O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana28.11.2017
Hajmi5.17 Kb.
#21090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29

ИФТ планшети чуқурчаси
 

66 
 
 
 
 
 
Planshetni  ma‘lum  vaqt  davomida  inkubirlanganda  aflatoksin  M1  molekulasi  va 
kon‘yugat  molekulasi  o‗zaro  raqobatlashib,  eritmada  antitelolar  bilan  bog‗lanadi.  Bu 
vaqtning  o‗zida  inkubirlashda  planshet  chuqurchasida  antiteloni  aniqlanayotgan 
antigenga ―tutib qoluvchi antitelo‖ bilan immunosorbsiyasi kuzatiladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
YUvishning  keyingi  bosqichida  planshetning  chuqurchasidan  kon‘yugatning  erkin 
molekulalari bartaraf etiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Planshetning  chuqurchasi  yuvilgandan  so‗ng  unga  substrat  va  xromogen  modda 
saqlovchi  eritmaning  aniq  miqdori  quyiladi.  Inkubatsiyalash  jarayonida  substratni 
xromogen modda bilan o‗zaro kimyoviy ta‘sirida chuqurchaning yuzasi bilan bog‗langan 
kon‘yugat molekulasining ferment saqlovchi fragmenti katalizator vazifasini bajaradi va 
reaksiyalarning rangli mahsulotlari hosil bo‗ladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 

67 
 
 
 
 
Ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng rangli reaksiya davomida xromogen modda moviy 
rangga bo‗yaladi va chuqurchaga reaksiyani to‗xtatuvchi reagent qo‗shiladi, bunda 
eritmaning moviy rangi sariq rangga o‗zgaradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IFT  plansheti  chuqurchasidagi  rang 
intensivligi 
aflatoksin 
M1 
konsentratsiyasiga  teskari  proporsional 
bo‗ladi,  boshqacha  aytganda  eritmaning 
rangi  qanchalik  kuchli  intensivlikka  ega 
bo‗lsa, 
aflatoksin 
M1 
ning 
konsentratsiyasi shuncha kam bo‗ladi.  
 
 
 
      Aflatoksin M1 kalibrlash chizig‗i 
Immunoferment tahlil usulining boshqa usullarga nisbatan afzalligi: 

 
Ekspress va yuqori samaradorlik;  

 
Namuna tayyorlash va tahlilning soddaligi hamda ishlashning qulayligi;  

 
YUqori sezgir va usulning xususiyligi;  

 
Tahlilni ham qo‗lda ham avtomatik tarzda amalga oshirish imkoniyati mavjudligi;  

 
Zarur  asbob  uskunalar  va  yordamchi  vositalarning  qimmatbaho  emasligi,  usulni 
amalga oshirishda va o‗tkazishda kam sarf harajat talab etishi;  

 
Usulni har qanday maxsus bilimga ega bo‗lmagan xodimlarning amalga oshirishi.  
Narkotik  va  gangituvchi  vositalarning  zamonaviy  immunokimyoviy  tahlil  usuli 
boshqa  usullarga  nisbatan  yuqori  sezgirlikka,  xususiylikka,  bajarishning  qulayligi  va 
soddalikka  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Ular  bir  vaqtning  o‗zida  katta  miqdordagi 
namunalarni  tahlil  qilish  imkonini  beradi  hamda  qo‗shimcha  va  maxsus  tozalash, 
konsentrlash  usullarini  talab  qilmaydi.  SHu  tufayli  ularni  skrining  tashhislarda  qo‗llash 
juda qulay. 

68 
 
Hozirgi vaqtda narkotik moddalar tahlilida qo‗llash maqsadida tayyor naborlar ishlab 
chiqarilmoqda. Ular asosan opiatlar, kannabinoidlar, barbituratlar, kokain va boshqalarni 
tahlil qilishda qo‗llaniladi. Sezgirlik darajasi  300 — 500 ng/ml tashkil qiladi. 
Tahlillarda  "Siva"  (AQSH),  "Xoffman-la  Rosh"  (SHveysariya),  IFAV  RAN  (RF), 
"Ebbott‖ korxonalarining naborlaridan foydalaniladi.  
 
4.
 
Gangituvchi moddalarni  pеshobdan ajratish va tahlili (neyroleptik 
moddalar). 
Ma'ruza  rеjasi:1.  Ntyroleptik  moddalarni  toksikologik  ahamiyati,  metabolitik 
mahsulotni hosil bo‗lishi va sud-kimyo amaliyotida ashyoviy dalillar tarkibidan ajratib 
olishning o‗ziga xosligi. 2. Ajratib olingan eritmalardan ularni sifat va miqdor tahlili. 
Fenotiazin (tiodifenilamin) avvallari tibbiyotda antigelment va antiseptik ta‘sirli dori 
vositasi sifatida , keyinchalik u peshob yo‗llarini shamollash xastaligini davolash uchun 
qo‗llanilgan. Bu maqsadlar uchun faolligi yuqori, lekin zaharli ta‘siri kam dori vositalari 
sintezlangani sababli, hozir u tibbiyotda ishlatilmaydi. 
1945 yilga kelib  fenotiazin  yadrosidagi azotda joylashgan  vodorodni alkilaminoalkil 
radikallariga almashtirish bilan kuchli biologik faollikka ega bo‗lgan tibbiyot uchun zarur 
farmakologik  xususiyatli  birikmalar  sintezlanadi.  Ularning  ko‗plari  neyroleptik  ta‘sirga 
ega. 
Fenatazin  guruhi  dori  vositalari  o‗zlarining  kimyoviy  tuzilishiga  qarab  quyidagi 
guruhlarga bo‗linadilar: 
1.- alifatik hosilalari:  aminazin, propazin, levomepromazin va boshqalar. 
2.-piperazinli xossalari:  meteperazin, etaperazin, triftazin, ftorfenazin va boshqalar.  
3- piperidin xossalari: tioredazin, peritsiazin va boshqalar. 
Birinchi guruh dori vositalari antipsixatik ta‘siridan tashqari, markaziy nerv tizimiga 
tormozlovchi  ta‘siri  tufayli  quvvatsizlik,  passivlik,  apatik,  gipnosedativ  ta‘sirlarini 
vujudga keltiradi. 
Ikkinchi  guruh  vakillari  asosiy  antipsixatik  ta‘siridan  tashqari,  stimullovchi,  aktiv 
giperkinetik va diskinetik holatlarni namoyon qiladi.  
Uchinchi  guruh  kuchsizroq  antipsixatik  aktivlikka  ega  bo‗lgani  holda  gipnosedativ 
ta‘sir namoyon qilmaydi. 
Fenatiazin  hosilalaridan  ayrimlari  narkotik  va  gangituvchi  moddalar  ta‘sirini 
kuchaytirish xususiyatiga ega. SHu sababli fenotiazin hosilalariga kiruvchi moddalardan 
aminazin, diprazin, tizersin va boshqalar toksikologik ahamiyatga ega. 

69 
 
Fenatiazin hosilalarini ashyoviy dalillardan ajratib olish 
Ular  biologik  ob‘ektdan  E.M.Salomatin  ishlab  chiqqan  nordonlashtirilgan  spirt 
usulida  ajratib  olinadi.  Ob‘ekt  10%  oksalat  kislotasini  spirtli  eritmasi  bilan  2  soat  (3 
marotaba)  bo‗ktiriladi.  Spirtli  ajralmalar  ajratilib  umumlashtiriladi  va  suv  hammomida 
(40
0
S)  quyuq  qiyom  xolatigacha  bug‗latiladi.  So‗ng  qodiqdan  yot  moddalar  96
0
  spirt 
bilan  cho‗ktirilib,  spirtli  ajralmalar  quruq  qoldiq  qolguncha  porlatiladi  va  qoldiq  issiq 
suvda  eritilib, 5%  oksalat  kislotasi  bilan  (rN=2-3)  nordonlashtiriladi  va  dietil  efiri  bilan 
ekstraksiyalanadi.  
Efir qatlami barbituratlarni aniqlash uchun qo‗llaniladi yoki tashlab yuboriladi. 
Suvli eritmani muhiti 50% NaOH eritmasi bilan rN=13 gacha keltiriladi va dietil efiri 
bilan  3  qayta  ekstraksiyalanadi.  Ishqoriy  muhitdan  olingan  efirli  ekstraktdan  fenotiazin 
hosilalari  0,5  n  H
2
SO
4
  eritmasi    bilan  (10,  10,  10,  5  ml)  reekstraksiyalab  ajratiladi  va 
tahlil qilinadi.  
Fenatiazin xossalarini aniqlash uchun peshobni dastlabki tekshirish 
1-usul.  1  ml  peshobga,  (60  ml  10  %  sulfat  kislotasi  va  20  ml  5%  temir  (III)  xloridi 
aralashmasidan tarkib topgan) reaktivdan 1ml qo‗shiladi. Fenotiazin va uning hosilalariga 
kiruvchi moddalar bo‗lsa to‗q-qizil-pushti rang hosil bo‗ladi. 
2-usul.  1  ml  peshobga,  (5  ml  5%,  FeCl
3
,  45  ml  20%  NNO
3
  aralashmasidan  tarkib 
topgan)  reaktivdan  1  ml  qo‗shilsa,  fenotiazin  va  uning  hosilalariga  kiruvchi  moddalar 
bo‗lsa, och qizil pushti rang hosil bo‗ladi. 
Reaksiyalar  chiqmasa  fenotiazin  hosilalari  yo‗q  degan  xulosa  berish  mumkin. 
Reaksiyalar  fenotiazin  hosilalari  borligini  tasdiqlasa,  ularni  aniqroq  tahlil  qilish  uchun 
qon va peshobdan suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi bilan ajratib olinada va aniqlanadi. 
Fenatazin hosilalarini qon va peshobdan ajratib olish 
10 ml peshob va 2 ml qon ayrim-ayrim idishlarda 50 % NaON eritmasini qo‗shib, rN 
muhiti  13  ga  etkazilgach,  10 daqiqa qaynayotgan  suv  hammomida  qizdiriladi.    Olingan 
gidrolizat  uy  haroratigacha  sovitilib,  ikki  qayta  (20  ml)  3%  izoamil  spirti  saqlagan  n-
geptan  aralashmasi  bilan  ekstraksiyalanadi.  Ajralmalar  birlashtirib  geptan  bilan 
to‗yintirilgach,  suv  bilan  yuviladi  va  teng  ikki  qismga  bo‗linadi.  Bir  qismi  bilan 
fenatiazin  hosilalarini  yupqa  qatlamli  xramatografik  tahlil  qilinadi.  Xromatografik  tahlil 
natijalaridan foydalanilgan holda ikkinchi qismdan chinligini aniqlash va miqdoriy tahlil 
o‗tkaziladi. 
Fenatazin hosilalarini ajralmadan YUQX usulida 

70 
 
tozalash va aniqlash 
Ajralmaning bir qismi issiq havo oqimida quriguncha porlatiladi. Qoldiqni 0,2-0,5 ml 
xloroformda  eritiladi  va  2ta  YUQX  plastinka  start  chizig‗iga  belgilangan  nuqtalarga 
kapillyar naycha yordamida o‗tkaziladi. Tekshiruvchi namuna qatoriga albatta aminazin 
standart  guvoh  eritmasi  yoki  boshqa  taxmin  qilinayotgan  fenatiazin  hosilasi  eritmasi 
tomiziladi. Xromatografik plastinkaning bittasi (1) benzol  – dioksan - 25% NH
4
OH ning 
60:35:5  nisbatdagi  sistemasini  saqlagan  to‗yintirilgan  kameraga,  ikkinchisi  esa  (2) 
etilatsetat-atseton  va 25% NN
4
OH ni etil spirti bilan 1:1 aralashmasi-50:45:4 nisbatdagi 
sistema  saqlagan  kameraga  tushiriladi.  Plastinkadagi  dog‗larni  aniqlash  uchun 
konsentrlangan  sulfat  kislotasi  va  etanol  1:9  aralashmasi  purkaladi  yoki  Marki 
reaktividan kapillyar naychi yordamida tomiziladi. 
YUpqa qatlam xromotografik tahlil bo‗yicha olingan natijalar jadvalda keltirilgan. 
Ayrim fenotiazinlarni YUQX tahlil natijalari. 
№ 
Moddalar 
Rf st aminazin 
bo‗yicha 
Dog‗lar rangi 
 
 
Sistema 1 
Sistema 2 
H
2
SO
4
 + 
etanol 9:1 
Marki 
reaktivi 

Aminazin 


to‗q qizil 
to‗q qizil 

Diprazin 
0,74 
2,9 
to‗q qizil 
to‗q qizil 

Denizin 
2,1 
2,9 
qizil 
qizil 

Propazin 
1,3 
1,08 
qizil 
qizil 

Levomepromazin 
1,56 
1,87 
ko‗k 
ko‗k 

Mepazin 
1,47 
1,60 
qizil 
qizil 

Triftazin 
0,48 
0,26 
qizil 
qizil 

Etaperazin 
0,34 
0,48 
to‗q qizil 
to‗q qizil 

Frenolon 
1,71 
3,21 
qizil 
qizil 
     
YUpqa  qalam  xramatografik  tahlil  natijalarini  baholashda,  dog‗lar  Rfst  qiymatini 
aniqlashdan  tashqari,  boshqa  dog‗larni  hosil  bo‗lishiga  ham  ahamiyat  qilinadi. 
Xromatogrammada qo‗shimcha dog‗lar hosil bo‗lsa, geptanli alikvotni ikkinchi qismini 
YUQX  usulida  tozalash  shart.  Qo‗shimcha  moddalar  yo‗q  degan  xulosaga  kelinsa, 
ikkinchi  qismni  tozalamasdan  porlatib  qoldiqdan  qo‗shimcha  reaksiyalar  va  miqdoriy 
tahlil o‗tkaziladi. 
Xromatografik  tozalash  uchun  qoldiq  eritmasi  xromatografik  plastinka  start 
chizig‗iga  chiziq  bo‗ylab  tomiziladi,  yoniga  guvoh  eritma  tomiziladi  va  1  yoki  2-
sistemada xromatografik jarayon o‗tkaziladi. Dog‗ zonasi guvoh eritma zonasiga reaktiv 
tomizish bilan aniqlanadi. 

71 
 
Reaktiv  tomizilmagan  qismdan  sorbent  skalpel  yordamida  qirib  olingach  etanol  va 
25% NH
4
OH 1:1 nisbatdagi aralashmasida elyuatsiya qilinadi. Elyuat filtrlab quriguncha 
porlatiladi va sifat hamda miqdoriy tahlil o‗tkaziladi. 
 
5.YUQX ―skrining‖ usulining ahamiyati,  giyohvand moddalar tahlili fanida 
qo'llanilishi. 
Ma'ruza rеjasi:1. YUQX ―skrining‖ usulining ahamiyati. 2. YUQX ―skrining‖ 
usulining giyohvand moddalar tahlili fanida qo'llanilishi. 3. Toxi-Lab AB tizimida 
YUQX-skrining 
 
Narkotik  va  psixotrop  moddalarning  turli  tumanligi  tufayli,  ular  bilan  zaharlanish 
holatlari  yuz  berganda  ushbu  moddalarni  tahlil  qilishda  dastlab  saralash  lozim  bo‗ladi. 
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tahlilida buni analitik skrining deb ataladi. 
  Skrining  so‗zi  ingliz  tilidan  olingan  (screening)    bo‗lib,  ―tanlash‖,  ―sararlash‖, 
―elaklash‖  ma‘nolarini  bildiradi.  Analitik  skrining 

  bu    dastlabki  tekshiruvlardagi 
tadqiqot  vaqtida  moddalar  guruhini  aniqlashga  (topish  va  yo‗qligini  ta‘kidlash)  imkon 
beradigan uslublar tizimi hisoblanadi. 
Bu keyingi tadqiqotlarni kerakli yo‗nalishda olib borishga imkon beradi.  
Analitik  skrining  quyidagi  talablarga  javob  bergan  taqdirda  juda  samarali  usul 
hisoblanadi: 
-
 
Xususiylik (ko‗p holatlarda guruh uchun); 
-
 
yuqori sezgirlik; 
-
 
Ekspresslik (tezkorlik); 
-
 
Aniqlik va qaytalanuvchanlik; 
-
 
Boshqa usullar bilan birgalikda qo‗llash mumkinligi. 
Murakkab  tarkibli  aralashmalar  hamda  yo‗llanmagan  tahlilda  biologik  ob‘ektdan 
olingan  ajralmalarni  noma‘lum  giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalarga 
tekshirilganda skrining ishlatiladi.  
Hozirgi vaqtda giyohvandlik vositalari tahlilidagi skrining tushunchasi keng ma‘noni 
anglatadi. 
Skrining    bu  zaharli  moddalar  guruhidan  alohida  moddalarni  aniqlashning 
bosqichma–bosqich  tadqiqotlarini  o‗zida  aks  etirgan  tizim  bo‗lib,  pirovard  natijada 
aniqlangan  zaharli  moddalar  guruhidan  aynan  zaharlanishga  sabab  bo‗lgan  moddani 
aniqlash demakdir. 
 YUpqa qatlam xromatografiya skrining normal fazali shakli 
Mazkur  usul  giyohvandlik  vositalari  tahlilida  biologik  ob‘ektdan  ekstraksiya  va 
sorbsiya usulida ajratib olingan (narkotik vositalari va psixotrop moddalar) moddalarning 
tahlilida qo‗llaniladi. 
YUQX da qo‗zg‗almas faza bo‗lib plastinka yuzasiga (shisha, alyumin folga, polimer 
va  boshqalar)  yupqa  qatlam  (0,1-0,5  mm  qalinlikda)  shaklida  qoplangan  sorbent 
hisoblanadi 

72 
 
 Sorbent sifatida ko‗p holatlarda silikagel yoki alyuminiy oksidi hisoblanadi. Sorbent 
plastika  yuzasiga  gips  yoki  kraxmal  bilan  mahkamlanadi.  Qo‗zg‗almas  faza  sifatida 
(elyuent,  erituvchilar  sistemasi)  alohida  olingan  erituvchilar  yoki  ularning  turli 
nisbatlardagi  aralashmalari  qo‗llaniladi.    Elyuent  yoki  erituvchilar  sistemasining 
plastinka  yuzasi  bo‗ylab  kapillyar  kuchlar  hisobiga  yuqoriga  harakati  tufayli  moddalar 
aralashmasi  komponentlari  bir-biridan  ajraladi.  Ajralish  samaradorligi  moddaning 
sorbentga  so‗rilish  xususiyati  bilan  belgilanadi  va  uning  ikki  faza:  qo‗zg‗almas  va 
qo‗zg‗aluvchi faza o‗rtasidagi taqsimlanish koeffitsienti bilan aniqlanadi. 
Plastinkadagi  moddalarni  aniqlash  uchun  har  xil  turdagi  detektirlash  uslublari 
qo‗llaniladi: 

 
Vizual, agar modda rangli bo‗lsa; 

 
plastinkani 
UB-nurlari 
yordamida 
nurlantirish 
orqali,  bunda 
moddalar 
fluoressensiyalanishi yoki qoramtir dog‗lar shaklida ko‗rinishi mumkin;  

 
plastinkani  mos  reagentlar-ochuvchilar  bilan  rangli  dog‗lar  sifatida  ko‗rish 
mumkin.  Moddalarni  identifikatsiyasi  uchun  Rf  qiymatidan  foydalaniladi.  Bu  qiymat 
moddaning  plastinkadagi  harakat  masofasining  erituvchilar  aralashmasining  harakati 
masofasining nisbati bilan aniqlanadi. Xromatografiyalangandan so‗ng modda dog‗ining 
markazidan  start  chizig‗igacha  bo‗lgan  masofa  o‗lchanadi  (AB  masofa)  va  erituvchilar 
aralashmasi  etib  borgan  chiziqdan  (front  chizig‗i)  start  chizig‗igacha  bo‗lgan  masofa 
o‗lchanadi  (AVmasofa).  AB  va  AV  masoflar  nisbati  Rf  qiymati  deb  ataladi: 
 
 Rf qiymat mazkur modda uchun aynan shu sorbent va shu erituvchilar aralashmasida 
xarakterli bo‗ladi. U sorbent sifati va faolligiga, qatlam qalinligiga, organik erituvchilar 
tabiatiga,  ularning  nisbatiga  bog‗liq  bo‗lganligi  tufayli  ham  doim  bir  xil  natija  olish 
murakkabdir.  
Moddalarni YUQX usulida ajratishning 
chizmasi: A – start chizig‗i; B –  dog‗ 
markazi; V – erituvchining front chizig‗i; 1,2 
– standart eritmalar tomizilgan joylar; 3 – 
tekshiruvchi eritma tomizilgan  joy; S – 
endogen yot moddalar joylashgan joy (zona) 
 
Rs  qiymat  moddalarning  xromatografik 
harakatining  aniq  baholaydi.  Rs  qiymatni 
aniqlash  uchun  tekshiriluvchi  modda  va 
standart sifatida qabul qilingan va qo‗llangan 
moddaning  Rf  qiymatlari  aniqlanadi.  Olingan 
qiymatlarning nisbati Rs qiymat hisoblanadi:  
 
 
 

73 
 
Tekshiruvchi  modda  va  standart  namuna  Rf    qiymatlari  nisbatiga  tajribada  yo‗l 
qo‗yilgan xatoliklar va vujudga kelgan chetlanishlar ta‘sir etmaydi. SHuning uchun  Rs – 
qiymat qaytariluvchan va nisabatan doimiy qiymat hisoblanadi. 
Nordon, neytral va kuchsiz asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi 
Nordon,  neytral  va  kuchsiz  asos  xossasiga  ega  moddalarning  YUQX-skriningi 
quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:  
Sorbent – plastinkaga mustahkamlangan silikagel. 
Erituvchilar sistemasi: xloroform-atseton (9:1). 
Xromatografik kamerani sistema parlari bilan to‗yinish vaqti – 15-20 min.  
 Plastinkada erituvchilar sistemasining harakat masofasi  – 10 sm.  
xromatografik plastinka start chizig‗iga (rasm) quyidagilar tomiziladi: 
- A  sohasi – standart eritmalar (barbamil, kokain); 
- B  sohasi – rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/25 qismi; 
- V   sohasi – standart eritma ( siklobarbital); 
- G  sohasi – rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/10 qismi; 
 
Nordon, 
neytral 
va 
kuchsiz 
asos 
xossasiga 
ega 
moddalarning  YUQX-skriningi:  1-  kokain  va  barbamilning 
standart  eritmalarini  tomizilgan  joy;  2-  rN=2  muhitda 
olingan  efir  ekstraktining  1/25  qismini  tomizilgan  joy;  3  – 
standart  eritma  (siklobarbital)  tomizilgan  joy;    4  –  rN=2 
muhitda olingan efir ekstraktning 1/10 qismi tomizilgan joy. 
 
Plastinkadagi moddalarni aniqlash uchun qo‗llaniladigan 
reagent-ochuvchilar: 
-  sorbentning  A,  B  va  V    sohalariga  simob  (ΙΙ)  
sulfatning 
5% 
eritmasi 
va 
difenilkarbazonning 
xloroformdagi 0,1% eritmasi. Barbitur kislota hosilalari binafsha rangli dog‗ hosil qiladi.  
Plastinka 

50 °S haroratda qizdirilsa dog‗ rangsizlanadi. 
 -  keyin  plastinkadagi  ushbu    sohalar      temir  (III)  xloridning  10%  eritmasi  bilan 
purkaladi.  Bunda  pirazol, salitsil va benzoy kislota hosilalari namoyon bo‗ladi; 
- Mazkur  sohalarning keyinchalik modifikatsiyalangan Dragendorf reaktivi va sulfat 
kislotaning  10%  eritmasi  bilan  purkalganda  asos  xossasiga  ega  moddalar:  kofein,  1,4-
benzodiazepin  hosilalari  va  boshqalar  aniqlanadi.  Sulfat  kislota  eritmasi  Dragendorf 
reaktivi  sezgirligini  oshiradi.  Hamma  nordon,  neytral  va  kuchsiz  asos  xossasiga  ega 
moddalar  ushbu  erituvchilar  aralashmasi  sistemasida  3  ta  xromatografik  zonalarga  Rf 
qiymatiga qarab taqsimlanadi: 
1-Zona    Rf=0  –  0,25  bo‗lgan  2  ta  modda  aniqlanadi:  kokain  (Rf=0,19)  va  kofein 
(Rf=0,25). 
2-Zona    Rf=0,31-0,41  bo‗lgan  7  modda  aniqlanadi:  fenobarbital  (Rf=0,31),  barbital 
(Rf=  0,31),  nitrazepam  (Rf=0,35),  barbamil  (Rf=0,37),  etaminal-natriya  (Rf=0,37), 
butobarbital (Rf=0,14), siklobarbital (Rf=0,41). 
3-Zona Rf=0,41-0,64 bo‗lgan moddalar aniqlanadi: diazepam (Rf=0,62). 

74 
 
 Plastinkadagi G sohaning (rasmda shtrix bilan belgilangan) sorbenti qirib olinadi va 
undan  moddalar  elyuatsiya  qilib  olinadi:  (1  zona  –  metanol;  2  va  3  zonalar  -  atseton). 
Elyuatlar  keyin  xususiy  eritmalar  sistemasida  xromatografiya  qilinadi,  bunda  guruh 
moddalari o‗zaro yaxshi ajaraladi va aniqlanadi.  
Asos xossasiga ega moddalar YUQX-skriningi quyidagi sharoitlarda olib boriladi: 
Sorbent – plastinkaga mustahkamlangan silikagel. 
Erituvchilar 
sistemasi: 
xloroform-dioksan-atseton-ammiakning 
25% 
eritmasi 
(45:47:5:2,5). 
Xromatografik kamerani sistema parlari bilan to‗yinishi – 15 min.  
Plastinkada erituvchilar sistemasining harakat masofasi  – 10 sm.  
xromatografik plastinka start chizig‗iga (rasm) quyidagilar tomiziladi: 
- A  sohasi – standart eritmalar; 
- B  sohasi – rN=8,10 muhitda olingan efir ekstraktining 1/25 qismi; 
- V   sohasi – standart eritma (etaperazin); 
- G  sohasi – rN=8 10 muhitda olingan efir ekstraktining 1/10 qismi; 
Asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi:  
 
1- standart eritmalarini tomizilgan joy;  
2- rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/25 qismini 
tomizilgan joy; 
 3 – standart eritma (etaperazin) tomizilgan joy;   
4 –  rN=2  muhitda  olingan  efir  ekstraktining  1/10  qismi 
tomizilgan joy. 
Plastinkadagi 
moddalarni 
aniqlash 
uchun 
qo‗llaniladigan reagent-ochuvchilar: 
-  temir  (III)  xloridning  10%  eritmasi.  Fenotiazin  va 
pirazol hosilalari aniqlanishi mumkin; 
-  Xlor  kislotasining  3%  eritmasi  saqlagan  natriy  nitritning  5%  eritmasi.  Fenotiazin 
hosilalari yorqin rangli dog‗lar hosil qilishi mumkin; 
-  Sulfat kislotaning 10% eritmasi purkaladi va UB-nurda ko‗riladi;   
- Modifitsiyalangan Dragendorf reaktivi bilan purkalganda asos xossali  moddalar oq 
sariq fonda zarg‗aldoq qo‗ng‗ir dog‗ hosil qiladi. 
Hamma asos xossasiga ega moddalar ushbu erituvchilar aralashmasi sistemasida 4 ta 
xromatografik zonalarga Rf qiymatiga qarab taqsimlanadi: 
1-Zona  Rf=0,12 – 0,36 bo‗lgan 8 ta modda aniqlanadi: paxikarpin (Rf=0,12), morfin 
(Rf=0,14),  atropin  (Rf=0,15),  efedrin  (Rf=0,18),  xinin  (Rf=0,25),  strixnin  (Rf=0,28), 
etilmorfin (Rf=0,31). 
2-Zona  Rf=0,5-0,58  bo‗lgan  3  ta  modda  aniqlanadi:  etaperazin  (Rf=0,51)  ,  kofein 
(Rf=0,56); 
3-Zona    Rf=0,63-0,83  bo‗lgan  7  ta  modda  aniqlanadi:  xlordiazepoksid(Rf=0,63), 
diprazin  (Rf=0,66),  tioridazin  (Rf=0,72),  aminazin  (Rf=0,75),  promedol  (Rf=0,76), 
nitrazepam (Rf=0,77). 
4-Zona  Rf=0,87-0,98  bo‗lgan  4  modda  aniqlanadi  levomepromazin  (Rf=0,87), 
papaverin (Rf= 0,91), diazepam (Rf=0,95), kokain (Rf=0,98). 

75 
 
Plastinkadagi G sohaning (rasmda shtrix bilan belgilangan) sorbenti qirib olinadi va 
undan  moddalar  elyuatsiya  qilib  olinadi:  (1  zona  –  metanol-dietilamin  (9:1); 2, 3    va  4 
zonalar  -  metanol-ammiakning  25%  eritmasi  (9:1)).  Elyuatlar  keyin  xususiy  eritmalar 
sistemasida  xromatografiya  qilinadi,  bunda  guruh  moddalari  o‗zar  yaxshi  ajaraladi  va 
aniqlanadi.  
Agar hech bir zonada hech bir reaktiv bilan plastinkada dog‗ hosil bo‗lmasa ob‘ekta 
tekshiriluvchi moddalar topilmaganligi haqida xulosa qilinadi. Agar biror bir dog‗ hosil 
bo‗lsa  tadqiqotlar  o‗tkazilib  modda  borligi  tasdiqlovchi  reaksiya  va  usullar  bilan  isbot 
qilinadi. 
Giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalar  bilan  o‗tkir  zaharlanishlar  ekspress-
tahlilida YUQX-skrining ikkita erituvchilar sistemasida o‗tkaziladi: 
1) toluol-atseton-etanol-25%  ammiakning 45:45:7,5:2,5 nisbatdagi aralashmasi  
2)  dioksan  –  xloroform  –  atseton  –  25%  ammiakning  47,5:45:5:2,5  nisbatdagi 
aralashmasi. 
Ikkita  «Silufol  UF-254»  plastinkasiga    ob‘ektdan  olingan  ajralma  va  standart 
eritmalar:  morfin,  kokain,  kodein,  aminazin,  dimedrol,  amitiriptillin  tomiziladi  va 
yuqoridagi  erituvchilar  sistemasiga  tushiriladi.  Erituvchilar  sistemsi  10  sm  yuqoriga 
ko‗tarilganda,  plastinka  kameradan  olinib,  quritiladi  va  UB-nurda  ko‗riladi.  Standart 
moddalar  dog‗i  belgilanib  ularga  mos  keladigan  joyda  (ob‘ektdan  olingan  ajralma) 
dog‗larning o‗rni belgilanadi. Qo‗shimcha ravishda u joylarga moddalarga mos keladigan 
reaktivlar tomiziladi. Masalan: Sulfat kislota  va etanolning (1:9) aralashmasi: fenotiazin 
hosilalari; Marki reaktivi: opiatlar; Konsentrlangan sulfat kislota: dimedrol va boshqa.  
Ikkita  turli  polyarlikka  (qutbli)  erituvchilar  sistemasida  xromatografiyalash  ayrim 
guruhlarni,  ba‘zi  hollarda  alohida  giyohvandlik  va  psixotrop  moddalarni  aniqlashni 
ishonchli aniqlashga imkon beradi. 
Toxi-Lab AB tizimida YUQX-skrining 
Bunda  yupqa  qatlam  xromatografiyasining 
an‘anaviy  usuli  modifikatsiyalangandir.  Bu 
maxsus  ishlab  chiqilgan  analitik  tizim  bo‗lib, 
bitta 
ob‘ekt  namunasi  giyohvandlik  va  psixotrop 
hamda  kuchli  ta‘sir  etuvchi  moddalarni  tahlil 
qilishgan  mo‗ljallangan.  Bu  tizim  namuna 
tayyorlashni,  ekstraksiyalashni,  konsentrlashni, 
moddalarni  bir  biridan  ajratishni  va  aniqlash 
bosqichlarini o‗z ichiga oladi. Bu tizim uchta probirkalar turkumidan iborat bo‗lib, o‗zida 
maxsus  tarkibga  ega  ega  organik  erituvchilar  aralashmasini,  YUQX  plstinklarni, 
konsentrlovchi  dichklarni  va  moddalarni  aniqlashda  ishlatiladigan  idishlardan  tashkil 
topgan:  
 -  «Toxi-Lab  A»    asos  va  neytral  xossaga  ega  moddalarni  (opiatlar,  metadon, 
amfetaminlar); 
-  «Toxi-Lab  B»  kislotali  va  neytral  xossaga  ega  moddalarni  (barbituratlar,  organik 
kislotalar va boshq.); 
-  «Toxi-Lab  Cannabinoid»  tetragidrokannabinol  va  uning  hosilalarini  aniqlashda 
ishlatiladi. 

76 
 
Tizimni qo‗llash metodikasi bir necha bosqichdan iborat:   
-  Maxsus  ekstraksion  probirkalarda  kislotali  va  neytral  xossaga  ega  moddalarni 
(barbituratlar  va  boshq.)  rN=4,5  va  asos,  neytral    xossaga  ega  moddalarni  (opiatlar, 
amfetmainlar, metadon va b.) rN=9 muhitida    ekstragent bilan ekstraksiyalash; 
Olingan ekstraktlarni maxsus sorbsiyalaydigan sorbent  -  mikrodisklarga (diametri 2,5 
mm)  konsentrlash va iliq havo oqimida quritish. 
-
 
Start  chizig‗ida  chuqurchasi  bo‗lgan  maxsus  plastinkalarga  tekshiriluvchi 
moddalar shimdirilgan mikrodisklarni o‗rnatib xromatografiyalash;  
-
 
Plastinkalar mikrotolali shishaqog‗ozdan tayyorlangan hamda kremniy kislotasi va 
vanadiy tuzi eritmasi shimdirilgan («Toxi-Lab A») va shimdirilmagan («Toxi-Lab B»).  
-
 
Erituvchilar  sistemasi  «Toxi-Lab  A»  uchun  etilatsetat-metanol-tozalangan  suv 
(29:10:5),  «Toxi-Lab  B»:  etilatsetat-dixlormetan  (40:60).  Har  ikki  sistemaga  
ammiakning 25% eritmasi 1:4 yoki 1:5 nisbatda qo‗shiladi. 
-  Plastinkadagi  moddalarni  aniqlash  ularni  maxsus  xromogen  reaktivlar  (Marki-
Mandelin  reaktivi,  modifikatsiyalangan  Dragendorf  reaktiv  va  b.)    solingan  idishlarga 
tushirish hamda UB nurlarda 366 va 254 nm nurlantirish bilan amalga oshiriladi. 
Plastinkadagi  moddalar  identifikatsiyasi  turli  rang  xosil  qilgan  dog‗lar  yoki  alohida 
rang  bilan  fluoressiyalanuvchi  dog‗larni  plastinkaga  avvaldan  tomizilgan  moddalarning 
standart namunalari dog‗lari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.   
«Toxi-Lab»  tizimdagi  YUQX  yuqori  qaytalanuvchanlikka  ega  bo‗lib,  an‘anaviy 
YUQX  usulning natijalarining  yomon  qaytalanuvchanligidan  farq  qiladi.  Buning  sababi 
tekshirluvchi  moddalar  mikrodisklarga  shimdirilib  o‗tkzilishida.  Ko‗p  bosqichli 
detektirlash  olingan  natijalarni  noto‗g‗ri  interpretatsiyasining  oldini  olishni  imkonini 
beradi.  Moddalarning  aniqlash  chegarasi  1  mkg/ml  (morfin)  tashkil  qiladi.  Ushbu  tizim 
tarkibida  reaktivlar  va  asbob  uskunalar  qatorida  maxsus  100  dan  ziyod  moddalar  va 
ularning  metabolitlarni  xromatograflash  natijalari  aks  etgan  kataloglar  bo‗lib,  ular 
natijalarni solishtirish uchun ishlatiladi. 
Teskari fazali tizimdagi YUQX-skrining 
Bunda  sorbent  sifatida  S

yoki  S
3
  alkil  faza  biriktirilgan  «Sorbton-2»  silikagelining 
yupqa  qatami  ishlatiladi.  Biriktirilgan  S

yoki  S
3
  alkil  faza  sorbentga  gidrofob  xossa 
beradi.  Bog‗lovchi  modda  sifatida  kremniy  kislotaning  tuzi  hisoblanadi  va  buning 
hisobiga qatlam o‗ta  mustahkam bo‗lib turli moddalarni bir plastinkada aniqlash uchun 
bir necha reaktivlarni ketma ket purkashning imkonini beradi.  
Kislotali,  neytral  va  asos  xossasiga  ega  moddalar  uchun  etanol-suv  (3:7),  asos 
xossasiga  ega  moddalar  uchun  etanol-voda-ammiakning  25%  eritmasi  (6:5,5:0,5) 
erituvchilar  sistemasi  sifatida  taklif  etilgan.  Plastinkadagi  moddalarni  aniqlash  uchun 
qo‗llaniladigan reagent-ochuvchilar: 
-  Nordon  xossaga  ega  moddalarga  –  temir  (ΙΙΙ)  xlorid  eritmasi,  simob  sulfat  va 
difenilkarbazonning  xloroformdagi eritmasi; 
-  neytral  xossalilarga -  furfurol, nordonlashtirilgan yodplatinat; 
- Asos xossalilarga –  ningidrin, sulfat  kislotaning etanoldagi eritmalari, Dragendorf, 
Marki, Mandelin reaktivlari va b. 

77 
 
Teskari fazali YUQX sezgirligi normal fazali YUQX qaraganda 2 yoki 3 marta kam. 
Plastinkadagi  moddalar  identifikatsiyasi  Rf  yoki  Rfs  qiymatilari  yordamida  amalga 
oshiriladi. 
Xususiy erituvchilar sistemasidagi guruh ichi YUQX-skriningi 
YUQX  har  bir  turi  biologik  ob‘ektdan  olingan  alohida  moddalarni  aniqlashda 
ishlatilishi  mumkin.    Buning  uchun  aynan  shu  modda  yoki  moddalar  guruhiga    uchun 
ishlab  chiqilgan  uslubdan  foydalanish  kerak.  «Standart»  namunalarni  ushbu  guruhdan 
olinadi.  Masalan:  Silikagelli  plastinkaga  quyidagi  moddalarning  standart  eritmalari 
tomiziladi:  barbital,  fenobarbital,  barbamil,  etaminal,  butobarbital  (1%  eritmadan  2 
tomchi), uning  yoniga  –   ob‘ektdan  olingan  ajralmadan  yoki  G    sohadan  olingan  elyuat 
tomiziladi (rasm). 
Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling