O’zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi raisi Sardor Umrzoqov O’ktamovichga Farg’ona viloyati Marg’ilon shahar B
Download 15.57 Kb.
|
ariza.
O’zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi raisi Sardor Umrzoqov O’ktamovichga Farg’ona viloyati Marg’ilon shahar B.Marg’oniy ko’chasi 355-uyda yashovchi Toshmatov Saidaxror Xasanboy o’g’lidan Ariza
Arizamning qisqacha mazmuni shundan iboratki, men yuqorida ko’rsatilgan manzilda onam, opam va singlim bilan yashayman. Men 2021-yil Farg’ona shahar Politexnika institutining qurilish arxitektura fakultetiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilindim. 2023-yil 12-sentyabrda yo’l tirban bo’lganligi sababli injenerlik geologiya faniga gruppadoshlarim bilan kech qolib kirdik. Shunda fan o’qituvchisi O.Qayumov dars jarayonida qatnashishimiz uchun ruhsat bermadi. Gruppadoshlarim bilan chiqib ketayotganda o’zaro xazillashib bir birimizga so’kindik, shu payt fan o’qituvchisi meni haqorat qildi deb o’ylab rektor nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Buning uchun intizomiy chora hayfsan berildi. Bunga O.qayumov qoniqmay IIB ga ham murojaat qilgan. Shu vaqt 441.000 (tort yuz qriq bir ming so’m) so’m jarima tayinlandi. Shunda ham qoniqmay O.Qayumov Farg’ona viloyat Ma’muriy sudiga appelatsiya shikoyat xati bilan murojaat qilgan va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 200 000 000 (ikki yuz million so’m) so’m tovon puli to’latib berish haqida shikoyat xati bergan. Farg’ona politexnika instituti Qurilish fakulteti dekani SH.Davlyatov Onangizni chaqiramiz deb onamni chaqirtirishdi. O.Qayumovdan uzr-kechirim so’radim. 2023-yil 12-sentyabrdan beri fakultet dekani Sh.Davlyatov menga o’qishimni sirtqi ta’lim shakliga yoki akdemik ta’til olishim kerakligini aytdi. Shu payt menga Sh.Davlyatov sen kimsan jiyanimni ham o’qishdan haydaganman deb aytdi. Shu kungacha majbur qiladi. Fan mashg’ulotlarini qoldirmay qatnashib kelayapman. Fakultet decani Sh.Davlyatov menga tanaffus vaqtida o’zaro gruppadoshlarim bilan gaplashib o’tirganimni video kameradan ko’rib, Abdulhamidova Zulfizarni shani, qadr-qimmatini kamsitadigan so’zlar bilan kamsitding deb qo’limga talabalar safidan chetlashtirilganligim haqidagi buyruqni berdi va men shu payt Sh.Davlyatovga sababi nima, gruppadoshlarim bilan o’zaro gaplashib bo’lmaydimi desam, sen haqorat qilding deb tuhmat qildi. Men xozirgi kunda bu nohaqlik vaziyatda qanday yo’l tutish kerakligini bilmay qoldim. Fakultet decani Sh.Davlyatov va O.Qayumovga adolat bilan qonun doirasida chora ko’rib mening o’qishimni qayta tiklashda amaliy yordam berishingizni so’rayman. Yuqoridagi masalalar yuzasidan institut rektoriga bir necha bor murojaat qildim va ijobiy yechim bo’lmaganligi sababli yuqori tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo’ldim. S.X.Toshmatov ____________ ____________ Download 15.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling