O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida “M39 Toshkent-Termez avtoyo’lini rekonstruksiya qilish” loyihasi va Qashqadaryo viloyatida “4R87 G’uzor-Chim-Kukdala avtoyo’lini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo’yicha
Download 277.25 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surxondaryo viloyatidagi loyiha raqami №UZB-0061 va Qashqadaryo viloyatidagi loyiha raqami Saudiya taraqqiyot jamg’armasi Zayom kelishuvi
O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida “M39 Toshkent-Termez avtoyo’lini rekonstruksiya qilish” loyihasi va Qashqadaryo viloyatida “4R87 G’uzor-Chim-Kukdala avtoyo’lini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo’yicha Surxondaryo viloyatidagi loyiha raqami №UZB-0061 va Qashqadaryo viloyatidagi loyiha raqami Saudiya taraqqiyot jamg’armasi Zayom kelishuvi №3/544 va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg’armasi Zayom kelishuvi №828 2014-2017 yillar uchun loyihalarni moliyaviy audit qilish O'zbekiston Respublikasi xalqaro moliya institutlardan quyidagi loyihalarni amalga oshirish uchun kredit mablag’larini jalb qilgan: a) Islom taraqqiyot banki tomonidan, Surxondaryo viloyatida “M39 Toshkent-Termez avtoyo’lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishga b) Saudiya taraqqiyot jamg’armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg’armasi tomonidan, Qashqadaryo viloyatida “4R87 G’uzor-Chim-Kukdala avtoyo’lini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishga va ushbu mablag’larning bir qismini auditorlik xizmatlarini o’tkazishga ajratgan. Mazkur xizmatlar loyihaning moliyaviy holatini audit qilish va audit hisobotini Buyurtmachi (Respublika yo’l jamg’armasi)ga hamda har bir xalqaro moliya instituti ishtirokchisiga 2014-2017 yillar uchun alohida hisobot tayyorlashni o’z ichiga oladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi yuqorida keltirilgan auditorlik xizmatini o’tkazishga malakali auditorlik tashkilotlarini taklif etadi. Qatnashuvchi tashkilotlar, kamida bitta xalqaro moliya instituti ishtirokidagi loyihani auditorlik tekshiruvi o'tkazishda tajribaga ega ekanligi yoki istalgan birorta xalqaro tashkilot ishtirokidagi loyihani auditorlik hisobotini tayyorlagan bo’lishi, xizmatlarni ko’rsatish uchun yetarli malakaga ega ekanligini ko’rsatuvchi (broshyura, o'xshash topshiriqlarning qisqacha bayoni va undagi tajribasi; bunday tekshiruvlarda qatnashadigan xodimlarning yetarlicha malakasining mavjudligi, ularning shaxsiy so’rovnomasi (yoki tarjimai hollari), agar xalqaro darajada diplom yoki sertifikatlari mavjud bo’lsa ularni taqdim etish, ushbu xodimlarni bilim va ko’nikmalari to’g’risida va hokazo) ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda o'z malakasini oshirish maqsadida boshqa auditorlik tashkiloti bilan birlashishi ham mumkin (qo’shma korxona yoki yordamchi konsultant) Auditorlik tashkiloti Islom taraqqiyot bankining Konsultantlar (auditorlik tashkiloti)ni yollash bo’yicha Yo’riqnomasi (joriy tahriri) asosida belgilangan tartibda tanlab olinadi. Qatnashishni istagan auditorlik tashkiloti qo’shimcha ma’lumotlarni kunduzi soat 9:00 dan 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) quyidagi manzildan olishi mumkin va qiziqishni bildirish oxirgi muddati 2016 yil 22 aprel qilib belgilangan: O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi Loyihani amalga oshirish guruhi Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi 29, 100017 Loyiha rahbari Mavlan Xamraev Tel: (99871) 239-47-31;. (+99871) 239-46-26
Faks: (+99871) 239-47-31 E-mail: ATukliyev@IDB.mf.uz Katalog: media -> file uz -> tenderi i konkursi news tenderi i konkursi news -> Tender savsolariga taklif qilinadi O’zbekiston Respublikasi tenderi i konkursi news -> Qiziqish bildirish uchun so’rov (Konsalting xizmatlari kompaniyalarni tanlash) Download 277.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling