O’zbekiston respublikasi oliy


Download 0.69 Mb.
bet5/5
Sana13.02.2020
Hajmi0.69 Mb.
1   2   3   4   5

Mis (II) sulfat suvdagi eritmalaridan besh molekula suv bilan kristallanadi , bunda triklinik sistemadagi tiniq , ko’k kristallar xosil bo’ladi . Ana shunday holdagi mis (II) sulfat mis kuporosi (to’tiyo) deb ataladi.Mis kuporosi mis chiqindilarini konsentrlangan qaynoq sulfat kislotada yoki suyultirilgan iliq sulfat kislotada havo (havo kislorodi ) bemalol kirib turadigan joyda eritish yo’li bilan hosil qilinadi . Mis kuporosi metallarga mis yurutishda, ba’zi mineral bo’yoqlar tayyorlashda va qishloq xo’jaligi o’simliklarining zararkunandalariga qarshi kurash vositasi sifatida ishlatiladi.



OLINISHI:

1. Ikki valentli mis birikmalarini mineral kislatalarda eritish orqali olish mumkin.

a) Mis (II) xlaridni sulfat kislatada eritilishi.

CuCl2 + H2SO4 → CuSO4 + 2HCl↑

b) Mis (II) nitrat tuzini sulfat kislatada eritilishi.

Cu(NO3)2 + H2SO4→CuSO4 + 2HNO3

c) Mis (II) atsetat tuzini sulfat kislatada eritilishi.

Cu(CH3COO)2 + H2SO4 → CuSO4 + 2CH3COOH↑

2. Mis (II) oksid yoki mis (II) gidrooksidiga kislotalarni tasir ettirish orqali ham olish mumkin.

CuO + H2SO4 → CuSO4 + H2O

Cu(OH)2 + H2SO4 → CuSO4 + H2O

3. Mis (I) oksidiga sulfat kilota tasir ettirsak mis sulfat va erkin mis metali hosil bo’ladi.

Cu2O + H2SO4 → Cu↓+ CuSO4 + H2O



4. Mis metaliga sulfat kislota va vadarod peraksid aralashmasini tasir ettirish yo’li orqali ham olish mumkin.

Cu + H2SO4 + H2O2 → CuSO4 + H2O



5. Mis metaliga kansentrlangan sulfat kislota eritmasi qo’shish orqali olish mumkin.

Cu + H2SO4 → CuSO4 + SO2↑+ H2O



FIZIK XOSSALARI:

Agregat holati – tiniq kristal;

Zichligi - 3,603 g/sm3

Suyuqlanish temperaturasi – 2000C



KIMYOVIY XOSSALARI:

1. kaliy gidrooksid eritmasi bilan tasirlashib Cu(OH)2 (ko’k rangli) cho’kmasini hosil qiladi

KOH + CuSO4 → Cu(OH)2↓+ K2SO4



2. Bariy xlarid eritmasi bilan ta’sirlashib oq cho’kma BaSO4 ni hosil qiladi.

BaCl2 + CuSO4 → BaSO4↓+ CuCl2



3. Metallarning aktivlanish qatoridagi o’zidan aktiv metallar milan ham reaksiya kirishib mis metalini hosil qiladi.

CuSO4 + Fe → FeSO4 + Cu↓

CuSO4 + Sn → SnSO4 + Sn↓

4. 6500C da parchalanadi.

2CuSO4 → 2CuO + 2SO2↑+ O2



3.1. Tajriba qismi: CuSO4 ning labaratoriyada olinishi.

Kerakli asbob va reaktivlar: pipetka, probirklar to’plami, Shtativ, qizdirish asboblari(gaz garelkasi, pechkalar, qum hammomi) Cu metali, kansentrlangan sulfat kislota eritmasi.

Ishni bajarish tartibi.

Ish mo’rili shkafda o’tkazilishi kerak

TAJRIBA 1: Shtativga prabirkani mahkamlaymiz va uning ichiga 2 – 3 dona mis bo’lakchasidan tashlaymiz. Uning ustiga esa kansentrlangan sulfat kislota eritmasini pipetka yordamida ehtiyotkorlik bilan olib quyamiz. Bunda quyidagicha reaksiya sodir bo’ladi.

Cu + H2SO4 → CuSO4 + SO2↑+ H2O

Bunda hosil bo’lgan CuSO4 kristallogidrat holida bo’ladi, ya’ni eritmaning rangi och ko’k rangli bo’ladi. Biz bu eritmani qum hammomida 2500C gacha qizdiramiz bunda CuSO4 ning oq rangli kristallari hosil boladi.

TAJRIBA 2: Shtativga prabirkani mahkamlaymiz va uning ichiga 5 gr Cu(OH)2 solamiz. Uning ustiga esa kansentrlangan sulfat kislota eritmasini pipetka yordamida ehtiyotkorlik bilan olib quyamiz. Bunda quyidagicha reaksiya sodir bo’ladi.

Cu(OH)2 + H2SO4 → CuSO4 + H2O

Bu jarayonda ham hosil bo’lgan CuSO4 kristallogidrad holida bo’ladi, ya’ni eritmaning rangi och ko’k rangli bo’ladi. Biz bu eritmani qum hammomida 2500C gacha qizdiramiz bunda CuSO4 ning oq rangli kristallari hosil boladi.

3.2. MIS (II) SULFATNING ISHLATILISHI VA AHAMIYATI.
Elektrotexnikada, qotishmalar tayyorlashda, mashinasozlikda, kimyo sanoatida, shisha sanoatida, qishloq xo‘jaligida, kosmonavtikada va boshqa sohalarda ishlatiladi. Mis bioelementlar qatoriga kiradi. Xujayra ichida u tezlatgich rolini o‘ynaydi. Mis kamaysa, insonda kamqonlik kasaligi boshlanadi. Undan lotun, bronza va boshqa qotishmalar ishlab chiqariladi. Latun 45% rux va 55% misdan iborat. Biroq, uning tarkibida oz miqdorda temir, alyumiiy, qalay, kremniy bo‘lishi mumkin. Bu bo’yoqlar tayyorlashda, urug’larni dorilashda ishlatiladi.

Mis kuporosi mineral bo’yoq tayyorlashda,metallarni mis bilan qoplashda,

Mis sulfatni suyultirilgan eritmasi esa qishloq xo’jaligida zararkunandalarga

qarshi kurashishda, chitlarga gul bosishda va tibbiyotda ishlatiladi.

XULOSA.

1. Asosiy minerallari xalkozin - Cu2S, xalkopirit - CuFeS2, kuprit - Cu2O va malaxit - Cu2[CO3]2[OH]2 lardir. Tabiatda sof metall holida va oltingugurt (sulfidlar) hamda kislorod bilan birikma holida uchraydi. 250 dan ortiq minerallari mavjud.

2. Xalq xo’jaligida misning ahamiyati juda katta. Uning -50% miqdori elektrotexnika sanoatida elektr simlar va kabellar tayyorlashda, suv qozonlarini tayyorlashda; jez, mis nikelli va bronza kabi qotishmalar;konstantan, manganin kabi isitgich qurilmalari tayyorlash uchun ishlatiladi.

3. Xalq xo’jaligida Mis (II) sulfat tuzining ahamiyati katta u asosan zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishda ishlatiladi.

4. Organikada suvsiz mis (II) sulfat oq kukun holida bo’lib , u suvni olganida ko’karadi , shu sababdan , turli organik suyuqliklarda suv bor yo’qligini bilish uchun ishlatiladi . Mis (II) sulfatning suvdagi eritmasi o’ziga xos ko’kish rangda bo’ladi .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


  1. N.A.Parpiyev, A.G.Muftaxov, X.R.Rahimov. Anarganik kimyo.Toshkent - - 2003y.

  2. X.R.Rahimov “Anorganik kimyo”O’qituvchi nashriyoti Toshkent 1974 yil.

  3. N. Kattayev, G.Ixtiyorova, M.Muhamediyev, X.Mirzahidov O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.Toshkent – 2012 yil.

  4. Угай Я.А. Общая и неорганическая химия.- Москва: «Высшая школа», 2002.

  5. Г.Реми. Курс неорганической химии. Изд. Мир. Москва. 1974.

INTERNET SAYTLARI

  1. WWW.CHEMPORT.RU.

  2. WWW.SUBSCRIBE.RU.

  3. WWW.WIKIPEDIA.RU

  4. WWW.ZIYONET.UZ

MUNDARIJA

I BOB. KIRISH 3

II BOB. ASOSIY QISM

2.1. Mis va uning birikmalari, minerallari. 6

2.2. Mis ( II ) sulfatning fizik va kimyoviy xossalari. 11

3 TAJRIBA QISMI

3.1. Tajribaviy qismi: CuSO4 ning lobaratoriyada olinishi. 15

3.2. Mis (II) sulfatning ishlatilishi va ahamiyati. 16



III BOB.XULOSA 17

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 18





~~


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling