O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021/2022 o‘quv yilida


Magistraturaga mutaxasslik fanlari bо‘yicha kirish sinovlarida abituriyentlar


Download 392.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.11.2022
Hajmi392.22 Kb.
#930014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5A340603-Avtomobil-yollari-va-aerofromlar-turlari-boyicha
sample, downloadfile(1), 6-tarix-3-chorak, XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA O, Тогда, SIROJ, STIR-469008676
Magistraturaga mutaxasslik fanlari bо‘yicha kirish sinovlarida abituriyentlar
bilimini baholash 
 
ME’ZONLARI 
 
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni va boshqa 
me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yuqori 
malakali yetuk mutaxassislarga bо‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida
magistraturaga qabul О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 о‘quv 
yilida О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul 
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tо‘g‘risida”gi 2021-yil 22-iyundagi
PQ-5157-son qarori asosida amalga oshiriladi. 
“Mutaxasislik (ixtisoslik) fanlar”dan magistraturaga kirish sinovlarini 
baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1. Mutaxassislik fanlaridan kirish sinovlari Oliy ta’lim muassasasi rektori 
tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya a’zolari ishtirokida о‘tkaziladi.
2. Mutaxassislik fanlaridan kirish sinovlari uchun 2 soat vaqt ajratiladi va 
belgilangan vaqtda tegishli xonalarda о‘tkaziladi. 
3. Magistratura mutaxassisliklarining kirish sinovlari tarkibiga kiritilgan 
mutaxassislik fanlarii uchun 100 ball ajratilgan.
4. Magistraturaga kiruvchilar bilimi 0 balldan 100 ballgacha bо‘lgan ballar 
oralig‘ida baholanadi. 
5. Sinov maxsus test asosida o’tkaziladi va abituriyentning tanlangan 
mutaxassisligi bо‘yicha nazariy bilimi aniqlanadi.
6. Variantlardagi test savollar mutaxassislik fanlari bо‘yicha О‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli bakalavriat 
yо‘nalishi uchun tasdiqlangan fan dasturlari asosida tuziladi. 
7. Javoblar quyidagi tartibda baholanadi: 
har bir test varianti 50 ta savoldan iborat bo`lib, har bir tо‘g‘ri javob 2,0 ball 
bilan baholanadi. 
Test natijalaridan norozi bо‘lgan abituriyentlar sinov natijalari e’lon 
qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul komissiyasi raisi nomiga ariza bilan 
murojaat qilishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani kо‘rib chiqish muddati ikki 
kundan oshmasligi kerak. 



Download 392.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling