O`zbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi


Download 120.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.09.2020
Hajmi120.63 Kb.
#129933
Bog'liq
kompyuter viruslaridan ximoyalanishb


 

O`zbekiston Respublikasi  Oliy va urta maxsus ta’lim  vazirligi 

 

 

O`rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limini  rivojlantirish instituti 



 

Malaka  oshirish  va  qayta  tayyorlash  fakulteti 

 

Axborotlashtirish   va  pedagogik   texnologiyalar kafedrasi 



 

 

"Axborot  texnologiyalari"  fanidan 



 

 

 



     

"Kompyuter viruslaridan ximoyalanish"  mavzusi  buyicha 

 

 



 

        


 

   


 

 

 



 

 

 



 

 

    Muallif : Kosimov  Alijon 



                       Andijon  viloyati  Marxamat tumani  

                       Marxamat agrosanoat kasb-xunar 

                       kollejining Informatika fani ukituvchisi 

 

    Raxbar:      Allamov U. 



 

    Takrizchi:  Kodirov X.K. 

 

 

                   



 

 

 



                                          Toshkent 2003 

 

 

Mavzu:  Kompyuter viruslaridan ximoyalanish (2-soat) 

 

 

 

Ma’ruzaning maksadi.  Kompyuter viruslari, ularning  turlari  va            ulardan    

ximoyalanish  kunikma va  malakalarini shakllantirish.   

 

 

Metodik  kursatmalar:  Mavzu  munozara  va    kompyuterda    mavjud  bulgan 



antivirus  dasturlaridan  amaliy      foydalanishni  urganish  xamda      extiyot  chora-

tadbirlarini kurish buyicha kunikma va bilimlarini  uzlashtirishga  karatiladi. 



 

 

Tayanch iboralar: Kompyuter virusi, revizor dasturlar, doktor revizorlar, detektor 

dasturlar,  filtr  dasturlar,    Aidstest,    DrWeb,    ADinf,    Sherif    dasturlari,  VOOT  

sektor, SCANDISK, DIR virus, arxivlash, segmentasiyalash. 

 

                                             



R Ye J A : 

 

 

1.

 

Kirish. 

 

2.

 

Kompyuter virusi nima  va  uni   kanday aniklanadi? 

 

3.

 

Kompyuter viruslarini kanday turlarga   ajratish mumkin? 

 

4.

 

Kompyuter  viruslaridan kanday ximoyalanish mumkin? 

 

5.

 

Virusdan ximoyalanish uchun kanday extiyot – choralari  

 

     kuriladi? 

 

6.

 

Xulosa 

 

 



 

 

 

 

 

 

                                       -  2  -  

 


 

                                                       K i r i sh 

 

 



Xozirgi  kunda  20000  dan  ortik    kompyuter  viruslari  mavjud  bulib,    ular 

kompyuterda  ma’lumotlarning  ishonchli  saklanishiga  xavf soladi  va kompyuter 

ishlashi  jarayonida  turli  muammolar  kelib  chikishiga  sabab  buladi.   Shu bois 

kompyuter    viruslari,  ularning    turlari,  yetkazadigan  zararlari  xamda    ulardan 

ximoyalanish uchun kuriladigan choralar bilan tanish bilan muxim.  

Kompyuterlardagi 

virus 

masalasi 



bugungi 

kunda 


kompyuterdan 

foydalanuvchilarning  eng  dolzarb  muammosidir.  Bu  xammani  tashvishga 

solmokda.  Kompyuter  virusi  uzi  nima?  Bu  aslida  uta  kuchli,  yukori  malakali 

dasturchilar  («xakerlar»)  tomonidan  yozilgan  dastur.  Ular  odatda  kup  martalab 

nusxalanadi  va  ijrochi  fayllarga  «yopishib  oladi».  Ularning  «ishga  tushishi» 

okibatida gox displeyda turli yot yozuvlar bulishi, gox diskdagi yozuvlar (fayllar) 

uchirib  yuborilishi  yoki  kompyuterda  dasturlarning    unumli  ishlashiga  xalakit  

berib,  uning  ishini  sezilarli  sekinlashtirib,  xatto  ma’lumotlarni  ishonchliligini  

yukotishi  va buzib  yuborishi  mumkin.  Yana bir tomoni  virus  ta’siri natijasida  

boshka    amaliy  dasturlarga    xam    «sukilib  olishi»    va    butun    kompyuterni  

ishlashiga, ya’ni  tizim  dasturlarga  «ilashib» olib mavjud barcha dasturlarga  uz  

ta’sirini  kursatishi  mumkin.  

Shuning  uchun    xam    biz    kompyuter  viruslarini    kelib  chikishi,  ularning  

salbiy ta’sirlari, namoyon  bulish  sharoitlari  va  ularning zararlari  xamda ularga  

karshi    kurashuvchi    antivirus  dasturlardan  foydalanish,  ulardan    ximoyalanish  

chora – tadbirlarini  urganib  chikishimiz  lozimdir. 

Xozirgi    kunda    kompyuter  viruslarining    turli  xil    kurinishlari    yoki  virus 

dasturlar  juda  kuplab  yaratilmokdaki,  bu  ularga  karshi  kurashish  uchun  turli  

antivirus    -  virusga    karshi    kurashuvchi    dasturlar  yaratilmokdaki,    ulardan  

foydalana    bilish    va    extiyot    choralarini    kurishni    xar-bir  kompyuter 

foydalanuvchisi bilishini talab  kiladi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

                                       -  3  -  

                                       

 

      II.  Kompyuter virusi nima  va uni kanday aniklanadi? 

 


 Kompyuter virusi – bu maxsus yozilgan dastur bulib, u boshka dasturlarga 

kushilishi  (ya’ni  uni  zaxarlashi)  mumkin,    shuningdek    kompyuterda  noma’kul  

xarakatlarni  amalga oshirishi mumkin.  Ichida  virus bulgan dastur «zararlangan» 

deyiladi.  Bunday  dastur  ishni  boshlaganda  boshkaruvni  avvalo    virus  amalga 

oshiradi.  Virus  boshka  dasturlarni    topadi  va  zararlaydi,    shuningdek  kandaydir 

buzgunchi    xarakatlarni  bajaradi  (masalan,  diskdagi  fayllarni  va  shu  fayllar 

joylashgan  jadvalni  ishdan  chikaradi  (buzadi),    operativ  xotirani  bular-bulmas 

«axlat»  bilan  tuldiradi  va  x.k.)  Virus  uzini  yashirish  maksadida  dasturni 

zararlantirish    xarakatlari  xar  doim  xam  bajarilavermaydi.  Ular  fakat  muayyan 

sharoitda  amalga  oshadi.  Virus  kerakli  xarakatlarni  bajarib  bulgandan  sung,  u  

boshkaruvni    usha  dasturga  beradi  (virus  shu  dasturning  ichida  yotadi)  va 

oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir katorda virus bilan zararlangan dastur xuddi 

viruslanmagan  dastur kabi faoliyat kursatadi. 

 Odatda  foydalanuvchiga  virus  dasturlarining  nomigina  ma’lum  bulishi 

mumkin. Masalan, Black Hole (kora teshik), Black Friday (kora juma), Friday 13 

(un  uchinchi  juma)  va  «sekin  ta’sir  kiluvchi  virus».  Mazkur  viruslar  ekranning 

chap  burchagidan  kora  teshik  ochishi  yoki  13  sana  juma  kunlari  ishlayotgan 

fayllarni  yukotishi,  bundan  tashkari  kiska  vaktda  kompyuter  ishini  bir  necha  yuz 

marotalab sun’iy sekinlashtirib yuborishi mumkin. 

Odatda  TR-viruslar  deb  nomlanuvchi  viruslar  guruxi  ajoyib  xossaga  ega. 

Zararlangan  dasturni  kurish  chogida  virus  dasturi  tugrilangan  dastur  ichiga 

«sukilib»  kirib  oladi  va  uzini  namoyon  etmaydi.  Shunga  uxshash  pokistoncha 

viruslar  (Brain  Ashet)  xam  zararlangan  kompyuterlarda  uz  «faoliyatini» 

ayyorlarcha olib boradi. 

 

               Kompyuter  virusi  kanday  namoyon  buladi? 

 

Kompyuter  zararlanganda  bir  kancha garoyib  xodisalar  yuz  beradi: 



-

 

ba’zi bir dasturlar  ishlamaydi  yoki  yomon ishlay boshlaydi; 



-

 

ekranga boshka xabarlar yoki simvollar chika boshlaydi; 



-

 

kompyuter ishlashi sekinlashadi; 



-

 

ba’zi bir fayllar buziladi yoki  ularning xajmi  ortikcha  xar-xil yozuvlarni 



kushish xisobiga uzgaradi, kattalashadi; 

-

 



operativ xotiraning bush joyi  kiskaradi; 

-

 



sistemali  disketadan  dasturlarni    yuklash  kiyinlashadi  yoki    umuman 

yuklanmaydi  va x.k. 

 

 

                                       -  4  -  



 

Shuni  ta’kidlash  kerakki,    dasturlar  va  xujjatlar  matnlari,  berilganlar  

bazasining  axborot    fayllari,    jadvallar    va    boshka      shunga    uxshash    fayllar  

zararlanmaydi.  Ular fakat  buzilishi mumkin. 

Virus bilan kuyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin: 


-  bajariluvchi  fayllar:  SOM    va    YeXE    kurinishidagi    fayllar.    Fayllarni 

zararlaydigan  viruslar    fayl    viruslari  deyiladi.    Bajariluvchi    fayllardagi    viruslar 

shu fayl  tegishli   bulgan  dastur  ishlaganda  uz  faoliyatini  boshlaydi; 

-  operasion    sistemaning  yuklovchisi    va  kattik    diskning      asosiy  

yuklovchisi    yozuvlaridan    iborat    fayllar.    Bu    soxalarni  zararlaydigan    viruslar  

yuklovchi    yoki    Boot      viruslari    deyiladi.    Bunday    viruslar      kompyuter  

yuklanishi  bilan  ishlay  boshlaydi  va  u  rezidentlik  xolatiga  utadi,  ya’ni  doim  

kompyuter xotirasida  saklanadi. Tarkalish  mexanizmi – kompyuterga kuyiladigan 

disketlarning    yuklovchi    yozuvlarini    zararlanishi.    Bularda    joylashgan    viruslar  

shu    kurilmalar,    kurilmalar    drayverlari,    ya’ni    xar  xil  kurilmalar    ishini 

ta’minlovchi    dasturlarga  murojaat  kila  boshlaganda  ishga  tushadi. 

 

 

III. Kompyuter virusini kanday turlarga   ajratish mumkin? 



 

Keng tarkalgan viruslarni ikki guruxga bulish mumkin: 

-  fayllar uchun (SOM, YeXE va DLL ni zararlaydi); 

-  Boot-viruslar  (disketlarni  boshlangich  yuklovchi  sektorlari  yoki  MBR  (Master 

Boot Recod) kattik disk yuklovchi soxasini zararlaydi. 

Tarmokka  zarar  keltiruvchi  aloxdda  viruslar  xam  mavjud.  Ular  replikatorlar  deb 

atalib,  tarmokdagi  barcha  yoki  kisman  abonentlarni  zararlaydi.  Ulardan  eng 

«taniklisi»  Morrisa  ismlisidir.  1988  yilda  ushbu  virus  Internet  tarmogidagi  

kompyuterlarga  zarar keltirib, «karomat» kursatdi. 

Fayl viruslarini sinflarga ajratish. 

Fayl  viruslari  kompyuterlarda  eng  ommaviy  tarkalgan  viruslar.  Ular  taxminan 

barcha  viruslarning  80  %  ini  tashkil  etadi.  Bu  toifa  kompyuter  viruslari  juda 

chidamli  bulib,  uz  vaktida  uning  oldi  olinmasa,  xakikiy  epidemiyaga  aylanadi. 

Masalan, RCE- 1813 yoki lerusalem (kuddus), Black Friday (kora juma) va boshka 

uta xavfli viruslardir. 

Fayl viruslari guruxi. 

Kupchilik  tarkalgan  fayl  viruslari  shtammalarga  ega,  ular  baza  versiyalaridan 

uncha  fark  kilmaydi.  .Shuning  uchun  fayl  viruslarini  kuyidagi  guruxlarga  bulish 

mumkin: 

 

 



 

                                       -  5  -  

 

- Vena guruxi. S-648 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili Venada topilgan; 



-  CASCADE  guruxi.  RC-1701  deb  nomlanuvchi  uning  birinchi  vakili  1988  yil 

urtalarida topiddi; 

-  kuddus  guruxi.  RCE-1813  deb  nomlanuvchi  uning  birinchi  vakili  1987  yilning 

oxirida kuddus universitetida topildi; 

-  TR  viruslar  guruxi  -  mazkur  viruslar  extimol  ular  Bolgariyada  ishlab  chikilgan. 

Uz  navbatida  bu  gurux  uch  kichik  guruxga  bulinadi.  VACSINE,  «musikali  kayta 



yuklash» va «uz-uzini yeb kuyuvchilar». Oxirgi ikkitasini Vankey Doodle xam deb 

atashadi. 

-  Datacrane.  Bu  gurux  vakillari  joriy  yilning  12  oktyabrida  faollashadi  va  A,  V, 

C.,D disklarning 8 sektorni ishdan chikaradi. 

-  Avenger  guruxi.  RCE-1800,  RCE-1000  deb  nomlanuvchi  mazkur  gurux  katta 

zararlash kobiliyatiga ega. U na fakat fayllarni bajarish chogida, balki uni ukish va 

ochish  vaktida  xam  zararlaydi.  Bundan  tashkari,  bu  toifa  viruslar  davriy  ravishda 

sektorlardagi fayl va papkalarni yukotadi. Vinchester matn xabarlarini yozadi. 

- island guruxi (Icelandic). 

Shu yerda ta’kidlash kerakki, Datacrime   va    island   guruxiga mansub viruslar 

xali bizning mamlakatimizda yuk.  

Boot - viruslarini sinflashtirish. 

Boot  viruslari  fayl  viruslaridan  tubdan  fark  kiladi.  Boot  viruslarining  soni  fayl 

viruslariga karaganda ancha kam va shuningdek ular sekinrok tarkaladi. 

Boot viruslari guruxi. 

Fayl viruslari kabi kup tarkalgan Boot    viruslari xam shtammalarga ega. Xozirgi 

vaktda  ushbu  viruslarni  kuyidagi  guruxlarga  ajratish  mumkin:  -  Italiya        guruxi.  

Bxl    -1S-a  deb  nomlanuvchi  uning  birinchi  vakili    1987  yilning  sungida  paydo 

buldi;. 

- Pokiston guruxi. Bu guruxga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi. Birinchi vakili 

Vgat 86 Pokistonning Laxor shaxrida 1986 yil kashf etilgan. 

Buzish  darajasi  buyicha  viruslarni  shartli  ravishda  ikki  turga  –  «illyuzion»  va 

«vandallar» ga bulish mumkin. «Illyuzion» gurux kandaydir yokimli musika sadosi 

yoki namoyish orkali virusni yuktiradi. 

«Vandal» suzining uzbekcha lugaviy ma’nosi madaniy yodgorliklarni xarob 

etuvchidir,  xuddi  shuningdek  dasturni  «vandallar»  xarob  kiladi.  Bu  toifa  yopik 

xolatda fayllarni sekin asta ishdan chikaradi. 

Mavjud  bulgan  viruslarning  kupchiligi  yadro  sistemali    fayllarni  afzal 

kuradilar, chunki kup zamonaviy kompterlarda  fayllar sistemasi bir xil nomlanadi.  

 

 



                                       -  6  -  

 

 



Masalan, viruslar aksariyat xollarda,  Command.com  fayliga  birlashadi va 

Dir  buyrugi  bilan  boshka  disk  va  direktoriyalarga  tarkaladi.  Kup  xollarda 

sistemaning zararlanishi kiritish-chikarish jarayoniga murojaat kilganda ruy beradi. 

Aslini  olganda,    viruslar    sistemalarga    birikib    ketish  uchun    xar    kanday   

yullarni  ishlatishadi,  shuning uchun xam  zararlanmaydigan  sistemalar yukdir. 

Kompyuterlarda  viruslar  tarkalishining    asosiy  yuli    bulib,    zararlangan  

disketlar  xizmat  kiladi.    «Virus»lar  borgan  sayin    beshafkat    va  xech  narsadan 

kurkmaydigan bulib boryapti, xatto eng yetuk  viruslarga  karshi dasturlar xam ular 

bilan  kurashishga    ba’zan  ojizlik    kilmokdalar.    Shunday  viruslar  mavjudki,  ular 

energiyaga boglik bulmagan  xotiraga  yashirinib olib,  sistemani tozalashda   juda 

katta  kiyinchiliklar  tugdirmokda.    Xatto  xakikiy  firma  belgisiga    ega  bulgan,  


sikilgan  dastur  xam  virusdan  xoli  ekanligiga  xech    kim  kafillik  bera  olmaydi.  

Viruslarni  CD  ROM    disklarning    shtampovka    jarayonida    xam  urnashganlik  

xollari  mavjuddir. 

Virus  faoliyati asosan 4 ta fazaga  ega: 

-

 

uxlash fazasi; 



-

 

kupayish fazasi; 



-

 

ishga kirishish fazasi; 



-

 

vayron kilish fazasi. 



Virus  ixtirochisi  asta-sekinlik  bilan  foydalanuvchining  ishonchini  kozonish 

maksadida, uxlash fazasini ishlatishi mumkin, chunki bunda virus kupaymaydi va 

ma’lumotlarni  buzmaydi.  Kupayish  fazasida  dasturning        ishga  tushishi  bilan  u 

namoyon  bula  boshlaydi.    Ishga  kirish  fazasi  virus  dasturidagi  belgilangan  vakt,  

oy,  yil    yoki    nusxa  kuchirishning    belgilangan  sonlaridan  keyin  ruy  beradigan  

vokealik  bilan  boglikdir.  Va  nixoyat,    vayron  kilish  fazasida  ommaviy  zararlash  

amalga oshiriladi. 

Kupayish  jarayonida  viruslar  uz  nusxalarini  boshka    dasturlarga      uzatadi 

yoki diskning ma’lum soxalariga  joylashib  oladi.  Sungra asl virusning  uzi bulib 

koladi va  kupayish    jarayonini   davom    ettiradi,    ya’ni    yangi virtual   nusxalarini  

kuchiradi. 

Viruslarning  kup  turlari    shunday  yaratilganki,    ular  zararlangan    dasturni 

ishlatganda        rezident    bulib  kolaveradi,  ya’ni    DOS  ni  yuklashdan    oldin  

kompyuter      xotirasida    vakti-vakti  bilan    boshka  dasturlarni    zararlab  boradi    va  

noma’kul    xarakatlarni    amalga    oshiradi.    Viruslarni  xarakati    juda    tez    amalga  

oshadi   xamda    ular   xarakatlari  tugrisida    xech kanday    xabar  bermaydilar.    Shu  

sababli,  foydalanuvchi  kompyuterdagi  noxush uzgarishlarni  uzi  sezishi  lozim.  

   


 

                                       -  7  - 

 

 

 

Diskdagi  fayl  sistemani  uzgartiradigan  viruslar.  

 

Odatda    bunday  viruslar  DIR    deb  ataladi.  Bu  viruslar  diskning  biror  bir 

soxasida    fayllarning    oxiri  sifatida    yashirinadilar.    Ular    kursatkichlar    boshini 

yozuv  oxiriga    olib  utib  kuyadi    va  NDD  (Norton  Disk  Doctor)    bilan 

tekshirilganda  diskning buzilganligi ma’lum buladi. 

 

Kurinmas va uzi differensiallanuvchi  viruslar 



 

Kup  viruslar  uzini  sezdirmaslik  uchun    sistemada    DOS  ga  murojaat  kila  

boshlaganda    fayllarni    xuddi    oldingi    xolatidek    ishlashini  ta’minlaydilar.  

Kurinmas  viruslar  shunday  tarzda  xarakat  kiladi.   

Uzi  differensiallanuvchi    virus  esa    uz    shaklini    takomillashtiradi.  Kup 

viruslar    boshkalar    uning  ishlash    mexanizmini    sezib    kolmasliklari    uchun  



uzining katta   kismini  kodlangan  xolda  saklaydi.  Bu  albatta  bunday viruslarni  

topishda  kiyinchiliklar  tugdiradi. 



 

 

 

 

BOOT  -  viruslar 

 

Ba’zida    disketdan    xech  narsa  kuchirmasdan    xam,    undan    kandaydir  

dasturni  yuklamay   turib  virus  bilan  zararlanish  mumkin.  Masalan,  STONE 

yoki MARS  kabi viruslar  mavjudki,  ular kompyuterni  yokishingiz  bilan  yoki  

kayta  yuklashingizda,  ichida  disket  kolib  ketgan  bulsa,  zarar yetkazishi  anik.  

Bunday  viruslar    BOTT  viruslar    deyiladi.    BOTT    Sektor    yuklanuvchi    soxa  

degan  suzdan    kelib    chikkan.    Kompyuter    yokilishi  bilan    disket    orkali  

yuklanishga    xarakat    kiladi,    agar    kompyuterda      yuklanish    disketi    bulmasa,  

buning    uddasidan      chika  olmaydi.    Lekin  disket  kanday  bulishidan  kat’i  nazar 

BOOT  viruslar  kompyuterni bemalol  zararlaydi,  shuning  uchun  extiyotkorlik  

talab  kilinadi. 

 

 

IV.



 

Kompyuter  viruslaridan kanday ximoyalanish mumkin? 

 

 

Eng  yaxshi    ximoya  turi – viruslarni   kay    tarzda   ta’sir    etishini   bilishdir.  

Viruslar  oddiy  dasturlar  bulib,  biror  garoyib  kuchga  emasdir.  

Kompyuter    viruslar    bilan    zararlanishi    uchun      undagi    biror    bir  

zararlangan    dastur    ishlashi    talab    kilinadi.    Shuning    uchun    kompyuterning 

birlamchi  zararlanishi  kuyidagi  xollarda  ruy  beradi:   

 

                                       -  8  -  

 

- kompyuterdagi  virus bilan zararlangan dasturlar  yuklanishi (SOM, VAT 



yoki YeXE  fayllar)   yoki  modulizararlangan  dasturning  ishlatilishi; 

-

 



kompyuterga  virusli  disketning  yuklanishi; 

-

 



kompyuterga  zararlangan  OS yoki kurilmalarning zararlangan       

      drayverlarining urnatilishi. 

Viruslardan  kuyidagi  usullar  bilan  ximoyalanish  mumkin: 

-

 



disketadan  ukilayotganda albatta virus  borligiga  tekshirish; 

-

 



axborot    nusxalarini      kuchirish,    shuningdek  disklar  va  axborotlarni  

saklash    uchun    ishlatiladigan    umumiy      koidalardan      foydalanishi,  

disklarni    jismoniy    zararlanishidan,    dasturlarni    esa    buzilishdan  

saklash; 

-

 

axborotdan    nokonuniy      foydalanishni    cheklash,    xususan    dastur    va 



ma’lumotlarning  viruslar  ta’sirida   uzgarishidan,  notugri  ishlayotgan  

dasturlar    va    foydalanuvchilarning    notugri    xarakatlaridan    ximoya  

kilish; 

-

 



viruslar  bilan zararlanish  extimolini  kamaytiruvchi  chora-tadbirlar; 

-

 



viruslar  bilan kurashuvchi  maxsus dasturlardan  foydalanish. 

 

 

Viruslar bilan kurashuvchi dasturlar (antiviruslar) 

 

Kompyuter viruslarini aniklovchi va davolovchi  turli dasturlar (antiviruslar) 



ishlab chikilgan. Antiviruslarni kuyidagicha  guruxlash  mumkin: 

- detektor va doktor – viruslar bilan  zararlangan  fayllar va   zararlantiruvchi  

virus  turini  aniklaydigan  dasturlar  (AIDSTEST, Doctor Web, ADINF, SHERIF). 

Bu  turdagi  antiviruslar    fayllarda    viruslarning    bayt  kombinasiyalari 

mavjudligini    tekshirib,    mos  bulgan  axborotni  ekranga  chikarib  beradi.  Ba’zi 

detektor    dasturlar    viruslarning  yangi    turlariga    moslasha    oladi,    buning  uchun  

shu    viruslarga    mos  bulgan    baytlar    kombinasiyasini      belgilab    berish  kerak.  

Doktorning   vazifasi   zararlangan    fayllar   va    disk   soxalarini     tekshirib,   ularni  

dastlabki  xolatga  kaytarishdir. 

 

Tiklanmagan  fayllar, odatda   ishlatib bulmaydigan xolga  tushadi  yoki  yuk  



kilib  yuboriladi. 

-

 



vaksina    dasturlar    yoki    immunizatorlar    disk    yoki    dasturlarni  

shunday    uzgartiradiki,    bu    narsa    dasturlarning    ishida    namoyon    bulmaydi,  

vaksinasiya  kilingan  virus  dastur  va  disklarni  zararlangan deb  xisoblanmaydi. 

 

                                       -  9 -  



 

 

Urnatilgan ANTIVIRUS  detektor - dasturlari bilan ishlashni urgatish. 

 

1.



 

Kompyuter viruslaridan ximoyalanish usullarini sinflashtirish.  

Dastlabki nazorat: 

Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish.  

Profilaktika:  «Yozishdan  ximoyalangan»  disketlari  bilan  ishlash,  yozish 

uchun disketni minimallashtirish,  ilgarigi va amaldagi disketlarni aloxida saklash, 

dasturlarni vinchesterda arxivlashgan usulda saklash.  

Reviziya (taftish): 

Yangi dasturlarni maxsus dasturlar bilan taxlil kilish.  

Karantin: 

Xar   kaysi   yangi   dastur   yangi   karantin   muddatini   utashi   lozim.   Ular 

mutaxassislar tomonidan viruslarga tekshirilgan bulishi kerak.  

Filtrlashtirish: 

Flushot   Plus,   Antirus    dasturlari  orkali  extimol  tutilgan viruslarni tutish. 

Terapiya: (davolash). 

Dasturni        dastlabki  «soglom»  xolatga  keltirish.    Bu  ish  xar  bir  fayldan    zararli 

viruslarni «tishlab olib tashlash» usuli bilan amalga oshiriladi. 

Yukorida  aytilganlardan  kurinib  turibdiki,  virusdan  ximoyalanishning  bir  necha 

dasturiy  vositalari  mavjud:  dastur-detektorlar  (disket  yoki  diskdagi  viruslarni 

«tutadi»)  va  dastur-antiviruslar  (viruslardan  davolaydi).  Ular  xar  bir 



foydalanuvchida bulishi va EXM ishga tushirilishidan oldin doimo sinab kurilishi 

kerak. 


Shuni ta’kidlash kerakki, eng kulay detektorlar bir emas, bir nechta tarkalgan 

viruslarni  «ushlaydi».  Masalan,  SCAN  amaldagi detektorlar 800 virusni idrok  eta 

oladi. D.L.Lozinskiyning Aidstest mujassam detektor dastur 1200 dan ortik virusni 

aniklay oladi. Antivirus - dasturlar zararlangan dasturlarni tiklashni ta’minlaydi.  

Aidstest    uziga    ma’lum  viruslarni    aniklaydi.  Detektor  dasturning  asosiy 

kamchiligi  –  no’malum    viruslarni    aniklay  olmasligidir.    Shunday  bulsa    xam  

Aidstest  antivirus  dasturi  juda keng  tarkalgan. Bu dasturdan foydalanishni  kurib  

chikaylik. 

Dastur  formati: 

Aidstest.yexe  (Path)  (Options) 

Path -  disk,  fayl  va  fayllar  guruxini  belgilaydi. 

(Options) – kuyidagi  buyruklarning  (kalitlarning) ixtiyoriy  majmui. 

 

 

 



                                       -  10  -  

 

/F  –  kasallangan    dasturlarni    davolaydi    va    tiklash    mumkin    bulmagan  



dasturlarni uchiradi; 

/G – barcha  dasturlarni  birma – bir  tekshiradi; 

/S – fayllarni  viruslarga  sinchiklab  tekshiradi; 

/R (fayl nomi)  - tekshirish  natijalarini  kursatilgan   faylga  yozadi; 

/X – virus tarkibi  uzgargan  barcha  fayllarni  uchiradi; 

/Q – tiklash  mumkin  bulmagan  fayllarni  uchirishga   

/V – keyingi  diskni  tekshirishga  taklif  kilmaydi. 

/D  -    antivirus    tarkalish    shartlari    va  imkoniyatlari    xakidagi    ma’lumotni 

beradi. 

Ish jarayonida dastur virus tanasini «tishlaydi» va virus uzgartirib yuborgan 

buyruklar ketma-ketligini tiklaydi.  

  

      DOCTOR  WEB   antivirus  dasturi  bilan  ishlash. 



 

 

Keng  tarkalgan    antivirus    dasturlardan    biri    Doctor    Web  (Dr  Web) 



xisoblanadi. Kuyida  biz uni  kanday ishlashini  kursatamiz: Albatta,  DrWeb  xar 

doim  yangilanishda    buladi,    yangi  virus  dasturlar  paydo  buladi.  DrWeb    dastur, 

xotira xamda arxivlarni xam virusga tekshiradi. DrWeb da  ishni boshlash uchun  u 

joylashgan    katologdan    DrWeb.yexe    dasturi    kompyuterga    yuklanadi  yoki 

DrWeb  belgichasi  belgilanadi  va  ishga    tushiriladi  va  DrWeb  antivirus  dasturi 

avtomatik ravishda xotirani  tekshirishni boshlaydi. Tekshirish  jarayonini  bajarib 

bulgach  foydalanuvchidan  tekshirilishi    kerak    bulgan    buyruklarni    kutadi. 

Natijada    ekranda    DoctorWebning  uchta  menyudan  iborat    dastur    oynasi  xosil 

buladi: 

DrWeb, Test,  Nastroyka. 



DrWeb menyusida: 

Vremennыy vыxod – dasturdan  vaktincha ishdan  chikib  turish  uchun; 

O programme – dastur xakida tulik ma’lumot beradi; 

Vыxod Alt+x  - dasturdan  chikib  ketish  uchun. 

Test  menyusida: 



Test pamyati – kompyuter xotirasini tekshiradi; 

Testirovaniye  F5 – tekshiraladigan  disklarni  yoki  boshka  buyruklarni    

                                   kiritish va tekshirish; 



Lecheniye  Ctrl+F5 – agar virus mavjud bulsa,  viruslarni  davolaydi; 

Statistika – bajarilayotgan  jarayonlar  xakida  ma’lumotlar  beradi; 

Fayl  otcheta – tekshirish  jarayonidagi  barcha  jarayonni  faylga  saklaydi. 

 Nastroyka menyusida: 



Interfeys  … - dasturning ba’zi bir  parametrlarini  uzgartirish (tilni, rangni, katorlar 

sonini va  boshka  kushimcha parametrlarni  uzgartirishi  mumkin);  



                                       -  11  -  

 

 



Parametrы – kushimcha  parametrlar  urnatish; 

Faylы  –  virusning  bazasiga    yul    kursatish,    tekshiriladigan    disklarni    kursatish,  

tekshirish    jarayonidagi    barcha    funksiyalarning      xisoboti,    tekshiriladigan  

kismlar  urnatiladi. 

Windows    sistemasida    antiviruslar    urnatish    yuli    bilan    urnatiladi.    Ular  

maxsus urnatiladigan  disklarda  joylashtirilgan  buladi.   

 

Adinf   - revizor  dasturi 



 

Adinf  revizor  dasturi  –  D.  Mostovoy    maxsulidir.    Bu  dastur    fayllar  xolati  

xakidagi    ma’lumotlarni    eslab    koladi.    Navbatdagi    tekshirish    natijasida    bu  

ma’lumotlarning  uzgarishi    fayl    uzgartirilganidan    dalolat    beradi.    Bu  

viruslarning xarakati  natijasida  bulishi  mumkin.  Birorta   uzgarish  revizorning   

nazoratidan    chetda    kolmaydi    .  Revizor    darxol    Sizni    uzgarish    xakida    ogox  

kiladi,  lekin  uzgarish  sababini    tushuntirmaydi.  Buning sababi  virus  ekanligini  

yoki    uzingiz    ekanligingizni    uzingiz    aniklashingiz    kerak.    Uning  maxsus 

adinf.ext    maxsus  davolovchi    dasturiga    ega    bulsangiz    bu    muammolarni    bir  

zumda  xal  kiladi. 

 

V.

 

Virusdan ximoyalanish uchun kanday extiyot – choralari 

kuriladi? 

 

Xar extimolga  karshi  shikastlangan  kompyuterni  davolash  uchun  zarur 



dasturli   disketalarni  tayyorlab  kuyish  zarur, bu:  

-

 



sistemali disketa; 

-

 



disklarni formatlovchi dasturlar; 

-

 



kup ishlatiladigan dasturlar; 

-

 



arxivdan tiklovchi  dasturlar; 

-

 

viruslarni aniklovchi  va davolovchi  dasturlar 



Bu dasturli disketalarning xar birida command.com  fayli  bulishi kulayrok. 

Ishlatilayotgan  detektorlar  kupincha  viruslarni  paykamay,  zararlangan 

fayllarni  utkazib  yuboradilar.  Masalan,  juda  mashxur  McAFee  Associates 

firmasiga  tegishli  SCAN  kompleks  detektori  bizning  mamlakatimizda  keng 

tarkalgan  viruslarni  utkazib  yuboradi  va  yangi,  bir  necha  yolgon  ishlanmalar 

beradi. Shuning uchun bir nechta detektorlarni bir yula kullash. «ovoz berish yuli 

bilan» zararli dasturlarning ruyxatini tuzish mumkin. 

 

 



                                       -  12  -  

 

Arxivda saklanayotgan dasturlarga detektorlarni kullash samarasiz ekanligini 



ta’kidlash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks xolda, detektor 

mazkur  fayllarni  tekshirmaydi.  Yana  antivirus  nourin  dasturning  foydali  kismini 

«tishlashi  mumkin».  Aynan  shu  yerda  detektor  yolgon  axborot  bergan  buladi. 

Antivirus ishlab turgan dasturni ishdan chikarishi xech gap emas. 

Yana  bir  eng  katta  yul  kuyiladigan  xatolardan  biri  ximoyalanmagan 

disketning kulma-kul  yurishi  va  ishonchsiz  disketlarni  yuklashdir.  Shuning uchun 

disketlarni  doimo  ximoyalash kerak.  Fakat ishonchli disketlardangina  foydalanish 

darkor. 


Va, sunggi yul kuyiladigan xatolardan biriga maxsus tuxtalamiz. Bu A disk 

yurituvchida disket bula turib, kompyuterni kayta yuklashdir. Bunda VYuS aynan 

diskyurituvchidagi  disketdan  dasturni  yuklaydi,  natijada  disketdagi  boot-  virus 

vinchesterga yukadi. 

Antivirusni  kanday tanlash  kerak: 

Antivirusning  sifati,  eng  avvalo,  u  kayta  ishlayotgan  viruslar  soniga  boglik. 

Bundan  tashkari,  interfeys  kulayligi  xam  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Bular 

antivirusning  xisobotini  yaxshilaydi.  Odatda,  antiviruslar  bir  necha  viruslarga 

muljallangan bulib, kolganlari uchun samarasiz bulishi mumkin. 

Virusdan ximoyalanish usullarini kullash: 

«Virus-ximoya  vositalari»  muammosi  xuddi  «xujum  kuroli  -  ximoya  kuroli» 

muammosiga  uxshaydi.  Ximoya  vositalari  kupaygan  sari  xujum  vositalari  xam 

takomillashib,  uni  ishlatuvchilar  ragbatlantirilmokda.  Nachora,  xayot  shunday, 

kurashdan  iborat.  Shuning  uchun  aytish  darkorki,  kompyuter  viruslari  xali  kup 

zamon muammo bulib kolaveradi, xar ikki tomon xam rivojlanaveradi. 

Ximoyalanishning  asosiy  texnologik  sxemasi:  Ximoyalanishning  bunday 

sxemasi kuyidagi boskichlardan iborat: 

- yangi dasturiy maxsulotning dastlabki nazorati; 

- kattik diskni segmentasiyalash; 

- rezident   revizor-taftishchi   dasturlar   bilan   davriy   ravishda   axborot butligini 

tekshirib turish; 

- arxivlashtirish. 

Yangi kiritilayotgan dasturiy ta’minotni nazorat kilishni tekshirish:  


Birinchi  va  juda  zarur  ximoya  kiritilayotgan  dastur  va  disketlarni  nazorat 

kilishdir.  Guyoki,  samolyotning  muvaffakiyatli  parvoz  kilishi  uchun  passajirlarni 

batafsil  tekshirish  bulganidek,  kompyuterda  kiruvchi  axborotlarni  batafsil 

tekshirish viruslar oldini oladi. Xar kanday «firma» disketlarga xam ishonoverishi 

kerak emas. Ularda xam virus bulishi mumkin. 

 

 



                                       -  13  -  

 

Kupchilik  mashxur  fayl  va  boot-viruslar  mavjudligini  kirish  nazoratining 



uzidayok  aniklash  mumkin.  Bu  jarayon  bor-yugi  bir  necha  minutni  oladi,  xolos. 

Aks  xolda,  soatlab  vakt  axborotlarni  viruslardan  tozalashga  ketib  koladi.  Kirish 

nazoratini  bir  necha  saralab,  maxsus  tanlab  olingan  detektor  va  antiviruslardan 

utkazgan  ma’kul.  Biz  kuyidagilarni  tavsiya  etamiz.  SCAN,  AIDSTEST, 

DoctorWeb, AV, TP48CLS.   

Antiviruslarni detektor rejimida ishlatish zarur.  

Karantin rejimi: 

Agar  dastur  ta’minoti  «begona  kuldan»  olingan  yoki  yot  tashkilotlardan 

kelgan  bulsa,  mazkur  dasturlarni  ishlatishda  «karantin  muddati»ni  belgilash 

foydali.  Bunda  sun’iy  ravishda  xar  bir  dastur  uchun  kat’iy  ravishda  sinov 

muddatini  joriy  etish  zarur.  Bu  muddat  oy,  xaftaning  kunlari  bulishi  mumkin. 

Nega?  Chunki,  biz  yukorida  ayganimizdek,  ba’zi  bir  viruslar  ma’lum  oy  yoki 

aynan  oyning  bir  kunida  uz  «xunarini»  kursatadi.  Zararlangan  dasturlardan 

tashkari, ba’zida  «singan»  ximoyadagi dasturlar  xam  xavf tugdiradi  (  ular  kuprok 

ofis  va  uyin  dasturlarida).  Bu  yerda  gap  shundaki,  dasturning  ximoyasini  olish 

viruslar  faoliyatini  kuchaytirib  yuboradi.  Ayniksa,  troyansk  viruslari  faollashadi. 

Masalan,  Ukrainaning  Donesk  shaxrida  nokonuniy  nusxalangan  Formula  uyinlari 

davriy  ravishda  SMOS-xotirani  uchirib  tashladi.  Bu  juda  ayyorlik  bilan  uylangan 

viruslar toifasiga kiradi. 

Kattik diskni tekshirish va segmentasiyalash . 

Kompyuterni  xarid  kilgach,  uning  vinchesterida  nima  borligini  tekshirish 

darkor. Endigina sotib olingan kompyuter vinchesteridagi barcha dasturlarni xuddi 

yangidek karash kerak. Shuning uchun yangi olingan mashina vinchesterini testdan 

utkazing,  shuningdek,  xamma  disketlarni  virusdan  detektor-dasturlar  bilan 

tekshiring. Vinchesterni testdan utkazish chogida albatta yozuvdan saklangan, toza 

sistema disketlari yordamida yuklanadi. 

Rezident dastur filtrlaridan foydalanish: 

Zamonaviy  SNESK  va  5VM  dastur  filtrlari  deyarli  barcha  fayl  viruslariga  karshi 

samarali,  ayniksa  Flushot  plus  filtrlari  juda  foydali.  Chet  elda  bundan  tashkari, 

MaceVaccine  va  ANTIVS  2  filtrlari  keng  tarkalgan.  Bular  yangi  dasturlarni  ilk 

bora  ishga  tushirishda  xamda  troyansk  viruslarini  tez  ilgash  uchun  nixoyatda 

foydali. 

Umuman, kompyuterdagi dasturning dastlabki nusxasini arxivlab kuyish, ishda esa 

uning  kopiyasidan  foydalanishni  maslaxat  beramiz.  Shunday  kilinsa,  xar  xolda 

foydalanuvchi uchun ishonchli buladi. 


Ximoyalashning uziga xos usullari: 

Disketning normal xolati - uning yozuvdan ximoyalangan xolatidir. Ximoya fakat 

axbrorotni  yozish  chogida  olinishi  kerak.  Fakat  turli  yozuvlardan  ximoyalangan 

disketlarni,  antivirus  dasturlari,  sistemali  disketlarni  kungil  tuk  bulishi  uchun 

extiyot kilib saklash joiz. 

 

                                       -  14  -  

 

                                              X u l o s a 

 

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  «lat  yegan»  axborotlarni  eng  kiyin  vaziyatlarda 

xam tiklash mumkin. Birok bunday dastur va viruslar «lat yegan» fayllarni tiklash 

sistema-dasturchilardan  yuksak  maxorat  talab  etadi.    Notugri  foydalanish  jiddiy 

iktisodiy,  moddiy va ma’naviy ziyon kuriladi. Tuzatish jarayonida shoshilish aslo 

yaramaydi. 

Kupincha  kutkarish  mumkin  bulgan  fayl  yoki  ma’lumotlar  sistemali 

bloklarni formatlash jarayonida shikast yeydi, yukotib kuyish extimoli xam bor. 

Yukorida  aytganimizdek,  dasturni  saklashning  eng  yaxshi  yuli  -  bu  uni 

arxivlashtirib  kuyish.  Lekin  shunday  bulsa  xam,  xar  ish  kuni  sungida  dastur  va 

fayllarning  joylashishini  bir-bir  kuzdan  kechirish  darkor.  Vinchesterlar  na  fakat 

viruslar  orkali  ishdan  chikadi.  Buning  uchun  SCANDISK  utilitalarini  «Ishga 

tushirish» menyusi orkali chakiriladi. 

Biz  tilga  olayotgan  kompyuter  virus  dasturlar    xozirda  yaratilib  bulingan. 

Xozir  turli  viruslarlarni  yigish  bilan  odamlar  band  bulishmokda.  Bu,  bizningcha, 

notugri.  Asosiy  e’tiborni  zararlanishning  oddini  olishga  safarbar  etish  lozim.  «1 

gramm profilaktika 1 kg davolashga teng» makoli nakadar tugri. 

Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yul kuyilishi mumkin bulgan xatolar: 

Antivirus vositalarini kullashdagi eng kup yul kuyilishi mumkin bulgan xato 

-  bu  zararlangan  kompyuterda  ularni  ishlatib  yuborishdir.  Virus  aniklangach, 

keyingi  xatti-xarakat  kuyidagicha  buladi:  kompyuterni  uchiring  va  uni 

ximoyalangan  sistemali  disket  yordamida  kayta  yuklang  (bunday  disket  Sizda 

albatta  bulishi  kerak).  Mazkur  disketda  antivirus  dasturlari  joylashgan  bulishi 

tabiiy. Antivirus dasturini ishga tushiring. 

Zararlangan  operasion  sistemalarda  amallarni  bajarish  va  dasturlarni  ishga 

tushirish  kupol  xato  va  misli  kurilmagan  yukotishlarga  sabab  buladi.  Jumladan, 

bunda xali zararlanmagan dasturlar xam talofat kurishi mumkin. Masalan, Sizning 

kompyuteringiz  RCE-1800  virusi  bilan  zararlangan  bulsin.  Mazkur  virusga 

muljallanmagan  antivirus  dasturni  extiyotsizlik  bilan  ishlatish  kolgan  yuklovchi 

modullarni xam ishdan chikaradi. 

Yana  bir  kup  uchraydigan  xatolardan  -  biri  antivirus  vositalarini 

yaratuvchilariga  xaddan  tashkari  ishonish.  Garchand,  bunday  dasturlarni  juda 

yukori  darajadagi  dasturchilar  yaratsalar-da,  ular  xar  doim  xam  ishonchli  emas. 

Xar  kanday  dastur  kabi,  ular  xam  xatolardan  xoli  emas.  Bu  detektorlarga  xam, 

antivirusga xam taalukli.   

 


 

                                       -  15  -  

 

Nazorat savollari: 

 

1.



 

Kompyuter virusi deganda nimani tushunasiz? 

2.

 

Kompyuter virusi kanday aniklanadi? 



3.

 

Kompyuter virusi kanday namoyon  buladi? 



4.

 

Kompyuter viruslarini kanday  turlari mavjud? 



5.

 

Kompyuter viruslaridan kanday ximoyalanish mumkin? 



6.

 

Virusga  karshi  kurashuvchi  kanday dasturlar kullaniladi? 



7.

 

Viruslardan ximoyalanish uchun kanday extiyot choralarini kuriladi?  



 

 

T Ye S T 

 

1.



 

Virus nima? 

a)  kurilmalarning  charchashi natijasida  sodir buluvchi buzuklik. 

b) fayllarni davolovchi  dastur. 

v) dasturlarni buzuvchi va ishlashiga xalakit beruvchi  maxsus yozilgan   

    kurinmas   dasturcha. 

g)  foydalanuvchi tomonidan  buzib  kuyilgan  dastur. 

d) kompyuter ichki kurilmalariga va diskovodlarga  tushib kolgan   

     biologik virus.  

2.

 



Kompyuter viruslari  xakidagi kuyidagi fikrlardan kaysilari tugri? 

a)  kompyuter virusining inson sogligiga ta’siri kuchli 

b)  kompyuter virusi  - xarakatlanadigan tirik organizm 

v)  kompyuter viruslarining turlari kup 

g)  kompyuter virusi –kompyuter kurilmasi  xisoblanadi 

d)  lisensiyasiz  dasturlar 

3.

 

Kompyuter  viruslari    zarar  yetkazishi    mumkin  bulgan  javob  variantlarini 



kursating. 

a)  kompyuterning ishlash  tezligi 

b)  matnli fayllar 

v)  kompyuter  kurilmalari 

g)  kompyuterdan foydalanuvchi shaxs 

d)  tizimli  fayllar 

4.

 

Kuyidagi    xollardan    kaysilari    kompyuterning    virus    bilan    zararlanishiga  



olib  boradi? 

a)  turli disklardan va lisensiyasiz  dasturlardan foydalanish 

b)  kompyuterni  iflos xolatda  saklash 

v)  manbadagi  elektr  tokining  kupayib-kamayishi 

g)  kompyuterdan uzok muddat  foydalanmaslik 

d)  diskdagi  ma’lumotlarni  tekshirmasdan  foydalanish 



                                       -  16  -  

 

5.



 

Kompyuter    viruslaridan  saklanish    chora  -  tadbirlariga    kuyidagilardan 

kaysilari  kiradi? 

a)  kompyuter fayllarida virus  borligi  aniklanganda,  uni    

     davolamaguncha   kompyuterni  uchirib kuyish. 

b)  lisensiyasiz  dasturlardan  foydalanmaslik 

     v)  kompyuterni  belgilangan vaktdan  kup  ishlatmaslik 

     g)  kompyuterda  filtr  dasturlar  yoki  rezident  dasturlardan   

          foydalanish 

     d)  kup ishlatiluvchi, sistema dasturlarini aloxida  disketalarda saklab  

          kuyish,  fayllarni arxivlab kuyish. 

      6. DrWeb   viruslarni  davolash dasturi  menyusida  kuyidagilardan  

           kaysilari mavjud? 

      a)  Nachat,  

      b)  Nastroyka,  

      v)  Otchyot, 

      g)  DrWeb, 

      d)  Test.  

         

                                   Amaliy  topshiriklar: 

 

1.



 

DrWeb dasturi yordamida S diskdagi  viruslarni  tekshiring. 

2.

 

DrWeb    dasturi    diskni    tekshirish    natijasida    ekranga    chikargan  



xisobotini  taxlil kilishni  urganish. 

                                   

     

                                             Mustakil  topshiriklar: 



 

1.

 



Virusdan ximoyalanish uchun extiyot chora-tadbirlarini tuzish. 

2.

 



Fayllarni arxivlash  koidalarini urganish. 

3.

 



Sistemali  disketalarni  tayyorlashni  urganish. 

 

  



Adabiyotlar. 

 

1.



 

M.  Oripov  va  boshkalar.  Informatika  va  xisoblash  texnikasi.  Toshkent. 

«Ukituvchi»,  2002 y.  

2.

 



A.A.  Abdukodirov,  A.  G.  Xayitov,  R.  R.  Shodiyev.      Axborot 

texnologiyalari.       29-35 betlar.  Toshkent. «Ukituvchi»,  2002 y. 

3.

 

V.M. Broydo. Ofis texnikasi. Toshkent «Ukituvchi»,  2001 y. 



4.

 

A. Sattorov. Informatika va axborot texnologiyalari. Toshkent. «Ukituvchi»,   



2002 y. 

Download 120.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling