O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana26.11.2020
Hajmi0.56 Mb.
#151887
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni


O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi 
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti 
Endokrinologiya kafedrasi 
Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, 
professor HamraevH.T. 
Endokrinologiya fanidan 
Ma'ruzalar matni 
Samarqand - 2009 yil 

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi 
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti 
Endokrinologiya kafedrasi 
Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, 
professor Hamraev H.T. 
Samarqand - 2009 yil 

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirlig 
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti 
Endokrinologiya kafedrasi 
Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, 
professor Hamraev H.T. 
Samarqand - 2009 yil 

Tuzuvchilar: Samarqand Tibbiyot Instituti 
endokrinologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor 
H.T. Hamraev 
Samarqand Tibbiyot Instituti endokrinologiya 
kafedrasi assistenti 
Husanov H.SH. 
Taqrizchilar: 
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi 
Meditsina fanlari akademiyasi Endokrinologiya ilmiy 
tadqiqot instituti direktori t.f.d., professor S.I. 
Ismoilov 
Samarqand Tibbiyot Instituti Vrachlar malakasini 
oshirish fakulteti terapiya kafedrasi mudiri t.f.d., 
professor F.S. Tadjiev 

I - Ma'ruzalar matnining mazmuni 
Ma'ruza № 1 
1 mavzu: Gipotalamo-gipofizar tizim kasalliklari. 
2 maqsad 3 soat 
Endokrinologiyaning umumiy vazifalari; gormonlar va ularning ta'siri, 
biologik effekti, ichki sekresiya bezlarining klassifikasiyasi, gormonlar 
sekresiyasi regulyasiyasi gipotalamo-gipofizar tizim kasalliklari etiologiyasi, 
patogenezining asosiy tushunchalari. 
Organizm hayot faoliyatida endokrin tizimning asoslarini o'rgatish. 
3 Kutilayotgan natijalar: 
Ma'ruza tinglagandan sung talaba bilishi zarur: 
- endokrin tizimi regulyasiyasi haqida tasavvur. 
II- ichki sekresiya bezlari va ularning gormonlari. 
-gormonlar ta'sir mexanizmi 
-Gipotalamo-gipofizar tizimi kasalliklari klassifikasiyasi 
-Gipotalamo-gipofizar tizimi kasalliklari etiologiyasi, epidemiologiyasi, 
patogenezi, kurinishlari, kriteriyalari, laborator instrumental diagnostikasi. 
4 mavzuning asosiy vazifalari: 
- gormonlar klassifikasiyasi 
-endokrin tizim regulyasiyasi. 
- Kasalliklar: akromegaliya, gigantizm, nanizm, qandsiz diabet ma'ruza 
matni 
-kasallik -akromegaliya, gigantizm, nanizm, qandsiz diabet. (etiologiyasi, 
patogenezi, diagnostikasi, klinikasi; davolash) 
Endokrinologiyaga kirish 
Endokrinologiya (grekcha endo - ichki, krino - ajratish, logos - fan) ichki 
sekretor bezlar haqida fan bo'lib, ularning qonga ishlab chiqargan gormonlarining 
biosintezini va organizmda ta'sir mexanizmini o'rgatadi. 
Ichki sekrektor bezlar - organizmda modda almashinuviga ta'sir qiluvchi, 
butun organizm yoki alohida organ va sistemalar funksiyasini o'zgartirish 
xususiyatiga ega bo'lgan gormon (grekcha hormao - harakatga keltiraman) ishlab 
chiqarib qonga ajratadi. Shu sababdan ham endokrin patologiyalari organizmning 
umumiy kasalliklari bo'lib hisoblanadi. 
Endokrinologiya alohida fan sifatida 19 asrning ikkinchi yarimida rivojlandi. 
1849-yilda A. Bertold birinchi marta xo'rozlarni bichib, bichishdan keyingi 
sindromning oldini olishni eksperimental usulda asoslab bergan. 1855-yilda Klod 
Bernar miyaning to'rtinchi qorinchasi tubiga ukol qilish yo'li bilan giperglikemiya 
va glyukozuriyani chaqirib endokrin bezlar funksiyasini boshqarishda asab 
tizimining rolini aniqladi. 1889-yilda O. Minkovskiy va I. Mering oshqozon osti 
bezi bilan qandli diabet kasalligining bog'liqligini eksperimental yo'l bilan asoslab 
berdi. 1907-yilda L.V. Sobolev oshqozon osti bezida diabetga qarshi insulin 
moddasi borligini eksperimental usulda ko'rsatib, uni olish yo'llarini ilmiy asoslab 
beradi. 20-asrning boshlarida va o'rtalarida endokrin organlar ajratadigan qator 


gormonlar olindi: adrenalin (Takamine va Oldrich 1901-yil), tiroksin (Kendall 
1915-yil), insulin (Banting va Best 1921-yil), progesteron (Butenandt 1934-yil). 
1935-yilda Dayzi ayollar jinsiy gormoni- estradiolni, 1954-yilda Simpson va Tayt 
aldosterone, 1963-yilda Kopp tirokolsitoninni ajratib olishga muvofaq bo'lishdi. 
1962-yilda gipotalamusdan somatoliberin, 1970-yilda tiroliberin ajratib olindi. 
Qon va siydik tarkibida gormonlar miqdorini immunologik va 
radioimmunologik usulda aniqlash hozirgi zamon endokrinologiyasining eng katta 
yutuqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bu usul yordamida juda yuqori bo'lgan aniq 
ko'rsatgichlar olindi. 
1969-yilda angliyalik olim A. Pirs yangi nazariya ishlab chiqdi. Bu nazariyaga 
asosan organizmda endokrin to'qimalar birligini ushlab turuvchi funksional faol 
tizim mavjud bo'lib, bu tizim nerv hujayralariga nisbatan umumiy o'xshashligi 
bor. Bu APUD tizimi (- aminlar miqdori va ularning yutinishi, dekorboksillanishi) 
deb nomlanadi, organizmda ham gormon ham neyromediator vazifasini bajaradi. 
Keyingi yillarda endokrin kasalliklarda autoimmun jarayonlarining rolini o'rganish 
bo'yicha yangi ma'lumotlar to'planib bordi. Har xil antigenlarga nisbatan 
organizmning irsiy immunologik javobini aniqlovchi HLA sistemasining ochilishi 
hozirgi zamon endokrinologiyasining katta yutuqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. 
Endokrinilogiya ilmining rivojlanishida sobiq sovet olimlari: B.V. Alyoshin, 
V.G.Baranov, M.N.Zavadovskiy, V.P.Komissarenko, O.V.Nikolayev, A.V. 
Reprev, Ya.X.Turakulov, N.A. Shereshevskiy va boshqalar xizmati juda katta. 
Ichki sekretor bezlar bezsimon to'zilishga ega bo'lib, alohida organ sifatida 
joylashgan. Tashqi sekretor bezlaridan chiqaruvchi kanallari bo'lmasligi va 
bevosita qon yoki limfaga gormonlarini ajratishi bilan tafovut qiladi. Endokrin 
tizimi butun organlar ishini, moddalar almashinuvi jarayonini boshqarib turadi, 
hamda organizmda gomeostazni ushlab turadi. 
Ichki sekresiya bezlarning va ular ishlab chiqargan gormonlarning nomi 
hamda bu gormonlarning ximiyaviy tabiati qo'yidagi jadvalda berilgan (jadval). 
Gipofizning funksional faoliyati gipotalamus nazoratida bo'ladi. Oldingi 
gipotalamus supraoptik, paraventrikulyar, pereventrikulyar, oldingi gipotalamik 
supraxiazmatik va boshqa yadrolardan tashkil topgan. Supraoptik neyrosekretor 
xujayralar yadrolarida asosan vazopressin, paraventrikulyar xujayralar yadrosida 
esa asetilholin ishlab chiqariladi. Bu gormonlar neyrogormonlar deyiladi va asosiy 
qismi neyrogipofizga qo'yiladi. Gipotalamusning gipofizotrop soxasi gipofizning 
oldingi bo'lagidan ishlab chiqariladigan hamma gormonlar sekresiyasini boshqarib 
boruvchi relizing faktorlar ishlab chiqaradi. 
Ichki sekretor bezlar ikki guruhga bo'linadi:l) aralash bezlarga- ichki va 
tashqariga sekresiya qiluvchi jinsiy bezlar, oshqozon osti bezi va 2) faqat ichkariga 
sekresiya qiluvchi bezlarga - gipofiz, qalqonsimon, qolqonsimon oldi bezlari, 
buyrak usti bezi va epifiz bezlari kiradi. 
Keyingi yillarda organizmda qator organlar buyrak, yurak, markaziy nerv 
sistemasilari ham endokrin bezlar funksiyasini bajarishini mualliflar tomonidan 
ko'rsatib kelinmoqda. Buyrakning yukstaglamerulyar to'qimalari qonga renin 
degan gormon ishlab chiqaradi. 


Gipotalamus. Ichki sekretor bezlar va ularning gormonlari. 
(jadval 1.) 
Gipotalamus. 
Ichki sekretor bezlar 
Gormonlari 
Gormonning 
himiyaviy tabiyati 
Gipotalamus 
Relizing faktorlar 
Polipeptidlar 
Gipofiz, oldingi bo'lagi 
Adrenokortikotrop, 
somatotrop, laktotrop 
Oqsil 
Gipofiz, oldingi bo'lagi 
Tirotrop, follikullo 
stimullovchi, lyuteinlovchi 
Glikoproteidlar 
Gipofiz oraliq qismi 
Melanositstimullovchi 
Polepeptid 
Oldingi gipotalamus 
Antidiuretik, vazopressin, 
oksitosin 
Polipeptid 
Qalqonsimon bez 
Tiroksin, tetrayodtironin, 
triyodtironin, tiriokalsitonin 
Yodlangan 
aminikislota 
Qalqonsimon oldi bezi 
Paratgormon 
Polipeptid 
Oqsil 
Oshqozon osti bezi 
Insulin, somatostatin, 
glyukagon 
Oqsil 
Buyrak usti bezi, po'stloq 
qismi 
Aldosteron, kortizol, 
kortikosteron, androgen, 
estrogen, progesteron 
Polipeptid 
Steroid 
Buyrak usti bezi, mag'iz qismi  Adrenalin, noradrenalin 
Katexolaminlar 
Tuxumdon 
Estradiol, progesteron 
Steroidlar 
Urug'don 
Testosteron, estrogenlar 
Steroidlar 
Renin ta'siri ostida angiotenzinogen angiotenzinga aylanadi. Angiotenzin 
esa aldosteron sekresiyasini va hosil bo'lishini kuchaytiradi. Buyrakda yana bir 
boshqa gormon - eritropoetin ishlab chiqariladi. Bu gormon suyak ko'migidan 
eritrositlar chiqishini kuchaytiradi. Yurak bo'lmachalaridan peptid xususiyatiga 
ega bo'lgan natriyuretik gormon ishlab chiqariladi. Markaziy asab tizimida a va P 
endorfinlar, enkefalin degan neyrogormonlar ishlab chiqarilishi aniqlandi. 
Ximiyaviy tabiati buyicha gormonlar 4ta guruhga bo'linadi: oqsilli yani peptidli, 
glikoproteidli, aminokislotali va steroidli gormonlar. Peptidli gormonlarga: 
adrenokortikotrop gormon (AKTG), somatotrop, melanositostimullovchi, 
prolaktin, paratgormon, tirokalsitonin, insulin, glyukagon; glikoproteidlarga-
tireotrop gormon (TTG), follikulostimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon 
(LG); steroid gormonlarga - kortikosteron, kortizol, aldosteron, progesteron, 
estrodiol, estron, estriol, testosteron; aminokislotali gormonlarga-adrenalin, 
noradrenalin, tiroksin, triyodtironin gomonlari kiradi. 


Gormonlar to organizmdan chiqib ketgunicha endokrin bezlarda bir necha 
bosqichlardan o'tadi: hosil bo'lishi, to'planishi, bezdan chiqishi, biologik ta'sir 
qilish, inaktivasiya. Endokrin bezlarda hosil bo'lgan gormonlar bevosita qonga 
tushadi. Bu jarayon qandaydir darajada sutka vaqti va odam yoshiga nisbatan 
o'zgaradi. Masalan, qalqonsimon bez va buyrak usti bezi gormonlarining qonga 
maksimal ajralishi sutkaning ertalabki soatlariga, minimal ajralishi esa kechki 
soatlariga tog'ri keladi. Gipofiz gonadotrop gormonlarining maksimal ajralishi 
sutkaning kechki soatlarida, jinsiy gormonlarning maksimal ajralishi esa sutkaning 
tungi soatlariga, minimal ajralishi kechki soatlariga tog'ri keladi. Gormonlar 
o'zining fiziologik ta'sir ini juda kam dozada amalga oshiradi. 
Organizmda gormonlarning asosan 4-ta fiziologik ta'sir turi tafovut 
qilinadi: 
— genetik yoki turtki, effektorlarning aniq faoliyatini chaqirishi. 
— metabolik, modda almashinuvida o'zgarishlar chaqirishi. 
~ morfogenetik to'qima va organlar shakllanishida o'sishga ta'sir qilishi. 
— korreksiyalovchi, butun organizm va uning organlari funksiyasini 
o'zgartiruvchi. 
Ma'lumotlarga asosan juda ko'pchilik gormonlar o'zining to'qima ta'sirini 
adenilsiklaza mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bunda dastlab gormon xujayra 
qavatida joylashgan adenilsiklaza yoki guanilsiklaza fermenti faolligini oshiradi. 
Faolashgan adenilsiklaza xujayra sitoplazmasi ichiga adenozintrifosfat 
kislotasining siklik fosforli birikmaga, yani 3' 5' adenozintrifosfatga aylanishini 
ta'minlaydi. Steroid gormonlarning dastlabki to'qima ta'siri xujayra ichi 
sitoplazma oqsil reseptorlari va keyin esa yadrodagi reseptorlar bilan o'zaro ta'siri 
amalga oshadi. 
Gormonlar to'qima ta'siridan keyin inaktivasiyalanadi yoki o'zgarmagan 
holda siydik bilan chiqib ketadi. Gormonlar inaktivasiyasi asosan jigarda 
glyukuron yoki oltingugurt kislotasi bilan birikishi bilan ro'y beradi. Ichki sekretor 
bezlar faoliyati bosh miya po'stlog'ining limbik tizimi va gipotalamo - gipofizar 
tizim orqali boshqarilib boriladi. Periferik ichki sekretor bezlar va trop funksiyali 
gipofiz oldingi bo'lagi gormonlari o'rtasidagi o'zaro qayta bog'lanish -
boshqarilishning asosiy yo'li bo'lib hisoblanadi. Qayta bog'lanish prinsipi 
bo'yicha periferik gormonlar miqdorining oshishi trop gormonlar miqdorini 
susaytiradi yoki aksincha kuchaytiradi. Gipotalamus periferik endokrin bezlar 
funksiyasini paragipofizar, ya'ni vegetativ asab yo'li bilan ham boshqarilishi 
mumkin. 


GIPOTALAMO - GIPOFIZAR TIZIM KASALLIKLARI 
Gipotalamo-gipofizar tizim anatomiya va fiziologiyasi. 
Gipofiz - ponasimon suyakning turk egari chuqurchasida joylashgan. Ichki 
sekresiya bezi hisoblanadi. Gipofiz ulchamlari l,3x0,6xl,0sm ni tashkil etadi, 
yoshga va jinsga ko'ra, bu raqamlar o'zgarib turishi mumkin. Gipofiz oldingi-70% 
va orqa- 30%(adenogipofiz va neyrogipofiz)umumiy 0,5-0,7g massaga ega 
ikki:bo'lakdan iborat. Adenogipofiz 3 asosiy: asidofil, bazofil va xromofil, 
xromofob bez xujayralardan tashkil topgan. 
Asidofil xujayralar - gipofiz oldingi bo'lagi 30-40%ni tashkil etib, o'sish 
gormonini (O'G) hosil qiluvchi somatotroplar, prolaktin hosil qiluvchi laktotroplar 
produksiyalovchi 2 tipli asidofillardan iborat. Bazofillar-10%ni tashkil qilib, 
tireotrop, kortikotrop, gonadotroplar produksiyalovchi 3 tipdagi xujayralardan, 
tireotrop gormon (TTG), adrenokortikotrop gormon (AKTG), gonadotrop 
gormonlar: follikula stimullovchi (FSG) va lyuteinlovchi (LG) hosil qiluvchi 
xujayralardir. 
Xromofob, xromofillar-50-60% ni tashkil etadi, ularning ahamiyati keng 
o'rganilmagan, lekin sitokinlar produksiyalash xususiyatiga egaligi ma'lum. 
Adenogipofiz o'z ta'sir doirasiga ko'ra, endokrin tizim regulyasiyasining 
kaliti hisoblanadi. follikula stimullovchi (FSG),lyuteinlovchi (LG), , tireotrop 
(TTG), adrenokortikotrop gormon (AKTG) o'z navbatida periferik: qalqonsimon 
bez, buyrak usti bezi pustlog'i, jinsiy bezlarga, boshqa gormonlar (O'G, prolaktin) 
organlar va nishon to'qimalarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Neyrogipofiz 
gipofiz orqa bo'lagi bo'lish bilan birga, gipotalamusning supraoptik va 
paraventrikulyar yadrolari kelib tugaydigan gipotalamo-gipofizar trakt tolalarining 
xuddi o'zidir. 
Gipotalamus orqali asab tizimi bilan aloqada bo'lgan gipofiz, yagona 
funksional tizim sifatida organizmning ichki muhitida doimiy turg'unlikka erishish 
bilan birga gormonlarning sutka, oylar, fasllarga ko'ra o'zgarib turishini 
ta'minlaydi. Gipotalamus-oraliq miya bo'lagi sifatida organizmning ko'pgina 
funksiyalar, ayniqsa gomeostaz regulyasiyasida asosiy o'rin tutadi. Gipotalamus 
miya asosida joylashib, oldindan kuruv nervlari kesishmasi, orqadan surgichsimon 
tanalar, yon tomondan kuruv nervlari ajralish joyi bilan chegaralangan. Yuqoridan 
miya 3 korinchasiga tegib turadi. Uning massasi 4g atrofida. Alohida xujayralar 
guruxi 32 juft yadrolar hosil qiladi. Gipotalamusning oldingi sohasida supraoptik 
va paraventrikulyar yadrolar hosil qiluvchi neyrosekretor xujayralar vazopressin 
va oksitosin ishlab chiqaradi. Gipotalamusning ventromedial qismi zararlanishi 
qisqa muddatli xotira buzilishiga olib keladi.Oldingi qismini parasimpatik, orqa 
qismini simpatik vegetativ nerv tizimi stimullaydi. 


Gipofiz va gipotalamus gormonlari biosintezi, sekresivasi, regulvasivasi va 
Hozirgi vaqitda gipotalamusning gipofizotrop gormonlari stimullovchi 
(rilizing gormonlar-liberinlar) va tormozlovchi (statinlar) 2 gurux ekanligi ma'lum. 
Ularning xar biri gipofiz gormonlariga mos ravishda ajraladi. Liberinlar va statinlar 
adenogipofiz regulyasiyasini ta'minlaydi. Undan tashqari markaziy asab tizimiga 
to'g'ridan  - t o ' g ' r i ta'sir qiladi, xulqqa va xarakatga oid reaksiyalarni chaqiradi. 
Liberin va statinlar gipotalamusdan tashqarida, oshqozon-ichak trakti, oshqozon 
osti bezi, miyaning boshqa qismlarida, epifizda ham qisman ishlab chiqariladi. 
Gipofiz oyoqchasini zararlash, bosish orqali follikula stimullovchi 
(FSG),lyuteinlovchi (LG), tireotrop (TTG), adrenokortikotrop (AKTG), o'sish 
gormoni, plazmadagi miqdori kamayadi, prolaktin miqdori esa oshadi, bu 
«izolyasiyalangan gipofiz sindromi» fenomenini yuzaga keltiradi. Demak, 
gormonlar gipotalamusning bevosita stimullovchi, prolaktin esa ingibirlanuvchi 
ta'sirida bo'lishi isbotlanadi. Gipofiz oyoqchasini pastidan kesish vazopressin va 
oksitosin miqdoriga ta'sir etmasligi qandsiz diabet yuzaga kelmasligi bilan 
isbotlanadi. Gipofiz oyoqchasining yuqori qismidan kesish yoki olib tashlash, 
prolaktindan tashqari barcha gormonlar produksiyasini pasaytiradi. Prolaktin 
sekresiya qiluvchi xujayralar 10-25%ni tashkil etadi, xomiladorlik vaqtida ular 
miqdori 70%ga yetadi. Prolaktin molekulyar massasi 23 kDa, ba'zi Gipotalamus -
gipofizar tizim kasalliklarida prolaktin «katta» shakli uchrab, molekulyar massasi 
100 kDaga teng (big, big - big prolaktin) bo'ladi. Prolaktinning asosiy funksiyasi 
laktasiyani ta'minlashdir. Xomiladorlikda laktotroplar miqdorining oshishi 
platsentar va tuxumdon estrogenlari ta'siri bilan bog'Iiq. Bu prolaktin 
sekresiyasini to'xtatib turadi. Tug'ruqdan sung emizish orqali prolaktin 
sekresiyasi stimullanadi. Prolaktinning yagona ingibitori dofamin (gipotalamus 
yadrosida sintezlanadi), stimulyatori esa tireotropin - rilizing - gormondir, bu 
birlamchi gipotireozda giperprolaktinemiyaning yuzaga kelishidan ham ma'lum. 
Tireotrop gormon (TTG) molekulyar massasi 28kDa ga teng. Ikki 
subbirlikdan tashkil topgan. follikula stimullovchi (FSG),lyuteinlovchi (LG), 
tireotrop gormon (TTG), xorionik gormon uchun alfa-subbirlik, TTG uchun 
maxsus beta-subbirlik mavjud. 
Tireotroflar adenogipofizning 10% ini tashkil etadi. Tireotrop gormon 
(TTG) asosiy funksiyasi qalqonsimon bez gormonlarining biosintezi, zaxira 
tuplashi, sekresiya qilishdan iborat, tireositlarga trofik va proliferativ ta'sir 
ko'rsatadi. Tireoid gormonlar tireotrop gormon sekresiyasiga susaytiruvchi ta'sirga 
ega. Tireotrop gormon sekresiyasining gipotalamik regulyatori uch 
aminokislotadan iborat - tireorilizing gormondir (TRG). Tireotrop gormon bazal 
sekresiyasini dofamin, glyukokortikoidlar, somatostatin susaytiradi. 
O'sish gormoni (UG) 191 aminokislotadan iborat. O'sish Gormoni 92% 
strukturasi plansentar laktogen yoki xorionik somatotropinga analogdir. o'sish 
gormoni sekresiya qiluvchi somatotroplar 50%ni tashkil etadi. O'sish gormoni 
somatotropin yoki somatotrop gormon deb ataladi. Trop xususiyatga ega 

ta'sir mexanizmi. 

bo'lmaganligi sababli o'sish gormoni deb atash qo'lay. Bolalar va o'smirlarda 
o'sish gormoni suyaklarning buylamasiga o'sishiga ta'sir qiladi.Prenatal va 
neonatal davrda o'sish gormoni o'sishga kam ta'sir etadi, bu o'sish gormoni 
defisiti bo'lishiga qaramasdan, chaqaloqning normal o'sishi namoyon bo'ladi. 
Suyak hosil bo'lishini kuchaytirib, suyak to'qimasi almashinuvini faollashtiradi. 
Kamroq darajada osteorezorbsiyani ham kuchaytiradi O'sish gormoni suyak 
o'sishigagina emas, keng metabolik effekt beradi. Anobolik gormon sifatida oqsil 
sintezini kuchaytiradi, organizmda azot ushlanishini amalga oshiradi. O'sish 
gormoni ovqatning energetik qimmati chegaralanishiga qaramasdan, lipolitik 
ta'sir ko'rsatadi. Suv - to'z almashinuviga o'sish gormonining ta'siri 
antinatriyuretik effekt yuzaga chiqishi bilan ifodalanadi. Uglevod almashinuvida 
avvaliga insulinga uxshash, keyin esa kontrinsulyar effekt beradi. Birinchi effekt 
jigarda glyukoza produksiyasi susayishi va uning periferik utilizasiyasi kuchayishi 
bilan, ikkinchi effekt jigarda glyukoza produksiyasi faollashuvi, uglevod klirensi 
sekinlashuvi bilan ifodalanadi.O'sish gormoni sintezi va sekresiyasi ikkita 
gipotalamik neyropeptidlar - o'sish rilizing gormoni (somatoliberin) va 
somatostatin orqali nazorat qilinadi. Kun davomida o'sish gormoni plazmada past 
miqdorda bo'lib, ovqat qabul qilgach xamda uyqu vaqtida progressivlanadi. 
O'sayotgan bolalarda kattalarga nisbatan integral sutkalik miqdori yuqori bo'ladi. 
Lyuteinlovchi va follikula stimullovchi gormonlar 10% ulushga ega 
gonadotroplar tomonidan sekresiya qilinadi. Lyuteinlovchi va follikula 
stimullovchi gormonlar gonad bezlar funksiyasini regulyasiya qiladi. Ayollar 
organizmida bu gormonlar siklik sekresiyasi kuzatiladi. Erkaklarga bu holat xos 
emas. Follikula stimullovchi gormon tuxumdonlarda estrogenlar sekresiya 
qiluvchi granulyoz xujayralarni o'sishini ta'minlaydi. Moyaklarda follikula 
stimullovchi gormon testosteron bilan birgalikda spermatogenezni stimullaydi. 
Lyuteinlovchi gormon tuxumdonlarda Teki xujayralarida androgenlar sintezini, 
moyaklarda Leydig xujayralarida testosteron hosil bo'lishini regulyasiya qiladi. 
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) kortikotroplar tomonidan produksiya 
qilinadi,39 ta aminokislotadan iborat. Adrenokortikotrop gormon funksiyasi 
kortizol va androgenlarni sintez qilishdir. Barcha kortikosteroidlar sinteziga 
stimullovchi ta'sir ko'rsatib, o'z navbatida aldosteron sekresiyasini faollashtiradi. 
Adrenokortikotrop gormonning asosiy sintez va sekresiyasini kortikotropin-
rilizing-gormon amalga oshiradi. Adrenokortikotrop gormon asosiy ingibitori 
kortizoldir. Xar kanday fiziologik yoki stressor ta'sirot organizmda 
Adrenokortikotrop gormon va o'z navbatida kortizol sekresiyasi 
stimulyasiyasiga olib keladi, bu orqali organizm adaptasiyasini ta'minlaydi. 
Vazopressin (Antidiuretik gormon) 9 aminokislotadan tashkil topgan, uning 
reseptorlari (VI) buyrak distal kanalchalarida joylashgan. Distal kanalchalar 
faollashuvi suvning reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Vazopressinning yuqori 
konsentrasiyasi tomir reseptorlari (V2) tomir torayishiga olib keladi. 
Qonning giperosmolyarligi antidiuretik gormon (ADG) sekresiyasining 
kuchayishiga sabab bo'ladi. Arterial gipotenziya, va gipovolemiya 
adrenokortikotrop gormonning tug'ridan - tug'ri stimulyatori hisoblanadi. 
10 

Oksitosin ham 9 aminokislotadan iborat. Faqat ikkita aminokislota 
qoldig'i bilan farq qiladi. Oksitosin bachadon muskullari qisqarishlarini 
kuchaytiradi. Fiziologik jihatdan oksitosinning stimulyatori kukrak emizish va 
ayol jinsiy yo'llarining kengayishidir. Oksitosinning stimulyatori estrogenlar, 
alkogol esa sekresiyani pasaytiradi. 
LABORATOR TEKShlRUV USULLARI. 
Umumiy klinik va gormonal tekshiruvlar o'tkaziladi. Qon elektrolitlari 
miqdori, Zimniskiy sinamasi orqali siydik tahlili ham muhim ahamiyatga ega. 
Gormonal tekshiruvlar orqali gormonlar bazal miqdori, dinamik 
stimulyasiyalovchi va supressiv testlar o'tkaziladi. Stimullovchi sinamalar -
endokrin bezlar yetishmovchiligiga shubxa qilinganda, supressiv sinamalar -
giperfunksiyani aniqlash uchun o'tkaziladi. 
Stimulyasiyalovchi sinamalarning: gormonal (gonadoliberin, tireoliberin), 
fiziologik (insulin bilan gipoglikemiya chaqirish) va farmakologik (metirapon, 
klofelin) turlari mavjud. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling