O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112 sonli qarori ijrosini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi o’zbek milliy cholg’u asboblarining mohir ijrochilarini aniqlash, yangi iste’dodlarni o‘rganish va yuzaga chiqarish, shuningdek, aprel oyi “Amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya) oyligi” munosabati bilan fan oyligini samarali tashkil etish maqsadida «Sozlar sehri» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo’yicha
NIZOM
“Sozlar sehri” ko‘rik-tanlovinining (bundan keyin ko‘rik-tanlov deb yuritiladi) maqsadi va vazifalari:
Tumandagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi o’zbek milliy cholg’u asboblarining mohir ijrochilarini aniqlash, yangi iste’dodlarni o‘rganish va yuzaga chiqarish ;
iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish, iqtidorli yoshlar safini yanada kengaytirish, o’quvchi yoshlarda milliy cholg’u asboblarimiz, o’zbek milliy kuylariga nisbatan qiziqish uyg’otish ;
Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi :
ko‘rik - tanlov qatnashchilarining xujjatlarini (qatnashchilar repertuari, ijro etiladigan kuylar nomi, mualliflari, o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvoxnomasidan ko‘chirma va maktab rahbariyati tomonidan ma’lumotnoma (3*4 o‘lchamdagi rasmi)) tegishli tashkiliy qo‘mitaga ko‘rik-tanlov o‘tikaziladigan kuni taqdim qilinsin .
Ko‘rik – tanlov quyidagi 4 ta yo’nalishda o’tkaziladi :
1. Torli cholg’ular (qashqar rubobi, dutor, tanbur, afg’on rubobi va hokazo)
2. Zarbli cholg’ular (doira, nog’ora kabi)
3. Torli-kamonli cholg’ular (g’ijjak, sato)
4. Damli cholg’ular (nay, qo’shnay, sunray)
O’quvchilar ijro etadigan kuylar o’zbek xalq kuylari, maqom namunalari va o’zbek bastakorlarining ijodiga mansub kuylardan tanlanishi mumkin.
3.Ko‘rik-tanlovning baholash mezoni:
№
|
Baholash mezonlari
|
Maksimal ball
|
1
|
Ishtirokchining ijrochilik mahorati. Bunda ishtirokchining kuyni erkin ijro etishi, o‘z imkoniyatini to‘g‘ri ishlatishi va ijro mahoratiga qarab baholanadi
|
2
|
2
|
Ishtirokchining o’zini va cholg’u asboblarini tog’ri tutishi (pastanovka) baholanadi.
|
2
|
3
|
Ishtirokchining sahna madaniyati. Bunda ishtirokchining sahna madaniyati qoidalariga rioya qilishi baholanadi
|
2
|
4
|
Ishtirokchining turli bezak, shtrix, rez va badiiy bezak vositalaridan to’g’ri foydalanishi baholanadi.
|
2
|
5
|
Ishtirokchining ritm qobiliyati. Bunda ishtirokchining kuy ritmi asosida to‘g‘ri ijro etishi baholanadi.
|
2
|
|
Maksimal ball
|
10
|
“Sozlar sehri” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish
bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
t a r k i b i
1. A.Abdrimov - Amaliy fanlar metodisti, tashkiliy qo’mita raisi
2. U.Sultanov - 18-maktab musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi , a’zo ;
3. I.Iskandarov - 17-maktab musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi, a’zo ;
27-maktabda_2022-yil_26-aprelda_bo‘lib_o‘tadi.'>4. Sh.Husainov - 16 -maktab musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi, a’zo;
Ko‘rik-tanlov 27-maktabda 2022-yil 26-aprelda bo‘lib o‘tadi.
Xudud
|
Maktablar
|
O‘tkaziladigan maktab
|
O‘tkazish sanasi vakti
|
Shovot tumani
|
Barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari
|
27-maktab
|
27-aprel 2022-yil
soat 9:00
|
Do'stlaringiz bilan baham: |