O`zbekiston respublikasi oliy va o`rtamaxsus ta`lim vazirligi
Download 38.69 Kb.
|
zulfiya opa
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHIRCHIQ DAVLATPEDAGOGIKAUNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI
- MAVZU: Vokal-xor malakalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarda kuylash malakalarini rivojlantirish
CHIRCHIQ DAVLATPEDAGOGIKAUNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI Boshlang`ich ta`limi yo`nalishi Musiqa o`qitish metodikasi fanidan
MAVZU: Vokal-xor malakalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarda kuylash malakalarini rivojlantirish REJA:
KIRISh Asosiy qism 1. O’quvchilarda vocal malakalarini rivojlantirishning ahamiyati. 2. Vokal-xor malakalarini shakllantirishning maqsadi. 3. Boshlang‘ich sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish. 4. Boshlang‘ich sinflarda kuylash malakalarini shakllantirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish. 5. Boshlang’ich sinflarda qo’shiq kuylashni o’rgatish metodlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. KIRISH Respublikamiz mustaqillika erishgan dastlabki yillardan boshlab, har tomonlama rivojlangan, maʼnaviy va axloqiy salohiyati yuksak barkamol inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor yoʼnalishlari qatoridan oʼrin olib kelmoqda. Zamonaviy jarayonda o‘tmish an’analariga yangicha qarash, ilg‘or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya’ni insonlarni ruhiy hamda ma’naviy tarbiyasiga asos bo‘la oladigan omil sifatida qaraladi. O‘quv-ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e’tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. Qolaversa, ta’limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada o‘qitish mezonida qo‘llanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yahlit bir o‘quv adabiyoti ko‘rinishiga keltirib takomiliashtirish taqozo etilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarorida “umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi”. Olib borilayotgan islohatlar shuni ko‘rsatib turibdiki, o‘zbek milliy musiqa san'atining kelajagi porloqdir. Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san’at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Vokal malakalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak o’quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Asosiy vazifalardan biri ovoz xosil qilish malakalari va fiziologiyasini o‘rganish hamda uni amalda qo‘llay olish, shuningdek, vokal malakalarini rivojlantirish va amaliy ko’nikma xosil qilishdan iborat. O‘quvchilarning vokal malakalarini rivojlantirish musiqanining sir-sinoatlarini bilish, nazariy va amaliy savodxonligini o‘stirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham qadimdan o‘zining boy milliy ma'naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analariga ega bo‘lib kelgan tarixan juda o‘tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko‘p janrlidir. Musiqiy xisni barcha yoshlarda rivojlantirish mumkin. Iste'dodni ma'lum sharoitda ustirish mumkin. Inson nerv sistemasi atrof muhit talabiga ko‘ra doimiy o‘sish va o‘zgaruvchanlikda. Musiqani xis eta olishning, ya'ni musiqiy tilni tushinishning, uning ma'nosini idrok etishning - agar bu vazifaga to‘g‘ri yondoshsa barcha insonlar uchun u yoki bu darajada imkoni bor. Tovush balandligini xis etish, ritm xissi, ladlar xissi, garmonik eshitish va boshqa musiqiy elementlarni xis etishni rivojlantirish mumkin. Jonli ijro vaqtida musiqiy til orqali borliqni, uning mahnosini tushinishni o‘rganish mumkin.
Tarbiyaning boshida ovozni to‘g‘ri xosil qilishning elementar bilimlari uchun ishlatiladigan mashqlar beriladi va xatto shu ma'nosiz (tekstsiz) mashqlarni xam musiqiy xis bilan ijro etishga axamiyat beriladi. Xar bir xato eng oddiy bilimlar xam elementar ijrochilik vazifalari bilan bog‘li bo‘lishi lozim. Musiqiy mashqlarni oddiy notalar ketma-ketligi shaklida kuylash mumkin, yoki aksincha rivojlangan musiqiy fikr sifatida kuylash xam mumkin. Vokalizlarni ijro etayotganda xam, asar ijrosi vaqtida xam, musiqiy obraz birinchi urinda bo‘lmog‘i lozim. Shunday qilib xonandaning vokal texnikasi birinchi mashqlardan to mukammal ijroga qadar musiqiy tasavvur bilan bog‘liklikda bo‘lishi kerak.
O’quvchilar ovozini to‘g‘ri tarbiyalash va saklash uchun ular bilan muntazam suhbatlar va tushuntirish ishlari o‘tkazib turish lozim. O’quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish uchun, avvalambor ularda musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun asarning kuy yo‘nalishi, lad-garmonik tuzilishi, janri va hokazolarni bilishi lozim. Buning uchun nafaqat musiqa qonunlari, prinsiplari, musiqaning tuzilishi shakida bilish, balki musiqaga nisbatan muhabbat va qiziqish bo‘lmog‘i darkor. Gohida musiqaning hamma koidalarini biluvchi mutaxassis musiqachini uchratamiz, lekin u musiqaga nisbatan emotsional lokayd bo‘ladi. Gohida musiqa qonun-koidalaridan mutlako behabar, ammo musiqani jonu dili bilan sevuvchi insonlarni ko‘ramiz. Shuning uchun musiqiy tarbiyaning yeng asosiy vazifasi o’quvchilarga musiqiy qo’shiq o‘rgatish, musiqa savodi, nota yozuvini o‘rgatish emas, balki ularda emotsional ko‘tarinqilikni, badiiy-estetik dunyoqarashni, estetik didni shakllantirishdir. Darsda belgilangan asosiy pedagogik maqsadlar, musiqani idrok etish musiqiy faoliyatlar uzviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda musiqiy malakalarni shakllantirish jarayoni samarali kechadi. Chunonchi: -musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish; -musiqani idrok etish malakalarini o‘stirish; -kuylash malakalarini o‘stirish; -musiqa nazariyasi asoslarini o‘rgatish; -musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish, unga muvofiqharakatlar qilish bilan ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirish; -musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o’quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni shakllantirish va boshqalarga erishadi. Natijada o’quvchilarda musiqa haqida mushoxada yurgizishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma'nolarda tushunish mumkin. Keng ma'noda-insonning ruhiy ehtiyojlarini, axloqiy tasavvurlarini, g‘oyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeliklarni estetik baholash xissini shakllantiradi. Tor ma'noda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga oshiriladi. Musiqani emotsional xis etish, uning mazmun mohiyatini anglash musiqiy madaniyatga O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti аsаrlаri 3.1. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi vа inson mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа xаlq fаrovonligining gаrovi. T: “O‘zbekiston”, 2017. 3.2. Mirziyoyev SH.M. Erkin vа fаrovon, demokrаtik O‘zbekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo etаmiz. T:«O‘zbekiston», 2017. 3.3. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelаjаgimizni mаrd vа olijаnob xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. T: “O‘zbekiston”, 2017. 3.4. Kаrimov I.А. Istiqlol vа mа’nаviyat. –T: “O‘zbekiston”, 1994. -160 b. 3.5. Kаrimov I.А. Yuksаk mа’nаviyat – yengilmаs kuch. –T: "O‘zbekiston”, 2008. ‒ 176 b. 3.6. Kаrimov I.А. Onа yurtimiz bаxtu iqboli vа buyuk kelаjаgi yo‘lidа xizmаt qilish – eng oliy sаodаtdir. –T: "O‘zbekiston”, 2015. ‒ 304 b. Download 38.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling