O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M


Iqtisodiyotda ishlab chiqarish (taklif) hajmlarining oʻzgarishi va iqtisodiy faollik


Download 343.63 Kb.
bet3/4
Sana10.09.2022
Hajmi343.63 Kb.
#803673
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi Shaxboz
2 5208946958042924597, Kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi I bob. Sayr orqali bolalard, 2 5213140310707672515, improving..., 42438, Biokimyo 1, ttbalab3-4, 1648879430, 1- kurs Hemis format testlar, portal.guldu.uz-o‘quv-uslubiy majmua , Мустақил иш мавзулари (3), 710 20 Abduhamidov Muhammadzokir 3 deadline, CamScanner 17-03-2022 11.58, Seminar, Tets dasturlash
Iqtisodiyotda ishlab chiqarish (taklif) hajmlarining oʻzgarishi va iqtisodiy faollik
Jahon bozorlarida xom-ashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvi natijasida tabiiy gaz narxlarining tushib ketishi hamda qazib olish hajmlarining 7,8 foizga qisqarishi sanoat mahsulotlari hajmining oʻsish surʼati sekinlashishiga taʼsir etdi. Bunda gaz qazib olishning kamayishi toʻligʻicha chet el kompaniyalari hissasiga toʻgʻri keldi.
Shunga qaramasdan iqtisodiyotdagi energoresurslarga boʻlgan talabning barqaror qondirilishi hisobiga sanoat mahsulotlari hajmi 4,0 foizga (oʻtgan yilning mos davrida - 6,9 foiz), isteʼmol tovarlari hajmining 11,2 foizga (18,3 foiz), shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari – 8,5 foiz (10,4 foiz) va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12,6 foizga (22,2 foiz) oshishi kuzatildi.
Aholi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga talabning oshishi tarmoqda tadbirkorlik subyektlari faolligini oshirishda muhim oʻringa ega boʻldi.
2020 yilning I choragi mobaynida sabzavotlar ishlab chiqarish 11,3 foizga, goʻsht 4 foizga, sut 2,9 foizga, tuxum 5,2 foizga oʻsishi, aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim asos yaratdi.
Chorak mobaynida 23,3 mingta (oʻtgan yilning shu davrida 30,4 mingta) yangi kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari, jumladan qishloq xoʻjaligi sohasida 2,6 ming (1,8 ming), aloqa va axborotlashtirishda 487 ta (366 ta), sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatishda 386 ta (297 ta) tashkil etildi.
Iqtisodiy faollik. Hisobot davrida tovar va xom-ashyo birjasida jami 10,5 trln. soʻmlik bitimlar (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 30,6 foizga oshgan) tuzildi.
Jumladan, 86,6 ming tonna qora metallar prokati (36 foizga oshgan), 19,3 ming tonna polipropilen (13,1 foiz), 21,7 ming tonna polietilen (20,4 foiz), 17,5 ming tonna shakar (24,2 foiz), 805,3 ming tonna mineral oʻgʻitlar (17,3 foiz), 34,7 ming tonna avtomobil benzini (2,1 barobar), 110,0 ming tonna dizel yoqilgʻisi (7,7 foiz) sotildi.
Mazkur davrda, xizmatlar hajmining oʻsish surʼati oʻtgan yilning shu davridagi 11,1 foizdan 9,9 foizgacha sekinlashdi. Ushbu holat, mart oyining ikkinchi yarmidan karantin tadbirlarining amalga oshirilishi, transport, tashish xizmatlarining, ayniqsa aviaqatnovlarning toʻxtatilishi hamda qator xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyatining toʻxtalishi bilan izohlanadi.
Shunga qaramasdan, moliyaviy xizmatlar 36,6 foizga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 17,9 foizga koʻpayishi hisobiga sohadagi oʻsish tendensiyalari saqlab qolindi.
Inflyatsiya darajasi 2020-yilning I choragida 2,8 foizni tashkil etib, (prognoz – 3,3 foiz) soʻnggi 4 yillik davrda eng past koʻrsatkichni qayd etdi. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻsishi oʻtgan yilning mos davridagi 6,4 foizdan 4,3 foizgacha sekinlashdi.
Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasini monetar omilning qisqarishi hamda almashuv kursining barqaror darajada saqlanib turishi bilan tushuntirish mumkin.
Respublikada koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha kiritilgan cheklovlar taʼsiri aprel oyidan sezila boshlandi va bu iqtisodiy holatni aks ettiruvchi ayrim koʻrsatkichlar dinamikasida oʻz aksini topmoqda.
Oʻz navbatida, koronavirus pandemiyasining mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatga salbiy taʼsirini yumshatish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga [i]muvofiq qabul qilingan inqirozga qarshi choralar toʻplamining amalga oshirilishi mamlakatda tibbiy, sanitar va epedemiologik vaziyatni yaxshilash, aholining moddiy va ijtimoiy holatining yomonlashib ketishini oldini olish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida faoliyatning barqarorligini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Xususan:
a) sogʻliq saqlash va tibbiyot sohasining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va uni yaxshilash uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasida tegishli resurslarning tezkorlik bilan shakllantirilishi va yoʻnaltirilishi koronavirus infeksiyasining keng tarqalishining oldini olish bilan birga mavjud vaziyatni samarali nazorat qilish va karantin bilan cheklovlarni bosqichma- bosqich yumshatish imkonini bermoqda;
b) koronavirus pandemiyasining aholi daromadlari va toʻlov qobiliyatiga taʼsirini kamaytirish borasida:

  • byudjet sektori ishchilarini pullik mehnat taʼtiliga chiqarish, bir qism xodimlarni masofadan turib ishlash tizimiga oʻtkazish orqali ish bilan bandligini taʼminlash yoʻli bilan davlat sektorida band boʻlgan ishchilarning ish haqlarini toʻliq saqlab qolish;

  • alohida yoʻnalishdagi xususiy sektor korxonalariga ish xaqi hisoblashda ijtimoiy soliq miqdorini 1 foizgacha pasaytirish;

  • jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlarni qaytarish muddatlarini kechiktirish;

  • ishsiz qolgan aholini jamoatchilik ishlariga band qilish;

  • davlat tomonidan xususiy sektorni ragʻbatlantirish (yoki kompensatsiya qilish) orqali vaqtinchalik ishsiz qolgan aholini zarur isteʼmol tovarlari va moddiy yordam bilan qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etilishi ijtimoiy vaziyatning keskin yomonlashib ketishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

v) xususiy sektor korxonalarini qoʻllab-quvvatlash borasida fiskal ragʻbatlantirish (ayrim soliq toʻlovlarining kechiktirilishi va imtiyozlar berilishi) hamda kredit va monetar yumshatish choralarining oʻz vaqtida joriy etilishi iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida moliyaviy tanglik holatining vujudga kelishi va iqtisodiy inqiroz chuqurlashishining oldini olish imkonini berdi.
Iqtisodiy faollik. Karantin choralari davrida iqtisodiy faollik susayishining eng quyi davri aprel oyining birinchi dekadasiga toʻgʻri kelib, tovar xom-ashyo birjasida savdolar bitimlari hajmi oʻrtacha 30 foizgacha, ayrim tovarlar boʻyicha esa sotish hajmi 80 foizgacha tushib ketdi.
2020 yil aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab qurilish va yuk tashish sohasidagi karantin choralarining yumshatilishi natijasida qurilish materiallariga va yuqori likvidli mahsulotlarga boʻlgan talabning nisbatan jonlanishiga taʼsir etdi.
Jumladan, aprel oyining uchinchi haftasida sement mahsulotining sotilishi dastlabki haftaga nisbatan 1,4 barobarga, qora metallar prokati 2,7 barobarga, polipropilen 4,3 barobarga, polietilen 2 barobarga va shuningdek dizel yoqilgʻisi 21 foizga oshdi.
Natijada, aprelning 1-25 sanalari oraligʻida sement mahsulotlarining sotilishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga, mis katodi 6,5 foizga, mineral oʻgʻitlar hajmi 7 foizga, dizel yoqilgʻisi esa 10 foizga oʻsishi kuzatildi.
Dizel yoqilgʻisiga talabning koʻpayishi – bu qishloq xoʻjaligi sohasida faollikning mavsumiy oshishi, yuk avtomobillari harakatlanishiga cheklovlarning olib tashlanishi hamda qurilish ishlarining sanitar va epidemiologik talablarga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirish boʻyicha ruxsat berilishi bilan faollik oshib bormoqda.
Aprel oyining 1-27 kunlarida mart oyining mos davriga nisbatan respublika boʻyicha jami pul tushumlari 45 foizga, bunda, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar 31 foizga hamda pullik xizmatlar sohasidan keladigan tushumlar esa qariyb 2,7 barobarga qisqarishi kuzatildi.
Shu bilan birga, aprel oyining ikkinchi oʻn kunligidan boshlab mahsulotlar sotuvi tushumlarida sezilarli oʻsish kuzatilib, shu dekadadagi oʻrtacha kunlik tushumlar 337,1 mlrd. soʻmni tashkil qildi (birinchi oʻn kunlikda oʻrtacha tushum – 255,5 mlrd. soʻm). Mazkur tendensiya aprel oyining soʻnggi oʻn kunligida ham davom etib, kunlik oʻrtacha tushumlar 340,1 mrld. soʻmni tashkil qildi.
Pullik xizmatlardan keladigan tushumlar dinamikasida ham keskin qisqarishdan soʻng faollik kuzatilayotganiga qaramasdan oʻsish surʼatlari pastligicha qolmoqda (birinchi oʻn kunlikda oʻrtacha kunlik tushum – 38,4 mlrd. soʻm, ikkinchi oʻn kunlik – 40,5 mlrd. soʻm, uchinchi – 43,7 mrld. soʻm).
Iqtisodiy faollikning maʼlum darajada sekinlashuviga qaramay aprel oyida tabdirkorlik subyektlari tomonidan jalb qilingan kreditlar qoldigʻi 2,3 trln. soʻmga oshdi. Xususan, aprel oyining dastlabki 20 kunida ushbu sohaga ajratilgan kreditlar miqdori 4,3 trln. soʻmni va soʻndirilgan kreditlar miqdori qariyb 2 trln. soʻmni tashkil etdi.

Download 343.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling