O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana27.05.2020
Hajmi0.89 Mb.
#110615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
farmatsevtik botanika fanidan farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti talabalari uchun oquv uslubiy qollanma 1 qism


 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 

 

 

TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FARMATSEVTIK BOTANIKA 

 

fanidan farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti talabalari uchun  

o‘quv – uslubiy qo‘llanma 

 

1 – qism  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2019 



 



O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 



vazirligi

 

 



Toshkent farmasevtika instituti 

 

 

 

‗‗Tasdiqlayman‘‘ 

o‘quv va tarbiyaviy ishlari 

bo‘yicha prorektor, prof. 

Yuldashev Z.A.  

_____________________ 

‗‗___‘‘ ________ 2019 y. 

 

 



 

 

 



Farmatsevtik botanika 

 

fanidan farmatsiya fakulteti talabalari uchun  

o‘quv – uslubiy qo‘llanma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent – 2019 

 

 



Tuzuvchilar:  

M.T.Yulchieva – Toshkent farmasevtika instituti  

                             farmakognoziya kafedrasi dotsenti, b.f.n. 

                

N.T.Atamuratova – Toshkent farmasevtika instituti 

                            farmakognoziya kafedrasi katta o‘qituvchisi 

 

 

Taqrizchilar:  



 

I.V.Belolipov –   Toshkent Davlat Agrar Universiteti  

                            Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va botanika kafedrasi  

                             b.f.d.  professori  

 

 A.A.Nurmuhamedov – Toshkent farmasevtika instituti 



    tibbiy va biologik fanlar kafedrasi q.f.n, dotsenti 

 

 



 

 

 



Farmatsevtik botanika fanining  o‘quv – uslubiy qo‘llanma Markaziy uslubiy 

kengashining  2019 yil ‗‗  ‘__‘________  – son yig‘ilishida muhokama qilingan 

va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 

 

 



Markaziy uslubiy kengash raisi, professor______________ Z.A.Yuldashev 

 

 



 

Farmatsevtik  botanika  fanining    o‘quv  –  uslubiy  qo‘llanma  institut 

Kengashining 2019 yil ‗‗__‘‘________– son yig‘ilishida muhokama qilingan 

va tasdiqlashga va tavsiya etildi. 

 

 

Ilmiy kengash kotibi      __________________V.R.Xaydarov                                                         



                                       

                                     

 

 

 



Laboratoriya mashg‘ulot -1 



 

      Mavzu: Mikroskop va hujayraning tuzilishi 

 

 

1.  Darsning mazmuni: 

O‘simliklarning 

ichki 

tuzilishini 



o‘rganishda 

mikroskopdan 

foydalaniladi. Mikroskop kichik buyumlarni kattalashtirib ko‘rsatadigan asbob. 

Hozirgi paytda turli xil mikroskoplar mavjud. Mikroskopni birinchi marta 1665 

yilda ingliz olimi Robert Guk kashf etgan. Mikroskop orqali oddiy ko‘z bilan 

ko‘rib bo‘lmaydigan hujayra qismlarini ham ko‘rish mumkin. O‘simlik ichki 

tuzilishini o‘rganishda biologik mikroskoplardan foydalaniladi. Hozirgi zamon 

biologik  mikroskoplari  ob'ektlarni  ikki  ming  martagacha,  elektron 

mikroskoplari esa qirqming martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. 

O‘simlikning  organini  mikroskopda  ko‘rish  bilan  uning  son-sanoqsiz 

mayda hujayralardan iborat ekanligini bilamiz. Hujayra o‘simlikning tarkibiy 

qismidir.  O‘simlik  tirik,  o‘lik,  bir  va  ko‘p  hujayralardan  tashkil  topib,  ular 

nafas oladi, oziqlanadi, o‘sadi, rivojlanadi, ko‘payadi. 

Hujayra  yumaloq,  kubiksimon,  prizmasimon  va  boshka  shakllarda 

bo‘ladi.  Hujayralar  shakli  jihatidan  parenxima  va  prozenximaga  bo‘linadi. 

Parenxima hujayraning hamma tomoni taxminan bir xil o‘lchamga, eni bo‘yiga 

teng yoki bir oz kattaroq bo‘ladi. Ular dumaloq, ko‘p qirrali, plastinkasimon, 

yulduzchasimon shakllarda bo‘ladi. Masalan, piyoz po‘sti hujayrasida. 

Prozenxima  hujayraning  shakli  cho‘ziq,  ya'ni  bo‘yi  enidan  bir  necha 

marta uzun bo‘ladi. Masalan, paxta tolasining hujayrasida. 



 

Mikroskopning tuzilishi. 

 

Biologik mikroskop o‘simlik anatomiyasini o‘rganishda eng zarur asbob 



hisoblanadi.  Hozirgi  mikroskoplar  ob'ektlarni  bir  necha  yuz  va  ming 

martagacha  kattlashtirib  ko‘rsatadi.  Mikroskopning  optik  qismi  eng  muhim 

qisimlaridan bo‘lib, u ko‘rish trubkasi (tubus) dan iborat. Bu trubkaning yuqori 

qismida okulyar, tagida ob'ektiv joylashgan. 

 

Shtativ.  Mikroskopning  shtativi  to‘g‘ri  yoki  egri  kolonkadan  iborat 

bo‘lib,  uni  orqa  tomonga  qayirib  qo‘yish  mumkin.  Shtativda  revolver, 

kremalera, mikrovint, makrovint, stolcha, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi. 

 

Ob'ektiv.  Mikroskopning  buyumni  kattalashtirib  qilib  ko‘rsatadigan 

asosiy  qisimlaridan  biri  ob'ektivdir.  Ob'ektiv  odatda  2-4  ta  bo‘ladi.  Ob'ektiv 

buyumlarni kattalashtirib va teskari (bosh - oyoq) qilib okulyarga tushiradi. 

 

Okulyar.  Ob'ektiv  tushirgan  buyum  aksini  okulyar    yanada 

kattalashtiradi. Okulyar ikkita: yig‘ish va ko‘rish linzalaridan iborat. Ko‘rish 

linzasi  kichik  bo‘lsa,  okulyar  buyumni  shuncha  katta  qilib  ko‘rsatadi. 

Mikroskopdagi  3  ta  okulyar  va  3  ta  ob'ektivni  o‘zaro  to‘g‘irlash    yo‘li  bilan 

ob'ektlarni quydagicha kattalashtirib ko‘rish mumkin: 

 


 



Okulyar 



Ob'ektiv 

Kattalashtirish 



   8 x 

   15x 


10 


   15 x 

   40 x 


21 

80 


120 

600 va hakazo 

 

 

Byuum  stolchasi.  Buyum  stolchasi  odatda  yumaloq  yoki  kvadrat 



shaklida bo‘lib, o‘rtasi teshik bo‘ladi. Bu teshikdan preparatga yorug‘lik tushib 

turadi: stolchaning orqa  sirtida teshikni katta –kichik qilib turadigan diafragma 

o‘rnatilgan.  Buyum  stolchasi  ostiga  joylashgan  oyna  yorug‘likni  diafragma 

teshigiga  to‘g‘irlaydi.  Bu  oynaning  bir  tomoni  yassi  ikkinchi  tomoni    botiq 

bo‘ladi.  Preparatga  kuchsiz  yorug‘lik  tushishi  kerak  bo‘lsa  oynaning  yassi  

tomoni, yorug‘lik kuchli tushishi zarur bo‘lsa botiq tomoni ishga solinadi. 

 

 

Mikrovint.    Mikroskop  mikrometrik  vintini  burash  bilan  ko‘rish 



trubkasini  yuqoriga  ko‘tarish  yoki  pastga  tushirish,  ob'ektiv  bilan  okulyar 

o‘rtasidagi fokus masofani to‘g‘irlab olish mumkin. Demak mikrometrik vint 

yordamida ko‘rish fokus masofasini to‘g‘irlab olish mumkin.  

 

1-rasm. ―Biomed‖  yorug‗lik mikroskopi  

1-okulyar, 2- tubusning ushlagich qismi, 3,4- revolver va obektivlar, 5-buyum stoli, 6,7- kondensor va 

diafragma,  8-yorug‗lik  linzasi.  9-  taglik,  10-shtativ,11-ogranichitel,  12,13-vint  va  preparat  ushlagich,  14-15 

mikro va makrovint, 16- kondersor vertikal vinti,17,18,19-mikroskop asosi. 

 

      Preparat  tayyorlash.  Buning  uchun  fiksirlangan  yoki  tirik  o‗simlik 

bo‗laklari  ustara  yordamida  ko‗ndalangiga  va  uzunasiga  kesiladi.  Qattiq 

ob‘ektlar  (poya,  ildiz  bulaklari)  dan  kesik  tayyorlashda  ular  suv  va  glitserin 

aralashmasida  qaynatiladi,  bunda  ob‘ekt  hujayralari  yumshaydi  va  kesik 

tayyorlash osonlashadi. 

      Preparat  tayyorlashda  o‗simlik  organini  chap  qo‗lda  tutib,  o‗ng  qo‗ldagi 


 

ustara  tig‗ini  uziga  qaratib  yengil  harakat  bilan,  bir  yurgizishda  yupqa  qilib 



kesik olinadi. Agar kesiladigan buyum nozik bo‗lsa, uni probka yoki marjon 

daraxt o‗zagi orasiga olib kesiladi. Kesma kichik, tekis va yupqa bo‗lishi kerak. 

Uni  ustara  tig‗i  sirtidan  buyum  oynasidagi  suv  tomchisiga  yoki  boshqa 

suyuqlik tomchisiga cho‗tkacha yordamida tushiriladi, so‗ngra usti qoplag‗ich 

oyna bilan yopiladi; bunda ikki oyna o‗rtasida havo qolmasligi kerak. Bu ikki 

oyna  orasi  suyuqlik  bilan  to‗la  egallanmasa,  uning  yonidan  tomchi  qo‗shib 

to‗ldiriladi  (qoplag‗ich  oyna  buyum  oynasiga  zich  yopishib  turishi,  lekin 

tomchi  ustida  suzib  qolmasligi  kerak).  Bunda  ortiqcha  suv  filtr  qog‗ozga 

shimdiriladi.  Tekshirilayotgan  buyumni,  masalan  hujayra  yadrosini  yoki 

sitoplazmani  aniqroqko‗rish  uchun  tayyorlangan  preparatga  KJ  tomiziladi. 

Shunda  preparat  ravshanlashadi.  Undan  so‗ng  safranin,  metilen  ko‗ki  va 

shunga o‗xshash buyoqlardan foydalanish mumkin. Bu reaktivlardan pipetka 

yordamida  bir  tomchi  olib  ob‘ekt  ustiga  tomiziladi  va  bir  necha  daqiqadan 

so‗ng  ortiqcha  buyoqni  idishdagi  suvdan,  pipetka  bilan  yuvib  tashlanadi  va 

yana  toza  suv  quyib  yuviladi.  Shunday  qilib,  suv  rangsizlanguncha  yuvish 

davom  ettiriladi.  Bo‗yalgan  va  toza  suvda  yuvilgan  kesiklarni  nina  yoki 

cho‗tkacha yordamida olib, glitserin tomizilgan buyum oynasi ustiga qo‗yiladi 

va usti artilgan qoplag‗ich oyna bilan yopiladi. 

      Glitserinda  saqlangan  ob‘ekt  bir  necha  vaqt  buzilmay  turadi.  Bunday 

preparatlar chang tushmasligi uchun qopqoqli qutichalarda saqlanadi. Shunday 

qilib glitserinda saqlangan preparatlarni kerak vaqtda glitserin – jelatin bilan, 

buyum  va  qoplag‗ich  oyna  orasiga  olib  yopishtiriladi.  Doimiy  preparat 

tayyorlash ancha murakkab bo‗ladi. Bo‗yalgan kesiklarni suvsizlantirish uchun 

dastlab 50, 96, 100% li spirtlarda, so‗ngra absolyut spirt, toluol va ksilol bilan 2 

marta yuviladi. Kesiklarni buyum oynasiga joylab, ustiga balzam tomiziladi va 

qoplarich oyna bilan yopib qo‗yiladi. 

 

2.  Darsning vazifasi: 

Mikroskopning  tuzilishi,  undan  foydalanish  qoidalari,  doimiy  va 

vaqtinchalik kesiklar tayyorlash, ularni bo‘yash usullari bilan tanishadilar. 

O‘simlik  hujayrasining  tuzilishi,  ularning  shakli  va  tirik  qismlari, 

organoidlarining vazifasini o‘rganish nazarda tutilgan. 

 

3.  O‘quv jarayonining mazmuni 

1.Mikroskop qanday asbob va uning turlari 

2.Mikroskopning optik va mexanik qismlari, ularning vazifalari 

3.Mikroskop bilan ishlash qoidalari 

4.Fokus oraligini topish 

5.Kesiklar tayyorlash 

6.Kesiklarni reaktivlar bilan bo‘yash 

7 Hujayraning tuzilishi 

8 Hujayra shakllari: parenxima va prozenxima hujayralar 

9 Hujayra organoidlari va ularning vazifasi 

 


 



     4.O‘quv  jarayonnni  amalga  oshirish  texnologiyasi  (metod,  forma 



(shakl) vosita, usul, nazorat, baholash). 

 

a) Darsning turi - suhbat 



b) Metod: - Bumerang, Blits uyin 

v) Forma (shakl) - guruh 

g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat 

d) Usul - nutqli 

e) Nazorat - kuzatish (ko‘rish) 

j) Baholash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash 

 

    5. Metod - Bumerang. Blits o‘yin, Klaster 

 

Bumerang treningi 

Talabalar  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  vazifa  yozilgan  material 

tarqatiladi.  Har  1  ta  guruh  o‘z  fikrini  bayon  qiladi  va  guruxlar  orasida 

savol-javob ketadi. 

 

1 - guruhga berilgan vazifa 



 

1. Mikroskopning vazifasi va xillari 

2. Mikroskopning asosiy qismlari 

3. Mikroskopning optik qismlari va uning vazifalari 

4. Mikroskopning mexanik qismlari va uning vazifalari 

 

2 - guruhga beriladigan vazifa 



 

1. Mikroskop bilan ishlash qoidalari 

2. Fokus oralig‘i qanday topiladi 

3. Kichik ob'ektivdan katta ob'ektivga o‘tish usullari 

4. Kesiklarni tayyorlash tartibi va ularni bo‘yash 

 

3- guruhga beriladigan vazifa 



 

1. Hujayraning shakllari 

2. Hujayraning tirik va o‘lik qismi 

3. Hujayradagi organoidlar 

4. Hujayra qismlarining tuzilishi va vazifasi 

 

 



 

 

 

 

 

 



Blits o‘yin 



 

Metodni  o‘tkazilish  tartibi.  Har  bir  guruh  talabalariga  yuqorida 

ko‘rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to‘g‘ri deb hisoblagan raqamni "yakka 

baxo" qatoriga yozib chiqadi. O‘qituvchi to‘g‘ri javob e'lon qilgandan keyin, 

har  bir  guruh  o‘z  xatolarini  "gurux  xatosi"  qatoriga  yozadi.  Natijada  to‘gri, 

noto‘g‘ri javoblar solishtirilib, gurux  baxosi hisoblab chiqiladi. 

Guruh 

baxosi 


Gurux 

xatosi 


To‘g‘ri 

javob 


Yakka 

xato 


Yakka 

baxo 


Gurux 

ichidan 


chetlatish 

Mikroskop bilan 

ishlash 

usulini o‘rganish 

 

 

 



 

 

 



1. Mikroskop bilan ish 

lashdan oldin kuzguni 

har 

tomonga aylantirib 



yorug‘lik   diafragma   

teshigi 


tomon yo‘naltiriladi va 

ko‘z bilan okulyardan 

qarab 

yorug‘lik topiladi. 



2. Mikroskopning 

tozaligini   tekshirib,   

tutkich qismidan    

ushlab    ish stolida 

siljimaydigan 

qilib qo‘yish kerak. 

3.    Mikroskopning 7x 

okulyari va 8x 

ob'ektividan 

foydalanib yoruglik 

to‘planadi. 

4. Preparatga yon 

tomoni-  

dan qarab turib, 

mikroskop trubkasini 

katta vint 

yordamida preparatga 

juda 


yaqin kelguncha /oraliq 

1sm bo‘lguncha/ 

tushiriladi. 

5. Mikroskopning katta 

ob'ektivi (40x)  orqali 

  mikropreparatlarni 

mikroskop stolidan   

 


 

qo‘zg‘atmasdan   katta 



ko‘tarilib, uning 

o‘rniga katta ob'ektiv 

almashtiriladi. 

6. Ish stolining o‘ng 

tomoniga rasm chizish 

uchun tomonga    

ishlash    uchun  

kerakli narsalar 

qo‘yiladi. 

7. Tayorlangan 

preparatni mikroskop 

stolining 

markazidagi teshikka 

to‘g‘rilab qo‘yiladi. 

8. Okulyar orqali 

qarab, ob'ekt tasviri 

ko‘ringuncha   fokusi   

to‘g‘rilanadi 

/oraliq 1-2 mm. 

bo‘lguncha/ 

9. Okulyardan qarab, 

makrovintni  ob'ekt 

ko‘ringuncha oldinga 

va orqaga burab 

boriladi va tasvir 

topiladi. 

 

 

Keys  



Hujayralarning tuzilishi 

 

 



 

 



Rasmlarga qarab o‗simlik va hayvon hujayralarning uxshash va farq qiluvchi 



organoidlarni toping. Ularni bajaradigan funksiyalar haqida ma‘lumot bering 

uxshash organoidalar  

farq qiluvchi organoidlar  

organoidlar bajaradigan 

funksiyalar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

10 


HUJAYRA TUZILISHIGA OID KLASTER 

 

 



Hujayra 

qismlari 

 

Mitoxondriy 

 

Sfеrosoma 



 

Yadro 


 

Nuklеoplazma 

 

Yadrocha 



 

Yadro po‘sti 

 

Vakuola 


 

Goldji 


apparati 

 

Plastidalar 



 

Xloroplastlar 

 

Lеykoplastlar 



 

Xromoplastlar 

 

Ribosoma 



 

Lizosoma 

 

Sitoplazma 



 

Plazmolеmm

 

Tonoplast 



 

Mеzoplazma 

 

Endoplazmatk          



to‘r 

 


 

11 


 

MIKROSKOP TUZILISHIGA OID KLASTER 

 

Mikroskopning 



tuzilishi 

 

 



Okulyar 

 

Makrovint 

Buyum 

stolchasi 

 

Shtativ 

dastachasi 

 

 

Mikrovint 

 

 

Oyoqchasi 

 

Rеvolvеr 

 

 

Oyna 

 

 

Tubus 

 

Kondеnsator 

diafragmasi 

 

12 


6.Mustaqil bajarish uchun vazifalar. 

 

1-mashgulot: Mikroskop bilan ishlash usulini o‘rganish 

 

Ob'ekt: Mikroskop, piyoz 



a) Mikroskopni tozaligini tekshirish 

b) Ish stoliga mikroskopni o‘rnidan siljimaydigan qilib qo‘yish 

v)  Ish  stolining  o‘ng  tomoni  ish  daftari  va  chap  tomoniga  ishlash  uchun 

kerakli asboblar: suv, pipetka, preparoval nina, buyum va qoplog‘ich oynalar, 

filtr qog‘oz, spirt lampa, yumshoq latta qo‘yiladi. 

g) Mikroskop ko‘zgusini har tomonga harakatlantirib yorug‘lik tutiladi. 

d)  Yorug‘lik    tutish    mikroskopning    7x    okulyari    va    8x    ob'ektividan 

foydalaniladi. 

e)  Preparatdagi      ob'ekt      buyum      stolchasidagi      teshikka      to‘g‘ri      qilib 

o‘rnashtiriladi. 

j)  Ob'ektlar  aniq  ko‘rinishi  uchun  fokus  oralig‘i  topiladi.  Okulyardan  ko‘z 

bilan  qarab  katta  vintni  ob'ekt  tasviri  ko‘ringuncha  buraladi.  Mikroskopga 

qo‘yilgan buyum chap ko‘z bilan ko‘riladi, o‘ng ko‘z esa ob'ektning rasmini 

chizishga yordam beradi. 

 

2- mashg‘ulot: Kesiklar tayyorlash va piyoz po‘sti hujayrasining 



tuzilishini tekshirish. 

 

1.    Piyozning seret qobig‘idan nina yoki pintset bilan rangsiz po‘stidan shilib, 



buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi. So‘ngra nina uchi bilan to‘g‘rilab, 

ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi. 

2.    Tayyorlangan  kesiklar  mikroskopning  kichik  va  katta  ob'ektivi  orqali 

tekshiriladi. 

3. Kesiklarni bo‘yash uchun suv o‘rniga lyugol eritmasi tomiziladi. 

4.  Bo‘yalgan  kesik  mikroskopning  kichik  va  katta  ob'ektivi  orqali 

qaralganda      piyoz      pardasining      hujayralari      yupqa      po‘st      bilan 

qoplanganligi va ichida vakuola, sitoplazma, yadro borligi ko‘riladi. 

 

Topshiriq: Biologik mikroskopni va hujayra tuzilishini rasmini chizib. hamma 



qismlarini nomini yozing. 

 

7. Kutiladigan natijalar 

 

O‘qituvchi 

a) Mavzu bo‘yicha maqsadni 

tushuntirish 

b) Talabalarda qiziqish 

uyg‘otish 

v) Yangi texnologik usullarni 

qo‘llash 

Talaba 

a) Mavzu bo‘yicha to‘la ma'lumot 



olishi 

b) Talabalar bilimini shakllantirish 

v) Talabalar qiziqish bilan 

kabul qilishi 



 

13 


                                                                                               

8. Kelgusi rejalar 

        

a) O‘qituvchi internetdan yangi 

material olish uchun foydalanishni 

mukammallashtirishi   

b) Yangilash va joriy etish 

v) Kasbiy tayyorgarlikni 

insonparvarlashtirish 

 

 a) Talaba ushbu materiallarni 



o‘zlashtirish, konspekt yozish, 

mustaqil ishlashi 

b) Adabiyotlar bilan ishlash 

v) Yangi texnologiyaga yondashuvi 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

14 


Laboratoriy mashg‘ulot - 2 

 

Mavzu: Osmotik bosim. Plastidlar. Etioplastlar va geronoplastlar. 

 

 



1.  Darsning mazmuni: 

 

Hujayra  ichidagi  suyuqlik  hujayra  shirasi  deyiladi.  Bu  suyuqlikda 

organik  va  mineral  moddalar  erigan  holda  bo‘ladi.  Hujayra  shirasi  voyaga 

yetgan  hujayralardagi  protoplazmaning  hayot  faoliyati  natijasida  vujudga 

keladi. Hujayra shirasida erigan moddalar ma'lum bosim hosil qiladi, u osmotik 

bosim deb ataladi.Osmotik bosim eritma kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, u 

qancha kuchli bo‘lsa, osmotik bosim ham shuncha kuchli bo‘ladi. 

Hujayraning  turgor  holati  deb  -  hujayra,  shirasida  suv  ko‘payib  ketib 

hujayraning  taranglanishiga  aytiladi.  hujayra  turgor  holatda  bo‘lganda  uning 

ichidagi  moddalar  hujayra  po‘stiga  zich  yopishib  turadi.  Bunday  holatdagi 

hujayraga  to‘yingan  eritmalar  (10%  osh  tuzi,  30%  qand  eritmasi)  tomizilsa, 

ya'ni  osmotik  bosimi  hujayra  shirasi  osmotik  bosimidan  kuchliroq  bo‘lgan 

eritma  vositasi  bilan  hujayra  shirasining  bir  qismi  olib  tashlansa,  xujayra 

ichidagi  moddalar  to‘planib  hujayra  po‘stidan  qochadi  va  uning  o‘rtasiga 

yig‘ilib qoladi, hujayraning bunday holatini plazmoliz deyiladi. 

Plazmoliz holatidagi hujayraga suv ta'sir ettirilsa, u yana turgor holatiga 

o‘tadi,  bu  hodisa  deplazmoliz  deb  ataladi.  Plastidlar  protoplazmada  sochilib 

yotgan har xil shakl va ranga ega bo‘lgan mayda oqsil tanachalardir. 

 

Plastidlar rangiga qarab 3 xilga bo‘linadi: 



1-  Xloroplastlar (yashil) 

2-  Xromoplastlar (qizil, sariq) 

3-  Leykoplastlar (rangsiz) 

 

Xloroplast - o‘simliklikning barcha yashil qismida uchraydi. Bu plastida 



xlofill  (yashil),  karotin  (qizil),  ksantofill  (sariq)  pigmentlar  uchraydi. 

O‘simliklarda karbonat angidrid va suvdan organik modda vujudga kelishida 

xloroplast ishtirok etadi. 

Xloroplast ishtiroki quyosh nuri ta'siri bilan organik moddalarning hosil 

bo‘lishi  hodisasini  fotosintez  deb  ataladi.  Buni  quyidagi  formula  bilan 

ko‘rsatish mumkin. 

 

6C0


2

 + 6H


2

O+ 674 kkal   →    C

6

 H

12



 O

6

 + 6O



2

 

 



Bu jarayonda avval saxaroza paydo bo‘lib, u tezda glyukozaga aylanadi. 

va o‘simliklarning organlarida zahira oziq modda hisobida to‘planadi. 

Xromoplast  -  to‘q  sariq,  qizil  rangda  bo‘lib,  gullarning  gultoj  bargida, 

pishgan mevalarda va ildizmevalarda uchraydi. 

  

Leykoplast  -  rangsiz  plastidadan  iborat  bo‘lib,  o‘simliklarning 



 

15 


 kurtagida, poyasida, ildizi, tugunagi va piyozboshida uchraydi. Leykoplastlar  

zahira oziq modda-ikkilamchi kraxmalni to‘playdi.  



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling