Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti Sotsiologik va psixologik tadqiqotlar markazi va Muhammad


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1065971
Bog'liq
Конференция бўйича



Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Qurolli 
Kuchlari 
Akademiyasida Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar 
instituti 
Sotsiologik va psixologik tadqiqotlar markazi va 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 
texnologiyalar 
universiteti 
Nurafshon 
filiali 
bilan 
hamkorlikda 
xalqaro harbiy-ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi 
Joriy yilning 22 dekabr kuni 
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
Akademiyasida 
Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti Sotsiologik va 
psixologik tadqiqotlar markazi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent 
axborot texnologiyalar universiteti Nurafshon filiali bilan hamkorlikda 
“Harbiy 
sotsiologiyaning harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik hissini oshirishdagi roli va 
ahamiyati” mavzusidagi xalqaro harbiy-ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Unda oliy 
harbiy taʼlim muassasalari, harbiy okruglar va xorijiy ekspertlar, mutaxassislar 
ishtirok etdi. 
Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar 
universiteti Nurafshon filiali Gumanitar fanlar kafedrasi professori, filologiya fanlari 
doktori B.X.Daniyarov “Harbiylarga Vatan tarixini adabiy-badiiy uslubda 


o‘rgatishning ilmiy asoslari” mavzusida, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri falsafa 
fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.A.Raxmonov
Oʻzbekistonda 
harbiy 
sotsiologiya rivojlanishining institutsional asoslari” mavzusida ma’ruza 
qilishdilar. Ularning faol ishtiroki uchun general-leytenat Sh.Normatov tomonidan 
tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi. 
Konferensiya davomida harbiy va ijtimoiy soha vakillarining fan boʻyicha 
turli yondashuvlari tahlil qilindi. Shuningdek, harbiy sotsiologiya yoʻnalishining 
rivojlanishiga hissa qoʻshgan tadqiqotlar va ushbu tadqiqotlarda qoʻllanilgan 
metodlar toʻgʻrisida maʼruzalar tinglandi. Mazkur konferensiyadagi ma’ruzalar va 
bildirilgan takliflar harbiy xizmatchilarning bilimi va dunyo qarashini kengaytirish, 
shuningdek yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi. 

Document Outline

  • Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti Sotsiologik va psixologik tadqiqotlar markazi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Nurafshon filiali bilan...

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling