O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


Download 191.6 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2020
Hajmi191.6 Kb.
#103455
  1   2
Bog'liq
PQ-3981 23.10.2018




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

So‘nggi yillarda mamlakatimizda, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.



Shu bilan birga, elektr energetikasi tarmog‘ida mavjud imkoniyat va salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotganligi ko‘zlangan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Sog‘lom raqobat muhitining yo‘qligi, sezilarli darajada kvazidavlat sektorning mavjudligi, tarif siyosatining bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmasligi davlat tomonidan haddan tashqari tartibga solinishiga hamda davlat va tijorat manfaatlarining to‘qnashuviga olib kelmoqda.

Resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish darajasining pastligi, tegishli infratuzilmani yangilash sur’atlarining sustligi texnologik yo‘qotishlarning oshishiga va elektr energiyasini yetkazib berishda, ayniqsa joylarda muntazam uzilishlarga olib kelmoqda.

Tarmoq korxonalarini boshqarishning byurokratlashgan tizimi va mehnat resurslaridan samarasiz foydalanish ularning ish faoliyati samaradorligi va natijadorligini pasaytirmoqda hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarning o‘sishiga olib kelmoqda.

Ilg‘or xorijiy tajriba, zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida elektr energetikasi tarmog‘ida davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

1. 2018 — 2020-yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi hisobi va iste’molini nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” quyidagilarni nazarda tutgan holda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha loyiha qiymati 2,6 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1984 MVt 7 ta investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish;

jalb qilinadigan kreditlar va “O‘zbekenergo” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan yiliga umumiy uzunligi 7,1 ming km bo‘lgan yangi elektr tarmoqlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, 2500 ta transformator punktlarini o‘rnatish va modernizatsiya qilish;

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (keyingi o‘rinlarda — EEHO va NQAT) 7 mln. iste’molchilarni ulash, 2021-yil yakuniga qadar EEHO va NQAT qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkazish;

Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan, umumiy qiymati 1,8 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli kreditlarni o‘zlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Yo‘l xaritasi”da belgilangan har bir loyihani amalga oshirish bo‘yicha tarmoq grafiklarini tasdiqlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga — “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini qat’iy nazoratga olish;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodovga — xalqaro moliya institutlari va tashkilotlardan jalb qilinayotgan mablag‘larning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlash, shuningdek, salohiyatli investorlarni izlash va investorlarga, shu jumladan, ishonchli boshqaruvga beriladigan obyektlarni aniqlagan holda elektr energetikasi tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘richet el investitsiyalarini jalb qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Qo‘chqorovga — elektr energetikasi tarmog‘ida loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish mexanizmlarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlash;

“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyevga — loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, mazkur qarorda belgilangan obyektlarni qurish va foydalanishga topshirishni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Obod qishloq” Davlat dasturini amalga oshirish uchun jalb qilingan xalqaro moliya institutlari qarz mablag‘larining 100 mln. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan qismini 2019-2020-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishini ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 14-fevraldagi PQ-1705-son va 2012-yil 2-avgustdagi PQ-1795-son qarorlariga muvofiq “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. O‘zbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlari 0,4 kVli iste’molchilarining elektr energiyasi iste’molini hisobga olish tizimi” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — ASKUE 1-faza) Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” AJning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) “Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE 4-faza) joriy etish” loyihasini amalga oshirish uchun ko‘zda tutilgan Osiyo taraqqiyot bankining 300 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘lari hisobiga respublikaning boshqa hududlarida EEHO va NQATni joriy etish loyihasini amalga oshirish;

b) Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga ASKUE 1-faza loyihasini amalga oshirish doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan EEHO va NQAT ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender natijalariga ko‘ra aniqlangan pudratchi — kompaniya bilan;

Respublikaning barcha hududlarida EEHO va NQATni joriy etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotib olish uchun xalqaro tanlov savdolarini o‘tkazish yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha “CESI S.P.A / AF Mercados Energy Markets International S.A / Sharifa.com” (Italiya/Ispaniya/O‘zbekiston) konsalting kompaniyalarining konsorsiumi bilan qo‘shimcha bitimlar tuzish.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Sh.A. Vafayev)ga quyidagilarni muvofiqlashtirish uchun javobgarlik yuklansin:

xarid qilish jarayonlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirok etishini, mamlakat hududida EEHO va NQAT va hisoblash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish servis markazlarini yaratishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini hisobga olgan holda EEHO va NQATni joriy qilish uchun zamonaviy hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotib olish uchun tender hujjatlarini ishlab chiqish;

Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari hisobiga 2021-yil 1-dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida EEHO va NQATni joriy etishni yakunlash bo‘yicha zamonaviy hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotib olish yuzasidan xalqaro tender savdolarining o‘tkazilishini jadallashtirish.

“O‘zbekenergo” AJ mahalliy ishlab chiqaruvchilardan hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotib olish jarayonida, ularning texnik parametrlarining xalqaro tender savdolarini o‘tkazish uchun tayyorlangan tender hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlasin.

4. Majburiy ijro byurosi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olgan holda, elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotib olishni parallel moliyalashtirish maqsadida 2019 — 2021-yillar davomida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasidan har yili 400 mlrd. so‘m miqdorida soliqqa tortilmaydigan mablag‘larni “O‘zbekenergo” AJga beg‘araz ravishda ajratilishini ta’minlasin.

5. Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha Komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, unga Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki guruhi bilan birgalikda:

a) ishlab chiqarish quvvatlarini 2030-yilgacha 20 ming MVtga yetkazgan holda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli investitsiyaviy dasturni 2019-yil 1-mayga qadar ishlab chiqish;

b) 2019-yil 1-martga qadar elektr energiyasini uzatishda davlatning to‘liq nazoratini saqlab qolgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) korxonalariga xususiy hamda xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalarni, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida keng jalb qilishni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan to‘g‘ritanlov asosida elektr energiyasini sotib olishning ulgurji bozorini bosqichma-bosqich tashkil etishni nazarda tutgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy sxemasini ishlab chiqish;

v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo tarif komissiyasini tashkil etishni nazarda tutgan holda, 2019-yil 1-aprelga qadar elektr energetikasi tarmog‘iga xususiy sektorni jalb qilishni rag‘batlantiruvchi, elektr energiyasining joriy va kapital xarajatlarini qoplashga asoslangan elektr energiyasi tariflarini hisoblash metodologiyasini tayyorlash va tasdiqlash;

g) 2019-yilda elektr energetikasi tarmog‘i korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy shakllari va usullarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etishni ta’minlash, shuningdek, tarmoq korxonalarining korporativ obligatsiyalarini chiqarish va xalqaro bozorlarga joylashtirish;

d) 2018-yil 1-dekabrga qadar elektr energetikasi tarmog‘ida davlat-xususiy sheriklikning normativ-huquqiy bazasi, tartib-taomillari va reglamentini ishlab chiqish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

e) mavjud resurs bazasi, zamonaviy texnologik tendensiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni inobatga olgan holda, elektr energetikasi tarmog‘ida salohiyatli investorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish vazifasi yuklansin.

7. Komissiya (A.N. Aripov) 2018-yil 15-dekabrga qadar, respublikaning yoqilg‘i-energetika kompleksi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish bilan bog‘liq barcha kompleks masalalarni yuklagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi “O‘zbekenergo” AJ va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2019-yildan boshlab:

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tajriba loyihasini tanlov asosida amalga oshirishni;

xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda mamlakatning issiqlik elektr stansiyalaridan birida bug‘-gaz qurilmasini qurish, shuningdek, Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlaridagi elektr energiyasi tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish tajriba loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirishni;

xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda “Toshkent shahridagi tarqatish tarmoqlarini uzoq muddatli ijaraga berish” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy parametrlarini ishlab chiqishni boshlashni ta’minlansin.

9. Belgilansinki, “O‘zbekgidroenergo” AJ gidroelektrstansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun to‘lov iste’molchilar — jismoniy shaxslar uchun yakuniy tarifning 85 foizi miqdorida shakllanadigan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJning:

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining “O‘zbekenergo” AJ loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlarini, tegishlicha yakuniy to‘lovlar muddatini uzaytirish va qayta moliyalashtiruvchi banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish bilan birga 4-ilovaga muvofiq 3 yilga uzaytirish;

“Chorvoq GES gidrogeneratorlarini ularning ishchi g‘ildiraklarini almashtirish bilan birga modernizatsiya qilish” investitsiyaviy loyihasini moliyalashtirish uchun “O‘zbekenergo” AJga berilgan kreditni “O‘zbekgidroenergo” AJga qayta rasmiylashtirish haqidagi takliflari ma’qullansin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarordan kelib chiqib, “O‘zbekenergo” AJ majburiyatlari bo‘yicha ilgari berilgan davlat kafolatlariga o‘zgartirish kiritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida “MEI” Milliy tadqiqot universiteti” (Rossiya Federatsiyasi) Federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

energetika tarmog‘iga yuqori malakali menejerlarni yollash uchun kadrlarni tanlash bilan professional asosda shug‘ullanadigan tashkilotlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin;

Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda muqobil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarini yagona energetika tizimiga ulash tartibini takomillashtirish va loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.

13. “O‘zbekenergo” AJ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:

2019-yil 1-aprelga qadar elektr energiyasi, shu jumladan, muqobil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini yagona energetika tizimiga ulash reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 23-oktabr,

PQ-3981-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qaroriga


1-ILOVA

2018 — 2020-yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi hisobi va iste’molini nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

T/r

Belgilangan chora-tadbirlar

Loyiha qiymati va moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Investitsion loyihalarni amalga oshirish va yangi quvvatlarni joriy etish

1.

Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega 2 ta bug‘-gaz qurilmasini qurish”.

678,2 mln. AQSh doll.

sh.j., 300 mln. doll. — OTB mablag‘lari,

230,7 mln. doll. — O‘zRTTJ mablag‘lari,

120,2 mln. doll. — Davlat budjeti mablag‘lari,

27,3 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari


Qurilish maydonchasiga 1-raqamli va 2-raqamli gaz turbinalarini yetkazib berish.

Qurilish maydonchasiga 1-raqamli va 2-raqamli bug‘-gaz turbinalarini yetkazib berish.


1-raqamli bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish (230 MVt).


2-raqamli bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish (280 MVt).



2018-yil noyabr
2019-yil iyul
2020-yil iyun

2020-yil sentyabr



“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi,

O‘zRTTJ (Vafayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

DBQ (Azimov)


2.

450 MVt quvvatga ega ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish orqali “Navoiy” IESni kengaytirish.

547,3 mln. AQSh doll.

sh.j., 351,4 mln. doll. — JISA mablag‘lari,

150 mln. doll. — O‘zRTTJ mablag‘lari,

45,9 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari



Qurilish maydonchasiga bug‘ turbinalari, sovutish uskunasi, nasos va qozon modullarini yetkazib berish.

Ochiq sikldagi bug‘ turbinasidan foydalanishni boshlash (250 MVt).

Bug‘-gaz uskunasining yig‘ma siklini ishga tushirish (200 MVt)


2018-yil noyabr

2019-yil yanvar


2019-yil dekabr

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi,

O‘zRTTJ (Vafayev),

DBQ (Azimov)



3.

Sirdaryo IES energobloklarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish”.

219,4 mln. AQSh doll.

sh.j.,132 mln. doll. — “Vneshekonombank” mablag‘lari,

44,5 mln. doll. — tijorat banklari kreditlari,

42,9 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari



Loyiha doirasida kredit shartnomalarini tuzish.

Kreditlar bo‘yicha Davlat kafolatlarini rasmiylashtirish.

Davlat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalarni olish.

3-raqamli va 4-raqamli energobloklarni ishga tushirish (qo‘shimcha 50 MVt quvvat).

5-raqamli va 6-raqamli energobloklarni ishga tushirish (qo‘shimcha 50 MVt quvvat).

9-raqamli va 10-raqamli energobloklarni ishga tushirish (qo‘shimcha 50 MVt quvvat).



2018-yil noyabr

2018-yil noyabr


2018-yil noyabr


2019-yil noyabr


2020-yil noyabr


2021-yil noyabr



Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

“O‘zsanoatqurilishbank” (Voitov)

“O‘zmilliybank” (Mirsoatov)


4.

Tolimarjon IESda quvvati 900 MVtdan kam bo‘lmagan 2 ta BGQ qurish”.

Mablag‘lar miqdori va manbai aniqlanmoqda

Loyihani amalga oshirish uchun tadqiqot ishlarini olib borish.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan o‘tkazish.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlashga qaratilgan hukumat qarorini qabul qilish.



2018-yil dekabr

2019-yil mart


2019-yil aprel


2019-yil aprel



Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)


Bosh pudratchini belgilash bo‘yicha tender hujjatlarini tayyorlash va tender savdolarini o‘tkazish.

Qurilish maydonchasiga 1-raqamli va 2-raqamli gaz turbinalarini yetkazib berish.

1-raqamli bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish (450 MVt).

2-raqamli bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish (450 MVt).



2019-yil avgust

2020-yil aprel


2022-yil sentyabr


2022-yil dekabr



5.

To‘raqo‘rg‘on IESni qurish”.

1 195,9 mln. AQSh doll.

sh.j., 606,7 mln. doll. — JISA mablag‘lari

255,2 mln. doll. — O‘zRTTJ mablag‘i,

278,2 mln. doll. — Davlat budjeti mablag‘lari,

55,8 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari


Qurilish maydonchasiga 1-raqamli va 2-raqamli gaz turbinalarini yetkazib berish. 1-raqamli bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish (450 MVt).

2-raqamli bug‘-gaz qurilmasini ishga tushirish (450 MVt).



2018-yil dekabr

2019-yil sentyabr


2019-yil dekabr



“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi,

O‘zRTTJ (Vafayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

DBQ (Azimov)


6.

Toshkent IESda quvvati 27 MVt bo‘lgan 2 ta gazturbina qurilmalarini o‘rnatish”.

Mablag‘lar miqdori va manbai aniqlanmoqda

Konsultantni aniqlash bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish va qisqa ro‘yxat qatnashchilari o‘rtasida g‘olibni aniqlash.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan o‘tkazish.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash va hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

Bosh pudratchini tanlash bo‘yicha tender hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolarini o‘tkazish.

Qurilish maydonchasiga 1-raqamli va 2-raqamli gaz turbinalarini yetkazib berish.

1-raqamli gaz turbinasi qurilmasini ishga tushirish.

2-raqamli gaz turbinasi qurilmasini ishga tushirish.



2019-yil mart

2019-yil mart


2019-yil may


2019-yil iyul

2020-yil sentyabr

2021-yil may


2022-yil sentyabr


2022-yil dekabr



Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)


7.

Farg‘ona IES va Farg‘ona RK-3 issiqxonasida yuqori samarador kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyalarini joriy etish” (umumiy quvvati 24 MVt).

83,6 mln. AQSh doll.

sh.j., 49,6 mln. doll. —

Yaponiya yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti mablag‘lari,

34 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari



RK-3 qurilish maydonchasiga quvvati 7 MVt kogeneratsion gaz turbina uskunalarini yetkazib berish.

GTU kogeneratsion gaz turbina uskunalarini ishga tushirish.

Qurilish maydonchasiga quvvati
17 MVt bo‘lgan kogeneratsion gaz turbinasi uskunalarini yetkazib berish.

GTU kogeneratsion gaz turbina uskunalarini ishga tushirish.



2019-yil mart

2019-yil dekabr


2020-yil iyul

2021-yil yanvar


“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi



(Vafayev),

DBQ (Azimov)



8.

Toshkent IESning 6 ta, Navoiy IES — 4ta, Taxiatosh IES — 2 ta Yangi Angren IES — 5 ta energobloklarini modernizatsiya qilish (qo‘shimcha 1 355 MVt)”.

Mablag‘lar miqdori va manbai aniqlanmoqda

Asosiy uskunaning texnik holatini o‘rganish.

Modernizatsiya qilish uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.



2019-yil dekabr

2020-yil sentyabr



“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

“MEK” AJ


(Muratov)

9.

Toshkent IES va Navoiy IESda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlarni, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilagan holda, yangi boshqarish quvvatlarini qurish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik yuzasidan takliflarni kiritish.

Mablag‘lar miqdori va manbai aniqlanmoqda

Qo‘shimcha elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish.

Salohiyatli xorijiy investo�larni izlash va belgilash.


2019-yil iyul

2019-yil avgust


2019-yil noyabr

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)


10.

2019 — 2024-yillarda yirik shaharlarda joylashgan issiqxonalarda gaz turbinalarini o‘rnatish, shu jumladan, xususiy investorlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish bo‘yicha takliflarni kiritish.

Mablag‘lar miqdori va manbai aniqlanmoqda

Yirik shaharlar issiqxonalarida gaz turbinalarini o‘rnatishni joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.

Loyihaning texnik-iqtisodiy yechimini ishlab chiqish.

Loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish.

Salohiyatli xorijiy investorlarni izlash va belgilash.



2018-yil dekabr

2019-yil mart


2019-yil iyun


2019-yil iyun

UJKXKV (Saliyev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev)


II. Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish

11.

Eskirgan uskunalarni modernizatsiya qilish (220 — 500 kV quvvatga ega 22 ta kichik stansiyalar).

292,1 mln. AQSh doll.

sh.j., 150 mln. doll. — XTTB (XTA) mablag‘lari,

66,8 mln. doll. — Davlat budjeti mablag‘lari,

75,3 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari



Loyiha-smeta va tender hujjatlarini tayyorlash.

Tender savdolarini o‘tkazish.

Texnologik uskunalarni yetkazib berish.

Modernizatsiya qilish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

Jahon banki bilan birgalikda loyihaning 2-bosqichini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borish.


2019-yil fevral

2019-yil dekabr

2020-yil may

2020-yil dekabr


2019-yil dekabr



Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

Moliya vazirligi (X�ydarov),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev)


12.

Sarimoy aholi punkti — Taxiatosh IES — Xorazm PS 220 kVli elektr uzatish liniyasi qurilishini tugatish.

258,5 mln. AQSh doll.

sh.j., 150 mln. doll. — OTB mablag‘lari,

72,7 mln. doll. — Davlat budjet mablag‘lari,

35,8 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari



6-lot bo‘yicha tender hujjatlarini tayyorlash va OTB bilan kelishish.

6-lot bo‘yicha tender savdolarini e’lon qilish.

2-lot bo‘yicha e’lon qilingan tender savdolarida g‘olib bo‘lganlarni aniqlash va shartnomalar tuzish.

Qurilish maydonchasiga elektr uskunalari va materiallarni yetkazib berish.

Qurilish-montaj ishlarini olib borish.


2018-yil noyabr

2018-yil dekabr


2019-yil mart

2019-yil oktyabr

2019-yil noyabr



Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)


13.

7,1 ming km elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish.

835,9 mln. AQSh doll.

sh.j., 609 mln. doll. — XMI va XHMT mablag‘lari hisobiga qayta moliyalashtirishni qo‘shgan holda

tijorat banklari kreditlari,

226,9 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ tomonidan

jalb qilinadigan

mablag‘lar



2019-2020-yillarda “Obod qishloq” Davlat dasturi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning kamida 100 mln. AQSh dollarini past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirish masalasi bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borish.

2018-yil dekabr

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev)



III. EEHO va NQATni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish

14.

EEHO va NQAT ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish.

Mablag‘lar miqdori va manbai aniqlanmoqda

(EEHO va NQAT


1-bosqichi bo‘yicha OTB tomonidan ajratilgan mablag‘larning tejab qolingan qismi hisobidan)

EEHO va NQAT 1-bosqichi bo‘yicha xalqaro tenderda aniqlangan pudratchi-kompaniya bilan EEHO va NQAT ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazi uchun axborot dasturini, server va tarmoq uskunalarini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borish.

EEHO va NQAT 1-bosqichi loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘larning tejab qolingan qismi hisobidan pudratchi-kompaniya bilan EEHO va NQAT ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma imzolash.

Qo‘shimcha shartnomani Davlat investitsiya qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazish.


2018-yil oktyabr

2018-yil noyabr


2018-yil noyabr

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi



(Vafayev),

Majburiy ijro byurosi



(Kudratxodjayev)

15.

Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida EEHO va NQAT 1-bosqichi loyihasini joriy etish doirasida hisoblash uskunalarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish.

207,4 mln. AQSh doll.

sh.j., 150 mln. doll. — OTB mablag‘lari,

32,2 mln. doll. — O‘zRTTJ mablag‘lari,

25,2 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari



Qo‘shimcha xodimlarni jalb qilgan holda, 2019-yilda 1 mln. va 2020-yilning I yarim yilligida 400 ming dona hisoblash uskunalari bilan ta’minlash va o‘rnatilishini tuman hamda mahallalar kesimida bajarilishining oylik va o‘n kunlik jadvallarini tasdiqlash hamda ijrosini ta’minlash.

2018-yil dekabr —
2020-yil iyun

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Majburiy ijro byurosi



(Kudratxodjayev)

16.

EEHO va NQAT 4-bosqichini joriy etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish va tasdiqlash.

476,6 mln. AQSh doll.

sh.j., 300 mln. doll. — OTB mablag‘lari,

73,8 mln. doll. —Davlat budjeti mablag‘lari,

102,8 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari



Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash bo‘yicha “O‘zinjiniring” RLI bilan shartnoma tuzish.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘lardan


300 mln. AQSh dollarini respublikaning qolgan hududlarida “EEHO va NQAT
4-bosqichi” loyihasi bo‘yicha elektr energiyasini hisoblash uskunalari hamda qo‘shimcha uskunalarni xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borish.

Osiyo taraqqiyot banki, Majburiy ijro byurosi va “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari hisobidan ma’lumotlarni qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish va respublikaning barcha hududlarini qamrab olish uchun hisoblash uskunalarini xarid qilish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.


2018-yil noyabr

2018-yil noyabr


2018-yil

noyabr-dekabr

2019-yil yanvar


“O‘zinjiniring” RLI (Urazayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(Vafayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Majburiy ijro byurosi

(Kudratxodjayev)


17.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tanlov asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflari asosida elektr energiyasini hisoblash hamda qo‘shimcha uskunalarni xarid qilishni parallel moliyalashtirish uchun 2019 — 2021-yillar davomida har yili 400 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar ajratish.

1 200 mlrd. so‘m

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish

jamg‘armasi mablag‘lari


Elektr energiyasini hisoblash uskunalari hamda qo‘shimcha uskunalarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

Pul mablag‘larini ajratish jadvallarini Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi bilan kelishish.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mablag‘larni ajratish.


2018-yil noyabr

2018-yil noyabr


jadval asosida

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

Majburiy ijro byurosi



(Kudratxodjayev)

IV. Moliyaviy holatni yaxshilash tadbirlari

18.

Debitor qarzdorlikni qisqartirish hisobiga elektr energiyasi to‘lovlarini yig‘ib olish darajasini oshirish.

Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni yig‘ib olish darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har oyda joylarga chiqish darajasini oshirishni ta’minlash.

“O‘zbekenergo” AJ xodimlarini, shuningdek, qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida ishchilarni jalb qilish.

Energiya resurslari iste’molining real hajmini va uning shartnomada ko‘rsatilgan hajmga, shuningdek, amalga oshirilgan to‘lovlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida turar va noturar obyektlar fondini to‘liq xatlovdan o‘tkazishni yakunlash.



2018-yil 5-dekabr
har oyda

2018-yil noyabr

2019-yil 1-yanvar


Majburiy ijro byurosi

(Kudratxodjayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev)



19.

500 kVtli “Surxon-Puli-Xumri” EUL liniyasi qurilishini tugatgan holda, elektr energetika tarmog‘ining eksport salohiyatini oshirish.

150 mln. AQSh doll.

sh.j., 118 mln. doll. — Afg‘oniston tomoni mablag‘lari,

32 mln. doll. — “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari


Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.

Tadqiqot olib borish uchun mutaxassislarning jo‘nab ketishi muddatlarini Afg‘oniston tomoni bilan kelishish.

O‘zbekiston hududida elektr tarmoqlarining qurilishi ishlarini yakunlash.


2018-yil oktyabr

2018-yil noyabr


2019-yil dekabr

Vazirlar Mahqamasi (Sultonov),

Moliya vazirligi (Qo‘chqorov),

TIV (Irgashev),

TSV (Xodjayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev)


20.

Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini, ayniqsa kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni qabul qilish.

Qo‘shni davlatlardan elektr energiyasini import qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2018-yil

noyabr


Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev)



21.

“Chorvoq GES gidrogenerator uskunalarini modernizatsiya qilish va ishchi g‘ildiraklarini almashtirish” investitsiyaviy loyihasini moliyalashtirish uchun ilgari berilgan kreditni “O‘zbekenergo” AJdan “O‘zbekgidroenergo” AJga qayta rasmiylashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda tegishli tijorat banki bilan birgalikda kredit shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi kafolatini qayta rasmiylashtirish.



2018-yil

noyabr


O‘zRTTJ (Vafayev),

Moliya vazirligi (Qo‘chqorov),

“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),

“O‘zbekgidroenergo” AJ (Sanginov)




Loyihalarni amalga oshirish xarajatlari shundan:

O‘zbekiston Respublikasining imtiyoz va preferensiyalar ko‘rinishidagi ulushi

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

tijorat banklari kreditlari

“O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish Jamg‘armasi mablag‘lari

xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

xalqaro tashkilotlar grantlari


mln. AQSh doll



4 826,9

611,7


668,1

653,5


603,9

0

2 240,1



49,6

mlrd. so‘m



1 200,0

0

0



0

0

1200



0

0


Download 191.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling