O'zbekiston Respublikasi Sog‟liqni saqlash vazirligi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana19.01.2020
Hajmi5.16 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

     
 
 
O'zbekiston Respublikasi  
Sog‟liqni saqlash vazirligi 
 
 
 
Toshkent farmasevtika institute 
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi 
 
Ekologiya  
 
Fanidan o‘quv-uslubiy majmua 
Bilim sohasi: 
500000 
-Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot 
Ta‘lim sohsi: 
510000 
- Sog‘liqni saqlash 
Ta‘lim yo‘nalishi:  5510500  -Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 
 
5510600  -Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent−2018 y 
 

     
 
 
O'zbekiston Respublikasi  
Sog‟liqni saqlash vazirligi 
 
 
 
 
 
Toshkent farmasevtika institute 
 
 
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi 
 
 
 
 
 
Ekologiya  
Fanidan o‘quv-uslubiy majmua 
 
 
 
 
 
Bilim sohasi: 
500000 
-Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot 
Ta‘lim sohsi: 
510000 
- Sog‘liqni saqlash 
Ta‘lim yo‘nalishi:  5510500  -Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 
 
5510600  -Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent−2018 y 
 
 
 

     
 
 
Fanning o'quv uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus 
ta‘lim  vazirligining  2018yil  _____________dagi  ____-son  buyrug'i  bilan 
tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan 
 
 
Tuzuvchilar: 
 
Abzalov A.A. 
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n. 
Nurmuxamedov A.A. 
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti, q/x.f.n. 
Dusmuratova F.M. 
Ekologiya  va  mikrobiologiya  kafedrasi  kata  o‘qituvchisi 
b.f.n. 
Maksudova C.A. 
Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi asisstenti 
Taqrizchilar: 
 
Yulchiyeva M.T.  
 
Toshkent farmasevtika instituti farmakognoziya kafedrasi 
dotsenti, b.f.n. 
Raximova T.T. 
 
O'zR FA Botanika  instituti o‘simliklar geobotanikasi va 
ekologiyasi laboratoriyasi professori, b.f.d. 
 
 
 
 
 
 
 
Fanning O'quv-uslubiy majmuasi soha uslubiy kengashining 2018 yil ______ 
__________dagi    _____-son yig‘lishida muhokama qilingan va tasdiqlashgan 
tavsiya etilgan. 
 
 
 
Soha uslubiy kengash raisi                               S.Saidov 
Fanning O'quv-uslubiy majmuasi institut Markaziy uslubiy kengashining  
2018 yil ___   __________dagi    _____-son yig‘lishida muhokama qilingan va 
tasdiqlashgan tavsiya etilgan. 
 
 
 
 
 
Markaziy uslubiy kengash raisi                       T.A.Nabiev 
Fanning O'quv-uslubiy majmuasi institut Kengashining 2018 yil ______  
__________dagi    _____-son yig‘lishida muhokama qilingan va tasdiqlashgan. 
Kengash ilmiy kotibi                                                F.X. To‘xtaev   
 

     
 
 
1-MAVZU: EKOLOGIYAGA KIRISH.  AUTEKOLOGIYA VA EKOLOGIK 
OMILLAR 
 
REJA:
 
 
1.  Ekologiyaga kirish  
2.  Autekologiya tushunchasi 
3.  Fenotipik egiluvchanlik spektrlari 
4.  Adaptiv egiluvchanlik evolyutisyasi 
5.  Fenotipik egiluvchanlikning ekologik qiymati 
6.  Fenotipik egiluvchanlik bo`yicha keyingi ekologik ishlarning gorizontlari 
 
 
TAYANCH IBORALAR: 
ekologiya, autekologiya, omillar, ekologik nisha, ekologik muhit, 
muhitning abiotik omillari, optimum qonuni, adaptatsiya. 
 
1.1. 
EKOLOGIYAGA KIRISH 
1Ekologiya  atamasi  birinchi  bo‗lib  1869-
yilda  Ernest  Gekkel‘  tomonidan  ishlatilgan. 
Gekkel‘ning fikricha ekologiya bu organizmlar va 
ularning  atrof  muhit  bilan  o‗zaro  aloqasini 
o‗rganuvchi  fan  va  biz  ham  shunday   qarashimiz 
mumkin.  Bu  so‗z  grekcha  (  oikos  )  dan  kelib 
chiqqan  bo‗lib  uy  degan  manoni  anglatadi. 
SHuning 
uchun 
ekologiya 
yashayotgan 
organizmlarning  hayot  muhitini  organadigan  fan 
sifatida  qarashimiz  mumkin.  Ozgina  muammoli 
ta‘rif  1972-yilda  Krebs  tomonidan  berilgan. 
―ekologiya  bu  ilmiy  fan  bo‗lib  organizmlarnig 
ko‗pligi  va  ularni  taqsimlanganligi  o‗rtasidagi 
o‗zaro  bog‗liqlikni  o‗rganadigan  fandir‖.  Eslatib  o‗tamiz  Krebsning  ta‘rifida  atrof-muhit 
degan so‗z ishlatilmagan, chunki bu so‗zni ta‘riflash juda katta ahamiyatga ega. Organizmni 
tashqarisda  sodir  bo‗layotgan  voqea  va  hodisalar  uning  tabiatiga  ta‘sir  qiladi:  hoh  u  fizik, 
kimyoviy  yoki  biologik  bo‗lishi  mumkin.  Krebsning  ta‘rifidagi  ―o‗zaro  bog‗liqlik‖  albatta 
ko‗p omillar bilan bog‗liq. SHuning uchun Gekkel‘ bergan ta‘rifda 
atrof-muhit  asosiy  o‗rinni  egallagan.  Krebning  ta‘rifida  ekologik 
muammolarni  o‗rganadigan  asosiy  fan  degan  tushuncha  bor: 
organizmlarni  ko‗pligi  va  ularni  taqsimlanganligi  –  organizmlar 
qaerda yashaydi, qancha yashaydi va nima uchun. SHuning uchun 
ekologiyaga quyidagicha ta‘rif berganimiz ma‘qul;  Ekologiya bu - 
organizmlarni  ko‗pligi  va  taqsimlanishini,  ularni  xilma-hilligi  va 
joylashishishi  o‗rtasidagi  o‗zaro  bog‗liqlikni  o‗rganadigan  ilmiy 
fandir.  SHuning  uchun  ekologik  muammolar  qisqacha  qilib 
aytganda organizmlarning xilma-hilligiga va ularni qanday taqsimlanganligiga bog‗liq. Lekin 
biz  bu  tarifni  kengaytirishimiz  kerak.  Hozirgi  olam  biologik  jarayonlarni  birin-ketin  bosib 
o‗tgan  mayda  zarrachalardan  boshlanib  hujayralargacha  keyin  to‗qimalar  va   nihoyat 
organizmlar.  Ekologiya  keyin  quyidagi  uchta  bosqichni  bosib  o‗tdi:  individual  organizmlar, 
aholi  (bir  turdagi  individlardan  iborat)  va  jamiyat  (kattaroq  yoki  kichikroq  turdagi  aholi 
sonidan iborat). Organizm nuqtai nazaridan, ekologiya individlar atrof muhitga qanaday ta‘sir 
ko‗rsatishi  bilan  shug‗ullanadi.  Aholi  nuqtai  nazaridan,  ekologiya  alohida  turlarning 
mavjudligi  yoki  yo‗qligi  ularni  ko‗pligi  yoki  noyobligi,  ular  sonidagi  o‗zgarishlar  va 

     
 
 
yo‗nalishlarni o‗rganadi. Jamiyat ekologiyasi ekologik jamiyatlarning tuzilishi va tarkibi bilan 
shug‗ullanadi.  Ekologlar  shuningdek  diqqat  e‘tiborini  energiyaga  yana  tirik  va  o‗lik 
elementlarni  harakatiga,  ularni  tuzilishiga  qaratadilar:  ekosistema,  tabiiy  atrof  muhit  bilan 
jamiyatni  qamrab  oladi.  Likensning  fikriga  ko‗ra  (1992)  ekologiyaga  bergan  ta‘rifimizni 
kengaytirishimiz  mumkin:  ekologiya  bu  organizmlar  o‗rtasidagi  o‗zaro  bog‗liqlik  va   ularni 
butunlay  o‗zgarishi,  energiya  va  moddalardagi  doimiy  o‗zgarishlari  o‗rtasidagi  bo‗liqlikni 
o‗rganadi. SHuning uchun energiya va moddalarni  butunlay o‗zgarishi degan jumlani huddi 
o‗zaro bog‗liq degan jumlani qo‗shganimiz kabi qo‗shishimiz mumkin.
1
 
 
Nazariy va amaliy ekologiya. 
 
Ekologlar  tabiatdagi  organizmlar,  aholi  va  jamiyatlarnigina  emas  balki  odam 
tomonidan barpo qilingan yoki odam ta‘sirida   shakllangan ekologiya (plantatsiya o‗rmonlari, 
bug‗doy  dalalari,  don  zahiralari,  qo‗riqxonalar  va  boshq).  va  ta‘biatga  inson  ta‘sirining 
oqibatlarini  (ifloslanish,  global  iqlim  o‗zgarishi)  ham  o‗rganadi.  Haqiqatdan,  bizning 
ta‘sirimiz  shunchalik  keng  tarqalganki,  inson  faoliyati  umuman  etib  bormagan  ekologik 
muhitni  topish  mushkul.  Atrof-muhit  muammolari  bugun  siyosiy  dasturlarning  yuqori 
qatorlaridan o‗rin oldi va ekologlar bunda muhim  rolga ega, zero barqaror kelajak ekologik 
tushunchamiz  va  turli  vaziyatlarda  hodisalarni  taxmin  qilish  qobiliyatimizga  tubdan 
bog‗liqdir.  
1986 yili ushbu o‗quv qo‗llanmaning birinchi nashri chop etilgan vaqtda ekologlarning 
aksariyati  ekologiyadagi  izlanishlarini  majburiyat  yuzasidan  emas  balki  unga  qiziqishlari 
yuqori bo‗lganliklari uchun ekanligini ta‘kidlab o‗zlarini nazariyotchi olimlar deb hisoblar edi 
va  tor  doiradagi  amaliy  loyihalar  bilangina  cheklanib  qolishni  istashmasdi.  Undan  keyingi 
yigirma  yilda  holat  butunlay  o‗zgardi,  bu  qisman  hukumatlar  o‗z  e‘tiborini  grant  taqdim 
qiluvchi  tashkilotlardan  ekologik  talablarga  (tatbiqlar)  qarata  boshlaganligi  uchun  bo‗lsa, 
asosiy  sabab  esa,  ekologlar  o‗z  ilmiy  izlanishlarining  aksariyatini  yanada  jiddiylashib 
borayotgan  ko‗plab  atrof-muhit  muammolariga  qaratish  zaruriyatini  anglab  bu  jihatga  urg‗u 
bera boshladi. Bu narsa ushbu nashrda amaliy ekologiya metodik izohlar bilan aksini topgan- 
kitobdagi  3  bo‗limning  har  bir  amaliy  boblar  bilan  yakunlanadi.  Bizning  fikrimizcha 
ekologiya nazariyasining tatbiqi nazariy fanni chuqur tushunishga asoslanishi shart. SHuning 
uchun,  kitobdagi  amaliy  ekologik  boblar  har  bir  bo‗limning  oldingi  boblarida  yoritilgan 
ekologik tushunchalar asosida yoritiladi.  
 
Ekologik rollarning vazifalari 
 
―Ekologik  vazifa‖  so‘zi  birinchi  marta  qariyb  100  yil  avval  R.  H.  Jonsonning  xonqizilarini 
o‘rganishda  yozgan  hisobotida  keltirilgan.  Shuningdek,  ozgina  vaqt  o‘tib  zoolog  Jozef 
Grinnell ham bu atamani original o‘ylab chiqaruvchisini eslatib o‘tishda ishlatgan. Atamaning 
ma‘nosi  ko‘chma  ma‘noga  juda  yaqin  edi,  ya‘ni  mavjudotlarning  ekologik  qismi,  roli  va 
nihoyat  ularning  ekologik  jamiyatdagi  vazifasiga  ishora  qiladi.  Shuning  uchun,  Grinnell 
keltirgan  misol,  Kaliforniya  qushi,  yerda  hayot  kechiradigan,  ham  hayvon  ham  o‘simlik 
qismlari  bilan  ozuqalanadigan  chaparral  oilasining  vakili.  Hatto  taqibchilaridan  qochishda 
ham  yerda  qoladigan  bu  qush,  juda  kamdan-kam  ro‘y  beradigan  tajovvuz  holatlarida  o‘z 
ustiga juda ham o‘rmon yeriga o‘xshaydigan qulay niqob taqadi.
2
 
 
O‘ziga xos morfologik, fiziologik va xulq-atvor bilan bog‘liq ozuqa yoki yashash joy 
harakteristikalari  borligi  haqidagi  fikrni  o‘zi  ekologik  alternativalar  mavjudligiga  ishora 
                                                           
1
 
Begon, Michael.Ecology : from individuals to ecosystems Townsend, John L. Harper.
 
 
Introduction: Ecology and 
its Domain
 
2
 
2
 Simon A. Levin editor 2009 by Princeton University Press Published by Princeton University page 8. 

     
 
 
qiladi. O‘z navbatida bu ham ikkita har xil dunyo nuqtalaridan bir xil ekologik vazifaga ega 
mavjudotlarning uchratilishiga ishora qiladi. Grinnellning misolida, Sahara jerboasi bilan aniq 
vazifada  to‘g‘ri  keladigan  Shimoliy  Amerika  Dipodomisi  keltirilgan.  Ekologik  o‘rnini 
bosuvchilar  mavjudligi  shunga  ishora  qiladiki,  mavjudotlardan  ko‘proq  ular  hayot 
kechiradigan  joyga  xos  o‘zgarmas  vazifalarni  bajarish  talab  qilinadi,  misol  uchun 
cho‘llardagi. Shu bilan birgalikda vazifalar bo‘sh qolishi ham mumkin va bunga sabab ularga 
mos  keladigan  mavjudot  turlari  o‘sha  muhitda  uchramasligidirs.  Balki  ular  o‘sha  muhitga 
kelmagan  yoki  kelib  rivojlanib  keta  olmagandirlar.Shu  zayilda  qanchalik  darajada  ekologik 
o‘rin  bosuvchilar  tabiatda  uchrashi  mumkinligini  ayta  olamiz?  Grinnell  ishidan  keyin  o‘n 
yillar  o‘tib,  biz  ba‘zi  misollarning  aniq  mavjudligi  va  ularning  bir-birigao‘xshash  muhitda 
hayot kechirishiga amin bo‘ldik. Shunngdek, ushbu mavjudotlar bir-biridan uzoqda yashashi 
va biri biriga juda o‘xshash bo‘lmasligini ham tushundik. Bo‘lishi mumkinki, aniq shu fikrlar 
ekologik  vazifalarning  keyingi  ikkita  targ‘ibi  yaralishiga  olib  kelgan.  Ularning  har  biri 
ekologiya dunyosi qanday ishlashi to‘g‘risidagi o‘ziga xos fikrlar to‘plamidan iborat. 
Aholi-Shijoat Vazifasi 
 
Bu  tushuncha  ildizlari  20chi  asr  o‘rtalariga  taqalib,  ekolog  va  limnolog  G.  E. 
Hatchinson tomonidan keltirilgan. Bu konsepsiya tirik jonlarning nafaqat o‘zi, balki ularning 
aholisiga  ham  e‘tibor  qaratadi.  Hatchinson  mavjudotlarning  aholisi  o‘sishiga  yordam 
beradigan yoki to‘sqinlik qiladigan atrof muhit sharoitlarini son sifatida tasniflagan. ―Shijoat‖ 
atamasi  bu  yerda  ijobiy  yoki  kamida  nolga  teng  bo‘lgan  aholi  o‘sish  darajasini  (r)  bildiradi 
(agar r noldan kichik bo‘lsa, aholi qirilib ketadi). Atrof muhit sharoitining misollari harorat, 
namlik  (yerdagi  mavjudotlar  uchun)  va  tuz  miqdori  (suvdagi  mavjudotlar  uchun)  bo‘lishi 
mumkin.  Agar  biz  atrof-muhit  sharoitini  grafik  o‘qi  sifatida  tasavvur  qilsak,  interval 
o‘lchamlari  gradus  ko‘rinishida  kelishi  mumkin,  masalan  0  dan  30  gacha  (1-Chizma). 
Ikkinchi  intervalni  esa  namlik  nisbati  qilib  olsak,  o‘lchamlar  20%  dan  80%  gacha  bo‘lishi 
mumkin.  Agarda  ikki  xil  sharoit  indekslari  bir-biriga  mos  keladigan  bo‘lsa  (masalan,  bir 
harorat  miqdori  o‘shancha  namchillikni  olib  kelsa)  grafik  figurasi  to‘rtburchak  bo‘ladi, 
aksincha  bo‘lgan  holatlarda  esa  boshqa  shakllarga  ega  bo‘ladi.  Hatchinson  bu  tushunchani 
ozmuncha  o‘ziga  xos  ravishda  nomlagan,  ya‘ni  ―n-Kattalikli  Giperhajmlar‖  (Ikki  va  undan 
ko‘p atrof-muhit o‘qlarini tasavvur qilib). Qisqaroq berilgan ifoda esa ―asos nishalari‖, ya‘ni 
mavjudotlar aholisi o‘sishiga yo‘l qoyadigan sharoitlar to‘plami. Asos nishasining targ‘iboti, 
bir  tarafan  resurslar  uchun  raqobat  olib  borib,  aholi  o‘sishiga  to‘sqinlik  qilishi  mumkin 
bo‘lgan  raqobatchilarning  yo‘qligini  hisobga  olib  qilingan.  Bu  omilga  reaksiya  sifatida, 
Hatchinson keyinchalik ―Realizatsiya nishasini‖ kiritgan.
3
 
Atrof  muhit  bilan  bog‟liq  bo‟lgan  vazifalarni  modellashtirish  va  katta 
miqyosdagi vazifalar analizi 
Atrofmuhitga  oid  nishalarni  (vazifalarni)  modellashtirish  (ANM)  yaqindan  paydo 
bo‘lgan usullardan bo‘lib, uchala nisha targ‘ibotlarining asosiy qismlarini o‘z ichiga oladi. Bu 
usulning  tilsimi  turlarning  yashash  joylari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ularning  iqlim  va  shunga 
o‘xshash Geografik Ma‘lumot Tizimlarini (GMT) son sifatida umumiylashtirish bilan amalga 
oshiriladi.  Bu  ma‘lumot  o‘z  navbatida  keyinchalik  o‘rganilayotgan  turlarning  potensial 
geografik  o‘zgarishlarini  taxmin  qilishga  yrdam  beradi.  Yashash  joylarga  e‘tibor  qaratish 
xususiyati  uchun,  ushbu  usul  Hatchinsonning  aholi-shijoati  nishasi  versiyasig  ayaqindir. 
Biroq,  bu  metod  Grinnellning  ekologik  roller  vazifalari  nazariyasidagi  bo‘sh  qolgan 
vazifalarni  aksincha,  vazifalar  bor  joyda  ularga  mos  keladigan  jonzotlar  yo‘qlishi  bilan 
tushuntiradi.  Va  nihoyat,  ushbu  usul  Mak  Artur  va  Levin  ishlatgan  ikki  xil  jonzotlarning 
nishalari mos tushub qolish vaziyatini hisoblash yo‘llarini ham qo‘llaydi. 
                                                           
3
 Simon A. Levin editor 2009 by Princeton University Press Published by Princeton University Press page 9-10 
3
  

     
 
 
 
ANM ning eng muvaffqiyatli qo‘llanishlaridan biri bu, bir-biriga yaqin bo‘lgan aholi 
turlarining nishalari bir-biriga o‘xshab ketishi yoki o‘xshamasligiga javob toppish bo‘ldi. Bu 
savol  juda  muhim  hisoblanadi  chunki  agar  javob  ijobiy  bo‘lsa,  evolyutsiya  tarixiga 
nishalarning  xarakteristikasi,  jonzotlar  jamiyatlari  singari    muhim  ahamiyat  ko‘rsatgan. 
Knouft, Losos, Glorva Kolbe amalga oshirganishga ko‘ra, Kubadagi  Anolis Sargei guruhiga 
oid 11 ta turdagi jonzoto‘zlarining yaqinlik darajasi katta bo‘lgani bilan ekologik vazifalarida 
(nishalarida)  o‘xshashlik  borligini  ko‘rsatishmadi.  Ikkinchi  tajribada  esa  Uorren, 
GlorvaTurelli bir-birdan tarqalib ketgan turlareng katta iqlimiyni shalarga ega bo‘lganliklarini 
ko‘rsatdi. Yana birishda, biroq, Panamaning Istmusidagi genetik darajada birbiriga o‘xshash 
qushlar,  kapalaklar  va  sutemizuvchilarni  shalari  tasodifiydan  ko‘ra  ko‘proq  bir-biriga 
o‘xshashini  ko‘rsatdi.  Ammo  Peterson,  Soberon  va  Sachezlarning  ANM  to‘g‘risidagi 
topilmalari bunday jonzotlar nishalari bir-biriga kamdan-kam o‘xshashligini ko‘rsatdi, demak  
umumiy  xulosaaralash  natijalarga  olib  kelayapti  (bunday  holatlar  o‘z  navbatida  ekologiyada 
juda tez-tez uchraydigan).
4
 
Yuqorida  sanalgan  vazifalardan  tashqari  ekologiya  faning  vazifalari  quyidagilardan 
iborat  deb  qaralmoqda.  Tegishli  texnologiyalarni  ishlab  chiqarish  va  joriy  etish.  Qishloq, 
o‗rmon  va  boshqa  xo‗jalik  tarmoqlaridagi  tabiiy  jarayonlarning  keskin  buzilishiga  olib 
keladigan barcha zaxarli kimyoviy moddalarni qo‗llash ustidan qattiq nazorat o‗rnatish. Havo 
va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta‘sir etadigan moddalar 
bilan ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslik. Qishloq xo‗jalik ekinlarini sug‗orishda suvni tejaydigan 
texnologiyalarni keng joriy etish, kollektor – zovur suvlarini daryolar, hamda suv omborlariga 
tashlashni tartibga solish oqava suvlarni chiqarib yuborishni batamom to‗xtatish zarur. Sanoat 
korxonalarida  atmasferaga,  suv  xavzalariga  va  tuproqqa  ifloslantiruvchi  yoki  zararli 
moddalarni tashlamaslik, ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish 
kerak.  Boshlang‗ich  hom-ashyodan  tayyor,  provard  maxsulot  olgunga  qadar  komples 
foydalanishga  imkon  beradigan  yangi,  zamonaviy,  ekologik  jixatdan  samarali  uskunalarni 
o‗rnatishdan iboratdir.  
2. Biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o‗rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson 
yashaydigan muhitni saqlash.  
3. Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muxofaza 
qilish  foydali  qazilmalarni  olish  va  qayta  ishlash  chog‗ida  katta  iflosgarchilikka  yo‗l 
qo‗ymaslik,  tog‗-kon  sanoatining  chiqindilarini  o‗zlashtirishni  yanada  kengaytirish  hamda 
buzilgan erlarni qayta yaroqli xoga keltirish muhim axamiyatga ega bo‗ladi.  
4.  Katta-katta  xududlarda  tabiiy  sharoitlarni  tabiiy  zaxiralardan  samarali  va  komples 
foydalanshni  ta‘minlaydigan  darajada  aniq  maqsadga  qaratilgan,  ilmiy  asosangan  tarzda 
o‗zlashtirish,  biotsenozlar  hosil  qilish,  tuproq  umumdorligini  oshirish,  tabiat  va  jamiyat 
orasidagi muvozanatnining buzilishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak.  
5. Tabiatda  oz uchraydigan va  yo‗qolib borayotgan o‗simlik va xavonlarni  muxofaza 
qilish, ko‗paytirish yo‗llarini ishlab chiqish lozim.  
6.  Ekologshik  kulfatlar  chegara  bilmasligini  nazarda  tutgan  xolda  jaxon  jamiatchiligi 
e‘tiborini  mintaqaning  ekologik  muammolariga  qaratish  lozim.  Orol  muammosi  bugungi 
kunda  chinakam  keng  ko‗lamli,  butun  sayyoramizga  daxldor  muammo  bo‗lib  qolganligini, 
uning ta‘siri  
xozirning  o‗zidayoq  biologik  muvozanatni  buzayotganligini,  bepoyon  xududlarda  aholining 
genofondiga xalokatli ta‘sir ko‗rsatayotganligini nazarda tutish lozim. Xalqaro tuzilmalarning 
zaxiralari,  imkoniyatlari  va  investitsiyalarini  ana  shu  muammolarni  xal  qilishga  jalb  etish  – 
birinchi darajali vazifadir.  
7.  Ekologik  ong,  ekologik  ma‘naviyat,  ekologik  ta‘lim  va  tarbiya  tizimlarini 
shakillantirish va bu soxada ommaviy axborot vositalari ishini fasillashtirish lozim bo‗ladi.  
                                                           
4
 Simon A. Levin editor 2009 by Princeton University Press Published by Princeton University Press. page 10 
 

     
 
 
Atrof-muhitni  muxofaza  qilish  borasidagi  yuqorida  qayd  etilgan  ta‘sirchan  chora-
tadbirlarni amalga oshirish yaqin vaqt ichidayoq olingi tizimdan yosh respublikaga mos bo‗lib 
qolgan  ekologiya  soxasidagi  ko‗pgina  illatlar,  kamchiliklar  va  xolatlarni  bartaraf  etish 
imkoniyatini  yuzaga  keltiradi.  Shuningdek,  keng  ko‗lamdagi  ekologik  tenglik  taxdidini 
barxam  toptirish,  respublika  axolisi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  hamda  ekologik  jixatdan 
musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.  
 
 
EKOLOGIYA FANINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI 
 
 
Rossiyada  ekologiyaning  rivojlanishida  K.F.Rule  asarlari  katta  rol  o‗ynagan.  Uning 
asarlarida  xayvonlarni  boshqa  ornanizmlar  va  obiotikmuhit  bilan  o‗zaro  bog‗liq  xolda 
o‗rganish zarurligi ta‘kidlangan. XIX asr o‗rtalarida agrokimyo fani katta yutiqlarga erishdi. 
Ekologiyaning  mustaqil  fan  sifatida  shkaillanishaga  Ch.Darvinning  ―Turlarning  kelib 
chiqishi...‖ (1859) asari katta ta‘sir ko‗rsatdi. 
5
 
XX  asr  boshlarida  o‗simlik  va  xayvonlarning  abiotik  muhit  bilan  birgalikda  o‗zaro 
ta‘sirini  tekshirish  masalasi  qo‗yildi.  Bu  masala  xao  etilgach,  ichki  suv  xavzalarini 
o‗rganishda  katta  muvaffaqiyatlarga  erishildi.  Suvli  muhitdagi  xar  xil  formali  xayot 
to‗g‗risidagi  fan  gidrobiologiya  deb  ataldi.  Gidrobiologlar  tabiatdagi  moddalar  aylanishi  va 
energiya  trasfarmatsiyasida  organizmlarning  rolini  birinchi  bo‗lib  o‗rgana  boshladilar.  Ular 
ekologiyaning  rivojlanishi  uchun  muhim  bo‗lgan  biomassa  (nkmis  olimi  R.Demol)  va 
biotsenoz mahsuloti (R.Demol va nemis olimi A.Tineman) tushunchalarini ta‘riflab berdilar.  
Quruqlikda  moddalar  aylanishini  miqdoriy  jixatdan  o‗rganish  ishlari  keyinroq  (XX 
asrning 
30-50-yillaridan) 
boshlandi. 
Bu 
ishlarning 
rivoj 
topishiga 
Rossiyada 
tuproqshunoslikning  paydo  bo‗lishi,  xususan,  XIX  asr  oxirida  V.V.Dokuchaevning  tuproq 
muhitning abiotik va biotik tarkiblari o‗zaro ta‘siri natijasida vujudga kelgan maxsus jisimlar 
deb  talqin  etgan  tasavvuri  asos  bo‗ldi.  XX  asr  boshlarida  quruqlikdagi  ekologik  tadqiqot 
ishlarini  botaniklar  va  zoologlar  aolhida-aloxida  olib  bordilar.  O‗simlik  guruxlariga  katta 
e‘tibor  berildi.  O‗simlik  guruxlarining  tuzilish  qonuniyatlarini  o‗rganuvchi  fitosotsiologiya 
(keyinroq  fitotsenoloiya)  fani  paydo  bo‗ldi.  SHu  davrda  guruhlarning  almashinish  protsessi 
qonuniyati 
–  suksessiya  jadal  tadqiq  etildi.  O‗simlik  guruxlarini  o‗rganishda 
G.F.Morozovning  ―O‗rmon  to‗g‗risida  ta‘limot‖  (1912)  va  V.N.Sukachyovning  ―O‗simlik 
guruxlari  xaqidagi  ta‘limotiga  kirish‖  (1915)  asarlari  muhim  rol  o‗ynadi.  Nazariy 
ekologiyaning  rivojlanishiga  ingliz  olimi  CH.Eltonning  ―Xayvonlar  ekologiyasi‖  (1927) 
kitobi xam katta ta‘sir ko‗rsatdi.  
20-30-yillarda  akademik  V.I.Vernadskiy  biosfera  to‗g‗risidagi  ta‘limotini  yaratdi. 
V.I.Vernadskiyning  g‗oyalari  butun  jaxogna  ekologik  tafakkurga  katta  ta‘sir  ko‗rsatdi.  Rus 
olimi  G.F.Gauzening  eng  sodda  xayvonlar  va  mikroorganizmlar  to‗g‗risidagi  olib  borgan 
eksperimental ishlari butun jahonga mashhur bo‗ldi.  
Ekologik  g‗oyalarni  rivojlantirishda  va  kadr  tayyorlashda  D.N.Kashkarovning 
―O‗simliklar guruhi va muhit‖ (1933) hamda ―Xayvonlar ekologiyasi asoslari‖ (1938) asarlari 
muhim  rol  o‗ynadi  va  hozirgi  kungacha  o‗z  axamiyatini  yo‗qotmagan.  Rus  botaniklari 
V.N.Sukachyov boshlagan fitotsenologiyadagi eksperimental  yo‗nalishni ishlab chiqdilar, bu 
yo‗nalishning asosiy vazifasi turlar ichidagi va turlar aro raqobatni tekshirishdir.  
Ekologiyani  rivojlantirish  uchun  ekosistema  va  biogeotsenoz  tushunchalarning 
shakillanishi katta axamiyatga ega bo‗ldi. Ingliz olimi A.Tensli (1935) birgalikda yashaydigan 
organizmlar (avtotroflar va geterotroflar)ning xar qanday to‗dasini va ular xayoti uchun zarur 
abiotik muhitni ekosistema deb tushunadi. Biogeotsenozaning V.N.Sukachyov asoslab bergan 
                                                           
5
 E
gamberdiev R., Eshchanov R. ―Ekologiya asoslari‖, T..―Zar qalam‖, 2004 y. 

     
 
 
juda aniq tushunchasi er yuzining muayyan teritoriyasida yashaydigan o‗simliklar, xayvon va 
mikroorganizmlarning shu territoriya landshafti, iqlim, tuproq xamda gidrolik sharoitlari bilan 
birligini anglatadi. Bu tushunchalarning kiritilishi ekologiyaning xar xil bo‗limlarini bir-biriga 
yaqinlashtirish  imkonini  beradi  va  ekosistema  doirasida  moddalar  aylanishi  va  energiya 
oqimini o‗rganish singari umumekologik muammolarni qo‗yishga olib keladi.  
Undan  tashqari  rus  olimlaridan  B.A.Keller,  V.V.Alexin,  V.G.Ramenskiy,  chet  el 
olimlaridan  F.Klements,  K.Raunkier,  I.Baraun-Blake,  G.Odum,  YU.Odum  va  boshqalarning 
fitotsenologiya 
xamda 
umumiy 
ekologiya 
asoslari 
soxasidagi 
ishlari 
umumiy 
biotsenologiyaning rivojlanishiga katta xissa qo‗shdi.  
Xozirgi zamon ekologiyasining xarakterli xususiyati butun biosferani qamrab oluvchi 
protseslarni  tadqiq  etishdir.  Odam  va  biosfera  o‗rtasidagi  o‗zaro  ta‘sirlashuv  sinchiklab 
o‗rganilmoqda.  Xalqaro  biologik  pragramma  doirasida  o‗tkaziladigin  ishlar  1964  yilda 
boshlandi,  uning  asosiy  maqsadi  –  er  sharining  xar  xil  joylaridagi  ekosistemalarning 
maxsuldorligini  o‗rganish.  Ekologiyaning  asosiy  vazifasi  odam  yaratgan  va  tabiiy 
sistemalarning  strukturalari  xamda  funksiya  bajarish  asoslarini  miqdoriy  uslublar  yordamida 
batafsil  o‗rganishdan  iborat.  Individlarning  joylashishi,  populyasiyaning  yoshi,  jinsiy  va 
ekologik strukturasini o‗rganish xam ekologiyasiga kiradi. Asosiy turlar: qishloq xo‗jalik va 
o‗rmon  xo‗jaligi  zararkurandalari,  kasallik  qo‗zg‗atuvchi  va  tarqatuvchilar  populyasiyalari 
soning o‗zgarishiga alohida e‘tibor beriladi.  
Populyasion  ekologiya  genetika,  fiziologiya,  etologiya,  biogeografiya,  sistematika, 
demografiya 
bilan 
biogeotsenologiya 

biokimyo 
tuproqshunoslik, 
gidrologiya, 
gidrokimyoviy  iqlimshunoslik  va  boshqa  fanlar  bilan  bog‗liq.  Falsafa,  fizika,  matematika 
yutuqlari  ekologiyaga  katta  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Kishilik  jamiyatning  xozirgi  rvojlanish 
bosqichida  odamning  biosferaga  ta‘siri  ortdi.  Ekologiyaning  amaliy  axamiyati  o‗sdi. 
Ekologiya tabiat resurslarini qo‗riqlash va ulardan foydalanish bilan bog‗liq bo‗dgan hamma 
tadbirlar usun ilmiy baza bo‗lib xizmat qilishi kerak.  


Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling