O’zbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi


Download 136 Kb.
Sana04.10.2020
Hajmi136 Kb.
#132526
Bog'liq
16-укув амалиёти дастури11


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA URTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI








Ro‘yxatga оlindi:

№ _____________________


«___»____________2014- yil

"TASDIQLAYMAN"

O`quv ishlari bo`yicha prorektor



______________ D. Ergashev
«___»____________2014- yil



KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FANIDAN

O’QUV AMALIYOTI

(ishlab chiqarish amaliyoti 4-kurs)

fanining ishchi o`quv dasturi

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha

Ta'lim sohasi: 110000 – Pedagogik va pеdagogika fani

Bakalavriat yo’nalishi 510300 – Kimyo va uni o’qtitish mеtodikasi

TOSHKENT – 2014 y.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti



«Kimyo va uni o’qitish metodikasi» kafedrasi.

Ishchi dastur pedagogika universiteti kimyo o`qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Kimyoviy texnologiyadan o’tkaziladigan o’quv – malakaviy amaliyot maqsadi, vazifalari va mazmuni talabalarning o’qib, o’rgangan nazariy bilimlarini kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar misolida amalda ko’rib, anglab, mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, talabalar ishlab chiqarish amaliyoti o’tayotgan korxonalarining ekologik holatini o’rganadilar va mavjud muammolarni tahlil qiladilar.

Tuzuvchilar: t.f.d. professor, Mirkomilov Shavkat Miromilovich,

katta o`qituvchi Ismoilov Saidjon A`zamjonovich

o`qituvchi Berdiqulov Ravshan Shavkatovich.
Taqrizchilar: Mirzo Ulugbek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining professori, k.f.d., professor Yo’lchiboev A.A.

Kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasi professori, k.f.d. A.G.Maxsumov

Fanning ishchi o`quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.

2014- yil “__” _______ dagi __ -sonli majlis bayoni.


Kirish

1. O’quv-malakaviy amaliyotni o’tkazishdan maqsad va vazifalar.
Amaliyotning asosiy maqsadi - talabalarnipg umu-ta’lim va umumkasb fanlari bo’yicha ma’ruza, nazariy praktikum va laboratoriya mashgulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda bo’lajak bakalavr - o’qituvchilar kimyo va boshqa sanoat korxonalarining atrof - muxitga ta’sirini taxlil qiladilar va bu muammolarni hal etish yo’llarini o’rga-nadilar.

Amaliyotning asosiy vazifasi - talabalarning xom ashyolardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’yicha ishlab chiqarish malakasini va tajribasini orttirish, korxonalardagi asosiy jihozlarning tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish, texnologik va kimyoviy jarayonlarning bosqichlari bilan tanishish hamda ishlab chiqarishning kimyoviy mohiyatini anglash hisoblanadi.
2. Korxonalarda o’quv - malakaviy amaliyotni o’tkazish.

O’quv rejasiga muvofiq 510300 - kimyo o`qitish metodikasi bakalavriat yo’nalishi bo’yicha kimyoviy texnologiyadan o’quv malakaviy amaliyoti

kunduzgi bo’lim talabalari uchun o’qishdan ajralgan holda ikki xafta (48 soat) davomida o’tkaziladi.

«Kimyoviy texnologiya» kursi bo’yicha ma’ruza, laboratoriya va nazariy praktikum soatlari bajarilganidan so’ng amaliyot o’tkazish maqsadga muvofiqdir.

O’quv - malakaviy amaliyot oliy o’quv yurtiga yaqin joylashgan sanoat korxonalari va ilmiy — tadqiqot institutlaridan 6-8tasi tanlab olingan holda o’tkaziladi.

Ularni o’rganish uchun har biriga bir - ikki kundan vaqt ajratib, o’quv - malakaviy amaliyotni ekskursiyalar tarzida o’tkaziladi.

Talabalar tsexlarda xom ashyo va uni qayta ishlash, tayyor mahsulotlar, ularni tahlil qilish usullari, muhum apparatlarning tuzilishi va ularda boradigan reatsiyalar bilan tanishadilar, jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasiga baho beradilar.

Har xil ishlab chiqarishlar bilan bevosita tanishishdan tashqari amaliyot boshqa maqsadlarni ham ko’zlaydi:

a) Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslarini o’rganish;

b) Akademik litsey va kasb-xunar kollejlar talabalari bilan ishlab chiqarishga ekskursiyalarini o’tkazish usullarini talabalarga o’rgatish.

O’quv malakaviy amaliyotida talabalarga stendlar tayyorlash, mazkur korxona bo’yicha kollektsiyalar tanlash, shuningdek, amaliyot oxirida yakunlovchi anjumanga ishlab chiqarish mavzulari bo’yicha ma’ruza tayyorlash vazifalari topshiriladi.

Amaliyot davomida xar bir talaba tsexlarda o’zi bajargan chizmalar asosida texnologik jarayonlarni soddalashtirilgan tarzda mustaqil ravishda qisqa tavsiflovchi hisobotlar tuzishi shart, mazkur tsexlarning soddalashtirilgan chizmalari bilan birga ulardagi avto-matlashgan tarzda boshqarish tizimlarining qisqacha tasviri ham javobga kiritilishi kerak. Hisobot amaliyot rahbari tomonidan tekshiriladi va baholanadi. Topshirilgan hisobot va boshqa ko’rsatma materiallar (kuidalik tayyorlamalar, sayohat rejasi, ma’ruza, stend va h.k.) asosida, ekskursiya o’tkazish sifati, ma’ru-za, amaliyot davridagi tartib - intizomni hisobga olgan holda talabaning o’quv - malakaviy amaliyoti davomidagi faoliyati o’qituvchi tomonidan baholanadi.
3. Amaliyot o’tish joylari
O’quv - malakaviy amaliyoti O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan, yuqori sifat ko’rsatkichli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan kimyoviy, metallurgik, yoqilgini qayta ishlash, silikat, organik sintez, sun’iy tolalar, plastmassalar, oziq-ovqat va dori-darmon ishlab chiqarish korxonalarida yoki sanoatning boshqa tarmoklarida hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy - tadqiqot institutlarning kimyoviy va texnologik laboratoriyalari va ularning qoshidagi kichik tajriba zavodlarida yoki sexlarida o’tkazilishi mumkin. Masalan:

1. Chirchiq «Elekktrokimyosanoat» ishlab chitsarish birlashmasi.

2. «Kaprolaktam» qo’shma korxonasi.

3. Fargona «Azot» ishlab chiqarish birlashmasi.

4. «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi.

5. Olmaliq «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi.

6. Samarqand kimyo zavodi.

7. Qo’qon superfosfat zavodi.

8. Fargona furan birikmalari kimyosi zavodi.

9. Toshkent «Lola» firmasi.

10. Toshkent «Rangli lak» firmasi.

11. Jizzax plastmassa zavodi.

12. OAJ Sovplastital

13. «Beshyog’och pivo» ma’suliyati cheklangan jamiyat.

14. «Shifobaxsh buloq» ochiq turdagi hissadorlik jamiyati va x. k.

15. Umumiy va noorganik kimyo instituti.

16. O’simlik moddalari kimyosi instituti.

17. Bioorgaiik kimyo instituti.

18. Polimerlar kimyosi va fizikasi iistituti va boshqalar.

510300- kimyo o`qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha bak-lavrlarni uzoq masofadagi korxonalarga yubormasdai korxonadan korxonaga o’tish vaqtshni qisqartirish va amaliyot xarajatlarini iloji boricha tejash maqsadida hamda amaliyot davridagi vaqtdan unumli foydalanishga erishish matssadida, asosan, o’z hududlarida yoki shaxarlarida joylashgan korxonalarda o’quv - malakaviy amaliyotini o’tkazishga tavsiya etiladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlagp pedagogika universiteti talabalariga quyidagi korxonalarda o’quv - malakaviy amaliyotini yuqorida ko’rsatilgan ikkinchi metod asosida o’tkazish matssadga muvofiqdir:

a) Toshkent «Rangli lak» firmasi;

b) «Beshyog’ochpivo» ma’suliyati cheklangan jamiyat;

v) OAJ Sovplastital

g) «Shifobaxsh buloq»ochiq turdagi hissadorlik jamiyati;

d) Umumiy va noorgaiik kimyo instituti;

e) O’simlik moddalari kimyosiinstituti;

j) Bioorganik kimyo instituti.
4. Amaliyotni tashkil etish.

4.1 Tegishli korxonalar bilai tanishuv uchun o’quv -malakaviy amaliyoti o’tish bo’yicha shartnoma tuzish talab etiladi.

4.2 Fakul’tep dekani o’quv - malakaviy amaliyotni boshlanishdan ikki hafta avval shu amaliyotni o’tish bo’yicha buyruq loyihasini tayyorlab, institut rektori tasdig’idan o’tkazib qo’yishni ta’minlaydi.

Bu buyruqda:

a) Institut tomonidan tasdiqlangan amaliyot raxbarlarning familiyasi, ismi, sharifi va qaysi kichik guruxga raxbarlik qilishi;

b) Amaliyot o’tiladigan korxonalarning nomi va manzillari;

v) Talabalarning kichik guruxlar bo’yicha familiyasi, ismi, sharifi;

g) Amaliyot o’tkazish muddati ko’rsatiladi.

Kichik guruxlar talabalarining amaliyotni o’tshi jadvali kafedra tomonidan tuzilib buyruqqa ilova qilinadi (1-ilova).

4.3 O’quv - malakaviy amaliyotining institut tomonidan tayinlangan rahbarlari o’z kafedralari e’lonlar taxtasida amaliyot boshlanishidan kamida bir hafta avval amaliyot o’tadigan talabalar bilan amaliyot oldidan suxbat o’tkazish bo’yicha e’lonni yozib qo’yadilar. Odatda bunday suxbatni amaliyot boshlanishidai 2 kun avval o’tkazish rejalashtarilgani maqsadga muvofiqdir. Suxbatda instshtutdan tayinlangan amaliyot raxbari va «Kimyoviy texnologiya» fani bo’yicha ma’ruzachi o’qituvchi qatnashib ular talabalarning amaliyot davridagi intizomi xaqida gapirib, amaliyotning maqsadi va vazifalari, xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha yo’riqnoma o’tkazadilar hamda amaliyot daspurini, amaliyotga yo’llanma, amaliyot guvoxnomasi, amaliyot kundaligini tarqatadilar va amaliyot o’tiladigan korxonaning nomi hamda manzili va u haqida dastlabki ma’lumotlar beradilar. So’ngra amaliyot o’tkaziladigan korxonaga qachon va qanday borish tushuntiriladi.
4.4 Talabalar amaliyotga o’z shaxsiy pasporti, sog’ligi haqida ma’lumotnoma (korxona talab qilsa) hamda tegishli o’quv qurollari (hisobot daftari yoki varaqalari, ruchka, chizg’ich, rezinka, qalam, millimetrovka, kal’ka qog’ozga va boshqalar) hamda ishchi kiyimida (ular orasida, albatta, xalat bo’lishi, qizlar esa yassi poshnali oyoq kiyimi olishgan tarzda) belgilangan soatdan kechikmay yetib kelishlari kerak.
5. Amaliyot mazmuni.
5.1 Korxonaning tashkil topish tarixi bilan tanishish.

5.2 Ushbu korxonaning tuzilishi, uning asosiy va yordamchi tsexlari hamda bo’limlari. Ularning o’zaro bog’likligi.

5.3 Korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar, ularning turlari.

5.4 Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bo’lgan talab, uni iste’mol qiluvchi tashkilotlar.

5.5 Ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni bozor iqtisodiyoti davrida raqobatbardoshligi. O’zbekiston Respublikasi va MDHda joylashgan turdosh korxonalar hamda ular orasida bu korxonaning tutgan o’rni.

5.6 Korxonani zarur xomashyolar, materiallar, suv, bug’, yoqilg’i, energiya va boshqalar bilan ta’minlash manbalari.

5.7 Korxonaning istiqbol rejasi bilan tanishish.

5.8 Korxonaning asosiy tsexlarida bo’lish, u yerdagi texnologik tizim bilan, undagi asosiy texnologiya apparati va qurilmalarning ishlash printsiplari bilan tanishish, ularda sodir bo’ladigan asosiy kimyoviy reaktsiyalar va maxsulot chiqimiga ta’sir etadigan omillar bilan tanishish.

5.9 Tsex va korxona markaziy laboratoriyalarining ish faoliyati bilan tanishish.

5.10 Ishlatilayotgan xomashyolar, ishlab chiqarilayotgan oraliq va tayyor maxsulotlarning zararlilik xususiyatlari, yonish va portlash xavfiga egaligi xamda ularning zararli ta’siridan saqlanish usullari.

5.12 Korxona chiqindilari, ularning turlari va miqdorlari; ularning atrof muxitga ta’siri; chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan oqilona foydalanish yo’llari.

5.13 Amaliyot rahbariga o’zi boshchiligida talabalar korxonalarning muzeylariga va ma’rifat xonalariga tashrif buyurishi xamda erkin iqtisodiy munosobatlar davrida respublikamiz taraqqiyotidagi ijobiy demokratik o’zgarishlarning korxonalar xayotida amaliy jixatdan aks etishi bilan tanishish, «O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat» g’oyasining tezroq amalda o’z ifodasini topishiga ishonch hosil qilishlariga erishish tavsiya etiladi.

5.14 Amaliyot raxbari bakalavrlar uchun korxonaning kelajak rivoji, xalq xo’jaligidatuttan o’rni, boshqa turdagi korxonalar bilan aloqalari xaqida ma’ruzalar va talabalarning fikrlash qobiliyati va tasavvurini yanada boyitish maqsadida texnik jixatidan jaxon andozalariga yaqinroq bo’lgan turdagi korxonalariga tashrif buyurishni tashkil qilishlari maqsadga muvofiqdir.
6. Kundalik tutish.

Amaliyot davrida talabalar muntazam va o’z vaqtida to’ldiriladigai ish kundaligi tutadilar. Kundalikda xar bir kunda bajarilgan ishlar yoritiladi. Kerak bo’lgan vaqtda bu yozuvlar rasm yoki sxemalar bilan to’ldiriladi. Kundalikdagi yozuvlar amaliyot to’g’risidagi xisobot tuzish uchun material sifatida xizmat qiladi. Kundalik o’z-o’zini tekshirish vositasi bo’lib, talabalarga o’z ishini tug’ri tashkil qilishga yordam beradi (2-ilova).

7. Amaliyot bo’yicha hisobot yozish

Amaliyot bo’yicha xisobot xar bir talaba tomonidan shaxsan tuziladi. Hisobot qisqa bo’lishi lozim. Hisobot uchun xamma kerakli materiallarni talaba butun amaliyot davrida yig’adi va xar kuni kundalikda qayd etib boradi. Oxirgi ikki-uch kun hisobot yozish uchun hamda amaliyot, bo’yicha suhbatga ajratiladi.

Hisobotlar quyidagi sxema bo’yicha rasmiylashtiriladi:

1. Kirish (har bir korxonaning qisqacha tarixi, ishlab chikaradigan maxsulotlari).

2. Talabaning amaliyot o’tgan korxonalardagi texnologik moslamalarning nomi va vazifasi.

3. Xom ashyo hamda olinadigan mahsulotlarning ta’rifi.

4. Xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlash.

5. Asosiy texnologik jarayonlarning ta’rifi.

6. Asosiy apparatlar (reaktorlar) tuzilishi xamda ularning ishlash printsiplari va ularda ketadigan asosiy kimyoviy reaktsiyalarni yoritish.

7. Apparatlar va qurilmalarning ish rejimini yoritish.

8. Atrof-muxitni muxofaza qilish.

9. Xulosa va natijalar.

10. Foydalangan materiallar ro’yxati.

11. Hisobot titul (bosh) varaqdan (3-ilova) boshlab oxirgacha varaqlanadigan bo’lishi kerak.

12. Amaliyot bo’yicha xisobot xavorang yoki qora rangli siyoxlarda yoziladi. Boshqa rangli siyoxlarda yozish man etiladi.

8. Baholash mеzoni

«Kimyoviy texnologiya fanidan o’quv amaliyoti» rеja boyicha 8- sеmеstrda 48 soat otiladi. 100 balli sistеmada baholanadi.

«А`lо» bаhо (100-86 bаll) –talaba «Kimyoviy texnologiya» kursi bo’yicha ma’ruza, laboratoriya va nazariy praktikum soatlari bajarilganidan so’ng amaliyot o’tkazish maqsadga muvofiqdir.

O’quv - malakaviy amaliyot oliy o’quv yurtiga yaqin joylashgan sanoat korxonalari va ilmiy — tadqiqot institutlaridan 6-8tasi tanlab olingan holda o’tkaziladi.

Ularni o’rganish uchun har biriga bir - ikki kundan vaqt ajratib, o’quv - malakaviy amaliyotni ekskursiyalar tarzida o’tkaziladi.

Talabalar tsexlarda xom ashyo va uni qayta ishlash, tayyor mahsulotlar, ularni tahlil qilish usullari, muhum apparatlarning tuzilishi va ularda boradigan reatsiyalar bilan tanishadilar, jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasiga baho beradilar.

«Yahshi» bаhо (85-71 bаll) –talaba Amaliyot davomida xar bir talaba tsexlarda o’zi bajargan chizmalar asosida texnologik jarayonlarni soddalashtirilgan tarzda mustaqil ravishda qisqa tavsiflovchi hisobotlar tuzishi shart, mazkur tsexlarning soddalashtirilgan chizmalari bilan birga ulardagi avto-matlashgan tarzda boshqarish tizimlarining qisqacha tasviri ham javobga kiritilishi kerak. Hisobot amaliyot rahbari tomonidan tekshiriladi va baholanadi. Topshirilgan hisobot va boshqa ko’rsatma materiallar (kuidalik tayyorlamalar, sayohat rejasi, ma’ruza, stend va h.k.) asosida, ekskursiya o’tkazish sifati, ma’ru-za, amaliyot davridagi tartib - intizomni hisobga olgan holda talabaning o’quv - malakaviy amaliyoti davomidagi faoliyati o’qituvchi tomonidan baholanadi.

«Qоniqаrli» (70-55 bаll) –talaba oquv- amaliyot davomida xar bir talaba tsexlarda laboratoriya xonasida pasportini tuzish, Talabalar amaliyotga o’z shaxsiy pasporti, sog’ligi haqida ma’lumotnoma (korxona talab qilsa) hamda tegishli o’quv qurollari (hisobot daftari yoki varaqalari, ruchka, chizg’ich, rezinka, qalam, millimetrovka, kal’ka qog’ozga va boshqalar) hamda ishchi kiyimida (ular orasida, albatta, xalat bo’lishi, qizlar esa yassi poshnali oyoq kiyimi olishgan tarzda) belgilangan soatdan kechikmay yetib kelishlari kerak.

Elеktrdan ximoya maqsadida yеrga ulashni tеkshirib ko’rish. Oquv-laboratoriya honasini gazlashtirishni to’liq yorita olmasa, savollar bo’yicha asosiy tushunchaga ega bo’lsa, xatoliklarga yo’l qo’ysa qo’yiladi.

«Qоniqаrsiz» (0-54 bаll) –talaba Kimyoviy texnologiya oquv amaliyoti

bo’yicha hisobot topshirmasa, matеrial bo’yicha bilim va ko’nikamaga ega bo’lmasa, sababsiz amaliyotga kelmasa baxolanmaydi.

(NAMUNA)


1 – ilova

Tasdiqlayman fakulьtet dekani

______________________F.I.SH.

(imzo)


_________________________ 2014 yil
_____________________________________________________________________

(oliy o’quv yurtining nomi)

___________________________________________________________ fakulьteti

________kurs guruhlari talabalarini____________________________________

o’kuv yilining o’kuv – malakaviy amaliyotini o’tish

J A D V A L I





Amaliyot

o’tiladigan



korxona

Amaliyot



rahbarlari



















Guruhlar



















1






















2






















3






















4






















5






















6






















7






















8























Eslatma: Haftaning shanba va yakshanba kunlari talabalar korxonaga bormaydilar va amaliyotga mustaqil tayyorgarlik ko’radilar.
_______________________________________________ mudiri ________________________________

(kafedraning nomi) (imzo, oy, kun, yil) (F.I.SH.)

(NAMUNA)

2 – ilova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TORSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

__________________________________________________________



______________________________________________fakultьteti

______________________________yo’nalishi____________guruhi

___________kurs talaba____________________________________

______________________________________________________ning

________________________________________________________da

(viloyat, shahar)

Kimyoviy texnologiya fanidan o’tkaziladigan o’quv – malakaviy amaliyoti kundalik


D A F T A R I
Amaliyot rahbari:

______________________________________________kafedrasining

______________________________

(F.I.SH.)

Amaliyot 20__ yil ______da boshlandi

Amaliyot 20__ yil ______da tugadi

Toshkent shahri – 2014 y.
(NAMUNA)

Kundalik

Sana

Bajarilgan ishlarning qisqacha mazmuni va taasurotlar






(NAMUNA)


3 – ilova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TORSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Tabiiyot fanlari fakulьteti

5 10300 – «Kimyo o`qitish metodikasi» bakalavriat yo’nalishi

4 kurs « » guruhi talabasi

________________________________ ning

(F.I.SH.)
KIMYoVIY TEXNOLOGIYaDAN O’QUV – MALAKAVIY AMALIYoTI BO’YICHA
XISOBOTI
Amaliyot o’tish Nizomiy nomidagi TDPU

korxonasi dan tayinlangan amaliyot

rahbari

1.

2.

3. __________________________

4. (F.I.SH.)

5.

6. __________________________

7. (imzo, kun, oy, yil)

Kafedra mudiri:

___________________________

(F.I.SH.)

__________________________

(imzo, kun, oy, yil)
Toshkent shahri – 2014 y.
Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling