariya chora-tadbirlarini
amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Ketma-ket sodir bo‘lib tur-
gan epidemiyalar yirik shaharlarda sog‘lomlashtirishga oid
shoshilinch sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni,
vodoprovod, kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqozo etdi.
XIX asrning o‘rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlari-
ning gurkirab rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davr-
ni boshladi. Bakteriologik va fizik-kimyoviy tahlil usullari gigi-
www.ziyouz.com kutubxonasi

10
yenaga ham kirib keldi, aholi istiqomat qiladigan hudud va uy-
joylar sanitariya holatini sog‘lomlashtirish, ovqatlanish gigiye-
nasi, me’yor va talablarni asoslashda qo‘llanila boshlandi. Bu
gigiyenadagi eksperimental yo‘nalishning ibtidosi bo‘ladi.
Ingliz olimi Parks va nemis gigiyenisti Pettenkofer gigiyena
fanining asoschilari hisoblanadi. Parks 1857-yilda tashqi muhit
omillarini fizik-kimyoviy va bakteriologik tekshirish natijalariga
asoslangan gigiyenaga oid asarini nashr ettirgan bo‘lsa, Pet-
tenkofer gigiyenaning aniq fanga aylanishiga yo‘l ochgan ko‘p
yillik laboratoriya-statistik tekshirishlarini o‘tkazdi. Pettenko-
ferning turar joylarni shamollatish (ventilatsiya qilish) va isi-
tish sohasida olib borgan tekshirishlari muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi.
Pettenkoferning zamondoshi va hamkori — fiziolog Foyt-
ning ovqatlanish fiziologiyasi va gigiyenasi sohasidagi ishlari,
ayniqsa qimmatlidir. Pettenkoferning izdoshlari Rubner va
Flugge havo, tuproq, suv, turar joy va kiyim-kechakka sani-
tariya nuqtayi nazaridan baho berishning gigiyenik me’yorlarini
ishlab chiqdilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida bakteriologiyaninig rivojla-
nishi mashhur Lui Paster (1822—1895) kashfiyotlari bilan
bevosita bog‘liq. Uning kashfiyotlari turar joylar, aholi yashay-
digan joylarni sog‘lomlashtirish va kasalliklarning oldini olish
masalalarini hal qilish uchun gigiyenada yangi tekshirish usul-
laridan foydalanish imkonini berdi. Bu gigiyenaning yangi so-
halari epidemiologiya va sanitariya bakteriologiyasining tez rivoj-


Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling