O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2020
Hajmi0.8 Mb.
#103787
Bog'liq
yerga ishlov beruvchi mashinalar plugni organishda keys-stadi metodidan foydalanish.-1


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ  VA SUV XO’JALIK VAZIRLIGI 



 

SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI 

 

KASB TA’LIMI VA O’QITISH METODIKASI  

KAFEDRASI 

 

 

 

MAVZU:  YERGA ISHLOV BERUVCHI MASHINALAR (PLUG)NI O’RGANISHDA KEYS-

STADI METODIDAN FOYDALANISH

 

 

BAJARDI:   magistrant Hayitov B.Yu. 

Ilmiy rahbar:prof. N.S.Sayidahmedov 

 

 

SAMARQAND – 2016 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

MUNDARIJA 

KIRISH.…………………………………………………………………………… 3 

I. TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR…………   7 

  1.1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va ta’rifi…................................................7 

1. 2. Ta’limning interfaol metodlari.........................................................................11 

1. 3. Keys stadi metodi…………………………………………………………….14 

1.4. 

Yerga ishlov beruvchi mashinalar (plug)ni o’rganish mavzusi bo’yicha keyslar.................21        



Xulosa…………………………………………………………............................. 26 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………........................  27 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi:  Respublika  Prezidenti  ta’lim-tarbiya  sohasiga  milliy 

didaktik  nuqtai  nazardan  yondoshib,  uni  quyidagicha  ta’riflaydi:  “Ta’lim  O‘zbekiston 

xalqi  ma’naviyatiga  yaratuvchanlik  faoliyatini  baxsh  etadi.  O‘sib  kelayotgan  avlodning 

barcha  yaxshi  imkoniyatlari  unda  namoyon  bo‘ladi,  kasb-kori,  mahorati  uzluksiz 

takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi”. 

Keyingi  10  yillar  ichida  yaratilgan,  pedagogikaga  bag‘ishlangan  adabiyotlarda 

“Pedagogik  texnologiya”,  “Yangi  pedagogik  texnologiya”,  “Ilg‘or  pedagogik 

texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar ko‘p uchrab turgani 

bilan, ularning o‘zbek tilidagi maromiga etgan ta’rifi hali tuzilmagan. 

  

Respublikamizning  pedagogik  olim  va  amaliyotchilar  ilmiy  asoslangan  hamda 



O‘zbekistonning  ijtimoiy-pedagogik  sharoitga  moslashgan  ta’lim  texnologiyalarini 

yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. 

Bu  yerda,  nima  uchun  bugungi  kunda  pedagogik  texnologiyalarni  ilmiy  nazariy 

asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati tug‘ildi degan savol paydo bo‘lishi 

mumkin. Jamiyatimizga qanchadan qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni 

yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib, talabga javob bermay 

qolgan  va  mafkuralashtirilgan  joylarni  o‘zgartirib,  milliy  tus  berib,  foydalanaversa 

bo‘lmaydimi?  -  degan  mulohazalar  ham  yo‘q  emas.  O‘zbekistonning  shu  kundagi 

pedagogik  jamoatchilikning  aksariyati,  aynan  mana  shu  yshldan  bormoqda.  Bu  yo‘l 

ilojsizlikdan  izlab  topilgan  bo‘lib,  qisqa  muddat  xizmat  qilishi  mumkin.  Mustaqillikni 

qo‘lga  kiritgan  va  buyuk  kelajak  sari  intilayotgan  jamiyatga  bu  yo‘l  uzoq  hizmat  qila 

olmaydi. Chunki:  

    

Birinchidan:  ma’lum  sabablarga  ko‘ra  jahon  hamjamiyati  taraqqiyotdan  ortda 

qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi 

ta’limini  jadallashtirish  va  samaradorligini  oshirish  maqsadida  eng  ilg‘or  pedagogik 

tadbirlaridan foydalanish zarurligi:  



Ikkinchidan:  an’anaviy  o‘qitish  tizimi  yozma  va  og‘zaki  so‘zlarga  tayanib  ish 

ko‘rishi tufayli “Axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

jarayonining  tashkilotchisi  sifatida  emas,  balki  nufuzli  bilimlar  manbaiga  aylanib 



qolganligi: 

    


Uchinchidan:  Fan-texnika  taraqqiyotininig  o‘rta  rivojlanganligi  natijasida 

axborotlarning  keskin  ko‘payib  borayotganligi  va  ularni  yoshlarga  bildirish  uchun 

vaqtning chegaralanganligi: 

  

To‘rtinchidan:  kishilik  jamiyati  o‘z  taraqqiyotining  shu  kundagi  bosqichida 

nazariy  va  empirik  bilimlarga  asoslangan  tafakkurdan  tobora  foydali  natijaga  ega 

bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi: 

    

Beshinchidan:  yoshlarni  hayotga  mukammal  tayyorlash  talabi  ularga  eng  ilg‘or 

bilim  berish  usuli  hisoblangan  ob’ektiv  borliqqa  yondoshuv  tamoyilidan  foydalanishni 

talab qilishidadir. 

    


Pedagogik  texnologiya  fani  yuqorida  sanab  o‘tilgan  5  ta  sababiy  shartlarning 

barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.   

Darhaqiqat, XX asr kishilik jamiyati  taraqqiyoti tarixidan  fan  va texnika sohasida 

yuz  berish  inqiloblar  davri  sifatida  joy  oldi.  Ilm-fan  va  texnika  rivojining  yuksak  surati 

moddiy  ishlab  chiqarish  jarayoni  nazariy  (g‘oyaviy)  hamda  amaliy  jihatdan  boyitib 

borish  bilan  birga  ijtimoiy  munosabatlarni  yangicha  mazmun  kasb  etishini  ta’minlaydi. 

Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarni  moddiy 

va  ma’naviy  ehtiyojlarining  ortib  borishiga  zamin  hozirladi.  Ijtimoiy  ehtiyojlarninig 

yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida ularni qisqa muddat va sifatli qondirilishini 

ta’min  etuvchi  faoliyatnining  yo‘lga  qo‘yilishini  taqozo  etadi.  Ijtimoiy  zarurat  mahsuli 

bo‘lgan  texnologiya  sohasi  va  uning  takomillashib  borishi  qisqa  vaqt  oralig‘ida,  kam 

jismoniy  kuch  sarflagan  holda  yuksak    sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarish  imkoniyatini 

beradi.  Moddiy  ishlab  chiqarish,  xom-ashyoni  qayta  ishlash  sohalari  (qishloq  xo‘jaligi, 

sanoat,  transport,  maishiy  xizmat  ko‘rsatish  va  boshqalar)  da  mahsulot  ishlab  chiqarish 

jarayonini  tashkil  etish  nisbatan  texnologik  yondashuv  an’anasi  yuzaga  keladi. 

Texnologik  yondashuv  ishlab chiqarish jarayonining  umumiy tavsifini  yuritishga  xizmat 

qiladi.  Muayyan  mahsulotni  ishlab  chiqarish  maqsadida  xom-ashyoni  tanlash  (dastlabki 

bosqich)  dan  mahsulotni  iste’molchiga  yetkazib  berishgacha  bo‘lgan  (so‘nggi  bosqich) 

davrini  o‘z  ichiga  olgan  jarayon  taxnologik  jarayon  sifatida  e’tirof  etiladi.  Ishlab 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

chiqarish  jarayoniga  nisbatan  texnologik  yondoshuv  muayyan  sohalarda  islohatlarni 



tashkil  etish  ularni  muvaffaqiyatini  ta’minlash,  erishilgan  yutuqlarni  boyitib  borish  kabi 

maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo‘ladi. 

    

Moddiy  ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy  ilg‘or  yuksak texnologiyani tadbiq 



etilishi  bir  qator  shartlar  asosida  kechadi,  xususan  ilm-fan  hamda  texnikaning  so‘ngi 

yutuqlariga tayanish,  yirik  moliyaning  mablag‘lar  va  yuksak darajadagi kasbdagi  kasbiy 

mahoratga  ega  malakali  mutaxasislarning  mavjudligi  bu  boradagi  yuutuqlarning 

kafolatlaydi.  

     

Moddiy  ishlab  chiqarish  sohalarida  ilg‘or  texiologiyalarni  qo‘llash  shartlaridan 



biri-malakali  mutaxasislarni  tayyorlash,  ularning  kasbiy  mahoratini  doimiy  ravishda 

oshirib  borishga  erishish  ekanligidan  ham  anglanadiki,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy 

hayot  bir-biri  bilan  uzviylik,  aloqadorlik  hamda  yaxlitlik  tamoyili  asosida  rivojlanib 

boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida etakchi o‘rin tutgan g‘oya va qarashlar iqtisodiy ishlab 

chiqarish rivojida o‘z ta’sirini o‘tkazsa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish aholining madaniy 

turmush tarzini yaxshilanshiga olib keladi.  

      

Insonga  sivilizatsiyasining  quyi  bosqichlarida  shaxsni  tarbiyalash,  unga  ta’lim 



berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bugungi 

kunga kelib talim jarayoni tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy  hamda  murakkab talablar 

qo‘yilmoqda.  Chunonchi  murakkab  texnika  bilan  ishlay  oladigan,  ishlab  chiqarish 

jarayonining  mohiyatini  to‘laqonli  anglash    imkoniyatiga  ega,  favqulotda  ro‘y  beruvchi 

vazifalarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oluvchi malakali mutaxasisni 

tayyorlashga  bo‘lgan  ijtimoiy  ehtiyoj  talim  jarayonini  texnologik  yondoshuv  asosida 

tashkil  etishni taqozo etmoqda.  

 Mavzuning  maqsad  va  vazifalari:  Ayni  vaqtda  Respublika  ijtimoiy  hayotiga 

shiddatli  tezlikda  axborotlar  oqimi  kirib  kelmoqda  va  keng  ko‘lamni  qamrab  olmoqda. 

Axborotlarni  tezkor  sur’atda  qabul  qilib  olish,  ularni  tahlil  etish,  qayta  ishlash,  nazariy 

jihatdan  umumlashtirish,  xulosalash  hamda  o‘quvchiga  yetkaza  berishni  yo‘lga  qo‘yish 

ta’lim  tizimi  oldida  turgan  dolzarb  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Ta’lim-tarbiya 

jarayoniga  pedagogik  texnologiyani  tadbiq  etish  yuqorida  qayd  etilgan  dolzarb 

muammoni  ijobiy  hal  etishga  xizmat  qiladi.  Kurs  ishining  maqsadi  ta’lim  jarayonida 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

o‘quvchilarning  o‘quv-tafakkur  faoliyatini  faollashtirishga  yo‘naltirilgan  ta’lim 



texnologiyalarini  o’rganish  iborat.  Ana  shu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  quyidagi 

vazifalarni quydik. 

 

Pedagogik texnologiya tushunchasi va ta’rifi; 



 

Ta’limning interfaol metodlari; 



 

Keys stadi metodi



 

Yerga  ishlov  berish  pluglarni    o’rganish  mavzusi  bo’yicha  keyslarni  tuzishni 



o’rganish 

Ishning  metodologik  asoslari: 

Davlatimizning  ta’lim  sohasidagi  qarorlari, 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  so’zlagan  «Barkamol 

avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli nutqi, «Kadrlar tayyorlash Milliy 

dasturi»  hamda  «Barkamol  avlod  yili»  Davlat  dasturi,  «Mutaxassislik  fanlari»  va 

«Pedagogik texnologiyalar» faniga oid darslik va qo’llanmalar.    



Kurs ishining  tuzilishi va  hajmi.  Kurs  ishi  kirish, bir bob, 4 paragraf,  xulosalar  va  

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.  

 

 

 



 

 

 



I. TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR  

1.1.Pedagogik texnologiya tushunchasi va ta’rifi 

Pedagogik  texnologiya

 

  -  shunday  bilimlar  sohasiki,  ular  yordamida  3-ming 

yillikda  davlatimiz  ta’lim  sohasida  tub  burilishlar  yuz  beradi,  o‘qituvchi  faoliyati 

yangilanadi,  talaba  yoshlarda  hurfikrlilik,  bilimga  chanqoqlik,  vatanga  mehr-muhabbat, 

insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

Malumotlilik  asosida  yotuvchi  bosh  g‘oya  ham  tabiat  va  inson  uzviyligini  anglab 



yetadigan, avtoritar  va soxta tafakkurlash  usulidan  voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, 

o‘zgalar  fikrini  hurmatlaydigan,  milliy-madaniy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  kabi  shaxs 

sifatlarini  shakllantirishni  ko‘zda  tutgan  insonparvarlik  hisoblanadi.  Bu  masalaning 

yechimi qaysi darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog‘liq.. 

Dastlab  "texnologiya"  tushunchasiga  aniqlik  kiritaylik.  Bu  so‘z  texnikaviy 

taraqqiyot  bilan  bog‘liq  holda  fanga  1872  yilda  kirib  keldi  va  yunoncha  ikki  so‘zdan  - 

"texnos"  (Techne)  -  san’at,  hunar  va  "logos"  (1ogos)  -  fan  so‘zlaridan  tashkil  topib 

"hunar  fani"  ma’nosini  anglatadi.  Biroq  bu  ifoda  zamonaviy  texnologik  jarayonni  to‘liq 

tavsiflab  berolmaydi.  Texnologik  jarayon  har  doim  zaruriy  vositalar  va  sharoitlardan 

foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda 

tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan 

mehnat  ob’ektlari  (xom  ashyo)ga  bosqichma-bosqich  ta’sir  etish  natijasida  mahsulot 

yaratish  borasidagi  ishchi  (ishchi-mashina)ning  faoliyatidir.  Ana  shu  ta’rifni  tadqiqot 

mavzusiga  ko‘chirish  mumkin,  ya’ni:  PT  -  bu  o‘qituvchi  (tarbiyachi)ning  o‘qitish 

(tarbiya)  vositalari  yordamida  o‘quvchi(talaba)larga  muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi 

va  bu  faoliyat  mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs  sifatlarni  intensiv 

shakllantirish jarayonidir 

 Aynan  ana  shu  mazmunda  “texnologiya”  termini  va  uning  “o‘qitish  texologiyasi”, 

“ta’lim  texnologiyasi”,  “ta’limda  texnologiya”  shakllari  pedagogik  adabiyotlarda 

foydalanila  boshlandi  va  mualiflar  ta’lim-texnologik  jarayonining  tuzilishi  va  tashkil 

etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab ko‘plab ifodalarga ega bo‘ldi (uch yuzdan 

ortiq).   

“Pedagogik  texnologiya”  termini  birinchi  bor  pedagogika  bo‘yicha  ishlarda  XX  asrning 

20-yillarida  tilga  olingan.  Hozirgi  kunda  pedagogik  texnologiya  tushunchasida  turlicha 

ifodalashlar  mavjud.  “Pedagogik  texnologiya”,  “Yangi  Keyingi  10  yillar  ichida 

yaratilgan,  pedagogikaga  bag‘ishlangan  adabiyotlarda  pedagogik  texnologiya”,  “Ilg‘or 

pedagogik  texnologiya”,  “Progressiv  pedagogik  texnologiya”  kabi  tushunchalar  ko‘p 

uchrab turgani bilan, ularning o‘zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi hali tuzilmagan. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

          Texnologiya  –  bu  biron-bir  ishda,  mahoratda,  san’atda    qo‘llaniladigan  uslublar 

to‘plamidir (talqinli lug‘at). 

         Pedagogik  texnologiya  -  bu  aniq  ketma-ketlikdagi  yaxlit  jarayon  bo‘lib,  u 

talabaning  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  holda  bir  maqsadga  yo‘naltirilgan,  oldindan  puxta 

loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.  

“Pedagogik  texnologiya”  tushunchasini  1970  yilda  birinchi  bo‘lib  yapon  olimi    T. 

Sakamoto kiritgan. Pedagogik texnologiyani 1996 yilda YUNESKO e’tirof etgan.   

Bu  quyidagicha:  “Pedagogik  texnologiya  ta’lim  shakllarini  optimallashtirish 

maqsadida texnik  vositalar,  inson salohiyati, o‘qitish  va bilimni  o‘zlashtirishning barcha 

jarayonlarini aniqlash, yaratish, uni qo‘llashning tizimli (loyihalashtirilgan) uslubidir”.  

Pedagogik  texnologiya  ta’lim  shakllarini  qulaylashtirish,  natijalarini  kafolatlash  va 

xolisona  baholash,  ta’lim  maqsadlarini  oydinlashtirish,  o‘qitish  va  bilimni  o‘zlashtirish 

usul va metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. 

Zamonaviy  pedagogik  texnologiyaning  fan  sifatidagi  vazifasi  ta’lim-tarbiya 

amaliyotida eng samarali va tejamli o‘quv jarayonlarini tanlashdan iboratdir. 

Pedagogik  texnologiya  turli  ta’riflarga  ega.  Ularning  har  biri  ishga  ma’lum  nuqtai 

nazardan yondashishni ifodalaydi. Masalan: 

-  Texnologiya  –  biror  ishda,  mahoratda,  san’atda  qo‘llaniladigan  usullar,  yo‘llar 

yig‘indisi (izohli lug‘at); 

-  Texnologiya  ishlov  berish,  ahvolni  o‘zlashtirish  san’ati,  mahorati,  qobiliyati, 

metodlar yig‘indisi  (V. M. Shepel); 

-  Pedagogik  texnologiya  o‘qitishning,  ta’limning  shakllari,  metodlari,  usullari, 

yo‘llari,  tarbiyaviy  vositalarning  maxsus  yig‘indisini  belgilovchi  psixologik  tartiblar 

majmuasi; 

Pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik 

muvaffaqiyatni  kafolatlay  oladigan  o‘quvchi  shaxsini  shakllantirish  jarayoni  loyihasidir 

(V. P. Bespalko); 

-  Pedagogik  texnologiya  –  ta’limning  rejalashtiriladigan  natijalariga  erishish 

jarayoni tafsiloti (I. P. Volkov); 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismidir .      (M. A. 



Choshanov); 

Pedagogik texnologiya – bu  tizimli  fikr  yuritish  usulini pedagogikaga singdirish, 

pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir  (Sakomoto); 

-  Pedagogik  texnologiya  –bu  o‘qituvchi  (tarbiyachi)ning  o‘qitish  (tarbiya)  vositalari 

yordamida  ta’lim-tarbiya    oluvchilarga  muayyan  sharoitda  va  ma’lum  ketma-ketlikda 

ta’sir  ko‘rsatishi  va  aks  ta’sir    mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs 

sifatlarni intensiv shakllantirishni kafolatlash jarayonidir. (N.S.Sayidahmedov).

 

Yuqoridagilarni  umumlashtirib  pedagogik  texnologiyani  quyidagicha  qisqa  ta’rifini 

bayon etsak: 

“Pedagogik texnologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyatidir”. 

Zamonaviy pedagogik texnologiya loyihalari quyidagi qonuniyatlar va amaliyotning 

tarkibiy tuzilmasi asosida amalga oshiriladi: 

1.  Ta’lim-tarbiya  jarayoni  tuzilishi  va  mazmuni  jihatdan  yaxlitligi  va  birligining 

saqlanishi. 

2.  Ta’lim  jarayonini  qulaylashtirish.  (oz  vaqt  va  kam  kuch  sarflab  yuqori  natijaga 

erishish). 

3.  Pedagogik  amaliyotda  milliy  asoslangan  didaktik  yangiliklar,  yangi    tartib-

qoidalarni joriy etish asosida zamonaviylikni ta’minlash. 

4.  Ta’lim-tarbiyada  yangi  shakl  va  vositalarning  faol  uslublarini  didaktik  talablar 

asosida qo‘llash, izlanish va tadqiqotlar olib borish orqali ilmiylikni ta’minlash. 

5.  O‘quvchi  va  o‘qituvchi  faoliyatini  oqilona  uyushtirish,  ularni  ta’lim  uchun 

maqsad birliklarini yuqori axloqiy fazilatlar asosida tashkil etish. 

6.  Axborot  texnologiyasi  va  texnika  vositalaridan  foydalanishning  didaktik 

qonuniyatlari asosida pedagogik faoliyatni jadallashtirish. 

7. O‘quv jarayoni uchun zaruriy moddiy-texnika bazasini yaratish. 

8.  O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  egallash  hamda  butun 

pedagogik  jarayon  natijalarini  xolisona  baholash  uchun  test  va  reyting  uslublaridan 

samarali foydalanish. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


10 

 

9.  Ta’limning  didaktik  qonuniyatlariga  asosan  ta’lim-tarbiyani  tabiatga  mosligini 



ta’minlash. 

10.  Ta’lim-tarbiya  jarayonini  jamiyat  va  fan-texnika  taraqqiyoti  istiqbollariga 

moslashtirish. 

Zamonaviy  pedagogik  texnologiya  fan  asoslari  bo‘yicha  o‘quvchilarning  bilish 

hamda amalga oshirishni ko‘zda tutadi va u qo‘yidagilar bilan farqlanadi. 

a) oldindan loyihalashtirish; 

b) yakuniy ijobiy natijalarni kafolatlash. 

Zamonaviy pedagogik texnologiya komponentlari: 

a)  ta’lim-tarbiya  jarayonini  individuallashtirish,  har  bir  o‘quvchining  imkoniyatiga  

qarab, ta’lim-tarbiya berish; 

b)  ta’lim-tarbiya  jarayonini  tabaqalashtirish.  Har  bir  o‘quvchilarni  aqliy 

imkoniyatlari,  qobiliyatlari,  iqtidorlari,  qiziqishlari  va  shaxsiy  sifatlari  asosida  

tabaqalashtirilgan ta’lim-tarbiya berish; 

v)  o‘quvchi  ta’lim-tarbiya  jarayonining  ham  ob’ekti,  ham  sub’ekti  ekanligini 

inobatga olib unga yaqindan turib ko‘mak berish. 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.2. Ta’limning interfaol metodlari. 

Hozirgi zamonaviy pedagogic texnologiya quyidagi 

tamoyillarga asoslangan

 

Aniiq ta’limiy maqsadning quyilishi



 

DTS asosida raqobatli samaradorlikni ta’minlashi

 

Pedagogik muloqotda teskari aloqaning faolligini 



ta’minlash

 

Ta’lim tarbiyada yakuniy natijalarni kafolatlash



 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


11 

 

Hozirgi  an’anaviy  ta’lim  Ya.A.Kamenskiy  (XVII  asr)ning  didaktik  tamoyillari 



asosida  shakllanib  “Sinf-dars”  tizimidagi  mashg‘ulotlardan  iborat.  Ta’limni  zamonaviy 

tashkil  etish  esa  pedagogik  texnologiya  asosida  an’anaviy  tizimdagi  darslarni  turli 

yo‘nalishlarda takomillashtirishdan iboratdir. 

Ta’lim-tarbiyani  zamonaviy  tashkil  etish  masalalari  har  qachongidek  hozir  ham 

o‘zining dolzarbligini saqlab kelmoqda. 

An’anaviy ta’limdan  farqli o‘laroq  hamkorlikka asoslangan, o‘quvchi  va  o‘qituvchi 

faolligini  oshiruvchi,  yangi,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  biri  interfaol 

usullar bo‘lib, u muammoli, hayotiy vaziyatlarni to‘g‘ri hal etilishiga keng imkon beradi. 

Interfaol  o‘qitish  usullari  juda  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanib,  ijobiy  natijalar 

bermoqda. U o‘quvchilarni boshqalarni fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar 

manfaatlari  bilan  hisoblashish,  ulardan  o‘rganish,  ularga  o‘rgatish,  ta’sir  qila  olish, 

o‘zining va boshqalarning “Men”ligini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikrini lo‘nda 

va aniq bayon qila olishga o‘rgatadi. 

Ma’lumki  bahsli,  muammoli  vaziyat  –  inson  faoliyati  davridagi  fikrlash  natijasiga 

bog‘liq bo‘lib qoladigan murakkab holat yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda 

u  hodisa  yoki  jarayonni  qanday  izohlashni  bilmaydi.  Bahsli,  muammoli  vaziyatlar  esa 

o‘quvchilar  aqliy  kuchini  zo‘riqtiradi,  vaziyatdan  chiqish  uchun  fikrlay  boshlaydi, 

qiyinchiliklar  bilan  to‘qnashadi.  Inson  qachonki  muammo  bilan  yuzma-yuz  kelar  ekan 

uning  fikrlash  qobiliyati  faollashadi,  barcha  bilimlarini  ishga  solib,  o‘z  saviyasiga  mos 

xulosalar chiqaradi. Aynan, shuning o‘zi barcha bilimlar asoslarini egallash va barkamol 

inson  hislatlariga  ega  bo‘lish  uchun  har  bir  o‘quvchiga  bilimga  bo‘lgan  ehtiyojni 

qondiradi. 

Turli  davrlarda  ta’lim  oluvchi  bilan  ta’lim  beruvchining  ta’lim  jarayonidagi  nisbiy 

hissalari turlicha bo‘lib kelgan. 

An’anaviy  ta’limda  “Nimani?”,  “Qachon?”    va    “Qaerda?”  muammolariga  asosiy 

e’tibor  qaratilgan  bo‘lsa,  zamonaviy  hamkorlikka  asoslangan  ta’lim  texnologiyalarida 

“Qanday qilib o‘rgatish kerak?” degan muammo muhim ahamiyatga ega. 

Keyingi o‘n yillikda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining hamkorligidagi faoliyatga 

asoslangan  ta’lim  texnologiyalari  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanmoqda.  Pedagogikada 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


12 

 

bunday  ta’lim  texnologiyalariga  “Hamkorlik  pedagogikasi”  deb  ataladi.  Bunday 



texnologiyaga  asoslangan  ta’lim  texnologiyalari  AQSH,  Yaponiya,  Buyuk  Britaniya, 

Germaniya  kabi  rivojlangan  mamlakatlarda  keng  qo‘llanib  kelinmoqda.  Bunday  ta’lim 

texnologiyalaridan  biri  “Interfaol”  uslubidir.  “Inter”  –  lotincha  “Oraliq”,  “O‘zaro”  kabi 

ma’noni  bildiradi.  Ta’lim  oluvchi  bilan  ta’lim  beruvchi  o‘rtasidagi  o‘zaro  faollikka 

asoslangan  bunday  o‘qitish  uslubi  o‘quvchilarning  faolliklarini  oshirishga,  ularning  bir-

birlarini to‘liq tushunishga imkon beradi. 



a) Interfaol usullarning maqsadi va vazifalari: 

1. O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.  

2. Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlarini bajarish. 

3. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashlarini shakllantirish. 

4. O‘quvchi va o‘qituvchining faolliklarini oshirish. 

5. O‘qituvchilarni tashkilotchilik va yo‘naltiruvchilikka undash. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


13 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH SHAKLLARI

 

Individuallashtirish



 

Kichik guruhlarga 

ajratish

 

Tabaqalashtirish



 

O‘rgatish va o‘rganish 

jarayonida demokratik 

muhit yaratish

 

O‘zaro muloqot, hamkorlik, 



“hasharlar” tashkil etish

 

INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH 



VOSITALARI

 

DIDAKTIK O‘YINLAR



 

ROLLI O‘YINLAR

 

INTERFAOL O‘QUV ADABIYOTLAR 

 

INTERFAOL TEXNIKA VOSITALARI

 

DIDAKTIK MANBALAR

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


14 

 

Interfaol  usullarda  o‘qituvchi  bilan  o‘quvchining  faol  munosabati  jarayonida 



o‘quvchilarning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatlari  rivojlanib,  ularda  erkin  fikrlash,  mustaqil 

qaror qabul qilish, hissiyotlarini boshqara olish va ijodiy fikr yuritish rivojlanadi. 



 

1.3.“

Keys-stadi” metodi 

Muammoli  vaziyatlarni  yaratish  va  ularni  hal  qilishga  doir  o‘quv  topshiriqlarini 

ishlab chiqishda “Keys-stadi” metodi bugungi kunda keng qo‘llanilmoqda.

  

“Keys-stadi”  (ingl.  “case”  –  chemodan,  metod,  “study”  –  muammoli  vaziyat; 



vaziyatli  tahlil  yoki  muammoli  vaziyatlarni  tahlil  qilish)  texnologiyasi  talaba 

(talaba)larda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng 

maqbul  variantlarini  topish  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  xizmat  qiladi.  U  talaba 

(talaba)larni har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi.  

Texnologiyaning  negizida  muayyan  muammoli  vaziyatni  hal  qilish  jarayonining 

umumiy  mohiyatini  aks  ettiruvchi  elementlar  yotadi.  Bular  quyidagilardir:  ta’lim 

shakllari,  ta’lim  metodlari,  ta’lim  vositalari,  ta’lim  jarayonini  boshqarish  usul  va 

vositalari,  muammoni  hal  qilish  yuzasidan  olib  borilayotgan  ilmiy  izlanishning  usul  va 

vositalari, axborotlarni to‘plash,  ularni o‘rganish  usul  va  vositalari,  ilmiy  tahlilning  usul 

va  vositalari,  o‘qituvchi  va  talaba  (talaba)  o‘rtasidagi  ta’limiy  aloqaning  usul  va 

vositalari, o‘quv natijalari. 

“Keys-stadi”  metodi  dastlab  AQSHning  Garvard  biznes  maktabida,  1924  yilda 

qo‘llanilgan.  Hozirda  ushbu  metod  xorijiy  mamlakatlarda  iqtisodiyot  va  biznes 

yo‘nalishlarida  keng  qo‘llaniladi.  Rossiyada  esa  u  o‘tgan  asrning  80-yillarida  dastlab 

MDUda,  keyinchalik  esa  boshqa  ta’lim  muassasalarida  ham  faol  qo‘llanila  boshlandi. 

O‘zbekistonda  “Keys-stadi”  metodi  ta’lim  jarayoniga  mustaqillik  yillaridagina  tatbiq 

etildi.  

 Metod  talabalarda  predmetni  o‘zlashtirishga  bo‘lgan  qiziqishni,  amaliy 

ko‘nikmalarni,  vaziyatni  tahlil  qilish  va  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilishga  nisbatan  ijodiy 

yondashish  malakalarini  rivojlantiradi,  turli  muammoli  vaziyatlar  va  ularni  hal  qilish 

asosida ular tomonidan bilimlarning faol o‘zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratadi.   

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


15 

 

“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko‘nikma, malakalarga ega bo‘ladi: 



1.  Tahliliy  ko‘nikmalar  (ma’lumotlarni  axborotlardan  ajrata  olish,  ularni 

turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning 

uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak). 

2.  Amaliy  ko‘nikmalar  (muammoning  murakkabligidan  kelib  chiqib,  real 

vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo‘llay bilish). 

3.  Ijodiy  ko‘nikmalar  (bunda  mantiqiylik  asosida  vaziyat  (muammo)ni  echish 

muhim emas, balki  ijodiy  yondashuv asosida  muammoning bir  necha echimlarini topish 

va ularni tahlil qilish talab etiladi). 

4.  Muloqot ko‘nikmalari (unga ko‘ra talaba bahs-munozara olib borish, o‘z nuqtai 

nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli hisobotni 

tayyorlash ko‘nikmalarini o‘zlashtira bilishi zarur). 

5. Ijtimoiy  ko‘nikmalar  (qarorni 

muhokama  qilish  jarayonida  talabalar 

boshqalarning  xatti-harakatini  tahlil  qilish,  boshqalarni  tinglay  bilish,  bahsda 

o‘zgalarning  fikrlarini  qo‘llab-quvvatlash,  ilgari  surilgan  fikrga  qarama-qarshi  fikrni 

bildira olish va o‘zini boshqara olishi lozim). 

6. O‘z-o‘zini  tahlil  (bahs-munozara  jarayonida  o‘zini  tuta  bilishi,  boshqalarga 

namuna bo‘lishi muhim). 

Samarali  “Keys-stadi”  quyidagi  talablarga  javob  bera  olishi  zarur:    maqsad  aniq 

ifoda etilishi; muayyan darajada murakkab bo‘lishi; ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning 

bir necha jihatini yorita olishi; tezda samarasizga chiqmasligi; milliy xususiyatlarni o‘zida 

namoyon eta olishi; biznes, ta’lim yoki boshqa sohalarga oid tipik vaziyatlarni ifodalashi; bugungi 

kun kun dolzarb bo‘lishi; talabalarda  tahliliy tafakkurni rivojlantirishi; bahs-munozarani 

tashkil etish imkoniyatini yaratishi; bir necha echim (qaror)ga ega bo‘lishi. 



 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


16 

 

Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasi quyidagicha: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

Mashg‘ulotlarda metodni qo‘llash quyidagi bosqichlarda kechadi:  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Таълим 

мақсади 

Т

аъ

л

и

м

 н

ат

и

ж

ас

и

 

Кейс- 

стади 

 

Таълим шакли 



Таълим 

методлари 

Таълим 

воситалари 



Таълимни  

бошқариш усул 

ва  воситалари 

Илмий изланиш усул  

ва воситалари

 

Ахборотларни  



тўплаш усул ва 

воситалари 

Ахборотларни илмий 

таҳлил қилиш усул  

ва воситалари

 

Таълимий усул ва  



воситалари 

Ўқув кейслари 

Асосий босқичлар 

Ечимни топиш бўйича 

индивидуал ишлаш 

 

Ечимни топишда жамоавий 



ҳамкорликка эришиш 

 

Самарадорлик 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



17 

 

Keys-stadi bo‘yicha jamoaviy hamkorlik quyidagi tartibda amalga 



oshadi

  



 

 

 



 

 

 



 

Texnologiyani alohida talabaga nisbatan qo‘llash tartibi quyidagicha:  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ta’limiy xarakterga ega muammoli vaziyat (o‘quv keysi)ni tashkil etish maqsadi mavjud 

imkoniyatlarni  hisobga  olgan  holda  jamoa  o‘rtasida  muammoli  vaziyatni  yaratish,  uni  hal 

qilish  echimlari  to‘g‘risidagi  fikrlarni  jamlash,  muhokama  qilish  orqali  to‘g‘ri  qarorlar  qabul 

qilish muhitini yaratishdan iborat. 

Талабанинг технологиянинг моҳияти, уни қўллаш шартлари билан танишиши 

Талаба томонидан тақдим этилган муаммонинг ўрганилиши

 

Муаммо бўйича асосий ва 2-даражали масалаларни ажратиш, шакллантириш, асослаш 



Тадқиқот методларини танлаш ва вазиятни таҳлил қилиш

 

Тақдим этилган муаммонинг амалий жиҳатларини ўрганиш



 

Берилган муаммони ечишнинг усул ва воситаларини аниқлаш

 

Тақдим этилган ечимни таълим амалиётига тадбиқ этиш чора-тадбирларини белгилаш



 

Жамоа (гуруҳ) аъзолари муаммо, унинг  

ечимлари юзасидан ўзаро фикр алмашади

 

Масаланинг ечими сифатида тақдим этилган вариантлар  



муҳокама қилиниб, уларнинг мақбуллиги баҳоланади

 

Муаммоли вазиятнинг ечимини таъминлайдиган аниқ дастур ишлаб чиқилади 



Масаланинг ечими тўғрисида маълумот берадиган тақдимот тайёрланади  

ва унда намойиш этиладиган материаллар расмийлаштирилади 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



18 

 

Texnologiya  yordamida  tanlangan  muammoning  echimini  topishga  doir  muhokama 



quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi: 

 

  



 

 

 



 

 

Muammoni muhokama qilishda e’tiborni quyidagilarga qaratish zarur: 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Odatda keyslar bir necha turli bo‘ladi. Masalan: 



1)  talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar; 

2)  muammoning echimi va qarorlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan keyslar; 

3)  qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar. 

Кейс мазмуни билан шахсан танишиш

 

Кичик гуруҳларда муҳокама қилиш (“Синдикат” методи ёрдамида) 



Жамоа ўртасида умумий муҳокамани ташкил этиш

 

Ўрганилаётган муаммонинг асосий мақсадини аниқлаш



 

Муаммоли вазиятни реал ҳолатлар билан таққослашни ўрганиш 

Эҳтимоли бўлган “тўсиқ”лар (2-даражали масалаларни муҳокама  

қилиш, тўғри қарорлар қабул қилиш ва ҳ.к.)ни аниқлаш 

 

Аудитория учун тушунарсиз маълумотларни аниқлаш



 

Муаммони ечишда муҳим, аҳамиятга эга маълумотни аниқлаш

 

Муаммоли вазиятни ҳал қилиш учун оралиқ босқичларни илғаб олиш



 

Муаммони ҳал этишнинг муқобил йўлларини белгилаш

 

Муаммоли вазиятни муҳокама қилиш вақтини аниқлаштириш



 

Муҳокамани тугатиш тартибини белгилаш

 

Якуний изоҳлаш ва муҳокама натижасини хулосалаш



 

 

Ш 

 

А 

 

Р 

 

Т 

!!! 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


19 

 

Ularni  tayyorlashda  ommaviy  axborot  vositalari,  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarning 



materiallaridan foydalanish mumkin.  

Keyslar qog‘oz variant (jadval, diagramma va sxemalar vositasi)da, multimedia va 

video  ko‘rinishida  bo‘lishi  mumkinq  Ta’lim  jarayonida  keys:  ochiq  muhokama  yoki 

individual, guruhli so‘rov asosida qo‘llaniladi.  

Undan ta’lim jarayonida, talabalar bilimini baholashda foydalanish imkoniyati mavjud. 

Muammoli vaziyatlarni echishda quyidagi tuzilmaga ega hisobot taqdim etiladi: 

1. Annotatsiya. 

2. Kirish. 

3. Muammoning bayoni. 

4. Muammoni echish uchun topshiriq. 

Taqdim  etilayotgan  keys  bo‘yicha  pedagogik  annotatsiya  quyidagi  tuzilmaga  ega 

bo‘ladi: 

1. O‘quv predmeti. 

2. Mavzu. 

3. Keysning asosiy maqsadi.  

4. O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar. 

5.  Ushbu  keysni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish    uchun  oldindan  talabalar  quyidagi 

bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari  zarur.  



5.1. Talaba bilishi kerak. 

5.2. Talaba amalga oshirishi kerak 

5.3. Talaba ega bo‘lishi kerak. 

6. Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati. 

7. Texnologik xususiyatlarga ko‘ra keysning tavsifnomasi. 

 

 



 

 

 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



20 

 

Keys  bo‘yicha    topshiriq  bajarilgach,  talabalar  taqdimot  (u  og‘zaki  yoki 



ko‘rgazmali (vizual) shaklda bo‘lishi mumkin) va hisobot tayyorlaydi. 

Taqdimotga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagiga e’tibor qaratilishi zarur: 

1)  taqdimotning jihozlari va vaqti; 

2)  taqdimotning tarkibiy tuzilmasi; 

3)  taqdim etilish darajasi; 

4)  vidual vositalar; 

5)  repetitsiya; 

6)  chiqishni rejalashtirish; 

7)  erkin chiqish qilish. 

Keyslarni qo‘llashda o‘qituvchi ham faol ham sust ishtirok etishi mumkin.  

SHunday  qilib,  zamonaviy  sharoitda  globallashuv  ta’lim  sohasida  turli 

mamalkatlar  o‘rtasidagi  aloqalarning  kengayishiga  imkoniyat  yaratdi.  Buning  natijasida 

O‘zbekiston 

uzluksiz 

ta’lim 

tizimida 



xorijiy 

mamlakatlar 

amaliyotida 

faol 


qo‘llanilayotgan  ilg‘or pedagogik   texnologiyalarni samarali qo‘llash  imkoniyati  yuzaga 

keldi.  Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  zamonaviy  ta’limi  asosini  muammoli  ta’lim 

texnologiyalari  tashkil  etmoqda.  Muammoli  ta’lim  texnologiyali  talabalarni  o‘zida 

muayyan  muammoni  xarakterlovchi  real  hayotiy  voqealarni  tahlil  qilish,  fikrlash,  uning 

echimini  topish  asosida  o‘quv  fanlarining  asoslarini  puxta  o‘zlashtirilishini  ta’minlaydi. 

Ushbu  texnologiyalar  yordamida  talabalarda  mustaqil,  tanqiliy  va  ijodiy  fikrlash 

qobiliyati  rivojlanadi,  intellektual  tafakkur  o‘sadi.  Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar 

ta’limi  tajribasida  keng qo‘llanilayotgan  muammoli  ta’lim  texnologiyalarini ayni  vaqtda 

O‘zbekiston  uzluksiz  ta’lim  tizimiga  ham  faol,  samarali  tatbiq  etish  borasida  amaliy 

harakatlar  yo‘lga  qo‘yilmoqda.  Asosiy  vazifa  bu  borada  yuqori  natijalarni  qo‘lga 

kiritishdan iborat.  

 

 



 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com

21 

 

1.4. Yerga ishlov beruvchi mashinalar (plug)ni o’rganish mavzusi bo’yicha keyslar        



 

1-keys 

Topshiriqli keys 

1. Quyida berilgan ta’riflar qanday tushunchalar mohiyatini yoritishini toping. 

2.  Ta’riflar  va  ularning  mohiyatini  yorituvchi  tushunchalar  asosida  sxemani 

shakllantiring. 



Ta’riflar: 

n  Palaxsani irg‘itish – chimqirqarsiz madaniy korpusli plug bilan shudgorlash.  

n  Madaniy  shudgorlash    –  chimqirqar  yoki  burchak  kesgichlarni  qo‘llab 

shudgorlash. Bu eng ko‘p tarqalgan shudgorlash turi.  

n  Palaxsani aylantirish– palaxsani 180˚ ga aylantirish. Asosan, chimli tuproqlar 

shunday shudgorlanadi.  

n  Ag‘dargichsiz  shudgorlash  –  tuproqqa  ag‘dargichsiz  pluglar  bilan,  ya’ni 

palaxsalarni aylantirmasdan ishlov berish.  

n  Tuproqni  chuqurlashtirish  bilan  shudgorlash    –  shudgorlash  bilan  birga 

haydov ostini yumshatish.  

n  Ikki  va  uch  yarusli  shudgorlash    –  tuproq  qatlamlari  palaxsalari  o‘rnini 

almashtirib shudgorlash.  

n  Plantaj  shudgorlash  –  40  sm  va  undan  ko‘proq  chuqurlikda  shudgorlash.  U 

o‘rmon va buta daraxtlarini ekish oldidan o‘tkaziladi. 



Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar: 

Qishloq  xo‘jalik  mashinalarining  tarkibiy  qismlari,  moslamalariga  oid  materiallar, 

internet ma’lumotlari. 

Talabalar uchun ko‘rsatmalar: 

1. Keys mohiyatini etarlicha anglab oling. 

2.  Berilgan  manbalarga  tayangan  holda  muammoning  echimini  topishga  xizmat 

qiluvchi omillarni aniqlang. 

3.  Ana shu omillar asosida echimni asoslashga uring. 

5. Echimni bayon eting. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



22 

 

“Erga ishlov beruvchi mashinalar (plug) ni o‘rganishda keys-stadi metodidan 



foydalanish”

 

  mavzusini o‘qitishda 

 «Keys stadi» muammoli vaziyat metodidan  foydalanib o‘qitish. 

"Muammoli vaziyat "jadvalini to‘ldiring" 

Vaziyatdagi 

muammolar turi 

Muammoli vaziyatning kelib 

chiqish sabablari 

Vaziyatdan chiqib ketish 

harakatlari 

1-muammo: 

Yerlarga ishlov 

berish jarayonida 

pluglarning 

notug‘ri ishlov 

berish chuqurligini 

rostlash natijasida 

shudgorni sifatsiz 

bajarilishi. 

 

Plug korpuslarining oraliq 



masofasi 

to‘g‘ri 


o‘rnatilmaganligi, 

korpus 


lemixining 

yaxshi 


termik 

ishlov berilmaganligi va limex 

tig‘ining 

o‘tmaslashganligi, 

plug  tayanch  g‘ildiragining 

podshipnigi 

noturg‘un 

ishlaganligi 

sababli 

nuqsonlarning kelib chiqishi. 

Yerga asosiy ishlov berishdan 

oldin  plug  korpuslarini  oraliq 

masofalarini  belgilangan  shablon 

asosida 


rostlab 

olish 


lozim, 

limexlarni  kerakli  darajada  ishlv 

berishini  ta’minlash  maqsadida 

o‘tkirlash 

va 

yaroqsizini 



boshqasiga almashtiramiz, 

Plugning 

tayanch 

g‘ildiragining  aylanish  o‘qi  va 

podshщipnigini  tekshirib  kerakli 

ta’mirlash  servish  ishini  amalga 

oshirish lozim.  

2-muammo: 

Shudgorlash 

vaqtida agregatning 

tortish qo‘vvatini 

hisobga olmasdan 

notug‘ri tezlikni 

tanlash oqibatida 

yuzaga keladigan 

nuqsonlar

Shudgor 



yuzasini 

belgilanganidan 

20-25sm 

gacha 


notekisliklarning 

ko‘payishi. 

Shudgorlash 

vaqtida 


qaytishlarni notug‘ri bajarish; 

 

 



 

Shudgorlashni 

sifatli 

bajarishda 

agrotexnik 

talablar 

darajasija amalga oshirish; 

Shudgorlash  vaqtida  shudgor 

chuqurligini doimiy nazorat qilish, 

plug korpuslariga daladagi begona 

utlarni  tiqilib  qolish  holatlarini 

bartaraf etish; 

Shudgorlash  vaqtida  doimiy 

ishchi tezlikni taminlashdan.

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com

23 

 

Keysni yechish jarayoni: 

1.  Talabalar  keys  mohiyatini  u  bilan  ikki-uch  marta  tanishish  orqali,  sherigi 

(juftlikda),  guruhdoshlari  (kichik  guruhlarda)  yoki  jamoadoshlari  (jamoada)  bilan 

muhokama qilgan holda etarlicha anglab oladi. 

2.  Talaba  sherigi  (juftlikda),  guruhdoshlari  (kichik  guruhlarda)  yoki  jamoadoshlari 

(jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi 

omillarni aniqlaydi. 

3.  Talaba  (juftlik,  kichik  guruh,  jamoa)  aniqlangan  omillar  orasidan  muammoga 

barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajratib oladi. 

4.  Talaba  (juftlik,  kichik  guruh,  jamoa)    echimni  ajratib  olingan  omil  (ikkita  omil) 

asosida bayon etadi. 

5. Echim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi. 

O‘qituvchining echimi 

 

 

 

 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


24 

 

II. Topshiriqli keyslar 



2-keys 

1.  PN-8-35 plugini qismlarini aniqlash. 

2.  Lemex ag‘dargichli plug korpusini o‘rganish 

Talabalar uchun metodik ko‘rsatmalar 

1. Tegishli adabiyotlardan plugni fismlarini o‘rganing. 

2. Lemex ag‘dargichli plug korpusini sxemasi asosida plakat ishlang  

Keysni yechish jarayoni: 

1.  Talabalar  keys  mohiyatini  u  bilan  ikki-uch  marta  tanishish  orqali,  sherigi 

(juftlikda),  guruhdoshlari  (kichik  guruhlarda)  yoki  jamoadoshlari  (jamoada)  bilan 

muhokama qilgan holda etarlicha anglab oladi. 

2.  Talaba  sherigi  (juftlikda),  guruhdoshlari  (kichik  guruhlarda)  yoki  jamoadoshlari 

(jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi 

omillarni aniqlaydi. 

3.  Talaba  (juftlik,  kichik  guruh,  jamoa)  aniqlangan  omillar  orasidan  muammoga 

barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajratib oladi. 

4.  Talaba  (juftlik,  kichik  guruh,  jamoa)    echimni  ajratib  olingan  omil  (ikkita  omil) 

asosida bayon etadi. 

5. Yechim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


25 

 

O‘qituvchining echimi 



1-topshiriq bo‘yicha 

 

 

PN-8-35 plugi: 

1  –  keyingi  g‘ildirakni  rostlash  vinti;  2  -  rama;  3  -  bo‘ylama  to‘sin;  4  -  shudgorlash 

chuqurligini  rostlash  vinti;      5  -  osma  tirkagichlari;  6  -  tirkagich;  7  -  avtoulagich  uchun 

tayanch;  8  -  biriktirish  barmog‘i;  9  -  disksimon  pichoq  ustuni;  10  -  chimqirqar 

kronshteyni; 11 - chimqirqar; 12 - tayanch g‘ildirak; 13 - korpus; 14 - korpus ustuni; 15 - 

keyingi tayanch g‘ildirak. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


26 

 

2-topshiriq bo‘yicha 



 

 

 

Lemex ag‘dargichli plug korpusi:  

I - lemex; II - ag‘dargich; III - tutqich: - lemex tumshugi; - tig‘; - tovon; 4, 6 va 

egat, yuqori va dala qirrasi; 5 - ag‘dargich qanoti; - ag‘dargich ko‘kragi  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


27 

 

 



XULOSA

 

Hozirgi  zamon  sharoitida,  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlashda,  o‘qitishning 

hozirgi  zamon  tizimlari  va  yangi  pedagogik  texnologiyalari  asosida  amalga  oshirilishi 

maqsadga  muvofiqdir.  Yangi  pedagogik  texnologiyalarni  xislati  shundaki,  unda 

qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish  kafolatini  beruvchi  o‘quv  jarayoni  rejalashtiriladi  va 

amalga oshiriladi

.

 

Pedagogik  fanlar  asoslarini  o’qitishga  yo’naltirilgan  mashg’ulotlar    jarayonini 



noan’anaviy  shakllarda  tashkil  etish,  ta’lim  jarayonini  mukammal  andoza  asosida 

loyixalashga    erishish,    mazkur  loyihalardan  oqilona  foydalana  olish  ko’nikmalarga  ega 

bo’lish  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  nazariy  bilimlarni  puxta,  chuqur  o’lashtirilishi, 

ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi. 

 Bo’lajak  kadrlarni  tayyorlash  tizimini  takomillashtirish  zarurligi  bu  uzluksiz 

jarayonligidan kelib chiqqan holda, bu tizim  maktab-akademik litsey yoki pedagogika 

kolleji-oliy  o’quv  yurti  shaklida  bo’lib,  ular  faoliyati  o’rtasida  kasbga  tayyorlash 

sohasida tizimli izchillikka alohida e’tibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Bo’lajak  o’qituvchilarni  ta’lim  jarayonida  innovasion  texnologiyalardan 

foydalanishga  o’rgatishda  ta’lim  jarayonini  ilg’or  pedagogik  texnologiyalar  asosida 

tashkil  etilishiga  e’tibor  qaratish  zarur.  Buning  uchun,  avvalo,  o’qituvchilarni 

tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish muhimdir. 

Bo’lajak  o’qituvchilarni  nazariy  jihatdan  tayyorlashni  amaliy  tayyorgarlik  bilan 

mustahkam aloqada yo’lga qo’yish zarur. Chunki amaliyot ularni pedagogik faoliyatga 

qanchalik tayyorligini ko’rsatuvchi mezondir.  

Yuqorida  fikrlarni  inobatga  olgan  holda  xulosa  qilib  aytganda,  Yerga  ishlov  berish 

mashinalari (plug)ni o’rganishda keys stadi metodidan foydalanish maqsadga muvofiq 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


28 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

1.  Barkamol  avlod  –  O‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori  /  Prezident  Islom 

Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqi. – 

Turkiston g., 1997 yil 30-avgust. 

2.  Karimov  I.A.  O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li.  –  T.  :  O‘zbekiston, 

1992.-78 b. 

3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.:  Moliya, 

2003. – 192 b. 

4.  Ishmuhamedov  R.,  Abduqodirov  A.,  Pardaev  A.  Ta’limda  innovasion 

texnologiyalar  (ta’lim  muassasalari  pedagog-o‘qituvchilari  uchun  amaliy  tavsiyalar).  – 

T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2008. – 180 b.  

5. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003.  

6.  Sayidahmedov  N.S.  Pedagogik  mahorat  va  pedagogik  texnologiya.  T.:”Fan  va 

texnologiya” nashriyoti, 2014 

7. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 

2006. 

8.  Yarmatov R. Bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini tarbiyalash  va rivojlantirish. – T.: “Fan 



va texnologiya” nashriyoti, 2009. 

12. Infocom.uz elektron jurnali: www.infocom.uz  

13. www.google.uz.  

14. www.ziyonet.uz. 

15. www.tdpu.uz.  

 

 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling