O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021/2022 o‘quv yilida


Download 392.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.11.2022
Hajmi392.22 Kb.
#930014
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5A340603-Avtomobil-yollari-va-aerofromlar-turlari-boyicha
sample, downloadfile(1), 6-tarix-3-chorak, XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA O, Тогда, SIROJ, STIR-469008676



ANNOTATSIYA 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida 
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning 
davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son 
qarori 
6.a-bandida 
2021/2022-o‘quv 
yili qabulida davlat oliy ta’lim 
muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga 
qabul qilish ikki bosqichda amalga oshirilishi, bunda birinchi bosqichda davlat oliy 
ta’lim muassasasitomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish 
imtixonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha 
test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 
393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga 
o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq magistraturaga kirish 
sinovlari (maxsus test sinovlari) o‘tkazish shakli va fanlar bo‘yicha sinov dasturlari 
ishlab chiqilgan. 
Dastur 5A340603 - Avtomobil yo’llari va aerodromlar (turlari bo’yicha) 
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun ta’lim yo’nalishining 2017-2018 
o’quv yilida O va O‘MTV tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy 
(ixtisoslik) fanlar asosida tuzilgan. 
Dastur institutning 2021-yil 30-iyundagi №11 sonli kengash yig‘ilishida 
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 


5A340603 - Avtomobil yo’llari va aerodromlar (turlari bo’yicha) 
 
 
Tuzuvchi: Ganiev I.G. – JizPI “Yo’l muhandisligi” kafedrasi mudiri
texnika fanlari nomzodi, dostent.
Taqrizchi: Xudaykulov R. – Toshkent davlat transport universiteti
“Avtomobil yo’llari qidiruvi va loyihalash” kafedrasi mudiri, texnika fanlari 
nomzodi, dostent. 
KIRISH 
5A340603 - Avtomobil yo’llari va aerodromlar (turlari bo’yicha) bakalavriat 
ta’lim yo’nalishi - fan va texnika sohasidagi ta’lim yo’nalish bo’lib, transport 
inshootlari ekspluatastiyasi sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy 
ko’nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyati vositalari, yo’l 
transporti inshootlarini ekspluatastiya qilishga yo’naltirilgan usullar va 
uslublarning majmuasini qamrab oladi. 
Ta’lim yunalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi - talabalar bilimlarini 
chuqurlashtirish va yo’l ob’ektlarini loyihalash, qurish va ekspluatastiyaga oid 
amaliy masalalarini echish uchun yangi texnologiyalarni va dasturlar paketlarini 
qo’llash, yo’l ob’ektlarini joriy foydalanishni samarali boshqarish, yo’l 
inshootlarining ekspluatastiyasi bo’yicha loyiha va ishlanmalardan ishlab 
chiqarishda samarali foydalanish, loyihalarni boshqarish, ishlab chiqarish 
jarayonlari va resurslarini rejalashtirish, bo’lishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni 
tahlil qilish, loyiha jamoasini boshqarish, yo’l transporti va yo’l xo’jaligi 
ob’ektlarining zamonaviy xolati va rivojlanish istiqbollari, texnik, texnologik va 
tashkiliy asoslari, transport inshootlarining texnik xolatini baholash va diagnostika 
qilish, yo’l xo’jaligini yuritish, mashina va mexanizmlar majmuasini boshqarish, 
mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi talablari 
bo’yicha, hamda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini 
oshirish va ko’nikma hosil qilishdan iboratdir. 5340800-Avtomobil yo’llari va 
aerodromlar yo’nalishi negizidagi 5A340603 - Avtomobil yo’llari va aerodromlar 
(turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun Dastur, ushbu 
bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofik ixtisoslik fanlari bo’yicha 
majmuasini o’zida aks ettirgan va test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o’z 
negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. 

Download 392.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling